
📚Book Club doirasida O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” asari yuzasidan qiziqarli muhokama tashkil etildi. Talabalar asardagi chuqur ma’no, hayotiy saboqlar va qahramonlar taqdiri haqida o‘z fikrlarini faol tarzda bildirib o‘tishdi.
📖Muhokamadan so‘ng esa bilimlarni sinovdan o‘tkazish maqsadida «Kahoot❔» interaktiv o‘yini o‘tkazildi. Qiziqarli savollar, tezkor javoblar va sog‘lom raqobat muhitida ishtirokchilar o‘z bilimlarini namoyon qilishdi.
💬Shu kabi tadbirlar yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, fikrlash doirasini kengaytirish va jamoaviy muhitni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
📚Book Club-har qanday yorug‘likka kitob bilan.
🇺🇿TDIU Samarqand filiali Yoshlar ittifoqi
🌐Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🕊 |📱 https://www.instagram.com/tdiusf_bookclub?igsh=N2d1eTdxbmN2cG4w








