TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI Telegram channel photo

TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI

@tsmu_yaPublic Channel

Toshkent davlat tibbiyot universitetining Yoshlar Akademiyasi rasmiy kanali🔊 Kanalda rasmiy ilmiy-innovatsion tanlovlar va imkoniyatlar haqida ma’lumot berib boriladi⚡️ Ilm-fan rivojiga oʻz hissangni qoʻsh Savol va murojaatlar uchun: @tsmu_ya_bot

Tibbiyoto‘zbekOʻzbekiston

660

Last views

3.5k (3,496 subscribers)
A'zolar
—
Rating
73
Total Posts
Oct 15, 2026, 2:16 AM
Yangilangan
Apr 8, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameTDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI
Username@tsmu_ya
CategoryTibbiyot
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar3,496
Channel TypePublic Channel
Created8-apr, 2026
Last Updated15-okt, 2026 • 7 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#73869+381
Til reytingi
#571+3
Toifa reytingi
#1778+8

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 3.5K30 Days growth: +1193.5%
09/1509/2009/2509/3010/0510/1010/14
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
15:09:20263,377
16:09:20263,377
17:09:20263,466
18:09:20263,466
19:09:20263,466
20:09:20263,466
21:09:20263,466
22:09:20263,466
23:09:20263,466
24:09:20263,466
25:09:20263,466
26:09:20263,466
27:09:20263,466
28:09:20263,466
29:09:20263,466
30:09:20263,466
01:10:20263,466
02:10:20263,466
03:10:20263,466
04:10:20263,466
05:10:20263,466
06:10:20263,466
07:10:20263,466
08:10:20263,466
09:10:20263,466
10:10:20263,466
11:10:20263,466
12:10:20263,466
13:10:20263,466
14:10:20263,496
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 06:04:20263,088
Week of 13:04:20263,088
Week of 20:04:20263,088
Week of 27:04:20263,262
Week of 04:05:20263,262
Week of 11:05:20263,314
Week of 18:05:20263,314
Week of 25:05:20263,314
Week of 01:06:20263,368
Week of 08:06:20263,368
Week of 15:06:20263,368
Week of 22:06:20263,368
Week of 29:06:20263,333
Week of 06:07:20263,333
Week of 13:07:20263,333
Week of 20:07:20263,333
Week of 27:07:20263,333
Week of 03:08:20263,227
Week of 10:08:20263,227
Week of 17:08:20263,369
Week of 24:08:20263,377
Week of 31:08:20263,377
Week of 07:09:20263,377
Week of 14:09:20263,466
Week of 21:09:20263,466
Week of 28:09:20263,466
Week of 05:10:20263,466
Week of 12:10:20263,496
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
April 20263,262
May 20263,314
June 20263,368
July 20263,333
August 20263,377
September 20263,466
October 20263,496
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
20263,496

So'nggi postlar

TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI logo
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI

15-okt, 2026, 10:42

🏆Mirzo Ulug‘bek vorislari tanlovining 2025-2026 yilgi Respublika bosqichi g‘oliblari va “Mintaqaviy yakdillik” yosh oydinlar munozara klubi a’zolari o‘rtasida mintaqa yosh izlanuvchilarining qo‘shma ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini yo‘lga qo‘yishni tashkil etish hamda eng yaxshilarini moliyalashtirish uchunI tashkil etilgan tanlov g‘oliblari aniqlandi!

Tanlovda ishtirokchilar o‘zlarining ilmiy yangilikka ega, ishlab chiqarishga va amaliyotga joriy etishga tayyor mahsulot hamda ishlanmalarini taqdim etdilar.

🎉 Tanlovning uchta yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblar bilan tanishing:
🥇 16–19 yoshdagi ishtirokchilar o‘rtasida:
🏆 Namangan davlat texnika universiteti talabasi Mamadaliyev Zayniddin Xusniddin o‘g‘li

🥇 20–25 yoshdagi ishtirokchilar o‘rtasida (texnika, axborot texnologiyalari, kimyo texnologiyasi, arxitektura va qurilish yo‘nalishlari):
🏆 Buxoro Davlat Texnika Universiteti magistri Fazlitdinov Jaxongir Ravshanovich

🥇 20–25 yoshdagi ishtirokchilar o‘rtasida (tibbiyot, tibbiyotda axborot texnologiyalari, qishloq xo‘jaligi, biotexnologiya, farmatsevtika, ijtimoiy-gumanitar va boshqa yo‘nalishlar):
🏆 Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabasi Qoriyev Sa’dulloh Abdullo o‘g‘li

💰 Har bir g‘olib 20 000 000 (yigirma million) so‘m miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi!

👏 G‘oliblarni samimiy muborakbod etamiz! Ularga kelgusi ilmiy izlanishlarida ulkan muvaffaqiyatlar, yangi kashfiyotlar va o‘z ishlanmalarini amaliyotga muvaffaqiyatli tatbiq etishlarini tilaymiz!

🌟 Yoshlar ilm-fani va innovatsion g‘oyalari — mamlakatimiz taraqqiyotining muhim poydevoridir!
660004
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI logo
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI

10-okt, 2026, 16:49

Video
📢 DIQQAT! NOMDOR STIPENDIYALAR VA NOMINATSIYALAR TANLOVI ISHTIROKCHILARI UCHUN TEST SINOVLARI OʻTKAZILDI.

🇺🇿 Toshkent davlat tibbiyot universitetida 2026-yil 8–oktabr kunlari nomdor stipendiyalar va nominatsiyalar tanlovi doirasida majburiy fanlar bo‘yicha test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

📚 TEST SINOVLARI HAQIDA:

🔹 Jami: 100 ta test savoli
🔹 Har bir savol uchun: 40 soniya
🔹 Ingliz tili: 35 ta savol
🔹 Informatika: 35 ta savol
🔹 O‘zbekiston tarixi: 30 ta savol

⚠️ TEST TOPSHIRISH TARTIBI:

📌 Test sinovlari, umumiy tartibga ko‘ra, oflayn shaklda o‘tkaziladi.

💻 Onlayn (masofaviy) shaklda test topshirish faqat quyidagi toifadagi talabalar uchun nazarda tutilgan:
▪️ Bitiruvchi kurs talabalari;
▪️ Xorijiy fakultetning viza bilan bog‘liq muammolari mavjud talabalari.

❗ Boshqa barcha nomzodlar test sinovlarida oflayn shaklda ishtirok etadilar.

📌 Eslatma: Onlayn test topshirish uchun murojaat qiluvchi nomzodlar amaldagi nizom talablariga muvofiq asoslovchi hujjatlarni ham taqdim etishlari shart.

🇺🇿Tashkent davlat tibbiyot universiteti
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi

👉 @tashmeduni_mth
782005
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI logo
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI

29-sen, 2026, 00:41

Photo1/2
💻 «IT QUEENS – KELAJAKNI YARATUVCHI QIZLAR» TANLOVIGA START! 🔸
O‘z g‘oyangizni real loyiha, texnologik yechim yoki innovatsion ishlanma sifatida namoyish etishni xohlaysizmi?
Unda bu imkoniyat aynan SIZ UCHUN! 🔥
💡 Qaysi yo‘nalishlarda qatnashish mumkin?
🔹 💻 Dasturiy ta’minot
🔹 ⚙️ Veb-ishlanmalar
🔹 🔹 Mobil ilovalar
🔹 🔹 Sun’iy intellekt
🔹 💻 Kiberxavfsizlik
🔹 🫥 Raqamli ta’lim
🔹 ⚙️ Avtomatlashtirilgan tizimlar
🔹🖥 Aqlli qurilmalar va IoT IT_queen.docx IT_queen.docx
🔴 MUHIM!
🖥 Google Formani 30-sentabrgacha to‘ldirib, topshirish kerak!
⚠️ Muddatni o‘tkazib yubormang!
Tanlovning OTM bosqichida ishtirokchilar o‘z loyihalarini 5–7 daqiqa davomida taqdim etadilar va ishlanmani imkon qadar jonli namoyish qilish talab etiladi. IT_queen.docx
🔹 Tanlovning respublika bosqichi 2026-yil 11-oktabr kuni Toshkent davlat transport universitetida o‘tkazilishi belgilangan. IT_queen.docx
🔸 O‘z g‘oyangni ko‘rsatish vaqti keldi!
G‘oyang bor — imkoniyat bor!
Loyihangni tayyorla — Google Formani to‘ldir — tanlovda ishtirok et!
Tanlov nizomi
Google Form: havola
🫥 Oxirgi muddat: 30-SENTABR 2026-YIL
Barcha talaba-qizlarni faol ishtirok etishga chorlaymiz! 🌟
🇺🇿 Tashkent davlat tibbiyot universiteti
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi!

👉@tashmeduni_mth
1,460001
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI logo
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI

25-sen, 2026, 13:44

Photo1/2
Tadbir ushbu manzil bo'lib o'tadi!
13 30 kech qolmasligingizni so'rab qolamiz!
1,410000
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI logo
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI

25-sen, 2026, 13:44

Photo1/2
❗️❗️❗️MUHIM ESLATMA❗️❗️❗️
Tadbirga 13 30 da kelishingiz so'raladi
14 00 da tadbir boshlanadi!
🚀 STARTUP OLAMIGA BIRINCHI QADAM!
💡 G‘oyadan — haqiqiy startapgacha!
Talaba-qizlar uchun startap, innovatsiya va yangi g‘oyalarni shakllantirishga bag‘ishlangan maxsus seminar tashkil etiladi.
🎙 MAXSUS MEHMON
👩‍🔬 Artikxodjayeva Barno Alisherovna
Biotexnolog, PhD
📌 Seminarda:
🔹 Startap uchun g‘oyani qanday topish mumkin?
🔹 Ilmiy g‘oyani startapga qanday aylantirish mumkin?
🔹 Muammoni aniqlash va innovatsion yechim yaratish
🔹 G‘oyani rivojlantirish va loyihaga aylantirish
🔹 Startap sohasidagi imkoniyatlar va rivojlanish yo‘llari
✨ Ilmiy g‘oya → Innovatsion yechim → STARTUP!
📅 Sana: 25-sentabr, 2026-yil
⏰ Vaqt: 14:00
📍 Manzil: Toshkent davlat tibbiyot universitetining Zakovat arenasi oq zal
🤝 Tashkilotchilar:
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi
Universitet Xotin-qizlar kengashi
👩‍💻 Aziz talaba-qizlar!
O‘z g‘oyangizni toping, uni rivojlantiring va kelajakdagi startapingizga ilk qadamni biz bilan tashlang!
Sizning g‘oyangiz — katta imkoniyatlarning boshlanishi! 🚀
🎓 SEMINARDA ISHTIROK ETGAN BARCHA QATNASHCHILARGA SERTIFIKAT BERILADI!
🇺🇿 Tashkent davlat tibbiyot universiteti
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi!

👉@tashmeduni_mth
1,310002
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI logo
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI

25-sen, 2026, 00:33

Video
❗️❗️❗️Postlarni oxirigacha oqing❗️❗️❗️

TDTU nomdor stipendiyalar qabul muddati uzaytirildi va test muddati sanalari e’lon qilindi.

2026-2027-oʻquv yili uchun ta’sis etilgan nomdor stipendiyalar muddati 3-oktabrga qadar uzaytirildi.
Arizalar qabul qilingandan soʻng quyidagilardan 8-9-oktabr kunlari test bo'lib o'tadi!
O'zbekiston tarixi, Informatika, Ingiliz tili
Ushbu talab O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga Universitet talabalarini bosqichma-bosqich tayyorlab borish maqsadida joriy qilinmoqda. Testlar uchun tushadigan mavzular va bazalarini shu kanalda yuboramiz.
✅ Nomdor stipendiyalar nima
✅ Roʻyxatdan oʻtish uchun qoʻllanma
✅ Nomdor stipendiyalar haqida umumiy ma’lumot
✅ Baholash mezonlari
✅ Stipendiya yoʻnalishlari
✅ Majburiy yuklanadigan hujjatlar na'munasi
✅ Stipendiya kvotalari va kurslar bo'yicha

🇺🇿 Tashkent davlat tibbiyot universiteti
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi!

👉@tashmeduni_mth
1,050007
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI logo
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI

21-sen, 2026, 17:08

Video
Tashkent davlat tibbiyot universitetida 3 kun davomida talabalarning nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishga qaratilgan Professor Tal'at Saydalimovich Agzamxo‘jayev nomidagi Universitet olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.
📚 1-kuni talabalar test va klinik keyslar orqali bilimlarini namoyish etdilar. USMLE darajasidagi savollarga javob berishdi.
🫀 2-kuni BLS bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar sinovdan o‘tkazildi.
🏅 3-kuni esa eng yuqori natijalarni qayd etgan 15 nafar talabalar diplom va estalik sovgʻalar bilan taqdirlanishdi.

🇺🇿 Tashkent davlat tibbiyot universiteti
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi!

👉@tashmeduni_mth
1,450003
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI logo
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI

21-sen, 2026, 13:06

Video
📢TDTU nomdor stipendiyalar va nominatsiyalar uchun qanday ro’yxatdan o’tish mumkin?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalari uchun muhim xabar!

☑ Barcha stipendiyalar uchun TDTUning TDTU iqtidorli talabalar platformasi orqali oʻtkaziladi.

❗️ Roʻyxatdan oʻtish tartibi videoda batafsil koʻrsatilgan, 5 daqiqa vaqtingizni ajratib koʻrsangiz tez va oson tushunib olasiz.

Arizangiz tashkilotchilar tomonidan koʻrib chiqiladi. Natijasini shaxsiy kabinetdagi “Ariza holati” boʻlimidan kuzatib borishingiz mumkin.

Hujjat namunasi bu yerda (koʻk ustiga bosing)

@tashmeduni_mth
1,400001
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI logo
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI

20-sen, 2026, 11:28

- Hurmatli Toshkent davlat tibbiyot universiteri talabalari

Universitetning nomdor stipendiyalari boʻyicha eng koʻp keladigan savollarga javoblar:

1. Bir nechta stipendiyaga ariza topshirsa boʻladimi?
– Yoʻq. Faqatgina 1 ta stipendiyaga ariza topshira olasiz va 1 tasiga tanlanib olinishingiz mumkin boʻladi.

2. 2-3 yil oldingi sertifikatlarimni yuklasam boʻladimi?
– Agar avval hech qanday stipendiyaga ariza topshirmagan boʻlsangiz, ulardan foydalansangiz boʻladi. Aksincha boʻlsa, yoʻq.

3. Qalbakilashtirsam nima boʻladi?
– Avtomatik tarzda stipendiyadan chetlashtirilasiz va keyingi yillar ham qatnasha olmaysiz.

4. Nechanchi kurslar ariza bera oladi?
–Bakalavr 2-6 va magistr 2-3-kurslar

Yana qanday savollar qolib ketdi?

@tashmeduni_mth
1,660004
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI logo
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI

18-sen, 2026, 20:21

Video
Tashkent davlat tibbiyot universitetida 2 kun davomida talabalarning nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishga qaratilgan Professor Tal'at Saydalimovich Agzamxo‘jayev nomidagi Universitet olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.
📚 1-bosqichda talabalar test va klinik keyslar orqali bilimlarini namoyish etdilar. USMLE darajasidagi savollarga javob berishdi.
🫀 2-bosqichda esa BLS bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar sinovdan o‘tkazildi.
🏅 Eng yuqori natijalarni qayd etgan 15 nafar talabalar taqdirlanishdi.
1-oʻrin XONJONOVA E'ZOZA ZAYNIDDIN QIZI
1-oʻrin IBROXIMOV BAXODIR ROFIK O'G'LI
1-oʻrin SAIDOV XURSHID G'AYRAT O'G'LI
2-oʻrin FARXIDDINOV RAVSHANBEK FARRUX O'G'LI
2-oʻrin SAPARALIYEV UMIDJON XASAN O'G'LI
2-oʻrinSADULLAYEV IBROHIMJON IBODULLA O'G'LI
2-oʻrin G'ANIYEVA MASHHURA NURIDDIN QIZI
2-oʻrin KARIMOV ISLOMBEK SALIM O'G'LI
2-oʻrin BULTAKOV ABROR ZUBOYDULLO O'G'LI
3-oʻrin ABDUMO MINOVA MOHINUR ABDURASHIDOVNI
3-oʻrin MAMAYUSUPOVA DILSHODA XAYOT QIZI
3-oʻrin BEKOV FOZILBEK ISROIL O'G'LI
3-oʻrin ABDUZIYOYEV AZIMJON DILSHOD O'G'LI
3-oʻrin DAVRONOV MUHAMMADRAJAB ILHOM O'G'LI
3-oʻrin KAMOLXONOV ISOXON MUSOXON O'G'LI
🇺🇿 Tashkent davlat tibbiyot universiteti
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi!

👉@tashmeduni_mth
1,270002
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI logo
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI

18-sen, 2026, 00:20

Video
🏆 PROFESSOR T.S. AGZAMXO‘JAYEV NOMIDAGI OLIMPIADA BO‘LIB O‘TDI! 🩺

Tashkent davlat tibbiyot universitetida talabalarning nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishga qaratilgan Professor T.S. Agzamxo‘jayev nomidagi Universitet olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.
📚 1-bosqichda talabalar test va klinik keyslar orqali bilimlarini namoyish etdilar. USMLE darajasidagi savollarga javob berishdi.
🫀 2-bosqichda esa BLS bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar sinovdan o‘tkazildi.
🏅 Eng yuqori natijalarni qayd etgan talabalar taqdirlanib, CAUda o‘tkaziladigan keyingi bosqichga yo‘llanma oldilar.
👏 Barcha ishtirokchilarni tabriklaymiz va keyingi bosqichda omad tilaymiz!
🇺🇿 Tashkent davlat tibbiyot universiteti
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi!

👉@tashmeduni_mth
1,710004
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI logo
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI

16-sen, 2026, 20:54

Video
Professor Tal'at Saydalimovich Agzamxo'jayev nomidagi klinik bilim va amaliy ko'nikmalar bo'yicha universitet talabalarining I Olimpiadasi birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. 🏆
Birinchi bosqichda ishtirokchilar 30 ta test savoli va 10 ta klinik keysni bajarishdi. 📝🩺
Natijalarga ko‘ra, eng yuqori natija ko‘rsatgan 15 nafar talaba keyingi — ikkinchi va final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi! 🎉
📹 Birinchi bosqich jarayoni va barcha tafsilotlarni jamoamiz tomonidan tayyorlangan videoda tomosha qilishingiz mumkin!
🔥 Final bosqichi ishtirokchilariga omad tilaymiz!

🇺🇿 Tashkent davlat tibbiyot universiteti
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi!

👉@tashmeduni_mth
1,330003
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI logo
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI

14-sen, 2026, 02:05

🎓4-5-6 KURSNI TAMOMLAGAN TALABALARNI COLBA O'QUV MARKAZI BIOLOGIYA O'QITUVCHILIGI UCHUN ISHGA QABUL QILADI!

Biz tabiiy fanlarga qiziqqan bolalarni o‘qitib, ularni tibbiyot oliygohlariga tayyorlaymiz. 16 yildan beri ta'lim sohasidamiz, hozirda 4 ta COLBA maktabi va 3 ta o‘quv markazimiz mavjud.

🔍 Asosiy vazifalar:
- O‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini tahlil qilish hamda muammoli o‘quvchilar bilan ishlash
- Interaktiv va zamonaviy metodlar asosida dars o‘ta olish
- Nazorat ishlari, testlar, og‘zaki so‘rovlar va amaliy topshiriqlar orqali o‘quvchilarning bilim darajasini muntazam baholab borish

✅ Talab qilinadigan ko‘nikmalar:
- 22-45 yosh orasidagi 3 yillik tajribaga ega nomzodlar
- Milliy sertifikat darajasi A yoki A+ bo'lishi afzallik beradi
- Botanika, zoologiya, odam anatomiyasi, genetika, mikrobiologiya va umumiy biologiya bo‘yicha mukammal bilim

Ish haqi: 7 500 000 - 15 000 000 (Ustozning tajribasi va bilim darajasiga qarab o'zgaradi)
Ish vaqti: 14:10 - 19:00 | 6/1
Manzillarimiz:
- Shayxontohur tumani, Nurafshon ko'chasi. (Tinchlik metrodan 7 daqiqalik yo'l)
- Toshkent shahri, O'zgarish metrosi yonginasida

🎁 Biz bilan ishlasangiz, sizga quyidagilar taklif etiladi:
- Shaffof ish haqi tizimi.
- Adekvat rahbariyat – savol bo‘lsa, bemalol murojaat qilishingiz mumkin.

📩 Rezyume yuborish uchun:
https://t.me/colbada_ish_bot

Boshqa e’lonlarimiz bilan tanishish uchun: https://t.me/tsmu_career
635006
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI logo
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI

14-sen, 2026, 02:05

Video
😀 Toshkent davlat tibbiyot universiteti — 2026–2027-o‘quv yili uchun nomli stipendiyalar va turli nominatsiyalar tanlovi e’lon qilinadi!

TDTU talabalari uchun katta imkoniyat! ✨
Ushbu tanlovda bakalavriatning 2–6-bosqich, shuningdek magistraturaning 2–3-bosqich talabalari ishtirok etishlari mumkin.

🏅 Stipendiya turlari:
• Rektor stipendiyalari
• Akademiklar stipendiyasi
• Professorlar stipendiyasi

🏆 Nominatsiyalar turlari:
Turli yo‘nalishlarda talabalarning ilmiy, ijtimoiy va innovatsion faolligini baholovchi maxsus nominatsiyalar (batafsil ro‘yxat platformada beriladi)

📤Yuklanishi shart bo‘lgan asosiy hujjatlar:
• Reyting daftarchasi yoki reyting ma’lumotlari
• Til sertifikatlari (mavjud bo‘lsa)
• Ilmiy, ijtimoiy va innovatsion yutuqlar bo‘yicha asoslovchi hujjatlar
• Boshqa zarur fayllar (platformada ko‘rsatilgan tartibda)

📊Baholash mezonlari — 100 ballik tizim asosida:
• Reyting bali
• Til bilish darajasi
• Ilmiy-innovatsion faollik indeksi
• Ijtimoiy faollik indeksi

📄 https://t.me/c
📱Hemis ID va parol orqali tizimga kirib, ro‘yxatdan o‘tiladi. Hozirda Reyting va Hemis ma’lumotlari avtomatik integratsiya jarayonida ekanligi sababli stipendiyalar boʻlimi yaqin orada koʻrinadi.
📝Ariza topshirish uchun shu link orqali kiring: https://iqtidorli.tashmeduni.uz/
✍️Qoʻshimcha savollar uchun: https://t.me/TDTU_ITITFTEB
Topshirilgan arizalarni “Arizalar bo‘limi” orqali kuzatib borish mumkin. Hujjatlar pdf formatda yuklansin.
Roʻyxatdan oʻtishning oxirgi muddati: 25-sentabr 23:59 gacha!!!
🎓Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!
🇺🇿 Tashkent davlat tibbiyot universiteti
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi!

👉 https://t.me/tashmeduni_mth
861007
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI logo
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI

14-sen, 2026, 02:05

Photo
Prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlash, ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda uzluksiz kasbiy taʼlim tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar https://president.uz/oz/lists/view/9578 bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился https://president.uz/ru/lists/view/9578 предложений по совершенствованию системы подготовки медицинских и фармацевтических кадров, их государственной регистрации и непрерывного профессионального образования.

#Mirziyoyev #taqdimot #tibbiyot #talim

https://president.uz/| https://www.facebook.com/Mirziyoyev/| https://www.instagram.com/mirziyoyev_sh/| https://www.youtube.com/channel/UC61Jnumjuz8NXhSuLoZD2xg| https://x.com/president_uz
1,430000
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI logo
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI

14-sen, 2026, 02:05

Photo
➡️Telegram messenjerida “Шухрат Абдужалилович Боймурадов” nomi bilan ochilgan akkaunt orqali Tоshkent davlat tibbiyot universiteti faoliyati va xodimlariga aloqador, asossiz hamda rasmiy manbalarga tegishli bo‘lmagan xabarlar tarqatilayotgani aniqlandi.

🔹Mazkur akkaunt Tоshkent davlat tibbiyot universiteti yoki uning vakolatli xodimlariga tegishli emasligini rasman ma’lum qilamiz. Ushbu sahifa soxta (fake) akkaunt hisoblanadi va u orqali yuborilayotgan har qanday ma’lumot universitetning rasmiy pozitsiyasini aks ettirmaydi.

🔹Fuqarolar va hamkorlardan faqat universitetning rasmiy axborot kanallariga ishonishlari, shubhali akkauntlar orqali keladigan xabarlarga e’tibor bermasliklari so‘raladi. Shuni eslatib o'tamizki, shunday shubhali akkauntlardan kelgan xabarlarga javob yozmaslik, tarqatmaslik, shaxsiy yoki xizmatga oid ma'lumotlarni bermaslik yoki yuborilgan turli giperhavola (link) larni bosmaslikni so'raymiz. Holat yuzasidan tegishli tartibda choralar ko‘rilmoqda.

⏺Quyida rasmiy kanal va akkauntlar keltirilmoqda

➡️Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektoring rasmiy kanallari:
🕊 https://t.me/shuxrat_boymuradov
📱 https://www.instagram.com/shuhrat.boymuradov
📺 https://youtube.com/@shuhrat.boymurodov
📱 https://www.facebook.com/shukhrat.boymuradov


➡️Toshkent davlat tibbiyot universitetining kanallari:
🕊 https://t.me/tashmeduni
📱 https://instagram.com/tashmeduni
📱 https://facebook.com/tashmeduni
https://x.com/TashMedUni
📺 https://www.youtube.com/@TashMedUniOfficial
https://www.linkedin.com/school/tashkent-state-medical-university
1,230000
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI logo
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI

14-sen, 2026, 02:05

Photo
🏆 E’LON
🧪 Professor Sattor Jabbor xotirasiga bag‘ishlangan TIBBIY KIMYO FANIDAN RESPUBLIKA ONLAYN OLIMPIADASI!
Hurmatli talabalar!
Sizlarni tibbiyot sohasida fundamental fanlarning o‘rni va ahamiyatini oshirish, talabalarning ilmiy salohiyati hamda tibbiy kimyo bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazishga qaratilgan Professor Sattor Jabbor xotirasiga bag‘ishlangan Tibbiy kimyo fanidan Respublika onlayn olimpiadasida ishtirok etishga taklif qilamiz!
🌐 OLIMPIADA FORMATI— ONLAYN
📅 Olimpiada sanasi: 26-sentabr
Olimpiada to‘liq masofaviy formatda, Toshkent davlat tibbiyot universitetining rasmiy olimpiadalar platformasi orqali o‘tkaziladi.
🧬 OLIMPIADA SHARTLARI
Ishtirokchi jamoalar belgilangan kuni onlayn platforma orqali:
• 100 ta test savolini bajaradilar;
• tibbiy kimyo bo‘yicha nazariy bilimlarini namoyish etadilar;
• topshiriqlarni belgilangan vaqt davomida onlayn tarzda bajaradilar.
🎯 OLIMPIADANING MAQSADI
• Oliy tibbiy ta’lim muassasalarida tibbiy kimyo fanini o‘qitish sifatini oshirish;
• Iqtidorli talabalarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash;
• Talabalarning ilmiy, ijodiy va mantiqiy salohiyatini rivojlantirish;
• Yoshlarning fundamental fanlar va ilmiy tadqiqotlarga qiziqishini kuchaytirish;
• Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ilmiy hamkorlik va tajriba almashinuvini rivojlantirish.
🏅 G‘OLIBLARNI TAQDIRLASH
Respublika olimpiadasida eng yuqori natijalarni qayd etgan talabalar:
🥇 I o‘rin
🥈 II o‘rin
🥉 III o‘rin
bo‘yicha Toshkent davlat tibbiyot universiteti rahbariyati tomonidan tasdiqlangan maxsus darajali diplomlar bilan taqdirlanadi.
📝 https://olympiad.tashmeduni.uz/olympiads/professor-sattor-jabbor-xotirasiga-bag-ishlangan-tibbiy-kimyo-fanidan-respublika-online-fan-olimpiadasi
📅 Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 23-sentabrgacha
Ro‘yxatdan o‘tish rasmiy olimpiadalar sayti orqali amalga oshiriladi:
🌐 http://olympiad.tashmeduni.uz/
Oliy ta’lim muassasalarining 1-3 bosqich talabalari uchun!
🔥 Bilimingizni sinab ko‘ring. Tibbiy kimyo bo‘yicha salohiyatingizni namoyish eting. Respublika olimpiadasida o‘z jamoangiz bilan munosib ishtirok eting!
Barcha ishtirokchilarga omad va yuqori natijalar tilaymiz! 🧪🏆
🇺🇿 Tashkent davlat tibbiyot universiteti
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi!

👉 https://t.me/tashmeduni_mth
975006
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI logo
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI

14-sen, 2026, 02:05

Video
📢E’LON
🏆 Tibbiy amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha VI Xalqaro talabalar olimpiadasi «TIBBIYOT MOHIRLARI–2026» ICHKI UNIVERSITET SARALASH BOSQICHI
Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalarni universitet terma jamoasini shakllantirish maqsadida o‘tkaziladigan ichki universitet saralash bosqichida ishtirok etishga taklif qiladi.
🩺 SARALASH YO‘NALISHLARI
🔹 Terapiya — 4–6-kurs talabalari
🔹 Pediatriya — 3–6-kurs talabalari
🔹 Reproduktiv salomatlik — 4–6-kurs talabalari
🔹 Shoshilinch tibbiy yordam — 4–6-kurs talabalari
🔹 Tibbiy profilaktika — 3–5-kurs talabalari
🔹 Urologiya — 4-6 kurs talabalari
📅 SARALASH BOSQICHLARI
I BOSQICH — TEST SINOVI
📅 28-sentabr
Test sinovi ishtirokchi tomonidan tanlangan yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi.
➡️ Test natijasiga ko‘ra 60% va undan yuqori natija qayd etgan ishtirokchilar II bosqichga o‘tadilar.
II BOSQICH — OG‘ZAKI SARALASH
📅 29-sentabr
Og‘zaki bosqichda quyidagilar baholanadi:
• klinik fikrlash;
• klinik vaziyatlarni tahlil qilish qobiliyati;
• asoslangan klinik qaror qabul qilish ko‘nikmasi.
🏆 Eng yaxshi natija ko‘rsatgan ishtirokchilar ToshDavTU terma jamoasi tarkibiga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar va universitet sharafini «Tibbiyot mohirlari–2026» VI Xalqaro talabalar olimpiadasida himoya qiladilar.
https://olympiad.tashmeduni.uz/olympiads/tibbiyot-mohirlari-2026-vi-xalqaro-talabalar-amaliy-tibbiy-ko-nikmalar-olimpiadasi-uchun-ichki-universitet-saralash-bosqichi
📌 Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati: 25-sentabr
Olimpiada 2026-yil 30–31-oktabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.
🇺🇿 Tashkent davlat tibbiyot universiteti
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi!

👉 https://t.me/tashmeduni_mth
1,040002
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI logo
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI

14-sen, 2026, 02:05

Video
📢 E’LON

🦠 AKADEMIK T.O. DAMINOV XOTIRASIGA BAG‘ISHLANGAN YUQUMLI KASALLIKLAR BO‘YICHA XALQARO TALABALAR OLIMPIADASI
Toshkent davlat tibbiyot universitetining Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi, Yuqumli va bolalar yuqumli kasalliklari kafedrasi, Epidemiologiya kafedrasi hamda 1-son jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlash menejmenti kafedrasi oliy tibbiyot ta’lim muassasalarining 4–6-bosqich talabalarini mazkur xalqaro olimpiadada ishtirok etishga taklif qiladi.
🌍 Bilimingizni sinash, amaliy ko‘nikmalaringizni namoyish etish va xalqaro miqyosda o‘z jamoangizni munosib namoyon etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
👥 Ishtirokchilar:
Olimpiadada 4–6-bosqichning 3 nafar talabasidan tashkil topgan jamoalar ishtirok etadi.
🏆 OLIMPIADA 2 BOSQICHDA O‘TKAZILADI
1-BOSQICH — SARALASH BOSQICHI
💻 Masofaviy shaklda
📝 Onlayn test
📅 23-sentabr 2026-yil

2-BOSQICH — YAKUNIY BOSQICH
📍 Bevosita ishtirok etish shaklida
📅 27-oktabr 2026-yil
📌 Manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahri, Farobiy ko‘chasi, 2-uy
⚠️ TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI ICHKI SARALASHI
Xalqaro olimpiadada universitetimiz nomidan ishtirok etadigan 3 nafar talabadan iborat jamoani aniqlash maqsadida ichki saralash o‘tkaziladi.
💻 Shakli: onlayn
📅 Sana: 13-sentabr 2026-yil
⏳ Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati: 12-sentabr 2026-yil
❗️ Universitetdan xalqaro olimpiadada ishtirok etish uchun faqat 1 ta jamoa ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.
📚 Olimpiada yuqumli kasalliklar, epidemiologiya va jamoat salomatligining asosiy yo‘nalishlarini qamrab oladi.
🇺🇿 Tashkent davlat tibbiyot universiteti
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi!

👉 https://t.me/tashmeduni_mth
833003
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI logo
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI

14-sen, 2026, 02:05

Video
📢 E’LON
🏆 AKADEMIK U.A. ARIPOV NOMIDAGI I XALQARO AMALIY KO’NIKMALAR OLIMPIADASI
Akademik U.A. Aripov nomidagi I Xalqaro amaliy ko’nikmalar olimpiadasida ishtirok etish uchun universitet miqyosida ichki saralash bosqichi o‘tkaziladi.
🔹 Saralash quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkaziladi:
🩺 JARROHLIK YO‘NALISHLARI
• Yurak-qon tomir jarrohligi
• Abdominal jarrohlik
• Kam invaziv jarrohlik
• Torakal jarrohlik
• Neyrojarrohlik
• Onkojarrohlik
• Stomatologik jarrohlik
• Jag‘-yuz jarrohligi
• Oftalmojarrohlik
• Akusherlik va ginekologiya
• Anesteziologiya va reanimatologiya
• Travmatologiya va ortopediya
• Transplantologiya
Ko'nkurslar:
• Jarrohlik tugunlarini bog‘lash
• Pirogov Anatomy
• Jarrohlik asboblarini bilish
📋 SARALASH BOSQICHLARI
📅 24-sentabr
I bosqich — test sinovi
📝 30 ta test savolidan iborat.
Test natijalariga ko‘ra 60 foizdan yuqori natija qayd etgan ishtirokchilar II bosqichga yo‘l oladi.
📅 25-sentabr
II bosqich — og‘zaki sinov
Ishtirokchilarning tanlangan yo‘nalish bo‘yicha nazariy bilimlari, klinik fikrlashi va amaliy ko‘nikmalari baholanadi.
📍 O‘tkazilish manzili:
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Bosh binosining Simulyatsiya va test markazi
⚠️ MUHIM!
Har bir ishtirokchi faqat bitta yo‘nalish bo‘yicha ishtirok etishi mumkin.
Barcha talabalarni ichki saralashda faol ishtirok etishga hamda universitetimiz sharafini I Xalqaro olimpiadasida munosib himoya qilish imkoniyatidan foydalanishga chorlaymiz!
Olimpiadada ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting:
👉 https://olympiad.tashmeduni.uz/olympiads/kademik-u-a-aripov-nomidagi-i-xalqaro-amaliy-ko-nikmalar-olimpiadasi
⏰ Ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi muddati: 21-sentabr.
🏆 Bilimingiz va amaliy ko‘nikmalaringizni namoyish eting — universitetimiz terma jamoasi safidan joy oling!

🇺🇿 Tashkent davlat tibbiyot universiteti
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi!

👉 https://t.me/tashmeduni_mth
717009
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI logo
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI

14-sen, 2026, 02:05

Photo
🇺🇿🏔 Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabasi “Iqlim–Yoshlar–Tog‘lar” mintaqaviy yozgi lagerida O‘zbekiston sharafini munosib himoya qildi
2026-yil 16–22-avgust kunlari Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyatida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (OSCE) tomonidan tashkil etilgan “Iqlim–Yoshlar–Tog‘lar” mintaqaviy yozgi lageri bo‘lib o‘tdi.
Mazkur xalqaro tadbirda Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-son Davolash ishi fakultetining 3-bosqich talabasi Jurabayeva Mohinur Ro‘ziboy qizi O‘zbekiston nomidan ishtirok etdi. U mamlakatimizdan grant asosida lagerda qatnashish huquqini qo‘lga kiritgan 4 nafar yoshdan biri bo‘ldi.
Lagerda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistondan jami 20 nafar yosh ishtirok etib, iqlim o‘zgarishi, tog‘ xavfsizligi va barqaror rivojlanish yo‘nalishlarida nazariy bilim hamda amaliy ko‘nikmalarini mustahkamladi.
Dastur doirasida ishtirokchilar Chon-Qizil-Suu tog‘ meteorologiya stansiyasida kuzatuvlar olib bordi, gidrologik o‘lchovlarda qatnashdi, tog‘ yaylovlari va o‘rmonlarining holatini baholadi hamda “Qora-Batqoq” muzligiga dala ekspeditsiyasida ishtirok etdi.
Lager yakunida Markaziy Osiyo yoshlarini birlashtiruvchi CASE Lab (Central Asia Shared Expertise Lab) mintaqaviy platformasi tashkil etildi. Mazkur platforma yosh mutaxassislarning iqlim va ekologiya sohalaridagi hamkorligini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Tadbir, shuningdek, COP31 hamda 2027-yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Bishkek+25” global tog‘ sammitiga tayyorgarlik jarayoniga munosib hissa qo‘shdi.
👏 Mohinurni ushbu xalqaro tadbirda O‘zbekiston va Toshkent davlat tibbiyot universiteti nomidan munosib ishtirok etgani bilan samimiy tabriklaymiz!

🇺🇿 Tashkent davlat tibbiyot universiteti
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi!

👉 https://t.me/tashmeduni_mth
1,8900011
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI logo
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI

12-sen, 2026, 21:04

Video
📢 E’LON

Maxsus olimpiadalar platformasidan ro'yxatdan o'tish qo'llanmasi: https://t.me/tashmeduni_mth/59
🏆 AKADEMIK U.A. ARIPOV NOMIDAGI I XALQARO AMALIY KO’NIKMALAR OLIMPIADASI SARALASH BOSQICHI
⏰ Ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi muddati: 21-sentabr.
📋 SARALASH BOSQICHLARI
📅 24-sentabr- I bosqich — test sinovi
📅 25-sentabr - II bosqich — og‘zaki sinov
Ro‘yxatdan o‘tish
Axborot xati
Batafsil

🦠 AKADEMIK T.O. DAMINOV XOTIRASIGA BAG‘ISHLANGAN YUQUMLI KASALLIKLAR BO‘YICHA XALQARO TALABALAR OLIMPIADASI
🏆 OLIMPIADA SANALARI
📅 23-sentabr 2026-yil
1-BOSQICH —Onlayn test
💻 Masofaviy shaklda

📅 27-oktabr 2026-yil
2-BOSQICH — YAKUNIY BOSQICH
📍 Bevosita ishtirok etish shaklida

⚠️ TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI ICHKI SARALASHI
📅 Sana: 13-sentabr 2026-yil
💻 Shakli: onlayn
⏳ Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati: 12-sentabr 2026-yil
Ishtirok etadi 4-6 bosqich talabalari
Ro‘yxatdan o‘tish
Axborot xati
Batafsil

🩺 T.S. Agzamxo‘jayev nomidagi olimpiada
Amaliy ko‘nikmalar va nazariy bilimlar bo‘yicha Universitet olimpiadasi!
📚 1-BOSQICH — TEST SINOVI
📅 Sana: 16-sentabr

🫀 2-BOSQICH — AMALIY KO‘NIKMALAR
📅 Sana: 17-sentabr

📅 Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 1–12-sentabr
📅 Olimpiada sanalari: 16–17-sentabr
Ro‘yxatdan o‘tish
Axborot xati
Batafsil

🏆 Tibbiy amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha VI Xalqaro talabalar olimpiadasi «TIBBIYOT MOHIRLARI–2026» ICHKI UNIVERSITET SARALASH BOSQICHI
🩺 SARALASH YO‘NALISHLARI
🔹 Terapiya — 4–6-kurs talabalari
🔹 Pediatriya — 3–6-kurs talabalari
🔹 Reproduktiv salomatlik — 4–6-kurs talabalari
🔹 Shoshilinch tibbiy yordam — 4–6-kurs talabalari
🔹 Tibbiy profilaktika — 3–5-kurs talabalari
🔹 Urologiya — 4-6 kurs talabalari

📌 Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati: 25-sentabr
📅 SARALASH BOSQICHLARI
I BOSQICH — TEST SINOVI
📅 28-sentabr

II BOSQICH — OG‘ZAKI SARALASH
📅 29-sentabr
Ro‘yxatdan o‘tish
Axborot xati
Batafsil

🧪 Professor Sattor Jabbor xotirasiga bag‘ishlangan TIBBIY KIMYO FANIDAN RESPUBLIKA ONLAYN OLIMPIADASI!
📅 Olimpiada sanasi: 26-sentabr
🌐 OLIMPIADA FORMATI— ONLAYN
📅 Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 23-sentabrgacha
Ro‘yxatdan o‘tish
Axborot xati
Batafsil

🇺🇿 Tashkent davlat tibbiyot universiteti
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi!

👉@tashmeduni_mth
1,590001
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI logo
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI

12-sen, 2026, 18:08

Photo1/2
– TDTU iqtidorli talabalar muhokama guruhi

O’qish boʻyicha savollaringizni guruhga yozib qoldirsangiz boʻladi. Koʻrganlar va bilganlar tezda javob beradi. Yolgʻon va asossiz ma’lumot tarqatmang!

Guruh linki: https://t.me/+rATCIwvPyUg4OTRi
1,550003
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI logo
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI

07-sen, 2026, 22:33

Photo
🎓 Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalari “Vodiy Gavhari – 2026” xalqaro yozgi maktabida ishtirok etdi

Andijon davlat tibbiyot institutida 2026-yil 3–11-avgust kunlari o‘tkazilgan “Vodiy Gavhari – 2026” V-Xalqaro yozgi maktabida Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalari:

1. 3-son Davolash fakulteti 4-kurs talabasi Nurtosheva Feruza
2. Tibbiy-pedagogika, stomatologiya, farmatsiya va pediatriya ishi fakulteti 4-kurs talabasi Solijonova Ruxshona
3. Xalqaro fakultet PIMU 2-kurs talabasi Saidaxmatov Alisherjon ishtirok etdilar.

📚 O‘n kunlik dastur davomida talabalar tibbiyotning turli yo‘nalishlari bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda qatnashdilar.

Xususan, CPR, shoshilinch tibbiy yordam, shok holatlarini boshqarish, desmurgiya, tashqi qon ketishini vaqtincha to‘xtatish, turniket va bosimli bog‘lamlardan foydalanish, sinish va chiqishlarda immobilizatsiya hamda travmalarda birinchi yordam bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni egalladilar.

🏥 Shuningdek, ishtirokchilar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Andijon filialiga tashrif buyurib, qabul bo‘limi, angiografiya, travmatologiya, reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limlari faoliyati bilan tanishdilar.

🌿 Yozgi maktab dasturidan psixologik treninglar, madaniy-ma’rifiy tashriflar, jamoaviy mashg‘ulotlar va xalqaro ishtirokchilar bilan tajriba almashish tadbirlari ham o‘rin oldi.

Mazkur xalqaro yozgi maktab talabalar uchun nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, yangi ko‘nikmalarni egallash va xalqaro tajriba almashish imkonini berdi.

#TDTU #TSMU #VodiyGavhari2026 #PearlOfTheValley2026 #InternationalSummerSchool

🇺🇿 Tashkent davlat tibbiyot universiteti
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi!

👉 https://t.me/tashmeduni_mth
1,1900011
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI logo
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI

23-avg, 2026, 18:18

Photo
🎓 FUNDAMENTAL FANLAR BO‘YICHA ONLINE FAN OLIMPIADA
Hurmatli talabalar!
Sizlarni bilim va salohiyatingizni sinovdan o‘tkazishga mo‘ljallangan Fundamental Fanlar bo‘yicha Online Olimpiadada ishtirok etishga taklif qilamiz!
📚 Olimpiada quyidagi 10 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkaziladi:
🔹 Normal anatomiya
🔹 Tibbiy kimyo
🔹 Biokimyo
🔹 Mikrobiologiya
🔹 Gistologiya
🔹 Tibbiy biologiya
🔹 Patologik anatomiya
🔹 Normal fiziologiya
🔹 Patologik fiziologiya
🔹 Farmakologiya
📝 Olimpiada formati:
• Jami 100 ta test savoli
• Har bir fandan 10 tadan savol
• Har bir savol uchun 20 soniya vaqt
• Kahoot uslubidagi tezkor baholash tizimi
⏰ Olimpiada vaqti:
📅 Sana: 17.08.2026
🕙 Boshlanish vaqti: 20:00
🕦 Yakunlanish vaqti: 21:30
🏆 Eng yuqori natija qayd etgan ishtirokchilar taqdirlanadi.
Registratsiyadan o‘tishning oxirgi muddati 16.08.2026 soat 23:59 ga qadar.
Registratsiya uchun sayt —
https://olympiad.tashmeduni.uz/
Universitetning olimpiadalar telegram sahifasiga qo'shiling.
https://t.me/tsmu_olympiad
Qo'shimcha savollar uchun: https://t.me/TDTU_ITITFTEB
ToshDavTU talabalari hemis orqali kirishlari shart!
🇺🇿 Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi!
23,3000011
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI logo
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI

23-avg, 2026, 18:18

Photo
“Raqamli avlod” onlayn IT oromgohiga roʻyxatdan oʻtish boshlandi

🚀Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilayotgan “Raqamli avlod” onlayn IT oromgohiga roʻyxatdan oʻtishga start berildi.

Loyiha yoshlarning raqamli texnologiyalar sohasidagi bilimlarini mustahkamlash, amaliy koʻnikmalarini rivojlantirish hamda zamonaviy kasblarni egallashiga koʻmaklashishni maqsad qilgan.

🖥 Dastur doirasida ishtirokchilar quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha bilimlarini mustahkamlash imkoniyatiga ega boʻladilar:
🔹 Vibe Coding;
🔹 Prompt Engineering (AI);
🔹 Sunʼiy intellekt;
🔹 Data Science;
🔹 Kiberxavfsizlik;
🔹 UI/UX;
🔹 AI Agent texnologiyalari.

🔗 https://online.raqamliavlod.uz/
⏳ Imkoniyatni qoʻldan boy bermang. Onlayn IT oromgohida ishtirok etish uchun hoziroq roʻyxatdan oʻting.

https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/| http://youtube.com/c/eduuz| https://t.me/eduuz
1,110000
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI logo
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI

23-avg, 2026, 18:18

Video
😅“Kelajak muhandislari” respublika tanlovi ishtirokchilari mustaqilligimizning 35 yilligiga bagʻishlab tashkil etilyotgan “35 000” tashabbus” mega loyihasiga roʻyxatdan oʻtib boʻlishdi.

Siz-chi, qachon roʻyxatdan oʻtmoqchisiz?

🔗 Tashabbusingizni yuboring: http://tashabbus.yito.uz/⁠

Tashabbuslar 1-avgustdan 31-avgustgacha qabul qilinadi

Bizni kuzating👇🏻
https://t.me/innotechnopark| https://www.instagram.com/innotechnopark?igsh=b3BvNm04ZW40ZHMx| https://www.facebook.com/100076932557598/posts/pfbid02uHUu87aWNpDVFPZLg7ALm2sRuRJdbyfh4hPexmhkx2RdXE2fLjRatWhEjPghL2dJl/?app=fbl| https://innotechnopark.com/uz/
1,500002
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI logo
TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI

23-avg, 2026, 18:18

🇰🇷 GLOBAL KOREA SCHOLARSHIP (GKS) — KOREYADA BEPUL TA'LIM OLISH IMKONIYATI!

Koreya Respublikasi Hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan GKS dasturi — dunyodagi eng nufuzli stipendiyalaridan biri.

📍Stipendiya nimalarni qamrab oladi:
- universitet toʻlovi (tuition fee)
- har oy stipendiya (1 000 000 KRW)
- borish va qaytish chiptasi
- 1 yil koreys tili kursi
- tibbiy sugʻurta
- bir martalik ko'chish uchun yordam puli ( settlement allowance)

Tibbiyot va farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi tomonidan ushbu grantni yutishda talabalarga bepul yordam beriladi.

📌Ariza topshirish uchun talablar:
- Koreya fuqarosi boʻlmaslik;
- Akademik natijasi 80% yoki undan yuqori boʻlishi;
- 25 yoshdan katta boʻlmaslik;
- bakalavrning 1-bosqichiga qabul qilingan yoki maktabni bitirgan va 'gap year'da bo'lish (asosiy talab: maktabni bitirgan bo'lishi kerak);
- TOPIK yoki IELTS sertifikatiga ega bo'lish;
- Koreyaning yetakchi universitetlarida ta'lim olishni istagi.

🔗Hujjat topshirishingizda yordam olish uchun quyidagi google formani to'ldiring:
https://forms.gle/Mokdk8Ag47jxHApb8
1,430006

Showing 30 of 73 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI Telegram kanali nima haqida?+

TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI (@tsmu_ya) — tgdio da Tibbiyot toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 3 496 obunachi bor.

TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI (@tsmu_ya) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @tsmu_ya ga bepul obuna bo‘ling.

TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI yaxshi Tibbiyot kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 3 496 obunachi bor. O‘xshash Tibbiyot kanallar bilan solishtiring.

TDTU | YOSHLAR AKADEMIYASI statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @tsmu_ya sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.