Breketlar o'zining texnologik rivojlanish cho'qqisiga yetib bo'ldimi?
Oxirgi 50 yillikni tahlil qilsak, breket sistemalarida sezilarli o'zgarishlar bo'lgan.
🔵 1970-yillarda Roth, keyinchalik MBT sistemalari paydo bo'ldi. Bu ortodontiyada muhim rivojlanish bosqichlari edi.
🔵 Undan keyin Damon, H4, Pitts21 kabi sistemalar chiqdi. Paz o'lchamlari, ligaturalash mexanizmlari va konstruksiyalarda turli takomillashuvlar bo'ldi.
📌 Lekin oxirgi 10 yilda breketlarning ishlash prinsipini tubdan o'zgartirgan katta revolyutsiya bo'ldimi?
Menimcha, yo'q.
Shu sabab breketlarning eng faol konstruktiv rivojlanish davri ortda qolgan bo'lishi mumkin, deb hisoblayman.
Albatta, keyingi 10 yilda elayner ham, breketlar ham yanada rivojlanishi, hatto uchinchi, mutlaqo yangi texnologiya paydo bo'lishi ham mumkin.
Lekin bu breketlar o'z ahamiyatini yo'qotadi degani emas.
✅ Chunki ortodontik davolashda natijani faqat apparatning zamonaviyligi belgilamaydi.
Bir xil MBT sistemasida ishlaydigan ikki ortodont mutlaqo turlicha natija olishi mumkin.
Farq — diagnostika, biomexanikani tushunish, davolash rejasini tuzish va jarayonni boshqarishda.
Shuning uchun menimcha, ortodontning eng katta ustunligi qaysi sistemada ishlashida emas, nima uchun aynan shu sistemani tanlaganini va undan qanday natija olishini tushunishida.
📌Aytgancha, diagnostika haqida gap ketganda, sizlar bilan bitta qiziq klinik keysni ham muhokama qilmoqchiman.
Keyingi postlarda shu keysni birgalikda tahlil qilamiz.
😎
@axrorxon_sobirov