Suhrob Ziyo Telegram channel photo

Suhrob Ziyo

@suhrob_ziyo1Public Channel

Саҳифаларимиз: 👉🏻 @sz_fotopoeziya 👉🏻 @turkiysoz 👉🏻 @sz_turkce Мурожаат учун: @suhrobziyodov

Fotosuratlaro‘zbekOʻzbekiston

100

Last views

1k (1,041 subscribers)
A'zolar
—
Rating
29
Total Posts
Oct 16, 2026, 9:00 PM
Yangilangan
Apr 21, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameSuhrob Ziyo
Username@suhrob_ziyo1
CategoryFotosuratlar
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar1,041
Channel TypePublic Channel
Created21-apr, 2026
Last Updated16-okt, 2026 • 7 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#281388-118
Til reytingi
#1441-5
Toifa reytingi
#1897-1

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 1.0K30 Days growth: -101%
09/1709/2209/2710/0210/0710/1210/16
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
17:09:20261,051
18:09:20261,051
19:09:20261,051
20:09:20261,051
21:09:20261,051
22:09:20261,051
23:09:20261,051
24:09:20261,051
25:09:20261,051
26:09:20261,051
27:09:20261,051
28:09:20261,051
29:09:20261,051
30:09:20261,051
01:10:20261,051
02:10:20261,051
03:10:20261,051
04:10:20261,051
05:10:20261,051
06:10:20261,051
07:10:20261,051
08:10:20261,051
09:10:20261,051
10:10:20261,051
11:10:20261,051
12:10:20261,051
13:10:20261,051
14:10:20261,051
15:10:20261,051
16:10:20261,041
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 20:04:20261,033
Week of 27:04:20261,033
Week of 04:05:20261,048
Week of 11:05:20261,048
Week of 18:05:20261,048
Week of 25:05:20261,048
Week of 01:06:20261,048
Week of 08:06:20261,048
Week of 15:06:20261,048
Week of 22:06:20261,048
Week of 29:06:20261,048
Week of 06:07:20261,040
Week of 13:07:20261,040
Week of 20:07:20261,040
Week of 27:07:20261,040
Week of 03:08:20261,040
Week of 10:08:20261,040
Week of 17:08:20261,049
Week of 24:08:20261,049
Week of 31:08:20261,050
Week of 07:09:20261,051
Week of 14:09:20261,051
Week of 21:09:20261,051
Week of 28:09:20261,051
Week of 05:10:20261,051
Week of 12:10:20261,041
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
April 20261,033
May 20261,048
June 20261,048
July 20261,040
August 20261,050
September 20261,051
October 20261,041
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
20261,041

So'nggi postlar

Suhrob Ziyo logo
Suhrob Ziyo

20-okt, 2026, 19:00

Photo1/2
🙏EʼLON🇺🇿 📚 20-oktyabr shoir-u sheʼrsevarlar to‘planib ijodiy kecha qilmoqchimiz. 🌃 Ochiq osmon ostida. Biroz shamol, kuz, til bayrami, yomg‘ir tomchilab bersa yanayam yaxshi... ✅ Kelish, tinglash, sheʼr o‘qish — hamma uchun OCHIQ, ERKIN. 🟢Kelgusi ijodkorlar…
100005
Suhrob Ziyo logo
Suhrob Ziyo

18-okt, 2026, 14:03

Photo1/2
🙏EʼLON🇺🇿

📚 20-oktyabr shoir-u sheʼrsevarlar to‘planib ijodiy kecha qilmoqchimiz.

🌃 Ochiq osmon ostida. Biroz shamol, kuz, til bayrami, yomg‘ir tomchilab bersa yanayam yaxshi...

✅ Kelish, tinglash, sheʼr o‘qish — hamma uchun OCHIQ, ERKIN.

🟢Kelgusi ijodkorlar budir:

Shodmonqul Salom,
Madina Norchayeva,
Tillaniso,
Feruza Xayrullayeva,
Nozima Habibullayeva,
Bek Ali
Najmiddin Turon,
Nasrullo Ergash,
Dilmurod Do‘st,
Ravshan Haqmuroq,
Nurmuhammad Abduzoirov,
Suhrob Ziyo,
Xurshid Abdurashid,
Shahriyor Shavkat,
Feruzshoh,
Rashid Xo‘jamov,
Dilmurod,
Mahliyo,
Shahboz Fayzullayev,
Jontemir...
(ro‘yxat davom etadi).

🗺 Manzil: Navoiy ko‘chasi, (sobiq bo‘lib ulgurgan) Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi yonidagi Navoiy haykali poyi.

🧭Mo‘ljal: Alisher Navoiy metro bekati

🏪 Vaqti: Navoiy tili bayramidan bir kun oldin — 20-oktyabr, soat 18:30.
1,0600012
Suhrob Ziyo logo
Suhrob Ziyo

17-okt, 2026, 14:29

Ojizlar qoʻshigʻi

Tilimni tiyganman,
ko‘zlarim xushyor.
Bugun zamon qaltis,
hech kimga sirmas.
Lekin yuragimda
o‘kinchim bisyor,
Menga baribirmas.

Jimman, holbuki.
Ne ham o‘zgarardi
mening so‘zimdan.
Qo‘rqmayman,
adashib ketishdan lekin,
Qo‘rqaman o‘zimdan.

Hukmfarmolar
Aytgalari aytgan bo‘lgan zamonda.
Alarning ko‘nglini andak og‘ritib
So‘zlasang, yomon-da.

Kimda qamchi bo‘lsa, shundadir farmon.
Xushomadgo‘ylarning barmog‘i bolda.
Biz esa qimtinib rahmat aytamiz,
Yaxshi odamlarmiz, har holda.

Tilimiz bor, ba’zan burro bo‘lamiz,
Madhiya to‘qiymiz topganda fursat,
Taomlanib bo‘lib, rahnamolardan
Fotiha tortishga ham so‘raymiz ruxsat.

Bilamiz, yetmaydi bizga jasorat,
Ojizlik bitilgan manglayimizga.
Rahmatlar aytamiz tinglab haqorat
Tilimiz yopishgan tanglayimizga.

Go‘yo ichimizda haqni uqqanmiz,
Yoddan chiqqani yo‘q kimliklarimiz.
Qarang, qoplab yotar butun moziyni
Jimliklarimiz.

2019.

©S.Z.

https://youtu.be/VXMTxm32WU8?si=lHwSs2J1IRcpH2lG
Video Thumbnail
283003
Suhrob Ziyo logo
Suhrob Ziyo

16-okt, 2026, 17:29

Photo1/16
“Yoshlik” jurnali bilan hamkorlik qilib kelayotgan yosh o‘zbek ijodkorlari!

3-qism

Rasmlarga diqqat bilan qarang. Siz kimlarni tanidingiz?

✅Telegram 🌐Instagram
🌐Veb-sayt ✅Facebook
211003
Suhrob Ziyo logo
Suhrob Ziyo

14-okt, 2026, 17:53

Video
📚O‘zbek adabiyoti, sanʼati, teatri, kinosi va musiqasiga 100 yildan beri ilhom bag‘ishlab kelayotgan asar — "O‘tkan kunlar".

💯Abdulla Qodiriyning 100 yoshga to‘lgan shoh asariga bag‘ishlangan "O‘shal damlar..." ko‘rsatuvini to‘liq ko‘rishingiz mumkin.

@suhrob_ziyo1
293002
Suhrob Ziyo logo
Suhrob Ziyo

13-okt, 2026, 18:47

🤩 So‘zning musiqiy tuhfasi

Oltin Oyga olma otar Oybodom,
Oybotarda yigʻlab yotar Oybodom.
Yilbotarda cho‘kar qora suvlarga,
Bu dunyoda Oy kabi toq Oybodom...

❤️‍🔥Sun’iy idrokning hissiz aytimlaridan charchagan bo‘lsangiz, asil ijroning manzilini sizga keltirdik. Yanada ko‘prog‘i bu yerda:
https://youtu.be/zwbEJsaniF0

@soz_loyihasi
Video Thumbnail
218002
Suhrob Ziyo logo
Suhrob Ziyo

12-okt, 2026, 13:20

#oldindan_buyurtma 📘 Istisno 📖 Fragment va mundarija MehrNozning “Istisno” she’riy toʻplami uchun oldindan buyurtma berish boshlandi. Oldindan buyurtma qilingan kitoblar 20-oktyabrdan boshlab yetkazib beriladi. Muallif: MehrNoz Muqova: qattiq Hajmi:…
330004
Suhrob Ziyo logo
Suhrob Ziyo

12-okt, 2026, 01:57

Photo1/20
Assalomu alaykum, hammaga! Xayrli oqshom. Efirni boshdan oxir ko'rdim. Rosti, boshida kutilganday ko'p olimlar, ishtirokchilar kelmabdi, qanday bo'larkan, zerikarli bo'p qomadimikan, degan xavotirim bor edi. Lekin dasturda aytilgan original fikrlar, topilmalar xavotirimni tarqatib yubordi. Ayniqsa, adabiyotshunos Rahmon Qo'chqorning ishtiroki ko'rsatuvni boyitgan. Arxivdan qo'yilgan parchalar ham o'z joyida qo'yilgan.
Va albatta @suhrobziyodov boshlovchi sifatida savollarni juda o'rnida va professional tarzda berdi. Asarga oid biror savol ochiq qolgani yo'q.
"O'shal damlar..." ning ma'rifiy janrdagi muvaffaqiyatli soni bilan jamoani tabriklayman.

Bundan buyog'iga ham Alloh har doim fayzingizni bersin.
264008
Suhrob Ziyo logo
Suhrob Ziyo

26-apr, 2026, 21:56

https://telegra.ph/file/9bcf7c1561963c3a2ae14.jpgDunyo
(turkumdan)

Gul shakliga kirgan chayon...
Qushman, degan ko‘rshapalak...
Haqiqatman, degan yolg‘on...
Yerga botgan qontus falak...

Vafodorman, degan itlar...
Xushovozman, degan qarg‘a...
Pashshaday jon bergan kitlar,
Okeanni zaqqum qamrab...

Ummon otli ko‘lmaklar-u,
Madadnamo ermaklar-u,
Moziy degan ertaklar-u,
Orsiz qolgan erkaklar-u...

Nomus yegan ayollar ham,
Iblis ekkan xayollar ham,
Yiltiragan mezonlarga
O‘zin osgan shamollar ham...

Zulmini haq bilgan zolim...
Ilmini naqd sotgan olim...
Osmonini yerga ko‘mib,
Yerda degan dunyo molin...

Zarga cho‘mgan bechoralar...
O‘rmalagan tayyoralar...
Ishqni loyga qorib o‘tgan
Ma’shuqlar-u, makkoralar...

Gullayman deb turgan toshlar...
Shabnam bo‘lib tomgan yoshlar...
Shart kesilgan mag‘rur boshlar...
Tuproqqa teng bo‘lgan doshlar...

Bari o‘tar...
Bari o‘tar...
Bari o‘tar...

S.Z.
222005
Suhrob Ziyo logo
Suhrob Ziyo

26-apr, 2026, 21:56

Matbaa xodimining tushi

Xalq soʻzsiz — chiqmabdi hali "Xalq soʻzi",
"Ishonch" yetishmaydi idoralarda.
"Ma'rifat"dan ayri tushdikmi, oʻzi
"Adolat" sezilmas ifodalarda.

Axir bu "XXI asr",
"Hurriyat", "Jamiyat" hali ham rus xat.
Nomiga "Yangi"ni qoʻshmabdi axir,
Demak, "Haqiqat"ga tegmabdi ruxsat.
1,4500028
Suhrob Ziyo logo
Suhrob Ziyo

26-apr, 2026, 21:56

Photo
#nazm

Jontemir: Darvesh qo‘shig‘i — 60 000 so‘m
Dadaxon Muhammadiyev: Kechikkan yo‘lovchi — 24 000 so‘m
Humoyun Fattoh: Qaltis — 42 000 so‘m
Rahmat Bobojon: Ro‘baro‘ — 38 000 so‘m
Shahriyor Shavkat: Ham — 34 000 so‘m
Nozima Habibullayeva: Nafas — 30 000 so‘m
Suhrob Ziyo: Daryo — 34 000 so‘m
Najmiddin Ermatov: Turon sog‘inchi — 34 000 so‘m
Jaloliddin Sayyid: Huqqaboz — 34 000 so‘m
Mansur Jumayev: Biz kutgan fasl — 30 000 so‘m
Gulhayo Anorova: Avron — 30 000 so‘m
Akif Azalp: O‘zbek kelayotir — 60 000 so‘m
Aziz Said: Vaqt manzili — 60 000 so‘m
Sirojiddin Rauf: Men bir fuqaro — 40 000 so‘m
Tursun Ali: Tanlangan asarlar-II — 60 000 so‘m

🟠Xarid: https://t.me/akademsavdo | +998994331677
🟠Manzil: Alisher Navoiy ko‘chasi, 40.

📘 https://t.me/akademnashr | 👉 https://t.me/akademnashr_kitoblari
457000
Suhrob Ziyo logo
Suhrob Ziyo

26-apr, 2026, 21:56

Photo
#yangi_nashr
http://twitter.com/akademnashr_uz http://twitter.com/akademnashr_uz Tahajjud, Orifjon Komil

https://t.me/akademkitoblar

Chin she’r shoirning o‘z ko‘ngli bilan qilgan mulohazalari, musohabalari mahsulidir. Shoir ko‘ngil kechinmalarini qog‘ozga tushirar ekan, o‘quvchini o‘z dunyosiga olib kirishga, unga o‘z dardini yuqtirishga, tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashishga harakat qiladi. Orifjon Komilning ushbu kitobini ham shoirning she’rxonlar bilan muloqoti deyish mumkin. Kitob she’riyat muxlislariga manzur bo‘ladi degan umiddamiz.

⚫️Muqova: yumshoq
⚫️Hajmi: 240 bet
⚫️Narxi: 50 000 so‘m

🟠Xarid: https://t.me/akademsavdo | +998994331677
🟠Manzil: Alisher Navoiy ko‘chasi, 40.

📘 https://t.me/akademnashr
380001
Suhrob Ziyo logo
Suhrob Ziyo

26-apr, 2026, 21:56

#parcha

Iztirobni yod ol.
To'g'ri talaffuz qil qayg'uni...

S.Z.
404007
Suhrob Ziyo logo
Suhrob Ziyo

26-apr, 2026, 21:56

Photo
ЭКОЛОГИК ШЕЪР

Дарахтлар шеър айтарди,
Япроқлари шивирлаб.
Оҳлар уриб қўярди
Илдизлари қимирлаб.

Катта "снос" бошланди
Дарахтларнинг шаҳрида.
Улар сиғмай қолишди
Меъморларнинг тарҳига.

Боғбонлар идораси
Ўзига қаср солди.
Идора атрофида
Фақат тўнкалар қолди.

Суҳроб ЗИЁ

⭕️ Каналга обуна бўлинг👇👇👇
https://t.me/mushtumjurnali
4150014
Suhrob Ziyo logo
Suhrob Ziyo

26-apr, 2026, 21:56

Ming yillik maktubot

Beruniy Sinoga yo‘lladi maktub:
"Olimlar ichra sen qay turga mansub?

Biri der: "Har zarra, har bitta atom¹,
Mutlaqo bo‘linmas, tamom-vassalom".

Boshqasi unga ters:  "Karrama-karra
Bo‘linar, bo‘linaverar har zarra".

Ey Husayn, qay biri to‘g‘ri seningcha?
Yoz, donishmand do‘stim, fikring qilib jam".

***

Hakim javob yozdi Abu Rayhonga
Ketar chog‘ Isfahon yo Hamadonga:

"Ibn Sino so‘zim shudir, birodar:
Xatodir bu ikki fikr barobar.

Zarra bo‘linmasa, unish to‘xtaydi,
Yasharish, gurkirash, so‘nish to‘xtaydi.

Va yoki zarradan ne qolar ersa,
Bo‘linsa, bo‘linsa, bo‘linaversa?!

Cheksiz parchalansa har zarra, har zot,
Chilparchin bo‘lmasmi butun koinot?!

***

Bu xatni o‘qirkan, kularsan, do‘stim,
O‘zimning fikrimni so‘rarsan, do‘stim —

Zarra bo‘linadi shaksiz, va lekin
Bunday bo‘linishning bor ma'lum cheki.

Zarraning tarkibi, albatta, zarra,
Ammo u bo‘linmas karrama-karra.

Sarsonmiz axtarib matlubimizni,
Bu zamon tushunmas maktubimizni.

Sen-ku bilib bo‘lding bu xatning sirin,
Avlodlar anglaydi ming yildan keyin"².

Suhrob ZIYO

¹ -" atom" lotinchada "bo‘linmas" degani.
² - 1913-yilda daniyalik olim Nils Bor fizik olim Rezerford yaratgan atomning planetar modeliga asosan ilk bor atomning ichki tuzilish nazariyasini yaratdi.

2022.mart.
413007
Suhrob Ziyo logo
Suhrob Ziyo

26-apr, 2026, 21:56

Photo
Moh, senga ertaklar so‘zlaganim yo‘q.
Va'da berganim yo‘q taxt-u saroyni.
Menda ko‘ngil degan bir g‘arib joy bor,
Menda bir oqshom bor, kutadi oyni...

Tug'ilgan kunimiz qutlug' bo'lsin!
5190025
Suhrob Ziyo logo
Suhrob Ziyo

26-apr, 2026, 21:56

Video
Mansur Jumayev
(1991- 2024)

НИЯТ

Онамни алдадим соппа-соғман деб,
Отамни алдадим: “Пулим бор доим”.
Оғамни алдадим: “Борарман, насиб...”
Мен сени нима деб алдай, Худойим?!

Ғунчани гул дедим – кулди, қувонди,
Булбул деб айтганим чумчуқми, билмам,
Бунда бахт бор дедим, эркам ишонди...
Роббим, энди мени ёлғончи қилма!

✍Мансур ЖУМАЕВ

Rassom, rejissyor : Elnur Egamov
4710021
Suhrob Ziyo logo
Suhrob Ziyo

26-apr, 2026, 21:56

Video
"FOLKLOR ALPI"

✍🏻 Akademik To'ra Mirzayev faoliyati va olimning 90 yillik yubileyi munosabati bilan o'tkazilgan xalqaro ilmiy-nazariy anjuman haqidagi maxsus ko'rsatuv.

🕰 16-aprel, payshanba, soat 18:40da.

📺 "Mahalla" telekanalida tomosha qiling.

https://t.me/MahallaTelekanali
1,460000
Suhrob Ziyo logo
Suhrob Ziyo

21-apr, 2026, 02:13

Photo
#chorlov

"Bobolar izidan..." loyihasining Oltoy va Ozarboyjon safariga bag‘ishlangan taqdimoti uchun Sizga taklifnoma kelmadi? Xafa bo‘lmang!

Agar shaxsan taklifnoma yuborilganida shunchaki ism-familiyangiz yozilgan bo‘lar edi, mana bunaqa universal taklifnomada esa millat oydini deb hurmatlanyapsiz.

Xullas, bobomizdan qolgan bog‘ga oralaganday o‘tib borilaveradigan taqdimot bo‘lyapti. Tortinish yo‘q! Bexijolat kelavering. Voqea joyini bilasiz!

🗄 https://t.me/Farrux_Jabborbek
424000
Suhrob Ziyo logo
Suhrob Ziyo

21-apr, 2026, 02:13

Photo
Maqtanib turaylik, oʻqirmiz-da.
5340022
Suhrob Ziyo logo
Suhrob Ziyo

21-apr, 2026, 02:13

Video
Atoqli shoira va yozuvchi Saida Zunnunova tavalludining 100 yilligiga bag'ishlanadi...
Shoira bosib o'tgan ibratli ijod va hayot yo'llariga nazar solamiz.

🎬 "O’shal damlar..."

🗓 12-aprel, yakshanba

⏱️ 20:20 da

❗️ O'tkazib yubormang!
405005
Suhrob Ziyo logo
Suhrob Ziyo

21-apr, 2026, 02:13

Qishloqning o‘ylari chanqatib qo‘ydi,
Yig‘ishtirib keldim tun suratini.
Yomg‘ir yog‘mayapti, pichirlamoqda,
Xudo bizga atab yozgan xatini.
682007
Suhrob Ziyo logo
Suhrob Ziyo

21-apr, 2026, 02:13

Photo
Bu yoqda temuriylarning muhtasham nazm kechasi davom etyapti.
5520014
Suhrob Ziyo logo
Suhrob Ziyo

21-apr, 2026, 02:13

KITOB KO’TAROLMAYDIGAN ODAM
YOXUD SAVODSIZNING PARVOZI
3-pardali tragikomediya

(Eltuzar “minbar”indan yangrag’on bir nimarsag’a oʻppa-oʻzimning bir nimarsa deg’onim https://t.me/eltuzaruz )

***
— Voydod odolatsizlik, tilbizirni qishlaqilar bosib kettii…
— Dod, bu SurQashning dastidan, ishlab bo’mayketti…
— MTRK turniketidan o’tkannan peshanangga “yaqqu-yaq” deb urishadi, kim boor…

***
— Eshitdingizmu?
— Neni?
— "Mahalla" tilibudunyosinda "Kitob ko'targ'on odam" otlig' podqost bor emish...
— Shunga ne bo'ptur, taqsir?
— Andoq saviyosiz, andoq saviyosiz emishki, unda kitob va matbuot haqida so'z borurmish...

***
— O'g'ri bo'l, qaroqchi bo'l, savodli bo'l...
— Bu ne demak?
— Savodli muxolif faqat sening yuzingni ochmoq istaydi, savodsiz esa ham o'zining ham, ham sening yuzingni ochishqa urinadir.

👉🏻 https://telegra.ph/KITOB-KOTAROLMAYDIGAN-ODAM-YOXUD-SAVODSIZNING-PARVOZI-04-09

Bizning sahifalar:
https://t.me/kitob_kotargan_odam | https://www.instagram.com/reel/DUtpFIuDGek/?igsh=MTNxdzV2bDR5djU5bQ== | https://youtube.com/@kitob_kotargan_odam?si=nZg0cR_R2KJN2Rw8
475007
Suhrob Ziyo logo
Suhrob Ziyo

21-apr, 2026, 02:13

Video
Men xayol suraman...
433004
Suhrob Ziyo logo
Suhrob Ziyo

21-apr, 2026, 02:13

Photo
“MUTOLAA”DA SHE’RIYAT davom etadi!

Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi “Mutolaa” loyihasi hamda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida Amir TEMUR tavalludiga bagʻishlangan “Ishq - adolatdadur” nomli teatrlashtirilgan nazm kechasini taqdim etadi.

• Dastur qahramonlari: Shahriyor Shavkat,
Nozima Habibullayeva

• Mehmon: shoir va aktyor Erkin BOZOROV hamda
Oʻlmas TEMUR

📝 Soʻz va adabiyot muxlislarini 9-aprel kuni soat 18:00 da O‘zbekiston Milliy kutubxonasida kutib qolamiz.

👇Ro’yxatdan o’tish uchun ushbu soʻrovnomani to’ldiring:
https://forms.gle/UtZ9vG7RxZ7hV2Ay8

https://me-qr.com/E8U1zNFP
247003

Showing 29 of 29 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

Suhrob Ziyo Telegram kanali nima haqida?+

Suhrob Ziyo (@suhrob_ziyo1) — tgdio da Fotosuratlar toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 1 041 obunachi bor.

Suhrob Ziyo (@suhrob_ziyo1) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @suhrob_ziyo1 ga bepul obuna bo‘ling.

Suhrob Ziyo yaxshi Fotosuratlar kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin Suhrob Ziyo reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 1 041 obunachi bor. O‘xshash Fotosuratlar kanallar bilan solishtiring.

Suhrob Ziyo statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @suhrob_ziyo1 sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.