FarDU yoshlari | Rasmiy kanal Telegram channel photo

FarDU yoshlari | Rasmiy kanal

@fdu_yoshlariPublic Channel

🏛Farg'ona davlat universiteti yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkilotining rasmiy sahifasi 🔰Murojaat uchun universitet yoshlar yetakchisi: ✍️ @Jabborov_96 ☎️ +998936424247 📌Bizni kuzatishda davom eting! 👉Matbuot xizmati: @FarDU_media

Siyosato‘zbekOʻzbekiston

273

Last views

1.7k (1,692 subscribers)
A'zolar
—
Rating
76
Total Posts
Oct 15, 2026, 5:08 PM
Yangilangan
Apr 11, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameFarDU yoshlari | Rasmiy kanal
Username@fdu_yoshlari
CategorySiyosat
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar1,692
Channel TypePublic Channel
Created11-apr, 2026
Last Updated15-okt, 2026 • 6 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#40407+241
Til reytingi
#355+1
Toifa reytingi
#722+13

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 1.7K30 Days growth: +1268%
09/1609/2109/2610/0110/0610/1110/15
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
16:09:20261,566
17:09:20261,566
18:09:20261,679
19:09:20261,679
20:09:20261,679
21:09:20261,679
22:09:20261,679
23:09:20261,679
24:09:20261,679
25:09:20261,679
26:09:20261,679
27:09:20261,679
28:09:20261,679
29:09:20261,679
30:09:20261,679
01:10:20261,679
02:10:20261,679
03:10:20261,679
04:10:20261,679
05:10:20261,679
06:10:20261,679
07:10:20261,679
08:10:20261,679
09:10:20261,679
10:10:20261,679
11:10:20261,679
12:10:20261,679
13:10:20261,679
14:10:20261,679
15:10:20261,692
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 06:04:20261,787
Week of 13:04:20261,781
Week of 20:04:20261,781
Week of 27:04:20261,769
Week of 04:05:20261,769
Week of 11:05:20261,769
Week of 18:05:20261,719
Week of 25:05:20261,719
Week of 01:06:20261,719
Week of 08:06:20261,719
Week of 15:06:20261,719
Week of 22:06:20261,719
Week of 29:06:20261,574
Week of 06:07:20261,574
Week of 13:07:20261,574
Week of 20:07:20261,574
Week of 27:07:20261,574
Week of 03:08:20261,508
Week of 10:08:20261,508
Week of 17:08:20261,525
Week of 24:08:20261,547
Week of 31:08:20261,547
Week of 07:09:20261,566
Week of 14:09:20261,679
Week of 21:09:20261,679
Week of 28:09:20261,679
Week of 05:10:20261,679
Week of 12:10:20261,692
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
April 20261,781
May 20261,719
June 20261,719
July 20261,574
August 20261,547
September 20261,679
October 20261,692
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
20261,692

So'nggi postlar

Photo1/2
🗣“Munozara” to‘garagi faoliyati yo‘lga qo‘yildi!

Aziz talabalar! Tanqidiy fikrlash, nutq madaniyati va mantiqiy tahlil ko‘nikmalarini rivojlantirmoqchi bo‘lganlar uchun ajoyib imkoniyat — “Munozara” to‘garagi ish boshladi.

✔️To‘garak sizga:
➡️ Munozara madaniyatini o‘rgatadi
➡️Fikrni asosli himoya qilishni rivojlantiradi
➡️Nutq mahoratini oshiradi
➡️Intellektual musobaqalarda qatnashish imkonini beradi

❗️Ushbu to’garak talabalarni Grand kontraktga taqsimlashda 10 ball berishini ham unutmang

🗓Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
"Munozara" koordinatori: Jamoliddin Ergashev
@ergashev1501 +998903661501
🗓 Sana: 22.10.2026
⏰ Vaqt: 14:00
📍 Joy: Nilufar studiyasi

Bizni kuzatishda davom eting👇
✅Telegram | 🌐Instagram |✅Facebook
273002
Photo1/8
🥵Farg‘ona davlat universitetida talaba-yoshlarning xavfsizligini ta’minlash hamda hududda tartib-intizomni saqlash ustuvor vazifalardan biridir.

🔺Shu munosabat bilan, universitetning "Qalqon" jamoatchilik guruhi a’zolari tomonidan oliygoh atrofi hamda talabalar gavjum harakatlanadigan piyodalar o‘tish yo‘laklarida navbatdagi nazorat tadbiri o‘tkazildi.

📝Tadbirlar davomida:

🔺Piyodalar va haydovchilar tomonidan yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishi kuzatildi;

🔺Universitet hududiga kirish va chiqish yo'laklarida intizom va xavfsizlik nazorati ko'zdan kechirildi.

📌Bu kabi amaliy tadbirlar talabalarimizning xavfsiz va osoyishta muhitda ta’lim olishlarini ta’minlashga xizmat qiladi.
373000
Photo1/10
🏛 TARIX FAKULTETI NAVBATDAGI “ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘YININI O‘TKAZDI!

📚 Tarix fakultetida talabalarning intellektual salohiyatini oshirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
✅Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuv davomida ishtirokchilar o‘z bilimlari, topqirliklari, tezkor fikrlash qobiliyatlari hamda jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini namoyon etdilar. Har bir savol ishtirokchilardan chuqur mushohada, aniq tahlil va mantiqiy yondashuvni talab qildi.
✏️ Mazkur intellektual o‘yin talabalar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, bilimga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish va yoshlarning intellektual salohiyatini yuzaga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi.

@Tarixyoshlarittifoqi
412002
Photo1/12
👉FDU – REPORT I ZAKOVAT KLUBI

16.10.2026
🏷 IQTISODIYOT FAKULTETI

🔰 Iqtisodiyot fakulteti Yoshlar ittifoqi kengashi "Intellektual loyihalar" yoʻnalishi koordinatori S.Abdurasulova tashabbusi bilan fakultetimiz talabalari oʻrtasida zakovat intelektual oʻyini 3-tur oʻyini boʻlib oʻtdi.

Statistika : 16ta jamoa va 100ga yaqin talabalar qatnashdi ✅

👩‍💻Tur natijalari va keyingi oʻyinlar boʻyicha batafsil maʼlumotlarni  fakultet Zakovat kanalida kuzatib borishingiz mumkin!


umumiy natijalar


#FarDu 🏛 #IQTISODIYOT_26
#Yoshlar_ittifoqi #Zakovat
443000
Video
Qadrli ota-onalar!

Farzandingizni asrang. Giyohvandlikka qarshi kurash e’tibor va mas’uliyatdan boshlanadi.

—————————

Уважаемые родители!

Берегите своих детей. Противодействие наркомании начинается с внимания и ответственности.

✅ Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring

🖥 Web-sayt | 📱 Telegram | 📱 Instagram |📱 Facebook
286001
Photo1/10
🌱 “Yashil makon” — obodlik va hamjihatlik sari! 💚

Chet tillari fakulteti Yoshlar ittifoqi kengashi tashabbusi bilan “Yashil makon” tadbiri tashkil etildi. 🌿

Tadbir davomida yoshlar atrof-muhitni asrash, hududlarni obodonlashtirish va tabiatga bo‘lgan mehrni oshirish yo‘lida birlashdilar. Bunday ezgu tashabbuslar nafaqat yashil hududlarimizni kengaytiradi, balki yoshlar o‘rtasida hamjihatlik, hamkorlik va jamoaviylik ruhini ham mustahkamlaydi. 💚

🤝 Volunteers Team hamda “Команда добра” hamkorligida amalga oshirilgan ushbu ish barchamizni ona tabiatni asrashga va atrofimizni yanada obod qilishga chorlaydi.

🌍 Tabiatni asrash — kelajakni asrash!
427003
Photo
Diqqat, Tanlov!
🇺🇿Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi “Jonajon oʻzbek tilim” tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:

• oʻzbek tilining oʻziga xos xususiyatlari, muammo va yechimlari yoritilgan eng yaxshi ilmiy tadqiqot;

• oʻzbek tilini raqamlashtirishga qaratilgan eng yaxshi dasturiy mahsulot;

• oʻzbek tilining boy imkoniyatlari tarannum etilgan eng yaxshi badiiy-ijodiy asar;

• davlat tili boʻyicha ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan eng yaxshi material;

• oʻzbek tili targʻibotiga bagʻishlangan eng yaxshi videorolik;

• oʻzbek tilini xalqaro miqyosida ommalashtirishga xizmat qilayotgan eng yaxshi amaliy ish;

• oʻzbek tilining xorijlik doʻstlari tomonidan yaratilgan eng yaxshi ilmiy-ijodiy ish.

⚠️Tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlar o‘zi haqidagi ma’lumotlarni https://t.me/dtrdep) ilmiy-ijodiy ishining elektron nusxasini ilova qilgan holda 20-avgustdan 20-sentabrgacha yuborishlari lozim.

Hujjatlar quyidagi manzillarda qabul qilinadi:

• Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi
(Manzil: Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Bobur koʻchasi 21A);

• https://t.me/Jonajontilim_bot telegram boti;

• [email protected] elektron pochtasi.

G‘oliblar bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdoridagi pul mukofoti, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Mukofotlar 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni arafasida topshiriladi.

✈️ https://t.me/dtrdep | ™️ https://www.facebook.com/groups/2740806312635791 | 📺 http://www.youtube.com/@DAVLATTILIDEPARTAMENTI
401003
Photo
#Qalqon

✅ Fargʻona davlat universiteti "Qalqon" jamoatchilik guruhi a'zoligiga qabul boshlandi.

⚡️ "Qalqon" jamoatchilik guruhiga tashabbuskor, fidoiy, jamoat ishlarida faol bo'lgan talabalarni qabul qilamiz.

✅ "Qalqon" jamoatchilik guruhi a'zosi bo'lgan universitet talabalari:
✔️ Universitet tomonidan moddiy rag'batlantirilib boriladi;

✔️ Maxsus ajratuvchi belgilarga ega bo'lgan kiyim (forma) va a'zolik guvohnomasi bilan ta’minlanadi.

❗️ "Qalqon" jamoatchilik guruhiga a'zo bo'lish istagida bo'lgan talabalar murojaat qilishlari mumkin.

📝Talablar:O’g’il bollar mudatli harbiy xizmatni o’tagan bo’lishi kerak.

📍 https://telegra.ph/NIZOM-08-04-3

🕖 "Qalqon" jamoatchilik guruhiga nomzod talabalarni ro'yxatga olish 2026-yil 15-sentabr, soat 00:00 ga qadar davom etadi.

📥 Murojaat uchun:+998936424247
https://t.me/Jabborov_96
2,290000
Photo
Prezident tabrigidan: ta’lim va ilm-fanga oid muhim fikrlar

🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan so‘zlagan nutqida ta’lim, ilm-fan, innovatsiyalar va yoshlar masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

📌Kelgusi yillarda bilim va malakani mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy kapitaliga aylantirishga qaratilgan milliy dastur amalga oshiriladi.

📌Yurtimizdagi texnikumlarda xalqaro ta’lim standartlari joriy etiladi. Yoshlarga yuqori daromadli kasblarni o‘rgatish yo‘lga qo‘yilib, qamrov 1 million nafarga yetkaziladi.

📌Yangi Toshkentda Yangi O‘zbekiston universiteti, Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti va O‘zbekiston milliy kutubxonasining yangi binolari ishga tushirilgani, ushbu hudud kelgusida ilm-fan, ta’lim va madaniyat markaziga aylanishi qayd etilgan.

📌Yangi O‘zbekistonda kasb egallamagan birorta yigit-qiz qolmasligi maqsad qilingan.

📌Kelgusida kamida 10 ta universitetni dunyoning TOP-1000 talik reytingiga kiritish katta marra sifatida belgilandi.

📌Oliy ta’limda o‘qish uchun qulay sharoitlarning kengayishi natijasida talabalar soni 1 million 600 ming nafarga yetdi.

📌Talabalarning yarmidan ko‘pini xotin-qizlar tashkil etayotgani Uchinchi Renessansning o‘ziga xos qiyofasi sifatida qayd etildi. Bilimli qizlar — bilimli oila, bilimli avlod va ma’rifatli jamiyat demakdir.

📌Ta’lim bilan bir qatorda ilm-fan, zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalar taraqqiyotimizning hal qiluvchi omili sifatida belgilanmoqda.

📌IT, sun’iy intellekt va kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish orqali 10 million yoshni raqamli industriya va kelajak kasblariga olib kirish maqsad qilindi.

📌O‘zbekiston texnologiya sohalarida jahonga ilg‘or tashabbuslarni taklif qiladigan markazga aylanishi zarur. O‘zbek tili esa raqamli dunyoda ilm va texnologiya yaratiladigan til bo‘lishi lozim.

📌Dunyo hamjamiyatida munosib o‘rin egallash uchun bilimli, kelajak kasblarini puxta egallagan va mustaqil fikrlaydigan yangi avlod mutaxassislari zarur.

📌Shu bois ta’limga sifat va mazmun olib kirish, muallimning obro‘-e’tiborini yuksaltirish va uning daromadini oshirishga e’tibor qaratilmoqda.

📌Prezident yoshlarni “Yangi O‘zbekiston yulduzlari, kelajak bunyodkorlari” deb atab, ularni oldinga intilish va doimiy izlanishdan to‘xtamaslikka chaqirdi.

https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/| http://youtube.com/c/eduuz | https://t.me/eduuz
615005
Video
#Mustaqillik_tengdoshi
#Davlat_xizmatchisi

"35 yillik Mustaqillik — kechagi tariximiz, bugungi shukronamiz va ertangi buyuk maqsadlarimiz timsolidir"

O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Farg‘ona viloyati “Istiqbolli davlat xizmatchisi – 2025 TOP - 100” tanlovi g‘olibi, #Mustaqillik_tengdoshi Alisherjon Anvarovning bayram tabrigi.

Kanalga obuna bo'lish uchun 😎 https://t.me/BSA_fergana
490003
⚡️Oʻqishni koʻchirish imtihonlaridan oʻtgan talabalar diqqatiga!

Agar test sinovlarida belgilangan talabni bajargan va yetarli ball to‘plagan bo‘lsangiz, endi siz quyidagilarni bosqichma-bosqich bajaring:

1⃣ Oʻqishingizni koʻchirgan oliygohga qoʻngʻiroq qiling va qachon borishingiz mumkinligini soʻrang;

2⃣ Oliygoh rasmiylari aytgan sanada pasport, transkript hamda titul varagʻingiz bilan boring.

3⃣ U yerda sizning fanlar farqingiz hisoblab beriladi va 1-kurs 1-semestrdan qarzdorligingiz bor yoki yo‘qligi aniqlanadi. Agarda fanlar farqi haqida ma'lumot berishmasa, rasmiylardan fanlar-farqini hisoblab berishlarini soʻrang.

4⃣ Agarda kursingiz pastlasa va shu sababli oʻqishni koʻchirishni istamasangiz bu haqida ularga ayting hamda hozirgi oʻqish joyingizda darslarga qatnashishda davom eting. (Kursi pasaysa, oʻqishini koʻchirishni istamaganlar uchun)

5⃣ Shundan so‘ng oʻqishingiz koʻchirayotgan oliygohingiz hozirgi ta’lim olayotgan OTMingizga “Sizning falonchi talabangizning oʻqishi bizga koʻchirishga tavsiya etilibdi, uning mana bu hujjatlarini bizga yuboring” degan mazmunda kerakli hujjatlar roʻyxati koʻrsatilgan aloqa xati yuboriladi.

6⃣ Keyin siz oʻqiyotgan oliygohingizga borib, talabalar safidan chetlashtirish toʻgʻrisida ariza yozasiz va sizga bir necha kun ichida kerakli hujjatlar asl nusxalari taqdim etiladi. (Eslatma, aloqa xatisiz sizga hech qanday hujjat berilmaydi)

7⃣ Agarda siz 1-semestrdan qarzdor boʻlsangiz, avval shu qarzdorlikni bartaraf etib keyin, kerakli hujjatlarni olasiz. Oʻqishingizni koʻchirgan oliygoh 1-semestrdagi qarzdorlik bilan sizni qabul qilmaydi. Boshqa semestrdagi qarzdorliklarni esa oʻqishingizni koʻchirilgan oliygohda topshiriladi.

8⃣ Hujjatlaringizni oʻqishingizni koʻchirgan oliygohga taqdim etasiz. Mas'ullar sizga fanlar farqi to‘g‘risida ma’lumotnoma beradi. Ushbu fanlar farqini aynan yangi universitetingizda yopasiz.

9⃣ Fanlar farqi 4 tadan oshsa kursingiz pasayadi, shu narsani inobatga oling. Fanlar farqini topshirish uchun oʻqishingizni koʻchirgan oliygohga ular hisoblab bergan kredit summasini ham toʻlaysiz.

🔟 Darslar qachondan boshlanishi har bir oliygoh tomonidan mustaqil belgilanadi. Xoxlasa siz hujjatlarni toʻliq olib kelganingizdan keyin qaysidir guruhga qoʻshib yuboradi, xoxlasa siz kabi boshqa "perevodchilar" ham hujjatlarni toʻliq olib kelgach yangi guruh ochib keyin darslarga qoʻyadi.

💲 Siz bu orada agarda oddiy kontrakt asosida oʻqishni koʻchirgan boʻlsangiz 25%, super kontrakt asosida boʻlsa 50% summasini ham toʻlashingiz lozim boʻladi.

➡️ Muhim xabar: Siz oliygohga muddatidan avval shoshilib borib olmang, "menga qoʻngʻiroq qilishadi" deb ham kutmang. Eng ma'quli oliygoh raqamini topib qoʻngʻiroq qiling va mas'ullar aytgan sanada tashrif buyuring.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
🌍 https://t.me/Talimgaoid_perevod
762001
⚡️ Kontraktni 4 qismga bo‘lib to‘lash mumkin

To‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan talabalar kontraktni bir yil davomida 4 qismga bo‘lib to‘lashi mumkin:

➡️25% — 1-kurslar 15-sentyabrgacha, yuqori kurslar 1-oktyabrgacha
➡️50% — 1-yanvargacha
➡️75% — 1-martgacha
➡️100% — 1-maygacha

❗️Muddatlar uzaytirilishi mumkin. 1-kurslar uchun muddatni Davlat qabul komissiyasi, boshqa holatlarda OTM rektori belgilaydi.

🔰 Moliyaviy mustaqil davlat OTMlari va nodavlat oliygohlar kontrakt miqdori va muddatlarini o‘zlari belgilaydi.

‼️Super-kontrakt uchun ham bo‘lib to‘lash mumkin, ammo avval 50% to‘lov amalga oshirilishi kerak.

📝 Kontrakt to‘lovi bo‘yicha ariza http://kontrakt.edu.uz/ orqali yuboriladi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
🌍 https://t.me/Talimgaoid_perevod
595000
📢 DIQQAT, AZIZ TALABALAR VA BITIRUVCHILAR!

Siz san’atshunoslik yo‘nalishida tahsil olayapsizmi yoki ushbu sohani muvaffaqiyatli tamomlaganmisiz? O‘z bilimlaringizni amaliyotda qo‘llash, tajribali mutaxassislar yonida o‘sish va daromad topishni xohlaysizmi?

Nurafshon o‘quv markazi sizni o‘z jamoasiga lutfan taklif etadi! Bizga kuchli va intiluvchan Art-terapevt kerak!

🌟 Siz uchun yaratilgan imkoniyatlar:
🎯 O‘qitish va amaliyot: Art-terapiya yo‘nalishi bo‘yicha zamonaviy metodikalar va ijodiy yondashuvlarni noldan hamda chuqurlashtirilgan holda o‘rgatamiz.
💼 Kafolatlangan ish o‘rni: Kurslarni muvaffaqiyatli o‘tagan va natija ko‘rsatgan nomzodlarni markazimizga doimiy ishga qabul qilamiz.
💰 Munosib daromad va rag‘bat: Mehnatingizga yarasha raqobatbardosh maosh hamda doimiy o‘sish imkoniyati.
🤝 Ahil va professional jamoa: O‘z sohasining kuchli mutaxassislari bilan tajriba almashish va birga rivojlanish muhiti.

📋 Kimlarni kutmoqdamiz?
San’atshunoslik, tasviriiy san’at va ijodiy yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim olayotgan yoki bitirganlar;
Bolalar bilan ishlashni sevadigan, sabr-toqatli va mas'uliyatli nomzodlar;
O‘z ustida ishlashni va art-terapiya sohasida kuchli mutaxassis bo‘lishni maqsad qilganlar.

📱 Aloqa uchun:
+998507816880
+998933293511
+998911315676

📍 Manzil: Farg‘ona shahar, Uzsalaman
767001
Video
🎬 FDU – REPORT | IQTIDORLI TALABALAR

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan "Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va yangi kelajak yaratamiz!" shiori ostida e'lon qilingan videoroliklar tanlovida Iqtisodiyot fakulteti, Buxgalteriya hisobi yoʻnalishi
25.93-guruh talabasi Marufjonov Shohruz Raufjon oʻgʻli ham faol ishtirok etib, o‘zining ijodiy videoroligini taqdim etdi.

💠 Mazkur videorolikda Vatanga sadoqat, milliy birlik, tinchlik va taraqqiyot g‘oyalari hamda yoshlarning Yangi O‘zbekiston ravnaqiga qo‘shayotgan hissasi yorqin ifoda etilgan.

✨ Yurtimiz taraqqiyoti va Vatan ravnaqi yo‘lida amalga oshirilayotgan ezgu ishlarga befarq bo‘lmagan barcha iqtidorli talabalarimizga omad tilaymiz!

⏰ Rasmiy sahifalarimiz:

📱 https://t.me/Iqtisodiyot_01Yoshlar_ittifoqi l 📱 https://www.instagram.com/fdu_iqtclub?igsh=bmczZ2t3czVtYWJl
847003
Photo
📰 Oliy ta’lim muassasalarida yoshlar siyosati va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi o‘rganilmoqda

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Farg‘ona viloyati Kengashi ishchi guruhi tomonidan Farg‘ona davlat universitetida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

📁 O‘rganishlar jarayonida 2025–2026-o‘quv yili uchun ishlab chiqilgan rejalar hamda ularning ijrosi, amalga oshirilgan loyihalar va tadbirlar, Yoshlar yetakchilari, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti Kengashi hamda fakultet koordinatorlarining faoliyati atroflicha tahlil qilindi.

🔍 Shuningdek, talaba-yoshlar bilan ishlash tizimi, yoshlar bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, tashabbus va g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy faolligini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

📊 Mavjud muammo va kamchiliklar muhokama qilinib, faoliyat samaradorligini yanada oshirish, rejalashtirilgan vazifalar ijrosini sifatli ta’minlash yuzasidan amaliy tavsiya va takliflar berildi.

📁 Mazkur o‘rganishlarning asosiy maqsadi oliy ta’lim muassasalarida yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, talaba-yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ular uchun yanada keng imkoniyatlar yaratishdan iborat.

#YoshlarSiyosati #YoshlarIttifoqi #Fargona #TalabaYoshlar #OliyTalim

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ https://t.me/fargonayoshlari_yi 2️⃣ https://www.instagram.com/yi_fargonayoshlari?igsh=NW44b2Jlcjg1MGpl
3️⃣ https://www.facebook.com/share/1CfqxLEG6G/?mibextid=wwXIfr 📺 https://www.youtube.com/@yoshlarittifoqi/
792001
Video
🔈 1-bosqichga qabul qilingan talabalar diqqatiga!

Yotoqxona uchun arizalar qabuli boshlandi!
2026/2027-o‘quv yilida talabalikka tavsiya etilganlar bugundan (18-avgustdan) e’tiboran talabalar turar joyi uchun ariza topshirishlari mumkin.

Ariza topshirish tartibi:⤵️

✔️ http://my.gov.uz/ portal orqali https://my.gov.uz/uz/service/870
✔️ Yotoxonaga navbatni https://my.gov.uz/uz/service/874

➡️Batafsil videoda.👆

https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/| http://youtube.com/c/eduuz | https://t.me/eduuz
329000
Photo
Diqqat, tanlov!

😇 Xotin-qizlarning bilim va savodxonligini oshirishga qaratilgan "WikiAyollar" onlayn tanlovi https://t.me/WikiMarafon hamda https://t.me/qizlarakademiyasiuz loyihalari doirasida tashkil etilmoqda. Tanlov 30-iyuldan 23-avgustgacha davom etadi.

🤩 Shartlar juda oddiy: https://t.me/WikiTanlov_bot orqali roʻyxatdan oʻtasiz, 22-avgustga qadar '' https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.globalmove.girls_academy"ning istalgan kursini tugatib, sertifikatni botga yuklaysiz. 23-avgust kuni esa 30 ta test savoliga javob berasiz.

❗️ Test savollari ayollarga oid https://wikimarafon.uz/blog/30/ va " https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.globalmove.girls_academy" kurslari asosida tuziladi. Yakuniy natijalar 25-avgustga qadar rasmiy kanalimizda e'lon qilinadi. Barchaga omad yor boʻlsin!

Batafsil — https://wikimarafon.uz/blog/29/

https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/| http://youtube.com/c/eduuz | https://t.me/eduuz
473000
Photo
#talabaga_qulaylik
#yotoqxonaga_joylashtiraman
#ijara_xonadoni_kerakmi

▶️Fargʻona davlat universitetida “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari boʻyicha maʼlumotlar markazi” faoliyatini boshladi.

🏢Turar joyga ehtiyoji boʻlgan va universitet yotoqxonasiga joylashmoqchi boʻlgan talabalar ushbu markazga murojaat qilishlari mumkin.

📲Shuningdek, http://my.gov.uz/ platformasi orqali ham talabalar turar joylaridan joy olish uchun arizalaringizni topshirishingiz mumkin.

✅Davlat-xususiy sherikchilik asosida faoliyat yuritayotgan yotoqxonalarga Chet tillari, Ingliz tili va adabiyoti, Filologiya, hamda Fizika matematika fakulteti talabalari https://kontrakt.edu.uz/ sayti orqali ariza shartnomalarni shakllantirishlari mumkin:

Faqatgina:2-3-4-kurs talabalari

Qoʻshimcha maʼlumotlarni quyidagi Telegram manzillari orqali olishingiz mumkin:
📲 https://t.me/FDU_TTJ_2026
📲 https://t.me/Ali_Ochilov1
Yoki telefon orqali:
📞(+998)93-642-42-47
📞 (+998)94-056-43-21
224001
Photo
#rasmiy_bayonot

⚡️1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga!

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish xizmati 1-bosqich talabalari uchun ham ishga tushirildi.

18-avgustdab 2026/2027-o‘quv yilida 1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar Davlat xizmatlari markazlari yoki http://my.gov.uz/ portali orqali talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza topshirishlari mumkin.

Talabalar turar joylariga joylashtirish belgilangan tartib va mavjud o‘rinlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

☝️Eslatma: reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida taqsimlanadi. Jumladan 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foizgacha joy ajratiladi.

https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/| http://youtube.com/c/eduuz | https://t.me/eduuz
256000
Photo
#BMTModeli #YoshlarTinchlikUchun

🙋‍♂️ Jahon yoshlarining tinchlik sari harakati haqida eshitganmisiz?

⏰ 17-avgust kuni soat 11:00 da Toshkent shahridagi https://yandex.uz/maps/-/CHQiM-Yu Jahon yoshlarining tinchlik sari harakati taqdimoti hamda “Yoshlar tinchlik uchun” Birlashgan Millatlar Tashkilotining Modeli bo‘lib o‘tadi.

👥 Jahon Yoshlarining tinchlik sari harakati tashabbusi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida ilgari surilgan bo‘lib, dunyo yoshlarini tinchlik yo‘lidagi global harakatga birlashtirishga qaratilgan.

👥 Tadbir xalqaro ekspertlar va yoshlar yetakchilarini tinchlik, totuvlik va o‘zaro hamkorlik yo‘lida bir maskanda jamlaydi.

📢 https://yoshlar.gov.uz/surveys/cdd2203a46da1a25!

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ https://t.me/yoshlarittifoqi_uz 2️⃣ http://instagram.com/yoshlarittifoqi.uz
3️⃣ http://facebook.com/yoshlarittifoqi.uz 📺 https://www.youtube.com/@yoshlarittifoqi/
513000
⚡️Oltinchi yoʻnalish tanlash qachon boshlanadi?

Oʻtgan yili avgust oyi oxirida 6-yoʻnalish tanlash imkoni berilgan edi. Bu yil ham agar toʻlmay qolgan kvotalar boʻlsa bunday imkon beriladi.

Vakant oʻrin (6-yoʻnalish) oʻzi nima?

Masalan deylik, Andijon davlat universitetining Tarix yoʻnalishiga bu yil 40 ta kvota ajratilgan. Lekin shu kvota doirasida 30 ta abituriyent oʻqishga kirgan, qolgan 10 ta oʻrin esa 56,7 ball ham toʻplay olmagan abituriyentlar hisobiga boʻsh qolgan. Natijada mana shu 10 ta oʻrin uchun 6-yoʻnalish sifatida tanlash imkoni beriladi.

❓Xoʻsh 6-yoʻnalishni tanlash tartibi qanday?

1 haftadan keyin yuqorida ta'kidlaganimdek, qaysi oliygohlarda qaysi yoʻnalishlar toʻlmay qolgani haqida ma'lumotlar chiqadi. Shunda 56,7 balldan koʻp toʻplab, 5 ta yoʻnalishga  ham oʻqishga kirolmagan abituriyentlar 6-yoʻnalishni tanlashlari uchun http://my.uzbmb.uz/ sayti orqali onlayn jarayon boshlanadi.

❗️Xoxlagan oltinchi yoʻnalishni tanlay olmaysiz!

Beshta yoʻnalishga ham oʻqishga kirolmagan abituriyentlar topshirgan fanlar majmuasiga mos 6-yoʻnalish mavjud boʻlsagina topshira oladilar. Ya'ni Tarix yoʻnalishiga xos fanlardan test topshirgan abituriyent Iqtisodiyot yoʻnalishidagi vakant oʻrinni tanlay olmaydi.

Agarda siz topshirgan fanlarga mos 6-yoʻnalish qaysidir OTMda mavjud boʻlsa uni tanlaysiz hamda mavjud balingiz bilan taqdiringiz aniq boʻladi. Ya'ni boʻsh qolgan 5 ta oʻrin uchun siz kabi 6-yoʻnalish tanlaganlardan kimning bali yuqori boʻlsa shu 5 kishi qabul qilinadi. Qolganlar qabul qilinmaydi.

📌 Shuningdek, quyidagi botlar orqali ham mandat natijalarini bilishingiz mumkin:

👉 https://t.me/mandat_uzbmbbot
👉 https://t.me/mandat_uzbmb1bot
👉 https://t.me/mandat_uzbmb2bot

Ta'lim tizimiga oid yangiliklar:
➡️ https://t.me/Talim_Live
434000
❓Byudjetga kirdim, boshqa yo‘nalishga kontraktga o‘zgartira olamanmi?

❌JAVOB: Yo‘q, o‘zgartira olmaysiz.

Xullas, endi hech narsani o‘zgartira olmaysiz. Qaysi yo‘nalishga grantga kirgan bo‘lsangiz, o‘sha yerda grantda, kontraktga kirgan bo‘lsangiz, o‘sha yerda kontraktda o‘qiysiz.

Yo’nalish tanlayotganda o‘z shaxsiy tanlovingizni qilib bo‘lgansiz, “endi bunga o‘tsam-chi, endi unga o‘tsam-chi”, degan savollardan foyda yo‘q.

❓Ball sotib olsa bo’ladimi?

Boshqa yo’nalishga 1 ball yetmabdi, endi ball sotib olsam bo’ladimi, deb ham so’rashadi. Bunaqa amaliyot yo’q. Hech qanaqa ball sotib olib bo’lmaydi.

❓O‘qishga KIRGANLAR boshqa yo‘nalishga super-kontraktni tanlay oladimi?

Masalan, birinchi va ikkinchi yo‘nalishga bali yetmadi, lekin uchinchi yo‘nalishga o‘qishga kirdi. Abituriyent uchinchi yo‘nalishda o‘qishni istamay, birinchi yoki ikkinchi yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy oladimi?

✅ Bu masala hozircha ochiq turibdi, joriy yilgi tartib tasdiqlanmagan.

O‘tgan yili abituriyent o‘zi tanlagan BIRINCHI yo‘nalishga kira olmagan, lekin 2, 3, 4 yoki 5-yo‘nalishlardan biriga o‘qishga kirgan bo‘lsa, unda istisno tariqasida faqat BIRINCHI tanlagan yo‘nalishida super-kontraktda o‘qishiga ruxsat berilgan edi. Bu istisno 2, 3 yoki 4-yo‘nalishga taalluqli emas. Yaʼni 3 ga kirgan bo‘lsa, 2-yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy olmasdi, faqat BIRINCHIga ruxsat berilgandi. Joriy yilgi tartib tadsiqlansa, qo‘shimcha xabar beriladi.

📊 Super kontraktni hisoblab beruvchi bot: https://t.me/superkontrakt_bot

Safimizga qo'shiling👇
https://t.me/+Xa6LRjERxwo4Njdi
https://t.me/+Xa6LRjERxwo4Njdi
391000
⚡️Rasman: O'qishni ko'chirish imtihonlari boshlanmoqda

Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan respublika oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari joriy yil 19-20-avgust kunlari bo‘lib https://t.me/nodavlattalim.

✅ Shu munosabat bilan Bilimni baholash agentligi standardlariga muvofiq, o'qishni ko'chirish imtihonlaridagi majburiy fanlar bo‘yicha test topshiriqlarini ishlash uchun maxsus https://t.me/BMB_testbot telegram boti ishga tushirildi.

Mazkur bot orqali majburiy fanlardan test topshiriqlarini elektron shaklda ishlash va bu orqali majburiy fanlardan test sinoviga tayyorgarlik ko‘rish mumkin.

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bloklar:
👉 https://t.me/BMB_testbot;
👉 https://t.me/BMB_testbot;
👉 https://t.me/BMB_testbot.

👉 https://t.me/BMB_testbot 👈
380000
Photo
📣CHET TILLARI FAKULTETI TALABALARI DIQQATIGA! 🎓

🔔Hurmatli 1-bosqichga tavsiya etilgan talabalar!

💬 O‘zingiz tahsil oladigan yo‘nalish bo‘yicha kerakli ma’lumotlarni olish, savollaringizga javob topish va fakultet mas’ullari bilan bog‘lanish uchun quyidagi mas’ullarga murojaat qilishingiz mumkin:

⚡️ Filologiya va tillarni o’qitish: ingliz tili yo’nalishi
👤 Niyozova Nargizaxon
📞 +998 90 040 50 01
👤 Omonova Naimaxon
📞 +998 91 676 17 83

⚡️ Xorijiy til va adabiyoti: nemis tili yo’nalishi
👤 Abdurahmonova Matlubaxon
📞 +998 90 162 66 82

⚡️ Xorijiy til va adabiyoti: fransuz tili yo’nalishi
👤 Akbarova Zuhraxon
📞 +998 91 664 37 66

📌 Hurmatli talabalar, o‘zingizga tegishli yo‘nalish bo‘yicha mas’ul bilan bog‘lanib, barcha kerakli ma’lumotlarni olishingiz mumkin.

🎓 Chet tillari fakulteti jamoasi sizlarni samimiy qutlaydi va talabalik hayotingizda muvaffaqiyat tilaydi! 💐

Yangi bosqich — yangi imkoniyatlar!✨

🔥Talabalik muborak!🔥

https://t.me/fsuchettillari
359003
Photo
FDU VOLONTYOR YOSHLARI DIQQATIGA!
📢Xabaringiz bor, butun respublikamiz bo‘yicha Universiada sport o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu jarayonga FarDU mezbonlik qilmoqda.

🖐️ Volontyorlikka qiziqsangiz, universitet hayotida ezgu tashabbuslarni olg‘a surish imkoniyati sizda mavjud!

❕ Universiada umumiy va tashkiliy jarayonlari 19-may sanasidan boshlanadi.
Volontyor bo‘lishning imtiyozlari
1.Jamoada ishlash ko‘nikmasi
2.Ishtirokingizni tasdiqlovchi sertifikat bilan taqdirlanish
3.Universiada tashkilotchisi (organizatori) bo‘lish
4.Sport, shou, konsert, sayohatlar barchasida bevosita ishtirok etish!

✅Volontyor-organizator sifatida ishtirok etish uchun quyidagi ma’lumotlarni yuboring:
1.F.I.Sh.
2 Fakultetingiz
3.Kursingiz
4.Yashash manzilingiz
5.Faol telefon raqamingiz
6.1 haftaga mo‘ljallangan tadbirda volontyor sifatida necha kun ishtirok etmoqchisiz?
Yuqoridagilarni https://t.me/Volontyorlar_markazi_FarDU_bot manziliga yuboring!

✨Sizni volontyorlik oilasi bilan ezgu ishlarda tashabbus ko‘rsatish vaqti kutmoqda...
656000
Video
#Milliy_kontent

Farg'ona davlat universiteti - millikni targ'ib etuvchi maskan!

Kontent universitetning pedagogika-psixologiya va san'atshunoslik fakulteti talabalari ishtirokida media markaz tomonidan tayyorlandi.

https://www.youtube.com/@Jadid_uzFarDU rasmiy sahifalari

https://t.me/shermuhammadovfardu | https://www.instagram.com/fdu_uz?igsh=MWQ3MzFxbnV5aHc1Mw==&utm_source=qr | https://www.youtube.com/@fduuniversity8353 | https://www.facebook.com/profile.php?id=100070035038707&mibextid=ZbWKwL | https://twitter.com/FarDU__Rektori | https://fdu.uz/
221000
Video
🔴Yangiliklar
14.05.2026

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Farg‘ona viloyat kengashi tashabbusi bilan Ichki ishlar vazirligi huzuridagi jazoni ijro etish departmentining Farg‘ona shahridagi 10-son tergov hibsxonasida jazo muddatini o‘tayotgan yoshlar bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

🔔Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
💻 https://www.instagram.com/fargonatrk?igsh=ZWs1cWg4N3ZyYnU3&utm_source=qr📝 https://t.me/Fargona_trk📱 https://www.youtube.com/@FargonaMTRK https://t.me/Fargona_FM_Rasmiy https://www.facebook.com/fargonateleradiokanali/
299000

Showing 30 of 76 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

FarDU yoshlari | Rasmiy kanal Telegram kanali nima haqida?+

FarDU yoshlari | Rasmiy kanal (@fdu_yoshlari) — tgdio da Siyosat toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 1 692 obunachi bor.

FarDU yoshlari | Rasmiy kanal (@fdu_yoshlari) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @fdu_yoshlari ga bepul obuna bo‘ling.

FarDU yoshlari | Rasmiy kanal yaxshi Siyosat kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin FarDU yoshlari | Rasmiy kanal reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 1 692 obunachi bor. O‘xshash Siyosat kanallar bilan solishtiring.

FarDU yoshlari | Rasmiy kanal statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @fdu_yoshlari sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.