Ko‘nglimni ezdi-ku hijron azobi
Sensiz o‘tmayapti umrimning bobi
Sevgimiz bo‘lmasin ayriliq tobi
Ayriliqdan charchadim, ayrilmaylik, jonim.
Ko‘zlarim yo‘llaring poylab charchadi
Yuragim sog‘inchdan ohlar sochadi
Bu dardim yurakni sekin parchalar
Ayriliqdan charchadim, ayrilmaylik, jonim.
Sog‘inchning ko‘zlari yo‘limda intizor
Sensiz o‘tgan har kun qalbimga ozor
Muhabbat bor ekan, bo‘lmaylik bezor
Ayriliqdan charchadim, ayrilmaylik, jonim.
Mayli, bu dunyoning tashvishi kelsin
Mayli, yo‘llarimiz sinovga to‘lsin
Faqat sevgimizga ayriliq kelmasin
Ayriliqdan charchadim, ayrilmaylik, jonim.
Qo‘llaring qo‘limda qarib boraylik
Bir yostiq boshida orom olaylik
Baxtimiz taqdirga doston bo‘laylik
Ayriliqdan charchadim, ayrilmaylik, jonim.
Sensiz o‘tgan kunlar yurakka alam
Sensiz bu dunyoda topolmam malham
Bir umr yonimda qolgin, sevgilim
Ayriliqdan charchadim, ayrilmaylik, jonim.
©Muallif... ✍ O'skin Azimov
@Azimov_1227









