Ibrohim Abdujabborov | Shaxsiy blog Telegram channel photo

Ibrohim Abdujabborov | Shaxsiy blog

@ibrohim_senseiPublic Channel

PhD at Tokyo university of Foreign Studies Cofounder of JLPT Master Moderator of Uzbek Academic Club in Kanto

169

Last views

493 (493 subscribers)
A'zolar
—
Rating
37
Total Posts
Oct 17, 2026, 4:46 AM
Yangilangan
Apr 24, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameIbrohim Abdujabborov | Shaxsiy blog
Username@ibrohim_sensei
CategoryKodlash va dasturlash
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar493
Channel TypePublic Channel
Created24-apr, 2026
Last Updated17-okt, 2026 • 5 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#59088+245
Til reytingi
#495-12
Toifa reytingi
#286+3

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 49330 Days growth: +234.9%
09/1709/2209/2710/0210/0710/1210/16
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
17:09:2026470
18:09:2026470
19:09:2026464
20:09:2026464
21:09:2026464
22:09:2026464
23:09:2026464
24:09:2026464
25:09:2026464
26:09:2026464
27:09:2026464
28:09:2026464
29:09:2026464
30:09:2026464
01:10:2026464
02:10:2026464
03:10:2026464
04:10:2026464
05:10:2026464
06:10:2026464
07:10:2026464
08:10:2026464
09:10:2026464
10:10:2026464
11:10:2026464
12:10:2026464
13:10:2026464
14:10:2026464
15:10:2026464
16:10:2026493
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 20:04:2026464
Week of 27:04:2026464
Week of 04:05:2026468
Week of 11:05:2026468
Week of 18:05:2026468
Week of 25:05:2026468
Week of 01:06:2026468
Week of 08:06:2026468
Week of 15:06:2026468
Week of 22:06:2026468
Week of 29:06:2026468
Week of 06:07:2026464
Week of 13:07:2026464
Week of 20:07:2026464
Week of 27:07:2026464
Week of 03:08:2026464
Week of 10:08:2026464
Week of 17:08:2026475
Week of 24:08:2026475
Week of 31:08:2026477
Week of 07:09:2026470
Week of 14:09:2026464
Week of 21:09:2026464
Week of 28:09:2026464
Week of 05:10:2026464
Week of 12:10:2026493
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
April 2026464
May 2026468
June 2026468
July 2026464
August 2026475
September 2026464
October 2026493
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
2026493

So'nggi postlar

Photo1/2
Yana bir odamchani vatanimiz aholisi ro’yhatiga qo’shdik!

Bahtiyorova Soliha Ibrokhimjon kizi ( hali ota ekanimga moslasha olmayapman😆)

Ha aytgancha rasmda ham ma’no bor. Yaponiyadagi elchixonamizga borishda yo’lda katta daraxt bor. Kamida 100-150 yillik bo’lsa kerak. Qizim umri ham uzun va hayrli bo’lsin!

@ibrohim_sensei
2890092
Bugun yapon tilida ajoyib bir so‘zni uchratib qoldim.

十八番(おはこ)— ohako

Qizig‘i, bu so‘z kanjida 18-raqam deb yoziladi, lekin ma’nosi umuman boshqa!

Insonning eng yaxshi uddalaydigan ishi, eng kuchli mahorati.

Masalan: 「歌を歌うのは私の十八番です。」Qo‘shiq aytish — mening eng zo‘r uddalaydigan ishim.

Lekin nega aynan 18 deyishingiz mumkin.

Gap shundaki, Kabuki teatrida mashhur aktyorlar sulolasining 18 ta sara sahna asari bo‘lgan. Keyinchalik bu ibora insonning eng kuchli mahoratini ifodalash uchun ishlatila boshlangan ekan.

@ibrohim_sensei
3650021
Yapon alifbosi sevgidan boshlanib, minnatdorlik bilan tugaydi…

Yapon tilida shunday chiroyli so‘z o‘yini bor:

「日本人は愛ではじまり、恩で終わる」
“Yaponlar muhabbatdan boshlaydi, minnatdorlik bilan yakunlaydi.”

Buning alifboga nima aloqasi bor?

Hiragana あ・い — a, i bilan boshlanadi. Bu tovushlarni birlashtirsak, 愛(あい)— “sevgi” so‘zi hosil bo‘ladi.

Alifbo oxiridagi を・ん esa odatiy talaffuzda “o, n” bo‘lib, 恩(おん) so‘zini eslatadi.

恩 — shunchaki “rahmat” emas. Bu kimdandir ko‘rgan yaxshiligingni, uning senga qilgan yordamini unutmaslik hissi.

O‘qishni o‘rgatgan ustoz, qiyin paytda yoningda turgan do‘st, senga birinchi bo‘lib ishongan inson…

Hayotda yo‘llarimiz boshqa-boshqa tomonga ketishi mumkin. Ammo birga bosib o‘tilgan yo‘ldagi yaxshiliklar yodimizda qoladi.

@ibrohim_sensei
2,2600025
Photo1/2
Uzbek Academic Club

Yana bir ajoyib kun bo’ldi. Online darsda o’qitgan o’quvchilarimni bir nechtasini (rasmda 7 nafar) ko’rib gaplashish, hayotda ko’rishish nasib qildi.

Faxrlandim. Omadlarini bersin!

Qandaydir bu tadbir juda ham fayzli o’tdi.

@ibrohim_sensei
4800025
Photo1/2
Nobel xabari kelganida u xarid qilib yurgan ekan…

Bugun, 7-oktabr kuni, 76 yoshli yapon olimi Kensou Soai fransuz olimi Henri Kagan bilan birga kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti laureati deb e’lon qilindi. Soai bu xabarni kundalik xaridga chiqqan paytida eshitgan.

Uning ilk so‘zlaridan biri shunday bo‘ldi:
«Bu — hayotimdagi eng hayajonli kun».

Tokyo University of Science faxriy professori bo‘lgan Soai nimani kashf qilgan?

Sodda qilib aytganda, ayrim molekulalar o‘ng va chap qo‘limiz kabi bir-birining oynadagi aksiga o‘xshaydi. Soai esa juda kichik farqning reaksiya davomida kuchayib, bir shaklning deyarli to‘liq ustun bo‘lishiga olib kelishini ko‘rsatgan. Bu tirik tabiatdagi molekulalar nega muayyan shaklni «tanlaganini» tushunishga yordam beradi. Uning mashhur kashfiyoti 1995-yilda qilingan.

1995-yildagi kashfiyot. 2026-yildagi Nobel. Orada 31 yil.

Meni o‘ylantirgan jihati ham shu. Biz ba’zan qilayotgan ishimizning natijasini juda tez ko‘rishni xohlaymiz. Bir necha oy harakat qilib, sezilarli o‘zgarish bo‘lmasa, «bunga arziydimi?» deb qolamiz.

Bugun qilayotgan ishimiz qadrini bugunning o‘zida hamma tushunishi shart emas. Ayrim ishlarning ahamiyati yillar o‘tib yanada ravshanlashadi.

Har birimiz Nobel olmasligimiz mumkin. Lekin o‘rganayotgan tilimiz, yozayotgan tadqiqotimiz, ta’lim berayotgan o‘quvchimizga sarflagan vaqtimizning natijasi ham darrov ko‘rinavermaydi.

Hali natijasini ko‘rmayotganimiz — mehnatimiz behuda ketayotganini anglatmaydi.

@ibrohim_sensei
1,8500027
Photo1/2
“Bir kilo xolos-ku”, deymiz-a…

Rasmdagi — tanadagi 1 kg yog‘ning maketi. Raqamda kichkinadek tuyuladi, ko‘z bilan ko‘rganda esa boshqacha ekan.

Yaponlarda shunaqa ko‘rgazmali tushuntirish bor: uzoq gapirish shart emas, bir qarashning o‘zi yetadi .

@ibrohim_sensei
4560018
Photo1/4
Sovg‘a qutisidagi kichkina qog‘ozda birgina so‘z yozilgan: “Tinchlik”.

“Inson” nashriyotidan Kerri Dryurining “So‘nggi qog‘oz turna” kitobi sovg‘a bo‘lib kelibdi. Kitob yonidagi qog‘oz turna va shu bir og‘iz tilak sovg‘aga o‘zgacha ma’no beribdi.

Asar 1945-yilgi Hirosima fojiasidan omon qolgan insonning keyingi hayoti, bajarilmay qolgan va’da, ayriliq va o‘zini kechirishga bo‘lgan urinishi haqida ekan. Yaponiyada yashayotgan inson sifatida bu hikoya meni ayniqsa qiziqtirdi. Uni o‘zbek tilida o‘qishning ham o‘zgacha zavqi bo‘lsa kerak.

“Inson” nashriyoti jamoasiga meni eslab, shunday ma’noli sovg‘a yuborganlari uchun chin dildan rahmat! Kitobni ham, uning taqdimotini ham mehr bilan tayyorlaganingiz sezilib turibdi.

O‘qib bo‘lgach, taassurotlarimni sizlar bilan ham bo‘lishaman. Siz ham albatta olib o’qib ko’ring!

@ibrohim_sensei
1,0300014
Tokutei ginou 2 haqida.pdf489.5 KB
Tokutei ginou 2ga o‘tish uchun 5 yil ishlash shartmi?

2025-yil oxiridagi ma’lumotlarga ko‘ra, Yaponiyadagi 7 362 nafar yurtdoshimizdan 100 nafari Tokutei ginou 1, atigi 2 nafari esa Tokutei ginou 2 maqomida bo‘lgan.

Birinchi toifadagi 5 yil — ikkinchi toifaga o‘tish uchun majburiy kutish muddati emas. Tegishli talablarni bajarsangiz, oldinroq ham o‘tishingiz mumkin.

Qanday talablar bor? Oilani olib kelish mumkinmi? 2027-yildagi yangi yapon tili talabi kimlarga tegishli?

Shu savollarni rasmiy manbalarga tayanib, sodda tilda tushuntirdim.

📄 Batafsil ilovadagi PDF maqolada o‘qing. Yaponiyada ishlayotgan tanishlaringizga ham ulashing!

@ibrohim_sensei
2,1100016
Photo1/4
Ba’zi orzularning amalga oshishi uchun 8 yil kerak bo‘larkan…

8 yil avval shu notiqlik tanlovida bir kun men ham qatnashishni orzu qilgandim. Kecha esa Okayamada o‘sha sahnada turdim.

65-bor o‘tkazilgan ushbu tanlovda 10 ta davlatdan 12 kishi ishtirok etdi. Shuncha yillik tarixga ega tanlovda qatnashgan ikkinchi o‘zbek bo‘lishning o‘zi menga katta faxr berdi. Ismim yonida «O‘zbekiston» deb yozilganini ko‘rishning hissi boshqacha ekan.

Ochig‘i, bu safar o‘zimni ham yana bir bor kashf qildim. Tadqiqot, ish, kundalik tashvishlarga shunchalik berilib ketibmanki, miyamga ham biroz boshqa muhit, boshqa suhbatlar kerak bo‘lib qolgan ekan. Tayyorlanish, hayajon, sahnaga chiqish… Shularning orasida g‘alati bir yengillik ham his qildim.

Sovrin nasib qilmadi. Albatta, odamning ichida umid bo‘ladi. Lekin uyga olib qaytayotgan taassurotlarim juda ko‘p.

54 yoshli xitoylik ishtirokchi ayolning sahnaga chiqishga bo‘lgan jasorati meni qoyil qoldirdi. AQShdan kelgan, Prinston universiteti doktoranti Davidning Yaponiyani qanchalik chuqur bilishi esa o‘zimga ham ko‘p savollar berishga undadi. Boshqalarning nutqini tinglab, ularning ko‘zi bilan qarab, Yaponiyani yana biroz yaxshiroq anglagandek bo‘ldim.

O‘qituvchi sifatida ham ko‘p narsa oldim. Kelajakda o‘quvchilarimni notiqlik tanlovlariga tayyorlashda, ularga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishda va o‘zimiz shunday tanlovlar o‘tkazishda bu tajriba juda asqatishiga ishonaman. Sahnaga chiqayotgan odamning ichidan nimalar o‘tishini yana bir bor o‘zim his qildim.

Menga ishongan, dalda bergan, xabar yozgan, yaxshi tilak bildirgan barchaga chin yurakdan rahmat. Qo‘llab-quvvatlashingizni his qilib turdim.

Nutqim va sahnadagi chiqishim YouTube’ga joylansa, albatta ulashaman. O‘zingiz ko‘rib, o‘zingiz baho berasiz.

Tanlov 6-dekabr kuni soat 14:30 dan, Yaponiya vaqti bilan NHK’da namoyish etiladi.

Kecha o‘sha sahnada O‘zbekiston nomidan turish men uchun juda qadrli bo‘ldi. Yaponiyadagi o‘zbeklarimizga ham ozgina bo‘lsa-da faxr hissini bera olgan bo‘lsam, bundan xursandman.

Sakkiz yil avval shu sahnani orzu qilgan o‘zimga esa bitta gap aytgim kelyapti: «Qara, nihoyat qatnashdik!»

@ibrohim_sensei
1,6900044
Photo
Bir tizim ichida ishlayversangiz, yillar o’tgan sari odamda tajriba to’planib boraveradi ekan. Muammolarni ichidan ko’rib, ular ustida jamoa bilan ishlab asta-sekin yechim topiladi ekan. Bizda ham o’quvchilarni noldan yapon tiliga olib kirib olish, ularni…
1,7900017
Orzu qilishdan to’xtamang, Allohga oson…

1% imkoniyat ham, imkoniyat ishonavering. Harakat qilmasangiz quruq qolasiz, hech bo’lmaganda harakat qilish kerak deydiku…Yana bir marta amin bo’ldim…
4640039
https://telegra.ph/file/e8a0600f4aef43c6f8395.jpg https://telegra.ph/file/e8a0600f4aef43c6f8395.jpg soniya qoidasi?!

Ertaga ertalabdan kitob o'qishni boshlayman, ertalab turib yuguraman, ertadan har kuni 10 tadan so'z yodlayman.... Ko'pchiligimiz hayotimizda bunday kunlik maqsadlar uchrab turadi. Ammo keyingi kun kelishi bilan boshlashga nimadir turtki yetmay qoladi.

Shunday holatlarda harakatni boshlash, ishtiyoqni uyg'otib olish uchun yapon yozuvchisi Ohiro Nobutaka shunday maslahat beradi: "O'zingizda yangi odatni shakllantirmoqchimisiz?! Avvalo shu narsa bilan 10 soniya shug'ullanib ko'ring. Masalan: keyingi kun ertalab turib, yugurishni boshlamoqchisiz. Dastlabki 10 soniya bunda, oyog'ingizga sport oyoq kiyimini kiyish bo'ladi. Oyoq kiyim kiyilgach, o'z-ozidan sizda yugurishga bo'lgan xohish paydo boladi. Va buni boshlay olasiz". Inson faoliyatini davomli tarzda olib borishini ta'minlash miya faoliyatiga bog'liqligi haqida so'z yuritgan Nobutaka davom etib : "Inson miyasi, o'zgarishlarni yoqtirmaydi, ammo 10 soniya bajarib ko'rilgach, insonda harakatga bo'lgan ishtiyoq paydo bo'ladi deb aytadi".

Demak, biror bir yangi odatni shakllantirmoqchi bo'lsagu, buni ortga surib yurgan bo'lsak, 10 soniya qoidasi bilan boshlab ko'rishga nima deysiz?! Ishtiyoq paydo bo'lishini bor umr kutsangiz ham, hech nima o'zgarmaydi. Avvalo harakat, keyin esa ishtiyoq o'zi keladi!
4610026
Yaxshi kadr bo’lsangiz ish albatta topiladi. Masalan, hozir N2 daraja bilan 700-800$ lik ish topayotgan bo’lsangiz, N1 daraja bilan bu 1200$ dan boshlanadi.

Odam o’z ustida ishlashga arziydimi? Menimcha arziydi.

*Gap O’zbekiston haqida ketayapti va bu shu sohadagi tajribali senpaimizdan olingan insayt.
4750030
Photo
Velesoped olib telegramga storyga joyladim.

Bir tanishim yozdi, mashina haydasang kerak deb o’ylagandim. Yo’q, velesoped oldik ham Xudoga shukur dedim.

Uyimdan universitetgacha piyoda 6 daqiqa, bekatga esa 3 daqiqa…

Supermarketga borgani 30 daqiqa yurishim kerak edi. Endi 10 daqiqa bo’ldi. Velesopedda og’ir narsa ham ko’tarishga hojat yo’q.

Mashinaga ehtiyoj yo’q…
4880045
Nega N2 va N1 darajani kursda o‘qish kerak?

N2 yoki N1 shunchaki sertifikat olish uchun o‘qiladigan daraja emas. Bu bosqichga kelganda endi maqsadlar kattalashadi: MEXT grantini yutish, Yaponiyada universitetga kirish, yaxshi ish topish, karyera qilish yoki keyingi akademik bosqichga chiqish.

Albatta, N2 yoki N1 darajaga yetgan odam mustaqil o‘qib ham imtihondan o‘tishi mumkin. Men bunga 100% qo’shilaman.

Lekin guruhda o‘qishning boshqa bir kuchli tomoni bor. Bu muhit va imkoniyat deb ataladi.

Masalan, hozirgi N1 guruhimda 12 nafar o‘quvchi bor. Yoshi 15 dan 35 gacha.

Orasida hali maktabda o‘qiyotganlar ham, Yaponiyada universitetda tahsil olayotganlar ham, yaxshi karyera qurayotganlar ham, O‘zbekistonda magistraturada o‘qib keyingi bosqichga intilayotganlar ham bor.

Bir guruhda turli yosh, turli tajriba, lekin bitta umumiy maqsad o‘sish.

Bunday muhitda siz faqat yapon tilini o‘rganmaysiz. Ustoz tajribasidan foydalanasiz, yangi insonlar bilan tanishasiz, imkoniyatlar haqida ma’lumot olasiz va eng muhimi — o‘zingizdan kuchliroq maqsad qo‘ygan odamlarni ko‘rib, siz ham oldinga intilasiz. Siz ham o’zingizni namoyish qilasiz va ertaga ular tavsiyasi yoki maslahati bilan maqsadga tezroq yetasiz.

Oxirigi 6 oy ichida O’zbekistonda mendan yaxshi ishga N1 darajali, salohiyati bor yoshlarni ishga bir necha bor so’rashdi. Lekin nomzod kam.

N2 va N1 yapon tilini o‘rganishning oxiri emas. Aksincha, yapon tili orqali yangi imkoniyatlarga chiqishning boshlanishi deb qarang.
2,7900022
Photo
Bir tizim ichida ishlayversangiz, yillar o’tgan sari odamda tajriba to’planib boraveradi ekan. Muammolarni ichidan ko’rib, ular ustida jamoa bilan ishlab asta-sekin yechim topiladi ekan.

Bizda ham o’quvchilarni noldan yapon tiliga olib kirib olish, ularni qiziqtirishda biroz muammo bor edi. Slayd qil, videolar ko’rsat bo’lib anchagina murakkab bo’lgan.

Nasib qilsa bunga ham yechim topdik. Birinchi marta JLPT Master imzosi ostida qo’llanma yozdik. Bunda yapon tiliga kirishda harflardan tortib, hafta kunlari, sonlar, davlat nomlari, oila va o’zini tanishtirishgacha joyladik. Bundan tashqari Yaponiya qanday davlat, nega yapon tili o’qish kerak, JLPT o’zi nima degan savolga ham javob berdik.

Nasib qilsa tez orada noldan boshlaydigan o’quvchilarimiz qo’liga ham yetib boradi.

Bundanda katta xabarlar tayyorlab qo’yganmiz. Hali hammasi oldinda…
2,4800030
“…eng yaxshisi nima ekanini kim ham ayta olardi?

Shu sabab baxtni qayerdan topish mumkin bo‘lsa, odamlar nima deyishini unutib, uni qo‘ldan chiqarmaslik kerak.

Umr bo‘yi bizga ikki yoki uch martagina imkoniyat berilishini tajribamdan bilaman. Agar uni qo‘ldan boy bersak, umrimizning qolgan qismini afsuslanib yashaymiz.”

Haruki Murakami — “Norveg o‘rmoni”
7040025
Nasib qilsa oz qoldi. Tez orada menimcha O’zbekistonda birinchi marta qilingan yapon tili bo’yicha katta loyihani e’lon qilamiz. Bunaqa qilingan, qilinayotgan ham bo’lsa ham kerak. Lekin o’ziga xosligi bor. Bu haqida batafsil yozaman hali. @ibrohim_sensei
7460018
Bugun tarjimonlik paytida bitta ilmiy tushuncha meni o’ylantirib qo’ydi

Reverse Osmosis (teskari osmos)…

Tabiatda toza suv har doim ko’proq iflos tomonga intiladi. Maqsad muvozanatni topish.

Ba’zan insonlar ham shunga o’xshaydi…

Yaxshi inson atrofidagi salbiy muhitni o’zgartiraman deb harakat qiladi. Ammo aksincha, agar ehtiyot bo’lmasa, o’zi o’sha muhitning ta’sirini qabul qila boshlaydi.

Yaxshi inson bo’lib qolish uchun faqat yaxshi niyatning o’zi yetarli emas. Bosim ham kerak.

Bu bosim: o’z ustingizda ishlash, bilim olish, prinsiplaringga sodiq qolish va to’g’ri insonlarni tanlash bo’lsa kerak.
8810034
Hayotimizga katta ta’sir qiladigan, lekin shunchalik oddiyki, hatto qilishga arzimaydigandek tuyuladigan odatlar:

• Uyg‘ongan zahoti telefoningizga tegmaslik

•Kitobdan bir yaxshi g‘oya topsangiz, o‘qishni to‘xtatib, o‘sha g‘oya ustida o‘ylash

•Har kuni kamida 10 daqiqa hech narsa qilmaslik uchun vaqt ajratish

•Har ovqatdan keyin qisqa sayr qilish

•Bilmasangiz, biladigandek ko‘rsatish o‘rniga “bilmayman” deyish

•Qarshi fikrni tanqid qilishdan ko‘ra, avval uni tushunishga harakat qilish
8000038
Photo
Ikki kun avval yangi haydovchilik guvohnomamni qo‘limga oldim.

Rangi osmonrangda.
Lekin bugun shunchaki "prava" olmadim, balki 2 soatlik maxsus seminarda (koushu) qatnashib, chuqur mulohaza qildim.

Seminarda o‘tgan yili yuz bergan mudhish avtohalokatlar va o‘zgargan qoidalar haqida batafsil so‘zlab berishdi.

Meni hayratga solgan raqamlar: Yaponiyada odamlarning 99,2 foizi rulda xavfsizlik kamarini taqar ekan. Bu shunchaki qoida emas, balki hayotga bo‘lgan hurmat ekanini tushundim.

Lekin eng og‘ir qismi jazo choralari haqidagi ma’lumotlar bo‘ldi. Bir lahzalik e’tiborsizlik tufayli odam urib yuborilsa va jabrlanuvchi vafot etsa – haydovchi 7 yilgacha qamoq jazosiga mahkum etilishi yoki jabrlanuvchining oilasiga 100 million iyengacha (taxminan 660 ming dollar) tovon puli to‘lashiga to‘g‘ri kelishi mumkin ekan. Bu raqamlar ortida qancha buzilgan taqdirlar bor...

Ayniqsa 20 ta yapon va 1 ta chet ellik men qo’shganda 21 nafar talabaga shu mablag’ni kim to’lay oladi? Menda bunday pul yo’q degani bo’ldi.

Seminar oxirida bizga video qo‘yib berishdi. Unda avtohalokat sababli hayoti butunlay o‘zgarib ketgan insonlar, judolikka uchragan oilalar va ularning ko‘z yoshlari tasvirlangan. O'sha kadrlarni ko'rib, rulda o'tirgan har bir soniyamiz naqadar mas'uliyatli ekanini his qildim.

Do‘stlar, yo‘lda ehtiyot bo‘laylik.

Zeroki, 安全運転は経験ではなくて心です。Xavfsiz haydash – bu tajriba emas, balki qalbdagi mas’uliyatdir.
1,7500029

Showing 30 of 37 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

Ibrohim Abdujabborov | Shaxsiy blog Telegram kanali nima haqida?+

Ibrohim Abdujabborov | Shaxsiy blog (@ibrohim_sensei) — tgdio da Kodlash va dasturlash toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 493 obunachi bor.

Ibrohim Abdujabborov | Shaxsiy blog (@ibrohim_sensei) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @ibrohim_sensei ga bepul obuna bo‘ling.

Ibrohim Abdujabborov | Shaxsiy blog yaxshi Kodlash va dasturlash kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin Ibrohim Abdujabborov | Shaxsiy blog reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 493 obunachi bor. O‘xshash Kodlash va dasturlash kanallar bilan solishtiring.

Ibrohim Abdujabborov | Shaxsiy blog statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @ibrohim_sensei sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.