‼️Grin karta tarixida xoli bunaqasi bo'lmagan
‼️DV-2026: MEDANI v. TRUMP bo‘yicha muhim qaror e'lon qilindi.
Sudya Edward Davila Davlat departamenti avvalgi sud buyrug‘ini yetarlicha tez bajarmaganini aniqlab, DV-2026 ishlari uchun qo‘shimcha 10 KUNLIK MUDDAT BERDI.
❕ Shu davrda hukumat: — vaqtinchalik to‘xtatish sababli rad etilgan DV-2026 ishlarini qayta ko‘rib chiqishi;
— 75 davlatga tegishli tegishli ishlarni qayta ko‘rib chiqishi;
— yakunlanmagan DV-2026 ishlarini ko‘rib chiqishni davom ettirishi kerak.
⚠️ Bu har bir arizachiga viza beriladi degani emas. Hukumatdan imkon qadar barcha oqilona choralarni ko‘rish talab qilinmoqda.
🔹 Ivanov ishida qatnashayotgan ayrim da’vogarlar ham Medani qaroridagi guruh mezonlariga tushishi mumkin.
🔹 Hukumat qarorga shikoyat qilishi yoki “stay” — vaqtincha to‘xtatishni so‘rashi mumkin.
Ammo bunday talabning o‘zi qarorni avtomatik to‘xtatmaydi.
📌 Hozir eng muhim masala — hukumat ushbu 10 kunlik muddatda qanday harakat qilishidir.
Qonun boʻyicha DV-2026 moliyaviy yili 2026-yil 30-sentabrda yakun topishi kerak edi. Ammo sud orqali bu vaqt yana 10 kunga ya'ni 10-oktabrgacha cho'zildi. Viza olmaganlarga bu arzimagan muddat ham katta imkoniyatdir. Kelgusida suhbatga kiradiganlarga viza olishlariga omad tilab qolamiz
@greencarduz