Xorazmda bir tanishim bor har yili 100ā150 nafar oāquvchisi imtihon topshiradi, lekin koāpi bilan 30ā40 nafari talaba boāladi. Shunga qaramay, har koārganida: āSendan koāproq oāquvchini oāqishga kiritdimā, deb jar soladi. Ammo har uch nafar oāquvchisidan ikkitasi uyida yostiqni bagāriga bosib yigālab oātirganidan xabari yoāq.
Menda esa vaziyat boshqacharoq.
Oātgan yili oflayn kurslarimda 60 nafardan ziyod oāquvchiga dars berdim. Ularning koāpchiligi quyi sinf oāquvchilari boālib, faqat 19 nafari 11-sinf edi. Shu 19 nafar abituriyentdan 17 nafari talaba boāldi. Bu ā naqd 89,5 foizlik natija!
Endi ayting-chi, qaysi birimiz yaxshiroq natija koārsatganmiz?
Bu faqat oātgan yilgi natija emas. Yetti yillik faoliyatim davomida faqat birinchi yilimda 60 foizlik natija qayd etganman. Keyingi yillarda natijam hech qachon 80 foizdan past boālmagan. Hatto 2022ā2023-yillarda 100 foizlik natijaga erishganman.
āKoāproq abituriyent oāqita olmaganingdan keyin shunday deysan-daā, deyishingiz mumkin. Lekin oāquvchilar soni koāpincha hudud imkoniyatiga bogāliq. Masalan, hozirgi oāquv markazim Xiva tumanida joylashgan. Atrofdagi barcha maktablarni qamrab olgan taqdirimizda ham abituriyentlar soni nari borsa 80ā90 nafarga yetadi, undan oshmaydi.
Shuning uchun Urganch shahrida ikkinchi oāquv markazimni ochmoqchiman. Maqsadim ā 200ā300 nafar oāquvchiga taālim berib ham kamida 80 foizlik natijaga erishish mumkinligini isbotlash.
Toāgāri, bunday natijaga erishish oson boālmaydi. Ammo men ishlab chiqqan tizim orqali buning uddasidan chiqish mumkinligiga ishonaman.
Shuning uchun kecha-kunduz tinmay qoāllanmalar va testlarni tuzyabman. Chunki Katta kuch katta masāuliyat talab qiladi. (bilaman, bu gapni Piter Parkerning amakisi aytgan š)
Ochigāi, hozircha koāp sonli oāquvchilar bilan ishlab, kamida 80 foizlik natija koārsatgan oāquv markazini uchratmadim. Agar siz bilsangiz, izohlarda yozib qoldiring.
https://t.me/Javohir_Quramboyev