Ana senga sevgi, mana senga sevgi
Braziliyada yashovchi Edimar ismli erkak 49 yoshda bo‘lib, g‘isht terish bilan shug‘ullanadi. U ijtimoiy tarmoqlarda blog yurituvchi Jessica Oliveira ismli ayolni sevib qoldi.
Jessica unga o‘z fermasiga ko‘chib borishga rozi bo‘ladigan erkakni izlayotganini va uning barcha xarajatlarini qoplashini aytadi. Edimar uning gaplariga ishonib, bor-budini sotadi va sevgilisi bilan uchrashish uchun 2 ming kilometr yo‘l bosib boradi.
Biroq manzilga yetib borgach, Jessica aslida mavjud emasligini bilib qolgan. Ayol sun’iy intellekt mahsuli bo‘lib, yozishmalar esa avtomatlashtirilgan bot orqali yuborilgan ekan.
Alal-oqibat, erkak uyiga qaytish
uchun yordam so‘rab, ijtimoiy xizmatlarga murojaat qilgan.
@bayroqdor