AI bilan qilingan videolarni ko‘rib, bitta narsani chuqur
https://youtube.com/@dlej_official?si=BKJDS5ax9EB4Xyn3Bugun AI faqat matn yozadigan yoki rasm chizadigan texnologiya emas. U she’r yozadi, musiqa yaratadi, klip montaj qiladi, voice beradi, syujet o‘ylab topadi va bularning hammasini bitta instrumentga aylantirib yubordi.
Kecha alohida professionallar jamoasi qiladigan ishni, bugun bitta odam AI bilan bir necha daqiqada chiqarib qo‘ya oladi.
Eng qizig‘i bu hali boshlanishi, juda tez orada AI tomonidan yasalgan seriallar, filmlar, mini-shoular va psixologik contentlar keskin ko‘payadi.
Hozirning o‘zida Xitoyda suniy intelekt yordamida ishlangan seriallar juda tez ommalashyapti. Sababi oddiy AI insonning ichki og‘riqlari, ehtiyojlari, qo‘rquvlari va yashirin istaklaridan kelib chiqib kontent yaratadi. Shuning uchun bunday kontent odamning shunchaki ko‘ziga emas, ich-ichiga kirib boradi.
U siz ko‘rishni istagan narsani emas, siz ichingizda his qilayotgan, lekin so‘z bilan ifodalay olmayotgan holatni ekranga olib chiqadi.
Va shu yerda bitta savol tug‘iladi AI bizning orzularimizni ekranga chiqarayaptimi yoki asta-sekin yangi orzularni o‘zi yaratib beryaptimi?
✨ Welcome to dream.