Farg‘ona tumani hokimligi Telegram channel photo

Farg‘ona tumani hokimligi

Farg‘ona tumani hokimligi rasmiy kanali 🌐: gov.uz/fargonatuman 📖: fb.com/fargonatumanihokimligi 📷: instagram.com/fargonatumanihokimligi 🎥: youtube.com/@fargonatumanihokimligi Murojaat yoʻllash uchun: @qabulxonabot | @fargonatumanmurojaatlari

702

Last views

51.9k (51,853 subscribers)
A'zolar
—
Rating
70
Total Posts
Oct 22, 2026, 3:27 AM
Yangilangan
Apr 5, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameFarg‘ona tumani hokimligi
Username@fargonatumanihokimligi
CategoryDavlat imtihonlari
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar51,853
Channel TypePublic Channel
Created5-apr, 2026
Last Updated22-okt, 2026 • 23 soat oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#8022-1783
Til reytingi
#83-17
Toifa reytingi
#17-4

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 51.9K30 Days growth: +16.3K45.8%
09/2209/2710/0210/0710/1210/1710/21
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
22:09:202635,567
23:09:202635,567
24:09:202635,567
25:09:202635,567
26:09:202635,567
27:09:202635,567
28:09:202635,567
29:09:202635,567
30:09:202635,567
01:10:202635,567
02:10:202635,567
03:10:202635,567
04:10:202635,567
05:10:202635,567
06:10:202635,567
07:10:202635,567
08:10:202635,567
09:10:202635,567
10:10:202635,567
11:10:202635,567
12:10:202635,567
13:10:202635,567
14:10:202656,676
15:10:202656,676
16:10:202656,676
17:10:202656,676
18:10:202656,676
19:10:202656,676
20:10:202656,676
21:10:202651,853
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 30:03:202610,691
Week of 06:04:202610,222
Week of 13:04:202610,222
Week of 20:04:202610,222
Week of 27:04:20269,245
Week of 04:05:20269,245
Week of 11:05:20268,664
Week of 18:05:20268,664
Week of 25:05:20268,664
Week of 01:06:20267,874
Week of 08:06:20267,874
Week of 15:06:20267,874
Week of 22:06:20267,874
Week of 29:06:20267,113
Week of 06:07:20267,113
Week of 13:07:20267,113
Week of 20:07:20266,661
Week of 27:07:20266,661
Week of 03:08:20266,436
Week of 10:08:20266,436
Week of 17:08:20266,248
Week of 24:08:20268,706
Week of 31:08:20268,706
Week of 07:09:202635,617
Week of 14:09:202635,567
Week of 21:09:202635,567
Week of 28:09:202635,567
Week of 05:10:202635,567
Week of 12:10:202656,676
Week of 19:10:202651,853
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
April 20269,245
May 20268,664
June 20267,113
July 20266,661
August 20268,706
September 202635,567
October 202651,853
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
202651,853

So'nggi postlar

Farg‘ona tumani hokimligi logo
Farg‘ona tumani hokimligi

18-okt, 2026, 13:17

Photo1/2
Фарғона туманида қишга тайёргарлик: газ ва электр таъминоти яхшиланадими?

Эски қувурлар янгиланмоқда, замонавий қурилмалар ўрнатилмоқда, ҳисоблагичлардаги алоқа тикланмоқда. Аммо бу ишлар аҳолига қандай натижа беради?
16 октябрь куни Фарғона вилояти ҳокимлиги ташкил этган матбуот анжумани ва пресс-турда туманда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳамда энергия таъминотини яхшилаш ишлари тақдим этилди.
Газ таъминоти бўйича қандай ишлар қилинди?

Фарғона туманида 17 та замонавий газ тақсимлаш қурилмаси ўрнатилди, 283 та қурилма техник кўрикдан ўтказилди. 25,4 километр газ тармоғи синовдан ўтказилиб, тозаланди, 86,9 километр ер ости қувури текширилди.

Шунингдек, 2 234 та хонадонга регулятор ўрнатилди, 1 217 та электрон ҳисоблагичда алоқа тикланди. Қўшқатор газ қувурларини тартибга келтириш натижасида 201 минг куб метр газ тежалгани маълум қилинди.

Вилоятда эски тармоқлар муаммоси ҳам бор
Фарғона вилоятида 7 838 километр газ тармоғи ва 4 479 та газ тақсимлаш қурилмаси мавжуд. Ер ости қувурларининг 1 118,8 километри 20 йилдан ортиқ вақтдан бери ишлатиб келинмоқда.

Қишда аварияларни тезкор бартараф этиш учун вилоятда 19 та махсус авария-тиклаш гуруҳи ташкил этилган.
71 та маҳалланинг энергетик паспорти шакллантирилган
Фарғона туманида «Янгийўл тажрибаси» асосида 71 та маҳалланинг энергетик паспорти тузилган. Бу муаммоларни аниқлаш ва уларни манзилли ҳал этишга хизмат қилиши кутилмоқда.

Кўрилган чоралар қишда газ босимининг барқарор бўлишига, электр узилишларининг камайишига ва носозликларнинг тезкор бартараф этилишига қанчалик таъсир қилиши ҳали олдинда.

Чунки аҳоли учун энг муҳими — бажарилган ишлар сони эмас, балки хонадонларда газ ва электр таъминотининг барқарорлигидир.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
706000
Farg‘ona tumani hokimligi logo
Farg‘ona tumani hokimligi

18-okt, 2026, 11:32

Video
Pedagog xodimlar farzandlari uchun kontrakt chegirmasiga ariza berish tartibi

Davlat oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan pedagog xodimlarning farzandlari to‘lov-kontrakt summasiga chegirma olish uchun onlayn ariza topshirishlari mumkin.

Buning uchun kontrakt.edu.uz axborot tizimiga kirib, tegishli xizmatni tanlash hamda talab etilgan ma’lumotlarni kiritgan holda arizani tasdiqlash lozim.

🎥 Ariza topshirish tartibi bilan yuqoridagi videoyo‘riqnoma orqali tanishishingiz mumkin.

📋 Pedagogik faoliyat bilan bogʻliq lavozimlar roʻyxati

Sayt | Facebook | Instagram | YouTube
699000
Farg‘ona tumani hokimligi logo
Farg‘ona tumani hokimligi

18-okt, 2026, 10:33

Photo1/2
❓ Savol:

Tadbirkor bir nechta yo‘nalishda faoliyat yuritsa, biznesni ro‘yxatga olishda qaysi biri asosiy hisoblanadi?

✅ Javob:

Biznesni ro‘yxatga olishda tadbirkorning barcha faoliyat yo‘nalishlari o‘rganiladi. Asosiy faoliyat esa eng ko‘p qo‘shilgan qiymat yaratadigan yo‘nalish asosida aniqlanadi.

Agar qo‘shilgan qiymatni aniqlash imkoni bo‘lmasa, eng yuqori aylanmaga ega faoliyat turi asosiy deb hisoblanadi.

Bu iqtisodiy birliklarni faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha to‘g‘ri tasniflashga xizmat qiladi.

#savolim_bor

Sayt | Facebook | Instagram | YouTube
663000
Farg‘ona tumani hokimligi logo
Farg‘ona tumani hokimligi

18-okt, 2026, 09:33

Video
Prezident Shavkat Mirziyoyev:
"Ochiq raqobat, shaffof qoidalar va kelishilgan shartlarning izchil bajarilishiga asoslangan yangi tizim yaratamiz".
—
Президент Шавкат Мирзиёев:
"Мы создадим новую систему, основанную на открытой конкуренции, прозрачных правилах и последовательном выполнении договоренностей".

Sayt | Facebook | Instagram | YouTube
694000
Farg‘ona tumani hokimligi logo
Farg‘ona tumani hokimligi

17-okt, 2026, 19:32

Video
"Yangiliklar" informatsion dasturi | Farg’ona suv ta’minoti aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi tomonidan Farg’ona tumanida fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul o’tkazildi.

#radio2026

Sayt | Facebook | Instagram | YouTube
839001
Farg‘ona tumani hokimligi logo
Farg‘ona tumani hokimligi

17-okt, 2026, 18:33

Photo1/6
Karyerlar faoliyatida raqamli nazorat tizimidan foydalanish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi

Farg‘ona viloyati hokimining 2026-yil 28-sentabrdagi 471-11-0-F/26-son farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona tumanida karyerlar faoliyatini raqamlashtirish va qazib olinayotgan mahsulotlar hisobini yuritish bo‘yicha nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

Viloyat va tuman miqyosidagi tegishli tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan tadbirkorlik subyektlariga «Foydali qazilmalarni qazib olish va tashish jarayonlarini sun’iy intellekt asosida raqamli nazorat qilish» axborot tizimidan uzluksiz va to‘liq foydalanish, ma’lumotlarni o‘z vaqtida kiritish hamda karyerdan chiqayotgan har bir transport vositasi uchun elektron yuk xatini rasmiylashtirish tartibi tushuntirildi.

Aniqlangan talablar ijrosini ta’minlash yuzasidan tadbirkorlik subyektlariga tegishli tushuntirish va ogohlantirish xatlari berildi.

Sayt | Facebook | Instagram | YouTube
888001
Farg‘ona tumani hokimligi logo
Farg‘ona tumani hokimligi

17-okt, 2026, 17:30

Photo1/20
Vodilda sayyor qabul va profilaktik tadbirlar tashkil etildi

Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, polkovnik D.P. Xo‘jaqulov tomonidan Farg‘ona tumani “Vodil” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan sayyor qabul tashkil etildi.

Unda mahalla aholisi, faxriylar, nuroniylar, xotin-qizlar va yoshlar ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan masala va muammolarni ochiq bayon etdilar. Fuqarolarning har bir murojaati diqqat bilan tinglanib, ularni qonuniy hal etish yuzasidan mas’ul xodimlarga aniq vazifalar belgilab berildi.

Sayyor qabul davomida mahallada jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, mavjud muammolarni barvaqt aniqlash hamda ularni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, oilaviy nizolarning oldini olish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish va voyaga yetmaganlar bilan manzilli ishlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, ishsiz va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan profilaktik tadbirlarni tashkil etish, giyohvandlik va boshqa salbiy illatlarga qarshi kurashish, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, jamoat joylarida tartib-intizomni saqlash, xonadonlar xavfsizligi va mol-mulkni asrash yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borish muhimligi ta’kidlandi.

Ushbu vazifalarni samarali amalga oshirishda profilaktika inspektori, mahalla faollari, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlovchi mas’ullar, ta’lim muassasalari hamda boshqa tegishli tashkilotlarning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

Sayt | Facebook | Instagram | YouTube
870002
Farg‘ona tumani hokimligi logo
Farg‘ona tumani hokimligi

08-sen, 2026, 20:19

Photo
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi

Xalq deputatlari Farg‘ona tumani Kengashining “Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilish kun tartibidan quyidagi masala o‘rin oldi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PQ–5072-sonli hamda Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi KQ-666-IV-sonli qarorlariga asosan Farg‘ona tumanida o‘tkazilgan 2026-yilgi Tashabbusli byudjet jarayonining 2-mavsumi natijalari to‘g‘risida;

Kun tartibidagi masala yuzasidan mas’ullarning hisoboti tinglanib, deputatlar tomonidan tegishli taklif va mulohazalar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilinib, ularni Xalq deputatlari Farg‘ona tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish tavsiya etildi.

https://gov.uz/oz/fargonatuman | https://www.facebook.com/fargonatumanihokimligi | https://www.instagram.com/fargonatumanihokimligi | https://youtube.com/@fargonatumanihokimligi
108000
Farg‘ona tumani hokimligi logo
Farg‘ona tumani hokimligi

08-sen, 2026, 20:19

Photo
#Islohotlar_amalda

Ichimlik suvi tarmoqlari yangilanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-yanvardagi PQ–5-son qarori ijrosini ta’minlash, aholi va hududga tashrif buyuruvchi sayyohlarni sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida Farg‘ona tumanida ichimlik suvi tarmoqlarini yangilash ishlari boshlandi.

Jumladan, “Bo‘ston”, “Vodil”, “Marg‘ilon”, “Hosilot”, “Sanoat” va “Dilkusho” mahallalari hududidagi 1971-yilda foydalanishga topshirilgan 300, 250 va 200 millimetr diametrli ichimlik suvi tarmoqlarini yangilash ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan manzilli dastur doirasida “Vodil” agroturizm klasterini tashkil etish uchun 2 ta tik quduq qazish hamda 20,7 kilometr mavjud ichimlik suvi quvurlarini rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.

https://gov.uz/oz/fargonatuman | https://www.facebook.com/fargonatumanihokimligi | https://www.instagram.com/fargonatumanihokimligi | https://youtube.com/@fargonatumanihokimligi
601001
Farg‘ona tumani hokimligi logo
Farg‘ona tumani hokimligi

08-sen, 2026, 20:19

#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Farg'ona tumanidagi fermar xo'jaligining qarzdorligi uchun xatlangan transformator yuzasidan yo'llangan murojaat nazoratga olinib, tegishli mutaxasislarga murojaatda keltirib o'tilgan muammoni to'liq o'rganib chiqishligi topshirig'i berildi.

O'rganish yakuni bilan qo'shimcha ma'lumot taqdim etiladi.

⚡️ https://t.me/farhetk_admin
732001
Farg‘ona tumani hokimligi logo
Farg‘ona tumani hokimligi

08-sen, 2026, 20:19

Photo
‼️‼️‼️

🔺 PISA 2025 xalqaro baholash dasturi natijalari e’lon qilindi — O‘zbekiston o‘quvchilari qanday natija qayd etdi?

Ta’lim forumi doirasida OECD tomonidan PISA 2025 xalqaro baholash dasturi natijalari rasman e’lon qilindi.

Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston PISA tadqiqotida ikkinchi marotaba qatnashdi.

Mamlakatimizdan xalqaro tashkilot tomonidan tasodifiy tanlab olingan 233 ta maktabning 8 652 nafar 15 yoshli o‘quvchisi tadqiqotda ishtirok etdi.

❗️Tabiiy fanlar bo‘yicha
O‘zbekiston o‘quvchilari 438 ball to‘plab, 91 ta davlat va ta’lim tizimi orasida 48-o‘rinni egalladi.

↗️ Taqqoslash uchun, PISA 2022da tabiiy fanlar bo‘yicha natija 355 ball va 80-o‘rinni tashkil etgan. Shu tariqa, 2025-yilda natija qariyb 83 ballga oshgan.

💻 Raqamli dunyoda o‘rganish bo‘yicha:

O‘zbekiston o‘quvchilari 402,4 ball qayd etib, 72-o‘rinni egalladi.

Eslatib o‘tamiz, PISA 2025da asosiy yo‘nalish sifatida tabiiy fanlar savodxonligi belgilangan. Matematika va o‘qish savodxonligi bo‘yicha natijalar yuzasidan qo‘shimcha tahlillar olib borilmoqda.

📊 Ma’lumot o‘rnida: PISA 2025 Xalqaro tadqiqotida 91 ta davlat va ta’lim tizimi ishtirok etdi.

https://gov.uz/oz/fargonatuman | https://www.facebook.com/fargonatumanihokimligi | https://www.instagram.com/fargonatumanihokimligi | https://youtube.com/@fargonatumanihokimligi
747001
Farg‘ona tumani hokimligi logo
Farg‘ona tumani hokimligi

08-sen, 2026, 20:19

Video
Prezidentimiz tashrifi sharafiga Serbiya poytaxtidagi “Kula Belgrade” osmono‘par binosi O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida yoritildi.
—
В честь визита Президента нашей страны небоскреб «Kula Belgrade» в столице Сербии окрасился в цвета флага Узбекистана.

https://gov.uz/oz/fargonatuman | https://www.facebook.com/fargonatumanihokimligi | https://www.instagram.com/fargonatumanihokimligi | https://youtube.com/@fargonatumanihokimligi
746000
Farg‘ona tumani hokimligi logo
Farg‘ona tumani hokimligi

08-sen, 2026, 20:19

Video
#inson_qadri_uchun

Go‘zal va obod Farg‘ona

"Snos" degan so‘zni eshitganda bir paytlar ko‘pchilikda xavotir bo‘lgani rost. "Uy-joyimiz nima bo‘ladi, ertangi kunimiz qanday kechadi?" degan savollar odamlarni o‘ylantirgan edi.

Bugun esa kechagi xavotirdan asar ham yo‘q. Aksincha, odamlar yangi va munosib sharoit, obod bo‘lgan ko‘chalar, qiyofasi o‘zgarayotgan mahalla haqida mamnuniyat bilan gapirmoqda.

Kecha xavotir bilan kutib olingan o‘zgarishlar bugun ularning hayotiga qulaylik va yangilik olib kirdi. Eng muhimi, odamlar bu o‘zgarishlarni o‘z hayotida his qilyapti.

Farg‘ona o‘zgaryapti. Mahallalar obod, ko‘chalar ko‘rkam bo‘lyapti, odamlarning turmush sharoiti yaxshilanyapti.

Eng katta natija esa — bu o‘zgarishlarni odamlarning kayfiyatida, mamnuniyatida va bugungi hayotida ko‘rish mumkin.

📹 Batafsil videolavhada

https://gov.uz/oz/fargonatuman | https://www.facebook.com/fargonatumanihokimligi | https://www.instagram.com/fargonatumanihokimligi | https://youtube.com/@fargonatumanihokimligi
907000
Farg‘ona tumani hokimligi logo
Farg‘ona tumani hokimligi

08-sen, 2026, 20:19

Photo
Ijtimoiy soha ob’yektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganilmoqda

Farg‘ona tumani prokuraturasi tomonidan ijtimoiy soha ob’yektlarining 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganilmoqda.

O‘rganishlar davomida ta’lim va tibbiyot muassasalarida isitish tizimlarining mavsumga tayyorgarligi, ko‘mir va boshqa yoqilg‘i zahiralarining yaratilishi hamda saqlanish holati ko‘zdan kechirildi.

Maktablar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, markaziy shifoxona va tibbiyot muassasalarida isitish tarmoqlarining texnik holati va yoqilg‘i zahiralari bilan bog‘liq masalalar joyida muhokama qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha DXSH rahbarlari hamda mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatildi.

Shuningdek, ko‘mir yoqilg‘ilarini tabiiy ochiq sharoitda saqlamaslik yuzasidan ogohlantirish berildi. Belgilangan vazifalar ijrosi uchun aniq muddatlar belgilanib, ularning bajarilishi nazoratga olindi.

https://gov.uz/oz/fargonatuman | https://www.facebook.com/fargonatumanihokimligi | https://www.instagram.com/fargonatumanihokimligi | https://youtube.com/@fargonatumanihokimligi
1,000001
Farg‘ona tumani hokimligi logo
Farg‘ona tumani hokimligi

08-sen, 2026, 20:19

Photo
📡Xorijiy telekanallarni O‘zbekistonda tarqatish tartibini bilasizmi?

Xorijiy telekanallarni O‘zbekiston hududida tarqatish va retranslyatsiya qilish qonunchilikda belgilangan talablar asosida amalga oshiriladi.

🧾 Infografikada xorijiy telekanallarni tarqatish tartibi, operatorlar uchun belgilangan asosiy talablar, retranslyatsiya shartlari hamda qonunbuzarlik holatlarida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan choralar haqida ma’lumotlar jamlangan.

https://gov.uz/oz/fargonatuman | https://www.facebook.com/fargonatumanihokimligi | https://www.instagram.com/fargonatumanihokimligi | https://youtube.com/@fargonatumanihokimligi
981001
Farg‘ona tumani hokimligi logo
Farg‘ona tumani hokimligi

24-avg, 2026, 22:31

Photo
Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning Oʻzbekistonga davlat tashrifi nihoyasiga yetdi. Buxoro xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonlarni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi kuzatib qoʻydilar.

Shu bilan davlatimiz rahbari Buxoroga safarini yakunlab, Toshkentga https://president.uz/oz/lists/view/9536
—
Государственный визит Президента Азербайджана Ильхама Алиева в Узбекистан завершился. В международном аэропорту Бухары высоких гостей проводили Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев с супругой.

На этом глава нашего государства завершил поездку в Бухару и https://president.uz/ru/lists/view/9536 в Ташкент.

#Mirziyoyev #tashrif #Ozarbayjon

https://gov.uz/oz/fargonatuman | https://www.facebook.com/fargonatumanihokimligi | https://www.instagram.com/fargonatumanihokimligi | https://youtube.com/@fargonatumanihokimligi
316001
Farg‘ona tumani hokimligi logo
Farg‘ona tumani hokimligi

24-avg, 2026, 22:31

Photo
Farg‘onada zamonaviy bog‘ va tokzorlar barpo etish bo‘yicha tavsiyalar

Farg‘ona viloyatining tuproq-iqlim sharoitidan samarali foydalanish, mevali bog‘lar va tokzorlarni ilmiy asosda tashkil etish, suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda yuqori hosildorlikka erishish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Mutaxassislar tavsiyasiga ko‘ra, yangi bog‘ tashkil etishda, avvalo, yer maydonini sifatli tayyorlash va lazer yordamida tekislash muhim ahamiyatga ega. Bunday yondashuv sug‘orish suvidan samarali foydalanish imkonini beradi. Ko‘chatlarni belgilangan agrotexnik talablar asosida ekish, oziqlantirish va dastlabki davrda yetarli namlik bilan ta’minlash ham yuqori natijaning muhim omillaridan biridir.

Ayniqsa, tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish tavsiya etiladi. Mazkur usul suvni o‘simlikning ildiz qatlamiga ehtiyojiga mos ravishda yetkazib, tuproq namligini bir maromda saqlash va suvdan samarali foydalanish imkonini beradi.

Shuningdek, yosh bog‘larda daraxtlarga to‘g‘ri shakl berish, tayanch ustunlar va simbag‘azlar o‘rnatish, o‘g‘itlash, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish kabi agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish muhim.

Tavsiyanomada Farg‘ona viloyati sharoitida ekish uchun olma, nok, gilos, shaftoli, o‘rik, olxo‘ri, bodom, yong‘oq hamda uzumning turli navlari bo‘yicha tavsiya etilgan payvandtaglar, ekish sxemalari va ko‘chatlar soni ham keltirilgan.

Ilmiy asoslangan yondashuv, zamonaviy sug‘orish texnologiyalari va to‘g‘ri agrotexnika — Farg‘onada serhosil bog‘ va tokzorlarni barpo etish, suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirishning muhim omillaridir.

https://gov.uz/oz/fargonatuman | https://www.facebook.com/fargonatumanihokimligi | https://www.instagram.com/fargonatumanihokimligi | https://youtube.com/@fargonatumanihokimligi
797001
Farg‘ona tumani hokimligi logo
Farg‘ona tumani hokimligi

24-avg, 2026, 22:31

Photo
55-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Bumayram Sabirova tomonidan “Tinchlik” mahallasidagi 55-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi, yangi o‘quv yiliga hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati yuzasidan deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi.

O‘rganish davomida maktabda 1 500 nafar o‘quvchi tahsil olayotgani, ta’lim jarayonini tashkil etish uchun yaratilgan sharoitlar hamda isitish tizimining holati ko‘zdan kechirildi.

Aniqlanishicha, maktabning 340 kvadrat metr isitiladigan hududi markazlashgan isitish tizimiga ulangan bo‘lib, jami 5 ta isitish qozoni mavjud. Biroq mazkur qozonlarning quvvati barcha xonalarni yetarli darajada isitish imkonini bermasligi ma’lum bo‘ldi.

Aniqlangan muammo yuzasidan mas’ullarga isitish tizimi quvvatini oshirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda kuz-qish mavsumida o‘quvchilar va pedagoglar uchun zarur issiqlik sharoitlarini ta’minlash bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi. Masala deputatlik nazoratiga olindi.

https://gov.uz/oz/fargonatuman | https://www.facebook.com/fargonatumanihokimligi | https://www.instagram.com/fargonatumanihokimligi | https://youtube.com/@fargonatumanihokimligi
806002
Farg‘ona tumani hokimligi logo
Farg‘ona tumani hokimligi

24-avg, 2026, 22:31

Photo
🏆 “MUSTAQILLIK KUBOGI” — FINAL BELLASHUVLARIGA TAKLIF ETAMIZ!

⚽️ Farg‘ona tumanida davlat xizmatchilari o‘rtasida sportning mini futbol turi bo‘yicha “Mustaqillik kubogi” musobaqasi qizg‘in davom etmoqda.

Musobaqaning saralash bosqichlarida tumanimizdagi 28 ta korxona, tashkilot va muassasa jamoalari 7 ta guruhga bo‘lingan holda o‘zaro kuch sinashdi. Saralash bosqichlarida yuqori natija qayd etgan 16 ta jamoa esa olimpiya tizimida nimchorak, chorak va yarim final bahslarida munosib ishtirok etdi.

🔥 Endi esa turnirning eng muhim va hal qiluvchi bahslari oldinda!

📅 25-avgust
📍 “Bo‘ston” mahallasidagi mini futbol maydoni

🥇 1-o‘rin uchun:
Soat 20:00da
⚽️ Ichki ishlar bo‘limi 🆚 Prokuratura

🥉 3-o‘rin uchun:
Soat 19:00da
⚽️ Elektr tarmoqlari 🆚 Yoshlar ishlari bo‘limi

Shuningdek, musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlarni tantanali taqdirlash marosimi o‘tkaziladi.

⚡️ Qizg‘in, murosasiz va haqiqiy sport ruhi hukmron bo‘ladigan final bahslarini o‘tkazib yubormang!

📣 Barcha futbol muxlislarini “Mustaqillik kubogi”ning hal qiluvchi uchrashuvlariga taklif etamiz!
Birgalikda muxlislik qilamiz! Birgalikda sportni qo‘llab-quvvatlaymiz! 🇺🇿

https://gov.uz/oz/fargonatuman | https://www.facebook.com/fargonatumanihokimligi | https://www.instagram.com/fargonatumanihokimligi | https://youtube.com/@fargonatumanihokimligi
789002
Farg‘ona tumani hokimligi logo
Farg‘ona tumani hokimligi

24-avg, 2026, 22:31

Photo
#eʼlon

Fargʻona tumani hokimi va oʻrinbosarlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Fargʻona tumani Xalq qabulxonasi va tuman hokimligi qabulxonasida oʻtkaziladigan jismoniy va yuridik shaxslarning qabul jadvallari tasdiqlandi.

Murojaat yoʻllash istagidagi fuqarolarimizni tegishliligi boʻyicha mazkur qabullarda kutib qolamiz.

https://gov.uz/oz/fargonatuman | https://www.facebook.com/fargonatumanihokimligi | https://www.instagram.com/fargonatumanihokimligi | https://youtube.com/@fargonatumanihokimligi
750001
Farg‘ona tumani hokimligi logo
Farg‘ona tumani hokimligi

24-avg, 2026, 22:31

Photo
#Mustaqillik_toʻyi

“Mustaqillik to‘yi” Shohimardonda ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi

Farg‘ona tumanining anklav hududi “Shohimardon” mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” ezgu g‘oyasi asosida “Mustaqillik to‘yi” bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda nuroniylar, xotin-qizlar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Unda mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, mahallalarda aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar haqida fikr yuritildi.

Bayram tadbiri Vatanga muhabbat, tinchlik va osoyishtalikni qadrlash, xalqimizning bunyodkorlik ruhini ulug‘lash g‘oyalari asosida o‘tkazildi.

Tadbir davomida yangragan dilbar kuy-qo‘shiqlar, Vatan, tinchlik va farovonlikni tarannum etuvchi musiqiy hamda sahnaviy chiqishlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki bayramona kayfiyat ulashdi.

https://gov.uz/oz/fargonatuman | https://www.facebook.com/fargonatumanihokimligi | https://www.instagram.com/fargonatumanihokimligi | https://youtube.com/@fargonatumanihokimligi
876003
Farg‘ona tumani hokimligi logo
Farg‘ona tumani hokimligi

23-may, 2026, 16:43

Video
#eʼlon

⚽️ FINAL O‘YIN VA SHOU KONSERT — SIZNI KUTMOQDA! 🎤🔥

23-may, shanba kuni Farg‘ona tumani “Yoshlarobod” markaziy o‘yingohi haqiqiy futbol va san’at bayramiga aylanadi!

🏆 “DXX kubogi” futbol musobaqasining FINAL uchrashuvi,
🎶 undan so‘ng esa yulduzlar ishtirokidagi katta GALA KONSERT dasturi bo‘lib o‘tadi!

🌟 Konsert mehmonlari:
🎤 Gulbahor Ahmadaliyeva
🎤 Nargiza Moʻminova
🎤 Qilichbek Madaliyev
🎤 Sardorbek Toyirov
va yana ko‘plab el suygan estrada yulduzlari!

📍 Manzil: “Yoshlarobod” markaziy o‘yingohi
🗓 Sana: 23-may, shanba
🕔 Vaqt: 17:00

✨ Futbol zavqi, jonli ijrolar va unutilmas kayfiyat bir maydonda jam bo‘ladi!

Barchangizni ushbu katta bayramga taklif etamiz!

🌐 Farg‘ona tumaniga oid eng so‘nggi yangiliklarni siz istagan formatda o‘qing:
https://gov.uz/oz/fargonatuman| Telegram | https://www.facebook.com/fargonatumanihokimligi | https://www.instagram.com/fargonatumanihokimligi | https://youtube.com/@fargonatumanihokimligi | https://x.com/fargonatumani
80001
Farg‘ona tumani hokimligi logo
Farg‘ona tumani hokimligi

23-may, 2026, 16:43

Photo
Shohimardon mahallasida xatlov ishlari olib borildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-yanvardagi PQ-5-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona tumani “Shohimardon” mahalla fuqarolar yig‘inida Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona tumani filiali rahbar va mas’ul xodimlari tomonidan xatlov ishlari olib borildi.

Jarayon davomida hududdagi yer uchastkalari hamda ko‘chmas mulk obyektlarining mavjud holati o‘rganilib, kadastr hujjatlarining qonunchilik talablariga muvofiqligi tahlil qilindi.

Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, hujjatlashtirish jarayonlarini tartibga solish hamda mavjud ma’lumotlar bazasini yangilash yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Bu boradagi ishlar bosqichma-bosqich davom ettirilmoqda.

🌐 Farg‘ona tumaniga oid eng so‘nggi yangiliklarni siz istagan formatda o‘qing:
https://gov.uz/oz/fargonatuman| Telegram | https://www.facebook.com/fargonatumanihokimligi | https://www.instagram.com/fargonatumanihokimligi | https://youtube.com/@fargonatumanihokimligi | https://x.com/fargonatumani
687003
Farg‘ona tumani hokimligi logo
Farg‘ona tumani hokimligi

23-may, 2026, 16:43

Photo
#Islohotlar_amalda

Deputatlik so‘rovi asosida "Maydon" mahallasida yo‘llarni ta’mirlash ishlari boshlandi

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Feruza Omonova tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rovi asosida chegara hududda joylashgan "Maydon" mahalla fuqarolar yig‘inining Yangiariq ko‘chasida yo‘llarni ta’mirlash ishlari boshlandi.

Aholi murojaatlari hamda hududlarda olib borilgan manzilli o‘rganishlar davomida mazkur ichki yo‘llarning nosoz holatga kelib qolgani, bu esa fuqarolarning kundalik harakati va transport qatnovida qator noqulayliklarni yuzaga keltirayotgani aniqlangan edi.

Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida bugungi kunda hududda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, fuqarolar uchun xavfsiz va qulay harakatlanish sharoitlarini yaratishga qaratilgan amaliy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarining sifatli va belgilangan muddatlarda bajarilishi deputatlik hamda jamoatchilik nazorati asosida monitoring qilib borilishi ta’kidlandi.

🌐 Farg‘ona tumaniga oid eng so‘nggi yangiliklarni siz istagan formatda o‘qing:
https://gov.uz/oz/fargonatuman| Telegram | https://www.facebook.com/fargonatumanihokimligi | https://www.instagram.com/fargonatumanihokimligi | https://youtube.com/@fargonatumanihokimligi | https://x.com/fargonatumani
807000

Showing 30 of 70 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

Farg‘ona tumani hokimligi Telegram kanali nima haqida?+

Farg‘ona tumani hokimligi (@fargonatumanihokimligi) — tgdio da Davlat imtihonlari toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 51 853 obunachi bor.

Farg‘ona tumani hokimligi (@fargonatumanihokimligi) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @fargonatumanihokimligi ga bepul obuna bo‘ling.

Farg‘ona tumani hokimligi yaxshi Davlat imtihonlari kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin Farg‘ona tumani hokimligi reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 51 853 obunachi bor. O‘xshash Davlat imtihonlari kanallar bilan solishtiring.

Farg‘ona tumani hokimligi statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @fargonatumanihokimligi sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.