Ingliz tili va adabiyoti fakulteti |Rasmiy kanal Telegram channel photo

Ingliz tili va adabiyoti fakulteti |Rasmiy kanal

@english_faculityPublic Channel

Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz tili va adabiyoti fakulteti Rasmiy telegram sahifasi.

169

Last views

964 (964 subscribers)
A'zolar
—
Rating
20
Total Posts
Oct 17, 2026, 1:58 PM
Yangilangan
Apr 27, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameIngliz tili va adabiyoti fakulteti |Rasmiy kanal
Username@english_faculity
CategoryTil o'rganish
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar964
Channel TypePublic Channel
Created27-apr, 2026
Last Updated17-okt, 2026 • 6 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#8329-11
Til reytingi
#85O'zgarish yo'q
Toifa reytingi
#49+2

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 96430 Days growth: +29644.3%
09/1809/2309/2810/0310/0810/1310/17
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
18:09:2026668
19:09:2026668
20:09:2026845
21:09:2026845
22:09:2026845
23:09:2026845
24:09:2026845
25:09:2026845
26:09:2026845
27:09:2026845
28:09:2026845
29:09:2026845
30:09:2026845
01:10:2026845
02:10:2026845
03:10:2026845
04:10:2026845
05:10:2026845
06:10:2026845
07:10:2026845
08:10:2026845
09:10:2026845
10:10:2026845
11:10:2026845
12:10:2026845
13:10:2026845
14:10:2026845
15:10:2026845
16:10:2026845
17:10:2026964
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 27:04:2026583
Week of 04:05:2026592
Week of 11:05:2026592
Week of 18:05:2026592
Week of 25:05:2026592
Week of 01:06:2026592
Week of 08:06:2026592
Week of 15:06:2026592
Week of 22:06:2026592
Week of 29:06:2026592
Week of 06:07:2026588
Week of 13:07:2026588
Week of 20:07:2026588
Week of 27:07:2026588
Week of 03:08:2026588
Week of 10:08:2026588
Week of 17:08:2026581
Week of 24:08:2026581
Week of 31:08:2026591
Week of 07:09:2026668
Week of 14:09:2026845
Week of 21:09:2026845
Week of 28:09:2026845
Week of 05:10:2026845
Week of 12:10:2026964
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
April 2026583
May 2026592
June 2026592
July 2026588
August 2026581
September 2026845
October 2026964
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
2026964

So'nggi postlar

Video
📚 ONA TILIGA EHTIROM — MILLIY QADRIYATLARGA HURMAT

👍Andijon davlat chet tillari instituti 😈Ingliz tili va adabiyoti fakulteti tyutorlari B.Mirzakarimov va Sh.Xasanova tashabbusi bilan institut Axborot-resurs markazi hamkorligida 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan tashkil etilgan madaniy tadbirdan videolavhani e’tiboringizga havola etamiz.

#ADCHTI #OzbekTiliBayrami #OnaTilim

🌐Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib boring:
1️⃣ Telegram
2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook
1690013
Photo1/10
📚 ONA TILIGA EHTIROM — MILLIY QADRIYATLARGA HURMAT

👍Andijon davlat chet tillari instituti 😈Ingliz tili va adabiyoti fakulteti tyutorlari B.Mirzakarimov va Sh.Xasanova tashabbusi bilan institut Axborot-resurs markazi hamkorligida 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan madaniy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbir talaba-yoshlarning ona tilimizga bo‘lgan hurmat va ehtiromini yuksaltirish, uning boy imkoniyatlari hamda milliy o‘zligimizni anglashdagi o‘rnini targ‘ib etishga qaratildi.

O‘zbek tili xalqimizning tarixi, adabiyoti va ma’naviy merosini avloddan avlodga yetkazuvchi bebaho boylikdir. Uni asrab-avaylash, sofligini saqlash va nutq madaniyatiga rioya etish har birimizning mas’uliyatli burchimizdir.

#ADCHTI #OzbekTiliBayrami #OnaTilim

🌐Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib boring:
1️⃣ Telegram
2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook
172009
Photo1/8
🎭 TEATR — MA’NAVIYAT, TAFAKKUR VA IBRAT MASKANI!

👍Andijon davlat chet tillari instituti 😈Ingliz tili va adabiyoti fakulteti tyutori N.Yusupova tashabbusi bilan talabalarning Yoshlar teatriga madaniy tashrifi tashkil etildi.

🏛Tashrif talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ma’naviy-estetik dunyoqarashini boyitish hamda teatr san’atiga qiziqishini oshirishga qaratildi. Talabalar taniqli shoir va dramaturg Usmon Azim qalamiga mansub “Kunduzsiz kechalar” spektaklini tomosha qildilar.

✨Tarixning og‘riqli haqiqatlari, inson qalbidagi iztiroblar, millat taqdiri va ma’naviy uyg‘onish g‘oyalari badiiy talqin etilgan mazkur sahna asari yoshlarda chuqur taassurot qoldirdi.

📚Spektakl talabalarni o‘tmishdan saboq olish, milliy qadriyatlarni e’zozlash, insoniylik, vatanparvarlik va ma’rifatning hayotimizdagi o‘rni haqida teran mushohada yuritishga undadi.

🎭Zero, teatr — qalbni uyg‘otuvchi, tafakkurni charxlovchi va ma’naviyatni yuksaltiruvchi tarbiya maskanidir!

#ADCHTI #Teatr #MadaniyTashrif

👍Sahifalarimizni kuzatib boring:
🌐Veb-sayt
🕊Telegram 📱Facebook
📱Instagram 📺YouTube
159000
#қойил
🌼 Гўзал ўзбек тилимиз байрамига ўзгача видеоролик! Андижон “ИнЯз” талабалари ижросида  

🟣 Мўъжаз видеони фақат томоша қилиш керак! Андижон давлат чет тиллари институти талабалари тилимизнинг гўзаллиги, унда ифодалаб бўлмайдиган фикр, туйғунинг ўзи йўқ эканлигини кўрсатиб беришган.
🟣Эркин Воҳидов қаламига мансуб ашъорларни талабалардан тингланг.

Ғоя - Vodiy1.uz журналисти Элмурод Эрматов. Оператор: Азизбек Исмоилов

📹👉 Видеони юқори форматда томоша қилиш учун ютубга ўтиш

👉 Vodiy1.uzга уланиш учун https://t.me/Vodiy1uzofficial. Водийнинг 1- рақамли каналига аъзо бўлинг
Video Thumbnail
144005
Photo1/2
🎶MILLIY QO‘SHIQLAR TANLOVIGA MARHAMAT!

👍Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi tomonidan milliy qo‘shiqchilik san’atini targ‘ib etish hamda iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Milliy qo‘shiqlar” tanlovi e’lon qilinadi.

🏆Tanlov kafedra mudiri, filologiya fanlari doktori (DSc) Egamberdiyev Jasurbek Jahongirovich sovrini uchun o‘tkaziladi.

💰Umumiy sovrin jamg‘armasi — 1 000 000 so‘m!
📜G‘oliblar pul mukofotlari va sertifikatlar bilan taqdirlanadi.

🎤Milliy qo‘shiqlar ijrosiga qiziqasizmi? Unda o‘z iste’dodingizni namoyon eting va tanlovda faol ishtirok eting!

📌Tanlovda ishtirok etish va batafsil ma’lumot olish uchun Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasiga murojaat qiling.

☎️Murojaat uchun: +998 93 415 55 25

✨Milliy navolarimizni birgalikda tarannum etaylik!

🌐Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib boring:
1️⃣ Telegram
2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook
1,220001
Video
📊📊📊📊📊📊📊

21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan 👍Andijon davlat chet tillari instituti 😈Ingliz tili va adabiyoti fakulteti tyutori B.Soipovga biriktirilgan 26-12 guruh talabalaridan ajoyib soʻrovnoma oʻtkazildi.

✨ O‘zbek tili — milliy o‘zligimiz va faxrimiz timsoli!

📲Siz ham bayram munosabati bilan tayyorlagan videotabriklaringizni quyidagi Telegram manziliga yuboring:
👉@izzatulloh_shuxratullayevich

#Soʻrovnoma

🌐Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib boring:
1️⃣ Telegram
2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook
1,4300014
Video
🇺🇿MILLIY LIBOS — MILLIY IFTIXOR!

👍Andijon davlat chet tillari instituti 😈Ingliz tili va adabiyoti fakulteti 26-10-guruh talaba-qizlarining adras liboslar orqali milliy qadriyatlarimizni targ‘ib etishga qaratilgan tashabbusidan videolavha.

#ADCHTI #MilliyLibos #TalabalarTashabbusi

🌐Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib boring:
1️⃣ Telegram
2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook
3440021
Photo1/10
🇺🇿MILLIYLIKKA EHTIROM — TALABA-QIZLARDAN IBRATLI TASHABBUS

👍Andijon davlat chet tillari instituti 😈Ingliz tili va adabiyoti fakulteti tyutori B.Mirzakamolovga biriktirilgan 26-10-guruh talaba-qizlari milliy qadriyatlarimizni targ‘ib etishga qaratilgan tashabbusni ilgari surdilar.

🪡 Talaba-qizlar guruhdosh chevar qizning mahorati bilan adras matosidan bir xil uslubda tikilgan liboslarda fakultetga tashrif buyurdilar. Ushbu tashabbus milliy liboslarimizning go‘zalligini namoyon etish bilan birga, talaba-yoshlarning hunari va ijodiy qobiliyatini qo‘llab-quvvatlashga ham xizmat qildi.

🤝Fakultet dekani M.Axunov hamda mas’ullar talaba-qizlarning tashabbusini ijobiy baholab, milliylikni targ‘ib etish va qadriyatlarimizga hurmat ruhini mustahkamlash yo‘lidagi intilishlarini qo‘llab-quvvatladilar.

✨Milliy libos — xalqimizning didi, madaniyati va o‘zligini ifoda etuvchi bebaho merosdir. Uni e’zozlash va yoshlar orasida targ‘ib etish ana shunday ezgu tashabbuslardan boshlanadi.

#ADCHTI #MilliyLibos #MilliyQadriyatlar #TalabalarTashabbusi

🌐Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib boring:
1️⃣ Telegram
2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook
3340010
Video
“YAGONA VATAN, YAGONA XALQ BO‘LIB, YANGI HAYOT VA KELAJAK YARATAMIZ!”

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan 👍Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz tili amaliyoti kafedrasi mudiri Muzaffar Hoshimovning bayram tabrigini e’tiboringizga havola etamiz.

🎥Video muallifi: "ADCHTI media" guruhi rahbari — Muzaffarxon Buzrukov.

#Mustaqillik35 #Chellenj #YagonaVatan #YagonaXalq #BuyukKelajakSari

👍Sahifalarimizni kuzatib boring:
⭐ https://adchti.uz/
🕊 https://t.me/adchti_uz 📱 http://www.fb.com/adchtiuz
📱 https://www.instagram.com/adchti_uz/ 📺 https://youtube.com/channel/UCyF4xElq1upKf3sYx-jbQpw
96001
Video
“YAGONA VATAN, YAGONA XALQ BO‘LIB, YANGI HAYOT VA KELAJAK YARATAMIZ!”

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan 👍Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mudirasi Dilafruz Satimovaning bayram tabrigini e’tiboringizga havola etamiz.

🎥Video muallifi: "ADCHTI media" guruhi a’zosi — Sherali Ismoilov.

#Mustaqillik35 #Chellenj #YagonaVatan #YagonaXalq #BuyukKelajakSari

👍Sahifalarimizni kuzatib boring:
⭐ https://adchti.uz/
🕊 https://t.me/adchti_uz 📱 http://www.fb.com/adchtiuz
📱 https://www.instagram.com/adchti_uz/ 📺 https://youtube.com/channel/UCyF4xElq1upKf3sYx-jbQpw
98002
Video
“YAGONA VATAN, YAGONA XALQ BO‘LIB, YANGI HAYOT VA KELAJAK YARATAMIZ!”

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan 👍Andijon davlat chet tillari instituti 😈Ingliz tili va adabiyoti fakulteti dekani Muqimjon Axunovning bayram tabrigini e’tiboringizga havola etamiz.

🎥Video muallifi: "ADCHTI media" guruhi a’zosi — Sherali Ismoilov.

#Mustaqillik35 #Chellenj #YagonaVatan #YagonaXalq #BuyukKelajakSari

👍Sahifalarimizni kuzatib boring:
⭐ https://adchti.uz/
🕊 https://t.me/adchti_uz 📱 http://www.fb.com/adchtiuz
📱 https://www.instagram.com/adchti_uz/ 📺 https://youtube.com/channel/UCyF4xElq1upKf3sYx-jbQpw
179002
Photo
MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK BO‘LSIN! 🇺🇿

Aziz yurtdoshlar, qadrli ustozlar, muhtaram hamkasblar va aziz yoshlar!

Sizlarni xalqimiz hayotidagi eng ulug‘ va qadrli sana — O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!

Mustaqillik — xalqimizning asriy orzu-intilishlari ro‘yobga chiqqan, milliy davlatchiligimiz tiklangan, o‘z taqdirimiz va kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan bunyod etish imkonini bergan buyuk tarixiy ne’matdir. O‘tgan 35 yil davomida O‘zbekiston ulkan taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, bunyodkorlik ishlari, ilm-fan va ta’limga, ayniqsa, yosh avlodning kamolotiga qaratilayotgan yuksak e’tibor mustaqilligimizning hayotbaxsh kuchini yaqqol namoyon etmoqda.

Biz, ta’lim sohasi vakillari uchun mustaqillikning qadr-qimmati, avvalo, Vatan ravnaqi uchun mas’uliyatni his etadigan, zamonaviy bilim va xorijiy tillarni puxta egallagan, keng dunyoqarashli, milliy qadriyatlariga sodiq va xalqaro maydonda O‘zbekiston manfaatlarini munosib himoya qila oladigan yosh avlodni tarbiyalash imkoniyatida namoyon bo‘ladi. Zero, mamlakatimizning ertangi taraqqiyoti bugun ta’lim olayotgan yoshlarimizning bilimi, tafakkuri, vatanparvarligi va bunyodkorlik salohiyatiga chambarchas bog‘liq.

Bugungi tinch va osoyishta hayotimiz, xalqimizning farovonligi, farzandlarimizning katta orzu va maqsadlar bilan yashayotgani — mustaqillik bergan eng ulug‘ imkoniyatlardandir. Bu bebaho ne’matni asrash, uning mazmunini yangi yutuqlar bilan boyitish va kelajak avlodlarga yanada taraqqiy etgan Vatan qoldirish barchamizning sharafli burchimizdir.

Shu qutlug‘ ayyomda barcha yurtdoshlarimizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, xonadonlariga fayzu baraka, ezgu ishlariga ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Jonajon O‘zbekistonimizda tinchlik va osoyishtalik abadiy, xalqimizning hamjihatligi va bunyodkorlik shijoati bardavom bo‘lsin!

Yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi va Vatanimizning xalqaro maydondagi nufuzi yanada yuksalaversin!

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!

Dilshodbek Rustamov
Andijon davlat chet tillari instituti rektori

✅ https://t.me/d_roostamov
76004
Photo
YUKSAK E’TIROF MUBORAK!

👍Andijon davlat chet tillari instituti rektori Rustamov Dilshodbek Abduvaxidovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-iyundagi Farmoniga binoan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

🇺🇿Mazkur yuksak e’tirof — Dilshodbek Abduvaxidovichning mamlakatimiz taraqqiyoti, oliy ta’lim tizimini rivojlantirish, yosh avlodga zamonaviy va sifatli ta’lim berish, ularni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi samarali mehnati hamda fidokorona faoliyatiga bildirilgan yuksak e’tibor ifodasidir.

Andijon davlat chet tillari instituti jamoasi nomidan Rustamov Dilshodbek Abduvaxidovichni ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz!

Kelgusidagi mas’uliyatli va sharafli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik hamda Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi ezgu ishlarida yangi zafarlar tilaymiz.

🇺🇿“O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni muborak bo‘lsin!

ANDIJON DAVLAT CHET TILLARI INSTITUTI MATBUOT XIZMATI

👍Sahifalarimizni kuzatib boring:
⭐️ https://adchti.uz/
🕊 https://t.me/adchti_uz 📱 http://www.fb.com/adchtiuz
📱 https://www.instagram.com/adchti_uz/ 📺 https://youtube.com/channel/UCyF4xElq1upKf3sYx-jbQpw
199007
Video
🇺🇿#Mustaqillik35

YANGI O‘ZBEKISTON — UCHINCHI RENESSANS SARI!

🇺🇿Yangi O‘zbekistonda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar ularning bilim olishi, kasbiy rivojlanishi va munosib mehnat faoliyatini yo‘lga qo‘yishida muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

👍Andijon davlat chet tillari instituti
😈Ingliz tili va adabiyoti fakulteti bitiruvchisi Abdulxamidov Qudratullo ham ana shunday yoshlardan biridir. Institutda yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlardan unumli foydalanib, puxta bilim va ko‘nikmalarni egalladi. Bugungi kunda u Andijon davlat chet tillari institutida faoliyat yuritmoqda.

Asosiy ish faoliyati bilan bir qatorda, oilaviy tadbirkorlik bilan ham shug‘ullanib kelmoqda. Natijada uning oylik daromadi 10 million so‘mdan oshmoqda.

Yangi O‘zbekiston — har bir intiluvchan yosh uchun ulkan imkoniyatlar mamlakati!

👍Sahifalarimizni kuzatib boring:
⭐ https://adchti.uz/
🕊 https://t.me/adchti_uz 📱 http://www.fb.com/adchtiuz
📱 https://www.instagram.com/adchti_uz/ 📺 https://youtube.com/channel/UCyF4xElq1upKf3sYx-jbQpw
487002
Video
#BizningPrezident

TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN, HURMATLI PREZIDENT!

Bugun, 24-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tavallud ayyomlarini nishonlamoqdalar.

Prezidentimizning yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va yoshlar kelajagi yo‘lida olib borayotgan fidokorona faoliyatlari yuksak e’tirofga sazovordir.

Muhtaram Prezident, tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin! Sizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr hamda Vatanimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

👍Sahifalarimizni kuzatib boring:
⭐ https://adchti.uz/
🕊 https://t.me/adchti_uz 📱 http://www.fb.com/adchtiuz
📱 https://www.instagram.com/adchti_uz/ 📺 https://youtube.com/channel/UCyF4xElq1upKf3sYx-jbQpw
488003
Video
📣O‘QISHNI KO‘CHIRISHDA YANGI IMKONIYAT!

🎓Endilikda nodavlat yoki xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlarga ega talabgorlar uchun yangi imtiyozlar joriy etildi.

👍Andijon davlat chet tillari instituti ham sizga ushbu imkoniyatni taqdim etadi.

🗓Arizalar 15-iyuldan 5-avgustgacha elektron platforma yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilinadi.

☎️Murojaat uchun:
+99855-203-00-03
+99855-202-24-02

🎥Video muallifi: "ADCHTI press" guruhi rahbari — Muzaffarxon Buzrukov.

👍Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

🕸Sahifalarimizni kuzatib boring
✈️ http://adchti.uz/
🕊 https://t.me/adchti_uz 📱 https://www.facebook.com/share/1AD3iE2eag/?mibextid=qi2Omg
📱 https://www.instagram.com/adchti_uz_rasmiy?igsh=NWd3anR0NHhvemR6 📺 https://youtube.com/@adchti_tv?si=_VuweZhGBsAPz05n
466001
Photo
FAOL TALABALAR TOMONIDAN TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI

👍Andijon davlat chet tillari instituti 😈Ingliz tili va adabiyoti fakultetining faol 103, 104, 206 va 207-guruh talabalari tomonidan shahar xiyobonlarida “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

📚Tadbir doirasida yoshlar ishtirokida kitobxonlik aksiyasi ham o‘tkazilib, kitob mutolaasini keng targ‘ib etish maqsadida fuqarolarga badiiy adabiyotlar sovg‘a qilindi. Ushbu tashabbus kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va yoshlarni ma’naviy kamolot sari ruhlantirishga xizmat qildi.

💬Tadbir davomida ishtirokchilarga giyohvandlikning salbiy oqibatlari, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning ahamiyati, suv resurslaridan oqilona foydalanish, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda tabiatga mas’uliyatli munosabatda bo‘lish yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

🌿Shuningdek, aholi o‘rtasida sog‘lom hayot tarzini qaror toptirish, kitobxonlikni ommalashtirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik mas’uliyatni oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

👏Mazkur targ‘ibot tadbiri yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning fuqarolik mas’uliyatini mustahkamlash hamda jamiyatda sog‘lom va ekologik madaniyatni qaror toptirishga qaratilgan muhim tashabbuslardan biri bo‘ldi.

🌐Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib boring:
1️⃣
2️⃣ https://www.instagram.com/itaf.uz_?igsh=aWJsNmFzbm0xcmQ4&utm_source=qr
3️⃣ https://www.facebook.com/share/1DQmf6R6sr/?mibextid=wwXIfr
1,820002
Photo
#YoshlarSiyosati #ADChTI #Vatanparvarlik #Sayohat

​TALABALAR ICHKI ISHLAR BOSHQARMASI SHON-SHARAF MUZEYIGA SAYOHAT QILDILAR

​Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz tili va adabiyoti fakulteti tyutori tashabbusi bilan talabalar uchun vatanparvarlik ruhidagi ma'naviy-ma'rifiy sayohat tashkil etildi.
​
Talabalar Ichki ishlar boshqarmasining "Shon-sharaf" muzeyiga tashrif buyurib, soha fidoyilari va davlat mukofotlari sohiblari haqidagi ma'lumotlar bilan yaqindan tanishdilar.

Sayohat davomida:
📌 ​Talabalar muzeydagi eksponatlar, o'z kasbiga sadoqat bilan xizmat qilgan mard o'g'lonlar va davlat mukofotlari sohiblari haqidagi ma'lumotlar bilan yaqindan tanishdilar.

📌 ​Tarix va bugungi kun uyg'unligini o'zida mujassam etgan muzey ekspozitsiyalari yoshlarda vatanparvarlik tuyg'ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

​Ushbu sayohat yoshlarning vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash hamda ularning dunyoqarashini boyitishga xizmat qildi.

​Bizni kuzatishda davom eting: https://t.me/adchti_ybimmb
437002
Video
“YAGONA VATAN, YAGONA XALQ BO‘LIB, YANGI HAYOT VA KELAJAK YARATAMIZ!”

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan 👍Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi mudiri Jasurbek Egamberdiyevning bayram tabrigini e’tiboringizga havola etamiz.

🎥Video muallifi: "ADCHTI media" guruhi a’zosi — Sherali Ismoilov.

#Mustaqillik35 #Chellenj #YagonaVatan #YagonaXalq #BuyukKelajakSari

👍Sahifalarimizni kuzatib boring:
⭐ https://adchti.uz/
🕊 https://t.me/adchti_uz 📱 http://www.fb.com/adchtiuz
📱 https://www.instagram.com/adchti_uz/ 📺 https://youtube.com/channel/UCyF4xElq1upKf3sYx-jbQpw
70001

Showing 20 of 20 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

Ingliz tili va adabiyoti fakulteti |Rasmiy kanal Telegram kanali nima haqida?+

Ingliz tili va adabiyoti fakulteti |Rasmiy kanal (@english_faculity) — tgdio da Til o'rganish toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 964 obunachi bor.

Ingliz tili va adabiyoti fakulteti |Rasmiy kanal (@english_faculity) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @english_faculity ga bepul obuna bo‘ling.

Ingliz tili va adabiyoti fakulteti |Rasmiy kanal yaxshi Til o'rganish kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin Ingliz tili va adabiyoti fakulteti |Rasmiy kanal reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 964 obunachi bor. O‘xshash Til o'rganish kanallar bilan solishtiring.

Ingliz tili va adabiyoti fakulteti |Rasmiy kanal statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @english_faculity sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.