Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi Telegram channel photo

Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi

@columbia_centerPublic Channel

Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi shares Davlat xizmati (UPSC va SSC) updates and media on Telegram. Join to stay updated.

278

Last views

1.7k (1,717 subscribers)
A'zolar
—
Rating
39
Total Posts
Oct 16, 2026, 8:37 PM
Yangilangan
Apr 20, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameHamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi
Username@columbia_center
CategoryDavlat xizmati (UPSC va SSC)
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar1,717
Channel TypePublic Channel
Created20-apr, 2026
Last Updated16-okt, 2026 • 5 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#22327+105
Til reytingi
#237-6
Toifa reytingi
#257+2

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 1.7K30 Days growth: +23415.8%
09/1709/2209/2710/0210/0710/1210/16
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
17:09:20261,483
18:09:20261,483
19:09:20261,504
20:09:20261,504
21:09:20261,504
22:09:20261,504
23:09:20261,504
24:09:20261,504
25:09:20261,504
26:09:20261,504
27:09:20261,504
28:09:20261,504
29:09:20261,504
30:09:20261,504
01:10:20261,504
02:10:20261,504
03:10:20261,504
04:10:20261,504
05:10:20261,504
06:10:20261,504
07:10:20261,504
08:10:20261,504
09:10:20261,504
10:10:20261,504
11:10:20261,504
12:10:20261,504
13:10:20261,504
14:10:20261,504
15:10:20261,504
16:10:20261,717
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 20:04:20261,084
Week of 27:04:20261,084
Week of 04:05:20261,135
Week of 11:05:20261,135
Week of 18:05:20261,135
Week of 25:05:20261,135
Week of 01:06:20261,135
Week of 08:06:20261,135
Week of 15:06:20261,135
Week of 22:06:20261,135
Week of 29:06:20261,135
Week of 06:07:20261,450
Week of 13:07:20261,450
Week of 20:07:20261,450
Week of 27:07:20261,450
Week of 03:08:20261,450
Week of 10:08:20261,450
Week of 17:08:20261,474
Week of 24:08:20261,474
Week of 31:08:20261,458
Week of 07:09:20261,483
Week of 14:09:20261,504
Week of 21:09:20261,504
Week of 28:09:20261,504
Week of 05:10:20261,504
Week of 12:10:20261,717
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
April 20261,084
May 20261,135
June 20261,135
July 20261,450
August 20261,458
September 20261,504
October 20261,717
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
20261,717

So'nggi postlar

Video
🗣Samarqandda W.I.N.G.S. dasturi fasilitatorlari uchun treningning ikkinchi kuni davom etmoqda

📍 Samarqand shahrida W.I.N.G.S. (Women Initiating New Goals for Safety) dasturi doirasida tashkil etilgan ikki kunlik treningning navbatdagi mashg‘ulotlari fasilitatorlarning inqirozli vaziyatlarda professional yordam ko‘rsatish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratildi.

📝 Bugungi sessiyalar davomida birinchi psixologik yordam ko‘rsatish, suitsidal xavf belgilarini aniqlash hamda skrining o‘tkazish bo‘yicha amaliy yondashuvlar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, Kolumbiya universiteti Ijtimoiy ish maktabi maxsus bo‘limi direktori, xalqaro konsultant Lyudmila Kim tomonidan murakkab amaliy keyslar yuzasidan superviziya o‘tkazildi.

🎤 Superviziya jarayonida fasilitatorlar o‘z faoliyatida duch kelayotgan murakkab holatlarni muhokama qilib, ularga professional yondashish va samarali yordam ko‘rsatish bo‘yicha ekspert tavsiyalarini oldilar.

📝Bundan tashqari, W.I.N.G.S. dasturini hududlarda amalga oshirish jarayonini o‘rganish maqsadida fasilitatorlar ishtirokida fokus-guruh muhokamasi tashkil etilmoqda. Unda dasturni amaliyotga tatbiq etish tajribasi, mavjud qiyinchiliklar hamda uni yanada takomillashtirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashilmoqda.

#WINGS #superviziya #ijtimoiyhimoya #fasilitatorlar #ayollarniqollabquvvatlash

📱 Telegram 📱 Facebook
📱 Instagram 📱 Youtube
📱 LinkedIn
278006
W.I.N.G.S. Training on Crisis Response and Support for Facilitators Kicks Off in Samarkand

On October 19–20, a two-day training is taking place in Samarkand as part of the W.I.N.G.S. (Women Initiating New Goals for Safety) program. The training aims to strengthen facilitators’ professional knowledge and practical skills in supporting women who have experienced violence.

Organized by the Center for Advancing Community Strengths and Social Wellbeing in collaboration with the Samarkand Regional Department of the National Agency for Social Protection, the training brings together 33 psychologists from the “Inson” Social Services Centers and Women’s Rehabilitation and Adaptation Centers in the Samarkand and Jizzakh regions.

Led by Lyudmila Kim, Director of a Specialized Unit at Columbia University School of Social Work and an international consultant, the training consists of four practical sessions focused on responding to crisis situations.

Throughout the training, participants will develop practical skills in assessing risks, creating individualized safety plans, referring survivors to appropriate support services, and providing effective assistance in complex cases through hands-on exercises and case studies.

#WINGS #SocialProtection #Facilitators #SupportingWomen
241002
Photo1/10
🗣Samarqandda W.I.N.G.S. dasturi fasilitatorlari uchun inqirozli vaziyatlarda yordam ko‘rsatish bo‘yicha trening boshlandi

⏰ 19–20-oktabr kunlari Samarqand shahrida W.I.N.G.S. (Women Initiating New Goals for Safety) dasturi doirasida zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollar bilan ishlashda fasilitatorlarning kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan ikki kunlik trening o‘tkazilmoqda.

🤩 Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi tomonidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan treningda Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari hamda Ayollarni reabilitatsiya va moslashtirish markazlarining 33 nafar psixologlari ishtirok etmoqda.

🎤 Kolumbiya universiteti Ijtimoiy ish maktabi maxsus bo‘limi direktori, xalqaro konsultant Lyumila Kim tomonidan olib borilayotgan mashg‘ulotlar inqirozli vaziyatlarga javob qaytarish bo‘yicha 4 ta amaliy sessiyani qamrab oladi.

📝 Trening davomida ishtirokchilar xavf darajasini baholash, individual xavfsizlik rejasini ishlab chiqish, jabrlanuvchilarni tegishli xizmatlarga yo‘naltirish hamda murakkab vaziyatlarda samarali yordam ko‘rsatish usullarini amaliy mashqlar va keyslar asosida o‘zlashtiradilar.

#WINGS #ijtimoiyhimoya #fasilitatorlar #ayollarniqollabquvvatlash

📱 Telegram 📱 Facebook
📱 Instagram 📱 Youtube
📱 LinkedIn
537009
Photo1/2
☕️ #psixologuchunissiqchoy | Psixologlar uchun yangi professional rukn!

🤩 Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi Telegram kanalida ijtimoiy himoya tizimi psixologlari uchun yangi #psixologuchunissiqchoy ruknini boshlaymiz!

☕️ Hurmatli psixologlar, bu yerda sizlar bilan bir piyola issiq choy ustidagi samimiy suhbat kabi, kasbiy faoliyatda uchraydigan muhim masalalarni birgalikda tahlil qilamiz. Sizni ilmiy asoslangan metodikalar, interaktiv testlar, amaliy keyslar va ekspert tavsiyalari kutmoqda.

🔎 Bugungi issiq damalngan choyimiz suhbati Psixolog kasbiy etikasining 4 universal tamoyili! 2008-yilda Xalqaro psixologiya fanlari ittifoqi (IUPsyS) tomonidan qabul qilingan Psixologlar uchun etik tamoyillarning umumjahon deklaratsiyasi to‘rtta asosiy tamoyilni belgilaydi:

1️⃣ Inson va xalqlar qadr-qimmatini hurmat qilish – inson huquqlari, shaxsiy daxlsizlik, maxfiylik va ongli rozilikni ta’minlash.
2️⃣ Farovonlikka kompetent g‘amxo‘rlik qilish – zarar yetkazmaslik, kasbiy kompetensiyani rivojlantirish va mijoz manfaatlarini ustuvor qo‘yish.
3️⃣ Halollik va vijdonlilik – professional munosabatlarda xolislik, shaffoflik va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish.
4️⃣ Jamiyat oldidagi kasbiy mas’uliyat – psixologik bilimlardan jamiyat farovonligi yo‘lida mas’uliyat bilan foydalanish.

💬 Savol: Bugun mijozingiz bilan ishlash davomida ko'proq qaysi odob-axloq tamoyilini qo'lladingiz? Izohlarda bo'lishing!

#issiqchoy #psixologetikasi #kasbiyrivojlanish #psixologiya

📱 Telegram 📱 Facebook
📱 Instagram 📱 Youtube
📱 LinkedIn
8630026
Photo1/8
🗣 W.I.N.G.S. dasturi doirasida fasilitatorlarni tayyorlashning V bosqichi yakunlandi

🤩 Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi tomonidan W.I.N.G.S. (Women Initiating New Goals for Safety) dasturini hududlarda samarali joriy etish hamda fasilitatorlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan V bosqich o‘quv-treninglari yakunlandi.

📝Uch kunlik trening davomida ishtirokchilar W.I.N.G.S. intervensiyasining asosiy tamoyillari, fasilitatorning vazifalari va mas’uliyati, motivatsion intervyu usullari hamda samarali muloqot ko‘nikmalariga oid bilimlarini mustahkamladilar. Shuningdek, fasilitatorlar uchun ishlab chiqilgan qo‘llanma asosida motivatsion intervyuning asosiy elementlari o‘rganilib, ularni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmalar rivojlantirildi.

📝 Mazkur treningda respublikaning 14 ta hududidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari hamda Ayollar reabilitatsiya markazlarida faoliyat yurituvchi jami 90 nafar psixolog ishtirok etdilar.

✅ Ma’lumot uchun: W.I.N.G.S. intervensiyasi Kolumbiya universiteti Ijtimoiy ish maktabi professori Luiza Gilbert tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, ayollarning xavfsizligini ta’minlash va ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

#WINGS #ijtimoiyhimoya #genderzoravonlik #fasilitator #xavfsizlik

📱 Telegram 📱 Facebook
📱 Instagram 📱 Youtube
📱 LinkedIn
6250011
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish kafolatlari kuchaytiriladi

O‘zbekiston Respublikasining “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimi takomillashtirishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi.

🖋 Mazkur Qonun bilan bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga oid normalar kuchaytirilib, 5 ta kodeks va 6 ta qonunga o‘zgartirish hamda qo‘shimchalar kiritildi.

❗️ Asosiy o‘zgarishlar:

✅ 14 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun 25 yilgacha yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi;

✅ bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan jinoyatlar uchun shartli hukm, muddatidan oldin ozod qilish va jazoni yengillashtirish choralari qo‘llanmaydi. Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikka tortish muddati ham bekor qilinadi;

✅ bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlarini tergov qilishda ularni so‘roq qilish videoyozuvga olinadi. Yaqinlari zo‘ravonlik sodir etgan hollarda vasiylik va homiylik organi vakili ishtirok etadi;

✅ bolaga qasddan g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslik, uning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotni tarqatish va Bolalar masalalari bo‘yicha hududiy komissiyalar qarorlarini bajarmaslik uchun yangi ma’muriy javobgarlik belgilanadi. Shahvoniy shilqimlik, bolani tarbiyalash majburiyatini bajarmaslik va nikoh qoidalarini buzish uchun jarimalar oshiriladi;

✅ ta’lim jarayonida bolaga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan pedagog bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilinadi;

✅ zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki unga guvoh bo‘lgan bolalar davlat hisobidan yuridik yordam oladi.

❗️ Qonun bolalar xavfsizligini ta’minlash va ularning huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini kuchaytirishga qaratilgan.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Video Thumbnail
386005
Photo1/6
🗣Navoiy davlat universiteti bilan ijtimoiy ish sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

🤩 Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi vakillari Navoiy davlat universitetining “Ijtimoiy ish” yo‘nalishi professor-o‘qituvchilari va Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqarmasining ta’lim bo‘yicha mutaxassisi bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

📝 Uchrashuv davomida ijtimoiy himoya tizimi uchun malakali kadrlar tayyorlash, ta’lim va amaliyot integratsiyasini kuchaytirish hamda uch tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, “Ijtimoiy ish” yo‘nalishida masofaviy ta’lim, “5+1” modeli va ikkinchi mutaxassislik asosida o‘qitish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

👨‍💻 Ta’kidlanishicha, Navoiy viloyatidagi 326 nafar ijtimoiy xodimning 20 foizga yaqini “Ijtimoiy ish” mutaxassisligi bo‘yicha ma’lumotga ega. Shu bois mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini oshirish va ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish muhimligi qayd etildi.

📝 Shuningdek, talabalarning ijtimoiy himoya muassasalarida amaliyot o‘tash imkoniyatlarini kengaytirish, amaliy keyslarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish, oilalar bilan ishlash bo‘yicha kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish hamda ilmiy tadqiqotlar va amaliyot o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.

#Ijtimoiyish #akademiktalim #ijtimoiyhimoya #kadrlartizimi #talimvaamaliyot

📱 Telegram 📱 Facebook
📱 Instagram 📱 Youtube
📱 LinkedIn
4320010
Photo
🤩Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi jamoasi Sizni Mustaqillik bayrami bilan muborakbod etadi!

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi – mamlakatimiz taraqqiyot yo‘lini, erishilgan natijalarni va eng muhimi, inson manfaatlari ustuvor bo‘lgan jamiyat barpo etish yo‘lidagi sa’y-harakatlarni yana bir bor e’tirof etadigan muhim sana.

Bugun ijtimoiy himoya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida insonning huquq va imkoniyatlarini ta’minlash, uning qadr-qimmatini hurmat qilish, murakkab hayotiy vaziyatlarda professional ko‘mak ko‘rsatish hamda har bir insonning jamiyat hayotida munosib ishtirok etishi uchun sharoit yaratish kabi muhim tamoyillar mujassam.

Ijtimoiy ish esa ushbu qadriyatlarni amaliyotga olib kiradigan professional faoliyatdir. U insonni faqat yordam oluvchi sifatida emas, balki o‘z hayotiga oid qarorlarni qabul qilish, o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish va farovonligini mustahkamlash huquqiga ega shaxs sifatida e’tirof etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!

📱 📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61564214443597
📱 https://www.instagram.com/uzb_columbia_center/ 📱 https://www.youtube.com/@columbia_center24
📱 https://www.linkedin.com/company/cacssw/
685007
Video
Fidokorona mehnatga — munosib e’tirof

Agentligimiz tizimida samarali va fidokorona mehnat qilayotgan bir guruh xodimlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan taqdirladik.

Xodimlarimizga “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni hamda “Ijtimoiy himoya fidoyisi” ko‘krak nishoni topshirildi.

Bu mukofotlar, avvalo, inson qadrini ulug‘lash, aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash va har bir oilaga munosib ko‘mak ko‘rsatish yo‘lida sidqidildan mehnat qilayotgan jamoamiz vakillarining xizmatlariga berilgan e’tirofdir.

Taqdirlangan barcha hamkasblarimizni samimiy muborakbod etaman. Sizlarning mehnatingiz, mas’uliyatingiz va fidoyiligingiz tizimimiz rivoji uchun katta ahamiyatga ega.

Barchangizga mustahkam sog‘lik, yangi marralar va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi sharafli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilayman.

https://t.me/MansurbekOlloyorov | https://www.facebook.com/share/1DC4r9tG4C/?mibextid=wwXIfr | https://www.instagram.com/olloyorov_mansurbek?igsh=MWU1eWVrNmtrYTdkdg==&utm_source=qr
3180010
Video
🗣Supervayzerlar uchun superviziya - W.I.N.G.S. dasturini sifatli joriy etish muhim omili

📝 Xabaringiz bor, W.I.N.G.S. (Women Initiating New Goals for Safety) dasturini hududlarda samarali qo‘llash, fasilitatorlarning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda murakkab holatlarda professional yondashuvlarni takomillashtirish maqsadida Markazning tajribali mutaxassislari tomonidan har hafta muntazam ravishda superviziyalar tashkil etilmoqda.

🎤 Samarali superviziya nafaqat fasilitatorlarning, balki supervayzerlarning ham doimiy kasbiy rivojlanishini talab etadi. Fasilitatorlarni to‘g‘ri yo‘naltirish, murakkab holatlarni professional tahlil qilish va ularga zarur metodik ko‘mak ko‘rsatish uchun supervayzerlarning o‘z bilim va ko‘nikmalarini muntazam takomillashtirib borishi muhim.

👨‍💻 Shu maqsadda bugun Markaz mutaxassislari W.I.N.G.S. dasturi asoschisi Luiza Gilbert hamda Kolumbiya universiteti Ijtimoiy ish maktabining Maxsus bo‘lim direktori Lyudmila Kim tomonidan o‘tkazilgan superviziyada ishtirok etdilar. Superviziya davomida fasilitatorlarni amaliy faoliyatida qanday qo‘llab-quvvatlash, ular duch kelayotgan murakkab vaziyatlarni tahlil qilishda qanday yondashuvlardan foydalanish hamda superviziya jarayonida qaysi muammo va ehtiyojlarga alohida e’tibor qaratish lozimligi muhokama qilindi.

#WINGS #superviziya #ijtimoiyhimoya #ayollarniqollabquvvatlash

📱 📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61564214443597
📱 https://www.instagram.com/uzb_columbia_center/ 📱 https://www.youtube.com/@columbia_center24
📱 https://www.linkedin.com/company/cacssw/
550004
Photo
🗣Fidokorona mehnat – yuksak e’tirof

🧠 Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tizimda samarali va fidokorona mehnat qilib kelayotgan xodimlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

🤩 Taqdirlash marosimida Agentlik tizimidagi xodimlar bilan bir qatorda ijtimoiy himoya sohasida 20 yildan ortiq tajribaga ega, huquqshunos ekspert, bolalar huquqlarini himoya qilish va ijtimoiy ishni rivojlantirish yo‘nalishidagi yetakchi mutaxassis hozirgi kunda esa Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi direktori o‘rinbosari Yulduzxon Umarbekova ham yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldi.

Y.Umarbekova – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni bilan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni, shuningdek, Agentlik direktorining tegishli buyrug‘iga asosan ijtimoiy himoya sohasidagi samarali faoliyati, tashabbuskorligi va fidoyiligi uchun “Ijtimoiy himoya fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

📱 📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61564214443597
📱 https://www.instagram.com/uzb_columbia_center/ 📱 https://www.youtube.com/@columbia_center24
📱 https://www.linkedin.com/company/cacssw/
5720039
Prezident topshirig‘i asosida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan respublika bo‘ylab 90 ta ko‘p tarmoqli xududiy ijtimoiy xizmatlar markazini barpo etish bo‘yicha keng ko‘lamli loyihaga start berildi. Markazlarda aholiga ijtimoiy xizmatlarni yashash joyiga yaqin hududda, kompleks va malakali tarzda ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

Ushbu islohotning asosiy maqsadi – har bir oilaga malakali yordamning yashash joyiga yaqin hududda ko‘rsatilishini ta’minlashdan iborat.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva:

Bu yerda rivojlanishida koʻmakka muhtoj kichik yoshdagi bolalarga yordam koʻrsatiladi. Ular abilitatsiya va reabilitatsiya bosqichlaridan oʻtadilar, turli mutaxassislar bilan shugʻullanadilar, shuningdek, fizioterapiya, massaj va sensor integratsiya xizmatlaridan foydalanadilar. Oʻsmirlar va ularning ota-onalari psixologik maslahat olishlari mumkin. Katta yoshdagi fuqarolar uchun esa kunduzgi parvarish hamda insultdan keyingi reabilitatsiya xizmatlari yoʻlga qoʻyiladi.

Bu loyihaga butun qalbimiz bilan yondashganmiz. Insonlarning bu yerda eʼtibor va yordam olayotganini koʻrish men uchun juda qadrli. Jamoamiz bilan juda faxrlanaman hamda koʻplab oilalar mehr va qoʻllab-quvvatlashni his etadigan maskanni barpo etganimizdan mamnunman.

📝 https://t.me/ijtimoiyhimoya_agentligi    💻 https://instagram.com/ijtimoiyhimoya_agentligi?igshid=OGQ5ZDc2ODk2ZA==  
📝 https://www.facebook.com/profile.php?id=100093715955182&mibextid=LQQJ4d   🐧 https://twitter.com/ijtimoiyhimoya
🎞 https://youtu.be/3qt-Pxn__G8     🎖 http://ihma.uz/
Video Thumbnail
270003
Photo
🗣W.I.N.G.S. dasturi fasilitatorlari uchun navbatdagi superviziyalar o‘tkazildi

📝. (Women Initiating New Goals for Safety) dasturini hududlarda samarali qo‘llash, fasilitatorlarning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda murakkab holatlarda professional yondashuvlarni takomillashtirish maqsadida navbatdagi superviziyalar tashkil etildi.

🧠 Superviziyada Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlari direktorlari ham ishtirok etib, W.I.N.G.S. dasturining maqsadi, tuzilishi va amaliyotda qo‘llash mexanizmlari bilan yaqindan tanishdilar.

🎤Jarayon davomida fasilitatorlar dasturni amaliyotga tatbiq etishdagi natijalar, yuzaga kelayotgan muammolar va savollarni muhokama qildilar. Shuningdek, ular faoliyati davomida duch kelayotgan murakkab holatlar va amaliy keyslarni tahlil qilib, ularga samarali yechim topish, ayollar bilan ishlashda individual yondashuvni qo‘llash hamda W.I.N.G.S. vositalaridan samarali foydalanish bo‘yicha tajriba almashdilar.

📎Bugungi kunda W.I.N.G.S. dasturi respublikaning barcha 14 hududida yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, dastur doirasida 122 nafar fasilitator faoliyat yuritmoqda. Hozirga qadar esa 213 nafar ayol W.I.N.G.S. dasturidan o‘tgan.

#WINGS #superviziya #ijtimoiyhimoya #ayollarniqollabquvvatlash

📱 📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61564214443597
📱 https://www.instagram.com/uzb_columbia_center/ 📱 https://www.youtube.com/@columbia_center24
📱 https://www.linkedin.com/company/cacssw/
560005
Photo
#ijtimoiyxodimkompetentsiyasi

🗣Birlamchi baholash: Ijtimoiy xodimning 3 ta asosiy vazifasi

🎤 Mijoz bilan ilk uchrashuv – bu shunchaki ma’lumot yig‘ish jarayoni emas. Bu – vaziyatni chuqur anglash, ishonchli aloqa o‘rnatish va samarali yordam ko‘rsatish uchun ustuvor yo‘nalishlarni belgilashdir.

📑 Quyida ijtimoiy xodimning birlamchi baholashdagi 3 ta asosiy vazifasi keltirilgan:

➡️1. Aloqani o‘rnatish – mijoz bilan samimiy va ishonchli munosabatni shakllantirish – muvaffaqiyatli hamkorlikning asosi. Ijtimoiy xodim ochiq muloqot, hurmat va empatiya orqali mijozning ishonchini qozonadi. Bu esa mijozning o‘z muammolari haqida erkin va ochiq gapirishiga imkon yaratadi.

➡️2. Vaziyatni qanchalik shoshilinch ekanligini va xatarlarni aniqlash – mijozning ijtimoiy, psixologik va iqtisodiy holatini birlamchi va tezkor tahlil qilish muhimdir. Ushbu bosqichda muammo sabablari, xavf omillari va mavjud resurslar aniqlanadi.

➡️3. Himoya omillarini belgilash – bu jarayonda mijozning ehtiyojlari, imkoniyatlari va ustuvorliklari inobatga olinadi. Maqsad – aniq, real va natijaga yo‘naltirilgan yordam strategiyasini belgilash.

📎Birlamchi baholash – bu ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning poydevori bo’lib, uning sifatli amalga oshirilishi keyingi ish jarayonining samaradorligini belgilaydi.

📱 📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61564214443597
📱 https://www.instagram.com/uzb_columbia_center/ 📱 https://www.youtube.com/@columbia_center24
📱 https://www.linkedin.com/company/cacssw/
11,6000010
Photo
⏺LIVE

🗣Toshkentda ijtimoiy ish sohasida muhim trening boshlandi

📹 Ayni damda Toshkent shahrida “Ijtimoiy ishda ta’lim, superviziya va kasbiy rivojlanish” mavzusida 2 kunlik treningga start berildi.

⏰ 23–24-aprel kunlari davom etadigan treningni Kolumbiya universitetining Ijtimoiy ish maktabi professori, PhD, MSSW Richard Hara olib bormoqda.

✅ Treningda jami 35 nafar ishtirokchi qatnashmoqda. Ular orasida Toshkent viloyati, Sirdaryo viloyati hamda Toshkent shahar supervayzerlari bilan bir qatorda O‘zbekiston Milliy universiteti, Chirchiq davlat pedagogika universiteti, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Guliston davlat universiteti, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti kabi oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari ham ishtirok etmoqdalar.

📱 📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61564214443597
📱 https://www.instagram.com/uzb_columbia_center/ 📱 https://www.youtube.com/@columbia_center24
📱 https://www.linkedin.com/company/cacssw/
1,1700010
Photo
🗣Xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish – ustuvor vazifa

🤩 Tizimda huquqiy targ‘ibot ishlarini kuchaytirish, xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish maqsadida Markaz Bosh yuriskonsulti tomonidan navbatdagi taqdimot tashkil etildi.

📝Unda sohaga oid qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, ularning amaliy ahamiyati hamda kundalik faoliyatda qo‘llash jihatlari batafsil tushuntirildi.

👨‍💻 Taqdimot davomida xodimlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash, qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorligini oshirish hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratildi.

📱 📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61564214443597
📱 https://www.instagram.com/uzb_columbia_center/ 📱 https://www.youtube.com/@columbia_center24
📱 https://www.linkedin.com/company/cacssw/
412006
Photo
🗣Ijtimoiy ish sohasini rivojlantirish yo‘lida xalqaro hamkorlik

🇺🇸 Amerika elchixonasining “Fulbright specialist” loyihasi doirasida O’zbekistonda Ijtimoiy ish va ijtimoiy ishda akademik ta’limni rivojlantirish maqsadida Kolumbiya universitetining Ijtimoiy ish maktabi professori, PhD, MSSW Richard Hara Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi bilan hamkorlikdagi 1 oylik xizmat safarini boshladi.

📝Mazkur tashrifdan asosiy maqsad — mamlakatimizda ijtimoiy ish sohasidagi akademik ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, malaka talablari hamda o‘quv dasturlarini ilg‘or xalqaro standartlarga muvofiqlashtirishdan iborat. Shu bilan birga, amaliyotda faoliyat yuritayotgan mutaxassislar salohiyatini mustahkamlash ham ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan.

📍 Tashrif doirasida professor tomonidan respublikaning qator hududlari, jumladan Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Farg‘ona, Namangan, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida faoliyat olib borayotgan supervayzerlar va oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari uchun “Ijtimoiy ish ta’limi, superviziya va kasbiy rivojlanish” mavzusida o‘quv-treninglar tashkil etiladi.

🤩 Shu munosabat bilan R.Hara Markaz mutaxassislari bilan uchrashib, amalga oshirilishi rejalashtirilgan faoliyat yo‘nalishlari, ustuvor vazifalar hamda kutilayotgan natijalar yuzasidan batafsil muhokamalar olib bordi.

📱 📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61564214443597
📱 https://www.instagram.com/uzb_columbia_center/ 📱 https://www.youtube.com/@columbia_center24
📱 https://www.linkedin.com/company/cacssw/
375009
Video
#hamkorlik

DUAL TA’LIM: NAZARIYA VA AMALIYOT UYG‘UNLIGI YO‘LIDA

Prezidentimiz tomonidan ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish borasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda malakali kadrlar tayyorlash maqsadida institutimizda dual ta’lim tizimiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu munosabat bilan Ijtimoiy ish yo‘nalishi talabalari Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi To‘raqo‘rg‘on tumani Inson ijtimoiy xizmatlar markazida bo‘lib, o‘quv-amaliy jarayonlarini o‘tkazdilar.

Tashrif davomida talabalar quyidagi muhim yo‘nalishlar bilan yaqindan tanishdilar:

✅ Tizimli boshqaruv: Markazning tashkiliy tuzilmasi va asosiy ish yo‘nalishlari;
✅ Xizmatlar ko‘rsatish: Aholiga ijtimoiy yordam ko‘rsatishning zamonaviy va raqamlashgan tizimi;
✅ Manzilli o‘rganish: Ijtimoiy ehtiyojmand qatlam bilan ishlash va ularning muammolarini hal etish mexanizmlari;
✅ Kasbiy mahorat: Soha mutaxassislarining real ish jarayonidagi amaliy faoliyati.
Mazkur amaliy tashrif talabalar uchun nafaqat bilimlarini mustahkamlash, balki kelajakda o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishishlarida muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Dual ta’lim doirasidagi bu kabi tadbirlar oliy ta’lim va amaliyot o‘rtasidagi "oltin ko‘prik" vazifasini o‘tamoqda.

🏛 Namangan davlat pedagogika instituti rasmiy sahifalari:
📱 https://t.me/namspii 2️⃣ https://www.instagram.com/namspi_uz?igsh=NWI1ZWdxN296NmNr
3️⃣ https://www.facebook.com/profile.php?id=61569554429747 📺 http://www.bit.ly/3wIdW85
320004

Showing 30 of 39 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi Telegram kanali nima haqida?+

Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi (@columbia_center) — tgdio da Davlat xizmati (UPSC va SSC) toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 1 717 obunachi bor.

Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi (@columbia_center) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @columbia_center ga bepul obuna bo‘ling.

Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi yaxshi Davlat xizmati (UPSC va SSC) kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 1 717 obunachi bor. O‘xshash Davlat xizmati (UPSC va SSC) kanallar bilan solishtiring.

Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @columbia_center sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.