Bulung'ur.uz Telegram channel photo

Bulung'ur.uz

@bulungur_pressPublic Channel

Bulung'ur tumani hokimligining telegramdagi yagona rasmiy kanali Murojaatlar uchun: @BULUNGUR_TUMANI_MUROJAAT_bot Muhokama uchun: @Bulungur_press_chat Admin bilan aloqa uchun: @Bulungur_aloqa_bot

2.8k

Last views

11.3k (11,348 subscribers)
A'zolar
—
Rating
77
Total Posts
Oct 21, 2026, 11:40 PM
Yangilangan
Apr 4, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameBulung'ur.uz
Username@bulungur_press
CategoryKuzatuv kameralari (Spy Cam)
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar11,348
Channel TypePublic Channel
Created4-apr, 2026
Last Updated21-okt, 2026 • kecha
StatusActive

Reyting

Global reyting
#365794-309
Til reytingi
#1799O'zgarish yo'q
Toifa reytingi
#4060-7

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 11.3K30 Days growth: -2552.2%
09/2209/2710/0210/0710/1210/1710/21
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
22:09:202611,603
23:09:202611,603
24:09:202611,603
25:09:202611,603
26:09:202611,603
27:09:202611,603
28:09:202611,603
29:09:202611,603
30:09:202611,603
01:10:202611,603
02:10:202611,603
03:10:202611,603
04:10:202611,603
05:10:202611,603
06:10:202611,603
07:10:202611,603
08:10:202611,603
09:10:202611,603
10:10:202611,603
11:10:202611,603
12:10:202611,603
13:10:202611,603
14:10:202611,397
15:10:202611,397
16:10:202611,397
17:10:202611,397
18:10:202611,397
19:10:202611,397
20:10:202611,397
21:10:202611,348
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 30:03:202612,928
Week of 06:04:202612,795
Week of 13:04:202612,795
Week of 20:04:202612,795
Week of 27:04:202612,545
Week of 04:05:202612,545
Week of 11:05:202612,392
Week of 18:05:202612,392
Week of 25:05:202612,392
Week of 01:06:202612,327
Week of 08:06:202612,327
Week of 15:06:202612,327
Week of 22:06:202612,327
Week of 29:06:202612,196
Week of 06:07:202612,196
Week of 13:07:202612,196
Week of 20:07:202612,112
Week of 27:07:202612,112
Week of 03:08:202611,967
Week of 10:08:202611,967
Week of 17:08:202611,838
Week of 24:08:202611,758
Week of 31:08:202611,758
Week of 07:09:202611,654
Week of 14:09:202611,603
Week of 21:09:202611,603
Week of 28:09:202611,603
Week of 05:10:202611,603
Week of 12:10:202611,397
Week of 19:10:202611,348
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
April 202612,545
May 202612,392
June 202612,196
July 202612,112
August 202611,758
September 202611,603
October 202611,348
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
202611,348

So'nggi postlar

Bulung'ur.uz logo
Bulung'ur.uz

17-okt, 2026, 17:00

Photo1/2
Qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish uchun hamda yaylovlar, pichanzorlar va lalmi toifadagi yer uchastkalariga bo‘lgan 49 yillik ijara huquqini "E-auksion" platformasidan sotib oling!

🟢 Bulung‘ur tumanidan 5 ta (ko‘rish)
🟢 Jomboy tumanidan 2 ta (ko‘rish)
🟢 Ishtixon tumanidan 5 ta (ko‘rish)
🟢 Kattaqo‘rg‘on tumanidan 52 ta (ko‘rish)
🟢 Qo‘shrabot tumanidan 98 ta (ko‘rish)
🟢 Narpay tumanidan 22 ta (ko‘rish)
🟢 Payariq tumanidan 46 ta (ko‘rish)
🟢 Paxtachi tumanidan 24 ta (ko‘rish)
🟢 Samarqand tumanidan 1 ta (ko‘rish)
🟢 Nurobod tumanidan 3 ta (ko‘rish)
🟢 Urgut tumanidan 49 ta (ko‘rish)

Barchasini ko‘rish

🎞 Video-qo‘llanma 👈

🤵🏻 "E-AUKSION" vakili (77) 375-74-17 ☎️
🤵🏻 "E-AUKSION" vakili (99) 207-36-07 ☎️

⏰ Ish vaqti - (09:00 dan 18:00 gacha)

Ulaning va ulashing:
📱Telegram •📱Instagram•📱YouTube •📱Web-sayt •  📱Facebook
2,790001
Bulung'ur.uz logo
Bulung'ur.uz

17-okt, 2026, 10:22

Video
🏗 OLIS HUDUDDA HAM BOLAJONLAR UCHUN ZAMONAVIY SHAROIT!

🎉 Xo‘jamazgil mahallasida bolalar maydonchasi va workout hududi foydalanishga topshirildi!

📍 Bulung‘ur tumanining olis hududlaridan biri bo‘lgan Xo‘jamazgil mahallasida bolajonlar uchun quvonchli voqea yuz berdi. Bu yerda zamonaviy bolalar maydonchasi hamda yoshlar uchun workout maydonchasi qurilib, foydalanishga topshirildi.

💰 Mazkur loyiha Oliy Majlis huzuridagi fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash fondi mablag‘lari hisobidan ajratilgan 90 million so‘m evaziga amalga oshirildi.

🌿 Ushbu ezgu tashabbusdan ko‘zlangan maqsad — tumanning barcha hududlarida, jumladan, olis mahallalarda ham munosib sharoitlar yaratish, bolalarning mazmunli hordiq chiqarishi, yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi va sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishdan iborat.

❤️ Yangi maydonchalar, ayniqsa, jajji bolajonlarga cheksiz quvonch ulashdi. Endilikda ular tengdoshlari bilan birgalikda maroqli vaqt o‘tkazish, o‘ynash va chiniqish imkoniyatiga ega.

✨ Zero, bolalar kulgusi, yoshlar salomatligi va obod mahallalar — farovon kelajagimiz poydevoridir!

Ulaning va ulashing:
📱Telegram •📱Instagram•📱YouTube •📱Web-sayt •  📱Facebook
3,250002
Bulung'ur.uz logo
Bulung'ur.uz

16-okt, 2026, 18:47

Photo1/4
🗣 TUMAN HOKIMI O‘RINBOSARI NAVBATDAGI FUQAROLAR QABULINI O‘TKAZDI

Fuqarolarning murojaatlarini tinglash, ularning muammolariga yechim topish maqsadida Bulung‘ur tumani Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida tuman hokimi o‘rinbosari O. Sattarov fuqarolar hamda tadbirkorlarning murojaatlarini tingladi. Ko‘tarilgan har bir masala atroflicha o‘rganilib, tegishli mas’ullarga ularni hal etish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Ulaning va ulashing:
📱Telegram •📱Instagram•📱YouTube •📱Web-sayt •  📱Facebook
3,230005
Bulung'ur.uz logo
Bulung'ur.uz

16-okt, 2026, 16:25

Video
🌿 BULUNG‘URDA “ECOBOZOR” O‘Z FAOLIYATINI BOSHLADI!

📍 Mingchinor mahallasida yangi savdo maskani ish boshladi.

Bugun, 16-oktabr kuni Bulung‘ur tumani Mingchinor mahallasi hududida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotish va xarid qilish uchun qulay imkoniyat yaratadigan “Ecobozor”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

🎉 Tadbirda Bulung‘ur tumani hokimi Samandar Astonov ishtirok etib, yangi savdo maskanining ish boshlagani bilan yig‘ilganlarni tabrikladi. Shuningdek, ushbu tashabbus aholi uchun qulaylik yaratish, mahalliy dehqon va fermerlarning mahsulotlarini keng iste’molchilarga yetkazish hamda tadbirkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

🍎 Endilikda “Ecobozor” orqali aholi yangi uzilgan meva-sabzavotlar, qovun-tarvuz, turli poliz ekinlari va quruq mevalarni bir manzildan xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

🌱 “Ecobozor” — dehqon mehnati, sara hosil va aholi uchun qulay savdo maskani!

🤝 Yangi savdo maskani Mingchinor mahallasi va tumanimiz iqtisodiy hayotida muhim o‘rin egallab, ishlab chiqaruvchi bilan iste’molchi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashiga tilakdoshmiz.

Ulaning va ulashing:
📱Telegram •📱Instagram•📱YouTube •📱Web-sayt •  📱Facebook
5,5400012
Bulung'ur.uz logo
Bulung'ur.uz

15-okt, 2026, 22:18

Video
BRIFING

Assalomu alaykum, hurmatli ommaviy axborot vositalari vakillari, qadrli yurtdoshlar!

Bugun, 15-oktyabrdan mamlakatimizda muhim statistik tadbir — biznesni ro‘yxatga olish jarayonlari boshlandi.

Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentyabrdagi PF–190-son Farmoniga muvofiq, joriy yilning 15-oktyabridan 30-noyabriga qadar butun respublika bo‘ylab o‘tkaziladi.

Avvalo, biznesni ro‘yxatga olish nima va uning natijalari mamlakatimiz iqtisodiyotiga qanday foyda keltiradi, degan savollarga to‘xtalib o‘tmoqchiman.

Bugun yurtimizda minglab korxonalar, tadbirkorlar, fermer va dehqon xo‘jaliklari, hunarmandlar hamda o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar turli sohalarda faoliyat yuritmoqda.

Ularning har biri iqtisodiyotimiz rivojiga o‘z hissasini qo‘shmoqda, aholini ish bilan ta'minlamoqda.
Lekin iqtisodiyotni to‘g‘ri baholash va kelgusida uni yanada rivojlantirish bo‘yicha samarali qarorlar qabul qilish uchun ushbu faoliyatlar haqida to‘liq va ishonchli ma'lumotlar bo‘lishi zarur. Biznesni ro‘yxatga olishning asosiy maqsadi ham aynan shundan iborat.

Ya'ni mamlakatimizda amalda qancha iqtisodiy birlik faoliyat yuritayotgani, qaysi sohalarda ishlayotgani, qancha fuqaroni ish bilan ta'minlayotgani va iqtisodiyotga qanday hissa qo‘shayotganini aniqlashdir.
Oddiy bir misol keltiraman. Aytaylik, bir hududda aholi soni ortib bormoqda. Lekin u yerda qancha savdo korxonasi, ishlab chiqarish ob'ekti yoki xizmat ko‘rsatish shoxobchasi borligi haqida to‘liq ma'lumot mavjud emas.

Bunday sharoitda qaerda yangi korxona ochish, qaysi sohani rivojlantirish, qaysi tarmoqqa investisiya yo‘naltirish yoki qanday infratuzilma yaratish zarurligini aniq belgilash qiyin.

Endi ushbu tadbirda kimlar ishtirok etishi va ro‘yxatga olish qanday tartibda amalga oshirilishi haqida ma'lumot bermoqchiman.

👉 BATAFSIL

Ulaning va ulashing:
📱Telegram •📱Instagram•📱YouTube •📱Web-sayt •  📱Facebook
12,900004
Bulung'ur.uz logo
Bulung'ur.uz

15-okt, 2026, 21:27

Video
🏛 SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI E’TIBOR MARKAZIDA

📍 Bulung‘ur tumanida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Bulung‘ur tumani hokimi S.Astonov Oqtepa hamda Gulobod mahallalari aholisi uchun tumandagi 16-sonli umumta’lim maktabi binosida navbatdagi sayyor qabulni o‘tkazdi.

🤝 Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat, taklif va muammolar tinglanib, ularning mazmuni atroflicha o‘rganildi. Murojaatlarni qonuniy tartibda hal etish, aholini qiynayotgan masalalarga amaliy yechim topish yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.

✅ Har bir murojaatning ijrosi va natijadorligiga alohida e’tibor qaratilib, mas’ul tashkilotlar tomonidan belgilangan vazifalar bajarilishi nazoratga olindi.

📌 Maqsad — aholi muammolarini joyida o‘rganish, fuqarolar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish va murojaatlarga samarali yechim topish!

Ulaning va ulashing:
📱Telegram •📱Instagram•📱YouTube •📱Web-sayt •  📱Facebook
3,440006
Bulung'ur.uz logo
Bulung'ur.uz

15-okt, 2026, 19:37

Photo1/2
🌱 Agrobank bilan pilot loyihani ishga tushirish va $500 000 gacha investitsiya jalb qilish imkoniyati!

Agrotech, Fintech, AI yoki bank xizmatlari uchun innovatsion yechim ishlab chiqyapsizmi?

🟢 AI Station Agrobank va AgroVentures bilan hamkorlikda startaplar uchun 12 haftalik korporativ akseleratsiya dasturiga arizalar qabulini boshladi!

Dastur doirasida ishtirokchilar:
🟩 Agrobank, uning korxonalari va portfel kompaniyalarida o‘z yechimlarini pilot loyihalar orqali sinovdan o‘tkazadi;
🟩 individual mentorlik hamda xalqaro va mintaqaviy ekspertlar bilan haftalik sessiyalarda qatnashadi;
🟩 Demo Day davomida AgroVentures fondi va hamkor investorlarga o‘z loyihalarini taqdim etadi;
🟩 dasturni muvaffaqiyatli yakunlagach, $500 000 gacha investitsiya jalb qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Yo'nalishlar:

🟢 AgriTech
🟢 AI
🟢 FinTech
🟢 Deep Tech
🟢 logistika
🟢 Enterprise Tech
🟢GreenTech va boshqa texnologik yechimlar.


Ishtirok bepul va startaplardan ulush talab qilinmaydi.

📌 Dasturga 20 tagacha startap saralab olinadi
🗓 Arizalar qabuli 9-noyabrgacha

🔗 Ariza topshirish

🚀 Yechimingizni biznes muhitida sinab ko‘rish va investorlar bilan ishlash imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

Ulaning va ulashing:
📱Telegram •📱Instagram•📱YouTube •📱Web-sayt •  📱Facebook
3,250006
Bulung'ur.uz logo
Bulung'ur.uz

15-okt, 2026, 16:38

Photo1/20
⚡️ Bulung‘urda “Jasorat maktabi” oʻquvchilarining tantanali vaʼda berish marosimi bo‘lib o‘tdi

✅ Joriy yilning 15-oktabr kuni Bulung‘ur tumanidagi 32736-harbiy qismda 34-umumiy o‘rta ta’lim maktabi negizida tashkil etilgan “Jasorat maktabi”ga joriy yilda o‘qishga qabul qilingan o‘quvchilarning tantanali va’da berish marosimi bo‘lib o‘tdi.

📍Marosimda tuman hokimi o‘rinbosari O.Sattarov, tuman Favqulodda vaziyatlar bo'limi boshlig‘i mayyor J.Qudratov, tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi, tuman Mudofaa bo‘limi va tuman IIB mas'ul xodimlari, jamoatchilik vakillari, ota-onalar ishtirok etib, yoshlarga ezgu tilaklar bildirdilar.

🇺🇿 Umumta’lim maktablari uchun harbiy vatanparvarlik yo‘nalishida tayanch maktab etib belgilangan maskan o‘quvchilari shu kuni Vatanimizga munosib farzand bo‘lish, sidqidildan xizmat qilish uchun tantanali va’da berdilar.

Mazkur tashabbus yosh avlodni Vatanga sadoqat, mardlik, jasorat va masʼuliyat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

Ulaning va ulashing:
📱Telegram •📱Instagram•📱YouTube •📱Web-sayt •  📱Facebook
4,060007
Bulung'ur.uz logo
Bulung'ur.uz

15-okt, 2026, 14:34

Video
⚡️ BULUNG‘URDA KADASTR SOHASIGA OID SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI

📍 Bugun, 15-oktyabr kuni Bulung‘ur tumanidagi “Madaniyat uyi” binosida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Samarqand viloyati boshqarmalari rahbariyati hamda tuman bo‘limi va filiali mas’ullari ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

🤝 Qabul davomida fuqarolar va tadbirkorlarning kadastr sohasiga oid murojaatlari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi hamda mas’ullarga zarur topshiriqlar belgilandi.

✅ Fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish, mavjud muammolarni bartaraf etish va aholiga qulaylik yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Ulaning va ulashing:
📱Telegram •📱Instagram•📱YouTube •📱Web-sayt •  📱Facebook
3,080001
Bulung'ur.uz logo
Bulung'ur.uz

15-okt, 2026, 11:52

Photo1/2
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🗓 2027-YIL XATLOVI UCHUN REJA-JADVAL TASDIQLANDI!

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ–937-son Qonuni ijrosini ta’minlash doirasida 2027-yilda amalga oshiriladigan xatlov ishlarining reja-jadvali tasdiqlandi.

📊 Reja-jadvalga muvofiq, 2027-yilda Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumanining quyidagi mahallalarida xatlov ishlari o‘tkazilishi belgilangan.

📌 Eslatib o‘tamiz: Ushbu jadval bilan etirof.kadastr.uz axborot tizimi orqali tanishishingiz mumkin.

Ulaning va ulashing:
📱Telegram •📱Instagram•📱YouTube •📱Web-sayt •  📱Facebook
6,750006
Bulung'ur.uz logo
Bulung'ur.uz

09-sen, 2026, 02:23

Photo
AMALIY SEMINAR BO‘LIB O‘TDI

Bulung‘ur tumani Mingchinor agrofirmasi hududidagi “Beshbola Baxt Iqbol Nur” fermer xo‘jaligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-322-sonli qarori ijrosi hamda sohaga oid boshqa dolzarb masalalar yuzasidan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminar davomida qarorda belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish, fermer xo‘jaliklari faoliyatini rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish hamda sohada uchrayotgan muammolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, ishtirokchilarga amaliy tavsiyalar berilib, ilg‘or tajribalarni keng joriy etish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Ulaning va ulashing:
📱 •📱 https://www.instagram.com/bulungur_press/•📱 https://www.youtube.com/channel/UCZB3vpA2XM2hUyKnAQIoBSQ •📱 https://gov.uz/oz/bulungur •  📱 https://fb.me/bulungurpress
2,000002
Bulung'ur.uz logo
Bulung'ur.uz

09-sen, 2026, 02:23

Photo
🌟🌟🌟🌟

Yaqubov Odil Anorboyevich Bulung‘ur tuman hokimligi Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Odil Yaqubov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Bulung‘ur tuman hokimligi Iqtisodiyot va moliya bo‘limida bosh mutaxassis vazifasida faoliyat yuritib kelgan.

Yangi lavozimida Odil Anorboyevichga hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash hamda belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish yo‘lida mas’uliyatli faoliyat va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Ulaning va ulashing:
📱 •📱 https://www.instagram.com/bulungur_press/•📱 https://www.youtube.com/channel/UCZB3vpA2XM2hUyKnAQIoBSQ •📱 https://gov.uz/oz/bulungur •  📱 https://fb.me/bulungurpress
1,9700020
Bulung'ur.uz logo
Bulung'ur.uz

09-sen, 2026, 02:23

Photo
🔺TADBIRKORLAR MUROJAATLARI TINGLANDI

Bulung‘ur tumanida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Unda “Turonbank” ATB Boshqaruv Raisi o‘rinbosari Rustamov Dilshod Abduxapisovich ishtirok etib, tadbirkorlarning murojaat va takliflarini tingladi.

Muloqot davomida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, mavjud muammolarni hal etish hamda biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga oid masalalar muhokama qilindi.
Bildirilgan murojaat va takliflar yuzasidan tegishli mas’ullarga vazifalar belgilandi.

Ulaning va ulashing:
📱 •📱 https://www.instagram.com/bulungur_press/•📱 https://www.youtube.com/channel/UCZB3vpA2XM2hUyKnAQIoBSQ •📱 https://gov.uz/oz/bulungur •  📱 https://fb.me/bulungurpress
2,000000
Bulung'ur.uz logo
Bulung'ur.uz

09-sen, 2026, 02:23

Photo
🏘 MAHALLALARDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR MUHOKAMA QILINDI

Bugun tuman hokimi Samandar Astonov boshchiligida tumandagi “Yangi O‘zbekiston” qiyofasidagi hamda infratuzilmasi “og‘ir” toifadagi mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda mahalla raislari, mahallalardagi hokim yordamchilari, quruvchi tashkilotlar rahbarlari va mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

🔹 Muhokama davomida hududlarda olib borilayotgan qurilish, obodonlashtirish va infratuzilma ishlarini jadallashtirish, ularni belgilangan muddatlarda hamda sifatli yakunlash bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.

🔹 Shuningdek, mahalla raislari va hokim yordamchilariga mazkur hududlar uchun ishlab chiqilgan loyihalar asosida tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini tashkil etish, aholi bandligini ta’minlash va mahallalarning iqtisodiy salohiyatini oshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Ulaning va ulashing:
📱 •📱 https://www.instagram.com/bulungur_press/•📱 https://www.youtube.com/channel/UCZB3vpA2XM2hUyKnAQIoBSQ •📱 https://gov.uz/oz/bulungur •  📱 https://fb.me/bulungurpress
2,050000
Bulung'ur.uz logo
Bulung'ur.uz

09-sen, 2026, 02:23

Video
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash natijalari bo'yicha aholidan kelib tushgan savollarga Brifingda javob berildi.

1️⃣     Ko‘chmas mulkni ommaviy baholashning asosiy maqsadi nima?

2️⃣     Ommaviy baholash natijasida obyektlarning qiymati 7-15 baravarga oshdi endi soliqlar ham shunchaga oshadimi?

3️⃣     Ommaviy baholash natijalarini qayerdan ko‘rish va fikr bildirish mumkin?

4️⃣     Ommaviy baholash natijasi yuzasidan munosabat bildirilmasa nima bo‘ladi yoki munosabat bildirgan taqdirda qanday oqibatlarni keltirib chiqaradi?

✅ Shu va boshqa savollarga Ko'chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi direktor o'rinbosari Feruz Sultonov javob berdi.

✅To'liq matn bilan bu yerda tanishishingiz https://telegra.ph/Brifing-savol-javolblari-09-08.

Ulaning va ulashing:
📱 •📱 https://www.instagram.com/bulungur_press/•📱 https://www.youtube.com/channel/UCZB3vpA2XM2hUyKnAQIoBSQ •📱 https://gov.uz/oz/bulungur •  📱 https://fb.me/bulungurpress
2,090001
Bulung'ur.uz logo
Bulung'ur.uz

25-avg, 2026, 04:21

Photo
🔺 MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI ARAFASIDA YANGI AVTODROM FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Bulung‘ur 1-son texnikumida yoshlarning zamonaviy kasb-hunarlarni egallashi va amaliy ko‘nikmalarini oshirishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar ko‘lami yana bir yangi loyiha bilan kengaydi.

Jumladan, texnikum hududida 1,20 gektar maydonda zamonaviy talablarga javob beradigan yangi avtodrom foydalanishga topshirildi.

Avtodromning tantanali ochilish marosimida Bulung‘ur tumani hokimi S. Astonov ishtirok etib, texnikum jamoasi, soha mutaxassislari hamda o‘quvchilarni yangi obyektning foydalanishga topshirilgani bilan tabrikladi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, mamlakatimizda yoshlarning zamonaviy kasb va mutaxassisliklarni egallashi, nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Yangi avtodrom texnikum o‘quvchilarining haydovchilik bo‘yicha nazariy bilimlarini amaliy mashg‘ulotlar orqali mustahkamlash, transport vositalarini boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda zamonaviy talablarga javob beradigan malakali mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi.

Ulaning va ulashing:
📱 •📱 https://www.instagram.com/bulungur_press/•📱 https://www.youtube.com/channel/UCZB3vpA2XM2hUyKnAQIoBSQ •📱 https://gov.uz/oz/bulungur •  📱 https://fb.me/bulungurpress
1,740009
Bulung'ur.uz logo
Bulung'ur.uz

25-avg, 2026, 04:21

Photo
#Fotoreportaj

🔵 TО‘YGA TО‘YONA BILAN

Mustaqil yurtimizning 35 yilligi arafasida Bulung‘ur tumanining eng olis mahallalaridan biri "Esonturdi" mahallasidagi tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bо‘limiga qarashli 58-umumta’lim о‘rta maktabi hududida Investitsiya dasturi asosida 180 о‘rinli qо‘shimcha yangi bino qurildi. "Niyozmat" mahallasi markazidagi 11-sonli umumta’lim о‘rta maktabi hududida yangi zamonaviy 120 о‘rinli maktab binosi foydalanishga topshirildi. "Sarpichoq" mahallasi hududidagi 65-umumta’lim maktabning yangi binosi ishga tushirildi. Shuningdek, "Mingchinor" mahallasining "Pokiza" kо‘chasidagi 140 о‘rinli 23-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi zamon talablari asosida ta’mirlanib kichkintoylar ixtiyoriga topshirildi.

Bayram arafasida ochilgan barcha binolar ochilishiga bag‘ishlangan tadbirlarda nuroniylar, tuman va mahallalalr faolllari tuman hokimi Samandar Astonov boshchiligida ishtirok etishdi.

✍️ Rabbim HOTAMOV

Ulaning va ulashing:
📱 •📱 https://www.instagram.com/bulungur_press/•📱 https://www.youtube.com/channel/UCZB3vpA2XM2hUyKnAQIoBSQ •📱 https://gov.uz/oz/bulungur •  📱 https://fb.me/bulungurpress
2,290006
Bulung'ur.uz logo
Bulung'ur.uz

25-avg, 2026, 04:21

Photo
Tadbirkorlik uchun mo'ljallangan yer uchastkasini muddatli bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib oling!

Manzil: Samarqand viloyati, Bulung'ur tumani, Kattaqishloq MFY

💲Boshlang'ich narxi: 50 438 998.30 so'm
⏺️ Yer maydoni: 0.0555 ga

🌐 Batafsil: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25006922

⭕️ Izoh: Muddatli to'lov imkoniyati mavjud!

🎞 https://t.me/auksionvideo 👈

🤵🏻 "E-AUKSION" vakili (77) 375-74-17 ☎️
🤵🏻 "E-AUKSION" vakili (99) 207-36-07 ☎️
🤵🏻 "E-AUKSION" vakili (99) 207-26-07 ☎️

⏰ Ish vaqti - (09:00 dan 18:00 gacha)

Ulaning va ulashing:
📱 •📱 https://www.instagram.com/bulungur_press/•📱 https://www.youtube.com/channel/UCZB3vpA2XM2hUyKnAQIoBSQ •📱 https://gov.uz/oz/bulungur •  📱 https://fb.me/bulungurpress
2,400002
Bulung'ur.uz logo
Bulung'ur.uz

25-avg, 2026, 04:21

Video
🎓 54-maktabda yangi imkoniyatlar eshigi ochildi!

Yangi o‘quv yili arafasida Bulung‘ur tumanida yana bir quvonchli yangilik — 54-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi zamonaviy qiyofada foydalanishga topshirildi.

Prezident qarori asosida 710 o‘rinli maktab binosi mukammal ta’mirdan chiqarilib, buning uchun 3 milliard 360 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

Endilikda bu maskanda nafaqat yangi bilimlar, balki katta orzular, ulkan maqsadlar va yorqin kelajak sari qadamlar boshlanadi.
🏫 Yangi maktab — yangi imkoniyatlar!
📚 Yangi avlod — yangi marralar!

Ulaning va ulashing:
📱 •📱 https://www.instagram.com/bulungur_press/•📱 https://www.youtube.com/channel/UCZB3vpA2XM2hUyKnAQIoBSQ •📱 https://gov.uz/oz/bulungur •  📱 https://fb.me/bulungurpress
3,3600011
Bulung'ur.uz logo
Bulung'ur.uz

25-avg, 2026, 04:21

Photo
🔺 Fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Bulung‘ur tumanida navbatdagi dushanba kungi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida tuman hokimi Samandar Astonov jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tinglab, ularda ko‘tarilgan masalalarni atroflicha o‘rgandi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflarning mazmun-mohiyati yuzasidan mas’ul rahbar va mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berilib, ularning ijro muddatlari belgilandi.

Murojaatlarning qonuniy, o‘z vaqtida va samarali hal etilishi hamda berilgan topshiriqlarning ijrosi nazoratga olindi.

Ulaning va ulashing:
📱 •📱 https://www.instagram.com/bulungur_press/•📱 https://www.youtube.com/channel/UCZB3vpA2XM2hUyKnAQIoBSQ •📱 https://gov.uz/oz/bulungur •  📱 https://fb.me/bulungurpress
3,060002
Bulung'ur.uz logo
Bulung'ur.uz

24-may, 2026, 08:22

Video
🌟 Kelajak sari ilk qadam

Tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kelajak egalari hayotidagi muhim bosqich — maktab sari ilk qadamlar tantanali tarzda kuzatish davom etmoqda.

Xuddi shunday, 14-DMTT da “Xayr, bog‘cha — salom, maktab!” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida bolajonlar o‘zlarining ijodiy chiqishlari, she’r va qo‘shiqlari orqali bog‘cha bilan xayrlashib, yangi bilimlar sari dadil qadam qo‘yishga tayyor ekanliklarini namoyon etdilar.

Ulaning va ulashing:
📱 • 📱 https://www.instagram.com/bulungur_press/ • 📱 https://www.youtube.com/channel/UCZB3vpA2XM2hUyKnAQIoBSQ • 📱 https://gov.uz/oz/bulungur •  📱 https://fb.me/bulungurpress
1,760005
Bulung'ur.uz logo
Bulung'ur.uz

24-may, 2026, 08:22

Photo
⚡️ DIQQAT, E’LON!

👮‍♂️ IIB boshlig‘ining shaxsiy qabuliga marhamat!

Ertaga, 24-may kuni soat 09:00 da Bulung‘ur tumani Ichki ishlar bo‘limi binosida Bulung‘ur tumani IIB boshlig‘i, podpolkovnik Saidov Jamshid Ravshanovich tomonidan fuqarolar uchun shaxsiy qabul o‘tkaziladi.

📝 Qabul davomida fuqarolar tomonidan quyidagi masalalar yuzasidan murojaatlar tinglanadi:
• Huquqbuzarliklar profilaktikasi
• Jamoat tartibini saqlash
• Fuqarolar murojaatlari va takliflari
• Aholini qiynayotgan muammolarni o‘rganish va ularni hal etish

📌 Hurmatli fuqarolar!
Agar sizni qiynayotgan masalalar mavjud bo‘lsa, ushbu qabulda ishtirok etib, o‘z murojaatingizni bildirish imkoniyatiga egasiz.

🤝 Xalq bilan muloqot – muammolar yechimining muhim omili!

Ulaning va ulashing:
📱 • 📱 https://www.instagram.com/bulungur_press/ • 📱 https://www.youtube.com/channel/UCZB3vpA2XM2hUyKnAQIoBSQ • 📱 https://gov.uz/oz/bulungur •  📱 https://fb.me/bulungurpress
2,350003
Bulung'ur.uz logo
Bulung'ur.uz

24-may, 2026, 08:22

Photo
🍃 Hashar-elga yarashar

Qurbon hayiti munosabati bilan Bulung‘ur tumanidagi mahallalar, qabristonlar va ko‘chalarda umumxalq hashari o‘tkazildi.

Hashar davomida ko‘chalar tartibga keltirildi, qabristonlar tozalanib, bayram arafasida fayzli va ozoda muhit yaratildi.

Mahalla faollari, nuroniylar hamda fuqarolar birgalikda ishtirok etib, xalqimizga xos ahillik va hamjihatlik namunasini namoyon etdilar.

Ulaning va ulashing:
📱 • 📱 https://www.instagram.com/bulungur_press/ • 📱 https://www.youtube.com/channel/UCZB3vpA2XM2hUyKnAQIoBSQ • 📱 https://gov.uz/oz/bulungur •  📱 https://fb.me/bulungurpress
2,690006
Bulung'ur.uz logo
Bulung'ur.uz

24-may, 2026, 08:22

Photo
⚡️“Mahalla ligasi” sport musobaqasi o‘tkazilmoqda

Bulung‘ur tumanida “Mahalla ligasi” sport musobaqalarining Voleybol sport turi bo‘yicha sektor bosqichi qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda davom etmoqda.

Tuman Sport maktabida tashkil etilgan uchrashuvlarda 30 yoshdan yuqori sportsevar fuqarolar o‘z mahorati, chaqqonligi va jamoaviy hamjihatligini namoyon etdilar.

Mazkur musobaqalar mahallalarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, aholi o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish hamda do‘stlik va birdamlik muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Ulaning va ulashing:
📱 • 📱 https://www.instagram.com/bulungur_press/ • 📱 https://www.youtube.com/channel/UCZB3vpA2XM2hUyKnAQIoBSQ • 📱 https://gov.uz/oz/bulungur •  📱 https://fb.me/bulungurpress
4,030007
Bulung'ur.uz logo
Bulung'ur.uz

24-may, 2026, 08:22

Photo
🏆 Ayollar sport festivali – viloyat bosqichida munosib natijalar!

Joriy yilning 22-may kuni Samarqand shahridagi Sport maktabida xotin-qizlar o‘rtasida “Ayollar sport festivali” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqalar sportning stol tennisi, shaxmat, shashka hamda yengil atletika turlari bo‘yicha tashkil etildi.
Sport tadbirida Bulung‘ur tumanidan 7 nafar xotin-qiz ishtirok etib, tumanimiz sha’nini munosib himoya qildi.

🏓 Stol tennisi: 🥈2-o‘rin — Alimova Oyista (Qo‘ng‘irot MFY)
♟ Shaxmat–shashka: ♟ Shaxmat bo‘yicha 🥇 1-o‘rin — Ismatova Zebiniso (Zarafshon MFY)
🔳 Shashka bo‘yicha 🥇 1-o‘rin — Suvonqulova O‘rozgul (Navbahor MFY)
🏃‍♀️ Yengil atletika: 🥇 30 yoshdan yuqori toifa, 100 metr — Sattarova Maxliyo (Mingchinor MFY)
🥈 18–30 yosh toifasi, 100 metr — Abdullayeva Gullola (Chorbog‘ MFY)
🥈 18–30 yosh toifasi, 200 metr — Alijonova Zaxro (Yangiariq MFY)
👏 G‘olib va sovrindorlarimizni samimiy muborakbod etamiz hamda kelgusi musobaqalarda ularga yanada ulkan zafarlar tilaymiz!

Ulaning va ulashing:
📱 • 📱 https://www.instagram.com/bulungur_press/ • 📱 https://www.youtube.com/channel/UCZB3vpA2XM2hUyKnAQIoBSQ • 📱 https://gov.uz/oz/bulungur •  📱 https://fb.me/bulungurpress
3,950007
Bulung'ur.uz logo
Bulung'ur.uz

09-may, 2026, 23:09

Video
🖥 102 va 105 yoshni qarshilagan front orti mehnat faxriylari yo'qlanib, ularning holidan xabar olindi.

😍 Tuman hokimi Samandar Astonov mas'ullar bilan birgalikda front orti mehnat faxriylari - 102 yoshli Toshpo'latov Yahyo bobo hamda 105 yoshli Holmatova Toshbuvi momo holidan xabar olib, ularni bayram bilan tabrikladi.

Uchrashuv davomida faxriylar bilan samimiy suhbat qurilib, ularning hayot yo'li, bugungi kundagi kayfiyati va yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishildi. Faxriylar yurtimizda keksalarga ko'rsatilayotgan e'tibor va g'amxo'rlik uchun minnatdorlik bildirdi.

Ulaning va ulashing:
📱 • 📱 https://www.instagram.com/bulungur_press/ • 📱 https://www.youtube.com/channel/UCZB3vpA2XM2hUyKnAQIoBSQ • 📱 https://gov.uz/oz/bulungur •  📱 https://fb.me/bulungurpress
1,9200011

Showing 30 of 77 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

Bulung'ur.uz Telegram kanali nima haqida?+

Bulung'ur.uz (@bulungur_press) — tgdio da Kuzatuv kameralari (Spy Cam) toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 11 348 obunachi bor.

Bulung'ur.uz (@bulungur_press) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @bulungur_press ga bepul obuna bo‘ling.

Bulung'ur.uz yaxshi Kuzatuv kameralari (Spy Cam) kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin Bulung'ur.uz reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 11 348 obunachi bor. O‘xshash Kuzatuv kameralari (Spy Cam) kanallar bilan solishtiring.

Bulung'ur.uz statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @bulungur_press sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.