
📍 Samarqand shahrida W.I.N.G.S. (Women Initiating New Goals for Safety) dasturi doirasida tashkil etilgan ikki kunlik treningning navbatdagi mashg‘ulotlari fasilitatorlarning inqirozli vaziyatlarda professional yordam ko‘rsatish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratildi.
📝 Bugungi sessiyalar davomida birinchi psixologik yordam ko‘rsatish, suitsidal xavf belgilarini aniqlash hamda skrining o‘tkazish bo‘yicha amaliy yondashuvlar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, Kolumbiya universiteti Ijtimoiy ish maktabi maxsus bo‘limi direktori, xalqaro konsultant Lyudmila Kim tomonidan murakkab amaliy keyslar yuzasidan superviziya o‘tkazildi.
🎤 Superviziya jarayonida fasilitatorlar o‘z faoliyatida duch kelayotgan murakkab holatlarni muhokama qilib, ularga professional yondashish va samarali yordam ko‘rsatish bo‘yicha ekspert tavsiyalarini oldilar.
📝Bundan tashqari, W.I.N.G.S. dasturini hududlarda amalga oshirish jarayonini o‘rganish maqsadida fasilitatorlar ishtirokida fokus-guruh muhokamasi tashkil etilmoqda. Unda dasturni amaliyotga tatbiq etish tajribasi, mavjud qiyinchiliklar hamda uni yanada takomillashtirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashilmoqda.
#WINGS #superviziya #ijtimoiyhimoya #fasilitatorlar #ayollarniqollabquvvatlash
📱 Telegram 📱 Facebook
📱 Instagram 📱 Youtube










