Maktab jamoasi abituriyentlar uchun DTM sinov testlari loyihasini boshlamoqda. Uni biz bilan birga yo‘lga qo‘yadigan faol va mas’uliyatli insonni qidiryapmiz!
💼 Nima ish qilasiz:
• Test materiallarini tayyorlashni tashkil qilasiz
• Sinov testlarini o‘tkazasiz va javoblarni tekshirishni yo‘lga qo‘yasiz
• Ishtirokchilar bilan muloqot qilib, natijalarni yetkazasiz
• Yangi ishtirokchilarni jalb qilish uchun g‘oyalar berasiz
✅ Kimni qidiryapmiz:
• Odamlar bilan oson muloqot qiladigan
• Muammolarga yechim topa oladigan
• Ijodiy va mantiqiy fikrlaydigan
• Mas’uliyatli, tartibli va o‘rganishga tayyor
Rahbarlik tajribasi shart emas — tashabbus va ishni oxirigacha yetkazish muhim!
🕐 Sharoit:
• Kuniga 6 soat, offline
• Ish soat 14:00 dan keyin boshlanadi
• Ish joyi: Toshkent, Mirzo Ulug‘bek metrosi yaqinida
💰 Maosh:
• 1-oy (sinov muddati): 2 000 000 so‘m
• Keyin: 3 000 000 so‘m
• + Bonuslar
📩 Murojaat qilish uchun CV shart emas!
@MaktabEnglishadmin ga “Sinov testlari” deb yozing va o‘zingiz haqingizda qisqacha ma’lumot yuboring. Vakansiya haqida batafsil ma’lumot beramiz.










