Ikrom Ro‘zimurodov | Sharhlovchi Telegram channel photo

Ikrom Ro‘zimurodov | Sharhlovchi

@ikrom_ruzimurodovPublic Channel

🎙 Jurnalist | Bloger | Sharhlovchi 🎧 “Sevimli FM” radioboshlovchisi ⚽️ Tribuna.uz jurnalisti 📥 Reklama va murojaatlar uchun: 👉 @IR_Reklama 🔵 Nomalar kanalim: 👉 @IkromRuzimurodov

66

Last views

975 (975 subscribers)
A'zolar
—
Rating
41
Total Posts
Oct 16, 2026, 9:07 AM
Yangilangan
Apr 14, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameIkrom Ro‘zimurodov | Sharhlovchi
Username@ikrom_ruzimurodov
CategoryBlog yuritish
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar975
Channel TypePublic Channel
Created14-apr, 2026
Last Updated16-okt, 2026 • 7 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#453827-491
Til reytingi
#2399-9
Toifa reytingi
#3417-1

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 97530 Days growth: -515%
09/1709/2209/2710/0210/0710/1210/16
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
17:09:20261,026
18:09:20261,026
19:09:20261,012
20:09:20261,012
21:09:20261,012
22:09:20261,012
23:09:20261,012
24:09:20261,012
25:09:20261,012
26:09:20261,012
27:09:20261,012
28:09:20261,012
29:09:20261,012
30:09:20261,012
01:10:20261,012
02:10:20261,012
03:10:20261,012
04:10:20261,012
05:10:20261,012
06:10:20261,012
07:10:20261,012
08:10:20261,012
09:10:20261,012
10:10:20261,012
11:10:20261,012
12:10:20261,012
13:10:20261,012
14:10:20261,012
15:10:20261,012
16:10:2026975
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 13:04:20261,235
Week of 20:04:20261,235
Week of 27:04:20261,224
Week of 04:05:20261,224
Week of 11:05:20261,224
Week of 18:05:20261,224
Week of 25:05:20261,224
Week of 01:06:20261,224
Week of 08:06:20261,224
Week of 15:06:20261,224
Week of 22:06:20261,224
Week of 29:06:20261,095
Week of 06:07:20261,095
Week of 13:07:20261,095
Week of 20:07:20261,095
Week of 27:07:20261,095
Week of 03:08:20261,095
Week of 10:08:20261,095
Week of 17:08:20261,043
Week of 24:08:20261,043
Week of 31:08:20261,034
Week of 07:09:20261,026
Week of 14:09:20261,012
Week of 21:09:20261,012
Week of 28:09:20261,012
Week of 05:10:20261,012
Week of 12:10:2026975
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
April 20261,235
May 20261,224
June 20261,224
July 20261,095
August 20261,034
September 20261,012
October 2026975
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
2026975

So'nggi postlar

Photo1/2
😎 Messi 1000 ta gol marrasiga yaqinlashmoqda: Ronaldu bilan farq qisqardi

"Inter Mayami" MLS doirasida "Atlanta Yunayted"ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Lionel Messi mazkur bahsda ikkita gol urib, jamoasining g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.

Ushbu dubl orqali argentinalik hujumchi professional faoliyatidagi gollar sonini 936 taga yetkazdi. Endilikda u Krishtianu Ronaldu bilan 1000 ta gol marrasiga erishish uchun kurashmoqda.

Ayni paytda "Al Nassr" sardori hisobida 981 ta gol bor. Shu tariqa, Messi portugaliyalik hujumchidan 45 ta gol ortda qolmoqda. Ronaldu avvalroq faoliyati davomida 1000 ta gol urishni maqsad qilganini bir necha bor ta’kidlagan.

Batafsil:
👉 https://l.tribuna.uz/F0GfRVJy

✅ @Ikrom_Ruzimurodov
130007
Photo1/2
📱🟥 Urugvayda kartochkalar o‘rnini smartfon egalladi!

“Nasyonal” va “Rentistas” o‘rtasidagi kubok bahsida hakam ilk bor elektron sariq va qizil kartochkalardan foydalandi.

Rangli ekranga ega qurilma hakamga bahs davomida gollar, almashtirishlar va chetlatishlarni qayd etish imkonini beradi. Ma’lumotlar serverda saqlanadi. Hozircha texnologiya sinovdan o‘tkazilmoqda.

Futbolning kelajagimi yoki eng foydasiz innovatsiyami? 🤔

✅ @Ikrom_Ruzimurodov
152006
Photo1/2
🇰🇷 Janubiy Koreya klubi har qanday holatda ham oliy ligani tark etadi. Nima uchun?

Ayni paytda Janubiy Koreyaning “Sanmu” klubi K-ligada 12 jamoadan 10-o‘rinni egallab turibdi, biroq mavsum yakunida ligani tark etishi aniq. Sababi, jamoa boshqa shaharga ko‘chmoqda va reglamentga ko‘ra, joylashuvini o‘zgartirgan klublar avtomatik ravishda ikkinchi divizionga tushiriladi. Xo‘sh, ular nima uchun ko‘chmoqda?

“Sanmu” Janubiy Koreya Qurolli kuchlarining sport korpusiga tegishli bo‘lib, harbiy qo‘mondonlik qayerga ko‘chirilishiga qarab o‘z manzilini o‘zgartiradi. 24 yillik faoliyati davomida armiya klubi to‘rtta shahar — Seul, Kvanju, Sanju va Kimchxonga ko‘chib ulgurgan.

“Sanmu” safida majburiy harbiy xizmatga chaqirilgan yosh futbolchilar to‘p suradi. Ular harbiy tayyorgarlikdan o‘tadi, so‘ng Koreya ligasida o‘ynaydi. Xizmat muddati tugagach, o‘z klublariga qaytadi, ularning o‘rniga esa yangi futbolchilar keladi. Shu sababli jamoa tarkibi har ikki yilda to‘liq yangilanadi.

Ushbu o‘ziga xos jihatlar tufayli “Sanmu”ga xorijlik futbolchilar bilan shartnoma imzolash qat’iyan taqiqlangan. Shuningdek, konfederatsiya standartlari bo‘yicha professional maqomga ega bo‘lmagani sababli klub xalqaro musobaqalarda ham qatnasha olmaydi.

✅ @Ikrom_Ruzimurodov
159004
Photo1/2
🇧🇷 Vinisius — hozirgi avlodning top futbolchilari orasida eng qo‘pol o‘yinchisi

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, eng qimmat 30 nafar futbolchi orasida Vinisius faoliyati davomida eng ko‘p qizil kartochka olgan (5 ta). Shulardan 4 tasi to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka.

Qizig‘i, “Real” safida u olgan barcha qizil kartochkalar nomi “V” harfi bilan boshlanadigan jamoalarga qarshi o‘yinlarda ko‘rsatilgan (“Valensiya” — 2 marta va “Vilyarreal”).

Endi diskvalifikatsiya sabab Vinisius “Barselona”ga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi.

✅ @Ikrom_Ruzimurodov
143005
Photo1/2
❌ Krishtianu milliy jamoaga qaytmaydi. Ronalduning opasidan keskin bayonot

Elma Aveiru o‘z kitobining taqdimotida ishtirok etdi. Albatta, undan ukasi haqida ham so‘rashdi. Jumladan, uning xalqaro faoliyati haqida.

Biroq uning so‘zlari qayg‘uli yangradi:
“Qaytishidan ko‘ra qaytmasligi ehtimoli yuqoriroq. Menimcha, vaziyat boshi berk ko‘chaga kirib qolgan. Keyin nima bo‘lishini ko‘ramiz. Bizga xiyonat qilishganida, odatiy hayotga qaytish juda qiyin.
Afsusdaman, chunki, afsuski, Portugaliya xalqi avval nimalar qilinganini unutadi va endi hammasi boshqacha bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi”.
Rostdan ham, hammasi yakunlandimi?

✅ @Ikrom_Ruzimurodov
194008
Photo1/2
⚽️ x ⚽️ | “Man Siti” va “PSJ” o‘rtasidagi qarama-qarshilik “neftdollarlar derbisi” deb ataladi. Buning ortida nima turibdi?

“Siti” va “PSJ” o‘rtasidagi bahslar norasmiy ravishda El Cashico deb ataladi, chunki klublar ortida boyligi neft bilan bog‘liq Fors ko‘rfazi mamlakatlari turibdi: inglizlar BAAning ADUG guruhi tomonidan nazorat qilinadi, parijliklar esa Qatarning QSI fondiga tegishli.

Har ikki mamlakat futboldan yumshoq kuch sifatida foydalanadi — “Siti” City Football Group’ning global klublar tarmog‘i va investitsiyalari orqali Abu-Dabini targ‘ib qiladi, “PSJ” esa Nike’dan tortib Dior’gacha bo‘lgan yirik xalqaro brendlar bilan hamkorlik maydoniga aylangan.

Klublar o‘rtasida tizimli qarama-qarshilik ham mavjud. Birinchidan, geosiyosiy vaziyat sabab BAA va Qatar o‘rtasidagi munosabatlarni iliq deb bo‘lmaydi. Ikkinchidan, “Siti” va “PSJ”ning UEFA bilan munosabatlari turlicha: parijliklar tashkilot bilan hamkorlik qilib, uning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlasa, “shaharliklar” ko‘pincha futbol regulyatori bilan sudlashadi.

Transfer bozorida ham raqobat davom etmoqda. Masalan, “Siti” parijliklar uzoq vaqt davomida o‘z safiga qo‘shmoqchi bo‘lgan Bernardu Silvani “PSJ”ga qo‘yib yuborishni qat’iyan istamagan. Bundan tashqari, klublar Rayyan Sherki va Ayub Buaddini qo‘lga kiritish uchun ham kurash olib borishgan. Yakunda manchesterliklar bu kurashlarda g‘alaba qozonishgan.

Qaysi imperiya kuchliroq?

✅ @Ikrom_Ruzimurodov
198005
Photo1/2
⚽️ “MYU” yana mag‘lub bo‘ldi. Nima sababdan?

⚡️ Bahs qanday kechdi?

YChL doirasidagi bahsda madridliklar 2:0 hisobida g'alaba qozondi. 1-daqiqadagi goldan so‘ng “Atletiko” o‘yinni to‘liq nazorat qildi. “MYU” to‘p bilan o‘ynashda qiynaldi va hisobda ortda borayotganiga qaramay, to‘pni raqibga topshirdi (birinchi bo‘limda to‘pga egalik qilish ko‘rsatkichi atigi 34 foizni tashkil etdi). Maykl Kerrik jamoasida baribir hech narsa o‘xshamadi: “Atletiko” mehmonlarning pressingidan osonlik bilan chiqib, tezkor hujumlarga o‘tdi.

⚽️ Taktik kutilmagan yechim

Kerrikning “Atletiko”ga qarshi noodatiy rejasi bo‘lgani aniq. U ayrim jihatlari bilan Unai Emerining muhim bahslardagi g‘oyasini takrorladi: Yuriy Tilemans hujumchi ortida, odatiy “o‘nlik” — Rojers yoki Bruno esa qanotda o‘ynadi. Biroq 1-daqiqadagi goldan keyin (74-daqiqada futbolchi chetlatilganidan so‘ng ham) Kerrikning rejasi barbod bo‘ldi: Bruno va Tilemans pressingda yetarlicha samarali harakat qilmadi, “MYU” esa to‘p bilan o‘ynaganda juda samarasiz ko‘rindi.

👤 Bahs qahramoni

Juda yorqin individual o‘yinlar kuzatilmadi, ammo Pablo Barriosni alohida ta’kidlash mumkin. “Atletiko” yarimhimoyachisi hisobni ochdi va yarimhimoya markazidagi o‘yinni nazorat qildi (53 ta uzatmadan 50 tasi aniq). Shunga qaramay, bahsdan keyin e’tibor markaziga Lisandro Martines chiqdi.

📊 Bahsning statistik fakti

“MYU” tarixda 4-marta bahsning birinchi daqiqasida gol o‘tkazib yubordi. Barriosning goli “Atletiko” uchun Chempionlar ligasidagi ikkinchi eng tezkor gol bo‘ldi. Rekord esa 2025-yil mart oyida Konor Gallagerning “Real” darvozasiga urgan goli hisoblanadi.

✅ @Ikrom_Ruzimurodov
189005
Photo1/2
🇳🇴 Keyn “Viking” safida o‘ynashi mumkin edi. Nega bu transfer amalga oshmadi?

2012-yilda “Viking” o‘sha paytda hali “Tottenhem” asosiy tarkibidan joy olmagan Harri Keynni ijaraga olmoqchi bo‘lgan. 19 yoshli hujumchi ijara asosida turli klublarda to‘p surib, “Leyton Orient” va “Milluoll” safida o‘ynashga ulgurgandi. Norvegiya klubi ushbu transfer ingliz futbolchisiga tajriba va o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishda yordam beradi, deb hisoblagan.

“Viking” skauti Geri Gudchayld “Milluoll” safida o‘ynayotgan Keynni shaxsan kuzatish uchun Angliyaga uchib borgan, biroq hujumchi jarohat olib, o‘sha kuni maydonga tushmagan. Gudchayld Norvegiyaga quruq qo‘l bilan qaytishiga to‘g‘ri kelgan. U ingliz futbolchisi tiklanganidan keyin yana kelishni rejalashtirgan.

Biroq rejalar o‘zgardi. “Milluoll”dan qaytganidan so‘ng Keyn kutilmaganda “shporlar” asosiy tarkibida imkoniyatga ega bo‘ldi va hatto APLda debyut qildi. Keyinroq Harri “Norvich”ga ijaraga ketdi, shundan so‘ng esa “Tottenhem” asosiy tarkibidan mustahkam o‘rin egallab, klub afsonasiga aylandi.

✅ @Ikrom_Ruzimurodov
195007
Photo1/2
🐐🇮🇹 "Yuventus" Ronaldu bilan sudlashishda davom etadi

Turin klubi portugaliyalik futbolchiga 9,8 million yevro to‘lash majburiyatiga oid qaror ustidan yana shikoyat qildi.

"Yuventus" Krishtianu Ronalduga to‘lanishi kerak bo‘lgan maosh yuzasidan sud jarayonini davom ettirmoqchi. Turin klubi Italiya Oliy kassatsiya sudiga apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilib, futbolchiga 9,8 million yevro to‘lash majburiyatini yuklagan qarorga e’tiroz bildirdi.

Batafsil:
👉 https://l.tribuna.uz/FPOgKaSP

✅ @Ikrom_Ruzimurodov
197008
Photo1/2
🇪🇸 “Barselona” AQSH banki nazoratiga qanday o‘tib qoldi?

Goldman Sachs 2,5 mlrd yevrolik kredit evaziga kataloniyaliklar klubining moliyaviy qarorlariga ta’sir o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

2021–2026-yillar oralig‘ida “Barselona” AQSHning Goldman Sachs bankidan qariyb 2,5 mlrd yevro kredit oldi. Ushbu mablag‘larning bir qismi pandemiyadan keyingi moliyaviy muammolarni bartaraf etish va eski qarzlarni qayta moliyalashtirishga yo‘naltirildi. Mablag‘larning salmoqli qismi esa “Kamp Nou” stadionini rekonstruksiya qilish uchun sarflandi.

Kelishuv shartlariga ko‘ra, Goldman Sachs klubning iqtisodiy va moliyaviy qarorlariga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ldi. “Barselona”ning moliyaviy operatsiyalari bank nazorati va auditidan o‘tkaziladi. Bank roziligisiz kataloniyaliklar investitsiya bilan bog‘liq ayrim qarorlarni qabul qila olmaydi. Bundan tashqari, Goldman Sachs qarzlarni qanday qayta tashkil etish va yangi investorlarni qaysi shartlar asosida jalb qilish masalalariga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Kelishuvning asosiy shartlari “Kamp Nou” stadioniga taalluqli. Stadion faoliyatidan tushadigan dastlabki 100 mln yevro klubga emas, aksiyadorlarga yo‘naltiriladi. Agar “Barselona” stadion orqali yiliga 350 mln yevrodan ortiq daromad olishni ta’minlay olmasa, arenani boshqarish huquqi avtomatik ravishda Goldman Sachs’ga o‘tishi mumkin.

Klub muxlislarining ayrim muxolif guruhlari bankning ta’siri haqida xavotir bildirmoqda. Ularning fikricha, Goldman Sachs klub a’zolari — sosiolarga qaraganda ancha katta vakolat va ta’sirga ega bo‘lib qolgan.
Shu bilan birga, kataloniyaliklar kredit mablag‘larini jalb qilish uchun bunday shartlarga o‘zlari rozi bo‘lganini ham hisobga olish kerak.

✅ @Ikrom_Ruzimurodov
169007
Photo1/2
🏆 «Oltin to‘p» sohibi endi g‘olibligini faqat taqdirlash marosimida bilib oladi

France Football nashri «Oltin to‘p» uchun ovoz berish g‘olibini taqdirlash marosimigacha sir saqlashni rejalashtirmoqda. Tashkilotchilar hatto mukofot sohibining o‘zi ham g‘olibligini sahnada uning ismi e’lon qilinguniga qadar bilmasligini ta’minlamoqchi.

Batafsil:
👉 https://l.tribuna.uz/BS84IdcT

✅ @Ikrom_Ruzimurodov
156007
Photo1/2
🐐 Ronaldu 1000-golini qachon urishi mumkin?

Ronaldu professional faoliyatidagi ilk golini 2002-yil 7-oktyabr kuni «Sporting» safida «Moreyrense»ga qarshi bahsda urgan. O‘sha o‘yinda u dubl qayd etib, sermahsul faoliyatiga asos solgan.

Ronaldu klublar va milliy jamoa safida urgan gollari:

«Sporting» — 31 bahsda 5 ta gol (2002–2003).
«Manchester Yunayted» — 292 bahsda 118 ta gol (2003–2009).
«Real» — 438 bahsda 450 ta gol (2009–2018).
«Yuventus» — 134 bahsda 101 ta gol (2018–2021).
«Manchester Yunayted» — 54 bahsda 27 ta gol (2021–2022).
«Al Nassr» — taxminan 154 bahsda 133 ta gol (2023-yildan hozirgacha).
Portugaliya milliy jamoasi — 234 bahsda 146 ta gol.

Ushbu raqamlar rasmiy o‘yinlardagi gollarni qamrab oladi. Nashr qayd etishicha, Ronaldu o‘rtoqlik bahslarida ham yana 56 ta gol urgan. Biroq 1000 ta rasmiy gol marrasiga yetish uchun aynan rasmiy uchrashuvlardagi natijalar hisobga olinadi.

Portugaliyalik futbolchi eng sermahsul davrini Madridning «Real» klubida o‘tkazgan. U ushbu jamoa safida har bir bahsga o‘rtacha 1,03 tadan gol urgan. Shuningdek, milliy jamoa safidagi 146 ta goli bilan xalqaro futbol tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi.

Ronaldu «Al Nassr» safida har mavsum kamida 30 ta gol urib kelmoqda. Saudiya Arabistoni klubidagi o‘rtacha natijadorligi har bir bahsga 0,86 ta golni tashkil etadi. Ushbu ko‘rsatkichdan kelib chiqilsa, hujumchiga navbatdagi 20 ta golni urish uchun taxminan 23–24 ta to‘liq bahs kerak bo‘ladi.

Nashr hisob-kitoblariga ko‘ra, Ronaldu tarixiy marraga 2026-yilning so‘nggi o‘yinlaridan birida yoki 2027-yil boshida yetishi mumkin. «Al Nassr»ning 2026-yildagi so‘nggi bahsi 14-dekabrga belgilangan, keyingi muhim taxminiy sana esa 2027-yil 9-fevral. Bu hujumchining 42 yoshga to‘lishi arafasiga to‘g‘ri keladi.

Shunga qaramay, 1000-gol aynan qaysi sanada urilishini oldindan aniq aytib bo‘lmaydi. Barchasi futbolchining natijadorligi, maydonga tushadigan o‘yinlari va jarohatlardan qay darajada himoyalanishiga bog‘liq.

Batafsil:
👉 https://l.tribuna.uz/1Z1Ki69H

✅ @Ikrom_Ruzimurodov
187009
Photo1/2
Assalomu alaykum, qadrli obunachilar!

Ancha vaqtdan beri bu kanalda jimlik hukm surdi. Turli ishlar, vazifalar bilan bo‘lib, o‘z sahifalarimga yetarlicha e’tibor qaratolmadim. Ammo futbol, jurnalistika va sharhlovchilik hayotimning muhim bir qismi bo‘lib qolmoqda.

Shu sabab bu yerda yana faol bo‘lishga qaror qildim.

Endilikda kanalda futbol yangiliklari, o‘zim tayyorlagan maqolalar, o‘yinlar haqidagi sharhlar, tahlillar va futbolga oid shaxsiy fikrlarim bilan muntazam bo‘lishib boraman. Tribuna.uz’da qilayotgan ishlarim, ijodiy jarayonlarim va e’tiboringizga havola etishga arziydigan materiallarni ham shu yerga joylab boraman.

Bu kanal men uchun shunchaki yangilik ulashadigan sahifa emas, balki futbol haqida erkin fikr almashadigan, kuzatishlarim va xulosalarimni siz bilan bo‘lishadigan makon bo‘lishini istayman.

Qo‘llab-quvvatlayotgan barchangizga rahmat! Demak, yana futbol haqida gaplashamiz! 😎

👟 Biz bilan bo‘ling!
📲 Tribuna’ni kuzatib boring — eng so‘nggi yangiliklar shu yerda!

🏪 Sayt: Tribuna.uz

🌐 Telegram kanal: t.me/tribunauznews

✅ @Ikrom_Ruzimurodov
183007
Video
"Qashqirlar makoni" serialida Umar ota shunday deydi:

"Sir kishining ichida bo'ladi. Bir siring bo'lib uni boshqasiga aytsang umring bo'yi shu sirning quli bo'lasan. Agar ichingda saqlay olsang, o'sha sir sening quling bo'ladi. Shuning uchun ikki kishining bilgani sir emas."

✅
293008
Video
"Bu dunyoda hech kimga ishonma. Hamma bir-birini sotadi. Hatto menga ham ishonma! Bir marta o'zingni sotilishingga ruxsat bersang, har doim sotilasan. Agar bu dyunyoda yashashni istasang orqangni devordan boshqasiga o'girma. Olamda hech kimga ishonch qolmadi..."

Gullu tog'a

✅
263005
Video
"Ba'zida shunchaki g'oyib bo'lish, o'zing ustingda ishlash va endi hech qachon avvalgidek bo'lmaslik kerak.
Yangi davr. Yangi hayot."

Albert Eynshteyn

✅
314006
Video
JCH-2026. Ispaniya Argentinani mag‘lub etib, jahon chempioniga aylandi  Ferran Torresning qo‘shimcha bo‘limdagi goli ispanlarga tarixdagi ikkinchi mundial chempionligini taqdim etdi. Jahon chempionatining final bahsida Ispaniya milliy jamoasi Argentinani…
400008
Photo
JCH-2026. Ispaniya Argentinani mag‘lub etib, jahon chempioniga aylandi 

Ferran Torresning qo‘shimcha bo‘limdagi goli ispanlarga tarixdagi ikkinchi mundial chempionligini taqdim etdi.

Jahon chempionatining final bahsida Ispaniya milliy jamoasi Argentinani qo‘shimcha bo‘limlarda 1:0 hisobida mag‘lub etib, JCH-2026 bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.
Asosiy vaqt davomida jamoalar darvozalarni ishg‘ol eta olmadi. 90+3-daqiqada Argentina yarimhimoyachisi Enso Fernandes ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydonni tark etdi va jamoasini bir kishi kam bo‘lib qoldirdi.

Uchrashuv taqdiri qo‘shimcha bo‘limlarda hal bo‘ldi. 106-daqiqada Niko Uilyamsning uzatmasidan so‘ng Ferran Torres aniq zarba yo‘llab, bahsdagi yagona golga mualliflik qildi.
Shu tariqa, Ispaniya JCH-2026 g‘olibiga aylandi. Argentina esa amaldagi chempion sifatida bu safar kumush medallar bilan kifoyalandi.

👉 https://l.tribuna.uz/SXRJN8OC

✅
310006
Photo
Qo‘shimcha bo‘limlarga o'tamiz! Argentina hisobida 0 ta zarba va 0,00 xG — bu Jahon chempionati finallari tarixidagi antirekord

Ispaniya 15 ta zarba yo‘lladi, ammo raqib darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Endi jamoalarni yana 30 daqiqalik qo‘shimcha bo‘limlar kutmoqda. Agar bu vaqt ichida ham g‘olib aniqlanmasa, taqdir Emiliano Martines ishtirokidagi penaltilar seriyasida hal bo‘ladi. ☠️

🏆 JCH-2026. Final
🟢 Ispaniya — Argentina 0:0

👉 https://l.tribuna.uz/RGvE5ODN

✅
240005
Video
"Katta gapirdim! Hech qachon birortasini sevmayman dedim. Bunaqa narsalar bizni aynitadi dedim. So'ngra bir qizga ko'ngil berdim. Avvaliga yigitchilik ko'ngilxushlik dedim. Ammo keyin tutilib qolarkansan..."

Memati Bash

✅ @Ikrom_Ruzimurodov
478006
Video
"Qashqirlar makoni" serialida Qilich Po'lat Alandarga shunday deydi:

"Xudoga ishonasanmi? Alkapone shunaqa degan ekan: "Bolaligimda Xudodan har kecha menga velosiped berishini so'rab yolvorardim. Keyin qarasam boshqacha yo'l tutish kerak ekan. Borib birinchi ko'rgan velosipedimni og'irladim. Keyin har kecha Xudodan meni kechirishini so'rab yolvordim".
Xudoga murojaat qilish yo'lini topa olsang hamma tilagan narsangga yetishasan"

✅ @Ikrom_Ruzimurodov
457008

Showing 30 of 41 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

Ikrom Ro‘zimurodov | Sharhlovchi Telegram kanali nima haqida?+

Ikrom Ro‘zimurodov | Sharhlovchi (@ikrom_ruzimurodov) — tgdio da Blog yuritish toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 975 obunachi bor.

Ikrom Ro‘zimurodov | Sharhlovchi (@ikrom_ruzimurodov) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @ikrom_ruzimurodov ga bepul obuna bo‘ling.

Ikrom Ro‘zimurodov | Sharhlovchi yaxshi Blog yuritish kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin Ikrom Ro‘zimurodov | Sharhlovchi reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 975 obunachi bor. O‘xshash Blog yuritish kanallar bilan solishtiring.

Ikrom Ro‘zimurodov | Sharhlovchi statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @ikrom_ruzimurodov sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.