
Hurmatli fuqarolar, professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar!
Telegram ijtimoiy tarmog‘ida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektori nomidan tarqatilayotgan «xodimlarni tekshiruv ishlari o‘tkazilyapti» mazmunidagi «rasmiy» ko‘rinishdagi xabarlar mutlaqo soxta ekanini ma’lum qilamiz.
Mazkur xabarlar fuqarolarni chalg‘itish, ishonchdan foydalanish hamda shaxsiy yoki xizmatga oid ma’lumotlarni qo‘lga kiritish maqsadida tarqatilayotgan bo‘lishi mumkin.
Shu munosabat bilan barchangizdan hushyorlik va ehtiyotkorlikni so‘raymiz:
— noma’lum shaxslar yoki akkauntlardan kelgan shubhali xabarlarga ishonmang;
— noma’lum havola va fayllarni ochmang;
— shaxsiy ma’lumotlar, parollar va xizmatga oid ma’lumotlarni begonalarga yubormang;
— rektor yoki institut rahbariyati nomidan kelgan shubhali murojaatlarni avval rasmiy manbalar orqali tekshiring;
— shubhali xabarlarni boshqa shaxslarga tarqatmang.
Axborot xavfsizligi — har birimizning mas’uliyatimiz. Hushyor bo‘ling, soxta xabarlarga aldanmang!
| https://www.facebook.com/rektorsamisi | https://instagram.com/samisi_rektor_official?igshid=OGQ5ZDc2ODk2ZA== |








