⚠️ Immunitetga va daxlsizlikka ega shaxslar
❗️ Immunitetga ega shaxslar:
➖ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti;
➖ Prezident Administratsiyasining mansabdor shaxslari va ularning oila aʼzolari;
➖ Prezident Administratsiyasining boshqaruv xodimlari — Prezident Administratsiyasida o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bog‘liq holda qabul qilgan qarori, sodir etgan harakati yoki harakatsizligi yuzasidan.
➖ Parlament aʼzolari esa ovoz berish va fikr bildirish uchun immunitetga ega bo‘ladi.
❗️ Daxlsizlikka ega shaxslar:
➖ Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat aʼzolari;
➖ Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman);
➖ Bolalar huquqlari bo‘yicha vakil;
➖ Sudyalar;
➖ Prokurorlar, tergovchilar va surishtiruvchilar;
➖ Advokatlar;
➖ Markaziy saylov komissiyasi aʼzolari;
➖ Prezidentlikka nomzodlar (nomzodlik maqomida bo‘lgan davrda) va boshqalar.
➖ Prezident Administratsiyasining boshqaruv xodimlari esa ishdan bo‘shatilganidan keyin besh yil davomida — Prezident Administratsiyasida o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lmagan harakati yoki harakatsizligi uchun daxlsizlikka ega bo‘ladi.
ushlab turish taqiqlanadi: daxlsizlikka ega shaxsni ushlab turish va huquqni muhofaza qiluvchi organga olib kelish mumkin emas, JPK 221-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha uch soatgacha ushlab turish hollari mustasno;
javobgarlikka tortish: daxlsizlikka ega shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish uchun tegishli palata, Prezident yoki boshqa vakolatli organning roziligi talab etiladi. Masalan, deputatlar uchun — tegishli palataning, Prezident Administratsiyasi boshqaruv xodimlari uchun — Bosh prokurorning taqdimnomasi asosida Prezidentning yozma roziligi;
maʼmuriy javobgarlik: daxlsizlikka ega shaxslarni sud tartibida maʼmuriy javobgarlikka tortish faqat Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning yangi XXIII³ bobida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Immunitetga ega shaxslarga nisbatan sud tartibida maʼmuriy jazo qo‘llash mumkin emas;
tezkor-qidiruv: daxlsizlikka ega shaxslarga nisbatan telefon so‘zlashuvlarini eshitish va xat-xabarlarni kuzatish faqat sud qarori yoki Bosh prokurorning yozma ruxsati bilan amalga oshiriladi.
@huquq_academy_1