1/20O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda AQSh Davlat kotibi Marko Rubio ishtirokida o‘tkazilgan Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi.
Yig‘ilishda 100 dan ortiq kompaniya vakillari bilan investitsiyalarni jalb etish, biznesni rivojlantirish va qo‘shma
loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Saida Mirziyoyevaning ta’kidlashicha, Kengashning tashkil etilishi ikki mamlakat o‘rtasidagi sheriklikni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochadi.
“Endi oldimizdagi asosiy vazifa — erishilgan ushbu kelishuvlarni aniq amaliy natijalarga, ya’ni investitsiyalar, zamonaviy korxonalar va yangi ish o‘rinlariga aylantirishdir”, - dedi Saida Mirziyoyeva.
O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish mazkur tashabbusning muhim yo‘nalishlari hisoblanadi.









