Magistr Science🎓 Telegram channel photo

Magistr Science🎓

@magistrsciencePublic Channel

🎓Ilm-fan, magistratura bo‘yicha eng dolzarb ma’lumotlar, tavsiyalar va yangiliklar. ✅Savol va reklama murojaatlari uchun: @Sherali_Toshniyozov

1.9k

Last views

14k (14,028 subscribers)
A'zolar
—
Rating
40
Total Posts
Oct 17, 2026, 2:29 PM
Yangilangan
Apr 28, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameMagistr Science🎓
Username@magistrscience
CategoryTexnologiya yangiliklari
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar14,028
Channel TypePublic Channel
Created28-apr, 2026
Last Updated17-okt, 2026 • 4 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#300762-622
Til reytingi
#1510-12
Toifa reytingi
#2956-4

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 14.0K30 Days growth: -1791.3%
09/1809/2309/2810/0310/0810/1310/17
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
18:09:202614,207
19:09:202614,207
20:09:202614,076
21:09:202614,076
22:09:202614,076
23:09:202614,076
24:09:202614,076
25:09:202614,076
26:09:202614,076
27:09:202614,076
28:09:202614,076
29:09:202614,076
30:09:202614,076
01:10:202614,076
02:10:202614,076
03:10:202614,076
04:10:202614,076
05:10:202614,076
06:10:202614,076
07:10:202614,076
08:10:202614,076
09:10:202614,076
10:10:202614,076
11:10:202614,076
12:10:202614,076
13:10:202614,076
14:10:202614,076
15:10:202614,076
16:10:202614,076
17:10:202614,028
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 27:04:20268,596
Week of 04:05:20268,476
Week of 11:05:20268,476
Week of 18:05:20268,476
Week of 25:05:20268,476
Week of 01:06:20268,476
Week of 08:06:20268,476
Week of 15:06:20268,476
Week of 22:06:20268,476
Week of 29:06:20268,476
Week of 06:07:202611,013
Week of 13:07:202611,013
Week of 20:07:202611,013
Week of 27:07:202611,013
Week of 03:08:202611,013
Week of 10:08:202611,013
Week of 17:08:202613,044
Week of 24:08:202613,044
Week of 31:08:202613,673
Week of 07:09:202614,207
Week of 14:09:202614,076
Week of 21:09:202614,076
Week of 28:09:202614,076
Week of 05:10:202614,076
Week of 12:10:202614,028
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
April 20268,596
May 20268,476
June 20268,476
July 202611,013
August 202613,044
September 202614,076
October 202614,028
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
202614,028

So'nggi postlar

Magistr Science🎓 logo
Magistr Science🎓

20-okt, 2026, 21:34

Video
Бир пайтда икки ОТМ'да ўқиш мумкинми?

5787-савол:

Ассаламу алейкум. Менга яна ёрдам керак.Уғлим жахон тиллари университетида  рус филолгиясининг кечки таьлимнинг 4 курсини тугатиб, хозир амалиётда. Укиш йук. Амалиёт 15 сентябрдан 15 ноябргача экан. Декабрда диплом олади. Кечки булимда укиган.Лекин хозир ЁДЖУ да медицина факультетида укиябди, бир вактда иккита отм да. Эшитишимча бу мумкин эмас экан. Хар хил вариантлар этиябди одамлар. Илтимосим, шуни қонуний жихатдан аниқлаштириб беринг, эртага муаммо булмайдими, канақа йул тутсак булади?
ЮРИСТ ЖАВОБИ:

Ўғлингиз ҳозир амалиёт ўтаётган бўлса ҳам, ҳали Жаҳон тиллари университетини тамомлаган ҳисобланмайди. Амалиёт таълим жараёнининг бир қисми бўлиб, битирув ҳақида ректор буйруғи чиқарилиб, HEMISдаги мақоми «битирган» деб ўзгартирилгунига қадар у мазкур университетнинг талабаси ҳисобланади.
Бир вақтда иккита ОТМда ўқишга қонунчиликда тўғридан-тўғри ва аниқ тақиқ белгиланмаган. Лекин амалда HEMIS тизими бир шахсни ЖШШИР бўйича икки ОТМда бир вақтнинг ўзида фаол талаба сифатида рўйхатга олишга йўл қўймайди. Бу чеклов давлат ва нодавлат ОТМлари, шунингдек турли таълим шаклларида параллел ўқиш ҳолатларида ҳам муаммо туғдиради. Мазкур масала 2025 йилда сенатор сўровида ҳам алоҳида кўтарилган.

2026 йил 9 сентябрда жорий этилган HEMIS 1.9.57 версиясида талабанинг анкетасини тегишли бўлмаган бошқа ОТМ базасидан чиқариш хизмати яратилган. Бу ҳам тизимда бир шахс бўйича иккита мустақил фаол талаба мақомини сақлаш эмас, аввалги ёки нотўғри қайдни чиқариб, кейин янги ОТМда расмийлаштириш тартиби амал қилаётганини кўрсатади.

Агар ўғлингиз КИУТга «иккинчи олий таълим» тартибида қабул қилинган бўлса, бу қонуний эмас. Вазирлар Маҳкамасининг 606-сон қарори билан тасдиқланган Низом 3-бандига кўра, иккинчи ва ундан кейинги олий таълимга фақат бакалавр дипломига эга шахс қабул қилинади. Ўғлингиз декабрда диплом олгунига қадар бундай мақомга эга эмас. HEMISда ҳам иккинчи олий таълим талабаларини киритиш учун алоҳида функционал мавжуд.

Агар у КИУТга мактаб аттестати асосида оддий бакалавриатга қабул қилинган бўлса, қабул шартномаси тузилган бўлиши мумкин. Аммо Жаҳон тиллари университетидаги фаол талаба мақоми туфайли уни КИУТда HEMIS орқали тўлиқ расмийлаштиришда муаммо юзага келиши мумкин. Шунинг учун фақат шартнома ёки талабалик гувоҳномасига қараб хулоса қилиш тўғри эмас.
Ҳозир қуйидаги йўлни тутинг:
•  КИУТ Регистратор офисидан қабул буйруғи кўчирмаси, HEMIS ID рақами ва тизимдаги мақоми ҳақида ёзма маълумот олинг;
•  ўғлингиз Жаҳон тиллари университетида декабргача талаба эканини яширмасдан, КИУТга ёзма равишда маълум қилинг;
•  my.gov.uz орқали ўқиш жойидан маълумотнома олиб, қайси ОТМ талабаси сифатида кўринаётганини текширинг;
•  Жаҳон тиллари университетидан ҳозир чиқиб кетманг, акс ҳолда амалиётни якунлаш ва диплом олиш хавф остида қолади;
•  КИУТдан ўғлингизнинг HEMISдаги фаол мақомини биринчи ОТМда битирув буйруғи чиққанидан кейин расмийлаштиришни ёки қабулни шу вақтгача ҳуқуқий жиҳатдан сақлаб туришни ёзма равишда сўранг.
❗️Хулоса қилиб айтганда, ўғлингизнинг ҳозир икки ОТМда дарс ёки амалиётда қатнашаётгани жавобгарликка сабаб бўлмайди. Лекин HEMISда икки ОТМ бўйича бир вақтда фаол талаба мақомини расмийлаштириш муаммоли.

✅ Энг хавфсиз йўл — Жаҳон тиллари университетини декабрда тўлиқ тамомлаб, HEMISда «битирган» мақоми қайд этилгандан кейин КИУТдаги талабаликни тўлиқ расмийлаштиришдир.

Manba

➡️Foydali botimiz havolasi

@magistrscience
@magistrscience_group
1,9200011
Magistr Science🎓 logo
Magistr Science🎓

19-okt, 2026, 21:28

Video
MAGISTRATURA NATIJALARI E'LON QILINDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi (DSBA)da davlat buyurtmasi va ochiq tanlov asosida ishlab chiqarishdan ajralgan hamda ishlab chiqarishdan ajralmagan holda 2026-2027 o'quv yili uchun magistratura mutaxassisliklari imtihon natijalari e'lon qilindi.

🗣 Davlat buyurtmasi asosida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalari bilan bsa.dsba.uz elektron platforma orqali tanishishlari mumkin.

🗣 Ochiq tanlov asosida imtihon topshirgan talabgorlar natijalarini qabul.dsba.uz elektron platformasidagi shaxsiy kabineti orqali ko‘rishlari mumkin.

🗣Shuningdek, Akademiyaning rasmiy Telegram boti — @natijadsbabot orqali ham o'z natijalarini bilib olishlari mumkin.

Qabul natijalari yuzasidan savollaringiz bo'lsa Call-markazga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin:

+998 (71) 239 12 98
+998 (71) 239 49 02

Qo'ng'iroqlar har kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha qabul qilinadi.

Shuningdek, imtihon natijalaridan norozi bo'lgan nomzodlar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko'ra ikki ish kunida appelyatsiya yuzasidan bsa.dsba.uz va qabul.dsba.uz platformalari orqali ariza yo'llashlari mumkinligi ma'lum qilinadi.

*Arizalar joriy yilning 21-oktyabr kuni soat 11:00ga qadar qabul qilinadi.

➡️Foydali botimiz havolasi

@magistrscience
@magistrscience_group
4,310007
Magistr Science🎓 logo
Magistr Science🎓

19-okt, 2026, 11:42

Video
❓Pedagog xodimlarga beriladigan qanday ustama turlari bor?

Ma’lumki, umumiy o‘rta ta’lim maktabi pedagog xodimlarining erishgan natijasiga qarab, ularga turli xil ustamalar belgilanadi. Qadrli hamkorimiz Ulug‘bek Po‘latov bugungi maqolasida mazkur ustamalarning ayrim turlari haqida ma’lumot berib o‘tdi. 

📌 Direktor jamg‘armasi hisobidan beriladigan ustamalar
Mazkur ustamalar pedagog, psixolog va kutubxona xodimlari bazaviy tarif stavkalariga nisbatan 10 foizdan – 40 foizgacha bo‘lgan miqdorda tayinlanadi. 
Uning tartibi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida” nizom bilan belgilanadi. 

📌 Fan yo‘nalishlari bo‘yicha uslubiy birlashma rahbarlariga to‘lanadigan 10 foizlik ustama
“Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga ko‘ra, o‘quv-tarbiya jarayoni sifatini yanada yaxshilash, fanlararo integratsiyani kuchaytirish, ta’lim va tarbiya jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, STEAM yondashuvini samarali tatbiq etish, ta’lim jarayonida pedagog xodimlarga o‘z vaqtida metodik yordamni tashkil etish, ularning kasbiy va metodik mahoratini hamda malakasini oshirishda faolligi uchun Ishchi guruhning qarori bilan umumta’lim muassasasining fan yo‘nalishlari bo‘yicha uslubiy birlashmalari rahbarlarining bazaviy tarif tavkalariga 10 foiz har oylik ustama haq belgilanadi.
📌 Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari uchun ustama
Oʻz faoliyatida ijobiy natija koʻrsatgan jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 20-bandiga asosan olishi mumkin boʻlgan ustamaga qoʻshimcha ravishda jamgʻarma mablagʻlari hisobidan bazaviy tarif stavkalariga nisbatan 20 foizgacha ragʻbatlantirilishi mumkin.
Bunda ragʻbatlantiriladigan jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari ragʻbatlantiriladigan yildan avvalgi bir kalendar yil (yanvar — dekabr oylari) davomidagi sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga kiritilgan sport musobaqalaridagi ishtiroki hamda xalqaro assotsiatsiyalar tomonidan oʻtkaziladigan Osiyo va jahon chempionatlari, xalqaro olimpiadalarda erishgan natijalaridan kelib chiqib, ishchi guruh tomonidan har yili 15-yanvargacha bir kalendar yil (yanvar — dekabr oylari) uchun bazaviy tarif stavkalariga nisbatan 20 foizgacha har oylik ustamalar quyidagi tartibda belgilanadi:
🔹 sport musobaqalarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyat bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritganligi uchun — 5 foiz;
🔹 sport musobaqalarining respublika bosqichida sovrinli oʻrinlarni (1 — 3-oʻrinlarni) qoʻlga kiritganligi uchun — 10 foiz;
🔹xalqaro sport musobaqalarida sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritganligi uchun — 20 foiz.
📌 Qishloq joylarda ishlayotgan ayol jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari uchun 15 foizlik ustama
2010-yil 1-apreldan boshlab qishloq joylardagi umumta’lim maktablarida, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida va bolalar-o‘smirlar sport maktablarida jismoniy tarbiya o‘qituvchisi hamda sport ustozi bo‘lib ishlayotgan ayollarning tarif stavkalariga har oyda 15 foiz miqdorda ustama haq belgilash yo‘lga qo‘yilgan.
Ushbu tartib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 1-apreldagi “Qishloq joylardagi bolalar sporti ob’yektlarida band bo‘lgan ayol sport ustozlari mehnatini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1315-sonli qarori bilan yo‘lga qo‘yilgan.

➡️Foydali botimiz havolasi

@magistrscience
@magistrscience_group
4,280004
Magistr Science🎓 logo
Magistr Science🎓

19-okt, 2026, 10:31

Photo1/2
🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤

🟦🟦🟦🟦
DISSERTATSIYA ASOSIY ILMIY NATIJALARINI CHOP ETISHGA TAVSIYA ETILGAN MAHALLIY ILMIY NASHRLAR RO’YXATI

01.00.00–Fizika-matematika fanlari
02.00.00–Kimyo fanlari
03.00.00–Biologiya fanlari
04.00.00–Geologiya-mineralogiya fanlari
05.00.00–Texnika fanlari
06.00.00–Qishloq xo‘jaligi fanlari
07.00.00–Tarix fanlari
08.00.00–Iqtisodiyot fanlari
09.00.00–Falsafa fanlari
10.00.00–Filologiya fanlari
11.00.00–Geografiya fanlari
12.00.00–Yuridik fanlar
13.00.00–Pedagogika fanlari
14.00.00–Tibbiyot fanlari
15.00.00–Farmatsevtika fanlari
16.00.00–Veterinariya fanlari
17.00.00–Sanʼatshunoslik fanlari
18.00.00–Arxitektura fanlari
19.00.00–Psixologiya fanlari
22.00.00–Sotsiologiya fanlari
23.00.00–Siyosiy fanlar
24.00.00–Islomshunoslik fanlari

🟦🟦🟦
Yo’nalish nomi ustiga bossangiz kanaldagi o’sha ixtisoslikka mos jurnallar ketma-ketligiga olib boradi. Shundan so’ng jurnal nomi ustiga bossangiz aynan o’sha jurnal e’lonini topishingiz mumkin. Barchasi oddiy va oson.

❗️ Kafolatli natijaga ega bo'lish uchun maqolalaringizni faqat aynan Oliy attestatsiya komissiyasi ro'yxatidagi jurnallarda chop qilishni tavsiya qilamiz.

✅Ps: Ushbu ma'lumotni hamkasblar va boshqa ilmiy doiradagi insonlarga ham yuborib qo'ying.

📞Murojaat uchun:
@Science_technical_PhD
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
✅Kanalga ulanish:
https://t.me/OAK_jurnallari_N1
2,4400010
Magistr Science🎓 logo
Magistr Science🎓

19-okt, 2026, 09:27

Video
⚡️ Maktablarda kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi

Amaldagi tartibga koʻra, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari uchun joriy o‘quv yilining kuzgi ta’tili 2026-yil 4-noyabrdan boshlanadi va 9-noyabrga qadar davom etadi.

❗️II chorak dars mashg‘ulotlari 2026-yil 10-noyabrdan boshlanadi.

➡️Foydali botimiz havolasi

@magistrscience
@magistrscience_group
16,1000010
Magistr Science🎓 logo
Magistr Science🎓

18-okt, 2026, 13:32

Photo1/2
#Биласизми

💰 Қонунчиликка кўра, умумтаълим муассасалари ходимларига моддий ёрдам ходимнинг ўзи ёки яқин қариндоши (отаси, онаси, турмуш ўртоғи, фарзанди) вафот этганда, оғир касалликка чалинганда, ходим табиий офатдан зарар кўрганда кўрсатилади.

⛔️ Бунда календарь йили давомида бир ходимга тўланадиган моддий ёрдамларнинг жами миқдори унинг лавозим маоши (ўқитувчининг тариф ставкаси) миқдорининг 2 баробаридан оширилишига йўл қўйилмайди.

➡️Фойдали ботимиз ҳаволаси

@magistrscience
@magistrscience_group
4,620005
Magistr Science🎓 logo
Magistr Science🎓

17-okt, 2026, 21:51

Video
Бир вақтда 2 жойда магистратурада ўқиш мумкинми?

5780-савол:

Assalomu aleykum hozirda magistraturada 2 kursda davlat granti bilan o’qiyapman.Ikkinchi mutaxassislikka qayta o’qimoqchiman.Ikkinchi mutaxxassisligim bo’yicha  2-marta magistraturada o’qisam bo’ladimi
ЮРИСТ ЖАВОБИ:

Ҳозир магистратуранинг 2-босқичида давлат гранти асосида ўқиётганингиз иккинчи мутахассисликка киришингизга тўсқинлик қилмайди.

“Таълим тўғрисида”ги Қонуннинг 11-моддасига кўра, фуқаролар иккинчи ва ундан кейинги олий маълумотни шартнома асосида олиш ҳуқуқига эга.

Вазирлар Маҳкамасининг 2021 йил 24 сентябрдаги 606-сон қарори билан тасдиқланган Низомнинг 2–3-бандларига мувофиқ, бакалавр дипломига эга шахс иккинчи бакалавриат йўналишига ҳужжат топшириши мумкин. Бунда иккинчи мутахассислик фақат тўлов-контракт асосида бўлади. Ўқиш 2-курсдан бошланиб, белгиланган бакалавриат муддатидан бир йил кам давом этади.

Қонунчиликда магистратурада ўқиётган шахснинг бир вақтнинг ўзида иккинчи мутахассисликда ўқишини тақиқловчи норма мавжуд эмас. Шу сабабли дарс жадваллари бир-бирига халақит бермаса ва ҳар икки таълим дастурининг ички тартиби ҳамда давомат талабларини бажариш имкони бўлса, магистратурани тугатмасдан ҳам иккинчи мутахассисликда ўқишингиз мумкин.

Иккинчи мутахассисликни тамомлагандан кейин шу бакалавриат йўналишига мос ёки турдош магистратура мутахассислигига яна ҳужжат топширишингиз мумкин.

Вазирлар Маҳкамасининг 2025 йил 13 сентябрдаги 578-сон қарорига 2-илова бўлган Низомнинг 5 ва 11-бандларига кўра, магистратурага тегишли бакалавриат йўналишига мос ёки турдош мутахассислик бўйича, белгиланган даражадаги хорижий тил сертификати мавжуд бўлганда танлов асосида қабул қилинади.

❗️Бироқ бу сиз учун иккинчи олий маълумот ҳисоблангани сабабли кейинги магистратурада ўқиш ҳам “Таълим тўғрисида”ги Қонуннинг 11-моддасига асосан тўлов-контракт асосида амалга оширилади.

✅ Яъни ҳозирги давлат грантидаги магистратурани давом эттиришингиз, параллел равишда иккинчи мутахассисликда контракт асосида ўқишингиз ва уни битиргач, мос ёки турдош йўналиш бўйича иккинчи марта магистратурага контракт асосида киришингиз мумкин.

Манба

➡️Фойдали ботимиз ҳаволаси

@magistrscience
@magistrscience_group
5,1000015
Magistr Science🎓 logo
Magistr Science🎓

17-okt, 2026, 13:31

Video
#Савол_беринг_жавоб_берамиз

Спорт мактаблари ходимларига устама қайси ҳужжат билан берилади?

Vazirlar maxkamasini 211 qarori boyicha oylik ustamalar olar edik. Xozir bizga yangi VM 407-qarori chiqti. Endi shu boyicha olishimiz kerak. Lekin bugakterimiz platformaga asoslanib ustama qosholmayman moliya bilan qoʻshma qaror bolishi kerak deyapti. Agar xali qoʻshma qaror boʻlmasa ustama toʻlamaslikka xaqqi bormi

Бухгалтернинг «молия билан қўшма қарор бўлмагунча ёки платформага киритилмагунча устама қўшолмайман» деб тўловни тўхтатиб туриши мутлақо ноқонунийдир.

Биринчидан, Ўзбекистон Республикасининг «Норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар тўғрисида»ги Қонунининг 7 ва 10-моддаларига мувофиқ, Вазирлар Маҳкамасининг қарорлари вазирлик ва идораларнинг қўшма қарорлари ҳамда идоравий ҳужжатларига нисбатан юқори юридик кучга эга. Мазкур Қонуннинг 40-моддасига асосан, Вазирлар Маҳкамасининг 2026 йил 24 июлдаги «Спорт мактаблари фаолиятини тизимли ташкил этишнинг қўшимча чора-тадбирлари тўғрисида»ги 407-сон қарори расмий эълон қилиниб, кучга кирган кундан (2026 йил 27 июлдан) бошлаб барча давлат органлари, ташкилотлар ва мансабдор шахслар (шу жумладан, бухгалтерлар) учун ижро этилиши мажбурий ҳисобланади. Ҳукумат қарорининг ижросини қуйи идоравий қўшма ҳужжат ҳали тасдиқланмаганлиги ёки техник платформа мослаштирилмаганлиги важи билан тўхтатиб туришга йўл қўйилмайди.

Иккинчидан, Ўзбекистон Республикаси Меҳнат кодексининг 244 ва 253-моддаларига кўра, иш берувчи ходимга тегишли бўлган барча меҳнат ҳақи тўловларини, шу жумладан қонунчиликда белгиланган устамаларни белгиланган муддатларда ва тўлиқ ҳажмда тўлаши шарт. Меҳнатга ҳақ тўлаш муддатларини бузиш, ушбу кодекснинг 253-моддасига асосан, иш берувчига ҳар бир кечиктирилган кун учун https://lex.uz/docs/6257288

Учинчидан, ВМнинг 407-сон қарори 1-иловасида спорт мактаблари ходимларининг базавий тариф ставкасига тўланадиган устамалар миқдори аниқ тасдиқлаб берилган. Агар техник ёки дастурий тизимда узилиш бўлса ҳам, тўловлар кейинчалик қайта ҳисоб-китоб (перерасчёт) қилиниб, қарор кучга кирган санадан бошлаб тўлиқ тўлаб берилиши шарт.

Агар бухгалтер устамани тўлашдан асоссиз бош тортса, Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодекснинг 49-моддасига асосан меҳнат тўғрисидаги қонунчиликни бузганлик учун маъмурий жавобгарликка тортилишига сабаб бўлади.

➡️Фойдали ботимиз ҳаволаси

@magistrscience
@magistrscience_group
4,910006
Magistr Science🎓 logo
Magistr Science🎓

16-okt, 2026, 16:54

Video
«Мақтов билан қорин тўярмиди?» ёки Хитой мактабларидан ҳаётий лайфҳак!

Ҳаммамиз мактабда фахрий ёрлиқ олиб, қувонардик. Аммо тан олайлик — бу мақтовлар фақат кўзни қувонтирарди, ошқозонни эмас! Хитойнинг мактаблари бу масалага жуда прагматик ёндашишга қарор қилди. Эндиликда у ерда фанларни аъло баҳоларга ўзлаштирган ўқувчиларга баҳо билан бир қаторда 3 килограммдан 5 килограммгача хом гўшт ёки каттагина тирик балиқлар мукофот тариқасида тарқатилмоқда. Мактаб маъмуриятининг таъкидлашича, оддий ручка ёки дафтар фақат боланинг ўзини хурсанд қилади. Аммо фарзанд уйга бир халта гўшт кўтариб келса, ўша куни бутун оила дастурхон атрофида жам бўлади. Қолаверса, Хитой маданиятида гўшт ва балиқ — барака, фаровонлик ҳамда омад рамзи ҳисоблангани учун уларга «Муваффақиятни оиланг билан баҳам кўр!» деган чиройли қизил тасмалар боғлаб берилади. Бу эса синфдоши уйга мазали кечки овқат учун маҳсулот кўтариб кетаётганини кўрган бошқа ўқувчиларда кейинги чоракда янада яхши ўқишга кучли мотивация ва рақобат ҳиссини уйғотади.

➡️Фойдали ботимиз ҳаволаси

@magistrscience
@magistrscience_group
4,9600035
Magistr Science🎓 logo
Magistr Science🎓

16-okt, 2026, 09:02

Video
❗️Kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish muddati 1-noyabrgacha uzaytirildi

2026/2027-oʻquv yili uchun oliy taʼlim tashkilotlarida kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirish muddati 1-noyabrga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.

Bu muddat:

➖bakalavriat va magistraturaga oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlar;
➖oʻqishi koʻchirilgan yoki koʻchirib tiklangan talabalar;
➖oʻqishga qayta tiklangan talabalarga taalluqli.

1-noyabrga qadar bazaviy toʻlov-kontrakt boʻyicha yillik qiymatning kamida 25 foizi, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt boʻyicha esa kamida 50 foizi toʻlanishi lozim.

➡️Foydali botimiz havolasi

@magistrscience
@magistrscience_group
21,7000013
Magistr Science🎓 logo
Magistr Science🎓

15-okt, 2026, 22:09

Video
ССВ Матбуот хизмати “Hayotga qaytdim” деган медиалойиҳани йўлга қўйибди. Номи зўр. Видеонинг ўзи ҳам таъсирчан. Қаҳрамон яхши танланган.

Инсон ҳеч қачон умидсизликка тушмаслиги керак! Умид — сабр-матонат — ҳаёт учун кураш — шукр! Оғир вазиятларда одамни яшаш учун руҳлантирадиган ажойиб формула бу.

Видеода бу ғоя ўзига хос услубда, янгича форматда очиб берилибди.

➡️Фойдали ботимиз ҳаволаси

@magistrscience
@magistrscience_group
5,720009
Magistr Science🎓 logo
Magistr Science🎓

15-okt, 2026, 18:33

Video
❗️Ўқитувчилар учун бир ойлик мажбурий малака ошириш тартиби бекор қилинади

Энди педагогларнинг малака ошириш учун пойтахт ёки вилоят марказига бориб, бир ойлик мажбурий курсларда ўқиши шарт бўлмайди.

Унинг ўрнига ўқитувчиларга тоифа синовидаги натижасига қараб, ўзи хоҳлаган жойда 18 соатдан 72 соатгача мустақил малака ошириш учун касбий ривожланиш ваучери берилади. Бунинг учун маблағни давлат ажратади.

Шавкат Мирзиёев бугунги учрашувга тайёргарлик жараёни ҳақида ҳам тўхталди.

“Бу мажлисга жуда қийналиб тайёргарлик қилдик. Худди сизлар билан бирга юргандек бўлишга ҳаракат қилдим. Булар — сизларнинг оғир масалаларингиз. Албатта, қийин бўлади. Лекин мана шу манфаатни жойига қўйсак, ўзгариш бўлади”, — деди Президент.

➡️Фойдали ботимиз ҳаволаси

@magistrscience
@magistrscience_group
5,7300019
Magistr Science🎓 logo
Magistr Science🎓

15-okt, 2026, 12:54

Photo1/2
Savol: Ingliz tili fani o‘qituvchilariga birinchi bosqichda – kasbiy standartlarni aniqlash bo‘yicha beriladigan 5 ta savol va ikkinchi bosqichdagi pedagogik mahorat bo‘yicha 10 ta savol ingliz tilida bo‘ladimi yoki o‘zbek tilidami?

❗️Javob: Test sinovlari kuni o‘zbek, rus, qoraqalpoq yoki ingliz tillaridan birini tanlash imkoniyati beriladi. Sizga birinchi bosqichdagi kasbiy standartlar va ikkinchi bosqichdagi pedagogik mahoratni aniqlash bo‘yicha beriladigan savollarga qaysi tilda javob berish qulay bo‘lsa, o‘sha tilni tanlashingiz mumkin (o‘zbek, rus, qoraqalpoq yoki ingliz tillaridan birini)!

Savol: Pedagogik mahoratdan test topshirish tilini o‘zim tanlashim mumkin ekan. Bu attestatsiya kuni tanlanadimi yoki oldindanmi?

❗️Javob: Buni test kuni ham tanlash mumkin, albatta. Sizga birinchi bosqichdagi kasbiy standartlar va ikkinchi bosqichdagi pedagogik mahoratni aniqlash bo‘yicha beriladigan savollarga qaysi tilda javob berish qulay bo‘lsa, o‘sha tilni tanlashingiz mumkin (o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillaridan birini).

Attestatsiyada ishtirok etadigan pedagoglar 👉 www.sinovtest.uz saytida namunaviy testlarni ishlab ko'rishlari mumkin.

➡️Foydali botimiz havolasi

@magistrscience
@magistrscience_group
5,300006
Magistr Science🎓 logo
Magistr Science🎓

14-okt, 2026, 17:27

Video
☄️«Картошка пули» мавсуми бошланди: кимларга берилади?

Куз келиши билан ходимлар орасида анъанавий савол пайдо бўлади: «Картошка пули қачон берилади?»

Бу тўлов — қишлоқ хўжалиги маҳсулотларини харид қилиш учун бериладиган бир марталик моддий ёрдам.

Кимларга берилади?:
🔹 aйрим давлат органлари ва бюджет ташкилотлари ходимларига — соҳавий ҳужжатларда назарда тутилган бўлса;
🔹 жамоа шартномаси ёки ички ҳужжатларида бундай тўлов белгиланган корхона ходимларига.

⚖️Меҳнат кодексида «картошка пули»ни барча ходимларга мажбурий тўлаш талаби белгиланмаган.
Тўловнинг мавжудлиги ва миқдори тегишли соҳавий қарорлар, жамоа шартномаси, меҳнат шартномаси ёки иш берувчининг ички ҳужжатларига боғлиқ.

Шунинг учун ташкилотингиздаги жамоа шартномаси ва моддий рағбатлантириш тартибини текшириб кўринг.

➡️Фойдали ботимиз ҳаволаси

@magistrscience
@magistrscience_group
5,6400011
Magistr Science🎓 logo
Magistr Science🎓

14-okt, 2026, 12:58

Photo1/2
⚡️Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari talabalari uchun davlat granti tanloviga arizalar qabuli boshlandi!

Prezidentning 2026-yil 10-apreldagi PF-58-son Farmoni bilan tasdiqlangan tartibga muvofiq, respublikamizda faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari talabalariga ajratilgan maqsadli davlat grantlari uchun tanlovda ishtirok etish bo‘yicha arizalarni qabul qilish boshlandi.

📆 Arizalar 2026-yil 10-oktabrdan 17-oktabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

🌐 Arizalarni topshirish https://my.uzbmb.uz manzili orqali amalga oshiriladi.

👥 Tanlovda kimlar ishtirok etishi mumkin?

🎓 Tanlovda xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining O‘zbekistondagi filiallari hamda nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida bakalavriat taʼlim yo‘nalishlarining kunduzgi ta’lim shakliga qabul qilingan, davlat granti kvotalari ajratilgan ta’lim sohalarida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov qanday o‘tkaziladi?

📝 Talabalar tegishli ta’lim yo‘nalishlari uchun belgilangan fanlar majmuasi bo‘yicha saralash imtihonlarida ishtirok etadi. Test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladi.

☑️ Joriy yilda davlat oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida mos fanlar majmuasi bo‘yicha ishtirok etgan talabalar o‘zlari to‘plagan ballari bilan ham tanlovda qatnashishi mumkin.

🗓️ Davlat grantlari belgilangan minimal o‘tish balini to‘plagan talabalar orasidan ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda, ajratilgan kvotalar doirasida taqsimlanadi.

‼️ Muhim! Tanlovt natijasida davlat grantiga tavsiya etilgan talabalarga grant butun o‘qish davri uchun ajratiladi. Bunda grant olgan talabalar o‘qishni tamomlagach, belgilangan tartibda davlat yoki davlat ulushi mavjud tashkilotlarda kamida 3 yil ishlab berish majburiyatini oladi.

📌 Hurmatli talabalar!
Davlat granti tanlovida ishtirok etish istagida bo‘lsangiz, 17-oktabr kuni yakuniga qadar my.uzbmb.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishingiz mumkin.

👍 Barchaga omad tilaymiz!

➡️Foydali botimiz havolasi

@magistrscience
@magistrscience_group
5,600007
Magistr Science🎓 logo
Magistr Science🎓

14-okt, 2026, 09:19

Video
Эҳтиёжманд оилаларга 1 млн сўмдан ёрдам берилади

Ҳужжат лойиҳаларига кўра, ноябрда эҳтиёжманд оилаларга бир марталик 1 млн сўмдан ёрдам ажратилади. Газлаштирилмаган ҳудудларда эса қишда электр энергиясининг базавий меъёри 200 дан 350 кВт·соатга оширилади.

Шу билан бирга, 1 ноябрдан иситиш ва иссиқ сув учун янги тарифлар жорий этиш, суюлтирилган газ нархини 1 кг учун 5 000 сўм этиб белгилаш таклиф этилмоқда. Эҳтиёжманд оилаларга ҳар бир килограмм учун 3 000 сўмдан, ойига 20 кг гача компенсация тўланади.

➡️Фойдали ботимиз ҳаволаси

@magistrscience
@magistrscience_group
17,6000010
Magistr Science🎓 logo
Magistr Science🎓

03-sen, 2026, 17:15

Photo
❗️Magistratura mandati chiqdi!

2026/2027-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim tashkilotlarining magistratura mutaxassisliklariga qabul boʻyicha http://my.edu.uz/ elektron tizimi hamda yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ( http://my.gov.uz/) orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan fuqarolarning arizalari toʻliq koʻrib chiqildi.

Talabgorlar natijalarni http://my.edu.uz/ elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

➡️ https://t.me/studyChannelAdminBot


https://t.me/magistrscience_group
9,5500040
Magistr Science🎓 logo
Magistr Science🎓

03-sen, 2026, 17:15

Video
📢 Vazirlikka tashrif buyurib, magistratura mandati bo‘yicha oydinlik kiritildi!

Bugun magistratura mandat natijalarining kechikishi yuzasidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga tashrif buyurdik.

Mas’ul xodimlar bilan uchrashib, talabgorlarni qiziqtirayotgan asosiy savollarga aniqlik kiritildi.

➡️ https://t.me/studyChannelAdminBot


https://t.me/magistrscience_group
9,95000165
Magistr Science🎓 logo
Magistr Science🎓

03-sen, 2026, 17:15

🟦🟦🟦🟦
#Magistratura

Magistratura qabul natijalari haligacha chiqmadi, Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligi vazirligi shunchalar e'tiborsizki bu holatga, hech kim hech qanday munosabat bildirgani ham yo'q. Qachon chiqadi? 1 oydami? Bugunmi? Ertagami? Hech kimi ishi bo'lgani yo'q. Ko'pchilikning ishi shu bilan bog'liq talabgorlar ishga kirishga shoshilib yurishibdi, magistraturaga o'qishga qabul qilinsa, kamroq dars soati beradi, maktablarda shuni ham hech kim o'ylagani yo'q. Natijalar bugun chiqishi shart, hech qanday savolga yoki bahonaga o'rin bo'lmasligi kerak. Va natijalar nega kechikkani to'g'risida ham, rasmiy munosabat bildirilishi shart. Shuncha insonning taqdiri kimgadur o'yin bo'lishi kerak emas! Uyalish kerak o'zi vazirlik mas'ullari bu holatdan❗️

Vazirlik mas'ullaridan sal e'tiborliroq bo'lishii so'rab qolamiz❗️

➡️ https://t.me/studyChannelAdminBot


https://t.me/magistrscience_group
22,10000691
Magistr Science🎓 logo
Magistr Science🎓

03-sen, 2026, 17:15

#Magistratura

Magistraturada tahsil olayotgan talabalar uchun hech qanday imtiyozli ta'lim kredit turi yo'q, qaysidur kanallardan tarqalgan ma'lumotlarni bizga yubormang, u ma'lumotlar to'laqonli asosga ega emas. Qo'shimcha kontrakt asosiyda kiradigan ayol-qizlar uchun ham imtiyozli kredit mavjudmas. Lekin ta'lim krediti bor❗️

➡️ https://t.me/studyChannelAdminBot


https://t.me/magistrscience_group
9,2700063
Magistr Science🎓 logo
Magistr Science🎓

03-sen, 2026, 17:15

⚡️ Mahalliy hokimliklar tomonidan talaba xotin-qizlarning kontrakti to‘lab beriladi

🔰“Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qaroriga ko‘ra, har yili har bir viloyatdan jami 150 nafar xotin-qizning kontrakti  https://talimxabarlari.uz/78134/

Har yili har bir viloyatdan 150 nafar talaba qizning o‘qishi uchun davlat hokimliklari tomonidan kontrakt puli to‘lab beriladi. Ularning 40 tasi 1-kurs, 100 tasi 2 va undan yuqori kurs bo‘lishi kerak.

✔️ Ushbu imtiyozdan quyidagi toifadagi xotin-qizlar foydalanishi mumkin:

– Kam ta’minlangan oilalarning qizlari (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” bo‘yicha);

– yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba qizlar

– voyaga yetmagan farzandlarini yolg‘iz tarbiyalayotgan, boquvchisini yo‘qotgan (beva) ayollar qizlari.

❗️Eslatma: ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha o‘qiyotgan va O‘zbekistondagi xorijiy yoki xususiy oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan qizlarga kontrakt toʻlab berilmaydi.

➡️ https://t.me/studyChannelAdminBot


https://t.me/magistrscience_group
10,1000082
Magistr Science🎓 logo
Magistr Science🎓

03-sen, 2026, 17:15

#Савол_беринг_жавоб_берамиз

Таълим ташкилоти рахбарлари "Декрет" дан қайтган ўқитувчиларни ишга қўймай жиддий хатолик қилмоқда

Assalom alaykum men maktabda Uqtuvchiman 2025 yilda ta'tilga chiqan edim bir yil ta'tilda hozir avgustdan ishga qaytib borayabman men avgustdan ishga qabul qilmayabdi sentabrdan deb.

Мактаб маъмуриятининг сизни август ойидан ишга қабул қилмаслик ва сентябргача кутиш ҳақидаги талаби мутлақо ноқонуний ва асоссиздир.

Сиз бола парваришлаш таътилидан (ижтимоий таътилдан) исталган вақтда, жумладан август ойида ҳам ўз иш жойингизга қайтишга тўлиқ ҳақлисиз.

Масаланинг ҳуқуқий жиҳатига бирма бир тўхталадиган бўлсак,

Биричидан, Кодекснинг 215-моддасига ва 239-моддаси иккинчи қисмига асосан, ходим таътилда (жумладан, бола парваришлаш таътили каби ижтимоий таътилларда) бўлган даврда унинг иш ўрни (лавозими) қатъий сақланиб қолади.

Иккинчидан, МКнинг 25-моддаси иккинчи хатбошисига мувофиқ, иш берувчи ходимларни меҳнат шартномасида шартлашилган иш билан таъминлаши шарт.

Мактаб раҳбарияти «ҳозир дарс йўқ» ёки «иш сентябрдан бошланади» деган баҳона билан сизни августда ишга чиқармасликка ҳақли эмас. Август ойида ҳам мактабда ўқув йилига тайёргарлик, ташкилий ишлар олиб борилади ва сиз ушбу кунлар учун тўлиқ маош олиш ҳуқуқига эгасиз.

Учинчидан, МКнинг 405-моддасига аосан, Бола парваришлаш таътили — бу ходимнинг қонуний ҳуқуқидир. Қонунчиликка кўра, ходим ушбу таътилдан ўз хоҳиши билан исталган вақтда (муддатидан олдин ҳам) чиқиб, ишга қайтиши мумкин. Бунинг учун иш берувчининг «рухсати» талаб этилмайди, улар фақат сизнинг аризангизга асосан ишга қайтиш ва таътилни тугатиш ҳақида буйруқ чиқаришга мажбурдирлар.

Нима қилиш керак?

1. Мактаб директори номига: «Мени 2026 йил август ойининг Х-санасидан бошлаб бола парваришлаш таътилидан қайтиб, ўз лавозимимда иш фаолиятимни бошлашимга рухсат беришингизни сўрайман» деб ёзма ариза топширинг. Аризани топширганда унинг иккинчи нусхасига мактаб котибидан қабул қилинганлиги ҳақида сана ва имзо қўйдириб олинг.

2. Раҳбариятга Меҳнат кодексининг 25, 215, 239 ва 405-моддаларини эслатинг. Сизни асоссиз равишда ишга қўймаслик меҳнат тўғрисидаги қонунчиликни қўпол равишда бузиш ҳисобланиши ва маъмурий жавобгарликка тортилишга сабаб бўлишини тушунтиринг.

3. Агар барибир рад этишда давом этишса, дарҳол яшаш ҳудудингиздаги Давлат меҳнат инспекциясига ёки прокуратурага мурожаат қилинг.

https://t.me/yuristlar_maslahati

➡️ https://t.me/studyChannelAdminBot


https://t.me/magistrscience_group
9,1600032
Magistr Science🎓 logo
Magistr Science🎓

03-sen, 2026, 17:15

🎓 Ilmiy maqolangiz bor, lekin uni xalqaro jurnalga qanday tayyorlashni bilmayapsizmi?
Tadqiqot olib borish — ilmiy ishning eng muhim qismi. Ammo yaxshi natijani xalqaro ilmiy jurnal talablariga mos maqolaga aylantirish ham alohida tajriba talab qiladi.

Qaysi jurnalni tanlash kerak?
Maqola strukturasi qanday bo‘lishi kerak?
Grafik va rasmlar qanday tayyorlanadi?
Jurnal template talablariga qanday moslashtiriladi?
Submission jarayoni qanday amalga oshiriladi?
Editor yoki Reviewer savollariga qanday javob berish kerak?

🚀 https://phdmind.com/ — PhD darajasi va xalqaro ilmiy tajribaga ega mutaxassislar jamoasi bo‘lib, tadqiqotchilarga ilmiy ishlarini xalqaro nashrga tayyorlash jarayonida professional maslahat va amaliy ko‘mak beruvchi platforma.
Biz quyidagi bosqichlarda yordam beramiz:
📝 Maqola strukturasi va ilmiy matnni takomillashtirish
📊 Grafik, rasm va natijalarni professional taqdim etish
🔎 Mos xalqaro jurnalni tanlash
📑 maqolani jurnal talablariga moslashtirish
📤 Submission jarayonida ko‘mak
✉️ Editor bilan yozishmalar bo‘yicha maslahat
🔄 Reviewer izohlarini tahlil qilish va revision jarayonida yordam
📚 Response to Reviewers hujjatini tayyorlash bo‘yicha maslahat

Biz tanlaydigan nashrlar:
Biz faqat https://www.scopus.com/sources.uri?zone=TopNavBar&origin=searchbasic, https://clarivate.com/academia-government/scientific-and-academic-research/research-discovery-and-referencing/web-of-science/web-of-science-core-collection/ (O’zbekiston Respublikasi https://oak.uz/pages/31738) bazasida mavjud halqoro jurnallarni tanlaymiz.

Muhim tamoyilimiz:
Sizning tadqiqotingiz — sizning ilmiy ishingiz. https://phdmind.com/ tayyor ilmiy ish yoki soxta natija yaratmaydi. Bizning vazifamiz — sizga o‘z tadqiqotingizni xalqaro ilmiy standartlarga mos ravishda taqdim etish va nashr jarayonini yaxshiroq tushunishga yordam berish.
🎯 Maqsadimiz faqat bitta maqolangizni tayyorlash emas. Hamkorlik davomida olgan tajribangiz orqali kelajakdagi ilmiy ishlaringizni xalqaro jurnallarga yanada mustaqil tayyorlay olishingizni istaymiz.

🌐 PhDMind — Tadqiqotdan nashrgacha.
Batafsil ma’lumot:
Web-sahifa: https://phdmind.com/
Telegramkanal: https://t.me/phdmind

📩 Konsultatsiya va hamkorlik uchun biz bilan bog‘laning:
Buning uchun web-sahifa (link https://phdmind.com/aloqa) dagi bog’lanish bo’limidan murojat qiling va ma’lumotlaringizni qoldiring.

Ilm-fan · Tajriba · Xalqaro nashr
6,8300018

Showing 30 of 40 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

Magistr Science🎓 Telegram kanali nima haqida?+

Magistr Science🎓 (@magistrscience) — tgdio da Texnologiya yangiliklari toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 14 028 obunachi bor.

Magistr Science🎓 (@magistrscience) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @magistrscience ga bepul obuna bo‘ling.

Magistr Science🎓 yaxshi Texnologiya yangiliklari kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin Magistr Science🎓 reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 14 028 obunachi bor. O‘xshash Texnologiya yangiliklari kanallar bilan solishtiring.

Magistr Science🎓 statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @magistrscience sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.