Markaziy bank Telegram channel photo

Markaziy bank

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Murojaat uchun [email protected], Aloqa uchun 71 200-00-44, Manzil: 100001, Toshkent sh., Islom Karimov ko‘chasi, 6 Website: cbu.uz Bizning ijtimoiy tarmoqlar: https://taplink.cc/centralbankofuzbekistan

2.6k

Last views

44.3k (44,298 subscribers)
A'zolar
—
Rating
102
Total Posts
Oct 20, 2026, 1:27 AM
Yangilangan
Mar 23, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameMarkaziy bank
Username@centralbankuzbekistan
CategoryBank va temir yo'l
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar44,298
Channel TypePublic Channel
Created23-mar, 2026
Last Updated20-okt, 2026 • 3 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#159028+181
Til reytingi
#998+5
Toifa reytingi
#467-4

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 44.3K30 Days growth: +680.2%
09/2009/2509/3010/0510/1010/1510/19
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
20:09:202644,230
21:09:202644,230
22:09:202644,230
23:09:202644,230
24:09:202644,344
25:09:202644,344
26:09:202644,344
27:09:202644,344
28:09:202644,344
29:09:202644,344
30:09:202644,344
01:10:202644,344
02:10:202644,344
03:10:202644,344
04:10:202644,344
05:10:202644,344
06:10:202644,344
07:10:202644,344
08:10:202644,344
09:10:202644,344
10:10:202644,344
11:10:202644,344
12:10:202644,311
13:10:202644,311
14:10:202644,311
15:10:202644,311
16:10:202644,311
17:10:202644,311
18:10:202644,311
19:10:202644,298
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 30:03:202643,430
Week of 06:04:202643,525
Week of 13:04:202644,120
Week of 20:04:202644,191
Week of 27:04:202644,191
Week of 04:05:202644,427
Week of 11:05:202644,427
Week of 18:05:202644,427
Week of 25:05:202644,285
Week of 01:06:202644,285
Week of 08:06:202644,151
Week of 15:06:202644,151
Week of 22:06:202644,396
Week of 29:06:202644,396
Week of 06:07:202644,396
Week of 13:07:202644,443
Week of 20:07:202644,402
Week of 27:07:202644,410
Week of 03:08:202644,410
Week of 10:08:202644,269
Week of 17:08:202644,269
Week of 24:08:202644,121
Week of 31:08:202644,286
Week of 07:09:202644,286
Week of 14:09:202644,230
Week of 21:09:202644,344
Week of 28:09:202644,344
Week of 05:10:202644,344
Week of 12:10:202644,311
Week of 19:10:202644,298
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
April 202644,191
May 202644,285
June 202644,396
July 202644,410
August 202644,121
September 202644,344
October 202644,298
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
202644,298

So'nggi postlar

Markaziy bank logo
Markaziy bank

22-okt, 2026, 16:19

Media · open in Telegram
2,600000
Markaziy bank logo
Markaziy bank

22-okt, 2026, 10:54

Photo1/2
Yangi hamkorlik — yangi bilim va tadqiqot imkoniyatlari

🟣O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda QS–2027 reytingida dunyoda 2-o‘rinni egallagan Imperial College London o‘rtasida ilmiy tadqiqotlar va inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilmoqda.
🟣Hamkorlikning dastlabki bosqichida iqtisodiyot tarmoqlarida narxlarning shakllanish mexanizmlarini tahlil qilish va moliya bozori ishtirokchilarining qarorlar qabul qilishini o‘rganish yo‘nalishlarida qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish hamda hamkorlik qilish ko‘zda tutilmoqda.
🟣Kelgusi hamkorlik yuzasidan muhokamalar quyidagi imkoniyatlarni ham qamrab oladi:
✔️Markaziy bank xodimlarini Imperial College London ta’lim dasturlarida tahsil olish uchun yuborish;
✔️xodimlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan qo‘shma qisqa muddatli o‘quv dasturlarini tashkil etish;
✔️ilmiy tajriba va bilim almashinuvini kengaytirish maqsadida qo‘shma seminar va konferensiyalar o‘tkazish.
🟣Mazkur hamkorlik Markaziy bankning ilmiy-tadqiqot salohiyatini oshirish, xalqaro akademik aloqalarni kengaytirish hamda xodimlarning ilg‘or bilim va tajribalarni o‘zlashtirishi uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

In English: New Partnership — New Opportunities for Knowledge and Research
🟣The Central Bank of the Republic of Uzbekistan is establishing cooperation with Imperial College London, ranked 2nd globally in the QS World University Rankings 2027, with a focus on advancing scientific research and human capital development.
🟣At the initial stage, the cooperation is expected to focus on conducting joint research on price formation mechanisms across sectors of the economy and examining decision-making processes among financial market participants.
🟣Discussions on future cooperation also cover the following opportunities:
✔️to provide Central Bank employees with opportunities to undertake educational programmes at Imperial College London;
✔️developing joint short-term training programmes aimed at strengthening employees’ professional knowledge and skills;
✔️organising joint seminars and conferences to promote the exchange of academic expertise, knowledge and experience.
🟣This cooperation is expected to contribute to strengthening the Central Bank’s research capacity, expanding its international academic partnerships, and creating new opportunities for employees to gain access to advanced knowledge, expertise and international best practices.
4,990000
Markaziy bank logo
Markaziy bank

21-okt, 2026, 16:30

Video
📊 2026-yil sentabr oyida oziq-ovqat, nooziq-ovqat va xizmatlar narxlarining yillik o‘zgarishi

Oziq-ovqat: yillik hisobda baqlajon (-30,2%), sarimsoq (-28,6%) va apelsin (-15,6%) arzonlashdi. Eng ko‘p qimmatlashganlari pomidor (+54,9%), turp (+23,0%) va qo‘y go‘shti (+19,8%) bo‘ldi.

Nooziq-ovqat: ichimlik tayyorlash uchun kichik priborlar (-2,7%) va changyutgich (-1,8%) arzonlashdi. Propan (+48,9%), gazeta (+17,5%) va nikoh uzugi (+16,7%) esa qimmatlashdi.

Xizmatlar: ichki va xalqaro havo transporti (-6,7%) hamda pul o‘tkazmalari uchun haq to‘lash (-5,9%) arzonlashdi. Shaxsiy transport vositalarini sug‘urtalash (+281,8%), chiqindi tashlash (+21,8%) va tramvayda yo‘l haqi (+15,5%) oshdi.
Iste’mol narxlari indeksi savatidagi mahsulot va xizmatlarning aksariyatida yillik narx o‘sishi 10% dan past bo‘ldi: oziq-ovqatlarda 90%, nooziq-ovqatlarda 92% va xizmatlarda 80%.

In English:
📊 Annual change in food, non-food and services prices in September 2026

Food: in annual terms, aubergine (-30.2%), garlic (-28.6%) and oranges (-15.6%) became cheaper. The largest increases were recorded for tomatoes (+54.9%), radish (+23.0%) and mutton (+19.8%).

Non-food: small appliances for preparing drinks (-2.7%) and vacuum cleaners (-1.8%) became cheaper. Propane (+48.9%), newspapers (+17.5%) and wedding rings (+16.7%) became more expensive.

Services: domestic and international air transport (-6.7%) and money transfer fees (-5.9%) became cheaper. Insurance of personal vehicles (+281.8%), waste collection (+21.8%) and tram fares (+15.5%) rose.

For most goods and services in the consumer price index basket, annual price growth was below 10%: 90% in food, 92% in non-food products and 80% in services.
6,300000
Markaziy bank logo
Markaziy bank

21-okt, 2026, 14:37

Photo1/2
👍👌👍👌 ⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️
Birozdan so‘ng baliqchilik sohasi tadbirkorlari bilan ochiq muloqot boshlanadi

Markaziy bank va “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi hamkorligida o‘tkaziladigan ochiq muloqotda baliqchilik sohasidagi tadbirkorlarning bank xizmatlari bilan bog‘liq masalalari va takliflari muhokama qilinadi.

Ochiq muloqot Markaziy bankning YouTube kanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladi.
Boshlanish vaqti — 14:30
6,310000
Markaziy bank logo
Markaziy bank

21-okt, 2026, 11:40

Video
Mikromoliya tashkilotlari: aktivlar o‘sishi kreditlash hajmining kengayishi hisobiga shakllanmoqda

▪️ 2026-yil 1-sentabr holatiga mikromoliya tashkilotlarining jami aktivlari 20,8 trln so‘mga yetdi. O'tgan yilning mos davrida ushbu ko‘rsatkich 9,7 trln so‘mni tashkil etgan bo‘lib, yillik o‘sish 114,3 foizni tashkil etdi.
✅ Aktivlar tarkibida asosiy ulush kreditlar va mikrolizing hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Ularning sof hajmi 8,8 trln so‘mdan 18,1 trln so‘mga yoki 106 foizga oshdi. Shu bilan birga, jami aktivlardagi ulushi 90,6 foizdan 87,1 foizga o‘zgardi. Banklardagi mablag‘lar esa 304,1 mlrd so‘mdan 1,3 trln so‘mga yetib, 4 baravardan ko‘proqqa oshgan.
✅Sohaning kapital bazasida ham o‘sish kuzatildi. Jami kapital 2,8 trln so‘mdan 4,4 trln so‘mga yoki 56,6 foizga ko‘paydi. Bunda taqsimlanmagan foyda 80,5 foizga, joriy yil foydasi esa 133,4 foizga oshgan.
✅ Jami majburiyatlar 6,9 trln so‘mdan 16,3 trln so‘mga yetib, 138,1 foizga oshdi. Majburiyatlarning 80,1 foizi to‘lanishi lozim bo‘lgan kreditlar, qarzlar va lizinglar hissasiga to‘g‘ri kelib, ularning hajmi 13,1 trln so‘mni tashkil etdi.
Umuman, ko‘rsatkichlar mikromoliya sektorida faoliyat ko‘lami yuqori sur’atlarda kengayayotganini ko‘rsatmoqda. Aktivlar bilan birga kapital bazasining o‘sishi, kreditlash hajmining ikki baravardan ziyod kengayishi hamda moliyalashtirish manbalari tarkibidagi o‘zgarishlar soha rivojlanishining asosiy tendensiyalarini belgilamoqda.
Batafsil
Read in English
#MarkaziyBankRaqamlarda
6,470000
Markaziy bank logo
Markaziy bank

20-okt, 2026, 18:49

Video
Samarqandda O‘zbekiston va AQSh hamkorligi uchun ochilgan yangi imkoniyatlar ikki mamlakat kompaniyalarining qo‘shma korxonalar tashkil etishi, texnologiyalar almashishi va yangi bozorlarga birgalikda chiqishiga kuchli sur’at bag‘ishlaydi.
—
Открывшиеся в Самарканде новые возможности для сотрудничества Узбекистана и США придадут компаниям двух стран мощный импульс для создания совместных предприятий, обмена технологиями и совместного выхода на новые рынки.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
6,140000
Markaziy bank logo
Markaziy bank

20-okt, 2026, 16:46

Video
Iqtisodiy faollik yuqori darajada shakllanmoqda

📊2026-yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekiston iqtisodiyoti real hisobda 8,5 foizga o‘sdi. Bu ko‘rsatkich 2025-yil yakunidagi 7,7 foiz o‘sishdan yuqori bo‘lib, iqtisodiy faollik sur’ati tezlashganini ko‘rsatmoqda.
📊 Yuqori faollik aksariyat iqtisodiy tarmoqlarida shakllanmoqda. Xususan, xizmatlar hajmi 16,9 foizga, sanoat ishlab chiqarishi 8 foizga o‘sdi. Chakana savdo va xizmatlardagi yuqori faollik ichki iste’mol talabi oshganini ko‘rsatsa, investitsiyalar dinamikasi esa iqtisodiyotda investitsion talab ham yuqori darajadaligini namoyon etmoqda.

📊Bu tendensiya yilning ikkinchi yarmida ham iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda. Mamlakatga jalb etilayotgan investitsiyalar, jumladan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmining oshishi ichki talab uchun qo‘shimcha omil bo‘ladi. Shu sharoitlarni hisobga olib, Markaziy bank 2026-yil uchun iqtisodiy o‘sish prognozini 7-7,5 foizdan 7,5-8 foizgacha oshirdi.
Prognozning yuqoriga qayta ko‘rib chiqilishi iqtisodiyotdagi amaldagi faollik avvalgi kutilmalardan yuqoriroq shakllanayotganini anglatadi. Shu bilan birga, yuqori ichki talab inflyatsion bosimlarni ham kuchaytirishi mumkinligi sababli iqtisodiy o‘sish va narxlar barqarorligi o‘rtasidagi muvozanat pul-kredit siyosatining muhim omili bo‘lib qolmoqda.
Batafsil
Read in English
#MarkaziyBankRaqamlarda
7,480000
Markaziy bank logo
Markaziy bank

20-okt, 2026, 11:35

Video
Bank sizga shartnomani davlat tilida bermadimi? Markaziy bankka xabar bering

🟣 Bankdan kredit olish, omonat ochish yoki boshqa xizmatlardan foydalanishda shartnoma shartlarini to‘liq tushunish muhim. Har bir mijoz bank shartnomasi va xizmatlar haqidagi ma’lumotlarni davlat tilida olish huquqiga ega.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra (3030-sonli nizomning 3- va 7-bandlari), banklar shartnomalarni davlat tilida tuzishi va moliyaviy xizmatlar haqida davlat tilida ma’lumot berishi shart. Tomonlarning kelishuviga ko‘ra, shartnoma boshqa tilda ham tuzilishi mumkin.

➡️ Quyidagi holatlarga duch kelsangiz, Markaziy bankka xabar bering:

✅ bank sizga shartnomani davlat tilida taqdim etmasa;
✅ shartnomani faqat boshqa tilda tuzishni taklif qilsa;
✅ kredit, omonat yoki boshqa bank xizmatlari haqidagi ma’lumotlarni davlat tilida bermasa.

✉️ Qanday xabar berish mumkin?

@tajriba_lab_bot Telegram botiga yozing. Xabaringizda bank nomini, qaysi shartnoma yoki xizmat bilan bog‘liq muammo yuzaga kelganini va vaziyatni qisqacha tushuntiring. Agar mavjud bo‘lsa, tasdiqlovchi hujjat yoki boshqa materiallarni ham yuboring.

📄 Markaziy bank kelib tushgan ma’lumotlarni o‘rganadi hamda qonunchilik talablari buzilgani aniqlansa, o'z vakolatlari doirasida tegishli choralar ko‘radi.

Bank xizmatlari iste’molchilarining shartnoma shartlari va moliyaviy xizmatlar haqidagi ma’lumotlar bilan davlat tilida tanishish huquqi kafolatlanadi.

Read in English
8,440000
Markaziy bank logo
Markaziy bank

19-okt, 2026, 19:45

Photo1/2
Baliqchilik faoliyati bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot
🔘Markaziy bank va “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi hamkorligida o‘tkaziladigan ochiq muloqotda baliqchilik sohasidagi tadbirkorlarning bank xizmatlari bilan bog‘liq masalalari va takliflari muhokama qilinadi.
🗓 21-oktabr, soat 14:30
📍 Manzil: Toshkent shahar, Mirobod tumani, Sharof Rashidov MFY, Taras Shevchenko ko’chasi, 1 uy
📩 Sohaga oid murojaat va takliflaringizni “Ochiq muloqot” Telegram-boti orqali ham yuborishingiz mumkin: @ochiq_muloqot_mbbot
8,610000
Markaziy bank logo
Markaziy bank

19-okt, 2026, 14:49

Video
#Markaziy_Bank_Raqamlarda
Mikromoliya tashkilotlarining kapital bazasi kengaymoqda

2026-yil 1-sentabr holatiga mikromoliya tashkilotlarining jami kapitali 4,4 trln so‘mga yetdi. O'tgan yilning mos davrida bu ko‘rsatkich 2,8 trln so‘mni tashkil etgan edi. Natijada kapital hajmi bir yil davomida 56,6 foizga oshdi.
📊O‘sish tashkilotlarning kapital hajmi bo‘yicha tarkibida ham ko‘rinmoqda. Jami kapitali 10 mlrd so‘m va undan yuqori bo‘lgan tashkilotlar soni 37 tadan 48 taga ko‘paydi. 3–10 mlrd so‘mlik kapitalga ega tashkilotlar soni ham 39 tadan 48 taga yetgan. Shu bilan birga, 3 mlrd so‘mgacha kapitalga ega tashkilotlar soni 49 tadan 45 taga kamaygan.
📊 Ustav kapitali bo‘yicha ham tarkibiy siljish kuzatilmoqda. 3–10 mlrd so‘mlik ustav kapitaliga ega tashkilotlar soni 35 tadan 45 taga, 10 mlrd so‘m va undan yuqori ustav kapitaliga ega tashkilotlar esa 25 tadan 31 taga ko‘paygan.
📊 Umuman, mikromoliya tashkilotlari soni bir yil ichida 125 tadan 141 taga yetgan bir paytda, jami kapitalning 10 mlrd so‘m va undan yuqori kapitalga ega tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri keladigan ulushi 91,3 foizdan 92,3 foizga oshgan.
Bu ko‘rsatkichlar mikromoliya tashkilotlari sonining ko‘payishi bilan bir qatorda, kapital bazasi kattaroq bo‘lgan tashkilotlar soni ham ortib borayotganini ko‘rsatadi.

Batafsil
Read in English
7,960000
Markaziy bank logo
Markaziy bank

19-okt, 2026, 11:51

Video
Banklarda kassa va inkassatsiya jarayonlari takomillashtirildi

📄Markaziy bank boshqaruvining “Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori Adliya vazirligida 2026-yil 9-oktabrda 3028-11-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

🟣Oʻzgartirishlar, avvalo, amaldagi kassa qoidalarini Oʻzbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy etishga oid qonunchilikka moslashtirishga qaratilgan.

🟣Anʻanaviy bank amaliyotida daromad koʻpincha foiz shaklida ifodalansa, islomiy moliyada foyda, ustama yoki boshqa shakldagi daromadlar qoʻllanilishi mumkin. Shu sababli yoʻriqnomadagi ayrim normalar kengaytirilib, “hisoblangan foizlar” bilan bir qatorda “boshqa daromadlar” tushunchasi ham kiritildi. Shuningdek, “omonatlar va ularga hisoblangan foizlar” iborasi umumiyroq mazmundagi “mablagʻlar” tushunchasi bilan almashtirildi.

Bu kassa operatsiyalariga oid talablarni anʻanaviy bank xizmatlari bilan birga islomiy moliyalashtirish amaliyotlariga ham tatbiq etish imkonini beradi.
Hujjat bilan naqd pul va boshqa qimmatliklarni tashish tartibi ham aniqlashtirildi. Jumladan:
✅tijorat banklari va ularning filiallari oʻrtasida naqd xorijiy valyuta hamda boshqa qimmatliklarni hududlararo tashish Markaziy bank farmoyishi asosida amalga oshiriladi;
✅ hudud doirasidagi tashishlar inkassatsiya xizmatlarining tegishli tarkibiy boʻlinmalari farmoyishlari asosida tashkil etiladi.
✅Bunda, Markaziy bankning naqd pul va boshqa qimmatliklarni tashishga doir farmoyishlari “Elektron farmoyishlar” dasturida avtomatik shakllantirilib, joʻnatuvchi va qabul qiluvchi bank boʻlinmalariga elektron koʻrinishda yuboriladi.
✅Shuningdek, inkassatsiya xizmatini belgilangan talablar asosida tashkil etgan tijorat banklariga oʻz boʻlinmalari oʻrtasida naqd pul va boshqa qimmatliklarni mustaqil tashish imkoniyati beriladi.
✅Shu bilan birgalikda, naqd pul va boshqa qimmatliklarni hududlararo tashishda transport vositalarini kuzatib borish Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati bilan tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Mazkur oʻzgarishlar asosan, banklarning ichki kassa amaliyotlarini va inkassatsiya jarayonlarini tartibga soladi. Ular kassa operatsiyalarini islomiy bank faoliyatining oʻziga xos jihatlariga moslashtirish, naqd pul va qimmatliklarni tashish vakolatlarini aniq belgilash hamda tegishli farmoyishlar almashinuvini elektron shaklga oʻtkazishga xizmat qiladi.
Batafsil
Read in English
8,620000
Markaziy bank logo
Markaziy bank

18-okt, 2026, 13:54

Video
🟣IPAM Forum 2026 doirasida Jahon banki guruhining hamkorlik va aloqalar bo‘yicha menejeri Marco Ruiz bilan suhbatda xalqaro zaxiralarni samarali boshqarish tamoyillari, xavfsizlik, likvidlik va daromadlilik o‘rtasidagi muvozanat, shuningdek, xalqaro zaxira aktivlari portfeli diversifikatsiyasining tobora ortib borayotgan ahamiyati muhokama qilindi.
In English: As part of IPAM Forum 2026, an interview was held with Marco Ruiz Manager of Partnerships and Engagement, World Bank Group, covering the key principles of effective reserve management, the balance between safety, liquidity and return, as well as the growing importance of diversifying the portfolio of international reserve assets.
8,710000
Markaziy bank logo
Markaziy bank

16-okt, 2026, 20:30

Photo
👍👌👍👌

⏺Shu bilan birga, “24/7” rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari orqali hamda bank binosiga tashrif buyurmagan holda kunning istalgan vaqtida tijorat banklarining mobil ilovalari orqali valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish imkoniyatlari ham yaratilgan.
➡️Banklar ro'yxati

In english:
In addition, customers are now able to carry out currency exchange transactions through automated currency exchange machines operating 24/7, as well as through the mobile applications of commercial banks at any time of day, without visiting a bank branch.

Banks' list
#cbu_info

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linkedin | X
48,500000
Markaziy bank logo
Markaziy bank

16-okt, 2026, 15:26

Video
#MarkaziyBankRaqamlarda
Kredit portfelida ipoteka va biznesni moliyalashtirish instrumentlari hajmi ortmoqda

🟣 2026-yil 1-sentabr holatiga tijorat banklarining jami kredit qoldig‘i 648,9 trln so‘mni tashkil etdi. Yil boshida ushbu ko‘rsatkich 604 trln so‘m bo‘lgan. Natijada kredit portfeli joriy yilning sakkiz oyida 7,4 foizga yoki qariyb 45 trln so‘mga oshdi.
📊 Shuningdek, jismoniy shaxslarga ajratilgan mikrokreditlar qoldig‘i yil boshidagi 40,5 trln so‘mdan 48,2 trln so‘mga yetib, 19,1 foizga oshdi. Yuridik shaxslar mikrokreditlari esa 14,7 trln so‘mdan 18,4 trln so‘mga yoki 25,4 foizga ko‘paydi. Natijada ushbu ikki yo‘nalishdagi mikrokreditlarning umumiy qoldig‘i 66,6 trln so‘mga yetdi.
📊 Uy-joyni moliyalashtirish yo‘nalishida ham ijobiy dinamika kuzatildi. Ipoteka kreditlari qoldig‘i yil boshidagi 79,4 trln so‘mdan 89,7 trln so‘mga yetib, 12,9 foizga oshdi. Bu jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar tarkibida eng katta hajmga ega yo‘nalish bo‘lib qolmoqda.
📊 Yuridik shaxslar kreditlari tarkibida lizing va faktoring operatsiyalari qoldig‘i 32,1 foizga oshib, 5,1 trln so‘mni tashkil etdi. Bu mazkur moliyalashtirish instrumentlarining kredit portfelidagi hajmi ortib borayotganini ko‘rsatadi.
Umuman, yil boshidan kredit portfelidagi o‘sish mikrokreditlar, ipoteka hamda lizing va faktoring kabi moliyalashtirish yo‘nalishlarida ham kuzatilmoqda. Ayniqsa, mikrokreditlar qoldig‘ining umumiy kredit portfeliga nisbatan yuqoriroq sur’atda oshishi ushbu yo‘nalishning kreditlar tarkibidagi ulushi ortayotganini ko‘rsatadi.

Batafsil
Read in English
5,610000
Markaziy bank logo
Markaziy bank

16-okt, 2026, 10:54

Video
👍👌👍👌

Markaziy bank 2026-yil III chorak yakunlari bo‘yicha bank xizmatlari sifatini oshirish va mijozlar manfaatlarini ta’minlash maqsadida banklar faoliyati yuzasidan kelib tushgan murojaatlarni tahlil qildi
🔘2026-yil III chorak davomida Markaziy bankka to‘g‘ridan-to‘g‘ri va boshqa davlat organlari orqali banklar faoliyati yuzasidan jami 12 307 ta murojaat kelib tushgan.
🔘Mijozlar soniga nisbatan murojaatlar ulushining yuqori bo‘lishi quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratish zarurligini ko‘rsatadi:
✔️ mijozlarga bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha yetarli tushuntirish berish;
✔️ murojaatlarga o‘z vaqtida va sifatli javob taqdim etish;
✔️ takroriy murojaatlarga sabab bo‘layotgan tizimli kamchiliklarni bartaraf etish;
✔️ mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati va ichki nazorat mexanizmlarini kuchaytirish.
🔘Shu munosabat bilan banklarga ko‘rib chiqish uchun kelib tushgan murojaatlar sabablarini chuqur tahlil qilish, ularni ko‘rib chiqish jarayonlarini takomillashtirish hamda mijozlar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan choralarni kuchaytirish tavsiya etiladi.
Eslatma: mazkur indeks bankning moliyaviy barqarorligi yoki ishonchliligini baholamaydi. U faqat mijozlar soniga nisbatan kelib tushgan murojaatlar ulushini aks ettiradi. Chorak davomida 100 tadan kam murojaat kelib tushgan banklar bo'yicha indeks hisoblanmaydi.
In English:
The Central Bank Analyses Complaints Regarding Banking Services in the Third Quarter of 2026
As part of its efforts to improve the quality of banking services and safeguard customer interests, the Central Bank analysed complaints received regarding the activities of banks in the third quarter of 2026.
🔘 During the third quarter of 2026, the Central Bank received a total of 12,307 complaints concerning banking activities, submitted directly to the Central Bank and through other government bodies.
🔘 A high proportion of complaints relative to the number of customers highlights the need to pay particular attention to the following areas:
✔️ Providing customers with clear and sufficient information about banking products and services;
✔️ Ensuring timely and high-quality responses to complaints;
✔️ Addressing systemic shortcomings that lead to repeated complaints;
✔️ Improving customer service quality and strengthening internal control mechanisms.
🔘 In this regard, banks are advised to conduct an in-depth analysis of the underlying causes of complaints, improve their complaint-handling procedures, and strengthen measures aimed at protecting customer interests.
Note: This index does not assess a bank’s financial stability or reliability. It reflects only the proportion of complaints received relative to the number of customers. The index is not calculated for banks that received fewer than 100 complaints during the quarter.
6,210000
Markaziy bank logo
Markaziy bank

15-okt, 2026, 20:29

Video
👍👌👍👌
AYoQShlarda sentabr oyidagi tushumlar raqamlarda

🟣2026-yil sentabr oyida avtomobil yoqilg‘i quyish shoxobchalarida jami 3,78 trln so‘mlik savdo tushumlari qayd etildi.
🟣Jami tushumlar
Oy davomida AYoQShlarda kunlik savdo tushumlari o‘rtacha 125,9 mlrd so‘mni tashkil etdi. Kunlar kesimida tushumlar hajmida ayrim o‘zgarishlar kuzatilgan bo‘lsa-da, umumiy dinamika barqaror saqlanib qoldi.
🟣Tranzaksiyalar soni
Sentabr oyida AYoQShlarda jami 18 490 638 ta tranzaksiya amalga oshirildi. Bir kunda o‘rtacha 616 355 ta tranzaksiya qayd etildi.
🟣To‘lovlar tarkibi
— 91,9% — 115,7 mlrd so‘m mavjud bank kartalari orqali;
— 5,7% — 7,2 mlrd so‘m moment kartalari orqali;
— 2,4% — 3 mlrd so‘m yoqilg‘i kartalari orqali.

In English: September Fuel Station Revenue in Numbers
🟣In September 2026, total sales revenue at fuel stations reached UZS 3.78 trillion.
🟣Total Revenue
During the month, average daily sales revenue at fuel stations amounted to UZS 125.9 billion. Although daily revenue fluctuated, the overall trend remained stable.
🟣Number of Transactions
A total of 18,490,638 transactions were carried out at fuel stations in September, averaging 616,355 transactions per day.
🟣Payment Breakdown
— 91.9% — UZS 115.7 billion via regular bank cards;
— 5.7% — UZS 7.2 billion via instant-issue cards;
— 2.4% — UZS 3 billion via fuel cards.
6,370000
Markaziy bank logo
Markaziy bank

15-okt, 2026, 14:36

Photo
👍👌👍👌 ⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️
Birozdan so‘ng Moliyaviy xizmatlarda komissiyalar: xarajatlar, raqobat va iste’molchi manfaatlari mavzusida davra suhbati boshlanadi
Davra suhbatida tijorat banklari, to‘lov tizimlari va OAV vakillari ishtirokida bank va to‘lov xizmatlarida qo‘llanilayotgan komissiyalar, ularni shakllantirish omillari, mavjud amaliyot, xizmatlarning real xarajatlari hamda komissiyalari muhokama qilinadi.

Davra suhbati Markaziy bankning YouTube kanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladi.
Boshlanish vaqti — 14:30
7,040000
Markaziy bank logo
Markaziy bank

15-okt, 2026, 11:39

Video
#MarkaziyBankRaqamlarda
Bank kreditlari tarkibida qurilish va savdo-xizmatlar yo‘nalishlarida yuqori o‘sish kuzatilmoqda

🟣 2026-yil 1-sentabr holatiga tijorat banklarining jami kredit qo‘yilmalari 648,9 trln so‘mni tashkil etdi. O‘tgan yilning mos davrida ushbu ko‘rsatkich 581,1 trln so‘m bo‘lib, kredit portfeli bir yil davomida 12 foizga oshdi.
📊 Tarmoqlar kesimida eng yuqori o‘sish qurilish sohasida qayd etildi. Ushbu yo‘nalishdagi kreditlar qoldig‘i o‘tgan yilning mos davridagi 16,6 trln so‘mdan 22,5 trln so‘mga yetib, 36 foizga ko‘paydi. Savdo va umumiy xizmatlar sohasida esa kreditlar hajmi 41,3 trln so‘mdan 51 trln so‘mga yoki 24 foizga oshdi.
📊 Qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish ko‘rsatkichlarida ham ijobiy dinamika kuzatilmoqda. Mazkur tarmoqqa yo‘naltirilgan kreditlar qoldig‘i o‘tgan yilning mos davridagi 58,2 trln so‘mdan 66,7 trln so‘mga yetib, 15 foizga oshdi. Uning jami kredit portfelidagi ulushi 10 foiz darajasida saqlanib qoldi.
📊 Kredit portfelining tarkibiy taqsimotida ham o‘zgarishlar kuzatildi. Jumladan, savdo va umumiy xizmatlar yo‘nalishining ulushi 7 foizdan 8 foizga, jismoniy shaxslar kreditlarining ulushi esa 35 foizdan 38 foizga yetdi. Boshqa sohalarga ajratilgan kreditlar qoldig‘i 33 foizga oshib, 94,6 trln so‘mni tashkil etdi.
Umuman, kredit portfelidagi o‘zgarishlar qurilish, savdo va xizmat ko‘rsatish hamda qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarida moliyalashtirish hajmi ortganini ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, qurilish va savdo-xizmatlar sohalaridagi yuqori o‘sish sur’atlari kredit portfelining tarmoqlar bo‘yicha tarkibiy o‘zgarishlarini aks ettirmoqda.

Batafsil
Read in English
6,760000
Markaziy bank logo
Markaziy bank

14-okt, 2026, 19:20

Video
📚 Iqtisodiy tafakkur — dunyoni anglashning yana bir yo‘li.
Avvalroq nashr etilishi haqida xabar berilgan, jahon iqtisodiy tafakkuriga oid asarlar o‘zbek tiliga tarjima qilinib, nashrdan chiqarildi!
Boylik qanday yaratiladi? Bozorlarni nima harakatga keltiradi? Nega bir iqtisodiy hodisaga turli olimlar turlicha izoh beradi?
Bu savollarga javob izlash uchun ba’zan bitta emas, bir nechta nuqtayi nazar bilan tanishish kerak.
19-oktabr kuni Toshkentda boshlanadigan “Oydin Gurunglar 2026” forumi doirasida ushbu kitoblarning taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
🎥 Videoda — endilikda o‘zbek tilida mutolaa qilish mumkin bo‘lgan, iqtisodiyotga yangicha nigoh bilan qarashga undovchi asarlar bilan tanishing.
📖 Kitoblarni qayerdan topish mumkin?
Nashr etilgan kitoblar tez kunlarda respublikamizdagi barcha kutubxonalarga tarqatiladi (10-noyabrdan). Kitoblar to'g'risidagi yangiliklarni nashriyotlar veb saytida e'lon qilib boriladi.
9,790000
Markaziy bank logo
Markaziy bank

14-okt, 2026, 15:23

Video
🛡 Bank tizimida kiberxavfsizlik: iyul–sentabr oylaridagi asosiy natijalar

🔐 Banklarda qoʻllanilayotgan antifrod va antivirus tizimlari kiberhujumlarni erta aniqlash, shubhali operatsiyalarni cheklash hamda mijozlarning moliyaviy xavfsizligini taʼminlashda muhim himoya vositasi hisoblanadi.
In English
🛡Cybersecurity in the Banking System: Key Results for July–September

🔐 Antifraud and antivirus systems used by banks serve as important protective tools for the early detection of cyberattacks, restricting suspicious transactions, and ensuring the financial security of customers.
7,280000
Markaziy bank logo
Markaziy bank

14-okt, 2026, 15:17

Media · open in Telegram
7,400000
Markaziy bank logo
Markaziy bank

14-okt, 2026, 12:11

Media · open in Telegram
7,120000
Markaziy bank logo
Markaziy bank

14-okt, 2026, 09:38

Media · open in Telegram
7,960000
Markaziy bank logo
Markaziy bank

13-okt, 2026, 18:44

Video
#MarkaziyBankRaqamlarda
Bank tizimining moliyaviy ko‘rsatkichlarida ijobiy dinamika kuzatilmoqda

🟣 2026-yil 1-sentabr holatiga bank tizimining jami aktivlari 1 025,8 trln so‘mni tashkil etdi. O‘tgan yilning mos davrida ushbu ko‘rsatkich 863,1 trln so‘m bo‘lgan. Natijada bank aktivlari bir yil davomida 19 foizga oshdi.
📊 Bank tizimida depozitlar eng yuqori o‘sish sur’atini qayd etdi. Ularning hajmi o‘tgan yilning mos davridagi 363,7 trln so‘mdan 487,6 trln so‘mga yetib, 34 foizga ko‘paydi. Shu davrda kredit qo‘yilmalari 12 foizga oshib, 648,9 trln so‘mni tashkil etdi. Depozitlarning kreditlarga nisbatan yuqoriroq sur’atda o‘sishi bank tizimining resurs bazasi kengayib borayotganini ko‘rsatmoqda.
📊 Ko‘rsatkichlar tarkibida milliy valyutaning ulushi ortmoqda. Xususan, xorijiy valyutadagi aktivlar ulushi o‘tgan yilning mos davridagi 39 foizdan 34 foizga, kreditlardagi ulushi 40 foizdan 38 foizga, depozitlardagi ulushi esa 23 foizdan 19 foizga kamaydi. Mazkur o'zgarishlar bank sohasida dollarlashuv darajasining pasayish tendensiyasida ekanligi bilan izohlanadi.
📊 Bank tizimining jami kapitali ham o‘sishda davom etib, o‘tgan yilning mos davridagi 128,8 trln so‘mdan 151,5 trln so‘mga yetdi yoki 18 foizga ko‘paydi.
Umuman, bank tizimida aktivlar va kapital hajmining ortishi, depozitlarning yuqori sur’atda o‘sishi hamda milliy valyutadagi mablag‘lar ulushining kengayishi moliyaviy resurslar bazasidagi tarkibiy o‘zgarishlarni aks ettirmoqda.

Batafsil
Read in English
6,970000
Markaziy bank logo
Markaziy bank

13-okt, 2026, 14:46

Photo
👍👌👍👌 ⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️
Birozdan so‘ng qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilari bilan ochiq muloqot boshlanadi

Muloqotda ishlab chiqarishni kengaytirish va modernizatsiya qilish, aylanma mablag‘larni moliyalashtirish, kredit olish jarayonida yuzaga kelayotgan masalalar hamda tadbirkorlarning amaliy takliflari Markaziy bank va tijorat banklari vakillari ishtirokida muhokama qilinadi.

Ochiq muloqot Markaziy bankning YouTube kanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladi.
Boshlanish vaqti — 14:30
8,030000
Markaziy bank logo
Markaziy bank

13-okt, 2026, 13:40

Video
📊 Sentabr oyi uchun inflyatsiya ko‘rsatkichlari

🔘Inflyatsiya darajasi pasayish tendensiyasida:
✔️2022-yilda umumiy inflyatsiya darajasi 12,3 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2026-yilning sentabr oyida 6,4 foizgacha pasaydi.

In English:
📊Inflation indicators for September

🔘Inflation remains on a downward trend:
✔️Headline inflation, which stood at 12.3 percent in 2022, declined to 6.4 percent in September 2026.
8,170000
Markaziy bank logo
Markaziy bank

12-okt, 2026, 20:58

Photo
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent qurilishini jadallashtirish masalalari yuzasidan investor va tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев провел открытый диалог с инвесторами и предпринимателями по вопросам ускорения строительства Нового Ташкента.

#Mirziyoyev #muloqot #YangiToshkent #investorlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
7,760000
Markaziy bank logo
Markaziy bank

12-sen, 2026, 18:11

Video
👍👌👍👌
International Public Assets Management Forum 2026
🟣 On 18 September 2026, the Central Bank of Uzbekistan will host the International Public Assets Management Forum in Tashkent, bringing together senior representatives of central banks, international financial institutions and leading global asset managers.
The Forum will serve as a professional platform for practical dialogue on public reserve and asset management, with discussions covering the global markets outlook, resilient reserve management, strategic asset allocation, the evolving role of gold and the future of the global financial architecture.
For inquires: [email protected]
For media: https://t.me/formedia13
8,030000
Markaziy bank logo
Markaziy bank

12-sen, 2026, 18:11

Photo
Oʻzbekistonda barqaror tokenlardan to'lov vositasi sifatida foydalanish boʻyicha pilot loyiha boshlanmoqda

🟣Markaziy bank va https://t.me/napp_uz oʻz vakolatlari doirasida HUMO barqaror tokenidan toʻlov vositasi sifatida foydalanishni sinovdan oʻtkazish boʻyicha tajriba-sinov loyihani kuzatib borishga kirishdi.
✔️Loyiha doirasida milliy valyutaga bogʻlangan HUMO barqaror tokeni ishlab chiqiladi va muomalaga kiritiladi. Unga koʻra, 1 HUMO tokeni qiymati 1 soʻmga tenglashtiriladi, tokenning chiqarilishi esa Oʻzbekiston Respublikasining davlat qimmatli qogʻozlari bilan taʼminlanadi. Pilot doirasida tokenni chiqarish, muomalaga kiritish va soʻndirish mexanizmlari sinovdan oʻtkaziladi, shuningdek, undan respublika hududida tovarlar va xizmatlar uchun toʻlov vositasi sifatida foydalanish imkoniyatlari baholanadi.

🟣Sinov maxsus huquqiy rejim — regulyativ “qumdon” doirasida oʻtkaziladi. Bu yangi moliyaviy yechimlarni nazorat qilinadigan muhitda amaliyotda sinab koʻrish, samaradorligini baholash va ehtimoliy xatarlarni oldindan aniqlash imkonini beradi. Loyihaning dastlabki muddati 12 oyni tashkil etadi va belgilangan tartibda uzaytirilishi mumkin, bunda umumiy amal qilish muddati uch yildan oshmaydi.
✔️Markaziy bank loyihani pul-kredit siyosati maqsad va instrumentlariga muvofiqligi, shuningdek, moliyaviy va narxlar barqarorligiga tahdidlar mavjud emasligi nuqtayi nazaridan baholaydi va monitoring qiladi. Pilot davomida taʼminotning yetarliligi, operatsiyalar shaffofligi, kiberxavfsizlik, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish talablariga rioya etishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Loyiha yakunlari boʻyicha davlat qimmatli qogʻozlari bilan taʼminlangan barqaror token modelining amaliy imkoniyatlari baholanadi, u bilan bogʻliq xatarlar aniqlanadi hamda raqamli moliyaviy vositalarni tartibga solish yondashuvlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqiladi.
https://cbu.uz/uz/press_center/releases/4481351/

| http://www.facebook.com/centralbankuzbekistan/ | http://www.instagram.com/centralbankuzbekistan/ | https://www.youtube.com/channel/UCbvHroIClSH4WsWx7NEeX9w | http://www.linkedin.com/company/centralbankuzbekistan | https://x.com/cbuzbekistan
9,590000

Showing 30 of 102 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

Markaziy bank Telegram kanali nima haqida?+

Markaziy bank (@centralbankuzbekistan) — tgdio da Bank va temir yo'l toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 44 298 obunachi bor.

Markaziy bank (@centralbankuzbekistan) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @centralbankuzbekistan ga bepul obuna bo‘ling.

Markaziy bank yaxshi Bank va temir yo'l kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin Markaziy bank reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 44 298 obunachi bor. O‘xshash Bank va temir yo'l kanallar bilan solishtiring.

Markaziy bank statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @centralbankuzbekistan sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.