TOMCHI Telegram channel photo

TOMCHI

@tomchikanaliPublic Channel

TOMCHI - Сув тежашда ёрдамчи. Савол ва таклифлар бўйича мутахассислар билан алоқа: @tomchiguruhi “TOMCHI” мобил иловасини ўрнатиб олиш: https://nwrmp.uz/link.html

221

Last views

20.8k (20,848 subscribers)
A'zolar
—
Rating
75
Total Posts
Oct 20, 2026, 10:13 PM
Yangilangan
Mar 31, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameTOMCHI
Username@tomchikanali
CategoryMobil ilovalar
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar20,848
Channel TypePublic Channel
Created31-mar, 2026
Last Updated20-okt, 2026 • 20 soat oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#4165-189
Til reytingi
#42-3
Toifa reytingi
#20O'zgarish yo'q

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 20.8K30 Days growth: +10.1K94%
09/2109/2610/0110/0610/1110/1610/20
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
21:09:202610,749
22:09:202610,749
23:09:202610,749
24:09:202610,749
25:09:202610,749
26:09:202610,749
27:09:202610,749
28:09:202610,749
29:09:202610,749
30:09:202610,749
01:10:202610,749
02:10:202610,749
03:10:202610,749
04:10:202610,749
05:10:202610,749
06:10:202610,749
07:10:202610,749
08:10:202610,749
09:10:202610,749
10:10:202610,749
11:10:202610,749
12:10:202610,749
13:10:202621,587
14:10:202621,587
15:10:202621,587
16:10:202621,587
17:10:202621,587
18:10:202621,587
19:10:202621,587
20:10:202620,848
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 30:03:202621,231
Week of 06:04:202620,955
Week of 13:04:202619,786
Week of 20:04:202619,459
Week of 27:04:202619,459
Week of 04:05:202619,459
Week of 11:05:202619,119
Week of 18:05:202619,119
Week of 25:05:202619,119
Week of 01:06:202614,383
Week of 08:06:202614,383
Week of 15:06:202612,119
Week of 22:06:202611,943
Week of 29:06:202611,943
Week of 06:07:202611,943
Week of 13:07:202611,473
Week of 20:07:202611,339
Week of 27:07:202611,229
Week of 03:08:202611,229
Week of 10:08:202611,229
Week of 17:08:202611,070
Week of 24:08:202610,975
Week of 31:08:202610,879
Week of 07:09:202610,879
Week of 14:09:202610,749
Week of 21:09:202610,749
Week of 28:09:202610,749
Week of 05:10:202610,749
Week of 12:10:202621,587
Week of 19:10:202620,848
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
March 202622,433
April 202619,459
May 202619,119
June 202611,943
July 202611,339
August 202610,975
September 202610,749
October 202620,848
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
202620,848

So'nggi postlar

TOMCHI logo
TOMCHI

18-okt, 2026, 10:04

Photo
#TerminlarLugati

🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤

⚙️ HAJMIY NASOS NIMA?

Hajmiy nasos — suyuqlikni ishchi kameraning hajmini o‘zgartirish orqali quvurlarga uzatuvchi qurilma.

🔵 Qanday ishlaydi?
Suyuqlik porshen, shesternya, vint yoki boshqa mexanizmlar harakati yordamida bosim ostida uzatiladi.

🔧 Asosiy turlari:

• Porshenli (plunjerli)
• Membranali
• Rotorli

💧 Hajmiy nasoslar suv ta’minoti, sug‘orish tizimlari va suyuqliklarni dozalashda qo‘llaniladi.

😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM
221001
TOMCHI logo
TOMCHI

18-okt, 2026, 08:32

Photo
#BilibOling

SHAMOL TA’SIRIDA EGILIB O‘SGAN DARAXTLAR

🇳🇿 Yangi Zelandiyaning janubiy qismidagi Slope Point burnida g‘ayrioddiy manzarani uchratish mumkin. Bu yerda daraxtlar tik emas, balki bir tomonga kuchli egilgan holda o‘sadi.

🌪 Hududda okean tomondan muntazam esadigan kuchli shamollar daraxtlarning o‘sish shakliga ta’sir ko‘rsatgan. Natijada ularning shoxlari shamoldan pana tomonga qarab rivojlangan.

🌿 Bunday hodisa bayroqsimon o‘sish (flagging) deb ataladi. Daraxtlarning bu ko‘rinishi ularning uzoq yillar davomida shamolli muhitga moslashganini ko‘rsatadi.

🐈‍⬛ Tabiat ba’zan o‘z tarixini daraxtlarning shaklida ham aks ettiradi.

📍 Slope Point, Yangi Zelandiya.

😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM
406002
TOMCHI logo
TOMCHI

17-okt, 2026, 17:59

Photo
#Meteopost

🌱💧 2026-yil 16-oktabr kuni ekin dalalaridan bug‘langan namlik miqdori

Suvchilar maktabining viloyatlar markazlari yaqinida joylashgan tajriba uchastkalaridagi meteostansiyalar ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 16-oktabr kuni tuproq namligining bug‘lanishi quyidagicha kuzatildi:

🔴 Nisbatan yuqori bug‘lanish — Navoiy, Toshkent viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida.
🟠 Nisbatan o‘rtacha bug‘lanish — Xorazm, Buxoro, Samarqand, Surxondaryo va Jizzax viloyatlarida.
🟢 Nisbatan past bug‘lanish — Qashqadaryo, Sirdaryo, Farg‘ona, Namangan va Andijon viloyatlarida.

💡 Xulosa: Dehqon va fermerlarga takroriy va kechki sabzavotlar hamda kuzgi g‘alla ekinlarini sug‘orishda tuproq namligini muntazam kuzatish, sug‘orish muddatlari va me’yorlarini meteostansiya ma’lumotlari asosida belgilash tavsiya etiladi.

📊 Batafsil ma’lumotlar infografikada.

😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM
1,290006
TOMCHI logo
TOMCHI

17-okt, 2026, 15:46

Photo
#Meteopost

🌱💧 2026-yil 15-oktabr kuni ekin dalalaridan bug‘langan namlik miqdori

Suvchilar maktabining viloyatlar markazlari yaqinida joylashgan tajriba uchastkalaridagi meteostansiyalar ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 15-oktabr kuni tuproq namligining bug‘lanishi quyidagicha kuzatildi:

🔴 Nisbatan yuqori bug‘lanish — Navoiy, Toshkent, Surxondaryo viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida.
🟠 Nisbatan o‘rtacha bug‘lanish — Samarqand, Buxoro, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida.
🟢 Nisbatan past bug‘lanish — Farg‘ona, Sirdaryo, Xorazm, Namangan va Andijon viloyatlarida.

💡 Xulosa: Dehqon va fermerlarga takroriy va kechki sabzavotlar hamda kuzgi g‘alla ekinlarini sug‘orishda tuproq namligini muntazam kuzatish, sug‘orish muddatlari va me’yorlarini meteostansiya ma’lumotlari asosida belgilash tavsiya etiladi.

📊 Batafsil ma’lumotlar infografikada.

😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM
1,280006
TOMCHI logo
TOMCHI

17-okt, 2026, 12:33

Video
#SuvKodeksi

🫴SUV KODEKSIGA SHARH |SUV KADASTRI MA’LUMOTLARI NIMA UCHUN KERAK?

📖Suv kodeksining 42-moddasiga ko‘ra, Kadastr ma’lumotlari suvdan kompleks foydalanish va uni muhofaza qilish sxemalarini ishlab chiqishda ham qo‘llaniladi.

Shuningdek, bu ma’lumotlar suv resurslarining hajmi va sifatidagi o‘zgarishlarni prognoz qilish uchun muhim.

 ▶️ Batafsil – videoda.

😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM
1,240006
TOMCHI logo
TOMCHI

16-okt, 2026, 15:30

Photo
15-oktabr — Xalqaro qishloq ayollari kuni

Suvchilik xizmatidan qadr topgan ayol
Dalaga suv o‘z-o‘zidan yetib bormaydi. Uning ortida kanallar va gidrouzellar holatini kecha-yu kunduz kuzatib, har bir o‘zgarishga mas’uliyat bilan yondashadigan suvchilar mehnati turadi. Oltingul Farmanova ana shunday zahmatkash ayollardan biri.

U 25 yildan buyon suv xo‘jaligi sohasida mehnat qilib kelmoqda. Shu yillar davomida oddiy muhandis-dispetcherlikdan tajribali texnik-gidrotexnik darajasigacha bo‘lgan kasbiy yo‘lni bosib o‘tdi.

Oltingul Farmanova 1973-yil 17-sentabrda Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida tug‘ilgan. Uning suv xo‘jaligidagi faoliyati 2001-yilda “Janubiy Mirzacho‘l” magistral kanalidan foydalanish boshqarmasida boshlangan.

Dastlab muhandis-dispetcher bo‘lib ishlagan qahramonimiz keyinchalik boshqarmaning 4-bo‘limi 1-bo‘linmasida gidrotexnika obyektlari qarovchisi vazifasini bajardi. Turli lavozimlardagi faoliyati unga suvni boshqarish, inshootlardan foydalanish va ularning texnik holatini kuzatish bo‘yicha katta tajriba berdi.

2022-yildan buyon Oltingul Farmanova “Janubiy Mirzacho‘l” magistral kanalidan foydalanish boshqarmasida texnik-gidrotexnik lavozimida faoliyat yuritmoqda. Bugun Oqbuloq va Paxtakor gidrouzellari uning kundalik mehnat manzillaridir.
— Gidrotexnika inshootlarining holatini muntazam kuzatib borish, aniqlangan kamchiliklar haqida o‘z vaqtida axborot berish, suvning belgilangan tartibda uzatilishini nazorat qilish hamda xizmat hududida tartibni ta’minlash uning zimmasidagi asosiy vazifalardir. Bu ish doimiy e’tibor va hushyorlikni talab qiladi. Chunki inshootdagi kichik bir nosozlik ham suv yetkazib berish jarayoniga ta’sir qilishi mumkin. Ko‘p yillik tajriba esa Oltingul Farmanovaga vaziyatni to‘g‘ri baholash va zarur choralarni vaqtida ko‘rishda yordam bermoqda, deydi Oltinoy opa.
U chorak asrlik faoliyati davomida to‘plagan bilim va tajribasini yosh xodimlardan ayamaydi. Ularga suvni qadrlash, gidrotexnika inshootlariga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish va vazifani vijdonan bajarish sirlarini o‘rgatib kelmoqda.

Oltingul Farmanovaning mehnat yo‘li — suv xo‘jaligida fidoyilik bilan faoliyat yuritayotgan qishloq ayollarining matonati va kasbga sadoqatiga bir misol. Dalalarga yetib borayotgan suvda uning ham chorak asrlik mehnati mujassam.

Sherzod Butunboyev,
Sirdaryo–Zarafshon ITHB matbuot kotibi

😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM
1,1000010
TOMCHI logo
TOMCHI

16-okt, 2026, 13:33

Photo
#KosmosdanNigoh

💧 KOSMOSDAN QARAGANDA MINGLAB MOVIY KO‘LLAR

🇧🇷 Braziliyaning Atlantika okeani sohilida joylashgan Lençóis Maranhenses milliy bog‘i kosmosdan qaralganda oq qumlar orasiga sochilgan moviy ko‘llarga o‘xshaydi.

☁️ Yomg‘irli mavsumda qum tepalari orasidagi pastqam joylarda suv to‘planib, minglab vaqtinchalik ko‘llar paydo bo‘ladi.

🏜 Quruq mavsumda esa ko‘llarning aksariyati bug‘lanib, suv sathi pasayadi yoki butunlay quriydi.

🛰 Sun’iy yo‘ldosh tasvirlari bu hududda suv va qum manzarasi yil davomida qanday o‘zgarishini kuzatish imkonini beradi.

📍 Lençóis Maranhenses — Braziliya.

😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM
1,0500010
TOMCHI logo
TOMCHI

16-okt, 2026, 11:32

Photo
#SuvHikmati

🔤🔤🔤 O‘Z YO‘LINI TOPADI

Suv yo‘lida to‘siq uchrasa, to‘xtab qolmaydi. Ba’zan uni aylanib o‘tadi, ba’zan esa yillar davomida toshlarni yemirib, o‘ziga yangi yo‘l ochadi.

🔹 Suvning bu xususiyatida hayotiy hikmat mujassam: har qanday to‘siqni kuch bilan emas, sabr va izchillik bilan ham yengish mumkin.

✨ Suv bizga shuni eslatadi: maqsad sari tinimsiz harakat qilishning o‘zi ham katta kuchdir.

😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM
1,2600012
TOMCHI logo
TOMCHI

16-okt, 2026, 10:01

Video
#SuvKodeksi

🫴 SUV KODEKSIGA SHARH |DAVLAT SUV KADASTRI NIMALARNI QAMRAB OLADI?

📖 Suv kodeksining 41-moddasiga ko‘ra, Davlat suv kadastri suv obyektlari va ularning resurslari haqidagi muhim ma’lumotlarni qamrab oladi.

▶️ Batafsil – videoda.

🖇Manba

😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM
1,140008
TOMCHI logo
TOMCHI

16-okt, 2026, 08:34

Video
15-oktyabr — Xalqaro qishloq ayollari kuni

💧 SUV YO‘LIDA KECHGAN UMR

📍 Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanidagi "RK-10" kanali bo‘yida joylashgan "O‘jakent" suv taqsimlash inshooti Aziza Yaqubova uchun oddiy ish joyi emas. Uning qariyb 28 yillik hayoti, oilasi bilan bog‘liq xotiralari va mehnat faoliyati shu maskanda kechgan.

Aziza Yaqubova bugun tuman "Suv yetkazib berish xizmati" davlat muassasasida gidrotexnika inshooti kuzatuvchisi bo‘lib ishlaydi. U mas’ul bo‘lgan inshoot orqali 3 ming 600 gektar ekin maydoniga suv yetkazib beriladi. Suvni belgilangan tartibda taqsimlash va inshootning holatini muntazam kuzatib borish uning kundalik vazifasidir.

🔵 Aziza opa bu yerdagi "Suvchilar uyi"ga ikki oylik kelin bo‘lib kelgan. Turmush o‘rtog‘i mazkur inshootda 16 yil mehnat qilgan. U kishi to‘satdan vafot etgach, ikki farzandini voyaga yetkazish mas’uliyati Aziza opaning zimmasida qoldi. Shunda u turmush o‘rtog‘ining kasbini davom ettirishga qaror qildi.

— Turmush o‘rtog‘im shu yerda 16 yil ishlagan edi. Keyin uning ishini men davom ettirdim. Mana, qariyb 12 yildan buyon suv xo‘jaligi sohasida mehnat qilib kelyapman, — deydi u.

💠 Kamgap va kamsuqum Aziza opa yillar davomida o‘z vazifasini sidqidildan bajarib, farzandlarini voyaga yetkazdi. Qizini turmushga uzatdi. O‘g‘li esa onasi va otasining izidan borib, suv nazoratchisi bo‘lib ish boshladi.

— O‘z kasbimdan faxrlanaman. Odamlarga suv yetkazib berishdek xayrli ishga hissa qo‘shayotganimdan mamnunman, — deydi Aziza Yaqubova.

🔵 Aziza opa uchun «Suvchilar uyi» — yoshlik xotiralari, oilaviy hayoti va halol mehnat bilan o‘tgan yillar manzili. Kanaldan oqqan suv dalalarga hayot bag‘ishlasa, uning fidokorona mehnati minglab gektar maydonda rizq-ro‘z yetishtirilishiga hissa qo‘shmoqda.

💧 Suv oqadi, umr o‘tadi. Ammo insonning halol mehnati va elga qilgan xizmati izsiz ketmaydi.

Chirchiq–Ohangaron ITHB matbuot xizmati

😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM
1,110009
TOMCHI logo
TOMCHI

15-okt, 2026, 19:16

Photo
#Meteopost

🌱💧 2026-yil 14-oktabr kuni ekin dalalaridan bug‘langan namlik miqdori

Suvchilar maktabining viloyatlar markazlari yaqinida joylashgan tajriba uchastkalaridagi meteostansiyalar ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 14-oktabr kuni tuproq namligining bug‘lanishi quyidagicha kuzatildi:

🔴 Nisbatan yuqori bug‘lanish — Surxondaryo, Toshkent viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida.
🟠 Nisbatan o‘rtacha bug‘lanish — Navoiy, Xorazm, Jizzax, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida.
🟢 Nisbatan past bug‘lanish — Sirdaryo, Andijon va Namangan viloyatlarida.

💡 Xulosa: Dehqon va fermerlarga takroriy va kechki sabzavotlar hamda kuzgi g‘alla ekinlarini sug‘orishda tuproq namligini muntazam kuzatish, sug‘orish muddatlari va me’yorlarini meteostansiya ma’lumotlari asosida belgilash tavsiya etiladi.

📊 Batafsil ma’lumotlar infografikada.

😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM
1,260008
TOMCHI logo
TOMCHI

15-okt, 2026, 15:32

Photo
#BilibOling

TOSHLARNI QAMRAB OLGAN ULKAN DARAXT ILDIZLARI

🇰🇭 Kambodjaning Angkor majmuasida ulkan tropik daraxtlar qadimiy tosh inshootlar orasida o‘sib, hayratlanarli manzara hosil qilgan.

🌿 Bu yerda seyba (Ceiba) va boshqa yirik daraxtlarning ildizlari yer yuzasiga chiqib, tosh devorlarni o‘rab olgan. Ayrim ildizlar bir necha metrga cho‘zilib, go‘yo toshlar ustidan oqib tushayotgandek ko‘rinadi.

💧 Nam va iliq tropik iqlim daraxtlarning tez o‘sishi uchun qulay sharoit yaratadi. Ularning ildizlari esa namlik va oziqa izlab, toshlar orasidagi yoriqlar bo‘ylab rivojlanadi.

🌱 Tabiatning qudrati ba’zan daraxtning birgina ildizida ham namoyon bo‘ladi.

📍 Angkor, Kambodja.

😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM
1,2100010
TOMCHI logo
TOMCHI

15-okt, 2026, 13:35

Photo
15 октябрь – Халқаро қишлоқ аёллари куни

Шу кунларда дунёнинг бошқа мамлакатлари қатори юртимизда ҳам яна бир умумбашарий байрам – Халқаро қишлоқ аёллари куни нишонланмоқда.

Азиз ТОМЧИ каналимиз обуначилари, опа-сингиллар, байрамингиз муборак бўлсин! Сизларнинг меҳнатингиз қадрлансин, фикрингиз эшитилсин ва ҳар бир уйда фаровонлик, меҳр ва ҳурмат ҳукмрон бўлсин!

😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM
1,3000017
TOMCHI logo
TOMCHI

10-sen, 2026, 16:44

Photo
#UzbekistanRivers

🏞 Chodaksoy – Sirdaryoning Namangan viloyatidagi oxirgi o‘ng irmog‘i

🌊 Chodaksoy Sirdaryoning Namangan viloyati hududidagi o‘ng irmoqlaridan biri.

🏔 Chodaksoy Qurama tog‘ tizmasining janubiy yon bag‘irlaridan boshlanadi.

📏 Chodaksoyning umumiy uzunligi 76 km, havzasining maydoni esa qariyb 566 km²ga teng.

🏔 Daryo havzasining dengiz sathidan o‘rtacha balandligi 2370 metrni tashkil etadi.

☁️ Chodaksoy asosan qor, muzlik va yomg‘ir suvlaridan to‘yinadi.

💧 Chodaksoyning ko‘p yillik o‘rtacha suv sarfi 3,72 m³/s ni tashkil qiladi.

🌱Yilning vegetatsiya davrida (may-avgust oylarida) esa daryoning suvi ko‘proq oqadi va suv sarfi o‘rtacha 7,24 m³/s ni tashkil qiladi.

🌊 Chodaksoyning suv oqimini rostlash maqsadida daryo havzasida Jiydalisoy suv ombori tashkil qilingan. Suv omborining to‘la hajmi 44 mln.m³, foydali hajmi esa 41,7 mln.m³ ga teng.

⛈ Ko‘p suvli davrlarda (ayniqsa, jala - sel paytlarida) Chodaksoy Sirdaryogacha yetib boradi va Tepaqo‘rg‘on qishlog‘i hududida unga quyiladi.

🚜Chodaksoy daryosining suvi asosan O‘zbekiston Respublikasi Namangan viloyati Pop tumanining ekin maydolarini sug‘orish uchun ishlatiladi.

😎 |📱" https://tomchi.mwr.uz/link.html|😎  https://www.youtube.com/@Tomchi | 😎 https://www.facebook.com/profile.php?id=61591621717806 |🤑 https://t.me/tomchiguruhi |📱 https://www.instagram.com/tomchi_uz_/
1,030009
TOMCHI logo
TOMCHI

10-sen, 2026, 16:44

1,0100011
TOMCHI logo
TOMCHI

10-sen, 2026, 16:44

Photo
Hovuzlarda suvni bug‘lanishdan himoya qilishning yo‘li

🌊 Ochiq suv havzalari – hovuz va suv omborlarida suvning bir qismi quyosh nuri va issiqlik ta’sirida bug‘lanib yo‘qolib ketadi.

🔹 Bu dolzarb muammoni oddiy yo‘l bilan, ya’ni suv yuzasini oltiburchak shakldagi suzuvchi plastmassa qoplamalar bilan yopish orqali yechish mumkin.

📊Mazkur qoplamalarni ishlab chiqaruvchi korxona ma’lumotiga ko‘ra, bunday qoplamalar suv yuzasining 96–99% gacha qismini qoplaydi, suv bug‘lanishini 95% gacha kamaytiradi, suv o‘tlari rivojlanishini cheklaydi, hid va gazlar tarqalishini kamaytiradi.

⚙️ Qoplamalar suvga tashlangach, maxsus konstruksiyasi tufayli suv bilan avtomatik ravishda og‘irlashadi va shamol hamda to‘lqin ta’siriga bardosh bera oladigan holatni egallaydi.

💲 Bir qoplamaning narxi hozirgi kunlarda 0,43 AQSH dollari qiymatida taklif qilinmoqda.

📐 Suv yuzasining 1 m² maydonini qoplash uchun 28 dona qoplama ishlatiladi. Demak, 1 m² suv yuzasini qoplash uchun narxi taxminan 12 AQSH dollariga to‘g‘ri keladigan material talab qilinadi.

🏗 Bu texnologiya suv omborlari, sug‘orish hovuzlari, tindirgichlar, oqova suv havzalari va boshqa ochiq suv inshootlarida qo‘llanishi mumkin.

💧 Suvni kamroq olish emas, balki bor suvni isrof qilmasdan oqilona foydalanish suvdan tejamli foydalanishning eng afzal yo‘llaridan sanaladi.

😎 |📱" https://tomchi.mwr.uz/link.html|😎  https://www.youtube.com/@Tomchi | 😎 https://www.facebook.com/profile.php?id=61591621717806 |🤑 https://t.me/tomchiguruhi |📱 https://www.instagram.com/tomchi_uz_/
1,1300014
TOMCHI logo
TOMCHI

10-sen, 2026, 16:44

Video
🇹🇯 9 СЕНТЯБР — РӮЗИ ИСТИҚЛОЛИЯТИ ДАВЛАТИИ ҶУМҲУРИИ ТОҶИКИСТОН

💐Дастаи «TOMCHI» кулли мардуми шарафманди Тоҷикистонро ба муносибати Рӯзи Истиқлолияти давлатӣ самимона табрик менамояд!

🔵 Ба мардуми Тоҷикистон сулҳу осоиш, суботу шукуфоӣ, фаровонӣ ва пешрафти рӯзафзун орзумандем.

✨ Бигзор ин ҷашни фархунда ба ҳар хонадон файзу баракат, саодат ва рӯзгори обод оварад.

🇹🇯 Рӯзи Истиқлолияти давлатии Ҷумҳурии Тоҷикистон муборак бод!

💧 Бо эҳтиром, дастаи "ТOMCHI""
❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️
🇹🇯 9-SENTABR — TOJIKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MUSTAQILLIGI KUNI

💐 “TOMCHI” jamoasi Tojikiston xalqini Davlat mustaqilligi kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etadi!

🔵 Tojikiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, barqarorlik, farovonlik va izchil taraqqiyot tilaymiz.

✨ Ushbu qutlug‘ bayram har bir xonadonga fayz-u baraka, baxt-saodat va farovon hayot olib kelsin.

🇹🇯 Tojikiston Respublikasi Davlat mustaqilligi kuni muborak bo‘lsin!

💧 Hurmat bilan, “TOMCHI” jamoasi

😎 |📱" https://tomchi.mwr.uz/link.html|😎  https://www.youtube.com/@Tomchi | 😎 https://www.facebook.com/profile.php?id=61591621717806 |🤑 https://t.me/tomchiguruhi |📱 https://www.instagram.com/tomchi_uz_/
1,0200028
TOMCHI logo
TOMCHI

10-sen, 2026, 16:44

Photo
#Trening

BUXORODA SUV RESURSLARINI SAMARALI BOSHQARISH BO‘YICHA O‘QUVLAR BOSHLANDI

📍 Buxoro viloyatida «Orolbo‘yi havzasida suv resurslarini iqlimga mos holda boshqarish» loyihasi doirasida suv xo‘jaligi mutaxassislari, fermerlar, klasterlar va mahalla vakillari uchun o‘quv-treninglar dasturining yangi bosqichi boshlandi.

🔹 Dasturning asosiy maqsadi — suv resurslari cheklangan va iqlim o‘zgarishi ta’siri kuchayib borayotgan sharoitda suvdan samarali foydalanish, tuproq holatini yaxshilash va asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilish bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarni oshirish.

📆 8–12-sentyabr kunlari Amu-Buxoro irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida «Sho‘rlanish va drenajni boshqarish» mavzusida maxsus trening o‘tkazilmoqda.

👥 Unda havza va irrigatsiya tizimlari boshqarmalari, hududiy bo‘linmalar hamda tegishli tashkilotlar mutaxassislari ishtirok etmoqda.

🏷 Mashg‘ulotlarda tuproqning fizik-kimyoviy xususiyatlari, sizot suvlari va sho‘rlanish xaritalari, drenaj tizimlarini boshqarish, sho‘rlanishning hosildorlikka ta’siri, suvni tejash va drenaj suvlaridan qayta foydalanish masalalari o‘rganilmoqda.

📌 Shu bilan birga, Qorako‘l, Olot, Jondor va Buxoro tumanlarida fermer xo‘jaliklari, klasterlar va mahalla vakillari uchun amaliy treninglar tashkil etilmoqda.

🌱 Ularda ekinlarning suvga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash, sug‘orish muddatlari va me’yorlarini belgilash, suv sarfini o‘lchash va hisobga olish, iqlim o‘zgarishining qishloq xo‘jaligiga ta’siri hamda suv, tuproq va ekinlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

📝 O‘quvlar nazariy bilimlarni amaliy mashg‘ulotlar, savol-javoblar va tajriba almashish bilan uyg‘unlashtirgan holda tashkil etilgan.

💧 Mazkur treninglar suv xo‘jaligi tashkilotlaridan tortib bevosita suvdan foydalanuvchilargacha bo‘lgan bo‘g‘inlarda bilim va ko‘nikmalarni oshirish, suv va yer resurslaridan oqilona hamda samarali foydalanishni ta’minlashga xizmat qiladi.

😎 |📱" https://tomchi.mwr.uz/link.html|😎  https://www.youtube.com/@Tomchi | 😎 https://www.facebook.com/profile.php?id=61591621717806 |🤑 https://t.me/tomchiguruhi |📱 https://www.instagram.com/tomchi_uz_/
1,0500010
TOMCHI logo
TOMCHI

10-sen, 2026, 16:44

Photo
#Meteopost

🌱💧 2026-yil 7-sentyabr kuni ekin dalalaridan bug‘langan namlik miqdori

Suvchilar maktabining viloyatlar markazlarida joylashgan tajriba uchastkalaridagi meteostansiyalar ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 7-sentyabr kuni tuproq namligining bug‘lanishi quyidagicha kuzatildi:

🔴 Nisbatan yuqori bug‘lanish – Navoiy, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida.
🟡 Nisbatan o‘rtacha bug‘lanish – Surxondaryo, Jizzax, Samarqand, Namangan, Buxoro, Sirdaryo viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida.
🟢 Nisbatan past bug‘lanish – Xorazm, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida.

💡 Xulosa: Bug‘lanish nisbatan yuqori kuzatilgan hududlarda sug‘orishni o‘z vaqtida amalga oshirish, qolgan hududlarda esa tuproq namligini muntazam kuzatib, sug‘orish muddatlari va me’yorlarini meteostansiya ma’lumotlari asosida belgilash tavsiya etiladi.

📊 Batafsil ma’lumotlar infografikada.

😎 |📱" https://tomchi.mwr.uz/link.html|😎  https://www.youtube.com/@Tomchi | 😎 https://www.facebook.com/profile.php?id=61591621717806 |🤑 https://t.me/tomchiguruhi |📱 https://www.instagram.com/tomchi_uz_/
1,140009
TOMCHI logo
TOMCHI

10-sen, 2026, 16:44

Photo
#SuvSirlari

🌊 DARYO TESKARI TOMONGA OQISHI MUMKINMI?

Daryo suvining yo‘nalishi doimo bir xil bo‘lib tuyuladi. Ammo tabiatda shunday holatlar borki, ayrim daryolarning quyi qismida suv oqimi vaqtincha teskari tomonga harakatlanishi mumkin.

🌕 Buning sabablaridan biri — dengiz va okeanlardagi suv ko‘tarilishi va qaytishi (tides). Suv ko‘tarilgan paytda dengizdan kelayotgan kuchli oqim daryo o‘zani bo‘ylab yuqoriga qarab kirib borishi mumkin.

🌊 Ayrim joylarda esa bu hodisa yanada ta’sirli ko‘rinadi: dengizdan kelgan suv daryoga qarshi harakatlanadigan katta to‘lqin — “tidal bore” hosil qiladi.

🐈‍⬛ Bunday hodisalar dunyoning turli hududlarida, jumladan Amazonka havzasi va Xitoydagi Qiantang daryosi kabi kuchli suv ko‘tarilishi kuzatiladigan joylarda uchraydi.

📏 Tasavvur qiling: daryo bir tomonga oqmoqda, ammo unga qarshi tomondan kuchli suv to‘lqini kirib kelmoqda!

💧 Demak, ayrim sharoitlarda daryoning quyi qismidagi oqim vaqtincha teskari yo‘nalishi mumkin.

❓ Siz bunday hodisa mavjudligini avval bilarmidingiz?

😎 |📱" https://tomchi.mwr.uz/link.html|😎  https://www.youtube.com/@Tomchi | 😎 https://www.facebook.com/profile.php?id=61591621717806 |🤑 https://t.me/tomchiguruhi |📱 https://www.instagram.com/tomchi_uz_/
1,190009
TOMCHI logo
TOMCHI

10-sen, 2026, 16:44

Photo
#DunyoTajribasi

GERMANIYADA SUG‘ORILADIGAN MAYDONLAR NEGA KENGAYMOQDA?

🌱 Germaniya odatda suv tanqis mamlakat sifatida tasavvur qilinmaydi. Ammo iqlim o‘zgarishi va qurg‘oqchil davrlar qishloq xo‘jaligida sug‘orishga bo‘lgan ehtiyojni oshirmoqda.

📊 Germaniya Federal statistika idorasi ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yilda qariyb 554 ming gektar qishloq xo‘jaligi maydoni sug‘orilgan. Bu 2009-yilga nisbatan 49 foizga ko‘p.

💧 2022-yilda qishloq xo‘jaligi sug‘orishiga jami 431,1 million m³ suv ishlatilgan — o‘rtacha 778 m³/ga.

💧 Yana bir qiziq ko‘rsatkich: 2009–2022-yillar oralig‘ida tomchilatib sug‘orishdan foydalanadigan xo‘jaliklar soni 75 foizdan ko‘proqqa oshgan.

🌦️ Germaniya Atrof-muhit agentligi ham iqlim o‘zgarishi sabab ayrim hududlarda qishloq xo‘jaligining sug‘orish ehtiyoji ortishi va hatto tabiiy yer osti suvlari tiklanishidan yuqori bo‘lishi mumkinligini qayd etadi.

📌 Germaniya tajribasi shuni ko‘rsatmoqda: suv resurslari nisbatan yetarli bo‘lgan mamlakatlarda ham qishloq xo‘jaligi iqlim o‘zgarishiga moslashib, sug‘orishni tobora muhim vosita sifatida ko‘rmoqda.

😎 |📱" https://tomchi.mwr.uz/link.html|😎  https://www.youtube.com/@Tomchi | 😎 https://www.facebook.com/profile.php?id=61591621717806 |🤑 https://t.me/tomchiguruhi |📱 https://www.instagram.com/tomchi_uz_/
1,170008
TOMCHI logo
TOMCHI

10-sen, 2026, 16:44

Photo
#TerminlarLugati

🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤

🌍 Iqlim

— yer yuzasining quyosh nurlariga nisbatan og‘ishiga bog‘liq ravishda ob-havoning muayyan joyga xos bo‘lgan ko‘p yillik o‘zgarishlari, ya’ni biron joyda bo‘ladigan ob-havo sharoitlarining majmui va mavsumiy geografik o‘zgarishi; ☀️ quyosh radiatsiyasi, yer to‘shama sirti xususiyatlari hamda ular bilan bog‘liq 🌬 atmosfera sirkulyatsiyasi ta’sirida vujudga keladi.

💧 Iqlim atmosfera va yer yuzasida to‘xtovsiz davom etadigan tabiiy jarayonlarning (🔥 issiqlik,⚡ kinetik energiyalarning o‘zgarishlari, 💧 suvning bug‘lanishi, 💧 suv bug‘ining suyuqlikka aylanishi, 🌫 namning bir joydan ikkinchi joyga ko‘chishi) natijasidir.

😎 |📱" https://tomchi.mwr.uz/link.html|😎  https://www.youtube.com/@Tomchi | 😎 https://www.facebook.com/profile.php?id=61591621717806 |🤑 https://t.me/tomchiguruhi |📱 https://www.instagram.com/tomchi_uz_/
1,140008
TOMCHI logo
TOMCHI

10-sen, 2026, 16:44

Photo
#MuhimTavsiya

⚠️ YIL BO‘YI QILGAN MEHNATINGIZNI ASRANG!

Hurmatli fermer xo‘jaliklari rahbarlari, klasterlar va agrar soha mas’ullari!

🌿 Ayrim hududlarda hali to‘liq yetilmagan, vazn to‘plash jarayonidagi paxtani terib olish boshlanayotgani kuzatilmoqda.

❗️ Terimdagi shoshqaloqlik yil davomidagi mehnat natijasiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.

🔍 Dalani terimga tayyorligini baholang. Agar g‘o‘zapoya hali to‘liq qurimagan, yashil barglar va yetilayotgan ko‘saklar mavjud bo‘lsa, hosilning yetilish holatiga alohida e’tibor qaratish zarur.

🌱 Defoliatsiya va desikatsiya tadbirlarini belgilangan agrotexnik talablar asosida, o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish muhim. Bu mavjud ko‘saklardagi paxtaning vazn to‘plashi va hosil sifatining yaxshilanishiga xizmat qiladi.

↗️ Agrotexnik tadbirlar to‘g‘ri va ketma-ket bajarilgan ayrim maydonlarda gektaridan 100 sentnergacha hosil olish imkoniyati mavjud. Terimni shoshilinch boshlash esa olinishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha hosil va daromadni boy berishga olib kelishi mumkin.

📌 Eslab qoling: desikatsiya — hosilni terimga tayyorlashdagi muhim agrotexnik tadbirlardan biri.

💧 Hosilni shoshilib emas, dalaning haqiqiy holatiga qarab yig‘ib oling!

😎 |📱" https://tomchi.mwr.uz/link.html|😎  https://www.youtube.com/@Tomchi | 😎 https://www.facebook.com/profile.php?id=61591621717806 |🤑 https://t.me/tomchiguruhi |📱 https://www.instagram.com/tomchi_uz_/
1,100009
TOMCHI logo
TOMCHI

26-avg, 2026, 10:53

Photo
#DunyoTajribasi

🇦🇺💧 AVSTRALIYA: ISHLATILGAN SUVGA “IKKINCHI HAYOT”

♻️ Avstraliyada tozalangan oqova suvlar qishloq xo‘jaligi sug‘orishi, yashil hududlar va sanoatda qayta ishlatiladi.

🌱 Suv sifati uning qayerda ishlatilishiga qarab nazorat qilinadi. Masalan, ayrim yuqori sifatli qayta ishlangan suvlar oziq-ovqat ekinlarini sug‘orishda ham qo‘llanishi mumkin.

😓 Bunday yondashuv chuchuk suv manbalariga bo‘lgan talabni kamaytirish va qurg‘oqchilikka chidamlilikni oshirishga yordam beradi.

🔄 Oqova suv → tozalash → sifat nazorati → qayta foydalanish

💡 Asosiy g‘oya: suvni bir marta ishlatib tashlab yuborish emas, xavfsiz darajada tozalab, maqsadga mos ravishda yana foydalanish.

😎 |📱" https://tomchi.mwr.uz/link.html|😎  https://www.youtube.com/@Tomchi | 😎 https://www.facebook.com/profile.php?id=61591621717806 |🤑 https://t.me/tomchiguruhi |📱 https://www.instagram.com/tomchi_uz_/
1,170006
TOMCHI logo
TOMCHI

26-avg, 2026, 10:53

Photo
#TerminlarLugatiati

🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤

🌧💧 YOMG‘IRLATIB SUG‘ORISH TIZIMI KENG QAMROVLI

🔹 Aylanma yoki frontal harakatlanuvchi agregatlar yordamida suv yetkazib beradigan yomg‘irlatib sug‘orish tizimi.

😎 |📱" https://tomchi.mwr.uz/link.html|😎  https://www.youtube.com/@Tomchi | 😎 https://www.facebook.com/profile.php?id=61591621717806 |🤑 https://t.me/tomchiguruhi |📱 https://www.instagram.com/tomchi_uz_/
1,140006
TOMCHI logo
TOMCHI

26-avg, 2026, 10:53

Photo
#Meteopost

🌾💧 Ekin dalalaridan bug‘langan namlik miqdori

Suvchilar maktabining viloyatlar markazlarida joylashgan tajriba uchastkalaridagi meteostansiyalar ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 21-avgust kuni tuproq namligining bug‘lanishi quyidagicha kuzatildi:

🟣 Juda yuqori bug‘lanish — Surxondaryo viloyatida.
🔴 Nisbatan yuqori bug‘lanish — Buxoro va Navoiy viloyatlarida.
🟠 Nisbatan o‘rtacha bug‘lanish — Toshkent, Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Samarqand va Namangan viloyatlarida.
🟢 Nisbatan past bug‘lanish — Xorazm, Andijon, Farg‘ona viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida.

💡 Xulosa: Bug‘lanish juda yuqori va nisbatan yuqori kuzatilgan hududlarda sug‘orishni o‘z vaqtida amalga oshirish, qolgan hududlarda esa tuproq namligini muntazam kuzatib, sug‘orish muddatlari va me’yorlarini meteostansiya ma’lumotlari asosida belgilash tavsiya etiladi.

📊 Batafsil ma’lumotlar infografikada.

😎 |📱" https://tomchi.mwr.uz/link.html|😎  https://www.youtube.com/@Tomchi | 😎 https://www.facebook.com/profile.php?id=61591621717806 |🤑 https://t.me/tomchiguruhi |📱 https://www.instagram.com/tomchi_uz_/
695005
TOMCHI logo
TOMCHI

26-avg, 2026, 10:53

Photo
#Meteopost

🌾💧 Ekin dalalaridan bug‘langan namlik miqdori

Suvchilar maktabining viloyatlar markazlarida joylashgan tajriba uchastkalaridagi meteostansiyalar ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 20-avgust kuni tuproq namligining bug‘lanishi quyidagicha kuzatildi:

🔴 Nisbatan yuqori bug‘lanish — Surxondaryo, Toshkent va Samarqand viloyatlarida.
🟠 Nisbatan o‘rtacha bug‘lanish — Navoiy, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Xorazm, Namangan viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida.
🟢 Nisbatan past bug‘lanish — Farg‘ona, Sirdaryo va Andijon viloyatlarida.

💡 Xulosa: Bug‘lanish nisbatan yuqori kuzatilgan hududlarda sug‘orishni o‘z vaqtida amalga oshirish, qolgan hududlarda esa tuproq namligini muntazam kuzatib, sug‘orish muddatlari va me’yorlarini meteostansiya ma’lumotlari asosida belgilash tavsiya etiladi.

📊 Batafsil ma’lumotlar infografikada.

😎 |📱" https://tomchi.mwr.uz/link.html|😎  https://www.youtube.com/@Tomchi | 😎 https://www.facebook.com/profile.php?id=61591621717806 |🤑 https://t.me/tomchiguruhi |📱 https://www.instagram.com/tomchi_uz_/
1,200004
TOMCHI logo
TOMCHI

26-avg, 2026, 10:53

Photo
#BilibOling

🏔🌊 TOG‘ DARYOLARI NEGA TEKISLIK DARYOLARIDAN TEZROQ OQADI?

🏔 Tog‘li hududlarda daryo o‘zanining nishabligi katta bo‘ladi. Balandlikning qisqa masofada tez pasayishi suvning tezroq harakatlanishiga sabab bo‘ladi.

🌊 Oqim tezlashgani sari suvning eroziya va tog‘ jinslarini ko‘chirish kuchi ham ortishi mumkin. Shu sababli tog‘ daryolarida toshli o‘zanlar, sharsharalar va ostonalar ko‘p uchraydi.

🏞 Tekislikka chiqqach esa daryoning nishabligi odatda kamayadi. Oqim sekinlashib, daryo kengroq o‘zan va burilishlar hosil qilishi mumkin.

💡 Asosiy sabab — o‘zan nishabligi: nishablik qancha katta bo‘lsa, boshqa sharoitlar bir xil bo‘lganda suvning tezroq oqishi uchun sharoit shuncha kuchli bo‘ladi.

😎 |📱" https://tomchi.mwr.uz/link.html|😎  https://www.youtube.com/@Tomchi | 😎 https://www.facebook.com/profile.php?id=61591621717806 |🤑 https://t.me/tomchiguruhi |📱 https://www.instagram.com/tomchi_uz_/
1,210006

Showing 30 of 75 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

TOMCHI Telegram kanali nima haqida?+

TOMCHI (@tomchikanali) — tgdio da Mobil ilovalar toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 20 848 obunachi bor.

TOMCHI (@tomchikanali) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @tomchikanali ga bepul obuna bo‘ling.

TOMCHI yaxshi Mobil ilovalar kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin TOMCHI reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 20 848 obunachi bor. O‘xshash Mobil ilovalar kanallar bilan solishtiring.

TOMCHI statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @tomchikanali sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.