Shavkat Mirziyoyev: “Ibrat farzandlari” bilan faxrlanaman
🇺🇿 2023-yilning fevral oyida “Ibrat farzandlari” loyihasi jadidlarimizdan Is’hoqxon Ibrat tug‘ilib o‘sgan Namangan viloyatida prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga taqdimot qilingan va davlat rahbari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan edi.
👫 O‘tgan davr mobaynida loyiha doirasida 2 mingdan ziyod darslar e’lon qilindi, “Ibrat Academy” ilovasida 1 millionga yaqin o‘quvchi til o‘rganmoqda.
👍 Loyihada ingliz, koreys, arab, nemis kabi 20 dan ortiq xorijiy tillarni o'zbek yoshlariga va, eng muhimi, xorijliklarga o'zbek tilini o'z sohasining yetuk mutaxassislari yordamida o'rgatib kelinadi.
🌍 Chet mamlakatlarda yashab turgan vatandoshlarimiz ham "Ibrat farzandlari"ning rivoji uchun o'z hissalarini qo'shishmoqda. Jumladan, polyak va ozarbayjon tillari mutaxassislari video-darsliklar yozish maqsadida Toshkentda bo'lib turishibdi.
✔️ Kuni kecha Andijon viloyatiga tashrif doirasida bo'lib o'tgan yoshlar bilan uchrashuvda davlatimiz rahbari xorijiy tillarni tizimli o‘rgatishga qaratilgan mazkur loyihadan faxrlanishini ta’kidlab o'tdi.
“Ibrat farzandlari” oilasi 2024-yilda Andijon viloyatida 100 ming, respublika bo’yicha esa 1 million nafar yoshlarga xorijiy tillarni mukammal o‘rgatishni maqsad qilgan.
🔵
https://t.me/ibratfarzandlari | 🟥
https://instagram.com/ibrat.farzandlari?igshid=NzZlODBkYWE4Ng==&utm_source=qr🟦
https://www.facebook.com/profile.php?id=100094196901655&mibextid=LQQJ4d | 🔴
https://youtube.com/@ibratfarzandlari?si=wzGNKrFYrjRoYTTe