🇺🇿 21-OKTABR — O‘ZBEK TILIGA DAVLAT TILI MAQOMI BERILGAN KUN!
Baliqchi tuman 1-son texnikumida 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan texnikum xodimlari tomonidan ona tilimizga bo‘lgan mehr va hurmatni ifoda etuvchi she’rlar ijro etildi hamda mazmunli videorolik tayyorlandi.
Ona tilimiz — millatimizning ruhi, xalqimizning bebaho ma’naviy boyligi va milliy o‘zligimizning yorqin timsolidir. Uni asrab-avaylash, sofligini saqlash, rivojlantirish va kelajak avlodga yetkazish har birimizning muqaddas burchimizdir.
Tayyorlangan videorolik orqali o‘zbek tilining jozibasi, go‘zalligi va beqiyos qadri yana bir bor namoyon etildi. Zero, ona tilini e’zozlash — Vatanga bo‘lgan muhabbat va milliy qadriyatlarga sadoqat ifodasidir.
Ona tilimiz — faxrimiz, g‘ururimiz va milliy o‘zligimiz!
ONA TILIM — MILLATIM FAXRI! 🇺🇿 Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va bebaho qadriyatimiz timsoli. Har bir so‘zida tariximiz, har bir ohangida xalqimizning qalbi mujassam bo‘lgan o‘zbek tilimizni sevish, asrash va uning nufuzini yuksaltirish barchamizning sharafli burchimizdir. Ushbu she’riy video orqali ona tilimizga bo‘lgan mehr va ehtiromimizni izhor etamiz! Ona tilimiz doimo barhayot, ravnaqimiz va faxrimiz bo‘lib qolsin! ✅Bizning kanalga obuna bo‘ling va kuzatishda davom eting. 👇
TILIMIZ — MILLATIMIZ G‘URURI, MA’NAVIYATIMIZ KO‘ZGUSI! لا Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar, qadrli hamkasblar va ona tilimiz fidoyilari!
Sizlarni 21-oktyabr — o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunning 37 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Ona tili — millatning ruhi, xalqning o‘zligi, tarixiy xotirasi va ma’naviy boyligining bebaho timsolidir. Tilimizda ajdodlarimizning asriy orzu-intilishlari, boy madaniy merosi, ezgu qadriyatlari va xalqimizning betakror tafakkuri mujassam.
1989-yil 21-oktyabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi milliy davlatchiligimiz va ma’naviy hayotimiz tarixida muhim voqea bo‘ldi. Bu tarixiy sana ona tilimizning nufuzi va mavqeini yuksaltirish, uni asrab-avaylash hamda kelajak avlodlarga sof va boy holda yetkazish borasidagi mas’uliyatimizni yana bir bor eslatadi.
Bugungi globallashuv davrida ona tilimizning sofligini saqlash, uning imkoniyatlaridan samarali foydalanish, yoshlar qalbida milliy qadriyatlarga hurmat va tilga muhabbat tuyg‘ularini mustahkamlash har birimizning sharafli burchimizdir. Zero, tilga ehtirom — millatga ehtirom, ona tilini qadrlash esa Vatanga bo‘lgan muhabbatning yorqin ifodasidir.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Andijon viloyati bo‘limi jamoasi nomidan barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, ezgu ishlaringizda muvaffaqiyat va ona tilimiz ravnaqi yo‘lidagi faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman.
O‘zbek tilimizning nufuzi hamisha yuksak, qadri va jozibasi abadiy bo‘lsin! Ona tilimizni asrash, ardoqlash va kelajak avlodlarga yetkazishdek sharafli vazifada barchamiz hamjihat bo‘laylik!
Til bayramimiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Andijon viloyati bo‘limi rahbari N. Qashqabayeva
“Janob Prezident, siz mamlakatingizni dunyoga ochdingiz” — Marko Rubio
AQSH Davlat kotibi Marko Rubio Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investisiya kengashining yig‘ilishida Prezident Shavkat Mirziyoyev islohotlariga yuqori baho berdi.
#PREMYERA 🎬 KITOB — TAFAKKUR KUCHI. TIL — IMKONIYATLAR KALITI.
✨ «MEN VA KITOB» loyihasining 1-sonida Jasmina Rustamova va Behruzbek Bozorboyevning kitobxonlik yo‘lidagi hikoyalarini tinglaymiz!
🌍 Ular «Bo‘lajak kitobxon» loyihasi doirasida tavsiya etilgan kitoblarni rus va ingliz tillarida mutolaa qilib, bilim va til o‘rganishni uyg‘unlashtirmoqdalar.
📖 Xo‘sh, kitobga bo‘lgan mehr, xorijiy tillarni o‘rganish va mutolaa ularga qanday imkoniyatlar eshigini ochmoqda? Ularning hikoyasi orqali bunga birgalikda javob izlaymiz!
Baliqchi tuman 2-son texnikumida “Til — millat ko‘zgusi” mavzusida adabiy-badiiy kecha tashkil etildi.
Tadbir davomida ona tilimizning millat hayotidagi o‘rni va ahamiyati, uning boy tarixi, betakror jozibasi hamda milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylashdagi roli haqida fikr-mulohazalar bildirildi. O‘quvchilar tomonidan she’rlar, hikmatli so‘zlar va ona tilini ulug‘lovchi chiqishlar namoyish etildi.
Tadbir yoshlarni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning nutq madaniyatini yuksaltirish hamda o‘zbek tiliga bo‘lgan mehr va ehtiromini yanada oshirishga xizmat qildi.
Andijon davlat tibbiyot institutida tahsil olayotgan turli millat vakillari o‘zbek tiliga bo‘lgan hurmat va ehtiromlarini izhor etib, ona tilimizning jozibasi, boyligi va hayotimizdagi beqiyos ahamiyati haqida o‘z fikrlarini bildirdilar.
Zero, o‘zbek tili — milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va faxrimiz timsoli! Turli millat vakillarini yagona ezgu maqsad atrofida birlashtiruvchi, do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlovchi bebaho qadriyatdir.
O‘zbek tili — barchamiz uchun aziz va qadrlidir! ❤️🇺🇿 ✅Bizning kanalga obuna bo‘ling va kuzatishda davom eting. 👇
ONA TILIM — G‘URURIM, MILLATIM FAXRI! 🇺🇿 1989-yil 21-oktabr kuni o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Bu tarixiy sana xalqimizning milliy o‘zligi, ma’naviyati va qadriyatlari e’tirofi sifatida qalblarimizda alohida o‘rin tutadi.
Ona tilimiz — millatimiz ruhi, o‘tmishimiz merosi va kelajagimiz poydevoridir. Uni asrab-avaylash, e’zozlash va kelajak avlodlarga sof holda yetkazish barchamizning sharafli burchimizdir.
Jonajon tilim, sen bilan faxrlanaman! ❤️🇺🇿 ✅Bizning kanalga obuna bo‘ling va kuzatishda davom eting. 👇
Ona tilimizga bo‘lgan mehr va hurmatni yanada yuksaltirish, uning jamiyatimizdagi o‘rni va ahamiyatini keng targ‘ib etish maqsadida “Men so‘zlayman – tilim yashaydi!” shiori ostida so‘rovnomalar tashkil etildi. 🇺🇿
Zero, ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va faxrimiz timsolidir! ❤️ ✅Bizning kanalga obuna bo‘ling va kuzatishda davom eting. 👇
Toshkentning “egasiz” kitob javonlari: erkin mutolaa uchun ishonchning o‘zi yetarlimi?
So‘nggi yillarda poytaxtda kitobxonlikni targ‘ib qilish, aholi uchun bepul mutolaa imkoniyatini taqdim etish maqsadida bir qancha “ko‘cha kutubxonalari” tashkil etildi. Dastlab keng jamoatchilik tomonidan olqishlar bilan kutib olingan ushbu tashabbuslar bugun qanday holatda? Toshkent aholisi orasida ochiq kutubxonalardan foydalanish madaniyati qay darajada shakllangan?
ONA TILIM — G‘URURIM, MILLATIM FAXRI! 🇺🇿 1989-yil 21-oktabr kuni o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Bu tarixiy sana xalqimizning milliy o‘zligi, ma’naviyati va qadriyatlari e’tirofi sifatida qalblarimizda alohida o‘rin tutadi.
Ona tilimiz — millatimiz ruhi, o‘tmishimiz merosi va kelajagimiz poydevoridir. Uni asrab-avaylash, e’zozlash va kelajak avlodlarga sof holda yetkazish barchamizning sharafli burchimizdir.
Jonajon tilim, sen bilan faxrlanaman! ❤️🇺🇿 ✅Bizning kanalga obuna bo‘ling va kuzatishda davom eting. 👇
📚 Baliqchi tibbiyot texnikumida har haftaning seshanba kuni an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Kitobxonlikni targ‘ib qilish kuni” munosabati bilan navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
📗Pedagog xodimlar o‘rtasida buyuk davlat arbobi va sarkarda Amir Temurning hayoti, davlat boshqaruvi tamoyillari hamda boy ma’naviy merosini o‘zida mujassam etgan “Temur tuzuklari” asari bo‘yicha bilimlar bellashuviga start berildi.
📕Texnikum direktori tomonidan mazkur musobaqaning maqsadi pedagoglar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish, tarixiy merosimizga bo‘lgan hurmatni mustahkamlash hamda mutolaa orqali bilim va tafakkurni oshirishdan iborat ekanligi qayd etildi.
📜 Shuningdek, musobaqa yakunida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar sayohat yo‘llanmasi bilan taqdirlanishi ma’lum qilindi.
🔖 Ushbu tashabbus pedagoglarimizni muntazam kitob mutolaasiga chorlash, ularning intellektual salohiyatini oshirish va jamoada sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylari, keksa avlod vakillari hamda ijtimoiy ko‘makka muhtoj insonlarning holidan xabar olish, ularni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Baliqchi tuman bo‘linmasi tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda “Ezgulik karvoni” xayriya aksiyasi tashkil etildi. Aksiya doirasida tuman hududida istiqomat qilayotgan keksa avlod vakillari, urush va mehnat faxriylari hamda ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolarning holidan xabar olinib, ularga zarur ma’naviy-ruhiy ko‘mak ko‘rsatildi. Tadbir davomida faxriylar bilan samimiy suhbatlar o‘tkazilib, ularning hayotiy tajribasi, ibratli faoliyati va yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni haqida fikr almashildi. Shuningdek, aksiya ishtirokchilari tomonidan ehtiyojmand fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari va turli xil sovg‘alar yetkazib berildi.
#Yoshlar kuni #Ma'naviy ko'makchi #Yo'l_yo'lakay_o'qiymiz #Loyiha
Baliqchi tuman Axborot - kutubxona markazi tomonidan aholi gavjum joylarda "Yo' l-yo'lakay o'qiymiz" loyihasi doirasida kutubxona bazasida mavjud QR - kodli elektron kitoblarning targ'iboti va kutubxona bazasi haqida taqdimotlar o'tkazildi.
#Mustaqillik35 #Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Baliqchi tuman boʻlinmasi
🏫 Baliqchi tumani ixtisoslashtirilgan maktabida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Bilimlar kuni” tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1 – apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35-yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi PQ-120-son qarorining 2-ilovasi 31-bandida Fuqarolarning xonadonlari, oilaviy bayramlar o‘tkaziladigan joylari, mahallalar, tadbirkorlik subyektlari binolari va ularga tutash bo‘lgan hududlarni davlat bayrog‘i bilan bezashni targ‘ib etish va shart-sharoitlar yaratish choralarini ko‘rish vazifasi belgilangan. Mazkur band ijrosini ta’minlash maqsadida Baliqchi tumani bo‘limi tegishli hamkor tashkilotlar bilan birgalikda 60 ta Fuqarolarning xonadonlari 45 ta tadbirkorlik subyektlari, 66 ta mahallar, 61 ta ta’lim muassasalari, 35 ta yaqin korxona-tashkilotlar davlat bayrog‘i bilan bezatildi.
Мустақиллигимизнинг 35 йиллигига бағишланган байрам тантаналарида Балиқчи туманининг иқтидорли ва ёш спортчилари ҳам ўзларининг намунали чиқишлари билан иштирок этдилар.
Ёш спортчиларнинг кўргазмали чиқишлари тадбирга янада кўтаринки руҳ бағишлаб, иштирокчиларда катта таассурот қолдирди.
💪 Соғлом ва баркамол авлод — Янги Ўзбекистоннинг ишончли таянчи!
Мустақиллигимизнинг 35 йиллигига бағишланган байрам тантаналарида Балиқчи туманининг иқтидорли ва ёш спортчилари ҳам ўзларининг намунали чиқишлари билан иштирок этдилар.
Ёш спортчиларнинг кўргазмали чиқишлари тадбирга янада кўтаринки руҳ бағишлаб, иштирокчиларда катта таассурот қолдирди.
💪 Соғлом ва баркамол авлод — Янги Ўзбекистоннинг ишончли таянчи!
55000
Loading view history…
Reyting
Kirish talab qilinadi
Hali sharhlar yo'q. Birinchi bo'lib tajribangizni baham ko'ring!
Frequently Asked Questions
BALIQCHI TONGGI / БАЛИҚЧИ ТОНГГИ Telegram kanali nima haqida?+
BALIQCHI TONGGI / БАЛИҚЧИ ТОНГГИ (@baliqchi_tumani_mmm) — tgdio da Ma'naviyat toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 1 184 obunachi bor.
BALIQCHI TONGGI / БАЛИҚЧИ ТОНГГИ (@baliqchi_tumani_mmm) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+
tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @baliqchi_tumani_mmm ga bepul obuna bo‘ling.
BALIQCHI TONGGI / БАЛИҚЧИ ТОНГГИ yaxshi Ma'naviyat kanalimi?+
tgdio da qo‘shilishdan oldin BALIQCHI TONGGI / БАЛИҚЧИ ТОНГГИ reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 1 184 obunachi bor. O‘xshash Ma'naviyat kanallar bilan solishtiring.
BALIQCHI TONGGI / БАЛИҚЧИ ТОНГГИ statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+
tgdio da @baliqchi_tumani_mmm sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.