Rossiyadagi xorijliklar uchun Telegram channel photo

Rossiyadagi xorijliklar uchun

Xorijlik shaxslarning Rossiyadagi turmushga moslashishiga bagʻishlangan T-Bank kanali. Biz migratsiya qonunlarini tushunishga yordam beramiz va yangi mamlakatda bank mahsulotlaridan qanday qilib manfaat bilan foydalanishni tushuntiramiz

769

Last views

3.4k (3,447 subscribers)
A'zolar
—
Rating
36
Total Posts
Oct 14, 2026, 2:40 PM
Yangilangan
Apr 5, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameRossiyadagi xorijliklar uchun
Username@forforeignersinrussiauz
CategoryBank va temir yo'l
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar3,447
Channel TypePublic Channel
Created5-apr, 2026
Last Updated14-okt, 2026 • 7 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#419524-861
Til reytingi
#2117-15
Toifa reytingi
#1180+2

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 3.4K30 Days growth: -1223.4%
09/1509/2009/2509/3010/0510/1010/14
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
15:09:20263,569
16:09:20263,569
17:09:20263,531
18:09:20263,531
19:09:20263,531
20:09:20263,531
21:09:20263,531
22:09:20263,531
23:09:20263,531
24:09:20263,531
25:09:20263,531
26:09:20263,531
27:09:20263,531
28:09:20263,531
29:09:20263,531
30:09:20263,531
01:10:20263,531
02:10:20263,531
03:10:20263,531
04:10:20263,531
05:10:20263,531
06:10:20263,531
07:10:20263,531
08:10:20263,531
09:10:20263,531
10:10:20263,531
11:10:20263,531
12:10:20263,531
13:10:20263,531
14:10:20263,447
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 30:03:20264,308
Week of 06:04:20264,258
Week of 13:04:20264,258
Week of 20:04:20264,258
Week of 27:04:20264,139
Week of 04:05:20264,139
Week of 11:05:20264,032
Week of 18:05:20264,032
Week of 25:05:20264,032
Week of 01:06:20264,032
Week of 08:06:20264,032
Week of 15:06:20264,032
Week of 22:06:20264,032
Week of 29:06:20263,799
Week of 06:07:20263,799
Week of 13:07:20263,799
Week of 20:07:20263,717
Week of 27:07:20263,717
Week of 03:08:20263,661
Week of 10:08:20263,661
Week of 17:08:20263,628
Week of 24:08:20263,599
Week of 31:08:20263,599
Week of 07:09:20263,569
Week of 14:09:20263,531
Week of 21:09:20263,531
Week of 28:09:20263,531
Week of 05:10:20263,531
Week of 12:10:20263,447
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
April 20264,139
May 20264,032
June 20263,799
July 20263,717
August 20263,599
September 20263,531
October 20263,447
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
20263,447

So'nggi postlar

Photo
Xorijliklar uchun davlat bojlari oʻzgarishi mumkin

Hozirda Davlat Dumasida (Gosduma) Rossiya Soliq kodeksiga https://sozd.duma.gov.ru/bill/1222962-8 kiritish koʻrib chiqilmoqda. Agar ular qabul qilinsa, 2026‑yil 1‑iyuldan boshlab ayrim bojlar qiymati oshadi.

Qaysi bojlar oshiriladi?

🔹 Rossiya fuqaroligiga qabul qilish — 4 200 ₽ → 50 000 ₽
🔹  Yashash uchun guvohnoma (ВНЖ) — 6 000 ₽ → 30 000 ₽
🔹  Vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma (РВП) — 1 920 ₽ → 15 000 ₽
🔹  Oʻqish uchun RVP — 1 920 ₽ → 8 000 ₽
🔹  Ishlash uchun ruxsatnoma — 4 200 ₽ → 5 000 ₽
🔹  Kirish uchun taklifnoma — 960 ₽ → 8 000 ₽
🔹  Bir martalik viza — 1 200 ₽ → 2 000 ₽
🔹  Koʻp martalik viza — 1 920 ₽ → 6 000 ₽

RVP dublikatini berish uchun 5 000 ₽ miqdorida yangi boj joriy etiladi. Yashash uchun guvohnomani almashtirish toʻlovi esa oʻzgarishsiz qoladi — 6 000 ₽.

🗓 Qonun loyihasi hozircha ko‘rib chiqilmoqda. Agar u qabul qilinsa, bu haqda albatta post joylaymiz. Kanaldagi yangiliklarni kuzatib boring.
3,1700011
Photo
1️⃣
2️⃣
3️⃣
4️⃣
5️⃣
6️⃣
7️⃣

📌 Agar post sizga foydali boʻlgan boʻlsa, layk bosing va yaqinlaringizga yuboring
3,5000017
Photo
⚡ Sher, burgut yoki tulpor

Toʻlov paytida yonadigan yangi Black debet kartasini rasmiylashtiring. Uch xil dizayn mavjud: «Hayvonlar podshohi», «Oʻtkir nigoh» va «Yulduzli tulpor».
Agar sizda T-Bank kartasi bo‘lmasa, diodli Black kartasi bepul rasmiylashtirib beriladi. Agar allaqachon bizning kartamiz bo‘lsa, qo‘shimcha karta 1 000 ₽ evaziga chiqariladi.

Black kartasiga xizmat koʻrsatish — oyiga 99 ₽. Agar Pro obunasini ulasangiz yoki T-Bank hisoblarida 50 000 ₽ dan koʻp mablagʻ saqlasangiz, xizmat bepul boʻladi.

🪙 Black kartasining afzalliklari

— Naqd pulni komissiyasiz yechib oling — T-Bank bankomatlarida oyiga 500 000 ₽ gacha, boshqa bankomatlarda esa 100 000 ₽ gacha.
— Telefon raqami yoki karta orqali chet elga pul o‘tkazing. Oyiga 20 000 ₽ gacha komissiyasiz yoki Pro obunasi bilan 50 000 ₽ gacha.
— Xaridlar uchun oyiga 3 000 ₽ gacha, Pro obunasi bilan esa 5 000 ₽ gacha keshbek oling.
— Ilovadan foydalaning va qo‘llab-quvvatlash xizmatidan ona tilingizda foydalaning.

➡️ https://www.tbank.ru/cards/debit-cards/tinkoff-black/foreign/form/?utm_source=telegram&utm_medium=smm.nonres.unp&utm_campaign=tb.nonr_smm.nonres_rch_all_tg_unp_postph_n_bestbank_0526_rus_cdev_web_cnl.foreignersrussia
3,580006
Photo
Yuqori malakali mutaxassislarning Rossiyaga koʻchib oʻtishi osonlashdi

15-apreldan boshlab xorijliklar “Rossiyada yashash vaqti” (Время жить в России) xizmati orqali ariza topshirishlari mumkin. Agar siz ilm-fan, sport, sanʼat yoki tadbirkorlikda salmoqli yutuqlarga erishgan boʻlsangiz, koʻchib oʻtishning bu usuli sizga mos keladi. Batafsil shartlar bilan xizmatning https://timetoliveinrussia.com/ tanishish mumkin.

Xizmat qanday ishlaydi?

Ariza 125 kungacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqiladi. Agar ariza maʼqullansa, xorijlik fuqaro “Rossiya Federatsiyasi uchun qiziqish uygʻotuvchi shaxs” http://www.kremlin.ru/acts/bank/52654 oladi. Bu maqom bilan bir yil davomida kvotasiz vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma (РВП) olish yoki uni rasmiylashtirmasdan turib, yashash guvohnomasiga (ВНЖ) ega boʻlishi mumkin.

✔️ Agar post siz uchun foydali boʻlgan boʻlsa, layk bosing va yaqinlaringizga ham yuboring.
3,6800015
Photo1/2
Xorijliklar uchun tibbiy koʻrik qoidalari oʻzgardi

1-sentabrdan boshlab xorijliklar Rossiyaga kirgach, 30 kun ichida tibbiy koʻrikdan oʻtishlari shart. Hozirda bu muddat 90 kunni tashkil etadi. Shuningdek, endi Rossiyada yashar ekansiz, har yili tibbiy koʻrikdan oʻtib turishingiz kerak boʻladi.

🏠 Bu kimlarga taalluqli?

Rossiyada bir yilda 90 kundan ortiq boʻladigan xorijliklarga. Masalan, ishlayotgan yoki oʻqiyotganlarga.

🏥 Tibbiy koʻrikdan qayerda oʻtish mumkin?

Maxsus roʻyxatga kiritilgan klinikalarda. Tegishli muassasalar manzillarini migratsiya markazidan yoki yashash hududingizdagi IIVʼning (МВД) migratsiya masalalari boʻyicha boʻlimidan aniqlashtirib olishingiz kerak.

❓ Tibbiy koʻrikdan oʻtmasam nima boʻladi?

Hozircha buning uchun hech qanday jazo koʻzda tutilmagan. Biroq 1-sentabrdan tibbiy koʻrikdan bosh tortganlar 25 000–50 000 ₽ jarimaga tortilishi va Rossiyani tark etishga majbur qilinishi mumkin.

✔️ Agar post sizga foydali boʻlgan boʻlsa, layk bosing va yaqinlaringizga ulashing
2,7300014
Photo1/2
115-FZ boʻyicha hisobdagi amaliyotlar nima uchun cheklanishi mumkin?

115-FZ — bu davlatga jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va noqonuniy faoliyatni moliyalashtirishga qarshi kurashishda yordam beradigan qonun. Banklar mijozlarning barcha amaliyotlarini tekshirishi va shubhalilarini cheklashi shart.

🔸 Bu kimlarga taalluqli?

Bankning barcha mijozlariga. Birinchi navbatda, oʻz hisoblaridan noqonuniy maqsadlarda foydalanadiganlarga. Biroq, qonunni buzmaydigan mijozlar ham, agar ularda odatdagidan farqli amaliyotlar kuzatilsa, tekshiruvga tushib qolishi mumkin. Masalan, hisob yirik summaga toʻldirilgach darhol naqd pul yechib olish yoki turli shaxslardan tez-tez pul oʻtkazmalari qabul qilish.

🔸 Bank qanday choralar koʻrishi mumkin?

Shubhali toʻlovni toʻxtatib turishi, xaridlarni, naqd pul yechib olishni yoki boshqa shaxslarga pul oʻtkazishni vaqtincha cheklashi mumkin.

🔸 Cheklovlarni qanday yechish mumkin?

T-Bankning shaxsiy kabineti yoki ilovasida yordam xizmatiga yozing va qaysi hujjatlar kerakligini aniqlashtiring. Bular qarz, hadya yoki oldi-sotdi shartnomalari boʻlishi mumkin. Tekshiruv besh kungacha vaqt oladi.

🔸 115-FZ boʻyicha tekshiruv xavfini qanday kamaytirish mumkin?

🟡 Oʻtkazmalarni faqat shaxsiy ehtiyojlaringiz uchun bajaring — tanishlaringizning iltimosiga koʻra notanish odamlarga pul yubormang.
🟡 Agar tez-tez pul oʻtkazmalari kutilayotgan boʻlsa, T-Bank ilovasida mablagʻ yigʻish funksiyasini yarating. Masalan, sovgʻa yoki davolanish xarajatlari uchun.
🟡 Biznesga doir hisob-kitoblar uchun biznes-karta yoki hisobvaraqdan foydalaning.
🟡 Kriptovalyuta bilan bogʻliq amaliyotlarni bajarmang.
🟡 Moliyaviy amaliyotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni saqlang: shartnomalar, hisobvaraqlar, yukxatlar va kvitansiyalar.

📌 Agar post sizga foydali boʻlgan boʻlsa, uni yaqinlaringizga ham yuboring.
2,840003
Photo1/2
ruID tajribasi 2027‑yilning oxirigacha uzaytirildi

Vizasiz mamlakatlar fuqarolari ruID ilovasi orqali Rossiyaga kirish uchun ariza topshiradi. Yangi qoidalar 2026-yil 30-iyungacha amal qilishi kerak edi, ammo tajribani uzaytirishga qaror qilindi. 

📆 Ariza qachon topshiriladi?

Sayohatdan 90 kun avval va kamida 3 kun oldin. Favqulodda holatlarda 4 soat ichida ariza topshirish mumkin. Masalan, Rossiyadagi qarindoshingiz ogʻir kasal boʻlib qolsa. 

📑 Ariza qanday topshiriladi?

1️⃣ ruID ilovasini App Store, RuStore yoki Google Playʼdan yuklab oling.
2️⃣ Roʻyxatdan oʻting yoki Gosuslugidagi login va parolingizdan foydalaning.
3️⃣ Sayohat maqsadi, muddati va yoʻnalishini koʻrsating. Agar farzandlaringiz siz bilan birga boʻlsa, ular haqidagi maʼlumotni ham qoʻshing. 
4️⃣ Biometriyani topshiring — buning uchun ilovada suratga tushish va ovozni yozib olish kerak.

Ariza maʼqullangandan soʻng shaxsiy kabinetingizga xabarnoma keladi. 

📌 ruIDʼda quyidagilar roʻyxatdan oʻtishi shart emas:

🟡 Belarus fuqarolari;
🟡 6 yoshgacha boʻlgan bolalar;
🟡 Elchixonalar va konsulliklar xodimlari;
🟡 Viza asosida kirib keladigan chet el fuqarolari;
🟡 Diplomatik va xizmat pasportlari egalari.
3,930003
Photo1/2
⚡ Beeline salonlarida endi biometriya topshirib, T-Bank kartasini rasmiylashtirish mumkin

T-Bank, Beeline va Yandex kompaniyalari Moskva shahrida chet elliklar uchun “Poliglot” qoʻshma loyihasini yoʻlga qoʻydi. Endi Beelineʼning 5 ta salonida biometrik maʼlumotlarni topshirib, Rossiyada yashash uchun zarur hujjatlar va mahsulotlarni darhol rasmiylashtirish mumkin. Shuningdek, Yandex Taxi orqali oyiga 300 000 ₽ gacha daromad bilan buyurtmalarni bajarish uchun ariza qoldirish mumkin.
Maslahatini oʻzbek, qirgʻiz, tojik, ingliz yoki rus tilida olishingiz mumkin.

Salonda nimalar qilish mumkin?

🟡  Gosuslugi poralida roʻyxatdan oʻtish va SNILSʼni rasmiylashtirish.
🟡  Biometriya topshirish.
🟡  Ixtiyoriy tibbiy sugʻurta (ДМС) polisini rasmiylashtirish.
🟡  Mehnat patenti uchun toʻlov qilish.
🟡  Beeline SIM kartasini rasmiylashtirish.
🟡  T-Bank debet kartasini olish.
🟡  Yandex Taxi orqali buyurtmalarni bajarish uchun ariza qoldirish.

Poliglot orqali siz Rossiyada yashash uchun qanday hujjatlar zarurligi va ularni qanday rasmiylashtirish mumkinligini ham bilib olasiz.

Poliglot qayerda ishlaydi?

🟡 Sxodnenskaya koʻchasi, 56-uy, “Koleydoskop” savdo koʻngilochar markazi — 15:00 dan 20:00 gacha.
🟡 Profsoyuznaya koʻchasi, 129A-uy, “Prince Plaza” savdo markazi — 12:00 dan 18:00 gacha.
🟡 Krasnodarskaya koʻchasi, 51-uy, 2-korpus, “Lyublinskiy passaj” savdo markazi — 15:00 dan 20:00 gacha.
🟡 Masterkova koʻchasi, 4-uy, 1-qavat, 11-pavilyon, “Avtozavodskiy” savdo markazi — 15:00 dan 20:00 gacha.
🟡 Kaluga shossesi, 22-km, 10-uy, 6‑kirish, “Food City” savdo markazi — 10:00 dan 20:00 gacha.

Xaritadan eng yaqin salonni topish uchun havolaga oʻting.

➡️ Salonni topish
2,960003
Photo1/2
Nazorat ostidagi shaxslar reyestriga tushib qolsangiz, nima qilish kerak?

Nazorat ostidagi shaxslar reyestri (Реестр контролируемых лиц — RKL) — bu Rossiyada noqonuniy yashayotgan chet el fuqarolari kiritiladigan IIV (МВД) maʼlumotlar bazasidir. Agar hujjatlaringizning muddati oʻtgan boʻlsa yoki mamlakatdan chiqib ketish toʻgʻrisida qaror boʻla turib, mamlakatda qolgan boʻlsangiz, ushbu roʻyxatga tushib qolishingiz mumkin. RKL haqida batafsil kanalimizda yoki T-Blog maqolasida oʻqing.

Reyestrni Gosuslugi portali yoki IIV (МВД) sayti orqali tekshirish mumkin.

📌 RKLʼga tushib qolsangiz, nima qilishingiz kerak?

Har 7 taqvim kunda IIV (МВД) boʻlimiga borib, yashash joyingiz manzilini tasdiqlab turishingiz lozim. Shuningdek, chet el fuqarosi quyidagi hollarda shaxsan yoki Gususlugi orqali hisobot berishi shart:
— Yashash joyini oʻzgartirsa — 3 taqvim kun ichida.
— Rossiyadan chiqib ketmoqchi boʻlsa — kamida 2 ish kuni oldin.
— Biror sababga koʻra, masalan, kredit qarzi tufayli Rossiyadan chiqib keta olmasa — 3 taqvim kun ichida.

📌 Reyestrdan qanday chiqish mumkin?

Agar barcha hujjatlaringiz joyida boʻlsa va reyestrga xatolik tufayli tushib qolgan boʻlsangiz, yashash joyingizdagi IIV (МВД) migratsiya masalalari boʻlimiga murojaat qiling. Amaldagi vizangiz boʻlsa, pasportingizni koʻrsatishning oʻzi kifoya. Boshqa hollarda yashash uchun guvohnoma (ВНЖ), vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma (РВП) yoki patent talab etiladi.

Armaniston, Belarus, Qirgʻiziston va Qozogʻiston fuqarolari Rossiyadagi buyurtmachi bilan tuzilgan amaldagi mehnat yoki fuqarolik-huquqiy shartnomasini o‘zi bilan olib kelishlari kerak.

IIVda (МВД) hujjatlarni tekshirib, chet el fuqarosi RKLʼdan qachon chiqarilishi haqida xabar berishadi.

✔️ Agar post sizga foydali boʻlgan boʻlsa, layk bosing va uni yaqinlaringizga yuboring
3,1400012
Photo1/2
Rossiyada tug‘ilgan bolaga qanday hujjatlar kerak?

Tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani rasmiylashtirish, tibbiy sug‘urta olish va bolani migratsiya hisobiga qo‘yish haqida so‘zlab beramiz.

📃 Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma oling

Bola tug‘ilganidan keyin bir oy ichida ro‘yxatga olingan joyingizdagi FHDYO boʻlimiga murojaat qiling. Buning uchun quyidagi hujjatlar kerak boʻladi:

— ota-ona pasportlari notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan;
— tug‘ruqxonadan ma’lumotnoma;
— nikoh qayd etilgan bo‘lsa, nikoh to‘g‘risidagi guvohnoma.

🏠 Bolangizni migratsiya hisobiga qo‘ying

Ota-onadan biri Gosuslugi orqali onlayn yoki shaxsan IIVning migratsiya masalalari bo‘limi yoki FMMga murojaat qilib, bolani ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin. Agar siz Moskva yoki Moskva viloyatida yashasangiz, bolani “Amina” ilovasi orqali migratsiya hisobiga qo‘ying.

Bolalarni migratsiya hisobiga qo‘yish kattalarni ro‘yxatdan o‘tkazishdan farq qiladi. Quyidagilarni inobatga olish kerak:

— 18 yoshgacha bo‘lgan bolani faqat ota-onasidan biri ro‘yxatdan o‘tgan manzilda migratsiya hisobiga qo‘yish mumkin.
— Voyaga yetmagan shaxsni rasmiy manzili bo‘lmagan vaqtinchalik binoda, masalan, vaxta shaharchasidagi ishchi vagonida ro‘yxatdan o‘tkazib bo‘lmaydi.
— Agar bola Rossiyada tug‘ilgan, mamlakatdan chiqmagan va bir yoshdan oshmagan bo‘lsa, unga migratsiya kartasi olish kerak emas.

🏥 Tibbiy sug‘urtani rasmiylashtiring

Tibbiy sug‘urtalash kompaniyasiga murojaat qiling. Agar bolaning RVP, VNJ yoki qochoq maqomi bo‘lsa, bepul majburiy tibbiy sug‘urta (MTS) polisni olishingiz mumkin. Boshqa hollarda pullik ixtiyoriy tibbiy sug‘urta (ITS) rasmiylashtirish kerak bo‘ladi.

🇷🇺 Farzandingiz uchun RVP, VNJ yoki fuqarolikni rasmiylashtiring

Agar ota-onadan birida shunday maqom bo‘lsa, bolaga vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma (RVP), yashash guvohnomasi (VNJ) yoki fuqarolikni rasmiylashtirish mumkin.

✔️ Agar post siz uchun foydali bo‘lgan bo‘lsa, layk bosing va uni yaqinlaringiz bilan ulashing
2,760008
Photo1/2
Qanday qilib patent asosida ishlab, JShDSni ikki marta to‘lamaslik mumkin

Agar siz rasmiy tartibda ishlayotgan bo‘lsangiz, maoshingizdan 13% ushlab qolinadi. Shu bilan birga, siz har oy patent uchun to‘lov qilasiz — bu aynan shu JShDS solig‘ining qat’iy belgilangan avans to‘lovidir. Ortiqcha to‘lamaslik uchun ish haqingizdan ushlab qolinadigan soliq miqdorini kamaytirish mumkin.

Ish beruvchingizga patent uchun to‘lov qilinganini tasdiqlovchi cheklarning nusxalarini topshirib, ushbu summani ish haqingizdan JShDS ushlab qolinishida hisobga olishni so‘rang.

✍️ Quyida ikki misolni ko‘rib chiqamiz:

1️⃣ Siz Moskvada ishlaysiz va 95 000 ₽ maosh olasiz. Patent uchun 10 000 ₽ to‘laysiz.

95 000 ₽ − 13% = 82 650 ₽
82 650 ₽ — qo‘lga tegadigan maosh
12 350 ₽ — ish haqidan ushlab qolinadigan soliq
12 350 ₽ − 10 000 ₽ = 2 350 ₽

92 650 rublni qo‘lingizga olasiz, chunki ish haqingizdan 2 350 rubl miqdorida soliq ushlab qolinadi.

2️⃣ Siz Moskvada 60 000 ₽ evaziga ishlaysiz va patent uchun 10 000 ₽ toʻlaysiz

60 000 ₽ − 13% = 52 200 ₽.
52 200 ₽ — qo‘lga tegadigan maosh
7 800 ₽ — ish haqidan ushlab qolinadigan soliq
7 800 ₽ − 10 000 ₽ = −2 200 ₽

60 000 rubl qo‘lingizga olasiz, chunki JShDS avansi ish haqidan ushlab qolinadigan soliqdan ko‘proq. Ammo 2 200 rubl miqdoridagi farqni qaytarib olishning imkoni yo‘q.

📌 Agar ushbu post siz uchun foydali boʻlgan boʻlsa, uni yaqinlaringiz bilan ulashing
3,1000019
Photo
Bolaga fuqarolikni endi onlayn rasmiylashtirish mumkin

https://rg.ru/documents/2026/04/16/mvd-prikaz135-site-dok.html ota-onasidan biri Rossiya fuqarosi boʻlgan bolalar uchun qoidalar oʻzgardi. Endi bola uchun fuqarolik arizasini Gosuslugi orqali topshirsa boʻladi. Ariza boʻyicha qaror 30 kun ichida qabul qilinadi.

Agar arizani onlayn topshirish imkoningiz boʻlmasa, buni IIV (МВД) boʻlimiga shaxsan borib amalga oshiring.

❓ Ilgari qanday edi: Rossiya fuqaroligiga ega ota-onadan biri arizani faqat IIV (МВД) boʻlimiga shaxsan borib topshirardi.

✔️ Yaqin orada eʼlon qilinadigan postlarimizda Rossiyada tugʻilgan bolaga tugʻilganlik haqidagi guvohnomani qanday olish haqida soʻzlab beramiz.
2,210004
Photo
Xorijliklar uchun matkapital (onalik kapitali) olish qoidalari o‘zgarishi mumkin

✅ Hozirdagi ishlash tartibi: bola tug‘ilgan paytda ona Rossiya fuqarosi bo‘lsa, davlat tomonidan to‘lov beriladi.

➡️ Nima o‘zgaradi: bola tug‘ilgan paytda onasi kamida 5 yildan beri RF fuqarosi bo‘lsa, matkapitalga da’vogarlik qilishi mumkin bo‘ladi.

❓Matkapital nima?

Bu — bolali oilalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash dasturi. Masalan, birinchi farzand tug‘ilganda 728 921 ₽ miqdorida sertifikat beriladi. Mablag‘ni uy-joy sotib olishga, uy qurishga yoki bolaning ta’limiga https://www.consultant.ru/document/cons_doc_LAW_64872/5b387355ab19399172e9285519334e1efb84ea37/#:~:text=3.Лица,получившиесертификат,могутраспоряжатьсясредствамиматеринского(семейного)капиталавполномобъемелибопочастямпоследующимнаправлениям:.

🗓 Qonun hali ishlab chiqilmoqda. Agar u qabul qilinsa, bu haqda batafsil yozamiz. Kanaldagi yangiliklarni kuzatib boring.
2,950007
Photo
T-Bank xorijliklar uchun qulay banklar reytingida birinchi oʻrinni egalladi

Markswebb agentligi Rossiyada ilk bor xorijliklar uchun bank xizmatlari boʻyicha https://www.markswebb.ru/projects/banking-for-foreigners/ oʻtkazdi. Tahlilchilar banklarning xorijliklar ehtiyojlarini qanchalik yaxshi hal qilayotganini baholadi.

🔎 Reyting qanday tuzildi

Banklarni ularning mijozi boʻlmagan xorijliklar sinovdan oʻtkazdi. Ular ilovaning ishlashi va qoʻllab-quvvatlash xizmatining javoblarini tekshirdi. Shuningdek, qaysi mahsulotlar mavjudligini ham koʻrib chiqdi.

📊 Yakuniy reyting

1️⃣T‑Bank
2️⃣VTB
3️⃣Sberbank
4️⃣Alfa‑Bank
5️⃣Gazprombank
6️⃣Ozon Bank

Xorijliklar T-Bankʼda kredit karta rasmiylashtirish va kredit olish, 150+ mamlakatga pul oʻtkazish, shuningdek, besh tilda qoʻllab‑quvvatlash imkoniyatlarini yuqori baholadi. Markswebb shartlarning shaffofligini ham alohida qayd etdi. Masalan, SIM karta rasmiylashtirilganda mijozga vakil bilan uchrashuvda biometrik maʼlumotlarni bepul topshirish mumkinligi oldindan tushunarli boʻladi.
4,7300040
Photo
VNJ qachon va qanday almashtiriladi

VNJ (yashash guvohnomasi) muddatsiz amal qiladi, biroq 14, 20 va 45 yoshga toʻlganda uni almashtirish talab etiladi. Hujjat shikastlansa yoki shaxsiy maʼlumotlaringiz oʻzgarsa, uni yangilashingiz kerak. Masalan, yangi familiya yoki tugʻilgan joy maʼlumoti bilan pasport rasmiylashtirgan boʻlsangiz yoki boshqa davlat fuqaroligini olgan boʻlsangiz.

❓VNJ qanday almashtiriladi

Hujjatlar toʻplami bilan MVDning migratsiya boʻlimiga shaxsan murojaat qiling. Buning uchun quyidagilar talab etiladi:

— ariza;
— yashash guvohnomasi;
— pasport – notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan;
— 35 × 45 mm oʻlchamdagi toʻrtta fotosurat;
— 6 000 ₽ davlat boji toʻlanganligi haqida kvitansiya.

🕑 Hujjatlarni qaysi muddatlarda topshirish kerak

30 kun ichida
— 14, 20 yoki 45 yoshga toʻlganingizda;
— VNJ shikastlanganda yoki yoʻqolganda.

10 kun ichida
— Shaxsiy maʼlumotlaringiz, masalan, pasportdagi familiyangiz oʻzgarganda.

Yangi yashash guvohnomasi 7 ish kuni ichida tayyor boʻladi.

✔️ Agar postning sizga foydasi tekkan boʻlsa, unga layk bosib, yaqinlaringizga yuboring.
5,0200013
Photo
Bolani Rossiyadagi maktabga qanday yozdirish mumkin

Farzandlaringizda RF fuqaroligi boʻlmasa ham, ular Rossiya maktablarida https://www.consultant.ru/document/cons_doc_LAW_140174/61481667d956e25b4c53b1febedf53ed1121e78c/. Buning uchun ariza topshirish va rus tili testidan oʻtish kifoya.

⏰ Ariza qachon topshiriladi

— 1-apreldan 30-iyungacha — birinchi toʻlqin. Maktabga biriktirilgan hududda roʻyxatdan oʻtgan oʻquvchilar qabul qilinadi.
— 6-iyuldan 5-sentabrgacha — ikkinchi toʻlqin. Boʻsh oʻrinlari mavjud boʻlgan istalgan maktabga hujjat topshirish mumkin.

📂 Qanday hujjatlar kerak

Ota-onadan biriga:
— pasport va uning notarial tarjimasi;
— migratsiya kartasi, yashash guvohnomasi (VNJ) yoki vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma (RVP);
— yashash yoki vaqtincha turish joyi boʻyicha registratsiya.

Bolaga:
— tugʻilganlik haqidagi guvohnoma va uning notarial tarjimasi;
— migratsiya kartasi, RVP yoki VNJ;
— yashash yoki vaqtincha turish joyi boʻyicha registratsiya.

📃 Ariza qanday topshiriladi

Aksariyat hududlarda ariza Gosuslugi orqali qabul qilinadi. Buning uchun quyidagilarni bajarish kerak:

1️⃣ Saytda arizani oldindan toʻldiring va andozani saqlang.
2️⃣ Shakl ochilgach (1-aprel yoki 6-iyuldan boshlab) hujjatlarni topshiring.
3️⃣ Ariza holatining yangilanishini kuting. Agar u qabul qilinsa, hujjatlarning aslini maktabga olib keling.

Koʻp hollarda maktabda bolada xavfli kasalliklar yoʻqligi haqida tibbiy xulosa ham soʻraladi.

️ ✏️ Rus tilini bilish testidan qanday oʻtiladi

Maktabga qabul qilish haqidagi ariza qabul qilingach, Gosuslugi portalidagi shaxsiy kabinetda test topshirish uchun yoʻllanma paydo boʻladi. Farzandingizni 7 ish kuni ichida testga yozdiring. Oʻtish baholari va test namunalari bilan https://fipi.ru/inostr-exam/inostr-exam-deti tanishish mumkin.

❓ Nima sababdan maktabga qabul arizasi rad etilishi mumkin

Bola rus tili testidan oʻta olmasa. Ammo 3 oydan keyin yana qayta urinib koʻrish mumkin.
Shuningdek, maktabda boʻsh oʻrin qolmagan boʻlsa ham qabul rad etilishi mumkin. Bunday holatda boshqa maktab yoki shahringizdagi taʼlim boʻlimiga murojaat qiling. Keyin Gosuslugi orqali ariza topshiring.
5,4700013
Photo
Rossiyada qanday qilib yakka tartibdagi tadbirkor boʻlish mumkin

Oʻz biznesingizni boshlash uchun yuridik shaxs rasmiylashtirishingiz yoki yakka tartibdagi tadbirkor (YaTT) sifatida roʻyxatdan oʻtishingiz kerak. Kichik biznes uchun koʻpincha YaTT tanlanadi: bunda hujjat yuritish osonroq, soliq solishning soddalashtirilgan tizimini (USN) tanlash mumkin.

️✏️Qanday talablar bor

Chet el fuqarosi vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma (RVP) yoki yashash guvohnomasi (VNJ) mavjud boʻlsa, YaTT sifatida roʻyxatdan oʻtishi mumkin.

💼 T-Biznes orqali qanday roʻyxatdan oʻtiladi

Buni onlayn bajaring – soliq idorasiga borib, boj toʻlashingiz shart emas. Imzolash uchun hujjatlarni Rossiyaning istalgan nuqtasiga bepul eltib beramiz. Arizani https://www.tbank.ru/business/registration-ip/ saytida qoldiring – biz uni bir kun ichida koʻrib chiqamiz. Keyin arizangizni soliq idorasiga yuboramiz. Tekshiruv 3-5 ish kuni davom etadi.
YaTT roʻyxatdan oʻtkazilgach, biz sizga xabar beramiz va biznes uchun bepul hisob ochishga yordam beramiz.

📁 Qanday hujjatlar kerak?

— Xorijiy pasport yoki ID-karta.
— RVP yoki VNJ.
— Kelgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinganlik toʻgʻrisidagi hujjat.

❓YaTTni yana qanday roʻyxatdan oʻtkazish mumkin

— Shaxsan soliq inspeksiyasida, 800 ₽ davlat bojini toʻlash orqali.
— MFS orqali.
— Agar elektron raqamli imzo mavjud boʻlsa, https://service.nalog.ru/gosreg/intro.html?sfrd=21001 orqali.
— Notarius orqali, lekin uning xizmat haqini toʻlashga toʻgʻri keladi.

Agar YaTTni mustaqil ravishda rasmiylashtirsangiz, hujjatlar toʻplamiga https://www.nalog.gov.ru/rn77/related_activities/registration_ip_yl/registration_ip/order/4162994/ shaklidagi arizani ilova qiling.

📍 Qanday qilib OOO (MCHJ) ochish haqida keyingi maqolalarimizda batafsil ma’lumot beramiz. Bizni kuzatishda davom eting.

➡️ https://www.tbank.ru/business/registration-ip/
5,8400014
Photo
Rossiyada vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma (RVP) va doimiy yashash guvohnomasi (VNJ) haqidagi maqolalarga havolalarni bir joyda jamladik.

1️⃣
2️⃣
3️⃣
4️⃣
5️⃣

📌 Agar post siz uchun foydali boʻlsa, unga "layk" bosing va yaqinlaringizga yuboring
6,8200037
Photo
⚡ 1-yanvardan patent narxi, yaʼni oylik boʻnak NDFL summasi oʻzgardi. Moskva va Moskva viloyatida u 10 000 ₽ gacha, Sankt-Peterburg va Leningrad viloyatida 8 000 ₽ gacha koʻtarildi. Eng keskin qimmatlashuv Krasnodar oʻlkasida — 17 120 ₽ dan 27 283 ₽ gacha va Tula viloyatida — 11 200 ₽ dan 25 000 ₽ gacha kuzatildi.
11,3000055
Photo
Fuqarolik-huquqiy shartnoma nima?

Fuqarolik-huquqiy shartnoma (rus tilida GPX, GPD) – bu ijrochi buyurtmachi uchun ma’lum bir ishni pul evaziga va ma’lum bir muddat ichida bajaradigan kelishuvdir. Jismoniy va yuridik shaxslar fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzishi mumkin.

Shartnoma orqali vaqtincha mamlakatda bo‘lish muddatini uzaytirish va patent bo‘yicha faoliyat yuritish mumkin.

📑 Fuqarolik-huquqiy shartnoma odatiy mehnat shartnomasidan qanday farq qiladi?

— Fuqarolik-huquqiy shartnoma har doim muddatlar bilan cheklangan boʻladi.
— Vaqt emas, natija uchun haq to‘lanadi.
— Ishchi ko‘pincha oʻzining shaxsiy anjomlari va uskunalaridan foydalanadi.
— Ish jadvali yo‘q – vazifalarni qulay vaqtda bajarish mumkin.
— Haq to‘lanadigan ta’til yo‘q.
— Buyurtmachi ijrochining mehnat daftarchasiga yozuv kiritmaydi.

✏️ Fuqarolik-huquqiy shartnoma qachon tuziladi

Odatda, vaqtinchalik ish bajarish kerak bo‘lganda yoki tashkilotga shtatda bo‘lmagan mutaxassisni jalb qilish maqsadida fuqarolik-huquqiy shartnomadan foydalaniladi. Masalan, simlarni o‘tkazish uchun bir oyga elektrik yollashadi.

🗂 Fuqarolik-huquqiy shartnoma uchun qanday hujjatlar kerak?

— Pasport va uning notarial tasdiqlangan tarjimasi.
— Patent.
— Migratsiya kartasi.
— Registratsiyani tasdiqlovchi hujjat.
— SNILS.
9,080003
Photo
Endi biometriyani Rossiyaga kirishda topshirish mumkin

1-dekabrdan boshlab chet el fuqarolari maxsus jihozlangan chegara nazorati punktlarida http://publication.pravo.gov.ru/document/0001202510100024?index=2. Ilgari bunday tartib faqat Moskva aeroportlari va “Mashtakovo” avtomobil o‘tkazish punktida amal qilardi.
Yangi qoidalar 2026-yil 30-iyungacha davom etadigan tajriba doirasida joriy etildi.

✔️ Biometriya nima va u nima uchun kerak?

Bu Yagona biometrik tizimda ( https://www.tbank.ru/finance/blog/ebs/, ЕБС) saqlanadigan ovoz yozuvi va yuz fotosurati. 2025-yildan boshlab Rossiya SIM kartasini rasmiylashtirish uchun biometriya talab etiladi. Shuningdek, u orqali ba’zi xizmatlardan foydalanish mumkin. Misol uchun, Ko‘p funksiyali markazlarda (МФЦ) pasportsiz xizmat olish imkoniyati paydo bo‘ladi.

✔️ Kimga biometriya kerak emas?

— Belarus fuqarolariga.
— 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga.
— Diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari xodimlariga hamda ularning oila a’zolariga.
— Diplomatik va xizmat pasportlari egalariga hamda ularning oila a’zolariga.
— Hukumatlararo feldyegerlik aloqasi xodimlariga.

✔️ Agar chegarada biometriya yig‘ilmagan bo‘lsa

Barcha jarayonni T-Bank orqali amalga oshirish mumkin. T-Mobile SIM kartasiga buyurtma bering va bizning vakilimiz uchrashuvda sizga SNILS rasmiylashtiradi, Gosuslugiʼda profilingizni tasdiqlaydi va biometriyangizni to‘playdi.
Biometriyani mustaqil ravishda topshirishingiz ham mumkin. Buning uchun SNILSʼni Rossiya ijtimoiy jamg‘armasi (Социальный фонд России) bo‘limida, Ko‘p funksiyali markazda ( https://xn--d1achjhdicc8bh4h.xn--p1ai/search/mfc) yoki ish beruvchi orqali rasmiylashtirish kerak. So‘ngra https://map.gosuslugi.ru/?layer=co&filter=rbi biriga murojaat qiling.

💬 Mavzuga oid postlar

—
—
—
8,8500029

Showing 30 of 36 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

Rossiyadagi xorijliklar uchun Telegram kanali nima haqida?+

Rossiyadagi xorijliklar uchun (@forforeignersinrussiauz) — tgdio da Bank va temir yo'l toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 3 447 obunachi bor.

Rossiyadagi xorijliklar uchun (@forforeignersinrussiauz) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @forforeignersinrussiauz ga bepul obuna bo‘ling.

Rossiyadagi xorijliklar uchun yaxshi Bank va temir yo'l kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin Rossiyadagi xorijliklar uchun reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 3 447 obunachi bor. O‘xshash Bank va temir yo'l kanallar bilan solishtiring.

Rossiyadagi xorijliklar uchun statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @forforeignersinrussiauz sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.