#Kazbek #Taqdimot
📣 Joriy yilning 9-may kuni soat 18:00da “O‘ZBEK ARSLONI” badiiy filmining katta taqdimot marosimi bo’lib o’tadi
🎬 “O‘ZBEK ARSLONI” — jasorat va insoniylik haqida kuchli tarixiy drama
Ikkinchi jahon urushi fonida yaratilgan ushbu film oddiy qishloq yigitining buyuk sinovlar yo‘lidagi taqdirini hikoya qiladi. Asar markazida — Mamadali Topivoldiyev. U frontda mislsiz jasorat ko‘rsatib, dushman ortidagi xavfli operatsiyalarda qatnashadi. Og‘ir yaralansa-da, iroda va do‘stlik uni tirik saqlab qoladi. Partizanlar safida esa u “Kazbek” laqabi bilan afsonaga aylanadi.
Filmda jang maydonidagi qahramonlik bilan birga, insoniy rishtalar ham chuqur ochib beriladi. Vanya Rilkov bilan samimiy do‘stlik, begona yurtda ham ona mehrini topish kabi lavhalar tomoshabinni befarq qoldirmaydi.
Urushdan keyin Mamadali tinchlikning haqiqiy qadrini anglab, qishloqni tiklash yo‘lida kurashadi. Kolxoz raisi sifatida u nafaqat iqtisodiy, balki ma’naviy yuksalish — maktablar, klublar qurish, odamlar qalbiga umid berishni o‘z oldiga maqsad qiladi. Ammo bu yo‘lda ham u shubha, hasad va adolatsizlikka qarshi kurashishga majbur bo‘ladi.
“Qahramonlik faqat jangda emas — tinchlikni asrashda ham namoyon bo‘ladi.”
📌 “KAZBEK” — bu nafaqat urush qahramoni haqida hikoya, balki haqiqiy g‘alaba inson qalbi va jamiyatni tiklashda ekanini eslatuvchi ta’sirchan drama.
✅ Kinematografiya agentligi Axborot xizmati
🌐
https://uzbkino.uz/ 🔵
https://www.facebook.com/uzbekkino.uz/📷
https://www.instagram.com/uzkinematografiya_official 🚀
https://t.me/uzbekkinopress