Jahongir Ganiev⚖️ Telegram channel photo

Jahongir Ganiev⚖️

@ganiev_tarjimonPublic Channel

🇰🇷 Koreyada yashayotgan o'zbek yurtdoshlarimiz uchun yuridik yordam va ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal. Adminga murojaat uchun: @kanal_admin97

3.2k

Last views

7.7k (7,672 subscribers)
A'zolar
—
Rating
85
Total Posts
Oct 14, 2026, 10:56 PM
Yangilangan
Apr 7, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameJahongir Ganiev⚖️
Username@ganiev_tarjimon
CategoryKoreys dramalari (K-Drama)
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar7,672
Channel TypePublic Channel
Created7-apr, 2026
Last Updated14-okt, 2026 • 7 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#106129+404
Til reytingi
#757-5
Toifa reytingi
#1155-8

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 7.7K30 Days growth: +1321.8%
09/1509/2009/2509/3010/0510/1010/14
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
15:09:20267,540
16:09:20267,540
17:09:20267,581
18:09:20267,581
19:09:20267,581
20:09:20267,581
21:09:20267,581
22:09:20267,581
23:09:20267,581
24:09:20267,581
25:09:20267,581
26:09:20267,581
27:09:20267,581
28:09:20267,581
29:09:20267,581
30:09:20267,581
01:10:20267,581
02:10:20267,581
03:10:20267,581
04:10:20267,581
05:10:20267,581
06:10:20267,581
07:10:20267,581
08:10:20267,581
09:10:20267,581
10:10:20267,581
11:10:20267,581
12:10:20267,581
13:10:20267,581
14:10:20267,672
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 06:04:20267,115
Week of 13:04:20267,115
Week of 20:04:20267,115
Week of 27:04:20267,206
Week of 04:05:20267,206
Week of 11:05:20267,372
Week of 18:05:20267,372
Week of 25:05:20267,372
Week of 01:06:20267,436
Week of 08:06:20267,436
Week of 15:06:20267,436
Week of 22:06:20267,436
Week of 29:06:20267,450
Week of 06:07:20267,450
Week of 13:07:20267,450
Week of 20:07:20267,468
Week of 27:07:20267,468
Week of 03:08:20267,507
Week of 10:08:20267,507
Week of 17:08:20267,514
Week of 24:08:20267,523
Week of 31:08:20267,523
Week of 07:09:20267,540
Week of 14:09:20267,581
Week of 21:09:20267,581
Week of 28:09:20267,581
Week of 05:10:20267,581
Week of 12:10:20267,672
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
April 20267,206
May 20267,372
June 20267,436
July 20267,468
August 20267,523
September 20267,581
October 20267,672
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
20267,672

So'nggi postlar

Jahongir Ganiev⚖️ logo
Jahongir Ganiev⚖️

15-okt, 2026, 17:39

2009-yilda Janubiy Koreyaning Kyonsannam-do viloyati Changvon shahrida taksi haydovchisini o‘ldirganlikda ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan O‘zbekiston fuqarosi Bozorov Akmal (37 yosh) 15-kuni sudning ishni qayta ko‘rishni boshlash va jazoni ijro etishni to‘xtatib turish haqidagi qaroridan so‘ng, qariyb 17 yil deganda qamoqxonadan chiqdi.

Shu kuni soat 18:35 atrofida Changvon qamoqxonasidan chiqqan Akmal ko‘z yoshlarini tiyolmay, qamoqxonaning asosiy darvozasi oldida uni kutib turgan otasini quchoqladi.

Akmal shunday dedi:
“Shu paytgacha nohaqlik azobini tortib yashadim. Shu bilan birga, jabrlanuvchining oila a’zolari ham katta aziyat chekayotgandek tuyulib, ulardan chin dildan uzr so‘rayman. Oldinda qolgan sud jarayonida bor haqiqatni aytaman”.
Bu so‘zlar uning ishni qayta ko‘rishni boshlash masalasi muhokama qilingan sud jarayonlarida marhumning yaqinlari yana qayg‘uli xotiralarni eslab, qiynalgan bo‘lishidan xavotir bildirgani sifatida talqin qilinmoqda.

Sudning bu galgi qarori haqida u:
“Shunchaki ko‘z yoshimdan boshqa hech narsa kelmadi. Shuncha vaqtdan keyin tashqariga chiqqanimga hali ham ishona olmayapman”, — dedi.

U yana shunday ta’kidladi:
“Ishni qayta ko‘rish bo‘yicha sud jarayoni yakunlanib, menga nisbatan qo‘yilgan nohaq ayblovlardan to‘liq oqlanganimdan keyin, imkon qadar tezroq ota-onam yashaydigan ona yurtimga qaytishni istayman. Menga yordam bergan advokat Pak Jun Yongga ham minnatdorchilik bildiraman”.
Akmal va uning vakillari shu kuni marhumning yaqinlari huzuriga borib, ular bilan ko‘rishganidan so‘ng ishni qayta ko‘rish jarayoniga jiddiy tayyorgarlik boshlaydi.

U 2009-yil mart oyida Changvon shahri Uichang-gu tumani Myongso-dong hududida 50 yoshlardagi taksi haydovchisini o‘ldirib, pul va qimmatbaho buyumlarini talon-toroj qilganlik — ya’ni bosqinchilik bilan bog‘liq qotillik va boshqa ayblovlar bo‘yicha sudlangan. Keyingi yili Oliy sud hukmni qonuniy kuchda qoldirgan.

Koreyaga talaba sifatida kelgan Akmal 2009-yil iyul oyida Changvonda taksida bosqinchilik qilganlik gumoni bilan hibsga olingan. Shundan so‘ng u mazkur taksi haydovchisining bosqinchilik bilan bog‘liq qotilligi bo‘yicha gumon qilinuvchi sifatida ko‘rsatilgan.

Keyinchalik u ishini qayta ko‘rishni so‘rab murojaat qilgan, biroq arizasi rad etilgan. O‘tgan yil yanvar oyida esa asosan ishlarni qayta ko‘rish bilan shug‘ullanuvchi advokat Pak Jun Yong orqali sudga yana ariza topshirgan.
Sud o‘sha paytda politsiya xodimlari tergov davomida Akmalni aybini tan olishga undash maqsadida unga “voqea joyidan sening DNKing topildi” yoki “vafot etgan jabrlanuvchi tirik” deb yolg‘on ma’lumot berganini tan oldi. Shuningdek, uning tarjimon yordamidan foydalanish huquqi buzilgan, deb topdi.

Shu asosda sud 15-kuni ishni qayta ko‘rishni boshlash va jazoni ijro etishni to‘xtatib turish haqida qaror chiqardi.

연합뉴스

‘택시기사 살인’ 재심 개시로 17년 만에 풀려난 무기수 "눈물 밖에 안 나와" | 연합뉴스

(창원=연합뉴스) 정종호 기자 = 2009년 경남 창원에서 택시 기사를 살해한 혐의로 무기징역을 선고받은 우즈베키스탄 국적의 보조로브 아크말(3...

3,22000141
Jahongir Ganiev⚖️ logo
Jahongir Ganiev⚖️

12-okt, 2026, 16:40

Seul immigratsiyasi 배달 bo‘yicha reydlarni jiddiy boshlagan yana. Juda ko‘pchilikni tergovga chaqirishyapti...

Juda ko‘p joylardan ma’lumot yig‘ishgan ekan. Boshliqlar hatto Telegramdagi yozishmalargacha berishgan ekan.
5,0700086
Jahongir Ganiev⚖️ logo
Jahongir Ganiev⚖️

10-okt, 2026, 12:57

Photo1/6
O‘zbekistondan ham D-10 vizasi olib Koreyaga qaytish mumkin!

Koreyada hech qanday qonun-qoidani buzmasdan O‘zbekistonga chiqib ketgan bo‘lsangiz va Koreyada o‘qishni bitirganingizga 3 yildan oshmagan bo‘lsa, tegishli talablarga javob bergan holda O‘zbekistondan ham D-10 vizasini olib kelishingiz mumkin.(3yildan oshgan bo'lsa umumiy ballariz 60dan oshishi kerak)

Bu singlimizning holati esa boshqacharoq. Ular shu yil avgustda o‘qishni bitirib, O‘zbekistonga ketganlar. O‘qishni bitirgandan keyin 14 kun ichida Koreyadan chiqib ketilsa, bu holat bazaga tushgach, ID karta orqasida muddati qolgan bo‘lsa ham, o‘sha karta bilan Koreyaga qayta kira olmaydilar.

Xullas, singlimizga O‘zbekistondan D-10 vizasiga hujjat topshirishda ozgina yordam va yo'l yo'riq berdik.Kuni kecha bir yillik D-10 vizasini oldilar!
5,6100034
Jahongir Ganiev⚖️ logo
Jahongir Ganiev⚖️

09-okt, 2026, 07:53

Photo1/2
«Haftada bir marta dars, qolgan kunlari bemalol ishlaysiz», deb reklama qiladigan konsaltingchilarga endi ishonmanglar.

Hujjatda 2027-yilning birinchi yarmidan talabalarning o‘qishidan ko‘ra ishlashiga qulaylashtirilgan ta’lim dasturlari ustidan nazorat kuchaytirilishi aytilgan.

Ayniqsa:
▪️ Onlayn darslar hisobiga universitetga kelish kunlari kamaytirilgan dasturlar;
▪️ Noqonuniy ishlayotgan talabalar ko‘p aniqlangan kechki va dam olish kunlaridagi dasturlar;
▪️ Talabalari asosan bitta davlatdan bo‘lgan yoki tarjimon orqali dars o‘tish kabi usullar bilan tartibsiz tashkil etilgan ingliz tilidagi yo‘nalishlar tekshiriladi.

Universitet akkreditatsiyadan o‘tgan bo‘lsa ham, tekshiruv natijasida tegishli yo‘nalishga viza berishdagi imtiyozlar to‘xtatilishi mumkin.

Kechki, dam olish kunlaridagi va ingliz tilidagi dasturlarga ham alohida shartlar belgilanishi ko‘zda tutilgan.

Universitet tanlashda «necha kun dars bo‘ladi?» degan savol bilan cheklanib qolmanglar. Ta’lim dasturi va viza talablarini ham tekshiringlar.
6,6700039
Jahongir Ganiev⚖️ logo
Jahongir Ganiev⚖️

08-okt, 2026, 14:41

Photo1/2
2026-yilning ikkinchi yarmidagi Koreya talabalik vizasi bo‘yicha yangi siyosat — batafsil qo‘llanma

Koreya Adliya vazirligi xorijiy talabalar soni 400 mingga yetayotgan bir paytda viza siyosatini tubdan yangilamoqda. Endi asosiy e’tibor talabalarni jalb qilish bilan birga, ularning ishga joylashishi va kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratiladi.

1. Koreyaga kirish bosqichi

① Koreys tilini yaxshi biladigan talabalar — TOPIK 4-daraja yoki Ijtimoiy integratsiya dasturining (KIIP) 4-bosqichi talabiga javob beruvchilar — viza olish uchun ariza topshirishda moliyaviy imkoniyatini tasdiqlashdan to‘liq ozod qilinadi.

② Noqonuniy qolishning oldini olish uchun ayrim mamlakatlarga nisbatan o‘qish xarajatlari uchun kafolat depoziti tizimi kengaytiriladi. Shuningdek, ta’lim hujjatlarini tekshirish va xorijdagi ta’lim agentliklarini ro‘yxatdan o‘tkazish tizimi orqali nazorat kuchaytiriladi.

③ OECD mamlakatlari talabalari uchun “Gap year” — o‘qishdagi tanaffus davri talabalik vizasi (D-2-8) hamda “kelajak universiteti” uchun qisqa muddatli viza kabi yangi kirish yo‘nalishlari joriy etiladi.

2. Universitetda o‘qish va rivojlanish bosqichi

① Qo‘shimcha ishlashga ruxsat olish uchun ariza topshirishda universitet beradigan 시간제취업 확인서 — yarim stavkali ishlashni tasdiqlovchi hujjat orqali hujjat topshirish tartibi ancha soddalashtiriladi.

② Biroq talabalarni o‘qishga jiddiy e’tibor qaratishga undash maqsadida qo‘shimcha ishlashga ruxsat berishdagi koreys tili talabi KIIP 3-bosqichigacha oshiriladi.

③ Ta’limdan ko‘ra ishlashga ko‘proq yo‘naltirilgan, darslari asosan dam olish kunlari, kechki payt yoki onlayn shaklda o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga beriladigan viza imtiyozlari to‘liq bekor qilinadi.

3. O‘qishni tugatgandan keyin ishga joylashish va doimiy yashashga o‘tish bosqichi

① Bitiruvdan keyingi D-10 ish qidirish vizasi bo‘yicha yashash muddati koreys tili darajasi va ishga tayyorgarlik holatiga qarab, ko‘pi bilan 3 yilgacha uzaytiriladi. Bu bitiruvchilarga ishga joylashish uchun barqaror tayyorgarlik ko‘rish imkonini beradi.

② Tabiiy fanlar va muhandislik yo‘nalishidagi xorijiy talabalar ishlab chiqarish sohasiga ishga kirganda, ularning malakali ishchi vizasiga (E-7) o‘tishi qo‘llab-quvvatlanadi. Shuningdek, professional texnik magistratura — K-Tech Master Visa yo‘nalishi orqali D-2 talabalik vizasidan F-2 yashash vizasiga o‘tish qo‘llab-quvvatlanadi.

③ Universitetlardagi OASIS bilan bog‘langan dasturlar orqali texnologik biznes tashkil etish va D-8-4 vizasiga o‘tishga ko‘maklashiladi. O‘z mamlakatiga qaytgan bitiruvchilar uchun esa ko‘p martalik “Koreyada tahsil olgan bitiruvchilarning tashrif vizasi” — Study Korea Alumni Visa joriy etiladi.

4. Xorijiy talabalarga ma’muriy yordam tizimi

① Hududiy immigratsiya idoralarining 5 tasida xorijiy talabalarning viza va yashash masalalarini qo‘llab-quvvatlash markazlari tashkil etiladi. Ularda arizalarni ko‘rib chiqish ishlari bir joyda, yagona tartib asosida amalga oshiriladi.

② Sun’iy intellektga asoslangan onlayn platforma yaratiladi. Bu orqali talabalar immigratsiya idorasiga bormasdan va qog‘oz hujjat topshirmasdan murojaatlarini hal qilish imkoniga ega bo‘ladi.

③ Talabalarga kasblar bo‘yicha malaka talablarini jamlagan ishga joylashish vizasi uchun tekshiruv ro‘yxati hamda bosqichma-bosqich yuqoriroq viza maqomiga o‘tish yo‘llari ularning holatiga mos ravishda taqdim etiladi.
6,1900056
Jahongir Ganiev⚖️ logo
Jahongir Ganiev⚖️

06-okt, 2026, 19:35

Photo1/4
F-2-7 vizasiga o‘tishda qo‘shiladigan va ayriladigan ballar

Post Immigratsiya idorasining 2026-yil 18-sentabrdagi ko‘rsatmalariga asoslangan.

Volunteer faoliyat uchun qo‘shimcha ball:

●3 yil va undan ko‘p: kamida 18 marta va jami 150 soat — +7 ball.
●2 yildan 3 yilgacha: kamida 12 marta va jami 100 soat — +5 ball.
●1 yildan 2 yilgacha: kamida 6 marta va jami 50 soat — +1 ball. • 1 yildan kam bo‘lsa, ball berilmaydi.

Qonunbuzarlik uchun ayriladigan ballar

1. Immigratsiya qonunini buzganlik uchun jarima — 범칙금:

●500 ming vondan 1 million vongacha, 1 million kirmaydi — −10 ball.
●1 million vondan 3 million vongacha, 3 million kirmaydi — −20 ball.
●3 million von va undan ko‘p jarima yoki chiqib ketish buyrug‘i / deportatsiya qarori — −30 ball.

Jarimalar bo‘yicha ball ayrilishi jarima to‘langan kundan boshlab 3 yil davomida qo‘llanadi. Uch yil o‘tgach, ball ayrilmaydi. Chiqib ketish buyrug‘i yoki deportatsiya qarori bo‘yicha esa 5 yillik muddat hisobga olinadi.

2. Jinoyat ishi bo‘yicha sud tayinlagan jarima — 벌금형:

●2 million vondan kam — −20 ball, jazo qachon tayinlanganidan qat’i nazar.
●2 million vondan 3 million vongacha, 3 million kirmaydi — −30 ball, jazo qachon tayinlanganidan qat’i nazar.

●3 million von va undan ko‘p jarima, shartli hukm yoki qamoq jazosi:Hukm chiqarilganidan keyin 3 yil ichida F-2-7 vizasiga o‘tib bo‘lmaydi. – 3 yil o‘tgan bo‘lsa — −40 ball.
4,7400014
Jahongir Ganiev⚖️ logo
Jahongir Ganiev⚖️

06-okt, 2026, 18:31

사장님:"축구 봤어 자헌아?우리가 2:0으로 이겼네”

“아뇨, 저 야구 팬입니다…
4,01000114
Jahongir Ganiev⚖️ logo
Jahongir Ganiev⚖️

04-okt, 2026, 15:14

Photo1/4
E-7-1 → F-2-7 → F-5-10: bir insonning tajribasi

Koreyada magistraturani tamomlab, kompaniyada ishlab kelayotgan bir inson yaqinda F-5-10 doimiy yashash maqomini olgan. Uning tajribasini sizlarga ham ulashmoqchimiz.

O‘qish va ishlash tarixi:

▪️ 2021-yil iyundan hozirgacha kompaniyada ishlamoqda.
▪️ 2022-yil iyun — E-7-1 vizasiga o‘tgan.
▪️ 2022-yil avgust — Soongsil universitetida magistraturani tamomlagan (숭실대 특수과정).
▪️ 2023-yil noyabr — F-2-7 vizasiga o‘tgan.

F-5-10 olish jarayoni:

▪️ 2025-yil 11-dekabr — 서울남부출입국 idorasiga hujjat topshirgan.
▪️ 2026-yil 30-sentabr — qo‘shimcha 건강보험자격득실확인서 hujjati so‘ralgan.
▪️ 2026-yil 2-oktabr — F-5-10 tasdiqlangani haqida SMS kelgan.

Hujjat topshirilganidan natija chiqqunigacha qariyb 10 oy vaqt ketgan.

📄 Topshirgan hujjatlari:

1. 통합신청서 + 사진
2. 여권 + 여권 사본
3. 외국인등록증
4. 임대차계약서
5. KIIP 합격증
6. 졸업증명서, 성적증명서
7. 영주자격 신청자 기본정보
8. 국세·지방세 납세증명서
9. 소득금액증명서 (2024년,GNI 이상)
10. 근로소득원천징수영수증 (2022~2024년)
11. 신원보증서 + 신원보증인 신분증 사본
12. 연봉계약서
13. 재직증명서
14. 본인 4대보험 가입 확인서

Keyinchalik qo‘shimcha ravishda 건강보험자격득실확인서 topshirgan.

Uning aytishicha, 4대보험 납부 사업장 명단 hujjatini topshirmagan va immigratsiya ham qo‘shimcha so‘ramagan.

Bu bir insonning shaxsiy tajribasi. Hujjatlar ro‘yxati va ko‘rib chiqish muddati arizachining holatiga qarab farq qilishi mumkin.
5,9200039
Jahongir Ganiev⚖️ logo
Jahongir Ganiev⚖️

04-okt, 2026, 08:42

O‘zbekistonda katta o‘zgarishlar bo‘layotganini bu safar kelib yanada ko‘proq his qildim.

Har qadamda o‘quv markazlari, xususiy maktablar. Ayrimlaridagi sharoitlarni ko‘rib, odamning o‘zi ham yana o‘qigisi kelib ketadi. Ilm olish uchun imkoniyatlar ham, tanlov ham ancha ko‘paygan.

Kundalik xizmatlarda ham qulayliklarni sezdim. Banklarda navbat tizimlashtirilgan. Davlat xizmatlaridan xohlasangiz onlayn, xohlasangiz borib foydalanasiz. Ko‘p hujjatlarni avvalgidek ortiqcha yugur-yugurlarsiz olish mumkin. Bunday o‘zgarishlar odamning vaqtini ham, asabini ham tejaydi.

Koreyada ota-onalarning: «Farzandim mana shu o'quv markazda o‘qiydi, mana bu yaxshi kursga boradi», deb faxrlanib gapirishlariga ko‘p guvoh bo‘lganman. Hozir O‘zbekistonda ham shunday ota-onalarni ko‘ryapman. Farzandining ta’limiga jiddiy e’tibor berib, imkoniyati yetganicha yaxshi maktab va kurslarni tanlayotganlar talaygina.

Meni ayniqsa shu holat quvontirdi. Ota-onalar farzandining bilimiga mablag‘ va vaqt ajratayotgani, bolalar uchun tanlov ko‘payayotgani — kelajak uchun katta umid beradi.

Yurtimizdagi yaxshi o‘zgarishlarni ham ko‘ra bilish va qadrlash kerak. Men bu safar ularni ko‘rib, chin dildan xursand bo‘ldim.
5,2300096
Jahongir Ganiev⚖️ logo
Jahongir Ganiev⚖️

04-okt, 2026, 08:29

Photo1/2
O‘zbekistonda yurib, odamlarni kuzatyapman. Bir qarashda hamma boyib ketgandek tuyuladi: qimmat mashinalar, yangi telefonlar… O‘zimga qarab: «Menda oddiygina Jentra bor, xolos. Nima qilib Koreyada yuribman o‘zi?» degan savol ham xayolimdan o‘tdi.😬

Keyin yaqinroq gaplashib, ayrimlarning sharoitini bilsam, tashqaridan ko‘ringan hayotning ortida anchagina kredit bor ekan. Mashina kreditda, uy kreditda. Hatto bir kreditni yopish uchun yana kredit olayotganlar ham bor ekan. Albatta, hammani bir xil deyolmayman. Lekin ko‘rinayotgan farovonlik bilan odamning haqiqiy ahvoli har doim ham bir xil emasligini his qildim.

Yana bir sezganim — odamlar ancha asabiylashgandek. Ayniqsa, mashina haydaganda buni yaxshi his qilyapman. Ozgina yo‘l bermay qolsangiz, ortingizdan so‘kinib ketadiganlar bor. Go‘yo ichida yig‘ilib qolgan alamini yo‘lda uchragan boshqa odamdan olayotgandek.

Buning sababini aniq bilmayman. Lekin doimiy tashvish, qarz va o‘zini boshqalarga taqqoslab yashash odamning xotirjamligini olib qo‘ysa kerak.

«Unda bor, menda nega yo‘q?» degan o‘y ko‘payib, «Menda ham ancha narsa bor-ku, shukr», degan fikr kamayib ketgandek tuyuldi.

Bu kuzatuvlar o‘zimga ham saboq bo‘ldi. Birovning mashinasini ko‘rib, o‘z mehnatimni va bosib o‘tgan yo‘limni qadrsizlantirib qo‘yishim to‘g‘ri emas ekan. Men uning mashinasini ko‘ryapman, lekin qarzini, tashvishini yoki shu narsaga qanday erishganini bilmayman.

Yaxshi yashashga intilish kerak, albatta. Faqat boshqalarga yetib olish tashvishida o‘zimizdagi bor narsaning qadrini unutib qo‘ymasak bo‘ldi.
4,31000133
Jahongir Ganiev⚖️ logo
Jahongir Ganiev⚖️

02-okt, 2026, 16:55

F-2-R vizasida yurganlar, sizlarda yillik daromadni GNI miqdoriga yetkazishni iloji bormi o'zi? 🤔

Oyliklar unchalik yuqori emas, deb eshitgandim. Yuqoridagi inson esa oziq-ovqat kompaniyasida ishlab, oxirgi ikki yilning har birida GNI miqdoridan yuqori daromad qilgan ekan.

Sizlarda vaziyat qanday? Asosiy oylikning o‘zi yetadimi yoki qo‘shimcha ish soatlari va bonuslar hisobiga yetkazyapsizlarmi?
3,8800010
Jahongir Ganiev⚖️ logo
Jahongir Ganiev⚖️

02-okt, 2026, 16:48

Photo1/4
F-2-R vizasidan F-5-10 doimiy yashash vizasiga o‘tgan inson tajribasini ulashmoqchiman.

Uning viza yo‘li:
D-4 → D-2-2 → D-2-3 → D-10 → F-2-R → F-5-10.

U 2022-yilda ijtimoiy fanlar yo‘nalishida magistraturani tamomlagan. Keyin D-10 vizasiga, 2023-yil may oyida esa F-2-R vizasiga o‘tgan. O‘sha vaqtdan beri bitta oziq-ovqat kompaniyasida rasmiy ravishda ishlab kelgan.

Kompaniyaga ishga kirgan sanasidan hisoblaganda roppa-rosa 3 yil to‘lgach, Jeonju (전주) immigratsiya idorasiga F-5-10 uchun hujjat topshirgan. 4 oy o‘tib, vizasi tasdiqlangani haqida SMS kelgan.

Uning hujjat topshirish tajribasidagi asosiy ma’lumotlar:

— Bakalavr va magistr diplomlarini birga taqdim etgan. Ikkalasi ham ijtimoiy fanlar yo‘nalishida bo‘lgan.

— Oxirgi ikki yilning har birida yillik daromadi GNI miqdoridan yuqori bo‘lgan. Ammo hujjat topshirishda faqat 2025-yil uchun 소득금액증명서 — daromad miqdori haqidagi ma’lumotnomani taqdim etgan.

— Mehnat shartnomasi 정직원 — doimiy shtatdagi xodim sifatida tuzilgan va unda tugash sanasi ko‘rsatilmagan.

— Kafillik hujjati va 추천서 — tavsiyanomani kompaniya direktori yozib bergan.

— Hujjatlarni o‘zi tayyorlagan. Yuridik xizmat ko‘rsatuvchi idoraga murojaat qilmagan, 1345 orqali olingan ma’lumotlar va guruhdagi boshqa insonlarning tajribalaridan foydalangan.

F-2-R vizasida yurib, kelajakda doimiy yashash vizasiga o‘tishni rejalashtirayotganlar uchun foydali tajriba.

Bu bir insonning shaxsiy tajribasi. Undagi 3 yillik ish muddati yoki taqdim etilgan hujjatlarni barcha uchun bir xil talab deb qabul qilmaslik kerak. O‘z holatingiz bo‘yicha F-5-10 talablarini 1345 va tegishli immigratsiya idorasidan aniqlashtirib, oldindan tayyorgarlik ko‘ring.
5,9200053
Jahongir Ganiev⚖️ logo
Jahongir Ganiev⚖️

01-okt, 2026, 18:36

Photo1/2
Har qanday vizangizni muddati tugashidan 4 oy oldin uzaytirish imkoniyatingiz bor. Oxirgi kungacha kutmang.

Bugun bir talaba akamiz viza muddati tugaganidan atigi 1 kun keyin immigratsiyaga borib, 350 ming von jarima to‘lagan.(kecha 30-sentabr tugagan,bugun 1-oktabr borganlar)

Viza muddatini nazorat qiling va hujjatlaringizni oldindan tayyorlang. Kichik kechikish ham ortiqcha xarajatga sabab bo‘lishi mumkin.
5,1300042
Jahongir Ganiev⚖️ logo
Jahongir Ganiev⚖️

01-okt, 2026, 16:21

F-5 — 영주권 olish uchun qancha rasmiy daromad kerak? GNI talablarini tushunib olaylik.

Ko‘pchilik “F-5 uchun daromad GNI ning bir baravari bo‘lishi kerakmi yoki ikki baravari?” deb so‘raydi. Javob siz topshirayotgan F-5 turiga bog‘liq. Hamma 영주권 uchun bir xil daromad talabi qo‘yilmaydi.

GNI — Koreyaning bir kishiga to‘g‘ri keladigan yillik yalpi milliy daromadi. Bu eng kam ish haqi emas. Immigratsiya ayrim vizalar uchun daromad talabini aynan shu ko‘rsatkichga qarab belgilaydi.

2026-yil 1-apreldan 2027-yil 31-martgacha qo‘llanadigan GNI bazasi — 52 416 000 von, ya’ni 5 241,6만 원. Shunga ko‘ra, GNI ning bir baravari yiliga 52 416 000 von, ikki baravari esa 104 832 000 von — 1억 483만 2천 원 bo‘ladi.

F-5-1 — umumiy 영주권 uchun odatiy daromad talabi GNI ning ikki baravari. Hozirgi baza bilan bu yiliga kamida 104 832 000 von degani. E-7, D-8, D-9 yoki tegishli F-2 maqomidan ushbu turga topshirayotgan odam faqat yashash muddatiga emas, daromad talabiga ham qarashi kerak.

F-2-7 dan o‘tiladigan F-5-16 uchun ham odatiy talab GNI ning ikki baravari — yiliga 104 832 000 von. Demak, F-2-7 da 3 yil yashaganingizning o‘zi yetmaydi: daromad va boshqa shartlar ham bajarilishi kerak. Ayrim turlarda belgilangan sof mol-mulk mezoni orqali ta’minot qobiliyatini isbotlash imkoniyati ham bor.

F-5-10 — tegishli bakalavr, magistr diplomi yoki texnik malaka asosidagi 영주권 uchun daromad talabi GNI ning bir baravari. Hozir bu yiliga kamida 52 416 000 von degani. Ushbu turda ariza beruvchining o‘z daromadi hisobga olinadi. “Ayolim yoki erimning daromadini qo‘shib, talabni to‘ldiraman” degan hisob F-5-10 uchun to‘g‘ri kelmaydi. Diplomdan tashqari ish va yashash muddati talablari ham bajarilishi kerak.

Koreyada doktorlik diplomini olganlar uchun F-5-15, koreys fuqarosining turmush o‘rtog‘i uchun F-5-2, odatiy 영주권 egasining turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi uchun F-5-4, ball tizimi orqali 영주권 olgan shaxsning tegishli oilasi uchun F-5-18 yo‘llarida asosiy daromad mezoni odatda GNI ning bir baravari hisoblanadi. Oilaviy daromadni qo‘shish, mol-mulk bilan tasdiqlash va yengilliklar esa har bir tur bo‘yicha alohida tekshiriladi.

Bu raqamlarni oyga bo‘lsak, bir baravar GNI 4 368 000 von, ikki baravar GNI esa 8 736 000 von chiqadi. Lekin bu faqat tushunish uchun hisob: immigratsiya yillik, hujjat bilan tasdiqlangan daromadni tekshiradi.

Yana bir muhim masala: bank kartasiga tushgan jami pul, korxonaning savdo aylanmasi va shaxsiy daromad bir xil narsa emas. Ayniqsa biznes qilayotganlar “yiliga 2억 savdo qildim, demak daromadim ham 2억” deb hisoblamasin. Soliq hujjatlarida ko‘rsatilgan va immigratsiya tan oladigan daromadni tekshirish kerak.

영주권ga tayyorgarlikni avval mos F-5 turini aniqlashdan boshlang. Bir yo‘lda sizdan GNI ning ikki baravari talab qilinsa, diplomingiz va ish holatingizga mos boshqa yo‘lda bir baravari talab qilinishi mumkin. Shuning uchun vizangiz, diplomingiz, ish tarixingiz va rasmiy daromadingizni birgalikda baholab, keyin reja tuzing.

Ushbu summalar 2026-yil 1-oktabr holatidagi qo‘llanadigan GNI bazasi bilan hisoblandi. Keyingi davr uchun baza yangilanganda talab qilinadigan summa ham o‘zgaradi.
3,8200042
Jahongir Ganiev⚖️ logo
Jahongir Ganiev⚖️

08-sen, 2026, 03:23

E-7-4 vizasiga 2024-yil 27-noyabrdan keyin ariza topshirgan, ammo Topik 2-darajaga ega bo‘lmagan ishchilar uchun koreys tilini bilish talabi majburiy hisoblanadi!

2024-yil 27-noyabr kuni koreys tili bo‘yicha 2-darajasiz E-7-4 vizasiga o‘tgan ishchilar vizasini 2026-yil 31-dekabrgacha uzaytirishda koreys tili talabini bajarishlari kerak.

Ba’zi odamlar: «Joriy yilning 31-dekabrigacha koreys tili sertifikati talab qilinmaydi», deyishmoqda. Ammo bu ma’lumot faqat ayrim holatlardagina to‘g‘ri.

Agar siz 2024-yil 27-noyabrdan keyin E-7-4 vizasiga o‘tgan bo‘lsangiz, asosiy qoidaga ko‘ra, koreys tili talabini bajarmasdan joriy yilda vizangizni uzaytira olmaysiz.

Biroq bunday holatda ham E-7-4 vizasini oxirgi marta 6 oyga uzaytirib berishlari mumkin.Agar ushbu 6 oy ichida ham koreys tili bo‘yicha 2-darajani olmasangiz, keyinchalik vizangiz boshqa uzaytirilmaydi.

Shuning uchun koreys tilini oldindan tayyorlab, kerakli darajani o‘z vaqtida olib qo‘ying!
3,4300010
Jahongir Ganiev⚖️ logo
Jahongir Ganiev⚖️

08-sen, 2026, 03:23

Koreyada mashina sug'urtasi bo'lgan 책임보험 va 종합보험: farqi, qoplash chegarasi va narxi

Koreyada ko‘pchilik vatandoshlarimiz avtomobil sug‘urtasining arzonroq turi —va ko'pchilik tilida O'zbekcha pohom bo'lib qolgan 책임보험, ya’ni minimal majburiy sug‘urta bilan yurishadi.😬

Lekin 책임보험 borligi avariya natijasida yetkazilgan barcha zararlarni sug‘urta kompaniyasi to‘liq qoplaydi degani emas.

1. 책임보험 nima?
책임보험 — avtomobil egasi qonun bo‘yicha majburiy ravishda qilishi kerak bo‘lgan minimal sug‘urta.

U asosan quyidagilarni qoplaydi:
▪️ 대인배상Ⅰ — siz sababli boshqa odam jarohatlansa yoki vafot etsa;
▪️ 대물배상 — boshqa avtomobil yoki mol-mulkka zarar yetkazilsa.
Minimal 대물배상 chegarasi bir avariya uchun 20 million von.

Masalan, siz 70 million vonlik avtomobilga zarar yetkazdingiz. Agar 대물 sug‘urtangiz faqat 20 million von bo‘lsa, sug‘urta shu limitgacha to‘laydi. Qolgan zarar aybdor haydovchining zimmasida qolishi mumkin.

Shuning uchun 책임보험ni “faqat bir tomonni qoplaydigan sug‘urta” deb tushunish qisman to‘g‘ri. U asosan qarshi tomon zararini qoplaydi, lekin faqat belgilangan chegaragacha. O‘z avtomobilingizning zarari esa odatda qoplanmaydi.

2. Odam jarohatlansa qancha qoplanadi?
책임보험dagi 대인배상Ⅰ to‘lovi jarohatning shifokor tomonidant belgilangan 상해급수 — jarohat darajasi asosida hisoblanadi.
Yo‘l-transport hodisalarida ko‘p uchraydigan:
▪️ 척추 염좌 — bo‘yin yoki bel umurtqasining cho‘zilishi;
▪️ qo‘l-oyoq mushaklari va paylarining yengil cho‘zilishi;
▪️ avariyadan keyingi o‘tkir stress holati
odatda 12급 jarohat darajasiga kiritiladi.
⚠️ 12급 uchun 책임보험ning maksimal qoplash chegarasi — 1 200 000 von.
Bu faqat kasalxona uchun ajratilgan alohida pul emas. Davolanish xarajati va jabrlanuvchiga tegishli boshqa zararlar ham shu umumiy limit doirasida hisoblanadi.

Jarohat darajalari bo‘yicha maksimal limitlar:
▪️ 1급 — 30 million von
▪️ 2급 — 15 million von
▪️ 3급 — 12 million von
▪️ 4급 — 10 million von
▪️ 5급 — 9 million von
▪️ 6급 — 7 million von
▪️ 7급 — 5 million von
▪️ 8급 — 3 million von
▪️ 9급 — 2,4 million von
▪️ 10급 — 2 million von
▪️ 11급 — 1,6 million von
▪️ 12급 — 1,2 million von
▪️ 13급 — 800 ming von
▪️ 14급 — 500 ming von

O‘lim holatida 대인배상Ⅰ bo‘yicha bir jabrlanuvchiga maksimal 150 million vongacha qoplanadi. Ammo haqiqiy zarar belgilangan limitdan oshsa, ortiqcha qismi aybdor haydovchidan talab qilinishi mumkin.

3. 종합보험 nima?
종합보험 — majburiy sug‘urtaga qo‘shimcha ravishda kengroq himoya beradigan avtomobil sug‘urtasi.
Unga quyidagilarni kiritish mumkin:
✅ 대인배상Ⅱ — 대인배상Ⅰ limitidan oshgan inson salomatligiga yetkazilgan zarar; odatda 무한, ya’ni limitsiz tanlanadi.
✅ 대물배상 — boshqa avtomobil va mol-mulk zarari; 200 million, 500 million yoki 1 milliard von kabi yuqori limit tanlanishi mumkin.
✅ 자동차상해 yoki 자기신체사고 — haydovchi va avtomobildagi sug‘urtalangan odamlarning jarohati.
✅ 무보험자동차에 의한 상해 — sug‘urtasiz yoki qochib ketgan avtomobil sababli jarohatlanish.
✅ 자기차량손해(자차) — o‘z avtomobilingizning zarari.

종합보험 qilganingiz o‘z avtomobilingiz avtomatik ravishda qoplanadi degani emas. Buning uchun polisda 자기차량손해(자차) alohida kiritilgan bo‘lishi kerak.

4. Narxlari qancha farq qiladi?
책임보험 va 종합보험 uchun hammaga bir xil belgilangan narx yo‘q. Sug‘urta summasi har bir haydovchi uchun alohida hisoblanadi.
Narxga quyidagilar ta’sir qiladi:
▪️ haydovchining yoshi;
▪️ avtomobil modeli, ishlab chiqarilgan yili va qiymati;
▪️ Koreyadagi sug‘urta tajribasi;
▪️ avariya va sug‘urta to‘lovlari tarixi;
▪️ yo‘l harakati qoidabuzarliklari;
▪️ avtomobilni kimlar boshqarishi;
▪️ tanlangan qoplash limitlari;
▪️ 자차 qo‘shilgan yoki qo‘shilmagani;
▪️ sug‘urtani agent yoki internet orqali rasmiylashtirish.

보험개발원 ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yilda Koreyadagi shaxsiy avtomobillar uchun bir yillik sug‘urta to‘lovi o‘rtacha 680 000 von bo‘lgan.

Lekin bu 책임보험 yoki 종합보험ning belgilangan narxi emas, balki barcha shaxsiy avtomobil sug‘urtalari bo‘yicha umumiy o‘rtacha ko‘rsatkich.
Yangi haydovchi, Koreyada birinchi marta sug‘urta qilayotgan shaxs, avariya tarixi bor haydovchi yoki qimmat avtomobil egasida sug‘urta narxi 1 million vondan ancha yuqori chiqishi mumkin.
Rasmiy hisoblash misolida, sug‘urta tajribasi inobatga olinishidan oldingi asosiy narx 1 million von bo‘lsa:
▪️ 1 yildan kam tajribada — taxminan 1 381 000 von;
▪️ 1–2 yillik tajribada — taxminan 1 153 000 von;
▪️ 2–3 yillik tajribada — taxminan 1 103 000 von;
▪️ 3 yildan ortiq tajribada — taxminan 1 000 000 vonlik koeffitsiyent qo‘llanadi.

Bu tayyor sug‘urta narxi emas. Ushbu misol sug‘urta tajribasi yakuniy narxga qanchalik ta’sir qilishini ko‘rsatadi.
5. Qaysi sug‘urta xavfsizroq?
책임보험:
▪️ arzonroq;
▪️ qonuniy minimal talabni bajaradi;
▪️ qoplash chegarasi juda past;
▪️ o‘z avtomobilingiz odatda qoplanmaydi;
▪️ katta avariyada ortiqcha zarar haydovchining zimmasida qolishi mumkin.
종합보험:
▪️ qimmatroq;
▪️ qarshi tomonning katta miqdordagi zararini qoplaydi;
▪️ haydovchi va yo‘lovchilarni himoya qilish imkonini beradi;
▪️ 자차 qo‘shilsa, o‘z avtomobilingiz ham qoplanadi;
▪️ katta avariya tufayli qarzdor bo‘lib qolish xavfini kamaytiradi.
Yiliga bir necha yuz ming vonni tejash maqsadida faqat 책임보험 bilan yurish katta xavf tug‘dirishi mumkin. Qimmat avtomobil, bir nechta mashina yoki odam jarohati ishtirok etgan avariyada zarar o‘nlab, hatto yuzlab million vonga yetadi.

Shuning uchun imkon qadar:
✅ 대인배상Ⅱ — 무한
✅ 대물배상 — kamida 2–5억 von
✅ 자동차상해
✅ 무보험차상해
✅ imkoniyatga qarab 자기차량손해(자차)
kiritilgan 종합보험 tanlash xavfsizroq.

Sug‘urtani rasmiylashtirishdan oldin narxnigina emas, 대인Ⅱ, 대물 한도, 자차, 자기부담금 va 운전자 범위ni ham tekshiring.
4,1100040
Jahongir Ganiev⚖️ logo
Jahongir Ganiev⚖️

08-sen, 2026, 03:23

Bugun D-2 vizasini uzaytirishga borgan bir talabadan immigratsiya xodimi:
— Bu uylaringiz bir xonali ekan, 17 kishi qanday sig‘ib yashayapsizlar? — deb so‘rabdi😬

Xullas, bitta uy manziliga 17 kishi ro‘yxatdan o‘tgan ekan. Immigratsiya xodimi ham hayron🫡

Salomat...
4,58000212
Jahongir Ganiev⚖️ logo
Jahongir Ganiev⚖️

08-sen, 2026, 03:23

Photo
Mavzu:
I: Immigratsiya qamog'idan chiqish
II: G-1 qivolish

I: Ko'p keladigan murojaatlardan biri, "nelegal tanishimni immigratsiya ushlab oldi, olib chiqish kerak". Meni birinchi savolim, "Tashqariga chiqishlari shartligini isbotlovchi sabab bormi?" Javob: "O'zi nima sabab kerak?". Demak sabab yo'q. Sabab bo'lganida, men so'ramasam ham aytar edingiz. Ushbu postni yozish bilan, hechkimni hayotiga aralashish niyyatim yo'q. Ba'zi narsalarni tushunib olishimiz kerak holos:
1. Hamma narsani boshi va oxiri bor. Koreyada noqonuniy yashash, bu - istalgan vaqti tutilib, vatanga qaytishingiz mumkinligini bildiradi. Advokatga pul bersam chiqarib olaveradi degan hayol - xato. Vaqti kelganda, qaytasiz. Bu - qonun va uni men yozmaganman. Shunchaki, yetkazyabman.
2. Vizasiz odam ushlanganda uni ozod qilish bu faqat o'ta maxsus holatlar uchun xolos. U holatlarni men so'ramasam ham, o'zingiz ayta olishingiz kerak. Ya'ni, ichkaridagi odam, tashqarida kimgadir nihoyatda kerak bo'lsa, yoki ichkaridagi odam og'ir kasal bo'lsa yoki uni tashqarida kimdadir haqi qolib ketgan bo'lsa, jinoyatdan jabr ko'rgan bo'lsa va hokazo. Ammo, hali yetarlicha pul ishlolmaganingiz - sabab bo'lolmaydi. Bo'lmasa, hammamiz vizasiz yashayverardik.
3. Advokat - sehrgar emas. U faqat qonun doirasida ish yuritadigan odam. Pul bersanigz harqanday ish hal bo'ladi degani emas. Mana bunday advokatlar sizni aldab qo'yadi: Bo'lmaydigan ishni ham, pul uchun bo'ladi deb, pulingizni olib keyin telefonni ko'tarmay, yo'qolib qoladigan advokat. Kimdir shunaqa qilsa, siz amalda hechnarsa qilolmaysiz. Deport bo'lib ketaverasiz. Yana biri esa, pul evaziga soxta hujjat va sabab yasab beradigan advokatlar. Ba'zilar ularni olqishlaydi, "zato epladiku" deb. Lekin hayot faqat eplashdan iborat emas. Qonun, vijdon degan narsalar bor. U soxta hujjatlar davlat hodimi ko'ziga ko'rinib qolsa, qamalib ketish ham bor.

II: G-1 viza olishni ham o'ziga yarasha shartlari bor. Ya'ni, o'sha shaxs aslida Koreyadan chiqib ketishi kerak, ammo qandaydir sabab borki, u Koreyadan vaqtinchalik chiqib ketmay turishi kerak degan mazmunda beriladi. Masalan, tibbiy muolajaga muxtoj, kimdadir haqi qolgan, kimdandir jabr ko'rgan, qochqinlikka ariza bergan, vatanida urush bo'lyabdi va shu kabi, insoniylik jihatidan shavqat qilish zarur bo'lgan holatlar ko'zda tutilgan. Vatandoshlarimiz va qo'shni davlatdan keladigan do'stlarimiz va ko'p chet-elliklar esa, G-1 vizasini shunchaki qanaqadir VIP viza deb o'ylaydi. Unda biz ham shunchaki G-1ga o'tib qo'yaqolsak bo'lardiku? Nima kerak qiynalib o'qib yurib? Ko'r-ko'rona G-1ga o'tish bu, vizasiz migrantga aylanish uchun ilk qadam hisoblanadi. Chunki siz birorta G-1 qilib beradigan brokerni topasiz, pulini berasiz, o'zi birorta ssenariy yozib sizga katta ehtimol bilan G-1-5 qilib beradi. Ya'ni, qochqinlikka ariza kiritib beradi. Immigratsiya bu ssenariy yolg'onligini bilsada, qoida yuzasidan, ko'rib chiqishga majbur va bu orada siz 2yil Koreyada yurishingiz mumkin bo'ladi. Ammo keyin baribir rad qo'g'ozini tutkazadi. Siz esa, balki sudga berarsiz, lekin sud ham nari borsa 1yilda yakunlanadi. Va 99% ehtimol bilan yutkazasiz va baribir vizasiz qolasiz. Boshqa vizaga o'ta olmaysiz ham. "Keyin student vizaga o'tib olsa bo'ladi" degan broker ham telefonni ko'tarmaydi. 2yil "mazza"qilib yurganingiz, darhol esdan chiqadi. Shu sababdan, G-1ni "tanaffus"ga chiqib soqqa qilib olish vizasi deb tushunmang. Ortga yo'l yo'q u vizada. Va mendan ssenariy yasab berishni so'ramang. Biz vijdonga qarshi ish ko'rmaymiz. Pulga zor bo'lib qolsak, boshqa ish qilishdan qochmaymiz. Pul uchun hamma narsa qiladigan vijdonsiz advoklatlar "eplab" berar balki, lekin davlat hodimlari sezib qolsa, jinoiy jazogacha olib borishi mumkin.

Ushbu postdan maqsad:
1. Bo'lmaydigan ishlarga xarajat qilishdan qaytarish.
2. Vijdonli bo'lish va joyi kelganda, taqdirga tan berishga chaqirish.

"Yoki inson nimani xohlasa, shu boʻlaveradimi?"
An Najm, 24-oyat

✍️ https://t.me/abdullatif_kr | Haqiqiy Koreya

✍️ https://www.facebook.com/share/p/14UDjpASkv8/
4,8900048
Jahongir Ganiev⚖️ logo
Jahongir Ganiev⚖️

08-sen, 2026, 03:23

Hozirgi paytda viza muddatini uzaytirish tartibi biroz o‘zgargan.

Oldin immigratsiya idorasiga hujjat topshirganingizda, ko‘p hollarda viza muddati o‘sha kunning o‘zidayoq uzaytirib berilardi. Hozir esa hujjatlarni qabul qilib, qo‘lingizga 접수증 — hujjatlar qabul qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma berishyapti va natija odatda 2–3 hafta ichida ma’lum bo‘lishini aytishyapti.

Shuning uchun vizasining tugash muddati yaqinlashayotganlar oldindan 방문예약 qilib, hujjatlarini ertaroq tayyorlab qo‘yganlari ma’qul. Natija darhol chiqmayotganini ham hisobga olinglar.
4,1600051
Jahongir Ganiev⚖️ logo
Jahongir Ganiev⚖️

08-sen, 2026, 03:23

Photo
Bugun bir opamizning C-3 mehmon vizasini G-1-2(kasal yotgan insonga qarovchi) vizasiga o‘zgartirish uchun Ansan immigratsiya idorasiga bordik.

U kishining ukasi E-9 vizasi bilan zavodda ishlab yurgan vaqtida og‘ir jarohat olib,operatsiya bo'lib hozir shifoxonada davolanyapti. Ayniqsa, miyasi qattiq jarohatlangan.Hozir asta-sekin o'ziga kelishga harakat qilyaptilar.

Avval telefon orqali gaplashganimizda, bu opa turli “o‘zidan advokat yasab olgan” odamlarning qo‘lida sarson bo‘lib qolmasin, imkonim boricha o‘zim yordam beray, deb qaror qilgandim. Vizaga hujjat topshirish, kerakli hujjatlarni yig‘ish va sabablarini to‘g‘ri yoritib berish men uchun unchalik katta muammo emas.

Opamiz bilan birgalikda barcha kerakli hujjatlarni tayyorladik, vaziyat va viza o‘zgartirish sabablarini tushunarli qilib yozdik. Bugun hujjatlarni topshirdik va immigratsiya xodimi hech qanday muammosiz qabul qildi.

To‘g‘ri, men ham sarflagan vaqtim va qilgan mehnatim uchun haq olishim mumkin. Lekin aynan shunday og‘ir vaziyatlarga duch kelgan insonlar bo‘lsa, xolis, Alloh uchun yordam kerak bo‘lsa, yordam berishga tayyorman.

Musofirdamiz. Bugun birovning boshiga tushgan sinov ertaga kimning boshiga tushishini hech kim bilmaydi. Bu Koreya ham, mol-dunyo ham hammamizdan qolib ketadi. Insondan esa qilgan yaxshiligi va birovning og‘irini yengil qilgani qoladi.
Do'stimizga Allohdan tezroq shifo, opamizga va barcha yaqinlariga sabr tilayman.
4,97000183
Jahongir Ganiev⚖️ logo
Jahongir Ganiev⚖️

08-sen, 2026, 03:23

🎤 Murojaat xati bo'yicha jonli suhbat

Koreyadagi yurtdoshlarimizning hayotini yana ham yaxshilash, yillar davomida qayta-qayta duch kelinaveradigan muammolarga tizimli yechim berish tashabbusi bo'yicha bir guruh faollar harakat qilishdi.

Buning uchun avval fikr va takliflar qabul qilindi, o'rganildi va tahlil qilinib, Koreya tomoni hal qilib bera olishi mumkin bo'lgan eng asosiylari ajratib olindi.

Muammo va takliflar keng yoritilib, asoslantirilib, katta https://t.me/salomkorea ko'rinishiga keltirildi va bu tashabbusni qo'llab-quvvatlagan Koreyadagi yurtdoshlarimiz nomidan tegishli davlat tashkilotlariga yuborildi.

Mana shu tashabbus bo'yicha 2026.08.30 (yakshanba) kuni onlayn jonli suhbat o'tkazishni rejaladik.

👉 Jonli suhbat qayerda bo'ladi?
https://t.me/SalomKoreya Telegram guruhida.

- Qachon bo'ladi?
2026.08.30 (yakshanba) kuni Koreya vaqti bilan soat 22:00 da.

Hamma faollarni taklif qilib qolamiz.
4,0400012
Jahongir Ganiev⚖️ logo
Jahongir Ganiev⚖️

08-sen, 2026, 03:23

2016-yil 30-avgust — xuddi shu kuni Koreyaga birinchi marta kelgan ekanman. Bugun roppa-rosa 10 yil bo‘libdi…

Aeroportga tushganimizda uning kattaligiga anqayib qarab, sumkalarimizni topolmay adashib qolganmiz. Keyin hammamizni bitta kichkina sariq avtobusga joylashtirib, universitetga olib ketishgan. O‘sha kuni havo biroz dim va yoqimsiz edi. Oldimda qanday hayot, qancha qiyinchilik va sinovlar kutib turganini esa umuman bilmasdim.

Xayolimda faqat o‘qish emas, Koreyada oson pul topish ham bor edi. Go‘yoki bir joyga boraman-u, shunchaki bitta knopkani bosaman — tamom, 100 dollar naqd pul! 😅

Oradan ko‘p o‘tmay, birinchi marta “택배”ga — ishlashga chiqdim. Ish topganimdan xursand bo‘lib, enamni ko‘rgandek bo‘lganman. Ichimda esa haligacha o‘sha “bir marta bosib, 100 dollar topadigan knopka”ni qidirardim.

Lekin u yerga borganimda meni furaning ichiga tiqib:
— Karobkalarni tez taxla! — deyishdi.
Oddiy tezlikda ham emas, xuddi videoni 4X tezlikka qo‘ygandek ishlash kerak edi. Shunda tushundim: men qidirgan knopka bu yerda yo‘q ekan. Balki o‘sha knopkaning o‘zi men ekanman — meni bosishsa, tinmay ishlashim kerak edi 😂

Koreyadagi hayotim mana shunday boshlangan.
Keyinchalik o‘qish, tungi ishlar, uyqusiz kunlar, til bilmaslik, sog‘inch, pulsizlik, yiqilishlar va yana qayta turishlar bo‘ldi. Ba’zan hammasini tashlab, uyga qaytgim kelgan kunlar ham ko‘p bo‘lgan.

Lekin har safar “shuncha yo‘lni bekorga bosib o‘tmaganman”, deb o‘zimni yana oldinga undaganman.
O‘sha aeroportda hayron bo‘lib turgan, hayotni juda oson tasavvur qilgan bolaga bugungi kunimni ko‘rsata olganimda, balki u ishonmagan bo‘lardi.

Bu 10 yil menga pul hech qachon bitta knopkani bosish bilan kelmasligini, har bir yutuq ortida mehnat, sabr, ko‘z yosh va katta tavakkal borligini o‘rgatdi. Eng muhimi, Koreya menga nafaqat o‘qish va ishlashni, balki hayot uchun kurashishni ham o‘rgatdi.

Bugun ortga qarab, o‘sha kichkina sariq avtobusga chiqqan kunimni tabassum bilan eslayman. Chunki o‘sha avtobus meni faqat universitetga emas, butunlay boshqa hayot sari olib ketayotgan ekan.

Hali yo‘lning oxiriga yetganim yo‘q. Balki eng yaxshi kunlarim hali oldindadir…
5,09000112
Jahongir Ganiev⚖️ logo
Jahongir Ganiev⚖️

08-sen, 2026, 03:23

O‘zbekistondan Koreyaga yuboradigan ayrim konsalting markazlarining bozori juda ayanchli holatga kelib qolibdi. Bittasi bank hisobidagi mablag‘ni soxtalashtirsa, boshqasi tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani o‘zgartirib, begona odamlarni ota-ona sifatida ko‘rsatib, ularning daromad hujjatlarini topshirar ekan.

Qanday qilib odamning kelajagi bilan bunchalik bemalol o‘ynash mumkin?
Mayli, shu hujjatlar bilan viza ham olindi, deylik. Ammo keyinchalik hujjatlarning soxtaligi aniqlansa nima bo‘ladi? Konsalting egasi chetga qochib ketishi mumkin, lekin barcha javobgarlik ariza topshirgan insonning zimmasida qoladi. Viza bekor qilinishi, o‘qish va yashash huquqi yo‘qotilishi, mamlakatdan chiqarib yuborilish yoki keyingi viza arizalarida jiddiy muammolar paydo bo‘lishi mumkin
.
Eng achinarlisi, ko‘pchilik hujjatlarini hatto bir marta o‘qib ham ko‘rmaydi. “Hammasini konsalting qiladi”, deb o‘z kelajagini butunlay begona odamlarning qo‘liga topshiradi. Ammo hujjatda sizning ismingiz, pasportingiz va imzoingiz turibdi. Ertaga muammo chiqsa, “Buni konsalting tayyorlagan, men bilmaganman”, degan gap har doim ham sizni javobgarlikdan qutqarmaydi.

Albatta, halol va mas’uliyatli ishlaydigan konsalting markazlari ham bor. Lekin kimga murojaat qilishingizdan qat’i nazar, topshirilayotgan har bir hujjatni shaxsan tekshiring. Bank ma’lumoti, ota-onaning daromadi, tug‘ilganlik guvohnomasi va boshqa hujjatlarning barchasi haqiqiy ekaniga o‘zingiz ishonch hosil qiling. Tushunmagan joyingiz bo‘lsa, so‘rang. Hujjat nusxalarini o‘zingizda saqlang. Hech qachon bo‘sh qog‘ozga imzo qo‘ymang.
Avvalo, har bir inson o‘z hujjati va kelajagi uchun o‘zi mas’ul bo‘lishi kerak. Mas’uliyatdan qochib, hamma ishni konsaltingga yuklab qo‘yishning oqibati mana shunday bo‘ladi. Bir kunlik viza uchun ko‘p yillik kelajagingizni xavf ostiga qo‘ymang.

Hammayoq soxtalikka to‘lib ketayotgan bir paytda, hech bo‘lmasa o‘z hujjatimizga o‘zimiz e’tiborli bo‘laylik.
6,4800072
Jahongir Ganiev⚖️ logo
Jahongir Ganiev⚖️

24-avg, 2026, 03:01

Photo
Von–dollar kursi pasaymoqda

2026-yil 22-avgust holatiga ko‘ra, 1 dollar = 1,386.50 von bo‘lib, kurs so‘nggi 11 oydagi eng past darajaga tushdi.

Asosiy sabablar: • Koreya eksport kompaniyalari dollar sotmoqda
• SK Hynix ADR mablag‘larini vonga almashtirmoqda
• Vonning dollarga nisbatan qiymati kuchaymoqda

Ammo AQSh–Eron ziddiyati va Fed siyosati sabab dollar yana ko‘tarilishi ehtimoli ham bor. Mutaxassislar dollar olmoqchi bo‘lganlarga bir yo‘la emas, bo‘lib-bo‘lib sotib olish usulini tavsiya qilmoqda.
3,1700057
Jahongir Ganiev⚖️ logo
Jahongir Ganiev⚖️

24-avg, 2026, 03:01

Video
F-2-7 vizasiga birinchi marta o‘tmoqchi bo‘lganlar va vizasini uzaytirmoqchi bo‘lganlar uchun.

F-2-7 vizasi bo‘yicha ball hisoblash varaqasini albatta saqlab qo‘yinglar.
✅ Birinchi marta F-2-7 ga o‘tishda
✅ F-2-7 vizasini uzaytirishda
o‘z ballaringizni oldindan hisoblab ko‘rishingiz mumkin.

📂 Fayllar HWP, Word va PDF formatlarida mavjud.

Kerak bo‘lib qoladi, saqlab qo‘yinglar va boshqalarga ham ulashinglar.
3,3100027
Jahongir Ganiev⚖️ logo
Jahongir Ganiev⚖️

24-avg, 2026, 03:01

Video
D-10 vizasini uzaytirmoqchi bo‘lganlar uchun muhim!

D-10 vizasini cho‘zdirishga borganingizda ball hisoblash varaqasini (점수표) oldindan chiqarib, o‘zingizga tegishli ballarni belgilab olib boring.

Bu varaqa Immigratsiya idorasida berilmaydi.O‘zingiz chiqarib, to‘ldirib olib borishingiz kerak.

D-10 vizasini uzaytirishni reja qilayotganlar, saqlab qo‘yinglar!
3,1200013
Jahongir Ganiev⚖️ logo
Jahongir Ganiev⚖️

24-avg, 2026, 03:01

Photo
🧠 “ZAKOVAT–2026” KUBOGIGA RO‘YXATDAN O‘TISH BOSHLANDI!

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan katta “Zakovat–2026” kubogi uchun bugundan boshlab ro‘yxatdan o‘tish rasman ochildi!

🔥 Maxsus mehmon: “Zakovat” intellektual klubi prezidenti va afsonaviy boshlovchi Abdurasul Abdullayev ham shaxsan ishtirok etishi kutilmoqda. Shuningdek, tadbirga bir qator taniqli mehmonlar va mashhur san’atkorlarning tashrifi ham ko'zda tutilgan.

📅 Sana: 29-avgust, shanba
📍 Manzil: Kangwon National University (강원대학교), Chuncheon
Qatnashish: BEPUL

Ro‘yxatdan o‘tishning ikki xil shakli mavjud:

👥 Jamoaviy ro‘yxatdan o‘tish
Agar 6 kishilik jamoangiz tayyor bo‘lsa, formani faqat jamoa sardori bir marta to‘ldiradi.
🔗 Jamoaviy ro‘yxatdan o‘tish:
https://forms.gle/X6MkA6kjxJqgs7dm7

👤 Yakka tartibda ro‘yxatdan o‘tish
Agar hozircha jamoangiz bo‘lmasa, yakka tartibda ariza qoldirishingiz mumkin. Tashkilotchilar yakka ishtirokchilarni imkon qadar muvozanatli jamoalarga birlashtiradilar.
🔗 Yakka tartibda ro‘yxatdan o‘tish:
https://forms.gle/YPezTF7rmh1D8eYv7

⚠️ Joylar soni cheklangan. Ishtirok etishni istaganlar ro‘yxatdan o‘tishni kechiktirmasliklarini so‘raymiz.
Bilimingizni sinovdan o‘tkazing, jamoangiz bilan bellashing va “Zakovat–2026” kubogi uchun kurashing!
29-avgust kuni Kangwon National University’da uchrashamiz! 🇺🇿

CHO‘J — birgalikda tarix yaratamiz!

📱 https://t.me/cuzbekc | 🌐 https://www.instagram.com/chuncheon_uzbek_community?igsh=NHZ6dDI0ZmF2bXZk | 🔥 http://www.youtube.com/@HotSpot_HotSpot | 🌐 https://www.facebook.com/share/1BXbLR3AzS/?mibextid=wwXIfr
3,8700020
Jahongir Ganiev⚖️ logo
Jahongir Ganiev⚖️

24-avg, 2026, 03:01

Photo
📣16-avgust kechasidan 17-avgust tongigacha Geoje shahriga qariyb 500 mm miqdorida favqulodda kuchli yomg‘ir yog‘ib, katta-kichik zararlar yuzaga kelmoqda.

17-avgust soat 04:42 lar atrofida Geoje shahrining Okpo-dong hududidagi bir ko‘p qavatli uy yaqinida yer ko‘chkisi sodir bo‘lib, ko‘chki ushbu binoning 1-qavatini bosib qolgan.Voqea joyiga yetib kelgan politsiya va yong‘in-qutqaruv xizmati 2 nafar aholini qutqardi, shuningdek, yuragi to‘xtagan holatda bo‘lgan yana 1 kishini olib chiqdi.
Yuragi to‘xtagan holatda topilgan fuqaro shifoxonaga olib ketilgan, biroq vafot etgani tasdiqlangan.

16-avgust kechasidan 17-avgust tongigacha Geoje shahrining Gohyeon-dong, Suwol-dong, Okpo-dong, Ilun-myeon, Dundeok-myeon kabi turli hududlarida suv sababli qamalib qolgan uylar va avtomobillardan yordam so‘rab 119 xizmatiga 20 dan ortiq qo‘ng‘iroq kelib tushgan.

Geoje shahrining ko‘plab hududlarida daryolar toshib, yo‘llar suv ostida qolgan. Shu sababli ayrim yo‘llar yopilgan yoki avtomobillar harakatlanishi qiyinlashgan. Bu esa qutqaruv guruhlarining voqea joylariga tez yetib borishini qiyinlashtirmoqda.
4,9900037

Showing 30 of 85 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

Jahongir Ganiev⚖️ Telegram kanali nima haqida?+

Jahongir Ganiev⚖️ (@ganiev_tarjimon) — tgdio da Koreys dramalari (K-Drama) toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 7 672 obunachi bor.

Jahongir Ganiev⚖️ (@ganiev_tarjimon) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @ganiev_tarjimon ga bepul obuna bo‘ling.

Jahongir Ganiev⚖️ yaxshi Koreys dramalari (K-Drama) kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin Jahongir Ganiev⚖️ reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 7 672 obunachi bor. O‘xshash Koreys dramalari (K-Drama) kanallar bilan solishtiring.

Jahongir Ganiev⚖️ statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @ganiev_tarjimon sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.