🤩 MAHALLADA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
✅ Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati D.Sodiqova, kotibiyat bosh mutaxassisi M.To‘xtasinov hamda “MADAD” NNT tuman vakili X.Qodirovlar Toshxovuz mahalla fuqarolar yig‘inida aholini tadbirkorlikka keng jalb etish, kichik biznesni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandilar.
✅ Bunda, 2026-yilning birinchi choragida mazkur yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahliliy asosda ko‘rib chiqilib, mahallada tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash va daromad manbalarini kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligi muhokama etildi. Shu bilan birga, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan aniq takliflar kiritildi.
🌐 Shuningdek, deputat tomonidan mahallada faoliyat yuritayotgan sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “Yodgor Milk” MChJ, smetana va qaymoq mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “G’ofurov Hurshid” YaTT hamda yumshoq mebellar va mebel g‘iloflarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “S.Begaliyev” YaTT korxonalari faoliyati o‘rganildi.
♾ O‘rganish davomida mazkur korxonalarning aholi bandligini ta’minlashdagi o‘rni, yangi ish o‘rinlarini yaratish borasidagi imkoniyatlari hamda istiqbolli rejalari yuzasidan fikr almashildi. Aytish joizki, birgina “S.Begaliyev” YaTT korxonasida hozirgi kunda 40 nafar yoshlar va xotin-qizlar doimiy ish bilan ta’minlangan.
🗝 O‘rganishlar yakunida mas’ullarga tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, aholi bilan manzilli ishlashni kengaytirish hamda har bir oilani daromadli mehnatga jalb etish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar berildi. Ko‘tarilgan masalalar esa deputat nazoratiga olindi.
🌐
https://www.instagram.com/quvatumankengashi?igsh=cDFrZDVwNGFsZG05&utm_source=qr ✅ |✅
https://www.facebook.com/share/17r7uvjH91/?mibextid=wwXIfr https://www.instagram.com/quvatumankengashi?igsh=cDFrZDVwNGFsZG05&utm_source=qr