HaksengUz Telegram channel photo

HaksengUz

@haksenguzPublic Channel

Koreyada soha boʻyicha ishlash, maqsad, ish qidirsh, ish intervyu, rezyume, roadmap, netvorking haqida, va muallifning shaxsiy fikrlari joylab boriladi bu kanalda. Instagram: instagram.com/haksenguz YouTube: https://youtube.com/@haksenguz

Networkingo‘zbekOʻzbekiston

200

Last views

1.4k (1,356 subscribers)
A'zolar
—
Rating
20
Total Posts
Oct 18, 2026, 10:58 AM
Yangilangan
May 25, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameHaksengUz
Username@haksenguz
CategoryNetworking
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar1,356
Channel TypePublic Channel
Created25-may, 2026
Last Updated18-okt, 2026 • 3 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#98141+355
Til reytingi
#714-2
Toifa reytingi
#2069+3

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 1.4K30 Days growth: +282.1%
09/1909/2409/2910/0410/0910/1410/18
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
19:09:20261,328
20:09:20261,328
21:09:20261,356
22:09:20261,356
23:09:20261,356
24:09:20261,356
25:09:20261,356
26:09:20261,356
27:09:20261,356
28:09:20261,356
29:09:20261,356
30:09:20261,356
01:10:20261,356
02:10:20261,356
03:10:20261,356
04:10:20261,356
05:10:20261,356
06:10:20261,356
07:10:20261,356
08:10:20261,356
09:10:20261,356
10:10:20261,356
11:10:20261,356
12:10:20261,356
13:10:20261,356
14:10:20261,356
15:10:20261,356
16:10:20261,356
17:10:20261,356
18:10:20261,356
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 25:05:20261,354
Week of 01:06:20261,354
Week of 08:06:20261,354
Week of 15:06:20261,354
Week of 22:06:20261,354
Week of 29:06:20261,354
Week of 06:07:20261,322
Week of 13:07:20261,322
Week of 20:07:20261,322
Week of 27:07:20261,322
Week of 03:08:20261,322
Week of 10:08:20261,322
Week of 17:08:20261,315
Week of 24:08:20261,315
Week of 31:08:20261,324
Week of 07:09:20261,328
Week of 14:09:20261,328
Week of 21:09:20261,356
Week of 28:09:20261,356
Week of 05:10:20261,356
Week of 12:10:20261,356
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
May 20261,354
June 20261,354
July 20261,322
August 20261,315
September 20261,356
October 20261,356
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
20261,356

So'nggi postlar

HaksengUz logo
HaksengUz

30-avg, 2026, 17:36

Bugungi onlayn uchrashuvdan taassurotlar

Uchrashuvga vaqt ajratib qatnashgan barchaga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman!

Quyida uchrashuvdan olingan xulosa va fikrlar:

2026-yilda Koreys kompaniyalari (xorijlik) nomzodlardan nimani xohlaydi?

-AI yoki AI agentlar bilan qay darajada ishlay oladi?
- Qaysi takrorlanuvchi vazifani yoki muammoni AI avtomatlashtirish orqali yechgan?
- Biror qiymatga ega loyihasi bormi? End-to-end (boshidan oxirigacha) biror loyihani bajarganmi?

Koreys ish beruvchilarning chet ellik dasturchilarni ishga yollashda asosiy oʻylovi:

- Koreys tilida erkin muloqot qila oladimi? Documentation (hujjatlashtirish), hisobot, va jamoaviy muloqot paytida Koreys tilida bemalol gaplasha oladimi?

- Zimmasiga yuklatilgan vazifani yaxshi olib keta oladimi? Texnik bilimi qay darajada?

- Kompaniya madaniyatiga moslashib keta oladimi? Jamoa bilan kelishib ishlay oladimi?


Mansurbek aka:

Talabalar, ishlarini biror mutaxassis baholamasdan turib oʻzini koʻp narsani bilaman deb oʻyladi. Sizning qobiliyatingizni tashqaridan soha mutaxassisi baholashi kerak

AI sohasida oʻqib diplom olmagan boʻlsa ham, ishga kirishi mumkinmi? Mumkin. Bunda albatta ustunlik AI sohasida oʻqigan diplomi bor nomzodda boʻladi. Lekin, sohada diplomi boʻlmasa ham, kuchli tarafini yetarlicha koʻrsatib bera olsa ishga kirishi mumkin.

Oʻzbekistonda AI mutaxassislariga talab qanday?
Oʻzbekistonda AI sohasida tajribaga ega malakali mutaxassislarga talab bor. Hozirda banklar, davat tashkilotlari, oziq-ovqat tarmoqlari, tijorat sohalarida AI keng tadbiq qilinmoqda.

Oʻylaymanki bugun nimadir foydali narsa oʻrgandingiz. AI sohasida ishlashga qiziquvchilar uchun Mansurbek Abdullaevning kanaliga havolani qoldiraman:
https://t.me/mansurbek_blog

Keyingi uchrashuvlarda ham bugungidek faol qatnashishga chaqirib qolaman. Salomat boʻling!
2000010
HaksengUz logo
HaksengUz

30-avg, 2026, 17:36

Live stream finished (2 hours)
0000
HaksengUz logo
HaksengUz

30-avg, 2026, 17:36

Savollaringiz bo'lsa izohda yozib qoldiring
252000
HaksengUz logo
HaksengUz

30-avg, 2026, 17:36

Onlayn vebinarga ulanish uchun havola
407000
HaksengUz logo
HaksengUz

30-avg, 2026, 17:36

Live stream started
0000
HaksengUz logo
HaksengUz

30-avg, 2026, 17:36

Live stream scheduled for Aug 29 at 11:00
0000
HaksengUz logo
HaksengUz

30-avg, 2026, 17:36

Onlayn uchrashuv, 29-avgust, shanba, soat 20:00 (uzb vaqt bilan 16:00) da telegram kanalida jonli tarzda oʻtkaziladi.

Uchrashuvmiz mehmoni, https://t.me/mansurbek_blog, PhD, Sun’iy Intellekt mutaxassisi boʻladilar.
801006
HaksengUz logo
HaksengUz

30-avg, 2026, 17:36

Ushbu hafta oxirida oʻtkaziladigan onlayn uchrashuvga berilgan ovozlar teng boʻlib qolibdi.

Vebinarni telegramda onlayn oʻtkazish rejalashtirilgan. Qatnashishga qiziquvchilar ovoz berib yuboringlar, hisobni yangilab qoʻyaylik)

Ovoz berish uchun post:
322002
HaksengUz logo
HaksengUz

30-avg, 2026, 17:36

Koreyslardan yana nima oʻrgansa boʻladi?

Koreyslardan kamtarlikni oʻrgansa boʻladi. Ha, toʻgʻri oʻqidingiz, aynan kamtarlikni. Koreyslar inson feʼl-atvorida kamtarlikni eng yuksak fazilat deb baholashadi. Buni koreys tilida "겸손함" (kyomsonham) deyishadi. Xoʻsh, nega aynan ulardan bu hislatni oʻrganishimiz kerak?

Men Koreyada yetti yildan oshiq vaqt davomida yashab, universitetda oʻqib, talabalikdagi oddiy mehnatdan (arbaytdan) tortib yirik kompaniyalargacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtdim. Turli toifadagi odamlarni kuzatib shunday xulosaga keldim: biz oʻzbeklarga (ayniqsa, Koreyadagi koʻpchilik hamyurtlarimizga) baʼzan kamtarlik yetishmaydi. Quyida hayotiy kuzatuvlarimni siz bilan boʻlishmoqchiman.

1-holat: Universitet darslarida
Universitetda oʻqib yurgan yillarimda professor darsda osonroq savol berib, "Buni kim biladi?" deb soʻrab qolsa, oʻzimizning oʻzbek talabalari darrov javob berishga oshiqardi. Toʻgʻri boʻladimi, notoʻgʻrimi, nima bo'lsa ham gapirib qolishni istashardi. Xuddiki maktab davridagidek "Ustoz, men aytay, men aytay!" degandek tuyulardi menga. Koreyslar esa, aksincha, toʻgʻri javobni bilsalar ham, professor kelib, "Sen nima deb oʻylaysan?" deb shaxsan soʻramagunicha indamay eshitib oʻtirishardi.
Qizigʻi, professor murakkabroq savol bersa, biznikilar jim boʻlib qolardi. Eng yomoni, oraliq va yakuniy imtihonlar natijasi eʼlon qilinganda, oʻsha indamay, kamtarlik qilib oʻtirgan koreys talabalarning bahosi eng baland chiqar, tinmay gapirgan hamyurtlarimizniki esa zoʻrgʻa oʻtish baliga ilinar-ilinmas boʻlardi.

2-holat: Koʻchadagi "madaniyat"
Bir kuni koʻchada ketayotsam, orqadan mashinaning baland musiqasi eshitildi. Yaqin atrofda biron diskoteka yoʻq edi. Ortga oʻgirilib qarasam, eski bir "Matiz" oynalarini oxirigacha tushirib, bir qoʻlini eshikdan chiqarib, bir oʻzbek yigiti kelayotgan ekan. "Oʻzi minganing bit matiz boʻlsa, hammaning tinchini buzib, bunchalik kerilishga nima bor?" deydigan odam yoʻq.
Koreyada BMW, Mercedes, hatto Ferrari haydaydigan boy koreyslarning ham musiqani koʻchaga eshittirib, oynasini ochib yurganini koʻrmaysiz. Chet ellik sifatida koʻchada bunday yurishimiz mahalliy aholida "Bu xorijliklarning (외국인) madaniyati past ekan" degan salbiy taassurot qoldiradi.

3-holat: Seminardagi maʼruzam
Yaqinda mentor sifatida bir universitetga talabalarga sohaga oid ish topish mavzusida maʼruza qilishga bordim. Tinglovchilar orasida turli millat vakillari, magistrlar, PhD va bakalavrlar bor edi. Suhbat davomida koʻpchilikning xalqaro jurnallarda maqolalari chop etilganini, tajribasi juda boyligini bildim. Ammo men gapirayotgan paytimda bir qiz tinmay soʻzimni boʻlib, "Men unday qildim, bunday qildim" deb oʻz tajribasini hadeb oʻrtaga tiqishtiraverdi.
Ichimda: "Bu qiz buncha mahmadona boʻlmasa, oʻzi marketingda ishlagan ekan, IT seminarida nega buncha mahmadonalik qiladi? Chet elliklarda ham shunaqa mahmadonalar boʻlarkan-da", deb oʻyladim va uni Lotin Amerikasidan boʻlsa kerak deb taxmin qildim. Tanaffus paytida netvorking payti haligi qiz bilan gaplashib koʻrdim, shu payt miyamda go'yoki sariq lampochka yonib atrof yorishib ketgandek boʻldi. Bilsam oʻzbek qiz ekan, "iye ha, gap bu yerda ekanda!" dedim ichimda.

Xulosa oʻrnida shuni aytmoqchimanki, koreyslar kamtarlikni gapda ham, ishda ham, xulq-atvorda ham qadrlashadi. Ishga qabul qilish intervyularida ham oʻzini haddan tashqari maqtamay, kamtarlik bilan aniq javob bergan nomzodlarning imkoniyati yuqori boʻladi.

Kamtarlik bu goʻzal xulq. U yigitga ham, qizga ham birdek yarashadi. Qizlarga ibo va latofat bagʻishlasa, yigit kishi uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Erkak kishining qiymatini baland musiqasi yoki balandparvoz gapi emas, qilgan ishi belgilaydi. Bilsangiz bajaring, natijangiz sizning o'rningizdan gapiradi.

Ilm majlisida kimdir jim tursa, uni bilmaydi deb oʻylamang, u sizdan ancha aqlli boʻlishi mumkin. Hamisha kamtar boʻlishga intilaylik. Aslida, kamtar boʻlishga koreyslardan koʻra biz koʻproq haqlimiz. Chunki bizga yoshligimizdan ota-onamiz, bobo-buvilarimiz qulogʻimizga quygan oʻgitlar va milliy qadriyatlarimiz bor. Biz shunchaki oʻsha tarbiyamizga amal qilsak yetarli. Xalqimiz bejiz aytmagan: "Kamtarga kamol — manmanga zavol".
332007
HaksengUz logo
HaksengUz

25-may, 2026, 19:10

Koʻpchilik Koreyaga ketaman deb umid qilib qarz-qavola qilib pul topib beradi. Lekin "mashennikar" ga aldanib qolishadi. Hushyor boʻlaverish kerak, osongina pul berib Koreyaga kelishni oʻylamanglar. Koreyadan turib zavodga chaqirtirib beraman deganlarga ham ishonib qoʻymanglar. Unday qilishni imkoni boʻlganida, men, hamma bosqichdan oʻtib Koreyaga anchadan beri kela olmay yurgan qarindosh akamni chaqirib olgan boʻlar edim. Afsuski buni imkoni boʻlmadi shu paytgacha.

https://youtube.com/shorts/51xc1cV4TVU?si=9-uvSHdYl4BNriST

P.S: Bu yangilikni koʻrib Koreyaga kelmasdan ham yaxshi pul topsa boʻlar ekan deb oʻylab qoldim)
Video Thumbnail
749000
HaksengUz logo
HaksengUz

25-may, 2026, 19:10

🇰🇷 Koreyada vizaga ariza topshirishda kerak bo'ladigan eng ko'p so'raladigan hujjatlar

Immigratsiya ofisiga borganizda to'ldirib topshirishingizga to'g'ri keladi. Agar hujjatlaringiz to'liq bo'lmasa, to'ldirib kelishga yuborishadi. Shu sababdan immigratsiyaga borishdan oldin kerakli hujjatlarning elektron nusxasini to'ldirib chiqarib borish tavsiya qilinadi. Quyida eng ko'p so'raladigan hujjatlar va ularning nima uchun kerakligi haqida:

통합신청서 — Umumiy ariza shakli
Bu asosiy ariza. Viza o'zgartirish yoki uzaytirish uchun immigratsiyaga topshiriladigan birinchi va eng muhim hujjat. To'ldirilmasa, boshqa hujjatlaringiz qanchalik to'liq bo'lmasin, ariza qabul qilinmaydi.

거주숙소제공사실확인서 — Turar joy taqdim etilganligi haqida tasdiqnoma
Koreyada qayerda yashashiniz va kim tomonidan joy taqdim etilayotgani rasman tasdiqlanadi. Immigratsiya organlari sizning yashash manzilingizni bilishi uchun bu hujjat kerak bo'ladi.

이적동의서 (견본) — Ish joyi o'tkazishga rozilik xati
Avvalgi ish beruvchingiz yangi ish joyiga o'tishingizga rozi ekanligini bildiradi. Ayniqsa E-7 va shunga o'xshash mehnat vizalarida talab qilinadi. Ba'zan ish beruvchi rozi bo'lmasa jarayon to'xtab qolishi mumkin — shu sababdan oldindan oydinlashtiring.

D-10-1 구직활동계획서 — Ish qidirish faoliyati rejasi
D-10 (ish qidirish) vizasida bo'lganlar uchun majburiy. Qanday sohalarda ish qidirayotganingizni, qanday qadamlar tashlayotganingizni yozasiz. Bu immigratsiyaga "men haqiqatan ish qidirmoqdaman" degan isbotingiz.

E-7-1 (특정활동) 자격변경 — Maxsus faoliyat vizasiga o'tish
Muayyan kasb yoki soha bo'yicha Koreyada rasman ishlash uchun kerak bo'ladigan hujjatlar yo'riqnomasi.

F-2-7 (점수제 우수인재) 자격변경 — Ball tizimi bo'yicha istе'dodli kadrlar vizasi
Yoshingiz, ta'lim darajangiz, ish tajribangiz, til bilimingiz va boshqa mezonlar bo'yicha ball to'playsiz. Yetarli ball bo'lsa, uzoq muddatli yashash huquqi (F-2) ga o'tish imkoniyatingiz bor.

F-1-15 (우수인재, 투자자 및 유학생 부모) — Oila a'zolari uchun viza
Koreyada o'qiyotgan talabaning (석・박사과정에서 6개월 이상 유학하며 체류 중인 자) ota-onasi, shuningdek yuqori malakali mutaxassislar va investorlarning yaqinlari uchun. Asosiy shaxsning huquqiy maqomiga bog'liq holda beriladi.

⚠️ Bu talablar vaqti-vaqti bilan o'zgarishi mumkin. Eng so'nggi va to'liq ma'lumot uchun 1345 ga qo'ng'iroq qiling.

📎 Hujjatlarning elektron namunalari postga ilova qilindi — immigratsiyaga borishdan oldin ularni to'ldirib chiqib boring, ishingiz ancha tezlashadi.

Bu postni viza masalasida hujjat tayyorlayotgan tanishlaringizga ulashib qo'ying, ularga ham kerak bo'lib qolishi mumkin.
428000
HaksengUz logo
HaksengUz

25-may, 2026, 19:10

연말정산 haqidagi barcha postlarni osongina quyidagi havolalardan topishingiz yoki kanalning qidirish bo’limidan #연말정산 hashtagi orqali ham izlab topishingiz mumkin.

1. 연말정산 To’ldirish tartibi video -
2. 연말정산 Uy ijara to’lovi uchun soliqdan chegirma olish tartibi video -
3. 연말정산 Kompaniyada ishlab turib Magistraturada (대학원) o’qiydiganlar kontrakt puli uchun soliq -
4. 연말정산 Uy ijara to’lovi va boshqa turdagi harajatlar uchun chegirmalarni olish tartibi PDF yo’riqnoma -
471004
HaksengUz logo
HaksengUz

25-may, 2026, 19:10

Turmush qurganlar uchun daromad solig'idan 1.000.000 vongacha chegirma olish mumkinligini bilarmidingiz?

#결혼세액공제
Koreya hukumatning 2024-yilgi soliq qonunchiligiga kiritgan oʻzgartirishlariga ko'ra: qamrab olingan davrda nikohini roʻyxatdan oʻtkazgan juftliklar uchun har bir juftlik uchun 1 000 000 KRW (har bir turmush oʻrtogʻi uchun 500 000 KRW) miqdorida bir martalik "nikoh soligʻi imtiyozi"ni beriladi.

Shartlar:
- 2024, 2025 yoki 2026 yilda nikoh guvohnomasi rasmiylashtirish
- Ish haqi yoki tadbirkorlik daromadi bo'lishi kerak
- Umr bo'yi faqat bir marta qo'llaniladi

Masalan: Er kompaniyada ishlaydi, ayoli uy bekasi, faqat er 500,000 ₩ olishi mumkin. Agar er-xotin ikkalovlari ham ishlaydigan bo'lsa, har biri 500,000 ₩ dan, jami 1,000,000 ₩ gacha soliq chegirmasini olishlari mumkin

Kerakli hujjatlar: nikoh guvohnomasi + ro'yxatdan o'tish ma'lumotnomasi (주민등록등본)

Qayerga topshiriladi? Turmush qurganlik uchun soliq imtiyozini 연말정산 paytida kompaniyangiz HR xodimiga kerakli hujjatlarni topshirish orqali arizaga kiritishingiz mumkin.

연말정산 davrida ariza topshirmagan bo'lsangiz unda 종합소득세 신고 davrida o'zingiz hometax sayti orqali tuzatish arizasini topshirish bilan chegirma uchun ariza topshirishingiz mumkin.

종합소득세 신고 mudati: 1-May - 31-May

Ariza topshirib ulgurib qolishga 19 kundan kam vaqt qoldi!

Bu ma'lumotni Koreyadagi yaqinda turmush qurgan tanishlaringizga ulashib qo'ying.
6,160002
HaksengUz logo
HaksengUz

25-may, 2026, 19:10

Photo
🚀2️⃣0️⃣0️⃣🔣0️⃣0️⃣0️⃣💲 GRANT - 20 kishi uchun

👑Biz 20 ta iste'dodli yoshlarga AI Engineer bo'lish uchun to'liq moliyaviy qo'llab-quvvatlash uchun Grant ajratdik - birinchi kundan bitirguningizga qadar sizdan moliyaviy hech narsa talab etilmaydi.

💸To'lov yo'q. Qo'shimcha xarajat talab etilmaydi. Faqat siz, mentor va real loyihalar.

Nima olasiz:
✅ 8–12 oylik mentor-mentee uslubida ta'lim
✅ Amaliy, loyiha asosidagi o'quv dasturi
✅ Bitirgandan so'ng ishga tayyor mutaxassis bo'lasiz
✅ Sohadagi mutaxassislardan 1-1 mentorlik

🎯 Biz ma'ruza tinglash uslubida o'qitmaymiz. Biz birgalikda real narsalar quramiz.

Bu oyiga 1,000$lik dastur — va biz saralashdan o'tgan 20 kishi uchun barcha xarajatni o'z zimmamizga olamiz.

⚠️Talablar:
→ Yosh: 16–30
→ Ingliz tili: B2 va undan yuqori
→ Dasturlash bo'yicha boshlang'ich bilim
→ AI sohasida haqiqatan rivojlanishga tayyorlik

😁😆😁 O'rinlar soni cheklangan!

Quyidagi havola orqali ariza topshirishingiz mumkin:
🔗 https://docs.google.com/forms/u/0/d/e/1FAIpQLSdR6a9bJ_s3ZdIB36lrkPCOic6sT69th0HPROCUCgRBhYEXOA/viewform?usp=send_form&pli=1&authuser=0 🔗

Ko'p beriladigan savollar:
🔗 https://docs.google.com/document/d/1yJMpHBzTZKpY9DDdjVpGlbFlj3_xFh6sBi50m8KdyUM/edit?usp=sharing 🔗

O'quv dasturi:
🔗 https://roadmap.humblebee.ai/docs 🔗


📱 https://t.me/humblebeeai | 📱 https://www.youtube.com/@HumbleBeeAI

📱 https://www.linkedin.com/company/humblebeeai/ | 📱 https://www.instagram.com/humblebeeai/
408006
HaksengUz logo
HaksengUz

25-may, 2026, 19:10

Koreyada internetda aldov yoki xakerlik hujumiga uchragan bo'lsangiz qayerga murojat qilish kerak?
Koreyadagi xorijlik talabalari ham internet firibgarligiga uchraydi, lekin qayerga murojaat qilishni bilmaydi. O'zingiz uchun bilib qo'ying:

📞 118 — Korea Internet xavfsizligi markazi

Quyidagi holatlarda darhol 118 ga qo'ng'iroq qiling:

• 🎣 Fishing (피싱) — bank yoki davlat idorasi nomidan kelgan soxta xabar
• 💻 Xakerlik (해킹) — hisobingiz yoki qurilmangizga ruxsatsiz kirish
• 🕵️ Shaxsiy ma'lumot sizib chiqishi (개인정보 유출) — pasport, telefon raqam, bank ma'lumotlari
• 💸 Internet firibgarligi (인터넷 사기) — to'lov qilib, tovar yoki xizmat olmadingiz

Qo'ng'iroq qilish:
☎️ 118 — 24 soat, 365 kun ishlaydi

https://www.kisa.or.kr/303

Yodda tuting:
• Shubhali xabar olsangiz yoki apk ilovani o'rnatmang — havolani bosmang
1,390003
HaksengUz logo
HaksengUz

25-may, 2026, 19:10

Men oʻzi nima qilishni xohlayman?

Yillaringizni tejashni xohlaysizmi? Bu postni albatta oʻqing.

Oʻqishni bitirayotgan talabalarda yoki qilayotgan ishi oʻz asl tabiatiga mos kelmaydigan va qiladigan ishidan qoniqmaydiganlar shunday hayolga borishlari tabiiy:
"Men oʻzi nima qilishni xohlayman?"

Bu holat sizda boʻlayotgan boʻlsa bu sizda muammo bor degani emas. Bu siz uchun bir signal! Oʻz tabiatingizga mos kelmaydigan ish bilan shugʻullanmayotgan ekanlignizning signali.

Shu oʻrinda bir savol paydo boʻlishi aniq, oʻzi mening tabiatim qanday?

Men nimani xohlashimni bilish uchun -> avvalo mening oʻzim qanday inson ekanligim va menga nima yoqishini aniqlash kerak.

Ishga kirib ham, yillar ishlab yurib ham nimadir kamdek tuyulib yuradigan odamlar bor. Buning asosiy sabablaridan biri, ular oʻz tabiatiga toʻgʻri kelmaydigan ishni qilib yurgan boʻladilar. Bunga sabab xoh moliyaviy yoki oilaviy yoki jismoniy sharoit shuni taqozo qilganidan boʻlishi mumkin. Yoki boʻlmasa shunchaki hamma "zoʻr" degan ishni qilayotganlaridan boʻladi.

Quyidagi havolada Seoul Global Center tomonidan tashkil qilingan Qobilyat testidan oʻtib oʻzingiz haqingizdagi yaxshiroq bilib oling.

Bu sizga karyera qilishda va ish topshida yoʻl koʻrsatuvchi xarita vazifasini bajaradi.

https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSe3OnTYTYrAxORxC_qoLb0Qn9SCxLZZM6w4rnV1s9mmXBPU9Q/viewform



P.S: Shaxsan oʻzim bu testni oʻtib koʻrdim va ancha foydali narsalarni bilib oldim.
823003
HaksengUz logo
HaksengUz

25-may, 2026, 19:10

Koreyada 8-May Ota-onalar kuni tarixini bilarmidingiz?

1. Ota-onalar kuni (어버이날)ning kelib chiqishi va tarixi

Boshlanishi: 1956-yil 8-mayda “Onalar kuni” sifatida joriy etilgan.

O‘zgarish: 1973-yilda otalar va barcha kattalarni ham qamrab olib, “Ota-onalar kuni” deb o‘zgartirilgan.

Kelib chiqishi: AQShdagi Onalar kuni (may oyining ikkinchi yakshanbasi) ta’sirida paydo bo‘lgan. 1907-yilda Anna Jarvis onasini xotirlab, atirgul tarqatganidan boshlangan.

2. Ota-onalar kuni urf-odatlari va madaniyati

Karnatsiya (atirgul) gullari: Ota-onaga bo‘lgan sevgi va hurmat ramzi sifatida ko‘krakka taqib beriladi yoki sovg‘a qilinadi.

Sovg‘a / naqd pul: Tadqiqotlarga ko‘ra, ota-onalar eng ko‘p naqd pulni (89%) afzal ko‘rishadi.

Ovqat / sayohat: Oila bilan birga restoranlarda ovqatlanish yoki ota-onalar uchun maxsus sayohat tashkil qilish odati bor.

3. Ota-onalar kuni haqida muhim ma’lumotlar

Rasmiy dam olish kuni emas: Children's Day - Bolalar kunidan farqli o‘laroq, bu kun davlat bayrami (dam olish kuni) hisoblanmaydi.

Keksalarni hurmat qilish haftaligi: Bu kun atrofida jamiyatda yoshi kattalarga hurmat ko‘rsatish muhitini kuchaytirish odati mavjud.

4. Hozirgi trendlar

Ilgari ko‘proq maktub yozish va samimiy his-tuyg‘ular muhim bo‘lgan.

Hozir esa amaliy sovg‘alar (naqd pul, sovg‘a sertifikatlari va boshqalar) ancha ko‘proq afzal ko‘rilmoqda.

Bu kunda nega dam olish kuni emasligini shunday talqin qildim: "Bolalari uchun ota-onalar dam olishsiz ham mehnat qiladilar".

Shu oʻrinda bizga ishonch bildirib Koreyaga oʻqishga yuborgan ota-onalarimizni ham eslab ularning koʻngillarini olishni esdan chiqarmaylik. Ota-onalar gʻanimat!
512002

Showing 20 of 20 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

HaksengUz Telegram kanali nima haqida?+

HaksengUz (@haksenguz) — tgdio da Networking toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 1 356 obunachi bor.

HaksengUz (@haksenguz) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @haksenguz ga bepul obuna bo‘ling.

HaksengUz yaxshi Networking kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin HaksengUz reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 1 356 obunachi bor. O‘xshash Networking kanallar bilan solishtiring.

HaksengUz statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @haksenguz sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.