Jizzaxda soliq qarzdorliklarini qisqartirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda
Jizzax viloyatida soliq qarzdorligini kamaytirish va budjet tushumlarini barqaror ta’minlashga qaratilgan manzilli tadbirlar izchil davom ettirilmoqda. Viloyat soliq organlari tomonidan olib borilayotgan tizimli ishlar natijasida bir qator amaliy ko‘rsatkichlarga erishilmoqda.
Xususan, Majburiy ijro burosi bilan hamkorlikda qarzdor korxonalarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilmoqda. Jumladan, “Jizzax parranda parvarish” MChJning 81 million so‘m miqdoridagi soliq qarzi bo‘yicha ijro harakatlari amalga oshirildi. Shuningdek, “Milena orzusi” fermer xo‘jaligidan soliq qarzdorligini undirish yuzasidan ham izchil ishlar olib borilmoqda.
Yirik undiruvlar qatorida “Irrigatsiya invest” MChJdan MIB depozit hisobraqami orqali jami 150 million so‘m mablag‘ undirilib, budjetga yo‘naltirildi.
Ayniqsa, G‘allaorol tumanida amalga oshirilgan ishlar e’tiborga loyiq. Tuman soliq inspektorlari tomonidan korxona va tashkilotlardan soliq qarzlarini undirish bo‘yicha quyidagi natijalar qayd etildi:
— G‘allaorol markaziy shifoxonasidan bir necha transhda jami 5 million 559 ming 72 so‘m;
— Tuman obodonlashtirish boshqarmasidan 2 million 330 ming 420 so‘m;
— “Turon” fermer xo‘jaligidan 871 ming so‘m;
— “Usta Safar ota” fermer xo‘jaligidan 500 ming so‘m;
— “Oq tosh” fermer xo‘jaligidan 200 ming so‘m mablag‘ undirildi.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, bu kabi chora-tadbirlar soliq intizomini mustahkamlash, halol soliq to‘lovchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda budjet barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Qayd etilishicha, kelgusida ham soliq qarzdorligini kamaytirish, qonunbuzilishlarning oldini olish va tadbirkorlar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish ishlari ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qoladi.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇
https://t.me/jizzaxviloyatihokimligi| https://t.me/jizzaxviloyatihokimi| https://www.facebook.com/pressslujba/| https://www.youtube.com/c/Jizzaxviloyatihokimligi| https://www.instagram.com/jizzaxviloyathokimligi/| http://ok.ru/| https://t.me/jizzaxuz_bot| https://twitter.com/Jizzaxviloyath1|