🌱 YOSH TADQIQOTCHI: ILMIY IZLANISH VA BILIM ALMASHISH SARI MUHIM QADAM!✅
😊Toshkent davlat agrar universiteti🏛️Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakultetining 1-kurs talabasi Djurayeva Nigora o‘zining ilmiy izlanishlari va tashabbuskorligi bilan tengdoshlari orasida ilm-fanga bo‘lgan qiziqishni oshirishga hissa qo‘shmoqda.
U tomonidan “Qovoqdanmarmelad mahsulotini ishlab chiqarishda blanshirovka jarayonining ilmiy-texnologik ahamiyati” mavzusida ilmiy maqola tayyorlandi. Mazkur maqolada qovoqdan marmelad ishlab chiqarish texnologiyasi, blanshirovka jarayonining mahsulot sifatiga ta’siri hamda qayta ishlash jarayonida qo‘llaniladigan texnologik yondashuvlarning ahamiyati yoritilgan.
E’tiborlisi, 1-kurs talabasi bo‘lishiga qaramay, Nigora o‘zi o‘rgangan bilim va tajribalarini boshqa talabalar bilan bo‘lishib, ularga ilmiy maqola yozishning o‘ziga xos jihatlari, maqolaning tuzilishi, mavzuni to‘g‘ri tanlash, ilmiy ma’lumotlarni izlash va tahlil qilish, fikrlarni izchil bayon etish hamda maqolani talablar asosida rasmiylashtirish tartibi haqida batafsil tushuncha berdi.
Shuningdek, u o‘z maqolasi misolida ilmiy izlanishlarni amaliy faoliyat bilan bog‘lash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan samarali foydalanish va ularni qayta ishlash orqali yangi turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini yaratish imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi.
Qovoq vitaminlar, mineral moddalar va boshqa foydali birikmalarga ega bo‘lgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan biri hisoblanadi. Undan marmelad tayyorlash esa mahsulotning iste’mol qiymatini oshirish, qayta ishlash imkoniyatlarini kengaytirish va tayyor mahsulot turlarini ko‘paytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Marmelad ishlab chiqarishda blanshirovka jarayonini to‘g‘ri tashkil etish xomashyoning xususiyatlarini saqlash va keyingi texnologik jarayonlarning samaradorligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.
Ushbu tashabbus nafaqat talabaning o‘z ustida ishlashi va ilmiy izlanishlarga bo‘lgan intilishini, balki egallagan bilimlarini boshqalarga yetkazish, tengdoshlari bilan fikr almashish va ularni ham izlanishga ruhlantirishga bo‘lgan intilishini namoyon etadi.
Bugungi kunda yoshlarning ilmiy faoliyatga jalb etilishi, ularning yangi g‘oyalar ustida ishlashi va o‘z bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishi oliy ta’limning muhim vazifalaridan biridir. Nigora kabi tashabbuskor yoshlarning izlanishlari boshqa talabalar uchun ham o‘rnak bo‘lib, ilm-fan sari dadil qadam tashlashga undaydi.
Zero, bilimni egallash — yutuq, uni boshqalar bilan bo‘lishish esa yanada katta qadriyatdir!✅
📲Kanalimiz
https://t.me/ToshDAU_Innovatsiya👥Guruhimiz
https://t.me/qxms_qi_fakulteti