FUTUHAT Telegram channel photo

FUTUHAT

@futuhattPublic Channel

"Oralaringizda yaxshilikka, (Islomga) da'vat qiladigan, ibodat-itoatga buyuradigan va isyon-gunohdan qaytaradigan bir jamoat bo'lsin. Ana o'shalar najot topguvchilardir". Oli Imron, 104

Dino‘zbekOʻzbekiston

358

Last views

203 (203 subscribers)
A'zolar
—
Rating
22
Total Posts
Oct 18, 2026, 9:03 PM
Yangilangan
Aug 20, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameFUTUHAT
Username@futuhatt
CategoryDin
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar203
Channel TypePublic Channel
Created20-avg, 2026
Last Updated18-okt, 2026 • 3 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#9381O'zgarish yo'q
Til reytingi
#98O'zgarish yo'q
Toifa reytingi
#112+1

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 20330 Days growth: +5739%
09/1909/2409/2910/0410/0910/1410/18
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
19:09:2026146
20:09:2026146
21:09:2026173
22:09:2026173
23:09:2026173
24:09:2026173
25:09:2026173
26:09:2026173
27:09:2026173
28:09:2026173
29:09:2026173
30:09:2026173
01:10:2026173
02:10:2026173
03:10:2026173
04:10:2026173
05:10:2026173
06:10:2026173
07:10:2026173
08:10:2026173
09:10:2026173
10:10:2026173
11:10:2026173
12:10:2026173
13:10:2026173
14:10:2026173
15:10:2026173
16:10:2026173
17:10:2026173
18:10:2026203
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 17:08:2026130
Week of 24:08:2026135
Week of 31:08:2026137
Week of 07:09:2026146
Week of 14:09:2026146
Week of 21:09:2026173
Week of 28:09:2026173
Week of 05:10:2026173
Week of 12:10:2026203
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
August 2026135
September 2026173
October 2026203
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
2026203

So'nggi postlar

FUTUHAT logo
FUTUHAT

14-sen, 2026, 03:51

#insights va #تدبرات birlashganda…

Oxirgi paytlar, darslardan, hikmatlardan, ustozlar nasihatidan olingan katta ochilish - duo qila olish ham bir ilm.

- Nimani so’rash
- Qanday so’rash
- Qay holda so’rash
- va eng muhimi, duoning mag’zini anglash…

Solihlar, anbiyolar misolida , zotan.

Amaliy foyda uchun:
1. https://t.me/weareululalbab.
2. https://t.me/weareululalbab.
3. https://t.me/weareululalbab
4. https://t.me/weareululalbab.
5. https://youtu.be/gchXlC_dr5Y?si=k6J3Qm3nzI-D-jD1 (aslida ancha chuqur hikmatlardan, ustoz bilan o’rganishga ehtiyoj bo’lishi ham mumkin).
Video Thumbnail
358000
FUTUHAT logo
FUTUHAT

14-sen, 2026, 03:51

Video
Nega “Qur’on” emas “zikr”?

Albatta, zikrni Biz nozil qildik va, albatta, uni Biz muhofaza qilurmiz.
Hijr surasi, 9-oyat

Nega oyati karimada, boshqa oyatlardan farqli o’laroq, “Qur’on” emas “zikr” deb aytildi, hech o’ylab ko’rganmisiz?

Javobni o’qishdan avval bir zum to’xtab tafakkur qiling.

Javob: sababi, “zikr” Qur’onni ham, hadisni ham o’z ichiga oladi.

Demak, Qur’onning ham, hadisning ham muhofazasini Alloh taolo O’z zimmasiga olgan. Aks holda, din chala bo’lib qolar edi. Hadislarsiz Qur’onni tushunib bo’lmay qolar edi (Qur’onning bayoni Rosuli akram ﷺ ning hadislarida kelgan).

Batafsil, olingan parchada ustozning o’zlaridan eshiting.
406000
FUTUHAT logo
FUTUHAT

14-sen, 2026, 03:51

Photo
#tafsirdan

Kahf surasi | 2-qism

1-oyat:
​الْحَمْدُ لِلَّهِ الَّذِي أَنْزَلَ عَلَى عَبْدِهِ الْكِتَابَ وَلَمْ يَجْعَلْ لَهُ عِوَجًا
«Bandasiga Kitobni (Qur'onni) nozil qilgan va unda hech qanday egrilik qilmagan Allohga hamd bo'lsin».

Tafsirun-Nasafiy: "unda hech qanday egrilik qilmagan" jumlasini "Qur'onda o'zaro zidlik, nuqson yoki (ma'nolarida) egrilik yo'q" deb izohlaydi.

Tafsir ibn Kasir: oyati karimadagi hamdni "Alloh taoloning o'z Payg'ambariga ﷺ qilgan ulug' inoyati va Qur'onning mukammalligi haqidagi hamd" deb izohlaydi.

Sofwatut-Tafasir: oyati karimadagi "banda"dan murod — Payg'ambarimiz ﷺ . U zotni ﷺ ulug'lik va maqtov sifati bo'lgan "ubudiyat" (bandalik) bilan zikr qilish — eng buyuk maqtovlardan biridir.
289000
FUTUHAT logo
FUTUHAT

14-sen, 2026, 03:51

Rosulullohni ﷺ tushimda ko’rdim…

Shu kabi xabarlarni eshitganingizda, faqatgina hissiyotlarga berilmasdan, amaliy chora haqida ham hech o’ylab ko’rganmisiz? Ya’ni, “men ham shunday ne’matga loyiq bo’lish uchun nima qildim?”, deb savol berdingizmi hech?

Ulamolar ta’kidlashicha, shu muhabbatni uyg’otuvchi va ixlos ila mutolaada bardavom bo’lgan insonga shunday muborak tush ko’rish nasib qiladi, deya ta’rif berilgan xos kitoblar bor.

Shulardan eng mashhurlari va ko’p tavsiya beriladiganlari:
- “Riyozus solihiyn”
- “Shamoilul Muhammadiyya”
- “Shifo”
- va yana ko’plab rabboniy ulamolar tomonidan ta’lif etilgan siyrat kitoblari.

P.S.: “Shifo” asarining yana https://t.me/qamarbooks Rabiul avval oyiga chinakam tuhfa bo’libdi. Ustozlar bilan o’qish va fahmiga yetish nasib qilsin.
307000
FUTUHAT logo
FUTUHAT

14-sen, 2026, 03:51

Bitmas sog’inchlar malhami….

Bu sog’inch, bu g’am, bu mahzunlik bitmaydi, zotan, shunisi bilan go’zal ham.

Lekin malham bo’la oladigan go’zal manbaalar bor - muattar hadislar, siyrat, salovotlar.

Kirib kelgan Robiul avval oyi esa aynan shu muhabbat yana ham jo’sh uradigan, u zot ﷺ ga bo’lgan ehtirom, ta’ziym izhor etiladigan oydir.

#amaliy vazifa uchun:
- siyratni/hadislarni o’rganish va https://t.me/arabicuz maslahat beriladi.

https://youtu.be/U_msvEWsRbE?si=eXJSrNHFI4pqfPMy?
Video Thumbnail
283000
FUTUHAT logo
FUTUHAT

14-sen, 2026, 03:51

Photo
#tafsirdan
Kahf surasi | 1-qism

Makkada nozil bo’lgan, 110 oyatdan iborat.
Nozil bo’lish tartibi bo’yicha 11-sura.

O’ziga xosliklari:
- hamd ila boshlangan 5 suradan biri;
- bu surada zikr qilingan qissalar boshqa suralarda topilmaydi, jumladan: Muso alayhissalom va Hizr alayhissalom qissasi; Zulqarnayn qissasi; va eng asosiysi As’hobi Kahf qissasi (faqat Odam alayhissalom qissasi boshqa suralarda ham uchraydi);
- har juma tilovat qilishga targ’ib qilingan sunnat amallardan.
354000
FUTUHAT logo
FUTUHAT

14-sen, 2026, 03:51

"O'qishga arziydimi?" #insights

Oxirgi paytlar kashf qilganim muhim bir xislat - G'arb olamining "self-development" kitoblarini Islom prizmasi ila o'qiy olish.

To'xtang-to'xtang, ular targ'ib qilayotgan "ertaroq tur, samarador bo'l, vaqtingni qadrla"larni biz asrlar avval bilib bo'lganmiz deyishga shoshilmang (men kabi).

Keling, musulmon yoshlarining (aksar) qismiga bir nazar solaylik - maqsadsizlik, himmatsizlik, ummatga xizmat bir chetda tursin, o'z kun tartibini to'g'irlay olmaslik va shu kabi maishiy masalalar bilan o'ralashib qolganmiz.

"Self-development" kitoblarda esa aynan mana shu zamonaviy dunyoning zamonaviy yechimlari taqdim etilgan. Oson yechimlar, tizimli yondashuv va eng muhimi ilmiy tadqiqotlarga asoslangan. (Ba'zilarini o'qib "koshki shuni musulmonlar yozganda edi", deb yuboradi inson).

Islom prizmasi ila o'qish nima?
Qadriyatlarimizga asoslangan holda, manfaatlisini olib, zid kelgan o'rinlarda Islomiy ta'limotlarni ustun qo'yamiz.

Hammasi ham birdek manfaatli emas-ku?
To'g'ri, kitoblarning barchasi ham "must-read" bo'lmasligi tabiiy, orasida "overhyped" kitoblar ham bor.
Lekin Atomic habits, Mindset, Deep work, Why we sleep va yana shu kabi kitoblarning amalda qo'llash ila hayot sifatini sezilarli darajada oshirish mumkin, Allohning izni bilan.

Manfaatli ilm niyati bilan boshlang, amaliga qasd ila o'qing.
323000
FUTUHAT logo
FUTUHAT

14-sen, 2026, 03:51

#ibrat

Bu insonlarni tanishimiz shart!
https://t.me/weareululalbab namoyondalari:

Doktor Zakiy Usmon - ( 2 yoshligida oyoqlari falaj, ikki ko'zi ojiz bo'lib qolgan hofiz, mufassir, voiz) Azharga o'qishga qabul qilingandan keyin, o'qishga qatnashga yechim qidirdi. Oilasi baland binoning 4-qavatida yashagani bois chiqib tushish muammo tug'dirgan. Otasi bu ishga yechim topib, birinchi qavatda pillapog'ona ostiga bo'yra solib, biroz yegulik va zarur narsalarini olib tushib, o'g'liga joy qilib berdi. Usmon darsga qabul qilinganidan hursand bo'lib, darsga borish uchun shu joyda yashashga ham rozi bo'ldi.

Shayxa Rizo Sarhon - (ko'zi ojiz qoriya, tahfizul Qur'on markazi ustozasi) 6 yoshida Qur'on yodlashning yo'llarini qidirib, o'z ziraklarini sotib, magnitafon va tilovatlar yozilgan tasmalarni sotib oladi. Ko'zi ojizligi holida ham Allohning qadariga rozilik ila shunday deydi: "Odamlar mendagi ne'matlarni bilganlarida edi, menga hasad qilgan bo'lishar edi".

Imom Zamaxshariy - (oyog'i qattiq sovuqda qolib ketib kesilgan bir umr yog'och oyoqda yurgan balog'at ilmi olimi, "Al-Kashshof" tafsiri sohibi) Safar qiyinchiliklariga qaramay, Xorazmdan Xuroson, Shom, Bog'dod va Makkaga shaharlariga ilm izlab safar qiladi. Arablar u zotni ta'riflab "Mana shu oqsoq bo'lmaganda, arab tilini bilmay o'tib ketar edik", deyishadi.

Shayx Abdulbosit Xoshim - (ko'zi ojiz qori, o'n xil kubro qiroatlarda oliy sanad egalaridan biri) 6 kunlik chaqaloq paytidan yetim qolgan. Shayx talabalik chog'idagi qiyinchiliklarni shunday eslaydi: "Talabalik paytimda juda ko'p mashqqatlarga duch kelganman. Ba'zan yo'qchilik tufayli axlat titib, non topib, o'shani yuvib yegan paytlarim ham bo'lgan". Shayxning moxirligi, ovozi va o'qish uslubi mashhur qori Abdulbosit Abdussomdaga o'xshagani uchun "Kichik Abdulbosit" deb nom chiqarganlar.

Hali ham ilm olishga uzrli bahonam bor deb o'ylaysizmi?!
289000
FUTUHAT logo
FUTUHAT

14-sen, 2026, 03:51

38. Ey iymon kеltirganlar! Sizga nima bo‘ldiki, Allohning yo‘lida qo‘zg‘oling dеyilsa, yerga yopishib oldingiz. Yoki oxiratni qo‘yib, hayoti dunyoga rozi bo‘ldingizmi? Oxirat oldida bu hayoti dunyo juda oz-ku?!

Kim nima desa desin-u, bu tilovatlarni hech narsaga almashmagan bo'lardim. Eng nodir va qalblarning tubigacha yetib boradiganlaridan.

Hoziroq quloqchinlarni olib, qalbingiz ila tinglang: https://youtu.be/UZ50gdaS-5A?si=bQBA95UbkY3zdCmi
Video Thumbnail
328000
FUTUHAT logo
FUTUHAT

14-sen, 2026, 03:51

#تدبرات

Shu paytgacha eshitganim eng og’ir savollardan: “ … (ne’matga) qanday erishdingiz?”

Qalbni bir zumni o’zida ham (ne’matning hisobidan) xavf, ham (cheksiz fazlu-marhamatga) quvonch, (nuqson-kamchiliklarga qaramay ato etilganiga) hamd, (mahrum etilishdan) qo’rquv egallaydi.

Hissiyotlar qurshovidan javobga til bormay qoladi.

و لله الحمد
321000
FUTUHAT logo
FUTUHAT

29-avg, 2026, 20:39

Ustozlar #ibrat idan olingan #insights

Havas qilganim insonlarning barchalarida shu xislatlarni topdim:

- dunyo/oxiratiga foydali ishda yetarlicha haris bo'lolish;
- maishiy muammo/tashvishlardan ortib ulug' maqsadlar tomon intilish;
- nafsidan orttirib boshqalarga ham xizmat qilolish;
- yangi qiyinchilik/fikr/tanqidni ochiq fikr va to'g'ri yondashuv ila qabul qilolish;
- (avvalgisining mantiqiy davomi) doimo ilmga, o'z ustida ishlashga intilish;
- va deyarli barchalarida, mulohazalarini doimiy yozib yurish (odatda blog yuritish orqali, lekin istisnolar ham bor).

Shu xislatlar ularning kuchli shaxsiyati ortidagi eng muhim faktorlardan ekanligi ko'rinib turadi.

Aksincha, zaif shaxsiyatlarda esa aynan shular yetishmaydi odatda.
364000
FUTUHAT logo
FUTUHAT

29-avg, 2026, 20:39

Photo
#ibrat

Tavfiz - ishlarni Allohga havola qilish

Bizda yetishmayotgan hislat ayni shu tavfiz.

{ وَأُفَوِّضُ أَمۡرِيٓ إِلَى ٱللَّهِۚ إِنَّ ٱللَّهَ بَصِيرُۢ بِٱلۡعِبَادِ}
40:44

Amal uchun⬇️

》O'sha ikkilanayotgan ishingizni xolis Alloh uchun bajaring, qo’lingizdan kelgan eng go’zal suratda ado eting.

》Keyin esa “dengizga uloqtiring”.

》Haqiqatda xolis O’zi uchun bo’lgan bo’lsa, boqiy qoladi, manfaatini yuzaga chiqaradi.
399000
FUTUHAT logo
FUTUHAT

29-avg, 2026, 20:39

Photo
Baxt bu….
(Hofizlar talqinida)

Baxt bu har bir sura bilan o’ziga xos xotiralaring, hikoyalaring bo’lishidir.
Baxt bu har safar ustozingga topshirishdan avval hayajonlanib o’tirishingdir.
Baxt bu tushlaringda ham hifz qilib chiqishingdir.
Baxt bu shu yo’lda qancha mashaqqat ko’rsang ham, “yana ortga qaytganimda, yana boshlardim” deya olishingdir.
Baxt bu kuning Qur’on bilan boshlanib, u bilan tugashidir.
Baxt bu mus’hafingni g’ilofi (ko’p ishlatilib) eskirganidan yangisini sotib olishingdir.
Baxt bu hayotingda Qur’on bor bo’lishidir.
….

Hofizlar hikoyalaridan yig’ildi. Bizlarga ham ana shunday Qur’on ahlidan bo’lish nasib qilsin.

اللهم اجعل القرآن ربيع قلوبنا و نور صدورنا وجلاء حزننا وذهاب همومنا وغمومنا
اللهم اجعلنا من أهل القرآن الذين هم أهلك وخاصتك
1,050000
FUTUHAT logo
FUTUHAT

29-avg, 2026, 20:39

Photo
Biz kutadigan o'zgarish - natijaga erishganda emas, jarayonda sodir bo'ladi.

Sport ustasining mushaklari mashqlar davomida chiniqib, kuch yig'adi.

Olim ilmiga tolibi ilmlik jarayonida erishadi.

Qori go'zal axloqga, tavozega Qur'on yodlash davomida yetishadi.

...

Qaysiki jarayonda bo'lsangiz - siz qidirayotgan o'zgarish oldingizda. Hozir unga erishish vaqti, kuni kelib o'z-o'zidan yetishib qolaman deb kutmang.

"There is nothing waiting at the finish line. Enjoy the process".
346000
FUTUHAT logo
FUTUHAT

29-avg, 2026, 20:39

Photo
Hamma qilyabdi deya voz kechmang

Rivoyat qilinishicha, Imom Molik «Muvatto»ni yozganida u kishiga: «Boshqa olimlar ham «Muvatto»lar yozishganda siz ham yozishingizdan nima foyda bor?» deyildi. Shunda Imom Molik: «Alloh uchun bo'lgani qoladi» dedilar.

To'g'ri, atrofga qarasangiz, huddiki hamma biznes ochgan, til o'rgangan, dars bergan, kanal ochgan, IT o'qigan, ...

Lekin ummatga yetkazishingiz mumkin bo'lgan foyda bo'lsa - hamma qilyabdiku, deb ortingizga qaytmang.

Oxirida Alloh uchun bo'lgani qoladi.
563000
FUTUHAT logo
FUTUHAT

29-avg, 2026, 20:39

Telegram kanal yurgizuvchilarga atalgan

Tasodifan oldimdan chiqib qolgan kanallar orasidan e'tiborimni minglab muslimalar kuzatayotgan kanallar tortdi.

Achinarlisi, omma tomonidan shu qadar katta qiziqish ila kuzatilayotgan kanallarning kontentini farqlab bo'lmasdi: shaxsiymi, ommabopmi, ilmiy-ma'rifymi, yoki shunchaki lifestyle'mi.

Bunga ko'z yumdik ham deylik, lekin ko'zlangan auditoriyani ham aniqlab bo'lmasdi: bir qarasang yaqinlarga atalgan "gaplar", bir qarasang ilmiy maqolalar, yana ora-orada tanbehli mav'izalar.

Kanal yurgizuvchilarga yana bir bor eslatma qilgim keldi:

#insight
Blogingiz:
- shunchaki hissiyotlaringizni yozadigan;
- duch kelgan chiroyli iqtiboslar bo'lishiladigan;
- sizni ta'sirlantirgan har bir voqeani yozadigan;
- zerikkanda ermakka yozib turadigan joy bo'lib qolmasin.

Maqsadli ochilgan bloglar bo'lsin. Oliy maqsadga yetaklasin.
357000
FUTUHAT logo
FUTUHAT

29-avg, 2026, 20:39

Photo
Toki ilm yo'lida ekanmiz, yodimizda tutish kerak bo'lgan muhim qoida ekan:

Abu Qiloba rohimahulloh aytdilar:

«Agar Alloh senga biror (yangi) ilm ato etsa, sen ham Alloh uchun bir ibodatni koʻpaytir (yangi bir solih amal bilan javob ber). Asosiy gʻaming buni odamlarga gapirib berish boʻlib qolmasin».

Falon ustozdan, falon xos darslarda, falon mashhur kitob mutolaasidamiz, deb maqtanish bo'lib qolyabdi maqsadimiz (yoki eng kamida qalbdagi faxr).
Lekin aslida formula: yangi ilm -> yangi ibodat.

Amaliy yo'riqnoma esa quyidagi postda: https://t.me/weareululalbab
364000
FUTUHAT logo
FUTUHAT

29-avg, 2026, 20:39

#تدبرات

Sezayotgan bo'lsak - umid bor.

Ko'p vaziyatlarda islohning boshlanishi - shunga ehtiyojni seza olish, payqay bilish.

Zalolatda ekanligini payqagan insongina hidoyatga intiladi.

Zalolatda bo'lishlik - musibat. Lekin undanda katta musibat - zalolatda ekanligini sezmaslik.
335000
FUTUHAT logo
FUTUHAT

29-avg, 2026, 20:39

Photo
Bu safar xos #tavsiya

Anchadan beri ustozlardan yetarlicha suhbat/dars/va’z-nasihat olyabmiz lekin shogirdlikka qanchalik amal qilolyabmiz ekan, degan hayollar o’ylantirayotgan edi.

Kutilmaganda aynan ustozlardan bo’lgan hadiya quvontirdi.

Risolani bir necha soatda o’qib tugatasiz, lekin ichida muhim shogirdlik maslahatlari, ulug’ ustoz tarbiya maktabidan olingan saboqlar va yana ko’pgina qimmatli ma’lumotlar topasiz.

P.S.: ustozdan ayrilishni o’ylash og’riqli ekan…
452000
FUTUHAT logo
FUTUHAT

24-avg, 2026, 04:58

Photo
Yusuf surasidagi "qissalarning eng go'zali"dan ba'zi kuzatuvlar:

- sura davomida Allohning go'zal tadbirini namoyon bo'lishi;
- musibatni ilk onidayoq go'zal sabrga targ'ib qilinishi;
- faxsh va yomonlik qarshisida ham go'zal xulq namoyon bo'lishi;
- zulm va hasad ko'rilgan insonlarga ham go'zal muomala etilishi;
- ketma-ket sinov va musibatlardan keyin ham Alloh haqida go'zal gumon qilinishi;
- va eng ajoyibi: sura oyatlarining ham o'ziga xos go'zal uslubi borki, boshqa hech qaysi suraga o'xshamasligi.

#insights
Yusuf surasiga har qaytganimizda: uni "eng go'zal qissa" qilgan nima ekan deb tafakkur/tadabbur/taammul qilish.
391000
FUTUHAT logo
FUTUHAT

20-avg, 2026, 07:06

Photo
فإن لله تعالى على العبد عبوديةً في الضراء، كما له عليه عبوديةٌ في السراء، وله عليه عبوديةٌ فيما يكره، كما له عليه عبوديةٌ فيما يُحِبُّ، وأكثر الخلق يُعْطُون العبودية فيما يُحِبُّون، والشأنُ في إعطاء العبودية في المكاره، فَبِه تَفَاوَتَتْ مراتبُ العباد، وبِحَسَبِهِ كانت منازلهم عند الله تعالى.

- ابن القيم الجوزية
#eynafs
- kenglikda qanday ubudiyyatga mahkum bo’lsang, torlikda ham huddi shunday ubudiyyatga mahkumsan;
- o’zingga mahbub narsalarda qanday ubudiyyat (shukr, sabr) ko’rsatsang, o’zingga makruh (yoqimsiz) bo’lganlarida ham huddi shunday ubudiyyat ko’rsat;
- Robbing huzuridagi darajang - ko’rsatgan ubudiyyating qadar.

Balandparvoz gaplarga (oriflik, valiylik, xoslar darajasi…) uchmasdan - eng avvalgi majburiyatingga (ubudiyyatingga) e’tibor qarat!

Zotan:
أَلَيۡسَ ٱللَّهُ بِكَافٍ عَبۡدَهُۥۖ

Alloh O’z bandasiga kifoya emasmi?
(Az-Zumar 39:36)
314000
FUTUHAT logo
FUTUHAT

20-avg, 2026, 07:06

Photo
#ustozlar_nasihatidan

"Alloh bizda ummatga yetishi mumkin bo'lgan foydani ko'rsa - albatta uni qo'llashga imkon berib qo'yadi.

Faqat savol: bizda o'sha foyda bormi? Biz tayyormizmi?"
302000

Showing 22 of 22 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

FUTUHAT Telegram kanali nima haqida?+

FUTUHAT (@futuhatt) — tgdio da Din toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 203 obunachi bor.

FUTUHAT (@futuhatt) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @futuhatt ga bepul obuna bo‘ling.

FUTUHAT yaxshi Din kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin FUTUHAT reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 203 obunachi bor. O‘xshash Din kanallar bilan solishtiring.

FUTUHAT statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @futuhatt sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.