Eco-Schools | Respublika Telegram channel photo

Eco-Schools | Respublika

“Eco-Schools Uzbekistan” loyihasiga a’zo 500 ta umumta’lim muassasalari bilan ishlash uchun platforma

Networkingo‘zbekOʻzbekiston

2.1k

Last views

2.2k (2,218 subscribers)
A'zolar
—
Rating
36
Total Posts
Oct 18, 2026, 4:43 AM
Yangilangan
May 17, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameEco-Schools | Respublika
Username@eco_schools_respublika
CategoryNetworking
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar2,218
Channel TypePublic Channel
Created17-may, 2026
Last Updated18-okt, 2026 • 5 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#11412+6
Til reytingi
#130O'zgarish yo'q
Toifa reytingi
#223+7

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 2.2K30 Days growth: +53631.9%
09/1809/2309/2810/0310/0810/1310/17
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
18:09:20261,682
19:09:20261,682
20:09:20261,718
21:09:20261,718
22:09:20261,718
23:09:20261,718
24:09:20261,718
25:09:20261,718
26:09:20261,718
27:09:20261,718
28:09:20261,718
29:09:20261,718
30:09:20261,718
01:10:20261,718
02:10:20261,718
03:10:20261,718
04:10:20261,718
05:10:20261,718
06:10:20261,718
07:10:20261,718
08:10:20261,718
09:10:20261,718
10:10:20261,718
11:10:20261,718
12:10:20261,718
13:10:20261,718
14:10:20261,718
15:10:20261,718
16:10:20261,718
17:10:20262,218
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 11:05:20261,183
Week of 18:05:20261,183
Week of 25:05:20261,183
Week of 01:06:20261,183
Week of 08:06:20261,183
Week of 15:06:20261,183
Week of 22:06:20261,183
Week of 29:06:20261,183
Week of 06:07:20261,565
Week of 13:07:20261,565
Week of 20:07:20261,565
Week of 27:07:20261,565
Week of 03:08:20261,565
Week of 10:08:20261,565
Week of 17:08:20261,722
Week of 24:08:20261,722
Week of 31:08:20261,690
Week of 07:09:20261,682
Week of 14:09:20261,718
Week of 21:09:20261,718
Week of 28:09:20261,718
Week of 05:10:20261,718
Week of 12:10:20262,218
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
May 20261,183
June 20261,183
July 20261,565
August 20261,722
September 20261,718
October 20262,218
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
20262,218

So'nggi postlar

Eco-Schools | Respublika logo
Eco-Schools | Respublika

20-okt, 2026, 13:53

🏆 "Eco-Schools Uzbekistan" loyihasiga a'zo maktablar uchun o'tkazilayotgan "Green School" respublika tanlovining respublika bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritgan maktablar nizomga muvofiq quyidagicha taqdirlanadi:

1-o'rinni egallagan maktab jamoasi uchun: I darajali diplom, 150 000 000 (bir yuz ellik million) so'm pul mukofoti hamda maxsus esdalik sovg'alari;

2-o‘rinni egallagan maktab jamoasi uchun: II darajali diplom, 130 000 000 (bir yuz o'ttiz million) so'm pul mukofoti hamda maxsus esdalik sovg'alari;

3-o'rinni egallagan maktab jamoasi uchun: III darajali diplom, 100 000 000 (bir yuz million) so'm pul mukofoti hamda maxsus esdalik sovg'alari.

☝️Tanlovda 1, 2 va 3-o‘rinlarni egallagan maktablarga beriladigan pul mukofotlari tegishli maktablarning byudjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armalariga o‘tkazib beriladi hamda mazkur mablag‘lar maktabning ekologik holatini yanada yaxshilash, obodonlashtirish va ekologik infratuzilmasini rivojlantirish hamda o’quvchilar uchun qo‘shimcha innovatsion sharoitlar yaratishga yo‘naltiriladi.

🙌️️️️️️ Barchaga omad tilaymiz!
2,1500025
Eco-Schools | Respublika logo
Eco-Schools | Respublika

20-okt, 2026, 09:47

Ariza (green school).docx46.5 KB
Barchaga xayrli kun 🙌️️️️️️

Yuqoridagi post asosida, "Green School" respublika tanlovida ishtirok etish uchun ariza shabloni, uni to'g'ri to'ldirish bo'yicha yo'riqnoma, tanlov nizomi va baholash mezonlari bilan bo'lishmoqdamiz.

❓Savollar bilan @qabul_eco_schools manziliga murojaat qiling.

❗️Eslatib o'tamiz, arizalar 25-oktabr 23:59 gacha qat'iyan nizom va yo'riqnomada belgilangan tartib va talablar asosida @qabul_eco_schools manzili orqali qabul qilinadi.
3,0100012
Eco-Schools | Respublika logo
Eco-Schools | Respublika

20-okt, 2026, 09:46

Photo1/2
👋😊 Barchaga salom!

⚠️ "Eco-Schools Uzbekistan" loyihasiga a'zo maktablar diqqatiga! Bizda sizlar uchun ajoyib yangilik!

🏫 Loyihaga a'zo maktablar uchun Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, Ta'lim va ilm-fan vazirligi va Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 2026-yil 20–30-oktabr kunlari "Green School" respublika tanlovi bo‘lib o‘tadi.

📈 Unda loyihaga a'zo maktablarning "7 qadam" metodologiyasi doirasidagi faoliyati, atrof-muhit uchun qilgan ijobiy o‘zgarishlari hamda o‘quvchilarning ekologik tashabbuslari va yechimlari hududiy, so‘ng respublika miqyosida baholanadi.

🏆 Har bir hududdan baholash mezonlari bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan bitta maktab respublika bosqichiga yo‘llanma oladi. Respublika bosqichida 1-, 2- va 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan maktablar pul mukofoti va sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

📝 Hududiy bosqich uchun arizalar 20-oktabr kunidan 25-oktabr 23:59 gacha @qabul_eco_schools manzili orqali qabul qilinadi.

🖥 Tanlov nizomi, baholash mezonlari, yo‘riqnoma va ariza shabloni havola orqali mavjud.

☝️ Shoshiling, o‘zingizning yorqin faoliyatingizni namoyon eting!

~~~

👋😊 Всем привет!

⚠️ Вниманию школ — участников программы Eco-Schools Uzbekistan! У нас для вас отличная новость!

🏫 С 20 по 30 октября 2026 года Национальный комитет по экологии и изменению климата, Министерство образования и науки и Агентство по делам молодёжи проводят республиканский конкурс Green School среди школ — участников программы Eco-Schools Uzbekistan.

📈 В рамках конкурса на региональном, а затем и республиканском уровне будут оцениваться деятельность школ по методологии «7 шагов», их вклад в улучшение состояния окружающей среды, а также экологические инициативы и практические решения учащихся.

🏆 От каждого региона в республиканский этап пройдёт одна школа, набравшая наибольшее количество баллов по установленным критериям оценки. Школы, занявшие 1-е, 2-е и 3-е места на республиканском этапе, будут награждены денежными премиями и подарками.

📝 Приём заявок на региональный этап продлится с 20 октября до 23:59 25 октября 2026 года через @qabul_eco_schools.

🖥 Положение о конкурсе, критерии оценки, инструкция и шаблон заявки доступны по ссылке.

☝️ Не упустите возможность продемонстрировать достижения своей школы и внести ещё больший вклад в развитие экологической культуры!

😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
385002
Eco-Schools | Respublika logo
Eco-Schools | Respublika

12-okt, 2026, 17:48

Xat (maktablar).pdf144.9 KB
Barchaga xayrli kun 🙌️️️️️️

Navbatdagi qabul jarayonidan so'ng, loyihaga a'zo maktablar soni 1007 taga yetdi 🎉️️️️️️

"Eco-Schoos Uzbekistan" loyihasiga a'zo maktablar yangilangan ro'yxati ma'lumot va ishda foydalanish uchun taqdim etilmoqda.
5,3700028
Eco-Schools | Respublika logo
Eco-Schools | Respublika

12-okt, 2026, 17:48

Photo1/2
🏁 "Eco-schools Uzbekistan" loyihasiga qabul bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqish yakunlandi. 2026-yilda ishtirokchi maktablar soni deyarli ikki baravarga oshib, 1007 taga yetdi!

🏫 Bu butun mamlakat bo‘ylab 1007 ta maktab eng yirik xalqaro ekologik harakatning bir qismiga aylandi deganidir.

👨‍🏫 Bu esa minglab o‘qituvchi va o‘quvchilar endi dunyomizni yanada toza hamda xavfsiz qilishdek umumiy maqsad yo‘lida birlashganini anglatadi.

🤝 "Eco-schools" safiga qo‘shilish bu shunchaki maqom emas. Bu — maktablarda ekologik menejmentga tizimli yondashuvni joriy etish, chiqindilarni saralash, suv va energiyani tejash hamda hududlarni ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha amaliy loyihalarni yo‘lga qo‘yish demakdir.

📈 Oldinda bizni ulkan birgalikdagi ishlar kutmoqda. Biz birgalikda «yashil» tashabbuslarni hayotga tatbiq etamiz, eko-darslar o‘tkazamiz va atrof-muhitni asrashga real hissa qo‘shamiz.

🎉 Yangi maktablarni ushbu muhim yo‘lning boshlanishi bilan tabriklaymiz, zero sizlar haqiqiy liderlar va birdam jamoaga aylanasiz!

~~~

🏁 Завершено рассмотрение заявок для набора в проект Eco-schools Uzbekistan. За 2026 год год количество школ-участниц увеличилось почти вдвое и достигло 1007!

🏫 Это значит, 1007 школ по всей стране стали частью крупнейшего международного экологического движения.

👨‍🏫 Это значит, что тысячи учителей и учеников теперь объединены общей целью — сделать наш мир чище и безопаснее.

🤝 Присоединение к Eco-schools — это не просто статус. Это внедрение системного подхода к экологическому менеджменту в школах, запуск практических проектов по сортировке отходов, экономии воды и энергии, а также озеленению территорий.

📈 Впереди — большая совместная работа. Вместе мы будем внедрять «зеленые» инициативы, проводить эко-уроки и вносить реальный вклад в сохранение окружающей среды.

🎉 Поздравляем новые школы с началом важного пути, на котором вы станете настоящей командой лидеров и единства!

😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
1,100008
Eco-Schools | Respublika logo
Eco-Schools | Respublika

09-okt, 2026, 10:58

Barchaga xayrli kun! 🙌

🌍 BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP)ning “Iqlim qutichasi” (Climate Box) dasturi doirasida o‘qituvchilar va ta’lim sohasi mutaxassislari uchun “Iqlim qutichasidan foydalanish bo‘yicha ilg‘or tajribalar” mavzusida xalqaro vebinar tashkil etilmoqda.

🏆 Vebinarda 2026-yilgi pedagoglar tanlovi g‘oliblarining eng yaxshi ishlanmalari taqdim etilib, “Iqlim qutichasi” o‘quv materiallaridan quyidagi yo‘nalishlarda foydalanish tajribalari muhokama qilinadi:
🔹 Maktab o‘quv dasturi doirasida iqlim ta’limini tashkil etish;
🔹 Sinfdan tashqari mashg‘ulotlar, jumladan, iqlim mavzusidagi kvestlar va interaktiv tadbirlarni o‘tkazish;
🔹 Loyiha asosida o‘qitish orqali o‘quvchilarning amaliy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish.

📚 Shuningdek, o‘rganishda qiyinchiliklarga duch keladigan bolalar uchun moslashtirilgan o‘quv materiallari, “Iqlim qutichasi”ning soddalashtirilgan versiyasi va iqlimga oid o‘yinlar tanishtiriladi. Dasturining kelgusi bosqichiga oid yangi g‘oyalar xalqaro ekspertlar ishtirokida muhokama qilinadi.

📌 Vebinar haqida ma’lumot:
📅 Sana: 2026-yil 13-oktabr, seshanba
⏰ Vaqt: 15:00–17:00 (Toshkent vaqti bilan)
💻 Platforma: Zoom
🗣 Til: Rus tili (ingliz va serb tillariga sinxron tarjima bilan)
📝 Ro‘yxatdan o‘tish: Havola orqali

☝️ Vebinarda maktab pedagoglari, ta’lim sohasi mutaxassislari va “Iqlim qutichasi” dasturi koordinatorlari ishtirok etishi mumkin. Har bir ishtirokchi alohida ro‘yxatdan o‘tishi lozim. Vebinarga ulanish havolasi ro‘yxatdan o‘tilgach, elektron pochta orqali yuboriladi.
3,7900015
Eco-Schools | Respublika logo
Eco-Schools | Respublika

08-okt, 2026, 11:04

Photo1/2
👨‍🏫 Aziz ustozlar! Agar siz o‘quvchilaringizga tabiatni asrashni o‘rgatayotgan va ularda ekologik madaniyatni shakllantirayotgan bo‘lsangiz, ushbu imkoniyat aynan siz uchun!

🚀 FEE Education Awards 2026–2027 xalqaro mukofoti uchun tanlov boshlandi!

🏆 Tanlovda ikkita yo‘nalish bo‘yicha ishtirok etishingiz mumkin:

⏺ FEE Teacher Award — barqaror rivojlanishga va ekologik ta'limga hissa qo‘shayotgan eng yaxshi o‘qituvchilar uchun mukofot.

⏺ FEE Lesson Plan Competition (Water Explorers) — suv va tabiat mavzularida qiziqarli metodik ishlanma (dars rejasi) yaratadigan ijodkor pedagoglar tanlovi.

📊 O‘z kuchingizni sinab ko‘ring va O‘zbekiston pedagoglarining mahoratini xalqaro miqyosda namoyish eting!

📝 Milliy bosqich uchun arizalar 2027-yil 18-yanvargacha qabul qilinadi.

🖥 Tanlov shartlari bilan tanishish va ariza topshirish uchun havola.

~~~

👨‍🏫 Дорогие учителя, этот пост для вас, если вы учите своих учеников беречь природу и прививаете им экологическую культуру?

🚀 Стартовала международная премия FEE Education Awards 2026–2027!

🏆 В этом году вы можете принять участие в двух номинациях:

⏺ FEE Teacher Award — премия для лучших учителей, вносящих вклад в устойчивое развитие и экологическое образование.

⏺ FEE Lesson Plan Competition (Water Explorers) — конкурс для творческих педагогов, которые разрабатывают увлекательные методические разработки (планы уроков) на темы воды и природы.

📊 Попробуйте свои и силы и продемонстрируйте мастерство узбекистанских педагогов всему миру!

📝 Прием заявок на национальный этап: до 18 января 2027 года.

🖥 Ссылка для ознакомления с условиями конкурса и подачи заявки.

😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
816007
Eco-Schools | Respublika logo
Eco-Schools | Respublika

06-okt, 2026, 11:16

Barchaga xayrli kun 🙌

"Eco-Schools Uzbekistan" loyihasi doirasida bilimlarni yanada mustahkamlash maqsadida fee academy onlayn kurslar bazasini taqdim etamiz:

"Yashil bayroq" mukofoti uchun baholash mezonida maktab pedagoglarning kamida 50% aynan shu kabi kurslarda bilimlarini mustahkamlagan bo'lishi talab etiladi.

Kurslar to'liq ingliz tilida (brauzer orqali o'zbek yoki rus tillariga tarjima qilish uchun google tarjimondan foydalansa bo'ladi) va har bir kurs sizdan o'rtacha 5-6 soat vaqt ajratishni talab qiladi.

☝️Ushbu kurslardan maktab eko-qo'mita a'zolari (o'quvchilar) va maktab pedagoglari jamoasi o'tishi tavsiya etiladi.

Onlayn kurslar quyidagi havolalarda keltirilgan 👇
1. Outdoor Education: Using Nature as a Classroom
2. GAIA 20:30 Circular Economy Course
3. Learning & Teaching About the SDGs
4. GAIA 20:30 Biodiversity Course
5. Introduction to Environmental Literacy
6. Climate Change Education: From Knowledge to Action
7. What is an Eco-School?
8. GAIA 20:30 Pollution Course
9. The Eco-Schools Seven-Steps framework

Yangi bilimlar olib, loyiha doirasidagi faoliyatingizni yanada samarali davom ettiring!
7,3200015
Eco-Schools | Respublika logo
Eco-Schools | Respublika

30-sen, 2026, 09:04

Eco-Schools Uzbekistan loyihasi qo'llanmasi.pdf693.7 MB
BIZDA BAYRAMONA TUHFA

"Eco-Schools Uzbekistan" loyihasini amalga oshirish bo'yicha metodik qo'llanma bilan tanishing 🎉

Mazkur qo'llanma "Eco-Schools" xalqaro dasturining "Foundation for Environmental Education" (FEE) tomonidan ishlab chiqilgan rasmiy ta'limiy va metodik materiallar asosida tayyorlandi. Materiallar o'zbek tiliga tarjima qilinib, O'zbekiston Respublikasining milliy ta'lim tizimiga moslashtirildi.

Mazkur nashrning o'zbek tilidagi moslashtirilgan talqini Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan "Zamin" xalqaro jamoat fondi bilan birgalikda 2026-yilda ishlab chiqildi.
Shuningdek, mazkur qo'llanmaning qoraqalpoq, rus va ingliz tillaridagi nashrlari ham tayyorlanmoqda va tez orada taqdim etiladi.

Maktab eko-qo'mitasi, o'quvchilar, pedagog-xodimlar va maktab rahbariyatiga ushbu qo'llanmani ulashing va loyiha haqida chuqurroq bilimlarga ega bo'ling!
10,1000028
Eco-Schools | Respublika logo
Eco-Schools | Respublika

24-sen, 2026, 18:35

❗️"Yosh fermer" loyihasiga a'zo bo'lgan barcha 200 ta maktablar loyiha respublika kanali va hududiy guruhlarga qo'shilib olishi so'raladi.

1️⃣ "Yosh fermer" loyihasi Telegram kanali: @yosh_fermer

2️⃣ "Yosh fermer" loyihasi doirasida hududlar kesimida tashkil etilgan Telegram guruhlar:

Qoraqalpog'iston Respublikasi - https://t.me/+Ew08cLW7_bljYjMy
Xorazm viloyati - https://t.me/+rJ4Rr3cOqEczN2Qy
Buxoro viloyati - https://t.me/+d-GoBGRwpjA5NWIy
Navoiy viloyati - https://t.me/+cy4YyEsv7pgwYzNi
Samarqand viloyati - https://t.me/+CrfFe78LID8wNmRi
Qashqadaryo viloyati - https://t.me/+Sane7cr-XGFhM2Ri
Surxondaryo viloyati - https://t.me/+5T6Sf-N6FI5jZDc6
Jizzax viloyati - https://t.me/+iygO0DC3Hvo5NTMy
Sirdaryo viloyati - https://t.me/+AQkI92o7EiQ1ZTgy
Toshkent viloyati - https://t.me/+iFO0bgnPb-BlYTFi
Toshkent shahri - https://t.me/+6HVV_8vg9U0xN2E6
Namangan viloyati - https://t.me/+d3j5CxjeWz5kNGZi
Farg'ona viloyati - https://t.me/+mZ8B3faNo400YjZi
Andijon viloyati - https://t.me/+aHNSp9q1r5Y1NmQ6

☝️Telegram kanal va guhuhga - maktab direktori, xo'jalik ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari, loyihaga koordinator pedagog va jamoaga sardorlik qiluvchi o'quvchi qo'shilishi zarur.
1,790004
Eco-Schools | Respublika logo
Eco-Schools | Respublika

23-sen, 2026, 11:40

Barchaga xayrli kun 🙌 "Eco-Schools Uzbekistan" loyihasi doirasida maktablarda bir martalik plastikdan foydalanishni kamaytirishga qaratilgan "Zero Plastic" tashabbusini yo'lga qo'yish rejalashtirilmoqda. ☝️Tashabbusni tayyor reja asosida emas, balki maktablarning…
1,470003
Eco-Schools | Respublika logo
Eco-Schools | Respublika

02-sen, 2026, 12:10

Video
Barchaga xayrli kech 🙌

❗️"Yosh iqlim chempionlari" dasturi 3-mavsumi ishtirokchilari ro'yxati bilan tanishing
4,0800022
Eco-Schools | Respublika logo
Eco-Schools | Respublika

02-sen, 2026, 12:10

Photo
📣 Diqqat, Diqqat!!

Young Climate Champions 3-mavsumi finalistlari aniq! 🎉

Bu yil O‘zbekistonning barcha hududlaridan 800 ga yaqin ariza kelib tushdi. Arizalarning barchasini ko‘rib chiqib, har bir hududdan 3 nafardan, jami 42 nafar ijtimoiy eko faol yoshlarni tanlab oldik! Va Finalistlarning barchasi bilan bog‘landik 💚

Endi ular bir yil davomida YCC jamoasi bilan birga o‘z hududlarida iqlim uchun turli loyihalar va tadbirlarni amalga oshiradi.

Ariza topshirgan barchangizga katta rahmat. Bu safar finalist bo‘lmagan bo‘lsangiz, xafa bo‘lmang. YCC tadbirlarida volontyor sifatida bizga qo‘shilishingiz mumkin. Oldinda hali ko‘p imkoniyatlar bor! 🌍

Yangiliklar va tadbirlarni o‘tkazib yubormaslik uchun sahifalarimizni kuzatib boring.

Ko‘rishguncha! 💚
9940016
Eco-Schools | Respublika logo
Eco-Schools | Respublika

02-sen, 2026, 12:10

Video
🚀 "Eco-Schools Uzbekistan" loyihasiga 2021-yilda start berilib, o‘sha vaqti loyihaga 22 ta maktab a’zo bo‘lgan bo‘lsa, hozir esa bu ko‘rsatgich 694 taga yetdi.

🤓 Loyihaga 430 mingdan ortiq o‘quvchilar va mingdan ortiq o‘qituvchilar jalb qilindi. Shuningdek, 11 mingdan ortiq eko-faol o‘quvchilar bazasi mavjud.

5️⃣ 5 yil davomida 50 ta onlayn, 80 ta mahalliy, 9 ta mintaqaviy va xalqaro tadbirlar tashkil etilib, O‘zbekistonning 30 ta maktablari "Yashil bayroq" xalqaro mukofotini qo‘lga kiritdi.

👨‍🏫 Loyihani samarali boshqarish uchun hududiy koordinatorlar, mentor pedagoglar va mentor o‘quvchilar tizimi yo‘lga qo‘yildi.

🏫 Shuningdek, "Yosh fermer" loyihasi doirasida 200 ta maktabdan 18 mingdan ortiq o‘quvchi va 200 dan ortiq o‘qituvchilar dasturga jalb qilindi. Maktablarda tashkil etilgan bug‘xonalarda 34 tonnadan ortiq mahsulotlar yetishtirildi.

~~~

🚀 Проект «Eco-Schools Uzbekistan» стартовал в 2021 году. В первый год к проекту присоединились 22 школы. А сейчас их число уже 694.

🤓 В проект вовлечено более 430000 учащихся и свыше тысячи учителей. Кроме того, насчитывается база из более 11000 экоактивистов.

5️⃣ За пять лет было организовано 50 онлайн, 80 местных, 9 региональных и международных мероприятий, 30 школ Узбекистана удостоились международной награды «Зелёный флаг».

👨‍🏫 Для эффективного управления проектом, создана система региональных координаторов, ментор-учителей и ментор-учеников.

🏫 Также, проект «Юный фермер» охватил из 200 школ более 18000 учеников и свыше 200 учителей. В парниках, созданных в этих школах, было выращено более 34 тонн сельскохозяйственной продукции.

😀 https://www.zaminfoundation.ngo/ 🌐 https://www.instagram.com/ecoschools_uzbekistan/ 🌐 https://www.zaminfoundation.ngo/ru https://www.facebook.com/ecoschoolsuzbekistan/
9050023
Eco-Schools | Respublika logo
Eco-Schools | Respublika

02-sen, 2026, 12:10

💥 Siz kutgan lahza nihoyat keldi! 💥 Young Climate Champions 3-mavsumiga arizalar rasman OCHILDI! 🎉 Agar siz faol yosh bo‘lsangiz, iqlim va ekologiyaga qiziqsangiz hamda, hamda kelgusi bir yil davomida haqiqiy o‘zgarish yaratishga tayyor bo‘lsangiz - bizga…
2,9700019
Eco-Schools | Respublika logo
Eco-Schools | Respublika

02-sen, 2026, 12:10

Photo
💥 Siz kutgan lahza nihoyat keldi! 💥

Young Climate Champions 3-mavsumiga arizalar rasman OCHILDI! 🎉

Agar siz faol yosh bo‘lsangiz, iqlim va ekologiyaga qiziqsangiz hamda, hamda kelgusi bir yil davomida haqiqiy o‘zgarish yaratishga tayyor bo‘lsangiz - bizga qo‘shiling!!

🚀 YCC nima?
Young Climate Champions - bu 1 yillik ekologik liderlik dasturi.

🏕️ Dastur avgustdagi liderlik oromgohidan boshlanadi. U yerda siz O‘zbekistonning turli hududlaridan kelgan tengdoshlaringiz bilan tanishasiz va iqlim lideri bo‘lish uchun kerakli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz.

🌱 Keyin esa bilimlaringizni amalda qo‘llaysiz! 2026–2027 o‘quv yili davomida jamoangiz bilan ekologik loyihalar amalga oshirasiz. Faol ishtirok etsangiz milliy va xalqaro iqlim tadbirlarda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

🎉 Yil yakunida esa erishgan yutuqlaringizni YCC oilasi bilan birgalikda nishonlaysiz!

🌟 Sizni nimalar kutmoqda?
🏕️ Toshkent shahridagi liderlik oromgohlari
🌍 Iqlim o‘zgarishi va ekologik liderlik bo‘yicha amaliy bilimlar
🎤 Milliy va xalqaro iqlim konferensiyalari va tadbirlarida ishtirok etish imkoniyati
🤝 O‘zbekistonning barcha hududlaridan yangi do‘stlar
💡 O‘z ekologik va iqlim loyihalaringizni yaratish va amalga oshirish uchun mentorlik va yordam
📜 Sertifikat va tavsiyanomalar

📌 Kimlar ariza topshirishi mumkin?
✅ 14–18 yoshdagi o‘quvchilar
✅ Iqlim, ekologiya va ijobiy o‘zgarishlar yaratishga qiziqadiganlar
✅ 2026–2027 o‘quv yili davomida o‘z hududida ekologik va iqlim loyihalarini amalga oshirishga tayyor bo‘lganlar

🚀 Young Climate Champion bo‘lishga tayyormisiz?
📝 Ariza topshirish uchun: https://forms.gle/9r49PmwRWvE84MMs5
⏰ Arizalar qabuli: 2026-yil 14-avgustgacha

⚠️ Joylar soni cheklangan!

💚 Bu shunchaki oromgoh emas. Bu 1 yil davomida o‘rganish, yangi do‘stlar orttirish va haqiqiy o‘zgarish qilish imkoniyati. Balki keyingi Young Climate Champion aynan SIZ bo‘larsiz! 🌍

————————————
Young Climate Champions dasturi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, "Zamin" xalqaro jamoat fondi va UNICEF Uzbekistan hamkorligida amalga oshiriladi.
1,1800012
Eco-Schools | Respublika logo
Eco-Schools | Respublika

02-sen, 2026, 12:10

Photo
👋😊 Barchaga salom, oromgoh 4-kuni tavsilotlari bilan tanishamiz.

📈 Kunning birinchi yarmida mentorlar jamoalari tomonidan hududiy yillik rejalarni tuzish va ularning taqdimoti boʻlib oʻtdi.

🥇 Shundan soʻng, oromgoh natijalarini tahlil qilish va mentorlarga sertifikatlarni topshirish maqsadida "Eco-Schools Uzbekistan" loyihasi yozgi ta’lim oromgohi yopilish marosimi boʻlib oʻtdi.

👍 Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri oʻrinbosari Azizbek Turdiyev va "Zamin" xalqaro jamoat fondi direktori Aziz Ganiev ishtirok etib, oʻquvchi va pedagoglarning mentorlik faoliyatiga omad tilashdi.

~~~

👋😊 Всем привет!

⏰ Познакомимся с событиями завершающего дня лагеря.

📈 В первой половине дня команды менторов занимались разработкой региональных годовых планов, после чего представили свои проекты.

🥇 Затем состоялась церемония закрытия летнего образовательного лагеря проекта «Eco-Schools Uzbekistan», в рамках которой были подведены итоги лагеря и вручены сертификаты наставникам.

👍 В церемонии приняли участие заместитель министра дошкольного и школьного образования Азизбек Турдиев и директор Международного общественного фонда «Zamin» Азиз Ганиев и пожелали учащимся и педагогам успехов в их деятельности.

#EcoSchoolsUzbekistan #SummerCamp

😀 https://www.zaminfoundation.ngo/ 🌐 https://www.instagram.com/ecoschools_uzbekistan/ 🌐 https://www.zaminfoundation.ngo/ru https://www.facebook.com/ecoschoolsuzbekistan/
1,260003
Eco-Schools | Respublika logo
Eco-Schools | Respublika

02-sen, 2026, 12:10

Photo
#Taqdirlash_marosimi
#Eco_schools

✅ Bugun “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasi yozgi ta’lim oromgohining yopilish va taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbir avvalida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Azizbek Turdiyev, “Zamin” xalqaro jamoat fondi direktori Aziz Ganiyev so‘zga chiqib, loyihaning ahamiyati va kutilayotgan natijalar haqida so‘z yuritishdi.

🔰 Ta'kidlash joiz, Vazirlik va "Zamin" xalqaro jamoat fondi tomonidan tashkil etilgan to‘rt kunlik dasturga mamlakatning barcha hududlaridan jami 128 nafar ishtirokchi - hududiy koordinatorlar, ularning yordamchi o‘quvchilari, mentor pedagoglar va mentor o‘quvchilar ishtirok etishdi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad - loyihadagi a’zo maktablar o'rtasida tajriba almashish va o'zaro qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan mentorlik tizimini joriy etishdan iborat.

📍Ishtirokchilar loyihaning xalqaro “7 qadam” metodologiyasi bilan chuqur tanishdi, jamoada samarali ishlash, liderlik va mentorlik ko‘nikmalarini rivojlantirdi hamda o‘z tuman va shaharlarida loyihani tizimli boshqarish, muvofiqlashtirish va barqaror rivojlantirish boʻyicha bilim olishdi.

Bizni kuzating
❤ https://t.me/uzedu 🌐 https://www.facebook.com/uzedu1/?locale=ru_RU
🌐 http://bit.ly/2PYbkOx 🌐 https://www.instagram.com/mmtv_uz/
🔎 https://gov.uz/oz/uzedu 😄 https://www.linkedin.com/company/uzeduuz/
1,180008
Eco-Schools | Respublika logo
Eco-Schools | Respublika

20-may, 2026, 11:34

Video
Barchaga xayrli kech 👋

Eslatib o'tamiz, "Eco-Schools Uzbekistan" loyihasiga a'zo maktablar uchun "Barqarorlik yo'lida mening maktabim tajribasi" mavzusida videoroliklar tanloviga .

👆Yuqorida mazkur tanlov nizomi bilan tanishishingiz mumkin.

📅 Tanlov joriy yilning 20–22-may kunlari bo'lib o'tadi.

❗️Videoroliklar 22-may 23:59 gacha https://t.me/qabul_eco_schools manzili orqali qabul qilinadi.
2,8700011
Eco-Schools | Respublika logo
Eco-Schools | Respublika

20-may, 2026, 11:34

Photo
👋 Barchaga xayrli kun!

🏆 “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasiga a’zo maktablar uchun TANLOV e’lon qilinadi!

📹 “Barqarorlik yo‘lida mening maktabim tajribasi” mavzusida video-roliklar tanloviga start berilmoqda.

🎥 Tanlov doirasida tayyorlanadigan video-rolikda oʻquvchi va pedagog:
- oʻz maktabidagi ekologik faoliyati;
- loyiha doirasidagi ijobiy tajribasi;
- barqaror rivojlanish maqsadlariga qaratilgan harakatlarini;
- oʻquvchilarda ekologik madaniyatni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan ishlar haqida soʻzlab berish va vizual koʻrsatish lozim.

Tanlov shartlari:
- tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan loyihaga a’zo maktablardan 1 nafar o‘quvchi (maktab eko-qo‘mita a’zosi yoki eko-volontyor) va 1 nafar o‘qituvchi (maktabning loyiha koordinatori yoki eko-faol pedagog) birgalikda bitta jamoa sifatida video-rolikni tayyorlashlari lozim;
- bitta maktabdan bir nechta jamoalar o‘z ishlari bilan tanlovda qatnasha oladi. Bitta jamoa faqat bitta video-rolik yuborishi mumkin;
- o‘quvchi va o‘qituvchi faqat bitta jamoa a’zosi bo‘lishi va faqat o‘sha jamoa nomidan ishini yuborishlari mumkin.

Video-rolikka qo‘yiladigan talablar:
- video-rolik kamida 2 daqiqa, uzog‘i 5 daqiqalik bo‘lishi;
- video-rolik albom formatda tayyorlanishi hamda sifatli va tiniq kadrlardan iborat bo‘lishi;
- video-rolikda o‘quvchi va o‘qituvchi asosiy qahramon (spiker) sifatida ishtirok etishlari;
- video-rolik internetdagi manbaalardan, boshqa mualliflar ishlaridan hamda sun’iy intellektdan foydalanmagan holda tayyorlanishi lozim

📅 Tanlov joriy yilning 20–22-may kunlari boʻlib oʻtadi.

❗️Video-roliklar 22-may 23:59 gacha https://t.me/qabul_eco_schools manzili orqali qabul qilinadi.

📑 Tanlov nizomi tez orada shu kanalda e’lon qilinadi.

📝 Hozir esa, yuqoridagi ma’lumotlardan foydalanib, video-rolik gʻoyasi va kadrlarni tayyorlash ishlarini boshlasangiz boʻladi.

😉 Barchaga omad!
7,6900028
Eco-Schools | Respublika logo
Eco-Schools | Respublika

20-may, 2026, 11:34

"Iqlim qutichasi" loyihasi doirasida "Iqlim o'zgarishi bo'yicha uslubiy materiallar" 3-xalqaro pedagoglar tanlovi natijalari bilan tanishing ❗️

Tanlovda Armaniston, Belarus, Qozog'iston, Qirg'iziston, Laos, Serbiya, Turkmaniston va O'zbekiston davlatlaridan jami 200 nafarga yaqin o'qituvchilar ishtirok etdi. O'zbekistondan qariyb 70 ta ariza topshirilgani mamlakatimizda iqlim ta'limiga bo'lgan katta qiziqish va faol ishtirokni namoyon etdi.

Taqdim etilgan ishlar xalqaro ekspertlar tomonidan quyidagi mezonlar asosida baholandi:
- mavzuga muvofiqlik;
- metodik sifat;
- innovatsion yondashuv;
- o'quvchilarni jalb etish darajasi;
- boshqa ta’lim muhitlarida qo'llash imkoniyati.

Tanlov natijalariga ko'ra, O'zbekistondan quyidagi ishtirokchilar g'olib deb topildi:

🥇 1-o'rin: Begmuratova Zoya - Qoraqalpog'iston Respublikasi, Nukus shahridagi Prezident maktabi;
🥈 2-o'rin: Umarova Ozodaxon - Andijon viloyati, Jalaquduq tumani 1-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi;
🥉 3-o'rin: Beganchova Orzigul - Buxoro viloyati, Buxoro shahar 13-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi;
🥉 3-o'rin: Mehmanova Yulduzxon - Namangan viloyati, Chortoq tumani ixtisoslashtirilgan maktab;
🥉 3-o'rin: Sadriddinov Abrorjon - Namangan viloyati, Namangan shahridagi Prezident maktabi.

G'oliblarni samimiy muborakbod etamiz hamda barcha ishtirokchilarga faol qatnashgani uchun minnatdorlik bildiramiz!

G'oliblarning sovrinlari va sertifikatlari hamda qolgan ishtirokchilarning sertifikatlarini topshirish haqida batafsil ma'lumot keyingi postda beriladi.
1,0902,026023
Eco-Schools | Respublika logo
Eco-Schools | Respublika

20-may, 2026, 11:34

Video
Barchaga xayrli kun 🙌

Xabaringiz bor, “Yosh fermer” loyihasiga 2026–2027 o'quv yilida a'zo bo'lish uchun ariza topshirish jarayoni. Arizalar saralanib, loyihaga qabul qilingan maktablar ro'yxati shakllantirildi.

📎 Yuqoridagi ilovada loyihaga qabul qilingan maktablar ro'yxati bilan tanishishingiz mumkin. Barcha yangi a'zo bo'lgan maktablarni tabriklaymiz va loyiha doirasidagi faoliyatda muvaffaqiyat tilaymiz.

📌 Shuningdek, mazkur maktablarda issiqxonalarni qurish ishlari yoz-kuz oylari davomida tasdiqlangan ro'yxat asosida bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

❗️Hozir esa, "Yosh fermer" loyihasiga yangi a'zo bo'lgan maktablardan maktab direktori, direktor o'rinbosari/maktab maslahatchisi, koordinator o'qituvchi hamda eko-qo'mita sardori https://t.me/yosh_fermer va https://t.me/yosh_fermerga qo'shilib olishlari so'raladi.
5,3000020

Showing 30 of 36 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

Eco-Schools | Respublika Telegram kanali nima haqida?+

Eco-Schools | Respublika (@eco_schools_respublika) — tgdio da Networking toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 2 218 obunachi bor.

Eco-Schools | Respublika (@eco_schools_respublika) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @eco_schools_respublika ga bepul obuna bo‘ling.

Eco-Schools | Respublika yaxshi Networking kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin Eco-Schools | Respublika reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 2 218 obunachi bor. O‘xshash Networking kanallar bilan solishtiring.

Eco-Schools | Respublika statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @eco_schools_respublika sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.