
С ДНЁМ УЧИТЕЛЯ И НАСТАВНИКА!
Сегодня День Учителя.
Каждый из нас для кого-то Учитель — для своих детей, младших, тех, кто идёт следом. И одна из важных ролей мужчины — быть Учителем и наставником своей семьи. Не поучать, а вести за собой собственным примером — ответственностью, поступками, отношением к людям.
Великие Учителя человечества — Иисус, Будда, пророк Мухаммад ﷺ и многие другие — учили не только словами, но прежде всего своей жизнью и служением.
Особенно это чувствуется в волонтёрстве. Помогая человеку, поддерживая слабого, проявляя милосердие, мы своим примером учим добру других.
«Кто совершил добро весом в мельчайшую частицу, тот увидит его» (Коран, 99:7).
«По плодам их узнаете их» (Матфея 7:16).
Но настоящий Учитель сам всегда остаётся учеником. Нельзя вести туда, куда сам не идёшь.
Пусть наши дети, глядя на нас, учатся добру. Пусть тот, кому мы помогли сегодня, завтра поможет другому.
Так добро и передаётся — от сердца к сердцу, от человека к человеку, от поколения к поколению.
С праздником, друзья! ❤️
---
🇺🇿 USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI MUBORAK!
Bugun — Ustoz va murabbiylar kuni.
Har birimiz kim uchundir ustozmiz — farzandlarimiz, yoshlar, bizdan keyin kelayotganlar uchun. Erkakning muhim vazifalaridan biri esa — o‘z oilasiga ustoz va murabbiy bo‘lish. Nasihat bilan emas, avvalo o‘z namunasi — mas’uliyati, amallari va insonlarga munosabati bilan yo‘l ko‘rsatish.
Insoniyatning buyuk Ustozlari — Iso alayhissalom, Budda, Muhammad ﷺ va boshqa buyuk zotlar — insonlarga faqat so‘z bilan emas, avvalo o‘z hayoti va xizmati bilan saboq berganlar.
Buni ko‘ngillilikda ayniqsa chuqur his qilamiz. Bir insonga yordam berib, qiynalgan kishini qo‘llab-quvvatlab, mehr-shafqat ko‘rsatib, biz o‘z misolimiz bilan boshqalarga yaxshilik qilishni o‘rgatamiz.
«Kim zarra misqolicha yaxshilik qilsa, uni ko‘radi» (Qur’on, Zalzala, 99:7).
«Ularni mevalaridan tanib olasiz» (Matto 7:16).
Ammo haqiqiy Ustozning o‘zi ham umr bo‘yi shogird bo‘lib qoladi. O‘zing bormayotgan yo‘lga boshqalarni boshlab bo‘lmaydi.
Farzandlarimiz bizga qarab yaxshilik qilishni o‘rgansin. Bugun biz yordam bergan inson ertaga boshqasiga yordam qo‘lini uzatsin.
Yaxshilik ana shunday davom etadi — yurakdan yurakka, insondan insonga, avloddan avlodga.
Bayram muborak, aziz do‘stlar! ❤️