#ibrat
Bu insonlarni tanishimiz shart!
https://t.me/weareululalbab namoyondalari:
Doktor Zakiy Usmon - ( 2 yoshligida oyoqlari falaj, ikki ko'zi ojiz bo'lib qolgan hofiz, mufassir, voiz) Azharga o'qishga qabul qilingandan keyin, o'qishga qatnashga yechim qidirdi. Oilasi baland binoning 4-qavatida yashagani bois chiqib tushish muammo tug'dirgan. Otasi bu ishga yechim topib, birinchi qavatda pillapog'ona ostiga bo'yra solib, biroz yegulik va zarur narsalarini olib tushib, o'g'liga joy qilib berdi. Usmon darsga qabul qilinganidan hursand bo'lib, darsga borish uchun shu joyda yashashga ham rozi bo'ldi.
Shayxa Rizo Sarhon - (ko'zi ojiz qoriya, tahfizul Qur'on markazi ustozasi) 6 yoshida Qur'on yodlashning yo'llarini qidirib, o'z ziraklarini sotib, magnitafon va tilovatlar yozilgan tasmalarni sotib oladi. Ko'zi ojizligi holida ham Allohning qadariga rozilik ila shunday deydi: "Odamlar mendagi ne'matlarni bilganlarida edi, menga hasad qilgan bo'lishar edi".
Imom Zamaxshariy - (oyog'i qattiq sovuqda qolib ketib kesilgan bir umr yog'och oyoqda yurgan balog'at ilmi olimi, "Al-Kashshof" tafsiri sohibi) Safar qiyinchiliklariga qaramay, Xorazmdan Xuroson, Shom, Bog'dod va Makkaga shaharlariga ilm izlab safar qiladi. Arablar u zotni ta'riflab "Mana shu oqsoq bo'lmaganda, arab tilini bilmay o'tib ketar edik", deyishadi.
Shayx Abdulbosit Xoshim - (ko'zi ojiz qori, o'n xil kubro qiroatlarda oliy sanad egalaridan biri) 6 kunlik chaqaloq paytidan yetim qolgan. Shayx talabalik chog'idagi qiyinchiliklarni shunday eslaydi: "Talabalik paytimda juda ko'p mashqqatlarga duch kelganman. Ba'zan yo'qchilik tufayli axlat titib, non topib, o'shani yuvib yegan paytlarim ham bo'lgan". Shayxning moxirligi, ovozi va o'qish uslubi mashhur qori Abdulbosit Abdussomdaga o'xshagani uchun "Kichik Abdulbosit" deb nom chiqarganlar.
Hali ham ilm olishga uzrli bahonam bor deb o'ylaysizmi?!