1/6Ta’lim va ilm-fan vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
– Yo‘ldoshev Oybek Behzodovich — vazirning birinchi o‘rinbosari. Tayinlovga qadar “PwC Uzbekistan” kompaniyasida davlat sektori, infratuzilma va ESG bo‘yicha konsalting amaliyoti direktori sifatida faoliyat yuritgan.
– Pardayeva Mehriniso Doniyorovna — vazir o‘rinbosari. Tayinlovga qadar Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazida boshqarma boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan.
– Mirzaliyev Sanjar Mahamatjan o‘g‘li — vazir o‘rinbosari. Tayinlovga qadar Belarus–O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti ijrochi direktori sifatida faoliyat yuritgan.
📱Veb-sayt 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱LinkedIn 📱YouTube










