🏫 UZUNQISHLОQDA 16-MAKTAB UCHUN YANGI BINO VA SPORT ZALI BARPO ETILDI
🇺🇿 Bugun Oqdaryo tumanining Uzunqishloq mahallasida joylashgan 16-umumta’lim maktabining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
1975-yilda qurilgan, 400 o‘rinli eski maktab binosi ma’nan eskirgani, shuningdek, o‘quvchilar uchun sport zali mavjud emasligi inobatga olinib, maktab uchun zamonaviy sharoitlar yaratildi.
🏗 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-son qarori asosida maktab hududida 420 o‘rinli yangi bino hamda 12×24 metr o‘lchamdagi sport zali barpo etildi.
Qurilish ishlari uchun 7 milliard 352 million so‘m mablag‘ yo‘naltirilib, loyiha “DILSHODA OBOD QO‘RG‘ON” MCHJ tomonidan amalga oshirildi.
Natijada o‘quvchi-yoshlar uchun zamonaviy, qulay va barcha zarur sharoitlarga ega ta’lim maskani yaratildi.
🎉 Yangi binoning ochilish marosimida Oqdaryo tumani hokimi o‘rinbosari v.b Jasur Hamroqulov, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari, maktab jamoasi, nuroniylar va mahalla faollari ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar yangi maktab binosi va sport zalining foydalanishga topshirilishi bilan barchani tabriklab, ushbu bunyodkorlik ishlari yosh avlod ta’lim-tarbiyasi uchun muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladilar.
✨ Zamonaviy maktab — sifatli ta’lim, sog‘lom avlod va porloq kelajak poydevori!
📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
🔹 Telegram:
🔹 Instagram:
https://www.instagram.com/oqdaryodeputatlari🔹 Facebook:
https://www.facebook.com/share/1M7o7SX9d1/