Samarqand viloyati Ekologiya bosh boshqarmasi Telegram channel photo

Samarqand viloyati Ekologiya bosh boshqarmasi

@econewssamarqandPublic Channel

O‘zbekiston respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Samarqand viloyati bosh boshqarmasi rasmiy telegram kanali Murojaat uchun👇👇 @Iskandarov_sh7 Sherali Iskandarov

6

Last views

2.2k (2,158 subscribers)
A'zolar
—
Rating
12
Total Posts
Oct 18, 2026, 5:40 AM
Yangilangan
May 18, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameSamarqand viloyati Ekologiya bosh boshqarmasi
Username@econewssamarqand
CategoryStreaming va IPTV
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar2,158
Channel TypePublic Channel
Created18-may, 2026
Last Updated18-okt, 2026 • 4 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#99796+361
Til reytingi
#725-4
Toifa reytingi
#1916+7

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 2.2K30 Days growth: +432%
09/1909/2409/2910/0410/0910/1410/18
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
19:09:20262,115
20:09:20262,134
21:09:20262,134
22:09:20262,134
23:09:20262,134
24:09:20262,134
25:09:20262,134
26:09:20262,134
27:09:20262,134
28:09:20262,134
29:09:20262,134
30:09:20262,134
01:10:20262,134
02:10:20262,134
03:10:20262,134
04:10:20262,134
05:10:20262,134
06:10:20262,134
07:10:20262,134
08:10:20262,134
09:10:20262,134
10:10:20262,134
11:10:20262,134
12:10:20262,134
13:10:20262,134
14:10:20262,134
15:10:20262,134
16:10:20262,134
17:10:20262,134
18:10:20262,158
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 18:05:20261,941
Week of 25:05:20261,941
Week of 01:06:20261,941
Week of 08:06:20261,941
Week of 15:06:20261,941
Week of 22:06:20261,941
Week of 29:06:20261,941
Week of 06:07:20262,041
Week of 13:07:20262,041
Week of 20:07:20262,041
Week of 27:07:20262,041
Week of 03:08:20262,041
Week of 10:08:20262,041
Week of 17:08:20262,100
Week of 24:08:20262,100
Week of 31:08:20262,110
Week of 07:09:20262,115
Week of 14:09:20262,134
Week of 21:09:20262,134
Week of 28:09:20262,134
Week of 05:10:20262,134
Week of 12:10:20262,158
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
May 20261,941
June 20261,941
July 20262,041
August 20262,100
September 20262,134
October 20262,158
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
20262,158

So'nggi postlar

Photo
🚯 Hech bo‘lmasa, o‘zingiz yashayotgan hududni toza saqlang!

Samarqand tumanida 1 kunda 3ta noqonuniy chiqindixonalar yo‘q qilindi

Bugun xalqimiz orasida kundalik turmush jarayonida hosil bo‘layotgan chiqindilarni belgilanmagan yerlarga tashlamaslik borasida doimiy targ‘ibot va tushuntirish ishlarining olib borilishiga qaramay, baribir atrofga chiqindilarni uloqtirish hollari davom yetmoqda.

https://telegra.ph/Hech-bolmasa-ozingiz-yashayotgan-hududni-toza-saqlang-09-02

Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga qo‘shiling👇👇

🕊|📱 https://www.facebook.com/samarqandviloyatekologiya.boshqarmasi/|📺 http://youtube.com/c/ecogovuz|📱 http://instagram.com/ecogovuz
6000
Video
🚗 Yo‘lda yurish madaniyatiga rioya qiling!

Paxtachi tumani hududidan o‘tuvchi xalqaro M-37 avtomobil yo‘li orqali kecha-yu kunduz transport vositalari harakati davom etadi.

Afsuski, ayrim haydovchi va yo‘lovchilar tomonidan transport vositalaridan yo‘l chetiga turli chiqindilarni tashlash holatlari uchrab turibdi. Bunday holatlar nafaqat atrof-muhitga zarar yetkazadi, balki hududning sanitariya va obodonlik holatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Bugun Paxtachi tumanida Ekopolitsiya xodimlari tomonidan transport vositasidan chiqindi tashlagan yo‘lovchi aniqlandi. Qoidabuzarga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy chora ko‘rildi.

🌿 Hurmatli haydovchilar va yo‘lovchilar!
Yo‘l — barchamizga tegishli umumiy makon. Transport vositasidan chiqindi tashlamaslik, atrof-muhitni ozoda saqlash va ekologik madaniyatga rioya qilish har birimizning fuqarolik burchimizdir.

🚯 Chiqindini yo‘lga emas, belgilangan joyga tashlang!

🌱 Toza yo‘l — obod yurt ko‘zgusi!


Kanalga qo‘shiling👇👇
448002
Photo
🌿 SAMARQAND VILOYATIDA MUSTAQILLIKNING 35 YILLIK BAYRAMI VA DOLZARB 40 KUNLIK TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA
Respublika miqyosida amalga oshirilayotgan Dolzarb 40 kunlik tadbirlari munosabat bilan bugun 30.08.2026 yil kuni Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig'i A.Ergashev tomonidan Samarqand shahar bo'yicha hududlar tozalik sifati ko'zdan kechirilmoqda.

Boshqarma boshlig'i ish jarayonidagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va hududlarni toza-ozoda saqlash maqsadida bir qator takliflarni berib o'tdi.


Samarqand viloyati Ekologiya bosh boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga qo‘shiling👇👇
452001
Photo
Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan so‘zlagan tabrigidan asosiy fikrlar (ikkinchi qism):

📌 Aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 1991-yildagi 66,4 yoshdan 2025-yilda 75,4 yoshga yetgani, go‘daklar va onalar o‘limi ko‘rsatkichi 4 barobar kamaygani sohadagi islohotlarimizning eng muhim natijasidir;

📌 Mamlakatimiz taraqqiyotning mutlaqo yangi davriga qadam qo‘ymoqda. Kelgusi o‘n yillik biz uchun milliy yuksalish davri bo‘ladi;

📌 Kelgusi yillarda yurtimizda inson qadrini yanada yuksaltiradigan 7 ta milliy dasturni amalga oshiramiz;

📌 Birinchi milliy dastur bilim va malakani kelgusi taraqqiyotimizning asosiy kapitaliga aylantirishdan iborat bo‘ladi;

📌 Tibbiyotda profilaktikani kuchaytirish orqali salomatlikni asrash modeliga o‘tamiz. Davlat tibbiy sug‘urtasi mamlakatning barcha xonadonlariga kirib boradi;

📌 2030-yilgacha yalpi ichki mahsulot hajmi 300 milliard dollarga yetkaziladi;

📌 To‘rtinchi milliy dastur suv va tabiatga munosabatni tubdan o‘zgartirishga qaratiladi;

📌Fuqarolar va tadbirkorlarning qonuniy kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha islohotlarimizni qat’iy davom ettiramiz;

📌Mahalla jamiyat taraqqiyotining asosiy buyurtmachisiga aylantiriladi;

📌 O‘zbekistonni xalqaro diplomatiyaning muhim markaziga aylantirish uchun ko‘pqirrali, vazmin va muvozanatli tashqi siyosatni davom ettiramiz;

📌 Biz bugun kechagidan kuchlimiz. Nasib etsa, ertaga bundan ham kuchli bo‘lamiz;

📌 Xalq va davlat yagona maqsad yo‘lida birlashib, astoydil harakat qilsa, zabt etib bo‘lmaydigan marraning o‘zi yo‘q. Bunday buyuk qudratga ega xalq va davlatni yenga oladigan kuchning o‘zi yo‘q;

📌 Matonatli, mard va olijanob xalqimiz o‘z oldiga qo‘ygan ulug‘ maqsadlarga albatta yetadi. https://www.facebook.com/PressSecretaryUZ| https://www.instagram.com/press_secretary_uz/| https://x.com/Sherzod_Asadov
541002
Photo
🐈 CHO‘L MUSHUGI — YOVVOYI TABIATNING SOKIN OVCHISI

📸 Zarafshon milliy tabiat bog‘i hududida ilmiy xodimlar tomonidan o‘rnatilgan fototuzoqlardan birida Cho‘l mushugi — Felis lybica qayd etildi.

Fototuzoq orqali olingan ushbu ma’lumot hayvonot dunyosini kuzatish, yovvoyi hayvonlarning tarqalish hududlari va tabiiy yashash sharoitlarini o‘rganishda muhim ilmiy ahamiyatga ega.

🔬 Ilmiy ma’lumot:
Cho‘l mushugi (Felis lybica) — mushuksimonlar (Felidae) oilasiga mansub yovvoyi sutemizuvchi. U asosan qurg‘oqchil dasht, cho‘l va yarim cho‘l hududlarda uchraydi. Tabiatda juda ehtiyotkor va asosan yakka holda hayot kechiradi.

🍃 Uning asosiy ozuqasini mayda kemiruvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar va boshqa kichik hayvonlar tashkil etadi. Cho‘l mushugi ekotizimda kemiruvchilar sonini tabiiy tartibga solishda muhim o‘rin tutadi.

Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga qo‘shiling👇👇

🕊|📱 https://www.facebook.com/samarqandviloyatekologiya.boshqarmasi/|📺 http://youtube.com/c/ecogovuz|📱 http://instagram.com/ecogovuz
558001
Photo
#Dolzarb_40_kunlik

📍 “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi DM Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi tasarrufidagi Kattaqo'rg'on shahar chiqindi poligonida obodonlashtirish, hududlarni sanitariya jihatdan tartibga keltirish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

🔥 Tadbirlar davomida chiqindi poligonida yong‘in kelib chiqishining oldini olish, hududni toza va tartibli saqlash hamda aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Kanalga qo‘shiling👇👇

🕊|📱 https://www.facebook.com/samarqandviloyatekologiya.boshqarmasi/|📺 http://youtube.com/c/ecogovuz|📱 http://instagram.com/ecogovuz
484001
Photo
#EKOPARTUL

Shu kunlarda Samarqand shahar Ekologiya bo‘limi davlat inspektorlari, viloyat prokuraturasi, viloyat IIB patrul post xizmati va Milliy gvardiyasi xodimlari hamkorligida tuzilgan maxsus ishchi guruhlar tomonidan Samarqand shahrining barcha hududlarida atrof-muhit muhofazasiga oid qabul qilingan normativ huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida, nazorat tadbirlari olib .
Mazkur tadbirlar davomida, tadbirkorlar hamda fuqarolarga belgilanmagan joylarga qattiq va suyuq, maishiy chiqindilarni tashlamaslik, bu borada qonunchilikda belgilangan normalar, ta’sir choralari yuzasidan tushunchalar berilib, tadbirkorlarga sanitar xizmat ko‘rsatish korxonalari bilan tegishli tartibda shartnoma tuzish, tadbirkorlik subyekti oldiga chiqindi urnalarini o‘rnatish choralari ko‘rish, atrof-muhit ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish yuzasidan tavsiyalar berib
Nazorat tadbirlari jarayonida huquqbuzarlik holatlari uchun esa, huquqiy baho berib borilmoqda.
414002
Photo
Kuchli shamol vaqtida xavfsizlik choralari

Yashash joylarida eshik-deraza, cherdak va ventilyatsiya (havo aylanish) tizimlarini mahkam berkitish;
Elektr va gaz jihozlarini vaqtincha o‘chirish;
Ko‘chalarda daraxtlar va elektr ustunlari tagida turmaslik;
Balkon, deraza tokchasi hamda tashqi qismdagi buyumlarni mustahkamlash yoki xavfsiz joyga olib qo‘yish;
Shamol kuchayganda mustahkam binolar, yer osti o‘tish yo‘llari va boshqa himoya inshootlariga yashirinish;
Ochiq maydonda bo‘lganda pastlik, chuqurlik va xavfsiz joylarda yotgan holda himoyalanish;
Buzilgan binolarga yaqinlashmang;
Xavfli ustunlar, reklama konstruksiyalari va daraxtlar ostiga yashirinish taqiqlanadi.
Avtotransport vositalarini daraxtlar va yengil konstruksiyalar ostida qoldirmang!

Shamoldan so‘ng elektr va gaz jihozlaridan foydalanishdan avval ularning sozligini tekshirish talab etiladi.

Samarqand viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga qo‘shiling👇👇

🕊|📱 https://www.facebook.com/samarqandviloyatekologiya.boshqarmasi/|📺 http://youtube.com/c/ecogovuz|📱 http://instagram.com/ecogovuz
418001
Photo
#sessiya

⚡️ Sessiyalarda ekologiya masalalari bo‘yicha hisobot eshitildi

Pastdarg‘om tuman Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘i S.Raimov 2026-yil 1-chorak davomida amalga oshirilgan ishlar va Mening bog‘im loyihasini tashkil etish yuzasidan Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi oldida hisoboti tinglandi.

📌 Sessiyada asosiy masalalar:— “Yashil makon” doirasidagi ishlar;— daraxt ko‘chatlarini saqlash va parvarishlash;— sanitariya tozaligi va chiqindilar nazorati; — ekologik madaniyatni oshirish borasidagi bugungi muammoli masalalar ko‘rib chiqildi.

Samarqand viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga qo‘shiling👇👇

🕊|📱 https://www.facebook.com/samarqandviloyatekologiya.boshqarmasi/|📺 http://youtube.com/c/ecogovuz|📱 http://instagram.com/ecogovuz
380001
Video
Maqsadimiz xizmat qilish sifatini orttirish
-deydi Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi davlat muassasasi Samarqand viloyat hududiy boshqarma boshlig‘i Sh.Egamqulov.

-Biz aholiga sifatli sanitar tozalash xizmati ko‘rsatish va hosil bo‘ladigan chiqindilarni joylashtirish, chiqindi poligonini tartibga keltirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rib kelmoqdamiz.

https://telegra.ph/Maqsadimiz-xizmat-qilish-sifatini-orttirish-05-18

🔶 Hurmatli yurtdoshlar, unutmang! Atrof-muhit muhofazasiga, uning orastaligiga barchamiz birdek masulmiz.

Samarqand viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga qo‘shiling👇👇

🕊|📱 https://www.facebook.com/samarqandviloyatekologiya.boshqarmasi/|📺 http://youtube.com/c/ecogovuz|📱 http://instagram.com/ecogovuz
463001
Video
Uyingiz oldidan olib ketishsa ham, nega ko‘chaga tashlayapsiz? 🤔

​Urgut tumanida "Toza hudud" xodimlari tomonidan har bir xonadon uyi oldidan chiqindilarni olib ketish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

Shunday qulaylik yaratilgan bir paytda, ayrim Insonlar chiqindini mashinaga ortib, belgilanmagan joylarga tashlab ketayotgani achinarli holat.

​Savol: O'z uyingizni toza tutib, ko'chani ifloslantirish insofdanmi?

​Eslatma: Tozalik uyingiz ostonasidan boshlanib, butun mahalla va tuman bilan tugaydi.

Bunday harakatlar:

1.​Shahar qiyofasini buzadi.
2.​Atrof-muhitga zarar yetkazadi.
3.​Ma'muriy javobgarlikka sabab bo'ladi.

Kanalga qo‘shiling👇👇
570002
Photo
🚯 Reydlarda noqonuniy chiqindixonalar bartaraf etilmoqda

Ayni paytda Oqdaryo tumani Ekologiya va iqlim o‘zgarish bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan tumanda mavjud mahallalar hududlaridan o‘tuvchi yo‘l yoqasida mas’ullarni e’tiborsizligi tufayli mahalliy aholi tomonidan maishiy, qattiq va qurilish chiqindilarni tashlashi oqibatida noqonuniy chiqindixonalar paydo bo‘lganligi aniqlanmoqda.
Shu jumladan Yangiqurg'on MFY hududida yana bir noqonuniy tashkil bo'lgan chiqindixona aniqlandi.
Ushbu aniqlangan holatlarni tezkor bartaraf etish maqsadida, davlat inspektorlari tomonidan tegishli mas’ullar va maxsus texnikalar jalb etilib, hudud chiqindilardan tozalanib, to‘plangan chiqindilar poligonlarga joylashtirilmoqda.

🔶 Hurmatli yurtdoshlar, unutmang! Atrof-muhit muhofazasiga, uning orastaligiga barchamiz birdek masulmiz.

Samarqand viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga qo‘shiling👇👇

🕊|📱 https://www.facebook.com/samarqandviloyatekologiya.boshqarmasi/|📺 http://youtube.com/c/ecogovuz|📱 http://instagram.com/ecogovuz
579001

Showing 12 of 12 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

Samarqand viloyati Ekologiya bosh boshqarmasi Telegram kanali nima haqida?+

Samarqand viloyati Ekologiya bosh boshqarmasi (@econewssamarqand) — tgdio da Streaming va IPTV toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 2 158 obunachi bor.

Samarqand viloyati Ekologiya bosh boshqarmasi (@econewssamarqand) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @econewssamarqand ga bepul obuna bo‘ling.

Samarqand viloyati Ekologiya bosh boshqarmasi yaxshi Streaming va IPTV kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin Samarqand viloyati Ekologiya bosh boshqarmasi reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 2 158 obunachi bor. O‘xshash Streaming va IPTV kanallar bilan solishtiring.

Samarqand viloyati Ekologiya bosh boshqarmasi statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @econewssamarqand sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.