💻 “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida seminar-trening tashkil etiladi!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF–22-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda talabalar o‘rtasida sun’iy intellekt sohasidagi bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish maqsadida Toshkent davlat yuridik universitetida onlayn seminar-trening tashkil etiladi.
🎯 Seminar-trening davomida:
🔹 “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasining mazmun-mohiyati va maqsadlari;
🔹 Loyiha doirasida taqdim etilayotgan ta’lim imkoniyatlari;
🔹 aileaders.uz va omp.aistudy.uz platformalarida ro‘yxatdan o‘tish va ta’lim olish tartibi;
🔹 O‘quv kurslarini yakunlash va tegishli sertifikatlarni qo‘lga kiritish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot beriladi.
📅 Sana: 2026-yil 21-oktabr
🕒 Vaqt: 16:00
📍 Format: Zoom platformasi orqali onlayn
👥 Kimlar ishtirok etishi mumkin?
Barcha talabalar.
📝 Ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting:
👉 Ro‘yxatdan o‘tish https://forms.gle/zZGGmKuUgo6sEA5V7
🔗 Zoom havolasi: https://us04web.zoom.us/j/3607596724?pwd=Mbp3tomRz9YaidW3yuyF9UqGC035aH.1&omn=74729161544
Barcha talabalarni faol ishtirok etishga chorlaymiz!
O‘z bilimlaringizni rivojlantiring, sun’iy intellekt imkoniyatlarini o‘rganing va kelajak yetakchilaridan biriga aylaning! 🚀
👉Telegram👈 👉Instagram👈










