1/2Endi O‘zbekistonda Perfectum ishlamaydi
Beeline operatorni 207 million dollarga sotib olmoqda va endi aloqa yaxshilanadi.
VEON guruhi (Beeline Uzbekistan egasi) O‘zbekistonda Perfectum brendi ostida faoliyat yurituvchi Rubicon Wireless kompaniyasining 100 foiz ulushini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Bitimning umumiy qiymati qariyb 207 mln dollarni tashkil etadi. Ushbu summaga Perfectum kompaniyasining 93 mln dollarga yaqin qarzi ham kiritilgan. Guruhning ma’lum qilishicha, bitim joriy yilning oktyabr oyi oxirigacha yakunlanishi kutilmoqda.
@haqiqatonline_24









