Beshtor Telegram channel photo

Beshtor

@beshtorrPublic Channel

Biznes, bozor, shaxsiy investitsiyalar va texnologiya haqida. Tahlil. Reklama yoq. Rus tilida: @skartariss

1.9k

Last views

3k (3,015 subscribers)
A'zolar
—
Rating
34
Total Posts
Oct 16, 2026, 1:29 PM
Yangilangan
Apr 16, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameBeshtor
Username@beshtorr
CategoryBirja, savdo va investitsiya
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar3,015
Channel TypePublic Channel
Created16-apr, 2026
Last Updated16-okt, 2026 • 6 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#311405-659
Til reytingi
#1554-10
Toifa reytingi
#3380-15

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 3.0K30 Days growth: -411.3%
09/1709/2209/2710/0210/0710/1210/16
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
17:09:20263,056
18:09:20263,056
19:09:20263,054
20:09:20263,054
21:09:20263,054
22:09:20263,054
23:09:20263,054
24:09:20263,054
25:09:20263,054
26:09:20263,054
27:09:20263,054
28:09:20263,054
29:09:20263,054
30:09:20263,054
01:10:20263,054
02:10:20263,054
03:10:20263,054
04:10:20263,054
05:10:20263,054
06:10:20263,054
07:10:20263,054
08:10:20263,054
09:10:20263,054
10:10:20263,054
11:10:20263,054
12:10:20263,054
13:10:20263,054
14:10:20263,054
15:10:20263,054
16:10:20263,015
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 13:04:20263,177
Week of 20:04:20263,177
Week of 27:04:20263,168
Week of 04:05:20263,168
Week of 11:05:20263,168
Week of 18:05:20263,168
Week of 25:05:20263,168
Week of 01:06:20263,168
Week of 08:06:20263,168
Week of 15:06:20263,168
Week of 22:06:20263,168
Week of 29:06:20263,168
Week of 06:07:20263,093
Week of 13:07:20263,093
Week of 20:07:20263,093
Week of 27:07:20263,093
Week of 03:08:20263,093
Week of 10:08:20263,093
Week of 17:08:20263,081
Week of 24:08:20263,081
Week of 31:08:20263,069
Week of 07:09:20263,056
Week of 14:09:20263,054
Week of 21:09:20263,054
Week of 28:09:20263,054
Week of 05:10:20263,054
Week of 12:10:20263,015
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
April 20263,177
May 20263,168
June 20263,168
July 20263,093
August 20263,069
September 20263,054
October 20263,015
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
20263,015

So'nggi postlar

Beshtor logo
Beshtor

08-sen, 2026, 15:57

Photo1/2
O‘zbekistondan to‘g‘ridan to‘g‘ri qayerga uchish mumkin

Dekabrda ilk bor Mavrikiyga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yiladi.

Ha, charter, ha, bor-yo‘g‘i to‘rtta parvoz, lekin oldin bu ham yo‘q edi, boshqa mamlakatlar orqali 15 soat uchishga to‘g‘ri kelar edi.

Agar talab yaxshi bo‘lsa, keyinchalik muntazam reyslar ham paydo bo‘lishi mumkin.

Maldiv orollari bilan shunday bo‘lgan edi, misol.

Umuman olganda, so‘nggi yillarda O‘zbekistondan to‘g‘ridan to‘g‘ri uchish mumkin bo‘lgan mamlakatlar soni ancha ko‘paydi.

Biz hisoblab chiqdik: hozir bunday davlatlar 35 ta.

Xaritaga faqat hozirning o‘zida chipta sotib olish mumkin bo‘lgan yo‘nalishlarni kiritdik — barchasini tekshirilgan.

Yo‘nalishlar vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi. Yangi reyslar ochilgani sari xaritani ham yangilab boramiz.

Stay tuned.

@beshtorr

#avia
1,8800021
Beshtor logo
Beshtor

05-sen, 2026, 17:12

Photo
O‘zbekistonda dasturlash shu qadar tez o‘smoqdaki, butun bir soha o‘zgarib bormoqda

Uzoq vaqt davomida mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosan telekomdan iborat edi.

Masalan, yaqindagina, 2021-yilda telekom ulushi 73 foizni, dasturlash esa 14 foizni tashkil etgan.

2026-yilga kelib hammasi keskin o‘zgardi: dasturlash 46 foizgacha o‘sdi, telekom ulushi esa 33 foizgacha pasaydi.

Bu telekomning hajmi kichrayganini anglatmaydi.

Aksincha, u deyarli ikki barobarga o‘sib, 7,8 trln so‘mdan 15,5 trln so‘mga yetdi.

Shunchaki dasturlash ayni shu vaqt ichida qariyb 15 barobarga — 1,5 trln so‘mdan 22 trln so‘mga o‘sdi.

Bu sur’atlarni IT Park misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin.

2021-yilda rezidentlar 2,5 trln so‘mlik xizmat ko‘rsatgan bo‘lsa, 2025-yilga kelib bu ko‘rsatkich 32,1 trln so‘mga yetdi.

Shu davr mobaynida eksport hajmi $46 mlndan $728 mlngacha o‘sdi.

Biroq, doim bunday tez sur’atda o‘sishning iloji yo‘q, shu sababli endi yangi o‘sish manbalari zarur.

Shulardan biri — Enterprise Uzbekistan. Bu ko‘proq pul va kompaniyalarni jalb qilish imkonini beradi.

Yana bir o‘sish manbayi — infratuzilma.

Ayni paytda DataVolt kompaniyasi Toshkentdagi IT Park hududida ma’lumotlar markazini qurmoqda, YTTB esa ushbu loyiha uchun $78 mln kredit ajratishni ko‘rib chiqmoqda.

Birinchi bosqichda u 12 MVt neytral quvvat yaratadi, undan turli mijozlar: mahalliy kompaniyalar, davlat tuzilmalari va boshqalar foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Bularning barchasi keyingi o‘sish bosqichi uchun zarur.

Bunga imkoniyat bor: AKT hajmi deyarli 50 trln so‘mga yetgan bo‘lsa-da, bu hali O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining atigi 2,7 foizini tashkil etadi.

Ya’ni, soha kattalashgan, lekin salohiyati bundan ham katta.



#itpark #iqtisodiyot
4,3200025
Beshtor logo
Beshtor

25-avg, 2026, 12:36

Photo1/2
Buxoroda million dollarlik BPO kompaniya paydo bo‘ldi

Amerikada trucking biznesi bilan shug‘ullanadigan o‘zbekistonliklar ko‘p.

United Group Logistics ham shunday kompaniyalardan biri.

U 2012-yilda atigi ikkita yuk mashinasi bilan ish boshlagan.

Hozir esa UGL Holding tarkibida 1 000 dan ortiq yuk mashina bor.

Biznes kattalashgani sari ish ham ko‘paygan. Shu sabab jarayonlarning bir qismini O‘zbekistonga olib kelishgan.

Natijada 2023-yilda Buxoroda Leaders Group Team paydo bo‘ldi. Bir yil o‘tib kompaniya IT Park rezidentiga aylandi.

Bu yerdagi jamoa AQShda yuk topadi, brokerlar va haydovchilar bilan ishlaydi, marshrutlar, hujjatlar va texnikani nazorat qiladi.

Hammasi Buxorodan turib.

2025-yilda kompaniya eksporti $963,5 ming bo‘lgan. 2026-yilning birinchi olti oyidayoq esa $1,43 mlnga yetdi.

Jamoa ham 150 kishigacha o‘sdi. Yaqinda kompaniya yangi autsorsing markazini ochdi.

Bu — BPO, ya’ni biznes jarayonlarini tashqaridan turib yuritish.

Bir necha yil oldin bu bozor asosan AQShga ko‘chib ketgan o‘zbekistonliklarning bizneslari hisobiga o‘sardi. Endi esa tanish-bilish shart emas.

Mahalliy BPO kompaniyalari amerikalik mijozlarni o‘zlari topyapti va ular uchun dispatching, buxgalteriya, HR va boshqa jarayonlarni yurityapti.

IT Park ham bu yo‘nalishni rezidentlikka qo‘shdi va hududlarda ofis ochishga yordam bera boshladi.

Natijada hozir yangi eksportchi rezidentlarning deyarli har beshinchisi BPO yoki KPO bilan shug‘ullanadi.

Tashqi bozorga ishlaydigan 1 050 ta rezidentning 30 foizi Toshkentdan tashqarida, eksportning 54 foizi esa Shimoliy Amerikaga to‘g‘ri keladi.

Albatta, bu bozorda Hindiston, Filippin va Sharqiy Yevropa bilan raqobat bor.

Lekin O‘zbekistonda ham kuchli tomonlar yetarli: yoshlar ko‘p, jamoa saqlash xarajati pastroq, IT Park imtiyozlari esa biznes modelini yanada qulay qiladi.

Eng muhimi, BPO — dasturlash emas.

Ko‘p yo‘nalishlarda yaxshi ingliz tili bilan kirib, qolganini ishning o‘zida o‘rganish mumkin.

Shuning uchun bunday biznes faqat Toshkentda emas, deyarli istalgan viloyatda paydo bo‘lishi mumkin.

Ofis, internet, bir nechta xorijiy mijoz va o‘rganishga tayyor odamlar bo‘lsa — boshlash uchun yetarli.

O‘zbekiston uchun ayni muddao.

Foto: IT Park

@beshtorr

#texnologiyalar
2,5100027
Beshtor logo
Beshtor

22-avg, 2026, 12:49

Photo1/2
Vou, Asterium O‘zbekistondan tashqariga chiqishga tayyorlanyapti

Kompaniya BAA uchun xodim qidirishni boshladi.

Mahalliy fintex va Web3 bozorini, media, influenserlar, hamjamiyatlar va potensial hamkorlarni yaxshi biladigan odam kerak.

Asterium O‘zbekistonda atigi bir yarim yildan beri ishlaydi.

Shu vaqt ichida kriptobirja, depozitariy, o‘z blokcheyni, hamyon, kriptokartalar, ekvayring va tokenlardan iborat katta ekotizim qurib ulgurdi.

Bunday to‘plam jahon miqyosida ham kam uchraydi. O‘zbekistonda ishlagan modelni boshqa bozorlarga ham olib chiqsa bo‘ladi.

BAA buning uchun juda mos: bozor ham, auditoriya ham tayyor. Aholining qariyb 30 foizi kriptoaktivlarga ega — bu dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri.

Kripto kundalik to‘lovlarga ham kirib boryapti: bir yil ichida to‘lovlar hajmi 88 foizga oshgan.

Asterium avval kriptobirja bilan kirib, keyin boshqa mahsulotlarini ham olib chiqishi mumkin. Talab bor.

Aytgancha, kompaniya mintaqaviy kengayishga tayyorlanayotgani haqida biz ancha oldin signal olgandik.

Bizdagi ma’lumotga ko‘ra, BAA — faqat boshlanishi. Keyin MENAning boshqa mamlakatlari va Janubi-Sharqiy Osiyo ham bo‘lishi mumkin.

Bu katta va noodatiy hikoyaning boshlanishiga o‘xshaydi. Chunki O‘zbekiston kompaniyalari, ayniqsa texnologiya sohasida, tashqi bozorlarga juda kam chiqadi.

Ha, bizda IT-xizmatlari eksporti bor. Lekin bu boshqa daraja: mahsulotni bir mamlakatda yaratib, keyin butun dunyoga olib chiqish. Revolut, Klarna va Adyen ham shunday yo‘l tutgan.

Ular Buyuk Britaniya, Shvetsiya va Niderlandiyadan boshlangan. Asterium uchun esa bunday nuqta O‘zbekiston bo‘lishi mumkin.

Stay tuned (c).

@beshtorr

#fintex
2,2100020
Beshtor logo
Beshtor

18-avg, 2026, 13:55

Photo1/2
❗️Biz bilgan nasiya savdo endi bo‘lmaydi

Prezident O‘zbekistonda bo‘lib-bo‘lib to‘lashni tartibga soluvchi hujjatni imzoladi.

Ha, bu bozor katta talab tufayli o‘z-o‘zidan paydo bo‘ldi va rivojlandi.

Biroq u yerda pul qancha ko‘paysa, o‘zgarishlar ham shuncha yaqinlashayotgan edi. Endi o‘sha vaqt keldi.

2027 yil 1 yanvardan bo‘lib-bo‘lib to‘lash operatorlari paydo bo‘ladi. Ular xaridor uchun sotuvchiga pul to‘lab, keyin o‘sha pulni xaridordan qismlarga bo‘lib undirib oladigan kompaniyalardir.

Faoliyat yuritish uchun ular Markaziy bank reyestriga kirishi, kredit byurolariga ma’lumotlarni uzatishi va qarz yuklamasini hisobga olishi kerak bo‘ladi.

Bo‘lib-bo‘lib to‘lashning shartlari ham o‘zgaradi.

Uning miqdori BHMning 250 baravaridan (bu sentyabrdan 110 mln so‘m bo‘ladi), maksimal muddati esa 12 oydan oshishi mumkin emas. Bundan uzoqroq muddatdagilar endi kredit hisoblanadi.

Endi ustama, komissiyalar va xaridning to‘liq qiymati alohida ko‘rsatiladi. Faqat shartnomada emas, balki to‘g‘ridan to‘g‘ri do‘konning o‘zida yoki saytda — oddiy narx yonida va u bilan bir xil o‘lchamdagi shriftda.

Asosiy qarzdan tashqari barcha to‘lovlar, jarima va penyalar bilan birga, yiliga bo‘lib-bo‘lib to‘lash summasining 50 foizidan oshmasligi kerak.

Bunday usulda ko‘chmas mulk sotib olishga umuman yo‘l qo‘yilmaydi.

Tartibga solish nafaqat nasiya servislarini, balki o‘zining bo‘lib-bo‘lib to‘lash tizimiga ega yirik do‘konlarni ham qamrab oladi (agar choraklik aylanma 500 mln so‘mdan oshsa va savdoning kamida yarmi bo‘lib-bo‘lib to‘lash hissasiga to‘g‘ri kelsa). Ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bundan mustasno.

⏺ Xullas, har xil qoidalar asosida ishlab kelgan hozirgi nasiya savdosi endi bo‘lmaydi.

Masalan, hozir televizorni ikki yilga sotib olish mumkin, 2027 yildan esa yo’q — yo 12 oy, yo kredit.

Hozir hamma kompaniyalar ham kredit byurolariga ma’lumot uzatmayapti, shuning uchun telefonni bir servisdan, mebelni boshqasidan, muzlatkichni esa uchinchisidan xarid qilish mumkin.

Yangi qoidalar bilan esa har bir keyingi bo‘lib-bo‘lib to‘lash miqdori kamayishi yoki umuman berilmasligi ham mumkin.

Mohiyatan, nasiya oddiy kreditga yaqinlashmoqda, shu sababli kredit tarixingizni kuzatib boring — u yanada muhim ahamiyat kasb etadi.

Raqobat ham o‘zgaradi, chunki endi kompaniyalar reklamadagi to‘lov miqdori bilan emas, balki real ortiqcha to‘lov bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.

Aytgancha, bu ustamalarning asta-sekin pasayishiga olib kelishi mumkin, garchi ayrim xarajatlarni darhol mahsulot narxiga qo‘shib qo‘yishga harakat qilishlari aniq...

Nima bo‘lganda ham, Uzum Nasiya va Alif Nasiya kabi gigantlar bunga katta ehtimol bilan moslashadi, chunki ular hozirdanoq yangi talablarning ko‘piga rioya qilib kelmoqda.

Butun biznesi sust tekshiruvlarga tayangan kichik servislarga esa qiyin bo‘ladi.

Shunday ekan, bozor tozalanishi mumkin, lekin yo‘qolib qolmaydi — 12–13 trln so‘m kam pul emas.

Biroq shiddatli o‘sish to‘xtaydi va bir muncha vaqtdan so‘ng boshqacha, barqaror o‘sish boshlanadi.

Nasiya savdo hayotning muhim qismi bo‘lib qolaveradi, faqat u endi bir tomondan qimmatroq va murakkabroq, boshqa tomondan esa xavfsizroq va shaffofroq bo‘ladi.

@beshtorr

#ecom
3,7300031
Beshtor logo
Beshtor

17-avg, 2026, 12:45

Video
⚡️ Paynet GoInvest’ni sotib olmoqda Bizga ma’lum bölişiça, Paynet’ning şöba korxonasi bölgan Furtherit MÇJ GoInvest MÇJning nazorat paketi egasiga aylanmoqda. Bu kompaniya aksiyalar savdosi uçun möljallangan platformaga mas’uldir. Şuningdek, uning Android…
2,0900025
Beshtor logo
Beshtor

17-avg, 2026, 12:43

⚡️ Paynet GoInvest’ni sotib olmoqda

Bizga ma’lum bölişiça, Paynet’ning şöba korxonasi bölgan Furtherit MÇJ GoInvest MÇJning nazorat paketi egasiga aylanmoqda.

Bu kompaniya aksiyalar savdosi uçun möljallangan platformaga mas’uldir. Şuningdek, uning Android va iOS uçun ilovalari ham bor.

Kelişuv summasi oşkor etilmayapti, biroq uning yirik ekani aniq, çunki GoInvest Özbekiston bozori uçun noyob aktivdir.

@beshtorr

#fintex
2,0200018
Beshtor logo
Beshtor

13-avg, 2026, 11:03

Photo1/2
💲Özbekistonda investitsiyani qayerdan topsa böladi

Uzoq vaqt davomida Özbekistonda investitsiyani uçta F’dan izlaş kerak edi: friends, family, fools.

2020-yilda bu yerga Sturgeon Capital kirib kelgaç, hammasi özgardi.

Oradan olti yil ötib, 10 dan ortiq institutsional investor faoliyat yuritmoqda.

Şu bilan birga, bozor hali yoş, hamma narsa endigina boşlanyapti, jumladan, fondlarning özlari uçun ham.

Sohalar böyiça taqsimot yöq, hamma hammaga sarmoya kirityapti.

Biroq, asta-sekin kimga murojaat qiliş afzalligini tuşunişga yordam beradigan öziga xos jihatlar paydo bölmoqda.

Masalan, agar kompaniya oyoqda mustahkam tursa va endi bir neçta mamlakatda ösişni xohlasa, töğri IT Park Ventures’ga borişi kerak.

U hozirça bir çek bilan $1 mln bergan yagona fond, endi esa $3 mln ham bera oladi. Bundan taşqari, fondning butun dunyo böylab aloqalari yaxşi.

Katta xalqaro rejalarga ega kompaniyalar uçun yana bir variant — DOMiNO.

Agar kompaniyangiz hozirça siz va dasturçi döstingizdan iborat bölsa, Yoşlar Ventures va Imkon Ventures’ga nazar soling.

Ular asosan $20 mingdan $60 minggaça sarmoya kiritadi. Bu miqdor kengayiş uçun kam, lekin start uçun yetarli.

Bundan ham avvalroq bosqiçda Sarmo Ventures yoki Avlod Ventures’ga murojaat qiliş mumkin.

Ular investitsiyalarni studiyalar bilan birga taklif qiladi hamda mahsulot, jamoa va ilk qadamlar bilan yordam berişi mumkin.

AloqaVentures haqida alohida aytib ötiş lozim. Bu — kiritilgan investitsiyalar soni böyiça eng yirik fond bölib, allaqaçon 50 dan ortiq kompaniyani moliyalaştirgan.

U $10–20 mingdan boşlaşi mumkin, ammo ança yetuk loyihalarga $100–300 minggaça sarmoya kiritadi. Şunday ekan, unga ham ilk mahsulot bilan, ham keyingi raund uçun bemalol murojaat qilsa böladi.

UC Ventures, United Ventures va SQB Ventures esa işlayotgan mahsuloti va savdolari bor, ança ulğaygan startaplar uçun juda mos keladi.

Yana AIS Ventures, X-Togo Capital va Hayot Ventures ham bor. Ular haqida hozirça aytarli gap yöq, ammo bu ularga murojaat qilmaslik kerak, degani emas.

Aksinça, yangi iştirokçilarga köpinça ilk yaxşi loyihalar juda kerak böladi. Ehtimol, ularning investitsiyasi sizga qançalik zarur bölsa, siz ularga undan ham köproq keraksiz.

Biroq, hamma narsani faqat pulga boğlab qöymaslik lozim. Undan ham muhimroq narsalar bor:

⏺ eng dastlabki bosqiçda mahsulotni yiğişga yordam beradigan investor kerak;

⏺ örta bosqiçda — şu mahsulotdan biznes yaratişga kömaklaşadigan kişi kerak;

⏺ xalqaro miqyosda ösişda esa — çet elda jamoa, savdo va hamkorlikni yölga qöyişda yordam beradigan kişi kerak.

Agar biror fond şulardan birortasini taklif qilsa, darhol rozi böliş kerak. Puldan ham, albatta, voz keçiş yaramaydi. Zarari tegmaydi.

@beshtorr

#vençur
2,5200027
Beshtor logo
Beshtor

11-avg, 2026, 10:43

Photo1/2
“Ipoteka-bank” rahbari özgardi, ammo maqsadi emas

Iyul oyi oxirida Adam Sentpeteri “Ipoteka-bank OTP Group”ning rahbari etib rasman tayinlandi.

U bank uçun begona odam emas — 2023-yilning yozida, bank xususiylaştirilganidan söng kelgandi.

Dastlab strategiya va moliya uçun mas’ul bölgan, keyin esa butun transformatsiya dasturiga boşçilik qilgan.

Şunday ekan, rahbar yangi, biroq maqsad avvalgidek — sobiq davlat bankini zamonaviy Yevropa bankiga aylantiriş.

Natijalar bu yondaşuv iş berayotganini körsatmoqda. Birinçi yarim yillik yakunlariga köra:

⏺ bankning sof marjasi 8,1 foizgaça, vositaçilik daromadlari esa 42 foizga oşdi;

⏺ kreditlar hajmi 23 foizga, omonatlar 15 foizga, ipoteka esa 13 foizga ösdi;

⏺ mijozlarning sodiqlik indeksi 66 foizga yetdi.

IT, marketing va transformatsiyaning öziga katta xarajatlar qilinayotganiga qaramay, samaradorlik yaxşilandi: bank har 100 söm daromad uçun endi 44 söm sarflamoqda.

Natijada sof foyda 43 foizga oşib, 1,2 trln sömni taşkil etdi.

Bu körsatkiç böyiça “Ipoteka-bank” Özbekistonda ketma-ket ikkinçi çorakdirki, birinçi örinni egallab turibdi.

Şu bilan birga, ösiş uçun imkoniyatlar hali bor.

Hozirda bank kreditlarni ança ehtiyotkorlik bilan — asosan özining maoş kartalari egalariga ajratmoqda.

Navbatdagi vazifa — bu auditoriya doirasidan çiqib, yanada kengroq mijozlar qatlami bilan işlaşni boşlaş.

Sentpeteri endi rahbar sifatida aynan şu iş bilan şuğullanadi.

P.S. Aytgança, OTP uşbu xariddan mamnun körinadi: “Ipoteka-bank” hissasiga guruh aktivlarining qariyb 3 foizi, foydasining esa deyarli 6 foizi töğri keladi.

Yirik davlat kompaniyalarini nouneymlarga emas, maşhur xalqaro kompaniyalarga sotsa bölar ekan-ku 😏

@beshtorr

#banklar
2,1200015
Beshtor logo
Beshtor

08-avg, 2026, 12:14

Photo1/2
Wildberries inqirozi Özbekistonga qanday ta’sir körsatadi

Rossiyada Wildberries omborlari yonayotganidan xabardor bölsangiz kerak. Hozirda maydonning 20 foizdan ortiği şikastlangan yoki yöq qilingan.

Bu bizga ham bevosita taalluqli, çunki sönggi yillarda marketpleys, asosan, töqimaçilik mahsulotlarini eksport qiliş kanallaridan biriga aylangan edi.

Ötgan yili platforma orqali $1,5 mlrdlik tovarlari sotilgan, bu yil esa $2 mlrd kutilayotgandi, biroq buning amalga oşişi endi dargumon.

Wildberries hozirça qança tovar yongani va ular kimga tegişli ekanini hisoblab çiqmadi, şu bois zararni aniq baholaş imkonsiz.

Biroq Özbekistonning marketpleys aylanmasidagi uluşidan kelib çiqilsa, töğridan-töğri yöqotişlarni $40–60 mln deya baholaşimiz mumkin.

Bundan taşqari, butun ta’minot zanjiri izdan çiqqanini ham hisobga oliş kerak. Şikastlanmagan tovarlarni ham yetkazib beriş qiyinlaşgan.

Savdolar taxminan 20-25 foizga kamayişi va aylanmadan yana qariyb $30–40 mln çiqib ketişini kutiş munkin.

Bu hisob-kitoblarning barçasi, albatta, dastlabki va taxminiydir. Wildberries hali ham nima va qayerda yongani borasida suriştiruv olib bormoqda, hujumlar esa davom etyapti.

Bunday şaroitda tadbirkorlarning özlari boşqa variantlarni izlay boşlaydi.

Bizdagi ma’lumotlarga köra, Özbekistondan bir neçta sotuvçi Qozoğistonga yöl olgan.

Ular uçraşuvlar ötkazib, şartlarni muhokama qilyapti, aloqalar örnatyapti, vaziyatni örganib, mahalliy platformalarni, birinçi navbatda, Kaspi’ni közdan keçirmoqda.

Qiziği, xuddi şunday jarayon teskari yönalişda ham kuzatilmoqda.

Şu kunlarda qozoğistonlik sotuvçilarning butun bir guruhi bu yerdagi vaziyatni biliş va Uzum’ga kiriş imkoniyatlarini örganiş uçun Özbekistonga keldi.

Ular uçun bu masala ança jiddiy turibdi, çunki ularda sotuvçilar köp va Wildberries’ga qaramlik ham kuçliroq. Ularga şunçaki boşqa marketpleys emas, balki yangi bozor kerak.

Qirğizistonlik sotuvçilarda ham ahvol şunga öxşaş, faqat ular bir vaqtning özida ham Qozoğistonga, ham Özbekistonga qarayapti. Va ha, ular ham ayni paytda Toşkentda.

Albatta, Wildberries’ning örnini töliq bosiş imkonsiz, bizning bozorlarimiz kiçikroq va aholining xarid qobiliyati pastroq.

Şu bois, savdo oqimlari yakunda qayerga yönalişi hozirça noma’lum, biroq Markaziy Osiyo içida ular özgara boşladi.

Фото: Reuters / Stringer

@beshtorr

#ecom
2,3700035
Beshtor logo
Beshtor

07-avg, 2026, 15:30

Photo1/2
💲 O‘zbekistondagi fintex bozori yangi bosqichga kirdi

2026-yilning birinchi yarmida mamlakatdagi 10 ta eng yirik to‘lov kompaniyasi 2,4 trln so‘m tushum oldi — bu butun bozorning 93 foizi.

Bir yil ichida top-10 tushumi 41 foizga oshdi, jami foyda esa 1 trln so‘mga yetdi.

Qog‘ozda O‘zbekistonda 51 ta litsenziyalangan to‘lov tashkiloti bor. Amalda esa qariyb 25 tasi faol ishlaydi, ularning taxminan yarmi hanuz zarar ko‘rmoqda.

Bozor endi ancha jamlangan: yuqoridagi kompaniyalar daromadli, o‘sish esa hali ham tez.

Ommaviy to‘lovlar segmentini Paynet, Payme, Click, Beepul va Alif egallagan.

Paynet bir necha yillik turg‘unlikdan chiqib, O‘zbekistondagi eng yirik beshta soliq to‘lovchi qatoriga kirgan birinchi fintech kompaniya bo‘ldi.

Payme Click’ni ortda qoldirdi va farqni oshirib bormoqda. Beepul tushumini 10 mlrd so‘mdan kam darajadan qariyb 100 mlrd so‘mgacha olib chiqdi.

Alif esa yaqinda bank litsenziyasini olishi mumkin. Bu islomiy moliya bozoriga qo‘shimcha turtki beradi.

Rahmat, Open, ATTO, CDTI va Plum aniq yo‘nalishlarda o‘smoqda: savdo uchun qurilma va dasturlar, multibanking, bo‘lib to‘lash, transport to‘lovlari, smart-kassalar va shaxsiy moliya.

Bozorga oddiy to‘lov ilovasi bilan kirib olish davri tugadi. Ammo bozor yopiq emas.

Keyingi yirik o‘yinchi bitta tor yo‘nalishni tanlab, uni butun bozor uchun infratuzilmaga aylantira olgan kompaniya bo‘lishi mumkin.

@beshtorr

#fintex
2,5800025
Beshtor logo
Beshtor

06-avg, 2026, 16:44

Photo1/2
👍 Özbekiston Uklon’ning asosiy bozorlaridan biriga aylanmoqda

Kompaniya kengayişni boşlaydi. Toşkentdan taşqaridagi birinçi hudud Farğona vodiysi böladi.

Hozirda haydovçilarni ulaş jarayoni ketmoqda, tez orada taksi çaqiriş va yetkazib beriş xizmatiga buyurtma beriş mumkin böladi.

Ha, kompaniya uç yil davomida faqat poytaxtda işladi, endi esa biryöla beşta şaharni qamrab olmoqda: Farğona, Marğilon, Qöqon, Namangan va Andijon.

Biroq, aslida, gap eng ziç joylaşgan yagona hudud haqida ketmoqda.

Aholi ziçligi, harakatçanlik va talab yuqori. Rasmiy taksi xizmatlarining kirib borişi esa, aksinça, past darajada.

Bu yerda Özbekiston aholisining qariyb 30 foizi istiqomat qiladi, ammo 2025-yilda vodiy hissasiga barça qatnovlarning atigi 16 foizi töğri kelgan.

Bozorni asosan “xufiyona” işlaydigan taksiçilar nazorat qiladi.

Uklon aynan ularni rasmiy işlaş foydaliroq ekanligini körsatib, öz tomoniga oğdirişga harakat qiladi.

Şu sababli, yil oxirigaça yangi haydovçilar uçun komissiya maxsus pasaytirildi.

Yölovçilarga kelsak, bu borada Uklon’ning asosiy xususiyati – narx belgilaş tizimi qöl kelişi mumkin.

Xizmatning özi joriy narxni taklif qiladi, yölovçi esa, agar maşina tezroq kerak bölsa, narxni oşirişi yoki aksinça, pasaytirişi mumkin.

Bu Özbekiston bozori uçun noyob model bölib, u poytaxtda allaqaçon özini oqlagan – 2025-yilda Uklon orqali 15 millionta qatnov amalga oşirilgan.

Endi bu modelni boşqa hududlarga ham yoyiş vaqti keldi.

@beshtorr

#taksi
2,3100035
Beshtor logo
Beshtor

05-avg, 2026, 16:59

Photo1/2
💲Özbekistonda kim va qança pul jalb qildi. Aprel–iyun ’26

IT Park bilan hamkorlikda Özbekiston vençur bozorini tahlil qilişda davom etamiz.

Ikkinçi çorakda startaplar va texnologik kompaniyalar $3,5 mln jalb qildi.

Bu birinçi çorakdagiga qaraganda ança kam, lekin öşanda Uzum va uning $131,5 mlnlik bitimi bor edi.

Aprel–iyun oylarida bunçalik yirik bitimlar bölmadi — eng katta raundni Ayan Capital ötkazib, IT Park Ventures’dan $1 mln jalb qildi.

Lekin bozorning özida bir neçta qiziqarli özgarişlar yuz berdi.

⏺ Birinçidan, raundlar hajmi oşdi.

Yaqin-yaqingaça startaplar köpinça $20–50 ming atrofida sarmoya jalb qilardi, endi esa gap asosan $80–200 ming haqida ketmoqda.

Bu pulga bemalol kiçik bir jamoa yiğiş, mahsulotni pişitiş va uning haqiqatan ham kerak yoki kerakmasligini tekşirib köriş mumkin.

Şu tariqa, mikrobitimlar va köp millionli sarmoyalar örtasida asta-sekin örta böğin paydo bölmoqda.

⏺ Ikkinçi özgariş — Yoşlar Ventures.

U asosiy yulduzga aylanib, 28 ta bitimdan 14 tasida qatnaşdi.

Qolaversa, Yoşlar Ventures deyarli barça sohalarga sarmoya kiritgan: sun’iy intellekt, EdTeç, logistika, elektron tijorat, SaaS va hatto mebel sotiş servisiga ham.

Şunday ekan, agar investor izlayotgan bölsangiz, uşbu fondga diqqat bilan nazar solişni tavsiya qilaman.

⏺ Uçinçi özgariş — investorlar tobora köproq birlaşmoqda.

Eng qiziq joyi ham şu: fondlar va biznes-fariştalar hamkorlikdagi bitimlar soni böyiça rekord örnatdi.

Masalan, MakonAI birdaniga uçta — IT Park Ventures, Aloqa Ventures va Yoşlar Ventures’dan jami $300 ming jalb qildi.

Joymee uçta investordan $150 ming, TheCarGo esa fond va biznes-fariştalardan $110 ming oldi.

Endi butun summani bitta fonddan olişga urinmasdan, bir neçta investorlardan raund yiğişga harakat qilib körsa böladi.

Umuman olganda, Özbekistonning vençur bozori hali juda yoş — bitimlarning aksariyati pre-seed bosqiçiga töğri keladi.

Lekin u asta-sekin murakkablaşib, turlanib bormoqda va bu qaysi sohada faoliyat yuritişidan qat’i nazar, har qanday yaxşi loyiha uçun sarmoya yölini oçib beradi.

Bosing.

@beshtorr

#vençur
1,9400031
Beshtor logo
Beshtor

03-avg, 2026, 12:38

Photo1/2
Özbekistonliklar AI’ga millionlab dollar sarflamoqda

Yilning birinçi olti oyida Özbekistonda QQS tölovçi xorijiy internet-kompaniyalar 1,2 trln sömlik xizmat körsatdi.

Bu ötgan yilgi körsatkiçdan 83 foizga köp.

Jiddiy ösiş, biroq biz buni avval ham köp marta tahlil qilganmiz.

Hozir boşqa bir jihat qiziqroq — kuçli önlikdan birdaniga uçta, faqat va faqat AI bilan şuğullanuvçi kompaniya örin olgan.

Bizda bunday holat ilk bor kuzatilmoqda.

Ilgari kuçli önlikka Netflix, Zoom, Xsolla kabi kompaniyalar kirardi…

Ammo zamon özgaryapti. Özbekistonliklarning xarajatlari ham.

Endi kuçli önlikda Anthropic (Claude dasturi işlab çiquvçisi), OpenAI (ÇatGPT) va Anysphere (Cursor).

Ular birgalikda jami 113 mlrd sömlik xizmat körsatgan.

Yana bir qiziq jihat — Özbekistonda Anthropic OpenAI’dan özib ketdi.

Ha, uning Claude Code vositasi hozirda AT mutaxassislari uçun eng ommabop instrumentlardan biri sanaladi.

Cursor’ga kelsak, u butunlay dasturçilarga möljallangan. Bu şunçaki suhbat quriladigan çat emas, balki tölaqonli kod muharriridir.

Mana şu xizmatlarning barçasiga özbekistonliklar yil boşidan buyon qariyb $10 mln sarflab ulgurdi. Ilgari bu summa $1 mlnga ham yetmasdi.

Özbekiston AI davriga şunday tezlik bilan kirib bormoqda.

Hayron qolmadim, zero bu raqamlar sönggi yillarda yozganlarimizni tasdiqlayapti. Özbekiston jadal raqamlaşmoqda, AT sohasiga urğu bermoqda, dasturçilar soni esa tobora ortib boryapti.

Qolaversa, bolaligidan internetda yaşaydigan va yangi texnologiyalarni ança tez özlaştiradigan avlod voyaga yetdi.

Şu bois AI Özbekistonda özini xuddi öz uyidagidek his qilmoqda.

@beshtorr

#texnologiyalar
6,2100052
Beshtor logo
Beshtor

29-iyl, 2026, 10:40

Photo1/2
Avvallari aytichilar Toshkentga borardi. Endi kompaniyalarning o‘zi hududlarga kelyapti

2026-yilning dastlabki olti oyida hududlarda IT Park’ning 257 nafar yangi eksportchi rezidenti ro‘yxatdan o‘tdi.

Ularning 138 tasi xorijiy sarmoya ishtirokidagi kompaniyalardir.

Ayniqsa, geografiyasi qiziq. Surxondaryo viloyatida 34 ta, Toshkent viloyatida 31 ta, Namangan viloyatida 17 ta, Samarqand viloyatida esa 15 ta xorijiy kompaniya paydo bo‘ldi.

Aslida, bu ish ancha yildan beri davom etib kelmoqda, shunchaki uzoq vaqt kuchli nomutanosiblik bor edi.

2023-yilda IT Park barcha rezidentlarining qariyb 32 foizi va o‘quv markazlarining 73 foizi hududlarda joylashgandi. Barcha talabalarning 67 foizi ham o‘sha yerda tahsil olgan.

Shu bilan birga, rezidentlar daromadining atigi 5 foizi va ish o‘rinlarining taxminan 14 foizi hududlar hissasiga to‘g‘ri kelardi.

G‘alati holat yuzaga kelgandi: hududlarda IT’ni o‘rganishga joy bor-u, lekin mutaxassislik bo‘yicha ishlashga deyarli imkoniyat yo‘q edi.

Shu sababli eng faollari baribir Toshkentga ketar yoki poytaxt kompaniyalarida masofadan turib ishlardi.

Asta-sekin bu tafovut qisqara boshladi.

2025-yil o‘rtalariga kelib, hududlarda mingdan ortiq IT Park rezidenti faoliyat yurita boshladi.

Buning natijasida birgina Farg‘ona viloyatining o‘zida IT xizmatlari hajmi bir necha yil ichida to‘rt baravarga oshdi, o‘tgan yil yakuniga ko‘ra esa eksport hajmi 22,7 million dollarga yetdi.

Yana bir misol – EPAM kompaniyasi. Uning ayrim xodimlari ancha vaqtdan buyon Buxoro va Andijondan turib masofaviy ishlamoqda.

Bularning barchasi muhim, chunki IT sohasida, shartli aytganda, ulkan zavod qurmasdan ham hududlarga valyuta olib kirish va ish o‘rinlari yaratish mumkin.

Albatta, buning uchun baribir internet, elektr energiyasi, ofislar, ingliz tili va malakali rahbarlar kerak bo‘ladi. Ammo bu sohaga kirish ancha osonroq.

Texnik yordam, BPO, KPO, dizayn, testdan o‘tkazish, ma’lumotlarga ishlov berish, dispetcherlik xizmatlari – servis kompaniyalari o‘nlab va yuzlab odamlarni tezda ishga yollash imkonini beradi.

⏺ Namanganlik kichik bir jamoa AQSH uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqishi mumkin.

⏺ Termizdagi ofis Yevropadan kelgan mijozlarni qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanishi mumkin.

⏺ Farg‘onadagi kompaniya boshqa mamlakat biznesi uchun ma’lumotlarga ishlov berishi yoki buxgalteriya jarayonlarini yuritishi mumkin.

Shu bois IT Park xorijiy kompaniyalarni aynan hududlarga jalb qilishga alohida e’tibor qaratadi, ularga ofis, uskunalar topishda va xodimlarni o‘qitishda ko‘maklashadi.

Shu sababli, yaqin bir necha yil ichida taqsimlangan kompaniyalar soni yanada ortib borishiga guvoh bo‘lamiz.

Bosh ofis Toshkentda yoki xorijda qoladi, Farg‘ona, Samarqand, Namangan, Andijon, Nukus va boshqa shaharlarda esa 20–100 kishilik jamoalar tashkil etiladi.

Keyinchalik bu jamoalar orasidan o‘zining rahbarlari, ta’sischilari va kompaniyalari yetishib chiqa boshlaydi.

Bu jarayon aynan shunday ishlaydi. Hududiy ITning qimmati ham shundadir.

@beshtorr

#itpark
3,3600019
Beshtor logo
Beshtor

17-iyl, 2026, 13:26

Photo1/2
myGov boşqaruv markaziga aylanmoqda. Ammo unga yangi bölim kerak

Yaqinda myGov ilk bor oy yakunlariga köra Özbekistonda eng köp yuklab olingan ilova böldi.

Rostan ham, oxirgi paytlarda uni ança yaxşilaşdi. Kuzda esa yana bir neçta foydali funksiya qoşiladi.

Masalan, bank kartalarni boşqarariş.

Hozir nomingizga oçilgan barça kartalarni Milliy ilovasida köriş mumkin, myGov’da esa nafaqat köra olasiz, balkim bloklaş yoki yopiş uçun ariza ham yubora olasiz.

Telefon raqamlari bilan ham şunday böladi: nomingizga oçilgan raqamlarni tekşirib, kerak bölsa yopti­riş mumkin böladi.

Uy-joy yoki avtomobilni sotiş, garovga qöyiş va ipoteka rasmiylaştirişga taqiqni ham özingiz qöyib, özingiz olib taşlay olasiz.

Qisqasi, hozir myGov nomingizga nimalar rasmiylaştirilganini körsatadi. Tez orada esa ularni özingiz boşqara olasiz.

Bu yö­nalişni davom ettiriş kerak. Har kim öz nomiga nima rasmiylaştirilganini bilib turişi va ortiqça heć narsa yöqligiga işonç hosil qilişi kerak.

Raqamli gigiyena oddiy gigiyenadan kam emas.

Aslida, myGov’da “Nomimga nimalar rasmiylaştirilgan?” degan alohida bölim kerak.

Unda kartalar, SIM-kartalar, bank hisoblari, IMEI böyiça röyxatdan ötgan telefonlar, ERI, işonçnomalar, suğurtalar, kompaniyalar va boşqa ma’lumotlar bir joyda turadi.

Har birining qarşisida kerakli tugma: yopiş, bloklaş, bekor qiliş, tuzatiş yoki şikoyat yuboriş.

Buni qiliş mumkin. Çunki kerakli ma’lumotlar va xizmatlarning aksariyati portalda allaqaçon bor. Ularni bir joyga yiğib, foydalanishga qulay qiliş qolgan, xolos.

Şunda myGov yanada foydali böladi, elektron hukumat esa odamlarga yanada yaqinlaşadi.

@beshtorr

#texnologiyalar
3,5900053
Beshtor logo
Beshtor

13-iyl, 2026, 16:15

Photo1/2
Mana Özbekiston islomiy moliya bozori. Ha, u endi bor

2025-yilni Özbekistonda islomiy moliya bozori paydo bölgan ilk yil deb aytish mumkin.

Hozirça bozor juda kiçik — bor-yöği 21,1 mlrd söm.

Asosiy mahsulot — “Murobaha”. Barcha mablağlarning 63 foizi aynan uning hissasiga töğri keladi.

Keyingi örinlarda “Muzoraba” — 17 foiz, “Muşoraka” — 13 foiz va “Islomiy ijara” — 7 foiz.

Bu sözlarga asta-sekin könikish kerak, çunki endi ularni tez-tez uçratamiz.

Joriy yilning dastlabki üç oyidayoq islomiy moliyalashtirish hajmi 11,2 mlrd sömga yetdi.

Bu ötgan yilning birinçi çoragiga nisbatan sakkiz (!) baravar köp.

Banklar kirib kelgaç (hozirça faqat mikromoliya taşkilotlari), bu sur’atlar yanada yuqori böladi.

Öyinçilar haqida gapiradigan bölsak, hozirça eng kattasi Apex Moliya bölib, u 75 foizni egallaydi.

Mijozlar haqida gapiradigan bölsak, hajmning 46 foizi kompaniyalarga, 26 foizi odamlarga, 28 foizi yakka tartibdagi tadbirkorlarga töğri keladi.

Hududlar böyiça hozirça faqat Toşkent (94 foiz) va Namangan (6 foiz) qamrab olingan.

Baza juda past, şuning uçun yaqin yillarda raqamlar tez ösadi. Lekin bozorni ortiqça baholab yubormaslik kerak.

Hatto islomiy mahsulotlarga ruxsat berilgan mikromoliya taşkilotlarida ham ularning ulushi atigi 0,03 foiz.

Şunga qaramay, endi hisob uçun boshlanğiç nuqta bor: birinçi iştirokçilar, birinçi mijozlar va birinçi raqamlar. Yaqin orada alohida qonun ham paydo böladi.

Bizning hisob-kitobimizga köra, bu yil islomiy moliya bozori 60–100 mlrd sömga yetishi mumkin.

2027–2028-yillarda ösish tezlaşadi. 2030-yilga kelib esa bozor hajmi 5–15 trln sömga yetishi mumkin.

Özbekiston bank sektori miqyosida bu hali unçalik katta raqam emas. Lekin ança sezilarli böladi.

@beshtorr

#banklar
4,5300051
Beshtor logo
Beshtor

08-iyl, 2026, 15:17

Photo1/2
Mana O‘zbekiston mobil operatorlari bozori.

Ko‘rib turganingizdek, ancha raqobatli: hech kimning ulushi 33 foizdan oshmaydi.

Bir necha yil oldin ham vaziyat deyarli shunaqa edi.

Shu vaqt ichida beshta eng yirik operatorning tushumi 29 foizga o‘sdi va 2025 yil yakunida roppa-rosa 15 trln so‘mga yetdi.

O‘zbekistondagi abonentlar soni esa bu vaqt ichida atigi 9 foizga oshdi.

Ya’ni operatorlarning boshlari asta-sekin tomga tiralib boryapti.

O‘rtacha har bir o‘zbekistonlikda 2–3 tadan simka bor.

Bunaqa sharoitda eski mijozlarga ko‘proq xizmat sotish va ARPUni oshirish yangi mijoz topishdan muhimroq bo‘lib bormoqda.

Hozirda aynan shunday bo‘lmoqda, shu sababli tushum abonentlar soniga qaraganda tezroq o‘syapti.

Shuning uchun operatorlar tobora ko‘proq qo‘ng‘iroq va SMSdan emas, internetdan pul topmoqda. Shu sabab hozir hammasining asosiy e’tibori 5G investitsiyalarida.

Ba’zilari esa bundan ham oldinga o‘tib, yonma-yon servislarni ham taklif qilyapti — masalan, fintex yoki ko‘ngilochar xizmatlar.

Bu borada eng oldinda Beeline: ularda bu yo‘nalish umumiy daromadning 12 foizini berayapti.

Natijada O‘zbekistonda mobil aloqa bozori yangi ulanishlar bozoridan mijozni ushlab qolish, tezlik va qo‘shimcha servislar bozoriga aylanmoqda.

Asosiy kurash ham shu yerga ko‘chyapti.

@beshtorr

#mobayl
3,8100031
Beshtor logo
Beshtor

18-iyn, 2026, 15:17

Photo1/2
Yandex ilk bor O‘zbekistonga kiritilgan investitsiyalar hajmini e’lon qildi

$300 million ekan.

Birgina 2025-yilda investitsiyalar $150 millionni tashkil etdi.

Bular asosan ML School, o‘zbek tilidagi "Alisa", hamkorlar uchun avtomobil sotib olishni moliyalashtirish va boshqalardir.

Ha, ko‘pchilik eslay olmaydi, lekin aynan Yandex islohotlarga ishonib, O‘zbekistonga kelgan birinchi yirik texnologik investorlardan biri bo‘ldi.

O‘shandan beri ko‘p narsa o‘zgardi.

Masalan, Yandex Go‘dan oldin taksi bozori yiliga 4 million qatnovni tashkil etardi. Hozir 480 mln. Mahallamizda aytilganidek, "feel the difference".

Kompaniya hozirda mobillik va sun’iy intellektdan tortib ta’lim xizmatlarigacha bo‘lgan 20 dan ortiq yo‘nalishni rivojlantirmoqda.

Har oyda uning mahsulotlaridan 7 milliondan ortiq kishi, ya’ni deyarli har uchinchi katta yoshli fuqarosi foydalanadi.

@beshtorr

#kompaniyalar
4,2600045
Beshtor logo
Beshtor

20-may, 2026, 10:45

Photo1/2
Uzum O‘zbekistonda birinchi bo‘lib YеTBdan mablag‘ oldi. Fintex kuchi

Yevroosiyo taraqqiyot banki va Uzum o‘rtasida $70 mlnlik kredit shartnomasi imzolandi.

Katta summa, lekin bitim faqat shu jihati bilangina qiziqarli emas.

Bank, nomidan ham ko‘rinib turganidek, Yevroosiyo mamlakatlarining tezroq rivojlanishiga ko‘maklashadi.

Dastlab uning tarkibiga faqat Rossiya va Qozog‘iston kirgan, keyinroq boshqa davlatlar ham qo‘shilgan: Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston, Tojikiston… Yaqinda esa O‘zbekiston ham a’zo bo‘ldi.

YеTB hamma joyda oddiy banklar qilmaydigan ishni amalga oshiradi — butun iqtisodiyot uchun muhim bo‘lgan yo‘nalishlarni rivojlantirishga uzoq muddatli mablag‘lar taqdim etadi.

Aynan shuning uchun ham bank ko‘pincha energetika, transport, logistika yoki boshqa yirik infratuzilma sohalaridagi loyihalarni moliyalashtiradi.

Biroq bankning O‘zbekistondagi ilk loyihasi Uzum raqamli kompaniyasi bo‘ldi.

Bu g‘ayrioddiy, ammo diqqatga sazovor holat — mamlakatimizda naqd pul va yashirin iqtisodiyot hali ham katta.

Bunday sharoitda fintex strategik sohaga aylanadi, chunki u nafaqat iqtisodiyotni “oqartiradi”, balki uni kengaytiradi ham.

Ha, odamlar uchun to‘lov qilish, xaridlar qilish, muddatli to‘lovga olish, pul saqlash va moliyaviy mahsulotlardan foydalanish qanchalik osonlashsa, kompaniyalar, pul aylanmasi, ish o‘rinlari va soliqlar ham shunchalik tez o‘sadi.

Uzum Fintech hozirda onlayn to‘lovlar bozorining 13 foizini va muddatli to‘lov bozorining 40 foizini egallab turibdi. Ekotizim 5 mlndan ortiq karta chiqardi va qisqa vaqt ichida 1,2 trln so‘mdan ortiq omonatlarni jalb qildi.

Bu kuchli natijalar, ammo qo‘shimcha moliyalashtirish bo‘lsa, fintexning, ayniqsa, Toshkent va boshqa yirik shaharlardan tashqaridagi hududlarga kirib borishini tezlashtirish mumkin.

Endi u bor.

Foto: Uzum

@skartariss

#uzum #fintech
4,8500023
Beshtor logo
Beshtor

28-apr, 2026, 15:34

Photo
Uch yil o‘tgach: xususiylashtirilgan Ipoteka bank nima bo‘ldi

2023-yil o‘rtalarida OTP Group Ipoteka-bank’ni nazorat paketini sotib olgan edi.

O‘shandan buyon qariyb uch yil o‘tdi — bu haqiqiy o‘zgarishlarni ko‘rish uchun yetarli muddat.

OTP bankni haqiqatan ham o‘zgartirdi, faqat buni bosqichma-bosqich amalga oshirdi.

⏺ Birinchi bosqich: tozalash.

OTP’ga nafaqat mamlakatdagi eng yirik banklardan biri, balki ancha katta hajmdagi muammoli kreditlar ham qoldi.

Shu sababli bank birinchi navbatda kreditlar bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yo‘qotishlarga qarshi zaxiralarini oshirdi.

Buning oqibatida xarajatlar keskin ko‘paydi va ular bilan birga bankning zarari ham ortdi.

Ya’ni bu shunchaki “omadsiz yil” emas, balki “tozalash” edi: bank eski xatarlarni oldindan tan olib, ularni balansdan chiqardi.

⏺ Ikkinchi bosqich: transformatsiya.

Risklar masalasi hal bo‘lgach, bankni qayta qurish vaqti keldi.

Aytish kerakki, ish keng ko‘lamli bo‘ldi: yangi rahbar, yangi IT-infratuzilma, yangi “core banking system”, yangi protsessing…

Bularning barchasi xarajatli, ammo samarali bo’ldi — bank nafaqat eski mijozlarni saqlab qolishga, balki yangilarini jalb qilishga ham muvaffaq bo‘ldi.

Mana xususiylashtirishdan so‘ng yangi skoring, avtomatlashtirish va ma’lumotlar tizimlarning joriy qilish natijasi.

⏺ Uchinchi bosqich: o‘sishning boshlanishi.

Shu kunlarda OTP 2025-yil https://www.otpgroup.info/news/otp-group-full-year-2025-results va tozalash hamda qayta qurish ishlari o‘z samarasini bera boshlagani ayon bo‘ldi.

Masalan, chakana kreditlashda yana o‘sish kuzatildi: iste’mol kreditlari hajmi 19 foizga, ipoteka — 18 foizga, ishlayotgan kredit portfelining umumiy hajmi esa 10 foizga oshdi.

Ipoteka yo‘nalishi ham jonlandi: bir yilda ajratilgan yangi kreditlar hajmi qariyb 40 foizga o‘sdi, bankning O‘zbekiston ipoteka bozoridagi ulushi esa 22,6 foizga yetdi.

Qolaversa, o‘sish faqat kreditlarga tegishli emas. Omonatlar 4 foizga, umumiy kapital — 12 foizga, sof komission daromadlar esa 42 foizga ko‘paydi.

Bular bizning bozorimiz uchun yaxshi ko‘rsatkichlar, lekin eng muhimi bu emas.

Eng muhimi, Ipoteka-bank nafaqat raqamlarda, balki mohiyatan ham o‘zgarmoqda.

U yirik davlat loyihalari va kompaniyalariga tobora kamroq bog‘liq bo‘lib, bozor tamoyillariga asoslangan, texnologik va yanada insonga yaqin bankka aylanib bormoqda.

Bunga eng yaqqol misol — mijozlar sodiqligi indeksi (NPS) atigi bir yilda 28 foizdan 66,8 foizgacha ko‘tarilgani. Uch karra, Karl! Qo‘shimchalarga hojat yo‘q.



#banklar
3,5700039
Beshtor logo
Beshtor

28-apr, 2026, 15:34

Photo
🔥 Uzum yangi investitsiyalarni jalb qildi. Bahosi $2,3 mlrd dan oshdi

Uzum raqamli ekotizimi yangi kelishuvni yakunlab, O‘zbekistonga $130 milliondan ortiq xorijiy investitsiya https://t.me/uzum_pressoffice
Ushbu kelishuvda Ummon Sultonligining suveren investitsiya fondi yetakchi investor sifatida ishtirok etdi.

Bu SpaceX, Grab, Lucid va Credit Suisse kabi kompaniyalarga sarmoya kiritgan ko‘zga ko‘ringan investordir.

Endi bu salmoqli ro‘yxatdan o‘zbekistonlik kompaniya ham joy oldi.

Kelishuv doirasida ekotizimning dastlabki (pre-money) bahosi $2,3 milliardni tashkil qildi.

Taqqoslash uchun: yaqindagina, Uzum $1,5 milliardga baholangan edi. Kuchli o‘sish.

Aytgancha, ushbu raundda Uzumga avval ham sarmoya kiritgan VR Capital, Tencent va FinSight Ventures kompaniyalari ham qatnashdi.

Ko‘rinib turibdiki, ular dastlabki investitsiyalarning natijalaridan mamnun.

Men ularni tushunaman: , Uzum 34 mln buyurtma va $500 mln GMVga erishdi, shuningdek, ilk bor ijobiy EBITDA qayd etdi.

Endi ekotizimning asosiy maqsadi — fintex va e-commerceni nafaqat yirik shahar aholisi, balki barcha uchun ochiq qilishdan iborat.

Yangi investitsiyalar aynan shu maqsadga yo‘naltiriladi.

Foto: Uzum



#uzum #kompaniyalar #bitimlar
3,3700036
Beshtor logo
Beshtor

28-apr, 2026, 15:34

Photo
O‘zbekistonda endi Tesla yoki Nvidia’ga sarmoya kiritsa bo‘ladi, lekin bir “ammo”si bor

O‘tgan hafta Telegram Wallet o‘zbekistonliklar uchun AQShning eng yirik kompaniyalari aksiyalariga yo‘l ochilganini e’lon qildi.

Zo’r, lekin bular aslida aksiya emas.

Haqiqiy aksiyalar birjada sotiladi, Telegram’da taklif qilinayotgani esa ularning raqamli nusxalari bo‘lib, xStocks deb ataladi.

⏺ Bir tomondan, bu qulay narsa.

Aksiyalar qimmat bo‘lishi mumkin, bu yerda esa ularni ulushlarga bo‘lib sotib olish mumkin. Masalan, Tesla’ning bitta aksiyasi taxminan $400 tursa, xStocks orqali uni hatto $1 ga ham xarid qilsa bo‘ladi.

Yana bir afzalligi bor. Toshkent vaqti bilan Amerika birjalari tunda ishlaydi, raqamli nusxalarni esa kechayu kunduz sotib olish va sotish mumkin.

Xorijiy aksiyalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkoni bo‘lmagan mamlakatlarda (O‘zbekiston hozircha shunday davlatlardan biri) bunday vositalar hech bo‘lmaganda qandaydir muqobil variantga aylanadi.

⏺ Biroq boshqa tomondan, yaxshi nusxa baribir nusxaligicha qoladi.

Shuni yodda tutish kerakki, xStocks — bu shunchaki aksiya narxini takrorlaydigan, lekin investorning to‘laqonli huquqlarini bermaydigan tokendir.

Bundan tashqari, bu sxemada vositachilar ko‘p: Telegram faqat interfeysni taqdim etadi, tokenlarning o‘zini offshordagi Backed Assets (JE) Limited kompaniyasi chiqaradi, ayirboshlash uchun esa Asterium kriptobirjasi javobgar.

Natijada, ha, O‘zbekistonda endi haqiqatan ham Tesla yoki Nvidia’ga sarmoya kiritish mumkin. Lekin bu ko‘proq “bugun oldim, ertaga sotdim” qabilidagi qisqa muddatli sarmoyalarni ko‘zlaganlarga mos keladi.

Agar uzoq muddatli investitsiyalar kerak bo‘lsa, omonatlar, ko‘chmas mulk yoki boshqa variantlarni ko‘rib chiqqan ma’qul, chunki xStocks bu maqsadga to‘g‘ri kelmaydi.

Shunday bo‘lsa-da, bunday vositalarning paydo bo‘lishi — oldinga tashlangan yaxshi qadam.

Ilgari odamlar qandaydir shubhali vositachilarga murojaat qilishga majbur bo‘lardi, bu yerda esa hech bo‘lmaganda hammasi qonuniy va litsenziyalangan.

Skrinshotdan ko‘rinib turibdiki, men sinab ko‘rdim va 200 000 so‘mga xStocks sotib oldim. Tekshirib ko‘rish uchun bir qismini yechib ham oldim.

Endi Amerika kompaniyalarining haqiqiy aksiyalarini ham xuddi shunday oson va qulay sotib olish imkoni paydo bo‘lishini kutish qoldi.

Bu tez hal bo‘ladigan masala emas, lekin https://www.lex.uz/uz/docs/-7921035?utm_source=in_materials, jarayon joyidan siljidi.

P.s. Sinab ko‘rishdan oldin https://wallet.tg/docs/uz/xstocks-termsdiqqat bilan o‘qib chiqing. U yerda javobgarlik bilan bog‘liq juda muhim jihatlar bor.



#investitsiya
3,8500023
Beshtor logo
Beshtor

28-apr, 2026, 15:34

Photo
🔥 O‘zbekistonda 1 trln so‘mlik tushumga ega ilk restoran biznesi paydo bo‘ldi

Hayot sur’ati qanchalik oshsa, odamlar shunchalik ko‘p uydan tashqarida ovqatlanadi.

Bu holat qanchalik ko‘p takrorlansa, umumiy ovqatlanish korxonalarining daromadi ham shunchalik tez o‘sadi.

Aynan shu holat 2017-yildan beri O‘zbekistonda kuzatilmoqda.

Shu sababli, ertami-kechmi kimdir 1 trln so‘mlik marrani egallashi aniq edi.

Gap faqat kimligida edi.

Uzoq vaqt davomida bu so‘nggi besh yilda bozor yetakchisi bo‘lgan Evos bo‘ladi, deb taxmin qilingandi, ammo yo‘q.

http://iHamkor.uz/ ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniyaning 2025-yildagi tushumi 835 mlrd so‘mni tashkil etgan — bu o‘tgan yilgiga nisbatan 3,1 foizga kamdir.

Biroq boshqa bir gigant — KFC o‘sishda davom etdi. Bir yil ichida kompaniyaning tushumi 36 foizga oshib, 1 trln so‘mdan ortdi.

Umumiy ovqatlanish bozorida biror kompaniya shuncha tushum qila olmagan edi. Shu kungacha.

KFC bizda, umuman, haqiqiy fenomenga aylangan.

Bizning hisoblarimiz bo‘yicha, O‘zbekistondagi bitta KFC restoranning o‘rtacha tushumi dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri ekan. Butun dunyoda, Karl!

Buni qisman mahsulotning o‘zi bu yerda brend kirib kelishidan ancha avval ham mashhur bo‘lgani bilan izohlash mumkin.

Turli kafelarda xamirga botirib qovurilgan tovuqni — “kefsi”, “kepsi” va hokazolarni doim uchratish mumkin edi.

Bundan tashqari, bizning baholashimizcha, KFC yetkazib berish agregatorlarda (Yandex Go, Uzum Tezkor) buyurtmalar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi.

Ya’ni, O‘zbekistonda uyga yoki ishga biror narsa buyurtma qilish kerak bo‘lsa, ko‘pchilik avval KFC haqida o‘ylaydi, keyingina rollar, osh, somsa, pitsa…

Shu va boshqa sabablar KFC’ning tarixiy yutuqni qo‘lga kiritishiga olib keldi.

Umuman olganda, 2025-yil QSR sohasidagi tarkibiy o‘zgarishlarga boy bo‘ldi, shunday ekan, hali postlar bo‘ladi, “stay tuned”.



#bozor #kompaniyalar
4,0800053
Beshtor logo
Beshtor

28-apr, 2026, 15:34

Photo
Max O‘zbekistonda eng ko‘p yuklab olingan ilovalardan biriga aylandi

Yil endigina boshlandi, bizda esa yetakchi o‘zgarib ulgurdi — endi bu JanaTube.

yetakchisi ChatGPT esa MyGov’ni ham o‘tkazib yuborib, uchinchi o‘ringa tushdi.

“Mening inspektorim” to‘rtinchi o‘rinda edi, biroq hozirga kelib sakkizinchi pog‘onaga tushib qoldi. Kimga o‘rnatish kerak bo‘lsa, barchasiga majburan o‘rnattirib bo‘lishgan ko’rinadi.

Fevral yakunlariga ko‘ra eng katta o‘zgarish — bu Max ilovasi. Biryo‘la 25 pog‘ona yuqorilab, ilk bor kuchli o‘nlikdan joy oldi.

Sababi imo bilan bog‘liq : mehnat muhojirlari o‘z yaqinlari bilan qandaydir yo‘l bilan aloqa qilishlari kerak, Rossiyada esa Max’dan boshqa deyarli hamma narsa bloklangan.

Milliy ilovalar haqida gapiradigan bo‘lsak, bu yerda birdaniga ikkita yangi ishtirokchi paydo bo‘ldi — OneID Mobile va Alif Mobi. Ular xazna va DMED’ni ro‘yxatdan siqib chiqardi. Qolganlar joyda.



#mobayl
3,5700024
Beshtor logo
Beshtor

28-apr, 2026, 15:34

Photo
Uzum Visa 1-o‘ringa chiqdi

O‘zbekistonda hozir 69,2 mln dona plastik karta bor. Eng ko‘pi Xalq banki (10 mln) va Agrobank’da (6,6 mln).

Bu tushunarli: ikkalasi ham nafaqat bank, balki turli vazifalar, masalan, pensiya to‘lovlari uchun davlat vositasidir.

Buyog‘i ancha qiziq, chunki keyingi o‘rinlarda xususiy banklar turibdi.

Bir oy avval uchinchi o‘rinni Ipoteka-bank egallab turgan bo‘lsa, endi bu o‘rinda Uzum Bank (5,6 mln karta).

Qizig‘i, bundan roppa-rosa bir yil avval bu bank top-10 talikda ham yo‘q edi: atigi 1 mln kartasi bor edi.

12 oy ichida 4,5 mlnga o‘sish — bunaqasi bizda hali bo‘lmagan.

Agar gap boshqa biror kompaniya haqida ketganida, bunday o‘sish shubhali tuyulardi, lekin bu yerda hammasi tushunarli va izohli — ekotizim-da.

Masalan, Uzum shunday sharoit yaratdiki, Uzum Tezkor va Uzum Market’dagi xaridlarni aynan Uzum Visa orqali to‘lash eng foydali bo‘lib qoldi.

U yerdagi chegirmalar shu qadar kattaki, 11.11 aksiyasi vaqtida o‘zbekistonliklar $400 mingdan ortiq mablag‘ tejashdi.

Mana shunday integratsiyalar tufayli bugungi kunda Uzum ekotizimi ichidagi to‘lovlarning qariyb 50 foizi ularning o‘z fintexi orqali amalga oshirilmoqda.

Mijozlarning ikkinchi toifasi ham bor — ular uchun Uzum Visa birinchi navbatda internetda xarid qilish vositasidir.

Men o’zim 2024-yildan beri shunday to‘layapman: Netflix va GeForce Now’dan tortib, Bloomberg va ChatGPT’gacha.

Va, albatta, kartada hozir ko‘plab amaliyotlar uchun komissiyalar past, deyarli nolga teng ekani ham katta yordam berdi. Hisobni to‘ldirasiz, pul yechasiz, konvertatsiya qilasiz — hech qanday yo‘qotishsiz.

Mana shu omillarning bari jamlanib, Uzum Visa’ni quyidagi natijalarga olib keldi:

⏺ O‘sish sur’atlari bo‘yicha 1-o‘rin.

⏺ Kartalar soni bo‘yicha xususiy banklar orasida 1-o‘rin.

⏺ O‘z ekotizimi ichida to‘lov qilishning 1-raqamli usuli.

Agar shunday davom etsa, kelasi yilning o‘zidayoq Uzum Bank barcha banklar orasida 1-o‘rinni egallashga intilishi mumkin. Tarixiy voqea bo‘ladi.

https://t.me/skartariss

#uzum #banklar
4,2900049
Beshtor logo
Beshtor

28-apr, 2026, 15:34

Photo
“Bu yer sizga Yevropa emas”: nima uchun Wolt O‘zbekistondan ketyapti

Bugun Wolt yetkazib berish xizmati O‘zbekistondan ketishini e’lon qildi.

Buning sababi sifatida "bozor sharoitlari" keltirilmoqda. Biroq bu sabablar emas, oqibatdir.

Agar sabablar haqida gapiradigan bo‘lsak, bu istiqbollar, aniqrog‘i, ularning yo‘qligi.

Bizning hisob-kitobimizga ko‘ra, Wolt hozir bozorning atigi 4,3 foizini ushlab turibdi.

Uzum Tezkor yoki Yandex Eats darajasiga chiqish uchun bir tog‘ pul, bir necha yil sabr va agressiv kengayish kerak. Shunda ham natija kafolatlanmagan.

Yaponiyadagi Wolt’da ham ahvol xuddi shunday — shu sababli kompaniya u yerdan ham chiqib ketmoqda.

Bundan tashqari, Wolt va Deliveroo brendlariga egalik qiluvchi DoorDash yana ikki mamlakat — Singapur va Qatarni tark etishini e’lon qildi.

Bu bozorlarning barchasini bir jihat birlashtirib turadi: Wolt va Deliveroo u yerda yetakchilikdan ancha yiroqda.

Birinchi o‘rinlarni butunlay boshqa servislar egallagan: Yaponiyada Uber Eats, Singapurda Grab Food, Qatarda Talabat.

Shunday vaziyatda “uchinchi-to‘rtinchi o‘rin” uchun yillar davomida pul yoqishning mantiqi yo‘q.

DoorDash resurslarni ishlayotgan, marja va ulush bor joyga — Yevropaga qaytaryapti.

Yevropa ularning uy bozori. U yerda ular kuchli, u yerda ular boshqalarni siqib chiqaradi. Osiyoda esa buning aksi bo‘ldi.

Turli bozorlarga moslashish qanchalik muhimligiga yaxshi misol.

Ilovani shunchaki o‘zbek yoki yapon tiliga tarjima qilib qo‘yib, shu bilan ish bitdi, deb o‘ylash noto‘g‘ri.

Buyurtmalar zichligi, iste’mol madaniyati, narxga sezgirlik, logistika modeli — hammasini qayta ko‘rib chiqish va moslashtirish kerak.

Buni uddalaganlar — — bozorda qoladi, o‘sadi va rivojlanadi.

Qo‘lidan kelmaganlar esa — Wolt singari — ketadi.

Rasm: Wolt Uzbekistan



#bozor #kompaniyalar
3,5500035
Beshtor logo
Beshtor

28-apr, 2026, 15:34

Photo
O‘sish bozoridan asosiy aktivga: TBC Uzbekistan IPO imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Bugun muhim voqea yuz berdi — TBC Uzbekistan AQShda investorlar uchun Strategy Day o‘tkazgan birinchi o‘zbek kompaniyasi bo‘ldi.

Zalda BlackRock, Vanguard, JP Morgan Asset Management, Schroders, Fidelity International kabi yirik institutsional investorlar vakillari bor edi.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov ham bor edi.

TBC Uzbekistan hozir qayerda ekani, qayerga ketayotgani va nimalarni rejalashtirayotgani haqida ma’lumot berdi.

2025-yil yakuniga ko‘ra, ekotizimdan ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar soni 23 million kishiga, MAU esa 6 million kishiga yetdi. Daromad - $252 mln, sof foyda - $46 mln.

Bu shunchaki o‘sish emas. Bu — masshtab.

O‘zbekiston iqtisodiyoti kengaymoqda, moliyaviy xizmatlarga talab oshmoqda. Tabiiyki, TBC ham shu to‘lqinda yuqoriga chiqyapti.

Maqsad — Markaziy Osiyodagi eng yirik raqamli moliyaviy ekotizimga aylanish.

Buning uchun garovli va KOB kreditlashni kengaytirish, kartalar va BNPLni faolroq rivojlantirish, TBC Salom foydalanuvchilari sonini 2+ millionga yetkazish rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, BILLZ orqali biznes bilan ishlashni kuchaytirish, to‘lovlarni qabul qilish va sodiqlik dasturlarini yo‘lga qo‘yish, kredit portfelini bosqichma-bosqich muvozanatlash ham ko‘zda tutilgan.

2028-yilga borib ROE’ni 25+ foiz darajasiga olib chiqish maqsad qilingan.

Ammo eng muhim signal boshqacha: TBC Uzbekistan yangi investorlarni jalb qilish va hatto IPO’ni ham real ssenariy sifatida ko‘rib chiqmoqda.

Bu nimani anglatadi?

Endi TBC O‘zbekistonga shunchaki “o‘sayotgan bozor” sifatida emas, balki alohida masshtabga, barqaror rentabellikka va mustaqil baholanish imkoniyatiga ega asosiy aktiv sifatida qarayapti.

“Growth market”dan “core asset”ga.

Bu — boshqa daraja. Boshqa liga. Va, ehtimol, butunlay yangi bosqichdagi TBC Uzbekistan.



#tbc #kompaniyalar
2,9600032
Beshtor logo
Beshtor

28-apr, 2026, 15:34

Photo
🚀 $4 mlrd va 15 ta fond — O‘zbekiston IT-sohasi uchun yangi rekord

2025-yilda O‘zbekiston texnologiya kompaniyalari $329 mln miqdorida moliyalashtirish jalb qildi.

Ha, bu faqat investitsiyalardan iborat emas: ular orasida kreditlar va qarzlar ham bor. Shunday bo‘lsa-da, dinamika juda kuchli — 2024-yilga nisbatan 411 foizga o‘sish.

Bu yerda qancha pul kelganidan ko‘ra, qanday kelgani muhimroq.

Birinchidan, ilgari O‘zbekistonga e’tibor ham bermagan

Bunday gigantlarning kirib kelishi nafaqat pul, balki validatsiya, sodda qilib aytganda, e’tirof demakdir.

Ikkinchidan, 2025-yilda venchur fondlari soni 2,5 barobarga, ularning umumiy kapitali esa 3,6 barobarga oshdi.

Hozirda mamlakatimizda umumiy qiymati $180 mlndan oshiq bo‘lgan 15 ta fond faoliyat yuritmoqda.

Natijada quyidagicha zanjir yuzaga keladi:

⏺ pul ko‘paydi → bitimlar ko‘paydi;

⏺ bitimlar ko‘paydi → tajriba ko‘paydi;

⏺ tajriba ko‘paydi → sifat oshdi.

Natija ham shundan dalolat beradi: va ularning salmoqli qismi aynan texnologiyalar va startaplar sektoriga to‘g‘ri keldi.

Bu mantiqan to‘g‘ri — hozirda hech bir soha bu qadar tez o‘sayotgani yo‘q.

StartupBlink va Startup Genome ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston ayni paytda startap-ekotizimining o‘sish sur’atlari bo‘yicha jahon yetakchilaridan biridir, Dealroom esa uning umumiy qiymatini $3,9 mlrdga baholamoqda.

Bir necha yil avval atigi $1 mlnga baholangan bozor uchun bu, yumshoq qilib aytganda, juda katta sakrashdir.

Keyingi qadam — jadallashish.

Endi ekzitlar, takroriy raundlar, O‘zbekiston bozoridan tashqariga chiqish holatlari ko‘payishi, shuningdek, ikkinchi loyihasini birinchisidan ham kuchliroq qila oladigan seriyali asoschilar yetishib chiqishi kerak.

Qisqasi, hammasi endi boshlanyapti.

Rasm: IT Park



#bozor #itpark #texnologiyalar #startaplar
3,3000032

Showing 30 of 34 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

Beshtor Telegram kanali nima haqida?+

Beshtor (@beshtorr) — tgdio da Birja, savdo va investitsiya toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 3 015 obunachi bor.

Beshtor (@beshtorr) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @beshtorr ga bepul obuna bo‘ling.

Beshtor yaxshi Birja, savdo va investitsiya kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin Beshtor reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 3 015 obunachi bor. O‘xshash Birja, savdo va investitsiya kanallar bilan solishtiring.

Beshtor statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @beshtorr sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.