1/12🇺🇿 Bugun Uchtepa tumani Madaniyat saroyida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan “Davlat tili — milliy g‘urur, birlik ramzi!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
✅ Tadbir Uchtepa tumani hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi ,tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda Uchtepa tuman “Kelajak” Markazi hamkorligida o‘tkazildi.
✅ Tadbir davomida ona tilimizning milliy o‘zligimizni anglash, ma’naviy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi beqiyos o‘rni alohida ta’kidlandi. Shuningdek, o‘zbek tilining nufuzini oshirish, uning sofligini saqlash va kelajak avlodga munosib yetkazish har birimizning muqaddas burchimiz ekani qayd etildi.
✅ Ona tilimiz — millatimiz faxri, xalqimizning bebaho ma’naviy merosi va kelajagimiz poydevoridir. Uni asrab-avaylash, e’zozlash va rivojlantirish barchamizning sharafli vazifamizdir!
Uchtepa tuman "Kelajak" markazi
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Bizni kuzatishda davom eting👇
✅TELEGRAM | 🌐INSTAGRAM









