Yozuvchilar uyushmasi | Rasmiy Telegram channel photo

Yozuvchilar uyushmasi | Rasmiy

@yozuvchilar_uzPublic Channel

O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz! Adabiyot yashasa, millat yashaydi! Cho’lpon Fikr va mulohazalaringizni, adabiyot haqidagi maqolalaringizni shu manzilga yo‘llang: @yozuvchilarbot

Romanlaro‘zbekOʻzbekiston

352

Last views

5.8k (5,790 subscribers)
A'zolar
—
Rating
32
Total Posts
Oct 16, 2026, 2:37 PM
Yangilangan
Apr 17, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameYozuvchilar uyushmasi | Rasmiy
Username@yozuvchilar_uz
CategoryRomanlar
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar5,790
Channel TypePublic Channel
Created17-apr, 2026
Last Updated16-okt, 2026 • 5 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#63867+293
Til reytingi
#526-11
Toifa reytingi
#573-6

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 5.8K30 Days growth: +2414.3%
09/1709/2209/2710/0210/0710/1210/16
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
17:09:20265,549
18:09:20265,549
19:09:20265,577
20:09:20265,577
21:09:20265,577
22:09:20265,577
23:09:20265,577
24:09:20265,577
25:09:20265,577
26:09:20265,577
27:09:20265,577
28:09:20265,577
29:09:20265,577
30:09:20265,577
01:10:20265,577
02:10:20265,577
03:10:20265,577
04:10:20265,577
05:10:20265,577
06:10:20265,577
07:10:20265,577
08:10:20265,577
09:10:20265,577
10:10:20265,577
11:10:20265,577
12:10:20265,577
13:10:20265,577
14:10:20265,577
15:10:20265,577
16:10:20265,790
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 13:04:20265,534
Week of 20:04:20265,534
Week of 27:04:20265,534
Week of 04:05:20265,552
Week of 11:05:20265,552
Week of 18:05:20265,552
Week of 25:05:20265,552
Week of 01:06:20265,552
Week of 08:06:20265,552
Week of 15:06:20265,552
Week of 22:06:20265,552
Week of 29:06:20265,552
Week of 06:07:20265,550
Week of 13:07:20265,550
Week of 20:07:20265,550
Week of 27:07:20265,550
Week of 03:08:20265,550
Week of 10:08:20265,550
Week of 17:08:20265,573
Week of 24:08:20265,573
Week of 31:08:20265,560
Week of 07:09:20265,549
Week of 14:09:20265,577
Week of 21:09:20265,577
Week of 28:09:20265,577
Week of 05:10:20265,577
Week of 12:10:20265,790
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
April 20265,534
May 20265,552
June 20265,552
July 20265,550
August 20265,560
September 20265,577
October 20265,790
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
20265,790

So'nggi postlar

Photo1/20
Jarayon

TALABALAR BILAN DIYDORLASHUV

“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Isajon Sulton, taniqli shoir Aziz Said hamda Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori, shoira Guli Nigor ishtirokida bir qancha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.
Dastlab ijodiy uchrashuv tashkil etilib, samimiy muloqot davomida talabalar adiblar bilan ijod, adabiyot, kitobxonlik kabi mavzularda suhbatlashish imkoniga ega bo‘ldilar. Iste’dodlar kashf etildi va rag‘batlantirildi.
Shundan so‘ng adiblar institut mas’ullari hamrohligida institut hamda unga biriktirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabi bog‘ida yana bir ezgu tashabbus – “Yashil makon” loyihasi doirasida ko‘chatlar o‘tqazdi.
Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qilgan tadbirlar davomida institut rahbariyati ijodkorlarga minnatdorlik bildirdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
352000
21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni

O‘ZBEK TILIM

Bobomning tilisan, momomning tili,
Otamning tilisan, onamning tili.

Osmonday bepoyon tug‘ilgan yering,
Hech kimga ma’lummas avval-oxiring.

Qadimiy ajdoding ul Abutturkdir,
O‘toving Osiyo — boshingda bo‘rkdir.

To‘maris shiddati, Shiroqning qoni,
Manguberdi o‘chi, Temurbek shoni.

Koshg‘ariy dilida o‘lmas bayotim,
Yassaviy tilida mangu hayotim.

Navoiy armoni, Bobur nidosi,
Farog‘iy o‘kinchi, Mashrab vidosi.

Chaqmoqlar chaqini, shamol shovuri,
Uchqur bedovlarning g‘ala-g‘ovuri.

Suvlar shildirashi, gullar salomi,
Xushovoz bulbulning tonggi kalomi.

O‘zbekona odob, hayo, andisha,
Tilim qat-qatida yashar hamisha.

Kindik qonim tomgan muqaddas yerim,
Cho‘lponu, Qodiriy, Usmon Nosirim.

Istibdod qo‘rg‘onin yanchib, yiqolding,
Olov-otashlardan omon chiqolding.

Sen ro‘yi zaminga o‘zbek tilida,
Salomlar yo‘llarsan o‘zbek elidan.

Teran ildizlardan olgan qudrat, kuch,
Bahaybat chinorsan novdalaring g‘uj.

Ming yillar o‘tsa ham navqiron, yoshsan,
Mudom boshimizda porloq quyoshsan.

O‘zimning tilimsan, bolamning tili,
O‘zbegim tilisan, olamning tili.

Abdumajid Azim she'ri
386000
21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni

 ONA TILIM

Qadrim so‘raganda qayrog‘im, tilim,
Yorning ta’rifida qaymog‘im, tilim,
Yovning yuragiga titroqlar solgan,
Alpomish belida belbog‘im tilim.

Yassaviy baytida tumorim, tilim,
Navoiy nazmida sen orim, tilim,
Kumushning vasfida betakror malak,
Qodiriydan qolgan yodgorim, tilim.

Onam allasida bayotim manim,
Bolam og‘zidagi novvotim manim,
Oq-sariq ilonlar bo‘ynidan bo‘qqan,
Tanglayda tosh qotgan faryodim manim.

Toshlar to‘fonida bag‘ri tilimsan,
Ko‘ksin changallagan qonli qo‘limsan,
Oyga almashmasman, kunga bermasman,
Cho‘lpon yuragida ungan gulimsan.

Ko‘zlarning gavhari, ko‘ngil oynasi,
Izhor iffatidir yorning ginasi.
Mashrab qalamida devona tilim,
Tinglagan, entikkan ishq ashulasi.

Jismimda demangiz, jonimda tilim,
Yetmish ikki tomir-qonimda tilim,
O‘g‘limga ham mening jonimdan o‘tgan,
Qizimga qatralab qonimdan o‘tgan.

Qadrin so‘rasangiz qarog‘im tilim,
Ko‘ngil osmonida chaqmog‘im tilim,
Nonidek totli-yu, choyidek issiq,
O‘zbek ko‘ksidagi bulog‘im tilim.

Mahmud Toir
501000
Photo1/2
21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni

***
...Onani anglamoq – dunyoni anglamoq, Vatanni anglamoq, millatni anglamoq, tilni, dilni anglamoqdir.

Tilak Jo‘ra
675000
Video
21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni

Ona tilim

G‘ayrat Majid she’ri
Ernazar Yorbekov o‘qidi
612000
21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni

ONA TILIM

Ming yillarki, bulbul kalomi
O‘zgarmaydi, yaxlit hamisha.
Ammo sho‘rlik to‘tining holi
O‘zgalarga taqlid hamisha.

Ona tilim, sen borsan, shaksiz,
Bulbul kuyin she’rga solaman.
Sen yo‘qolgan kuning, shubhasiz,
Men ham to‘ti bo‘lib qolaman!

Abdulla  Oripov
689000
Photo1/2
📜 TAKLIFNOMA

⚡Hurmatli adabiyot ixlosmandlari!

✨Sizlarni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Respublikada xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, atoqli adib Qamchibek Kenja tavalludining 80 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan xotira kechasiga hamda uning 10 jildli saylanma kitoblarining taqdimot marosimiga taklif etamiz.

📍 Tadbir o‘tkaziladigan joy: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining katta zali
📅 Sana: 2026-yil 20-oktabr
🕒 Vaqt: 15:00

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
854000
OTA YURTIM

Ota yurtim, borliging — dilda bo‘ston borligi,
Aytsam, olam tinglagich noyob doston borligi.

Haq bergan hayotimga yarashiq qadriyatim,
Muarrih bobolarda rostgo‘y zabon borligi.

Sayru sayohat sabab olislamoq bag‘ringdan,
Ko‘ngil mehrobin olgan sog‘inchli on borligi.

Hurliging — buyuklig-u ulug‘likdir o‘zliging
Istarangda o‘zbekcha shuhratu shon borligi.

Alp o‘g‘lim, pari qizim, chorlasang safda hushyor,
Hushyorlik — himoyada tengsiz qalqon borligi.

Zamirangman — tabarruk naqldan shuur topgan,
Seni sevmoqlik — demak, jonda iymon borligi.

01.09.2026

Zamira Ro‘ziyeva,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi
92000
Photo
Prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlash, ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda uzluksiz kasbiy taʼlim tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar https://president.uz/oz/lists/view/9578 bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился https://president.uz/ru/lists/view/9578 предложений по совершенствованию системы подготовки медицинских и фармацевтических кадров, их государственной регистрации и непрерывного профессионального образования.

#Mirziyoyev #taqdimot #tibbiyot #talim

https://president.uz/| https://www.facebook.com/Mirziyoyev/| https://www.instagram.com/mirziyoyev_sh/| https://www.youtube.com/channel/UC61Jnumjuz8NXhSuLoZD2xg| https://x.com/president_uz
393000
Photo
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurib, bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan https://president.uz/oz/lists/view/9579
—
Президент Шавкат Мирзиёев посетил новый Центр современного искусства в Ташкенте и https://president.uz/ru/lists/view/9579 с созданными здесь условиями.

#Mirziyoyev #tanishuv #markaz #zamonaviysanat

https://president.uz/| https://www.facebook.com/Mirziyoyev/| https://www.instagram.com/mirziyoyev_sh/| https://www.youtube.com/channel/UC61Jnumjuz8NXhSuLoZD2xg| https://x.com/president_uz
286000
Photo
TAKLIFNOMA

Hurmatli ijodkorlar va adabiyot muxlislari!
Sizni O‘zbekiston Yozuvchilar va Jurnalistlar uyushmalari aʼzosi Abdurasul Jumaqulning 60 yoshga to‘lishi munosabati bilan o‘tkaziladigan ijodiy uchrashuv hamda muallifning "Kunduzgi chiroq” va “Faqat sen" nomli kitoblari taqdimotiga taklif etamiz.

Manzil: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Uchrashuvning boshlanish vaqti: 2026-yil 30-aprel kuni soat 10:30da

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

📱Rasmiy sahifalarimiz:
http://www.ijod.uz/kr | | https://www.instagram.com/yozuvchilaruyushmasi_official?igsh=MW42NzA4M2gycW5lOA==&utm_source=qr | https://www.facebook.com/share/1C9rcCHXPB/?mibextid=wwXIfr | https://www.youtube.com/@yozuvchilaruyushmasi
387000
Photo
Taklifnoma

29-aprel kuni soat 15:00da Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining katta majlislar zalida Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira Nazokat Otaqulovaning “Ko‘ngil bekati” deb nomlangan sheʼriy kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
Barcha qiziquvchi kitobxonlarni ushbu tadbirga taklif etamiz!

Manzil: Alisher Navoiy ko‘chasi, 1-uy

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

📱Rasmiy sahifalarimiz:
http://www.ijod.uz/kr | | https://www.instagram.com/yozuvchilaruyushmasi_official?igsh=MW42NzA4M2gycW5lOA==&utm_source=qr | https://www.facebook.com/share/1C9rcCHXPB/?mibextid=wwXIfr | https://www.youtube.com/@yozuvchilaruyushmasi
375000
ESLASAK ARZIRLI XUSH DAMIMIZ BOR

26-aprel – Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tugʻilgan kun. Shoirning rafiqasi Nazira as-Salom bilan el suygan ijodkor haqida dildan suhbat qurdik. Sizga tanish va qadrli boʻlgan satrlarning yuzaga kelish tarixi, sabablari, shoir shaxsi, shirin xotiralar sizni qiziqtirishi aniq.

📱 To‘liq videoni YouTube sahifamizda tomosha qiling: https://youtu.be/FhQHVGiycBc
Video Thumbnail
369000
HAMDARDLIK

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi uyushmaning xo‘jalik mudiri Abdurauf Eshimqulovga ukasi Nurbek Eshimqulovning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
535000
Video
“Yagona Vatan va umumiy kelajak sari” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Do‘stlik adabiyoti haftaligi” doirasidagi “Vatanimiz O‘zbekiston” nomli keng qamrovli badiiy kechadan videorolik.
778000
Photo
O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyidning Ozarboyjon Yozarlar birligi “Natavan” klubida bo‘lib o‘tgan “Vaqt haykali” kitobi taqdimotidan suratlar.

Muallif – Ahmad To'ra.
733000
Photo
O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyidning Ozarboyjon Yozarlar birligi “Natavan” klubida bo‘lib o‘tgan “Vaqt haykali” kitobi taqdimotidan suratlar.

Muallif – Ahmad To'ra.
589000
Video
#kitoblar_taqdimoti

Bugun O‘zbekiston Milliy kutubxonasida "Kitobsevar millat" shiori ostida o‘tkazilinayotgan VI kitobxonlik haftaligi doirasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi homiyligida "Adabiyot" nashriyotida "So‘zmunchoq" rukni otida chop etilgan kitoblar taqdimoti bo’lib o’tdi.
409004
Photo
HAMDARDLIK

   Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasi, shoir, tarjimon va jurnalist Jahongir Nomozov 2026-yilning 15-aprel kuni 29 yoshida vafot etdi.
U “Butov Azerbaycan” gazetasining O‘zbekiston bo‘yicha muxbiri, Ozarbayjon jurnalistlar uyushmasi va Dunyo yosh turk yozarlar birligi aʼzosi edi.
   Jahongir 2017-yili Respublika yosh ijodkorlarining Zomin seminarida, 2026-yili “Aqchako‘l ilhomlari” respublika tanlovida faol qatnashgan edi.
   O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi Jahongir Nomozovning vafoti munosabati bilan uning oilasi va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
597005
“SO‘ZMUNCHOQ” KITOBLARI TAQDIMOTI

   Bugun O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkazilayotgan VI kitobxonlik haftaligi doirasidagi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda “Asakabank” tashabbusi bilan navbatdagi kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
   O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi homiyligida “Adabiyot” nashriyotida “So‘zmunchoq” rukni otida chop etilgan kitoblar taqdimotida shoirlar, yozuvchilar, adabiyotshunoslar, yosh ijodkorlar, talabalar, ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.
   Taqdimotda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori o‘rinbosari Nasiba Xoldorova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari G‘ayrat Majid, filologiya fanlari doktori, professor Adhambek Alimbekov, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Sitorabonu Shomurodova, “Adabiyot” nashriyoti direktori Nodir Suvonov kitobning mazmun-mohiyati haqida gapirdi.
   Nargiza Asadovaning “Qushlar salovati”, Bobur Elmurodovning “Tajohul ul-Orif”, Bahodir Bahromning “Gulimoh”, Ravshan Haqmurodning “Hadik”, Anvar Botirning “Uch”, Navoiylik Alisherning “Burch”, Iroda Umarovaning “Garashalik ko‘ngil”, Sayfiddin Okanovning “Toshloq ko‘chalar”, Yulduz O‘rmonovaning “Axtaram” kitoblari muxlislar eʼtiboriga tortiq qilindi.
   Taqdimotda mualliflar ham so‘zga chiqib, o‘z sheʼrlaridan o‘qidi, kitobning chiqishida bosh-qosh bo‘lgan Yozuvchilar uyushmasiga minnatdorlik bildirdi.
Taqdimot so‘ngida mualliflarga bankning esdalik sovg‘alari topshirildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
682005

Showing 30 of 32 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

Yozuvchilar uyushmasi | Rasmiy Telegram kanali nima haqida?+

Yozuvchilar uyushmasi | Rasmiy (@yozuvchilar_uz) — tgdio da Romanlar toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 5 790 obunachi bor.

Yozuvchilar uyushmasi | Rasmiy (@yozuvchilar_uz) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @yozuvchilar_uz ga bepul obuna bo‘ling.

Yozuvchilar uyushmasi | Rasmiy yaxshi Romanlar kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin Yozuvchilar uyushmasi | Rasmiy reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 5 790 obunachi bor. O‘xshash Romanlar kanallar bilan solishtiring.

Yozuvchilar uyushmasi | Rasmiy statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @yozuvchilar_uz sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.