1/16Har bir bola oʻzgacha olam, har bir bola mo‘jiza 🚘
Biz bolalarimizga turli bilimlarni ertaroq va koʻproq o‘rgatishga harakat qilamiz, lekin yonidagi insonni tushunishni, uning boshqachaligini tabiiy qabul qilishni qanchalik o‘rgata olyapmiz?
🥰 Qizcham bilan Shohsanam O‘ktamovaning “Men o‘zgacha bolaman” kitobini o‘qib chiqdik. Kitobcha samimiy illyustratsiyalar, sodda va tushunarli matn, ayniqsa, mavzuga oʻziga xos mehr bilan yondashilgani bilan yoqdi.
🐾 Autizmli bola nimalarni his qiladi, qanday vaziyatlarda qiynaladi, atrofdagilardan nimani kutadi? Bularning barchasi bolalar uchun tushunarli, oddiy va ta’sirli tilda ifodalanibdi.
Sizga ham bu kitobni farzandingiz bilan birga o‘qishni tavsiya qilaman. Shu bahona bolangiz bilan juda muhim mavzulardan birida suhbat boshlashingizga sabab bo‘lar.
Axir, bolalarimiz bir-biriga o‘xshashi shart emas. Muhimi, ular bir-birini tushunishni, hurmat qilishni va do‘st bo‘lishni o‘rganishsin.❤️
Shunday kerakli va samimiy loyihani boshlagan jamoaga esa rahmat. Bunaqa kitoblardan koʻp va xoʻplarini tayyorlashdan charchab qolmang.
💕@biyron_cha









