Aziz ustozlar!
Sizlarni 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy tabriklaymiz!
Bugun yurtimiz yoshlari ilm-fan, ta’lim, sport, madaniyat, zamonaviy kasblar va boshqa ko‘plab yo‘nalishlarda yuksak natijalarga erishmoqda.
Bu yutuqlarning zamirida ularni izlanishga undagan, bilim va tajribasini ayamagan, eng muhimi, yoshlarning kuch va imkoniyatlariga ishongan ustozlarning mehnati bor.
Ushbu qutlug‘ kunda Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, sharafli faoliyatingizda kuch-g‘ayrat va muvaffaqiyatlar tilaymiz. Shogirdlaringizning yutuqlari Sizga doimo faxr va quvonch bag‘ishlasin.
💐Bayramingiz muborak, aziz ustozlar!
Hurmat bilan,
“Ziyoli avlod” madaniyat va ma’rifat markazi jamoasi
📱 Telegram 📱
Instagram📱
You Tube 🌐
Vep-sayt