Temurbek Adhamov Telegram channel photo

Temurbek Adhamov

@temurbek_adhamovPublic Channel

Ish va shaxsiy hayotdagi tajribalarni o'rtoqlashaman

4.8k

Last views

13.2k (13,246 subscribers)
A'zolar
—
Rating
39
Total Posts
Oct 16, 2026, 1:50 PM
Yangilangan
Apr 17, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameTemurbek Adhamov
Username@temurbek_adhamov
CategoryHayot darslari
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar13,246
Channel TypePublic Channel
Created17-apr, 2026
Last Updated16-okt, 2026 • 5 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#225517-88
Til reytingi
#1216-10
Toifa reytingi
#1517-5

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 13.2K30 Days growth: -480.4%
09/1709/2209/2710/0210/0710/1210/16
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
17:09:202613,294
18:09:202613,294
19:09:202613,261
20:09:202613,261
21:09:202613,261
22:09:202613,261
23:09:202613,261
24:09:202613,261
25:09:202613,261
26:09:202613,261
27:09:202613,261
28:09:202613,261
29:09:202613,261
30:09:202613,261
01:10:202613,261
02:10:202613,261
03:10:202613,261
04:10:202613,261
05:10:202613,261
06:10:202613,261
07:10:202613,261
08:10:202613,261
09:10:202613,261
10:10:202613,261
11:10:202613,261
12:10:202613,261
13:10:202613,261
14:10:202613,261
15:10:202613,261
16:10:202613,246
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 13:04:202612,658
Week of 20:04:202612,658
Week of 27:04:202612,658
Week of 04:05:202613,119
Week of 11:05:202613,119
Week of 18:05:202613,119
Week of 25:05:202613,119
Week of 01:06:202613,119
Week of 08:06:202613,119
Week of 15:06:202613,119
Week of 22:06:202613,119
Week of 29:06:202613,119
Week of 06:07:202613,211
Week of 13:07:202613,211
Week of 20:07:202613,211
Week of 27:07:202613,211
Week of 03:08:202613,211
Week of 10:08:202613,211
Week of 17:08:202613,207
Week of 24:08:202613,207
Week of 31:08:202613,276
Week of 07:09:202613,294
Week of 14:09:202613,261
Week of 21:09:202613,261
Week of 28:09:202613,261
Week of 05:10:202613,261
Week of 12:10:202613,246
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
April 202612,658
May 202613,119
June 202613,119
July 202613,211
August 202613,276
September 202613,261
October 202613,246
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
202613,246

So'nggi postlar

Temurbek Adhamov logo
Temurbek Adhamov

16-okt, 2026, 16:28

Oldinlari loyiha qurish (dasturchilar yordamida) judayam qiyin edi, katta mablag', vaqt va yaxshigina toqat kerak bo'lardi. Hozir jarayon tubdan o'zgardi. Ibrohim aka va Shavkatjon jamoadoshlarim, biz ular bilan doim g'oyalar bo'yicha gaplashardik, bugun ular startap quryapti, siz Edubaza yoki Nikoh ilovasi haqida eshitgan bo'lsangiz kerak, shu loyihalar boshlang'ich bosqichda dasturchilar yordamisiz nocode asosida qurilgan, Edubazani hozirgacha Ibrohim aka o'zlari qurishadi, vaholanki, Ibrohim aka ham Shavkatjon ham dasturchi emas.

G'oyangiz bormi, muhit sizga eng katta yordamchi, tahlil qilishdan, muhokamaga qo'yishdan, o'z-o'zingizga nimaga, qanday qilib, degan savolni berishdan qochmang. Bugungi kunda AI zamonida bizni ko'p bilimlar, turlicha dunyoqarash, ko'p funksiyali bilim (har sohadan bir shingil) qutqaradi.

Agar AI bilan birga rivojlansangiz ishingizni yo'qotishdan qo'rqmasangiz bo'ladi. AI'dan foydalanish deganda chat ochib google kabi savol javob qilishni nazarda tutmayapman. balki haqiqiy ish muhiti yaratishni aytyapman. Talabamisiz, AI bilan ish muhiti yaratib birga o'rganing, xodimmisiz ishlaringizni AI yordamida qiling, unga kerakli datalarni yuklang, jamoaviy ishlashga o'ting. Xullas gapirsa gap ko'p, update davri keldi
4,7700098
Temurbek Adhamov logo
Temurbek Adhamov

16-okt, 2026, 10:58

Sun'iy intellektga ba'zilar qo'rquv bilan qaraydi hozirgacha, men ne'mat sifatida qarayman. Butun dunyo ma'lumotlari, ularni qayta ishlash, dunyo ma'lumotlarini til to'siqlarisiz o'rganish bu chinakam dinamik sakrash, biz shu davrga to'g'ri keldik.

Esimizni tanigan chog'imizda kompyuter savodxonligi hamma uchun qay darajada kerak bo'lgan bo'lsa, hozir sun'iy intellektdan to'g'ri va samarali foydalanish hamma uchun birdek foydali. Tez va samarali moslasha olgan har kim yutadi.

Siz va raqobatchingiz o'rtasidagi farq AI'dan qay darajada to'g'ri va jamoaviy foydalanishga ko'ra farq qiladi.
18,00000139
Temurbek Adhamov logo
Temurbek Adhamov

15-okt, 2026, 18:10

Photo1/2
• Оилангиздаги муносабатларни яхшиламоқчимисиз?
• Бахтли ва саодатли оила қуриш ниятингиз борми?
• Шахсан Икром Шарифдан жонли тавсиялар олишни истайсизми?

Акамиз Икром Шариф "Фароғат қасри" курсига қабул бошлабдилар. “Фароғат қасри” оилада тотувлик, бирдамлик, сакинатни бардавом бўлишига хизмат қиладиган курсдир.

Оила илмини ўрганаман деганлар учун тавсия қиламиз. Дарслар 19 октябр санасидан бошланар экан.

👤 Қабул менежерига ёзиш

📎 Курс ҳақида батафсил

@ikromsharif
4,9300039
Temurbek Adhamov logo
Temurbek Adhamov

05-sen, 2026, 16:26

Ko'ring, toki oilalar saodat qo'rg'oniga aylansin!

"Alohida mavzu"ning navbatdagi sonida oilaviy hayotning bosqichlari va saodatli oila qurish uchun bosiladigan qadamlar haqida gap boradi. Suhbatimiz mehmonlari esa Mahmud Usmon va Ikrom Sharif ustozlar bo'lishdi.

Suhbat davomida siz:
-Inson o'ziga juft tanlayotganda nimalarga e'tibor berishi kerak?
-Oilada sevgi-muhabbatning roli qanchalik muhim?
-Yosh oilalar qanday qilib baxt poydevorini quradilar?
-Erkak kishi chinakam rahbarga aylanish sirlari nimalar?
-Oilaviy hayot bosqichlari qanday kabi qiziqarli va dolzarb masalalar bo'yicha javobga ega bo'lasiz

❗️Baxtiyor oila qurish uchun kerak bo'ladigan sifatlarni bilib oling! Videoni tomosha qiling: https://youtu.be/mxBgie7pAUE

https://t.me/alohidamavzu
Video Thumbnail
8,7400078
Temurbek Adhamov logo
Temurbek Adhamov

05-sen, 2026, 16:26

Xohlaganday yashash huquqmi?

Gurung 13-son

Gurung suhbatlarining navbatdagi soni mehmoni — huquqshunos Javohir Shukurov.

Huquqiy madaniyatni rivojlantirish uchun hamma yuridik universitetni bitirishi shart emas. Buning uchun huquqshunos diplomining keragi yo‘q. Bilingki, sizning huquqlaringiz boshqa bir insonning huquqlari boshlangan joyda tugaydi. Mashinani taqiqlangan joyga qo‘ymaslik, internetda haqoratli izoh yozmaslik va tunda qo‘shnilarni bezovta qilmaslik ham huquqiy ong belgisidir. Har qanday shartnomani imzolashdan avval uning oxirgi satrlarigacha o‘qish, do‘kondan chek talab qilish va har bir to‘lovning asosini so‘rash — bu huquqiy madaniyatdir.
Siz oxirgi marta qachon o‘z huquqingizni himoya qila oldingiz?

Izohlarda yozib qoldiring, biz ularni albatta o‘qiymiz va keyingi sonlarda tahlil qilamiz.

📹 https://www.youtube.com/watch?v=gmGPG0SdpZM

https://t.me/gurungpodkasti
Video Thumbnail
7,0100027
Temurbek Adhamov logo
Temurbek Adhamov

29-avg, 2026, 23:55

Fotima qizimga...

8 oycha avval tush ko'rdim, tushimda menga, "Yaqinda qiz farzandli bo'lasan, ismini Fotima deb qo'y, yaxshilikka vasila bo'ladi hali", deyildi. Odatda tushlarimni tez unutib yuboraman, lekin bu tushni unutmadim. Farzandli bo'lishimni bilar edim, lekin hali jinsini bilmasdik. Oilamga agar qiz bo'lsa ismini Fotima deb qo'yamiz, dedim, ko'ruvlar payti bildikki, homilaning jinsi qiz bola. O'ziga hamd bo'lsin, eshitib xursand bo'ldim.

Allohning taqdiri ekan, 36 haftalik vaqtida vafot etgan holida tug'ildi... Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yetgan musibatlardan biri menga ham yetdi, o'z farzandimni 32 yoshimda tuproqqa qo'ydim. Tuproqqa qo'yar ekanman, tushimni va Rasululloh sollalohu alayhi vasallam aytgan hadisni eslab ko'zlarim tinmadi...

Xolid Absiydan rivoyat qilinadi: "O‘g‘lim vafot etdi. Bundan juda qattiq xafa bo‘ldim. "Ey Abu Hurayra! Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan biror narsa eshitganmisan? O‘lganlarimiz haqida ko‘ngillarimizni ko‘taradigan narsa bormi?" deb so‘radim. "Men Nabiy sollallohu alayhi vasallamning "Kichkintoy farzandlaringiz jannatning erkatoylaridir", deganlarini eshitganman», dedi". Boshqa rivoyatda kelgan qo‘shimchada: "Ulardan biri otasini uchratib, kiyimining bir tarafidan tutib, jannatga kiritguncha qo‘yib yubormaydi", deyilgan.

Ruhimning ruhi, mushfiqim, jannat rayhonim, dilbandim, shafoatchim, Fotimam sizga ruh puflangan vaqtdan vafotingizgacha bo'lgan davrda bizdan rozi bo'ling. Yaxshilikka vasila bo'lishingiz, Robbingizdan bolalarcha xarxasha qilib biz uchun mag'firat so'rashingizdir balki. Dunyoda bolaligingizni ko'ra olmadingiz, jannatlarda sizni katta qilishni Allohdan yolvorib so'rayman. Firdavs jannatlarida ko'rishguncha...

Inna lillahi va inna ilayhi rojiun
19,900001,946
Temurbek Adhamov logo
Temurbek Adhamov

20-avg, 2026, 19:45

Video
⏳ Namanganlik ota-onalar, yangi o‘quv yiliga sanoqli kunlar qoldi: Hali ham maktab tanlamadingizmi?

Tavakkal qilmang! Najot Ta’lim maktabida 1 KUNLIK BEPUL SINOV kuniga keling va barchasini o‘z ko‘zingiz bilan baholang:

👧 Farzandingiz:
• Ilk robotini yasaydi va VR ko‘zoynaklarda dars o‘tadi;
• Bilim diagnostikasidan o‘tib, 1 kun to‘liq o‘quvchimizdek o‘qiydi.

👨‍👩‍👧 Siz esa:
• Direktor va ustozlar bilan yakkama-yakka suhbatlashasiz;
• Oshxona taomlarini tatib, sharoit va xavfsizlikni ko‘zdan kechirasiz.

⚠️ Qabul yakunlanmoqda 90% joylar to'lib bo'ldi, bepul sinov darsi uchun joylar soni cheklangan!

🗓 Kuni: Shanba (22-avgust)
⏰ Vaqti: 09:00

👉🏻 Ro'yxatdan o'tish

📞 Aloqa: 78-777-1234
📍Manzil: Namangan shahri, Islom Karimov ko'chasi 9A
13,6000033
Temurbek Adhamov logo
Temurbek Adhamov

17-avg, 2026, 13:35

Photo1/2
Meta (Instagram) mening platformamni rasman tekshirdi va tasdiqladi. Tech provayder huquqini berdi.✅

Loyiha kodini esa... men yozmaganman.

Chatla — Instagram'da kommentni mijozga aylantiradigan platforma. Uni vibecoding bilan qurganman: g'oya → savollar → texnik hujjat → AI quradi, men boshqaraman.

Kelayotgan juma kuni, 21-avgust, soat 20:00 da bu jarayonni birinchi marta to'liq ichidan ochib ko'rsataman.

📱 Yopiq Zoom-razbor:
— birinchi promptdan Meta tasdig'igacha, real raqamlar bilan
— xatolarim: qaysi qaror necha haftani yeganini
— va jonli amaliyot: bitta g'oyani ko'z o'ngingizda TZ'ga aylantiramiz

Atigi 200 ta joy ochganmiz. Birinchi 50 ta ishtirokchi uchun — 149 000 so'm, keyingi narxlar oshib boradi.

Kafolat: birinchi 30 daqiqada qimmatli bo'lmasa — ishtirok uchun to'lagan pulingiz so'zsiz qaytadi.

Yopiq zoom-razbrda joy band qilish → vibecoding.uz/meet/chatla-razbor
13,3000048
Temurbek Adhamov logo
Temurbek Adhamov

15-avg, 2026, 08:38

O’qishga kira olmadim, nima qilay?

O‘qishga kirganlar kabi rivojlanish, muvaffaqiyatga erishishning aniq yo‘llari, bugun ushbu mavzularni Aziz Rahimov va Abdusattor Abdurahimov bilan muhokama qildik.

Suhbat davomida siz:
- To‘g‘ri muhitni qayerdan topsa bo‘ladi?
- Inson hayotida nega murabbiy muhim?
- Orzudagi ishga qanday kirsa bo‘ladi?
- Nega hamma ham qo‘ygan maqsadlariga erisha olmaydi kabi savollarga javob olasiz.

Bu suhbatni nafaqat o‘qishga kira olmaganlar, balki o‘qishga kirib turib ham yanada rivojlanish istagida bo‘lganlarga ham ko‘rishni tavsiya qilamiz: https://youtu.be/DCcPH9c5BuM

@alohidamavzu
Video Thumbnail
12,8000065
Temurbek Adhamov logo
Temurbek Adhamov

08-avg, 2026, 21:14

Video
Instagramdagi shu video to’lqinlantirib yubordi, farzand dunyoga kelishi Allohning haqiqiy mo’jizasi.

Bandasiga nima yaxshi va yomonligini O’zigina biladi. Solih va soliha farzandlar bilan siylasin barchani!
12,40000255
Temurbek Adhamov logo
Temurbek Adhamov

04-avg, 2026, 15:59

Assalomu alaykum, ustoz. Ahvollaringiz yaxshimi, salomatmisiz?

Esingizda bo‘lsa, bundan 2 yil oldin sizga LinkedIn’da xalqaro kompaniyaga kirganligim haqida xabar qoldirgan edim. O‘sha vaqt ko‘rishib, minnatdorchiligimni bildirishga fursat bo‘lmagandi.

Oradan bir qancha vaqt o‘tib, ukamning bitiruv kunida ko‘rishib, gaplashish nasib qilgandi siz bilan.

Linkedinda habarimda yozgan edim, dunyodagi eng top kompaniyalardan biriga kirib, sizga video xabar orqali telefon qilishligimni aytgan edim.

Bugun qanday jamoa ichidaligimni bir ko‘ring, ustoz:
https://mrdiyorbek.uz/blog/my-journey-to-octane#jamoamiz-bilan-tanishing

React’ning core qismini yozgan, dizayn qilgan bosh asoschi muhandis, OpenAI engineer’lari va founderlar ichidaman bugun. Top kompaniyalarda ofisdan turib ishlamasam ham, u yerdagi eng top engineerlar bilan bir jamoada ishlashlik nasib qilyapti.

Ko‘rishganimizda ikki og‘iz aytib o‘tgandim sizga, hozirda oz-moz progress bor ular bilan, lekin hozirgichalik kuchli emasdi.

Hozir esa yangi kelajak frameworkini yozib chiqdik, hozir boshlang‘ich versiyada ishlab turibdi. React 2 deb tushunsangiz ham bo‘ladi 😊

Inshaalloh, nasib qilsa, O‘zbek dev community’ga birinchilardan bo‘lib bu frameworkni Core Maintaineri sifatida olib kiraman.

Inshaalloh, yangiliklar ko‘p bo‘ladi, ustoz. Hali bu boshlanishi.

Sizga va Najot Ta’lim jamoasiga kattakon rahmat. 😊
11,80000161
Temurbek Adhamov logo
Temurbek Adhamov

04-avg, 2026, 14:14

Ayollarga yaxshilik qilishni istasangiz, shu narsalarni sovg’a qiling:

- sifatli quloqchin
- Mutolaa premiumga obuna
- tajvid kursi
- qiziqqan kitoblari
- dars qilishga qulay parta, stul, daftar va ruchkalar.

Shu usulda rag’batlantiring:

- o’qigan kitobi ma’nosini aytib bersa;
- eshitgan podkasti haqida so’zlab bersa;
- Qur’ondan yodlagan surasini o’qisa;
- bir kursni yakunlab, sertifikatni ko’rsatsa -> ma’lum sovg’a/pul miqdori.

Boshida rag’batga qiziqishadi, keyin ilmning o’ziga. Vaqtlari mazmunli o’tsa, stressga tushmay qo’yishadi Allohning izni bilan.
8,62000266
Temurbek Adhamov logo
Temurbek Adhamov

20-iyl, 2026, 12:36

Video
🕌 Sadaqayi joriyaga o‘z hissangizni qo‘shing!

Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumanida “Kichik mundiyon” jome masjidi qurilishi davom etmoqda. Poydevor va asosiy qurilish ishlari amalga oshirildi.

Ayni paytda ichki-tashqi pardozlash ishlarini yakunlash va tomini yopish uchun saxovatli insonlarning ko‘magiga ehtiyoj bor.

Har bir ehsoningiz, har bir so‘mingiz masjid qurilishining tezroq bitishiga va ko‘plab musulmonlarning ibodat qilishiga sabab bo‘ladi. Bu xayrli ishda ishtirok etib, sadaqai joriya sohibi bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.

💳 Xayriya uchun karta raqamlari:

Uzcard (UnionPay)
6262 5700 4618 5247

HUMO
9860 0303 2132 2619

Uzcard (UnionPay)
6262 5704 6676 5312

📞 Bog‘lanish uchun:
+998 99 598 32 33

Mazkur xabarni yaqinlaringiz va do‘stlaringizga ulashish orqali bo‘lsa ham ushbu savobli ishga hissa qo‘shing.
11,3000054
Temurbek Adhamov logo
Temurbek Adhamov

15-iyl, 2026, 10:32

OpenAI o'tgan yili 13 milliard dollar topib, 38 milliard dollar zarar ko'ribdi. ChatGPT'ni 1,1 milliard odam ishlatadi, lekin atigi 5 foizi pul to'laydi. Endi o'ylab ko'ring: bu bepul bayram kim hisobidan davom etyapti va tugaganda nima bo'ladi?

Shu savolga javob beradigan zo'r tahlil o'qidim, tavsiya qilaman:https://telegram.me/pivotuzbekistan/3288

Telegram

Pivot.uz | Startap va texnologiya

Arzon tokenlar davri tugagach narxlar qanday o’zgaradi?Avvaliga yangi taksi xizmati sizni deyarli sovg‘a sifatida tashiydi, messenjer esa reklamasiz ishlaydi. Ammo yillar o‘tib narxlar o‘n baravar qimmatlashadi. Bugun AI bozori xuddi shu "enshittifikatsiya"…

VIEW CHANNEL
13,0000041
Temurbek Adhamov logo
Temurbek Adhamov

10-iyl, 2026, 15:58

Kelajak sizni kutib turmaydi — u allaqachon boshlangan!

"Alohida mavzu"ning navbatdagi sonida sun'iy intellektning hayotimizga kirib kelishi, kasblar taqdiri va farzandlarimiz kelajagi haqida gap boradi. Suhbatimiz mehmonlari esa Xurshidbek Maroziqov va Ibrohim Qodirov bo'lishdi.

Suhbat davomida siz:
-Sun'iy intellekt kimlar uchun imkoniyat, kimlar uchun xavf?
-Qaysi kasblar sun'iy intellekt tufayli yo'qolib ketishi mumkin?
-Robotlar jismoniy mehnatni qay darajada egallab olmoqda?
-Doimiy sun'iy intellektdan foydalanish tafakkurimizga qanday ta'sir qiladi?
-Farzandlarimizni ushbu davrga qanday tayyorlash kerak kabi qiziqarli va dolzarb masalalar bo'yicha javobga ega bo'lasiz

❗️Sun'iy intellekt davrida nimalarga tayyor bo'lish kerakligini bilib oling!

Videoni tomosha qiling: https://youtu.be/puhzzueozdw

@alohidamavzu
Video Thumbnail
10,3000040
Temurbek Adhamov logo
Temurbek Adhamov

08-iyl, 2026, 15:47

Video
🌾 Фермерлар, бир саволга жавоб беринг: карбамидга кетаётган пулингизнинг катта қисми ҳавога учиб кетаётганини биласизми?

🔬 БИОАЗОТ — ҳаводаги бепул азотни тирик бактериялар орқали илдизга етказади.

📊 Натижа: — Ҳосил 20–40% ошади;
— Кимёвий ўғит харажати камаяди;
— Тупроқ йилдан-йилга тикланади.

🌳 Ғалла, пахта, боғ ва сабзавот — барчаси учун тўғри келади.

📦 1 гектарга 6 литр тавсия қилинади.

💡 Аввало бир парча ерда синаб кўринг — фарқни ўзингиз кўрасиз.

📞 +998935712111 — маслаҳат бепул, етказиб бериш бор.
Telegram: @bioazot01
8,7800041
Temurbek Adhamov logo
Temurbek Adhamov

28-apr, 2026, 14:36

Instagramdagi https://www.instagram.com/reel/DWbKcSHiHmz/ so'ng juda ko'pchilik "Sun'iy intellektdan samarali foydalanish" bo'yicha onlayn kursga qiziqish bildirishdi.

Kursga qabul tez kunda ochiladi. Jamoa buning ustida ishlayapti )

Ungacha esa, shu post izohiga kursda nimalarni o'rganishni istashingiz haqida yozing 👇
4,4300074
Temurbek Adhamov logo
Temurbek Adhamov

28-apr, 2026, 14:36

Qayerdadir, otasiz yoki onasiz o'sayotgan bolalarni ko'rsam yurak bag'rim eziladi, istaymanki oilalarda ajrashuv bo'lmasin.

Alohida mavzuda shu bo'yicha suhbat qurdik, Ikrom Sharif va Shavkat Hasan akalardan Alloh rozi bo'lsin, bu suhbatdan o'zim ham ko'p-ko'p manfaat oldim.

Bu suhbatni ko'ring, toki oilalarda janjal bo'lmasin, ajrashuvlar kam bo'lsin, jamiyatda yetim bolalar kamaysin.

Ey oila egalari, qo’rg’oningizni asrang, eng qiyin holatda ham farzandlaringizni o’ylang, hissiyotda qaror qabul qilishga shoshilmang!

Hoy ayollar, oilangiz bu saodat maskani, boriga qanoat qiling, asosiysi juftingizni halol ishlab sizlarni ta’minlashi, oilangiz sirini hech va zinhor ko’chaga olib chiqmang, eng qiyin vaziyatda ham javobingizni so’rashga shoshilmang, muloqotdan qochmang, juftingiz bilan o’zaro suhbatlashing, muammoni yaxshilik bilan hal qilishga odatlaning!

Ey erkaklar, ey mas’ullar, juftingiz bu sharafingizdir, ayol kishi hissiyot egasi ekanligini unutmang, oilani saqlab qolish uchun eng avvalo biz mas’ulmiz, suhbat uchun doim ochiq bo’ling, ajrashishdan oldin sizdan yoshlari va tajribalari katta insonlar bilan suhbatlashing, taqdir bo’lib ajrashsangiz hech qachon farzandingizni tashlab qo’ymang, u sizning zurriyotingiz, vorisingiz, sharafingizdir!

Alloh taolodan so'raymanki, ushbu ko'rsatuv sabab qancha oila saqlab qolinsa, yetim bolalar kamaysa uning sababidan bizni savoblar bilan siylasin!

https://youtu.be/SIqQL9e9Ruw
Video Thumbnail
6,64000101
Temurbek Adhamov logo
Temurbek Adhamov

28-apr, 2026, 14:36

Ular bilan bo'l. Chunki ular:

1. Xulosa qilishdan oldin doim ikkinchi tomonni eshitadilar;
2. Qarshi fikr eshitganda, balki nohaqdirman deb o'ylay oladilar;
3. Ehtimoliy nozik jihatlarni oldindan sahnalashtirib, tasavvur qila oladilar;
4. O'zlarini boshqa inson o'rniga qo'yib fikrlay oladilar;
5. Ko'zga oson ko'rinishiga qarab emas, potensial yetishiga qarab maqsadlar qo'yadilar;
6. Mas'uliyatidagi ishlarni doim birinchi bajaradilar;
7. Insonlar, jarayon va voqeliklardan tez insayt olishlari, tez qo'llashlari mumkin;
8. Qattiq qo'llik, hazil va jiddiylikni nozik me'yorini biladilar;
9. Muhit, vaziyat, holatni ayblamaydilar, moslashadilar;
10. Tanbehni ko'tara olishingizga qarab beradilar:
11. "Kichik" ishlarga "kichik" fokus qilmaydilar

#ular #1qism

Siz ular bilanmisiz?
6,77000112
Temurbek Adhamov logo
Temurbek Adhamov

28-apr, 2026, 14:36

"Osmondagi bolalar", "Alohida mavzu" loyihalari uchun SMM Manager izlayapmiz

Biz yuqoridagi loyihalarni, ularning maqsadlarini biladigan, tushunadigan Ijitomiy loyiha SMM ini yurita oladigan inson izlayapmiz.

Ushbu pozitsiya bo'yicha qo'yilgan minimal talablar:
- "Osmondagi bolalar" yoki "Alohida mavzu" loyihalarining doimiy kuzatuvchisi bo'lishingiz;
- Toshkent shahrida, to'liq kun davomida ishlay olishingiz;
- Kamida bitta chet tilini bilishingiz;
- Insonlar bilan muloqot ko'nikmangiz yaxshi bo'lishi kerak;
- SMM bo'yicha kamida 1-3 yil tajribaga ega bo'lishingiz;
- Matnlar bilan yaxshi ishlay olishingiz

O'zingizni shu pozitsiyada ko'rasizmi? Unda quyida ma'lumotlaringizni qoldiring:

👉 https://form.jotform.com/261043639454054
6,6300034
Temurbek Adhamov logo
Temurbek Adhamov

28-apr, 2026, 14:36

Farg'onadagi musobaqaga 3 kun qoldi )

https://t.me/robbituz akademiyasi "Typing (kompyuterda tez yozish) va Matematika" yo'nalishlari bo'yicha tashkillashtirayotgan musobaqa haqida eshitgan bo'lsangiz kerak.

9-14 yosh oralig'idagi yaqinlaringiz yoki farzandingiz bo'lsa, uning bilimlarini sinovdan o'tkazing va bir qancha imkoniyatlar, sovg'alar, pul mukofotlariga ega bo'ling.

👉🏻 https://musobaqa.robbitedu.uz/
6,9700050
Temurbek Adhamov logo
Temurbek Adhamov

28-apr, 2026, 14:36

Photo
Sun'iy intellektni mukammal o'rganish uchun mega grant e'lon qilamiz!
https://t.me/najottalim markazi https://t.me/itpark_uz va https://t.me/wbuzbekistan bilan hamkorlikda 300 nafar yoshlar uchun grant dasturini e'lon qiladi.

Unga ko'ra grant dasturida qizlar, maqsadi aniq bo'lgan yoshlar va imkoniyati cheklanganlar ishtirok etib, Sun'iy intellekt (ML) kursida 8 oy davomida to'liq grant asosida o'qishlari mumkin bo'ladi.

Ushbu dastur 18–30 yosh oralig‘idagi yoshlarni raqamli kasblarga jalb qilish, ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida tashkil qilindi.

G'oliblar ushbu hududlarda ta'lim olishadi:
- Toshkent shahri — 120 ta;
- Qashqadaryo — 60 ta;
- Surxandaryo — 60 ta;
- Xorazm — 60 ta qilib belgilandi.

Grant g‘oliblari 3 bosqichda saralanadi, ariza topshirish, Ingliz tili va texnik bilimlar uchun test sinovi hamda suhbat bosqichi.

Batafsil https://telegra.ph/300-nafar-yoshlar-uchun-Suniy-Intellekt-boyicha-grant-boshlandi-04-07-3

Ariza topshirganlar uchun 12 va 19- aprel sanalarida test sinovi o‘tkaziladi.

Eng ko'p beriladigan https://telegra.ph/Eng-kop-beriladigan-savollar-FAQ-04-07

Joylar soni cheklangan. Hoziroq grant dasturi uchun ariza to’ldiring 👇

🔗 https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLScYW2E2516kviNnaST5jo6UEtfxedkbBRwLi-vlBEADqf2zzA/viewform?usp=header

⏳ Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 18-aprel soat 14:00ga qadar davom etadi.

🔥 http://najottalim.uz/ | http://instagram.com/najottalim | http://wa.me/+998878889857
8,0200057

Showing 30 of 39 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

Temurbek Adhamov Telegram kanali nima haqida?+

Temurbek Adhamov (@temurbek_adhamov) — tgdio da Hayot darslari toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 13 246 obunachi bor.

Temurbek Adhamov (@temurbek_adhamov) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @temurbek_adhamov ga bepul obuna bo‘ling.

Temurbek Adhamov yaxshi Hayot darslari kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin Temurbek Adhamov reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 13 246 obunachi bor. O‘xshash Hayot darslari kanallar bilan solishtiring.

Temurbek Adhamov statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @temurbek_adhamov sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.