📅 2026-yil 18-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi huzuridagi Ya. G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti hamda Yaponiyaning Teikyo universiteti huzuridagi Madaniy meros obyektlarini tadqiq qilish instituti o‘rtasida O‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
🤝 Memorandum Samarqand arxeologiya instituti direktori Mo‘minxon Saidov va Teikyo universiteti Madaniy meros obyektlarini tadqiq qilish instituti direktori Kazuya Yamauchi tomonidan imzolandi.
📚 Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari:
🔹 Professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar almashinuvi;
🔹 Bakalavriat va magistratura talabalari uchun hamkorlik imkoniyatlari;
🔹 Qo‘shma ilmiy tadqiqotlar va nashrlar;
🔹 Xalqaro seminarlar, simpoziumlar va ilmiy tadbirlar.
Mazkur kelishuv O‘zbekiston va Yaponiya olimlari o‘rtasidagi ilmiy aloqalarni mustahkamlash, mamlakatimizning boy arxeologik merosini chuqur o‘rganish hamda madaniy merosni asrash borasida tajriba almashishga xizmat qiladi.
🌏 Ilm-fan hamkorligi — tarixni birgalikda o‘rganish va madaniy merosni kelajak avlodlarga yetkazish sari muhim qadam!
#SamarqandArxeologiyaInstituti #TeikyoUniversity #O‘zbekistonYaponiya #Arxeologiya #MadaniyMeros #IlmiyHamkorlik










