Farengeyt Press Telegram channel photo

Farengeyt Press

@farengeyt_pressPublic Channel

Ilmiy-ommabop, ma’rifiy adabiyotlarni nashrga tayyorlash bo‘yicha ijtimoiy-tadbirkorlik loyihasi. Email: [email protected]

606

Last views

1.1k (1,074 subscribers)
A'zolar
—
Rating
29
Total Posts
Oct 17, 2026, 4:54 PM
Yangilangan
Apr 30, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameFarengeyt Press
Username@farengeyt_press
CategoryElektron kitoblar va o'quv materiallari
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar1,074
Channel TypePublic Channel
Created30-apr, 2026
Last Updated17-okt, 2026 • 4 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#78724+325
Til reytingi
#609-8
Toifa reytingi
#549+10

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 1.1K30 Days growth: +333.2%
09/1809/2309/2810/0310/0810/1310/17
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
18:09:20261,041
19:09:20261,041
20:09:20261,053
21:09:20261,053
22:09:20261,053
23:09:20261,053
24:09:20261,053
25:09:20261,053
26:09:20261,053
27:09:20261,053
28:09:20261,053
29:09:20261,053
30:09:20261,053
01:10:20261,053
02:10:20261,053
03:10:20261,053
04:10:20261,053
05:10:20261,053
06:10:20261,053
07:10:20261,053
08:10:20261,053
09:10:20261,053
10:10:20261,053
11:10:20261,053
12:10:20261,053
13:10:20261,053
14:10:20261,053
15:10:20261,053
16:10:20261,053
17:10:20261,074
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 27:04:20261,082
Week of 04:05:20261,083
Week of 11:05:20261,083
Week of 18:05:20261,083
Week of 25:05:20261,083
Week of 01:06:20261,083
Week of 08:06:20261,083
Week of 15:06:20261,083
Week of 22:06:20261,083
Week of 29:06:20261,083
Week of 06:07:20261,040
Week of 13:07:20261,040
Week of 20:07:20261,040
Week of 27:07:20261,040
Week of 03:08:20261,040
Week of 10:08:20261,040
Week of 17:08:20261,020
Week of 24:08:20261,020
Week of 31:08:20261,025
Week of 07:09:20261,041
Week of 14:09:20261,053
Week of 21:09:20261,053
Week of 28:09:20261,053
Week of 05:10:20261,053
Week of 12:10:20261,074
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
April 20261,082
May 20261,083
June 20261,083
July 20261,040
August 20261,020
September 20261,053
October 20261,074
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
20261,074

So'nggi postlar

Farengeyt Press logo
Farengeyt Press

14-okt, 2026, 17:33

Photo1/2
Farengeyt Press nashriyotining o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlardan biri - ilmiy ommabop adabiyotlar, qo‘llanmalar, qo‘shimcha adabiyotlar nashr qilish va ularni ommalashtirish orqali bolalar va o‘smirlarning sifatli ta’lim olishlariga hissa qo‘shish. Shu maqsadda nashriyot xususiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo'lga qo'ymoqda. Hamkorlik doirasida nashriyot bosh muharriri Xurshid Yo‘ldoshev va pedagog Komil Jalilov 16-oktyabr kuni Toshkentdagi "Leader" nodavlat taʼlim muassasasida nashriyot tomonidan yaqinda nashr etilgan “Argument: asoslash va bahs mahorati” hamda “Kitobni qanday o‘qish kerak” kitoblari asosida mazkur maktabning yuqori sinf o'quvchilari uchun master-klass tashkil etmoqdalar.

Bu kitoblar o‘quvchilarga matnni tushunish, tahlil qilish va tanqidiy fikrlash, o‘z fikrini asosli yetkazish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilish bilan birga, ularning matnni tushunish va argumentli esse yozish ko‘nikmalari tekshiriladigan milliy sertifikat, IELTS, SAT singari imtihonlarga tayyorlanishlariga ham yordam beradi.
6060012
Farengeyt Press logo
Farengeyt Press

09-okt, 2026, 14:50

Photo1/2
👉 “Asl intellekt” — qaysi do‘konlarda bor?
Uzoq kutilgan, bizga bog‘liq bo‘lmagan ayrim sabablarga ko‘ra biroz kechikkan kitoblarimiz nihoyat bugundan sotuvga chiqdi.

“Asl intellekt” turkumidagi ilk ikki kitob – Anthony Weston’ning “Argument: asoslash va bahs mahorati” va Sergey Povarninning “Kitobni qanday o‘qish kerak” kitoblarini quyidagi do‘konlardan xarid qilishingiz mumkin:

🔹Asaxiy kitob do‘konlari va internet do‘koni (Argument)

🔹Qamar do‘konlari va online buyurtma

🔹 Uzum market (Kitobni qanday o‘qish kerak; Argument; to‘plam tarzida olish uchun)

🔹 Book.uz do‘konlari

Do‘konlar ro‘yxati yangilab boriladi. Kitoblarning chakana savdodagi narxlarini har bir do‘kon o‘zi belgilagani uchun narxlar bir-biridan biroz farq qilishi mumkin.
5,9700020
Farengeyt Press logo
Farengeyt Press

08-okt, 2026, 22:33

Video
Bahsda haqiqat muhimmi yoki g‘alabami? 💯

🎙 Bahs paytida ko‘pchiligimiz o‘z fikrimizni himoya qilishga shoshilamiz. Qarshi taraf nima demoqchi ekanini to‘liq eshitmasdan turib, javob tayyorlashni boshlaymiz.

Anthony Westonning “Argument: asoslash va bahs mahorati” kitobi argumentni qanday tuzish, manbalarga qanday yondashish, sabab va tasodifni qanday farqlash kabi ko‘nikmalarni sodda qoidalar orqali tushuntiradi.

📚 “Argument: asoslash va bahs mahorati” kitobini ertadan boshlab xarid qilishingiz mumkin!

• Muqovasi – yumshoq;
• Sahifa – 164 bet;
• Narxi – 55.000 soʻm.

Sizningcha, bahs paytida eng qiyin narsa nima: qarshi fikrni eshitishmi yoki o‘z xatongizni tan olishmi?

🚗 Viloyatlar bo‘ylab pochta ofislarigacha yetkazib berish 15.000 so‘mdan.

• Xarid qilish uchun:
✍🏻 @qamar_delivery
🌐 qamar.uz
+998781136913
+998998454400

📌 Manzillar:
• Alisher Navoiy 42. Mo‘ljal: Chorsu, Sobiq Gum ro‘parasi.
• Seoul Mun koʻngilochar savdo markazi, 1-qavat. Moʻljal: "Ayla tantuni" yonida.

@qamarbooks
6430010
Farengeyt Press logo
Farengeyt Press

07-okt, 2026, 09:14

Video
Kitob o‘qish shunchaki vaqt o‘tkazishga emas, rivojlanishga xizmat qilsin ♥️

📖 “Farengeyt Press” nashriyotining ”Asl Intellekt” turkumida chop etilgan Sergey Povarninning ”Kitobni qanday o‘qish kerak” asari mutolaa san’atiga bag‘ishlangan amaliy qo‘llanma hisoblanadi.

Muallif ushbu kitobda haqiqiy mutolaa madaniyatini shakllantirish, kitobni qanday o‘qish lozimligini, eng muhimi, o‘qilgan bilimni qanday o‘zlashtirish va amalda qo‘llashni sodda va lo‘nda tilda tushuntirib beradi.

📚 Ilk nashridan buyon bir asrdan ziyod vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, o‘z qimmatini yo‘qotmagan ushbu asar talabalar, tadqiqotchilar va o‘z ustida ishlaydigan har bir kitobxon uchun eng foydali yon kitobga aylanadi.

🔥 Tez kunda. ”Kitobni qanday o‘qish kerak” kitobi!

🚗 Viloyatlar bo‘ylab pochta ofislarigacha yetkazib berish 15.000 so‘mdan.

• Xarid qilish uchun:
✍🏻 @qamar_delivery
🌐 qamar.uz
+998781136913
+998998454400

📌 Manzillar:
• Alisher Navoiy 42. Mo‘ljal: Chorsu, Sobiq Gum ro‘parasi.
• Seoul Mun koʻngilochar savdo markazi, 1-qavat. Moʻljal: "Ayla tantuni" yonida.

@qamarbooks
5360011
Farengeyt Press logo
Farengeyt Press

06-okt, 2026, 10:26

Video
Bu kitob mutolaasidan so'ng bahslarda mahorat bilan ishtirok etasiz 💯

⚡️ Aql va mantiqiy fikrlashni rivojlantirish har bir sohada, xususan, ilmiy faoliyat va kundalik muloqotda eng muhim koʻnikmalardan biridir.

“Farengeyt Press” nashriyotining “Asl Intellekt” turkumida chop etilgan Entoni Uestonning “Argument: asoslash va bahs mahorati” kitobi aynan shunday mahoratni shakllantirishga bagʻishlangan.

🎯 AQShning Elon universiteti filosofiya professori muallifligidagi ushbu asar mantiqiy fikrlash, toʻgʻri argument tuzish va manbalarni tekshirish boʻyicha ixcham hamda oʻta amaliy qoʻllanma hisoblanadi.

🔥 Tez kunda. “Argument: asoslash va bahs mahorati” kitobi!

🚗 Viloyatlar bo‘ylab pochta ofislarigacha yetkazib berish 15.000 so‘mdan.

• Xarid qilish uchun:
✍🏻 @qamar_delivery
🌐 qamar.uz
+998781136913
+998998454400

📌 Manzillar:
• Alisher Navoiy 42. Mo‘ljal: Chorsu, Sobiq Gum ro‘parasi.
• Seoul Mun koʻngilochar savdo markazi, 1-qavat. Moʻljal: "Ayla tantuni" yonida.

@qamarbooks
4770011
Farengeyt Press logo
Farengeyt Press

03-okt, 2026, 13:35

Photo1/4
“…Eng muhimi shuki, ehtiros, namoyish yoki undovlar argument emas. Sizning (yoki boshqa birovning) biror da’voga qattiq ishonishingiz boshqalar ham ishonishi uchun sabab bo‘la olmaydi. Ba’zan shovqin va g‘azab qanchalik baland bo‘lsa, dalillar shunchalik zaiflashadi. Ishtiyoq va qat’iyat yaxshi argumentlarga baribir muhtoj.

…Ushbu kitobda berilgan qoidalarni o‘zlashtirar ekansiz, nafaqat o‘z hayotingizda chinakam o‘zgarish qilish uchun zarur ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz, ya’ni eshitganingizni quruq takrorlash yoki ommaga ergashish o‘rniga mustaqil va puxta o‘ylangan yo‘lingizni topasiz, balki ehtimol ommaviy bahslarni ham qayta jonlantirishga hissa qo‘sha olasiz. Agar boshqalar ko‘rmagan narsani payqay olsangiz, ishonchliroq manbalar keltirsangiz yoki kengroq tafakkur yo‘lini ochib bersangiz, boshqalar buni sezadi. G‘avg‘o va betartiblik ichida yangragan bosiq va oqil fikr qadrlanadi. Bunday fikrni ilgari surgan kishi yetakchiga aylanadi. Boshqalar tanqidiy fikrlamayotgan paytda shunday fikrlash orqali siz kuchliroq, erkinroq va atrofdagi muhitga ta’sir o‘tkazishga qodirroq bo‘lasiz.

Demak, boshqalar nima qilishidan qat’i nazar, siz yanada konstruktiv bahs yurita olasiz, garchi bu ba’zan tavakkal qilishni talab etsa ham. Siz ijobiy taklif bera olasiz... eng yaxshi dalillarni izlay olasiz... ehtiyotkorlik bilan umumlashtira olasiz... statistikaga hushyor qaraysiz... yorqin va o‘rinli o‘xshatishlardan foydalana olasiz. Faqat eng ishonchli manbalardan foydalaning. Qarshi e’tirozlarni mufassal bayon eting va ularga javob berishga harakat qiling... Bu oson emas, albatta. Haqligingizga ham kafolat yo‘q. Shunday bo‘lsa-da, deyarli kafolatlangan xatodan ancha yaxshiroq bu, shunday emasmi?

Mening undovim shu: fikringizni tiniq, argumentlaringizni to‘kis qiling. Puxta o‘ylashga, manbalarni tanqidiy baholashga, konstruktiv muloqotga, fikr va ifodada aniqlikka intiling. Biz tanqidiy fikrlash va konstruktiv bahslar sinovdan o‘tayotgan bir zamonda yashayotgan ekanmiz, hozir chekinish fursati emas. Aksincha, tanqidiy fikrlash ko‘nikmalari aynan shunday zamonlar uchundir asli. Qaddingizni tik tuting, munosib bahs qiling.”
7570015
Farengeyt Press logo
Farengeyt Press

19-sen, 2026, 10:32

Video
Og‘ziga kelganni demoq – nodonning ishi, oldiga qo‘yganini yemoq – hayvonning ishi.

Og‘zimizga kelganni demasligimiz uchun bizga elak lozimdir. Bu elakning nomi - mantiq yoki tanqidiy fikrlash. Biz elak bilan tug‘ilmaymiz, uni o‘rganib, tajriba bilan qozonamiz. Gapimizning maza-matrasi, tagi-tugi bo‘lmog‘i uchun bir qo‘llanma lozim edi – shuni hozirladik.

Tuzuk o‘ylab, tuzuk gapirmoq, tuzuk tinglab, tuzuk saralamoq uchun yo‘l-yo‘riqlar jamlangan bu kitob, asli AQSHda talabalar orasida mashhur. Shu qadarki, 40 yildan buyon qayta-qayta yangilanib, nashr qilib kelinadi. Biz uning eng yangisini siz uchun tayyorladik.
2,7100025
Farengeyt Press logo
Farengeyt Press

18-sen, 2026, 11:10

Video
– Kitobni qanday o‘qish haqida ham kitob bo‘larkanmi?

– Ha, bo‘ladi. Qanday sog‘lom ovqatlanish haqida kitob bo‘lgani kabi. Chaynab yuta olish hali sog‘lom ovqatlanish degani emas.
4,3000024
Farengeyt Press logo
Farengeyt Press

17-sen, 2026, 18:14

Photo1/2
“Behalovat avlod”ni hali o‘qishga ulgurmadingizmi?

Agar shunday bo‘lsa, qizib borayotgan global muhokamadan chetda qolyapsiz.

Yevropa Komissiyasi bolalarni internetdagi xavflardan himoya qilishga qaratilgan yangi “EU Kids Act” loyihasini taqdim etdi. Taklifga ko‘ra, 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar ijtimoiy tarmoqlardan foydalana olmaydi, 13–15 yoshdagilar esa ota-ona nazorati ostida foydalanishi kerak bo‘ladi.

Yangi qoidalar Facebook, Instagram yoki TikTok bilan cheklanmaydi. Video platformalar, onlayn o‘yinlar va bolalar foydalanadigan SI chatbotlar ham tartibga solinadi.

Platformalarga qo‘yilayotgan talablarga qarang:

- bolalar uchun qaramlikni kuchaytiruvchi funksiyalarni cheklash;
- cheksiz scrolling va foydalanuvchini doimiy platformada ushlab turishga qaratilgan mexanizmlarni taqiqlash;
- bolaning profiliga qarab ishlaydigan tavsiya algoritmlarini cheklash;
- begona odamlarning bolalar bilan aloqasi oldini olish;
- ota-onalar uchun qulay nazorat vositalarini yaratish;
- foydalanuvchi yoshini tekshirishning samarali usullarini yo‘lga qo‘yish.

Bu talablar “Behalovat avlod”da ilgari surilgan takliflardan ayrimlari, xolos.

Talablarni buzgan kompaniyalarga global yillik daromadining 6 foizigacha jarima solinishi mumkin.

Bu faqat Yevropa Ittifoqiga xos tashabbus emas.

Shunga o‘xshash choralar yoki tashabbuslar Avstraliya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Hindiston, Turkiya va Yevropa Ittifoqining bir qator davlatlarida ham paydo bo‘lmoqda.

👉🏻 Kitobni bu do‘konlardan topishingiz mumkin.

#jonathan_haidt #anxious_generation #behalovat_avlod #raqamliavlod

Facebook | Instagram | X
1,1000017
Farengeyt Press logo
Farengeyt Press

03-sen, 2026, 12:32

Photo
Ijtimoiy ahamiyati jihatidan global miqyosda katta rezonans uyg‘otgan, o‘nlab tillarga tarjima qilinib, hatto ayrim davlatlarda qonun loyihalari muhokamalarigacha kirib borgan Behalovat avlod – endi “Yangi kitob” shou-taqdimotida!

“Yangi kitob” loyihasi va O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etilayotgan ushbu tadbir oddiy kitob taqdimoti bo‘lmaydi. Tashkilotchilar uni misli ko‘rilmagan kitob shou sifatida https://t.me/yangikitoblaruz

Bu tadbirning muhitini eshitib emas, kelib ko‘rib his qilish kerak.
Agar avvalgi tadbirlarimizga kela olmagan bo‘lsangiz — bu safar imkoniyatni qo‘ldan boy bermang. Ro‘yxatdan o‘ting, keling, ko‘ring.
Yaxshi yangilik: bu safar “Behalovat avlod” uchun ham chegirma bo‘ladi.

Tadbirda yana boshqa kitoblar taqdimotlari ham rejalashtirilgan.

Kitob haqida suhbat, muhokama va yangi taassurotlar sizni kutmoqda.

• Sana: 14-may
• Vaqt: 17:00
• Manzil: Yoshlar ijod saroyi

👇 Taqdimotga roʻyxatdan oʻtib, taklifnoma olish uchun:
https://t.me/yangikitobbot
3,5400019
Farengeyt Press logo
Farengeyt Press

03-sen, 2026, 12:32

Video
#moliyaviy_sarguzasht

Pul tarixini bilasizmi?

🤩Pul tarixini faqat “qog‘oz va tangalar” deb o‘ylash – bu hikoyaning eng oxirgi sahifasini o‘qish bilan barobar.

📎Aslida esa, qadimda odamlar pul o‘rniga mahsulotlar bilan savdo qilishgan. Masalan, bug‘doyni chorvaga almashtirishgan.
Bu usul qanday atalgan? Videoni tomosha qilsangiz javob topasiz.

📍Ushbu videorolik https://t.me/mahallakutubxonasi25 tanlovi doirasida Qatortol mahalla kutubxonasi kitobxonlari tomonidan tayyorlandi.

🏷️ https://mahallakutubxonasi.taplink.ws/
1,700008
Farengeyt Press logo
Farengeyt Press

03-sen, 2026, 12:32

Photo
2026-yil 23-aprel, Butunjahon kitob kunida O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Behalovat avlod” kitobi mavzusiga bag‘ishlangan ochiq va qizg‘in muhokama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbir “Farengeyt Press” nashriyoti tashabbusi bilan https://t.me/qamarbooks hamkorligida tashkil etilib, unda mutaxassislar, pedagoglar, ota-onalar hamda kitobxonlar ishtirok etdi. Muhokama davomida ijtimoiy tarmoqlar va raqamli muhitning o‘smirlar ruhiy salomatligiga ta’siri, diqqat yetishmovchiligi muammolari, yolg‘izlik va xavotir holatlarining ortib borishi kabi dolzarb masalalar keng yoritildi. Ishtirokchilar kitobda ilgari surilgan g‘oyalar asosida bugungi ta’lim va tarbiya tizimidagi muammolarni tahlil qilib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Ijtimoiy psixolog, Nyu York universiteti professori Jonathan Haidt muallifligidagi mazkur asar 2024-yilda nashr etilgan bo‘lib, 2025-yil kuzida o‘zbek tiliga tarjima qilindi. Ilmiy tadqiqotlarga asoslanib yozilgan mazkur kitob qisqa vaqt ichida bir necha tillarga o‘girildi va turli mamlakatlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Nashriyot vakillarining ta’kidlashicha, ushbu kitobning o‘zbek tiliga tarjima qilinishi mazkur mavzuni o‘zbek tilidagi jamoatchilik muhokamasiga olib kirish bilangina cheklanmay, balki yanada sifatli, dalillarga asoslangan va ongli muhokama qilish imkonini yaratishga qaratilgan. Shuningdek, bu tashabbus orqali o‘zbek kitobxonlari ushbu global muhokamalarga bevosita qo‘shilish, masalani yuzaki emas, balki chuqur va xabardor holda anglash imkoniga ega bo‘layotgani qayd etildi.

Tadbirda, shuningdek, ayrim davlatlarda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni cheklash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar hamda ijtimoiy media kompaniyalarining bolalar salomatligiga ta’siri yuzasidan xalqaro darajadagi bahslar haqida ham so‘z yuritildi. Uchrashuv yakunida ishtirokchilar mavzuning dolzarbligini ta’kidlab, bu borada kengroq jamoatchilik muhokamasini davom ettirish zarurligini qayd etdilar. Tadbir “Behalovat avlod” kitobining o‘zbek tilida nashr etilishi jamiyatda muhim ijtimoiy masalalar yuzasidan asosli va ochiq muloqotlar uchun zamin yaratayotganini yana bir bor ko‘rsatdi.

Suratlarni “Yoshlar ovozi" gazetasi fotomuxbiri Xolida Musulmon olgan
21,8000023
Farengeyt Press logo
Farengeyt Press

20-avg, 2026, 10:33

Photo1/2
“Asl intellekt” kitoblar turkumi – aqlingiz, fikringiz va mustaqilligingiz uchun
Bugun sun’iy intellekt hayotimizning barcha jabhalariga shiddat bilan kirib bormoqda. U matn yozadi, tahlil qiladi, rasm chizadi, hatto murakkab qarorlar qabul qilishda koʻmaklashadi. Ammo bu qulaylikning badali ham bor ko‘rinadi: agar barcha aqliy mehnatni texnologiyaga topshirib qoʻysak, insonning oʻz tabiiy, asl intellekti zaiflashib, dangasalashib borishi mumkin.
Asl aql, tafakkur quvvati insonning bosh qo‘rg‘onidir. Shu bois sizga “Asl intellekt” turkum kitoblarni taqdim qilmoqchimiz.

Nega aynan “Asl intellekt”?
Ushbu turkumda chop etilajak kitoblardan ko‘zlangan bosh maqsad – tanqidiy fikrlash, mantiqiy asoslash va xulosalash, mustaqil mulohaza yuritish koʻnikmalarini parvarishlash, charxlash hamda rivojlantirishdir.
Turkum doirasida talabalar va keng kitobxonlar ommasiga moʻljallangan, tushunarli va sara asarlar quyidagi yoʻnalishlarda nashr etiladi:

Amaliy mantiq
Tanqidiy fikrlash
Ijodiy va tizimli fikrlash

Turkum doirasida chop etilishi rejalangan ilk kitoblar qaysilar?
“Asl intellekt” turkumini o‘qish, o‘rganish, fikrlash madaniyatini shakllantirishda poydevor boʻla oladigan uchta muhim asar bilan boshlashga qaror qildik:

Sergey Povarnin. “Kitobni qanday oʻqish kerak?” Mutolaa faqat sahifalarni koʻzdan kechirish, nechta kitob o‘qish masalasi emas, balki chuqur mulohaza, tasavvur va tahlil jarayonidir. Ushbu kitob matnni toʻgʻri tahlil qilish, undagi bosh gʻoyalarni uqish va axborotni samarli oʻzlashtirishni o‘rgatadi.

Anthony Weston. “Argument: asoslash va bahs mahorati” (A Rulebook for Arguments). Ushbu kitob fikrni mantiqan asoslash, dalillarni saralash, chalgʻituvchi mantiqiy xatolardan saqlanish, konstruktiv bahs yuritish madaniyatini oʻrgatuvchi amaliy qoʻllanmadir.

Donella Meadows. “Tizimlar mantig’i: murakkab jarayon va muammolarni anglash” (Thinking in Systems) Muallif tizimlar va tizimli fikrlash mohiyatini sodda va hayotiy misollar bilan tushuntiradi, sabab va oqibatlar zanjirini, qayta aloqa halqalarini, yashirin bog‘liqliklarni va kichik o‘zgarishlar katta natijalarga olib boradigan vaziyatlarni ko‘ra olishni o‘rgatadi.

“Asl intellekt” shunchaki kitoblar turkumi emas. Bu o‘z fikriga ega, dalil bilan mulohaza yurita oladigan, teran o‘qiydigan va mustaqil qaror qabul qiladigan insonni tarbiyalashga xizmat qiladigan loyiha.

Bugungi sun’iy intellekt davrida asl ustunlik texnologiyadan foydalanishda emas, balki uni ongli boshqara oladigan kuchli tafakkurni shakllantirishdadir. Mazkur turkum ana shu yo‘lda sizning ishonchli hamrohingiz bo‘lishiga umid qilamiz.
5,8900045
Farengeyt Press logo
Farengeyt Press

04-avg, 2026, 13:16

Photo1/2
O‘smirlar ijtimoiy tarmoqlarda xuddi to‘liq stavkada ishlaydigan xodimnikiga teng miqdorda vaqt o‘tkazmoqda.

Qizlar ijtimoiy tarmoqlarga haftasiga 35 soatdan ortiq vaqt sarflashmoqda, o‘g‘il bolalar ham ulardan qolishmaydi.

Agar bu hol shunday davom etsa, o‘rtacha o‘smir o‘z hayotining 10 yildan ortiq vaqtini dumskrollingga (maqsadsiz kontentni to‘xtovsiz ko‘rishga) sarflaydi.

Bu qanday oqibatlarga olib kelishi esa "Behalovat Avlod" kitobida batafsil yoritilgan.
4,8800014
Farengeyt Press logo
Farengeyt Press

26-iyl, 2026, 10:31

“Tizimning funksiyasi yoki maqsadi odatda aytilmaydi, yozib qo‘yilmaydi yoki biror shaklda ochiq ifodalanmaydi, balki u qanday ishlayotganidan ma’lum boʻladi.

Tizimning maqsadini aniqlashning eng yaxshi yoʻli uning fe’l-atvorini ma’lum vaqt davomida kuzatishdir.

Agar qurbaqa o‘ngga burilib pashsha tutsa, keyin so‘lga burilib yana pashsha tutsa, so‘ng orqasiga o‘girilib yana pashsha tutsa, uning maqsadi o‘ngga, so‘lga yoki orqaga burilish emas, balki pashsha tutish bilan bog‘liq ekani ayon bo‘ladi. Agar hukumat atrof-muhitni himoya qilish qarorini e’lon qilsa-yu, ammo bu maqsad uchun juda oz mablag‘ va kuch sarflasa, unda atrof-muhitni himoya qilish aslida hukumatning maqsadi emas. Maqsadlar bayonotlar yoki e’lon qilingan rejalarda emas, balki fe’l-atvorda namoyon boʻladi.”

— Donalla Meadows’ning “Tizimlar mantig‘i: murakkab jarayon va muammolarni anglash” kitobidan
1,7500019
Farengeyt Press logo
Farengeyt Press

25-iyl, 2026, 14:25

Photo1/2
“Farengeyt Press”dan kutilayotgan yangi nashr:
Sergey Povarnin, “Kitobni qanday o‘qish kerak?”

Kitob o‘qishning o‘zi yetarlimi? Yoki har qanday kitobni samarali va ongli o‘qishning ham o‘z san’ati bormi?

Rus faylasufi Sergey Povarninning mutolaa madaniyatiga bag‘ishlangan mashhur asari — “Kitobni qanday o‘qish kerak” sentabr oyida ilk bor o‘zbek tilida nashr etiladi.

Bu kitob shunchaki ko‘proq kitob o‘qishga emas, balki kitobni tushunish, tahlil qilish, muhim fikrlarni ajratish va o‘qilgan bilimni amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Unda faol mutolaa usullari, konspekt tuzish, murakkab matnlar bilan ishlash, kitobga tanqidiy va tahliliy yondashish bo‘yicha bugun ham dolzarbligini yo‘qotmagan tavsiyalar jamlangan.

Mazkur nashrning yana bir muhim jihati shuki, kitob pedagog-tadqiqotchi Komil Jalilov tayyorlagan izohlar, sharhlar va ko‘rgazmali jadvallar bilan boyitilgan. Bu qo‘shimchalar asarni zamonaviy o‘quvchi uchun yanada tushunarli va amaliy qo‘llanmaga aylantiradi.

Kitob talabalar, pedagoglar va o‘z ustida muntazam ishlaydigan har bir inson uchun mo‘ljallangan.

Kitob sentabrda sotuvga chiqadi.
3,8000021
Farengeyt Press logo
Farengeyt Press

11-iyn, 2026, 11:41

Photo1/2
Farengeyt Press’dan yangi xushxabar

Donella Meadows'ning dunyo bo‘ylab millionlab kitobxonlar, menejerlar, tadbirkorlar, siyosatchilar va tadqiqotchilar mutolaa qilayotgan mashhur "Thinking in Systems" asarini o‘zbek tilida nashr etish huquqini olganimizni ma’lum qilamiz.

Nega bu kitob muhim?

Hayotimizdagi eng katta muammolarning aksariyati alohida hodisalar yoki shaxslar emas, balki tizimlar natijasidir.

Nega tirbandliklar kamaymaydi? Nega yaxshi niyat bilan boshlangan islohotlar kutilgan natijani bermaydi? Nega ayrim tashkilotlar yildan-yilga rivojlanadi, boshqalari esa bir joyda depsinib turaveradi? Nega ba’zan muammoni hal qilish uchun qilingan harakatning o‘zi yangi muammolarni keltirib chiqaradi?

Ko‘pincha biz muayyan hodisalarga qaraymiz, ammo ularning ortidagi tizimlarni ko‘rmaymiz.

"Thinking in Systems" aynan tizimni ko‘rish qobiliyatini rivojlantiradi.

Donella Meadows murakkab dunyoni tushunish uchun tizimli fikrlash usulini sodda va hayotiy misollar orqali tushuntirgan. Kitob o‘quvchiga sabab va oqibatlar zanjirini, qayta aloqa halqalarini, yashirin bog‘liqliklarni va kichik o‘zgarishlar katta natijalarga olib boradigan nuqtalarni ko‘ra olishni o‘rgatadi.

Bugungi dunyoda axborot ko‘p, ammo murakkab jarayonlarni tushuntirib bera oladigan tafakkur vositalari oz. Shu sababli "Thinking in Systems" ko‘plab universitetlarda tavsiya etiladi va zamonaviy tafakkurning eng muhim kitoblaridan biri sifatida e’tirof etiladi.

Agar siz jamiyat, iqtisodiyot, ta’lim, biznes yoki kundalik hayotdagi murakkab muammolarni chuqurroq tushunishni istasangiz, bu kitob siz uchun.

#TarjimaHuquqi #DonellaMeadows #Tizimlar
9,9400041
Farengeyt Press logo
Farengeyt Press

16-may, 2026, 10:34

Photo1/6
Nashriyotimizning asosiy maqsadlaridan biri murakkab bilimlarni sodda, tushunarli va qiziqarli shaklda taqdim etishdan iborat. Anorbankning moliyaviy ko‘magida o‘zbek tilida chop etilgan ‘Pul. Boshlang‘ich saboqlar’ kitobi orqali biz moliyaviy savodxonlik borasidagi bilimlarni keng ommaga yetkazishni maqsad qilganmiz. Mahalla kutubxonalari bir oy davomida o‘tkazgan “Moliyaviy sarguzasht” tanlovi esa kitob atrofida haqiqiy ijodiy va mutolaa muhiti shakllanayotganini namoyish etdi.

Nashriyotimiz kitob o‘qishni ijtimoiy va ijodiy hodisaga aylantiruvchi har qanday tashabbusga hissa qo‘shishga doim tayyor.
2,7500019
Farengeyt Press logo
Farengeyt Press

06-may, 2026, 14:09

Photo
"Behalovat avlod": yoshlar orasidagi ruhiy xastaliklar epidemiyasi - sabablar, oqibatlar, yechimlar

Muhokama uchrashuvi

🗓 23-aprel, 16:00
📍 O‘zbekiston Milliy kutubxonasi

Jonathan Haidtning “Behalovat avlod” kitobi nashr etilgandan buyon butun dunyoda ijtimoiy tarmoqlar va o‘smirlar salomatligi masalasida qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Ayrim davlatlarda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish yoshi 16 yoshga ko‘tarildi, boshqalari esa bu borada muayyan choralar ko‘rishni rejalamoqda. Ayrim ijtimoiy media kompaniyalari ham bolalar salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan dizayn va kontentlar sabab bir necha bor sudga tortildi.

Kitobning o‘zbek tilida nashr etilishi bu mavzuni jamiyatimizda yanada chuqurroq va asosli muhokama qilish imkonini yaratdi. Bugun u ota-onalar, pedagoglar, ta’lim va yoshlar siyosati bilan shug‘ullanuvchi mutasaddi va mutaxassislar e’tiborini tortmoqda.

Farengeyt Press kitobda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mutaxassislar va kitobxonlar ishtirokida ochiq muhokama uchrashuvi tashkil etishni rejalagan. Keling, muhokamada qatnashing, savol bering, fikr bildiring, o‘z tajribalaringizni so‘zlab bering - har birimizning hayotimizga kirib bo‘lgan bu muammoga birgalikda yechim izlaymiz.

💬 Faol qatnashgan ishtirokchilar uchun sovg‘alarimiz bor. Shuningdek, tadbir davomida barcha kitoblarimiz chegirma bilan taqdim etiladi.

🤝 Hamkorimiz: https://t.me/qamarbooks

Barchangizni kutamiz! Kitobxonlar bilan ko‘rishish bizni faqat ruhlantiradi!
15,3000022
Farengeyt Press logo
Farengeyt Press

06-may, 2026, 14:09

Photo
📚 Farzandingiz tengqurlari bilan kitob o‘qib, birgalikda muhokama qilish odatini shakllantirishini istaysizmi? Muntazam kitob o‘qish, o‘qilgan matnni o‘zlashtirish, so‘zlab berish, fikrlarini erkin bayon etib, boshqalarga taqdim etish ko‘nikmalarini rivojlantirishni-chi? 💡

Unda mahalla kutubxonasining “Kitob klubi” sizni kutmoqda!

Bu oyda 15 yoshgacha bo‘lgan kitobxonlar nashriyotimiz tomonidan https://t.me/anorbank homiyligida tarjima qilingan, jahonga mashhur Usborne nashriyotining “Pul: Boshlang‘ich saboqlar” kitobini mutolaa qilishmoqda. 🗓️ 27–30-aprel kunlari esa ular kitobni barcha mahalla kutubxonalarida muhokama qilishadi.

Safimizga qo‘shiling!

🔔 Yangiliklardan bexabar qolmaslik uchun sahifalarimizga obuna bo‘ling.

#mahallakutubxonasi
#kitobklubi
1,910006
Farengeyt Press logo
Farengeyt Press

06-may, 2026, 14:09

Photo
📢 Yangi kitobga tarjima huquqi olindi

Gaping asosli bo‘lsin, o‘ylab gapir, to‘g‘ri gapir, eshitganingga laqqa tushib, ishonib ketaverma…

To‘g‘ri tavsiyalar - hamma uchun va har yerda. Ammo unga amal qilish doim ham oson emas, ayniqsa, asoslilik nima ekanini bilmasak. Asosli gapirish, o‘ylab gapirish yoki yozish o‘zi nima?

Buni tushuntiradigan bosh qo‘llanma - mantiq.

Biz ana shu sohada o‘zbek tilidagi yana bir bo‘shliqni to‘ldirish uchun Anthony Weston’ning G‘arb ta’lim dargohlarida qo‘shimcha adabiyot sifatida mashhur bo‘lgan https://hackettpublishing.com/student-writing-guides/a-rulebook-for-arguments-group (“Bahs yuritish qoidalari: Amaliy qo‘llanma”)
kitobini o‘zbek tiliga tarjima qilish huquqini oldik.

Bu kitob noformal mantiqqa oid qisqa va amaliy qo‘llanma bo‘lib:
— o‘quvchini formal mantiq formulalari bilan qo‘rqitmaydi
— asosli va izchil fikr yuritish qoidalarini sodda va tushunarli izohlaydi
— ko‘plab misollar bilan boyitilgan

Muallif AQSHdagi Elon universiteti falsafa professori, tanqidiy fikrlash va etikaga doir qator kitoblar muallifi.

Kitobning ilk nashri 1986-yilda chop etilgan. Ammo unga talab yuqori bo‘lganidan keyinchalik yangi tuzatish va qo‘shimchalar bilan beshta nashri chiqqan. Kitobning oltinchi nashri shu yil kuzda chop etilishi rejalashtirilgan. Biz ana shu hali inglizchada ham chop etilmagan kitob uchun tarjima huquqini oldik. Uni original bilan bir vaqtda chop etish niyatidamiz.

Kitob talabalar, jurnalistlar, blogerlar, o‘zini o‘qimishli hisoblovchi, umuman, mantiqli va asosli so‘zlash va gapirish malakasini o‘zida shakllantirishni istagan har kimga asqatadi.

Shuningdek, undan mantiq ilmiga kirish va qiziqtirish qo‘llanmasi sifatida ham foydalanish mumkin.

#TarjimaHuquqi #BahsYuritishQoidalari
1,0000037
Farengeyt Press logo
Farengeyt Press

06-may, 2026, 14:09

Photo
💰Pul haqida gaplashamizmi?

Savodli bo‘lish yaxshi. Ammo bugungi kunda moliyaviy savodxonlik — hayotiy zarurat.

📕“Boshlang‘ich saboqlar” turkumidan yana bir muhim kitob — “Pul: Boshlang‘ich saboqlar” kitobidir. Ushbu kitob mashhur ingliz nashriyoti Usborne tomonidan yaratilgan bo‘lib, bolalar va o‘smirlar uchun moliya olamini sodda, tushunarli va qiziqarli tarzda ochib beradi.

📚Kitob sizga pulning asl mohiyatini anglashga yordam beradi: u qayerdan paydo bo‘lgan, Markaziy bank nima va nima ish qiladi, banklar nima qiladi, inflyatsiya nima, valyuta kurslari qanday shakllanadi — bularning barchasi oddiy va hayotiy misollar orqali tushuntiriladi. Shuningdek, kredit va debet kartalari farqi, pulni himoya qilish yo‘llari kabi muhim savollarga ham javob topasiz.

🔺Usborne nashriyoti 1973-yilda Peter Usborne tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda bolalar uchun rang-barang, interaktiv va ta’limiy kitoblari bilan butun dunyoda mashhur. Ularning kitoblari 100 dan ortiq mamlakatlarda tarqalgan va o‘nlab tillarga tarjima qilingan.

📎Ushbu nashr yosh bo’lsada o’zining dolzarb tanlovlari bilan e’tibor qozonib ulgurgan nashriyoti tomonidan https://t.me/anorbank ko‘magida chop etilmoqda.

🏷️ https://mahallakutubxonasi.taplink.ws/
8700010
Farengeyt Press logo
Farengeyt Press

06-may, 2026, 14:09

Photo
#kitob_klubi

Mamnuniyat bilan Aprel oyi uchun kitoblarimizni e’lon qilamiz!

https://t.me/mahallakutubxonasi25

🔺15 yoshgacha bo‘lgan kitobxonlar uchun "Pul: Boshlang'ich saboqlar" kitobi

🔺16 yosh va undan katta kitobxonlar uchun Paulo Koelo qalamiga mansub “Alkimyogar” asari.

📍Muhokamalar 27-30-aprel kunlari https://docs.google.com/spreadsheets/d/1fEL0bHFfupOrAJA78lUXJg-xvMouxtvymaOXeuIjVgg/edit bo’lib o’tadi.

Yangiliklardan bexabar qolmang – sahifalarimizga obuna bo‘ling!

🕊 https://t.me/centralbankuzbekistan https://t.me/mahallakutubxonasi25 📱 https://www.instagram.com/mahallakutubxonasi?igsh=bTlxZW9xdDhoazZs&utm_source=qr 🕊 https://x.com/cbuzbekistan https://x.com/mkutubxonasi?s=21
8950010
Farengeyt Press logo
Farengeyt Press

06-may, 2026, 14:09

Video
🚀 “MOLIYAVIY SARGUZASHT” tanloviga start beramiz🚀

📣 16 yoshgacha bo’lgan barcha kitobsevarlar diqqatiga:
Aprel oyini Mahalla kutubxonasi loyihasi, nashriyoti hamda https://t.me/anorbank hamkorligida yanada hayajonli o’tkazishingizga kafolat beramiz.
🏷️Bu safar hammasi kuchliroq, qiziqroq va foydaliroq bo‘ladi!

Tanlovning barcha shartlari “PUL: boshlang’ich saboqlar” kitobi mazmun-mohiyati bilan bog’liq 🔢nominatsiyadan iborat bo’lib, ular:

🎬 Eng yaxshi videorolik (guruh shaklida, ishtirokchilar soni 6 nafargacha)

🎭 Eng yaxshi sahna ko'rinish
(guruh shaklida, ishtirokchilar soni 6 nafargacha)

🧠 Eng yaxshi rasm
(Yakka tartibda)

🎨Maxsus test
(Yakka tartibda. Maxsus Test, aprel oyi oxirida, tanlovning oxirgi bosqichida alohida e’lon qilinadi)

(shartlar haqida batafsil ma’lumotni video va https://canva.link/sqim338xobb4zex)

❗️Tanlovda qatnashish uchun Mahalla kutubxonasi https://mahallakutubxonasi.taplink.ws/ obuna bo’lishingiz yetarli.

Shuningdek, ijod namunangizni ijtimoiy tarmoqlarga joylab bizni belgilashingingiz hamda https://t.me/mkutubxonasiadmin profiliga taqdim etishingiz so'raladi.

🎁Bu shunchaki tanlov emas – bu o‘zingizni ko‘rsatish, yutish va qimmatbaho sovg’alarni qo’lga kiritish imkoniyati!
Harakatni hoziroq boshlang!

🔥 Eng zo‘r jarayonlar hali oldinda – biz bilan birga bo‘ling!

🕊 https://t.me/centralbankuzbekistan https://t.me/mahallakutubxonasi25 📱 https://www.instagram.com/mahallakutubxonasi?igsh=bTlxZW9xdDhoazZs&utm_source=qr 🕊 https://x.com/cbuzbekistan https://x.com/mkutubxonasi?s=21
8930018
Farengeyt Press logo
Farengeyt Press

06-may, 2026, 14:09

Photo
📢 Aprel oyi uchun maxsus aksiya!

https://t.me/mahallakutubxonasi25 loyihasi tomonidan “Pul: Boshlang‘ich saboqlar” kitobi oy kitobi deb e’lon qilindi.

Shu munosabat bilan:
Bugundan boshlab 1 oy davomida ushbu kitobga
🔥 20% chegirma e’lon qilamiz!

📦 Yana bir qulay imkoniyat:
To‘plamni to‘liq xarid qilganlar uchun har bir kitobga 20% chegirma taqdim etiladi.

🛒 Chegirma faqat Uzum Market orqali amal qiladi.

👉🏻 https://uzum.uz/product/2092185?skuid=7486646&utm_source=sharing&utm_medium=product_page_ios&utm_campaign=native

Shoshiling — aksiya muddati cheklangan!

#BoshlangichSaboqlar #Chegirma #UzumMarket
2,5200030
Farengeyt Press logo
Farengeyt Press

06-may, 2026, 14:09

O'tgan hafta AQSHning Nyu-Meksiko shtatida sud Meta Platforms kompaniyasini bolalar ruhiy va jismoniy xavfsizligiga putur yetkazganlikda aybli topib https://daryo.uz/F1LKULcDg https://www.bbc.com/news/articles/cql75dn07n2o Sud kompaniyani o‘z platformalari (Facebook, Instagram va WhatsApp) orqali bolalarni zararli kontent va xavfli shaxslardan yetarlicha himoya qila olmagani uchun 375 mln dollar miqdorida jarimaga tortdi.

Mazkur sud ishi pretsedent ahamiyatiga ega, ya’ni landmark case hisoblanadi. Bunday qarorlar odatda huquqiy tizimga katta va uzoq muddatli ta’sir ko‘rsatadi hamda kelgusi ishlarda yo‘riq vazifasini o‘taydi.

Kaliforniyada o‘tgan boshqa bir sud ishida ham Meta va Youtube bolalarni o‘ziga qaram qilib oluvchi dizayni sababli aybdor topilib, jabrlanuvchiga 6 mln dollar tovon to‘lab berish haqida https://www.reuters.com/legal/litigation/jury-reaches-verdict-meta-google-trial-social-media-addiction-2026-03-25/ Bu sud qarorlaridan keyin jabrlanganlarning ijtimoiy media kompaniyalariga qarshi da’volari ko‘payib ketishi mumkinligi aytilmoqda.

Yuqoridagi keyslarning katta shov-shuvga sabab bo‘lishining yana bir omili shundaki, dunyoda bolalarning ijtimoiy tarmoqlardagi xavfsizligi va ruhiy salomatligidan xavotir keskin oshgan. Mazkur masala yetakchi davlatlarda eng yuqori siyosiy va jamoatchilik darajasida muhokama qilinmoqda.

Bu jarayonda “Behalovat avlod” kitobining o‘rni alohida ahamiyatga ega.

“Behalovat avlod” birgina kitob orqali jamiyatda o‘ta dolzarb muammoni kun tartibiga olib chiqish, uning yechimlarini birgalikda izlash mumkinligining yorqin namunasidir.

Kitobning o‘zbek tilidagi ikkinchi bosmasi shu hafta Toshkentga yetib keldi. Hozirda uni yanada kengroq auditoriyaga, jumladan, o‘qituvchilar, tashkilotlar va qaror qabul qiluvchilarga yetkazish ustida ishlayapmiz.
4,0500024

Showing 29 of 29 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

Farengeyt Press Telegram kanali nima haqida?+

Farengeyt Press (@farengeyt_press) — tgdio da Elektron kitoblar va o'quv materiallari toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 1 074 obunachi bor.

Farengeyt Press (@farengeyt_press) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @farengeyt_press ga bepul obuna bo‘ling.

Farengeyt Press yaxshi Elektron kitoblar va o'quv materiallari kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin Farengeyt Press reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 1 074 obunachi bor. O‘xshash Elektron kitoblar va o'quv materiallari kanallar bilan solishtiring.

Farengeyt Press statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @farengeyt_press sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.